Shu belgilarni eshitgan har bir fuqaro radio, televizorlarni qo‘yishlari
zarur. Har bir ofat yuz berganda, ularni fuqarolarga hamda xalq xo‘jaligiga
ko‘rsatadigan ta’sir xususiyatlarini hisobga olgan holda ogohlantirish
matnlari tuziladi.
Masalan: a) atom elektr stansiyasida yuz bergan avariya
haqida fuqarolar muhofazasi quyidagi tartibda aholini ogoh qiladi:
«DIQQAT!», Fuqaro Muhofazasi shtabidan gapiramiz. Fuqarolar! Atom
elektr stansiyasida avariya sodir bo‘ldi. Shu AES atrofida joylashgan
«UzBAT» korxonasi, Hamza aloqa uzatish tarmog‘i, yangi qurilayotgan
metro stansiyasi, Toshkent mineral suv quyish zavodi va uy-joylar,
mahallalarga radioaktiv changlarning tushishi kutilmoqda.
Shu hududda yashovchi hamma fuqarolar o‘zlari yashayotgan
uylaming germetikligini (zichligini) mustahkamlashlari, uy hayvonlarini
pana joyga kiritishlari, oziq-ovqat mahsulotlarini, suvlami radioaktiv
chang tushishidan saqlashlari, o ‘zlari esa yodli preparatdan qabul qilishlari
kerak. Keyingi xatti-harakatlar fuqarolar muhofazasi shtabi yo‘riqnomalari
asosida boradi»:
b) xavfli kimyo zavodidagi avariyada:
«Diqqat! Fuqarolar muhofazasi shtabidan gapiramiz. Fuqarolar!
Chirchiq kimyo kombinatida odamga kuchli ta’sir etuvchi zaharli
modda (KTZM) - ammiakning to ‘kilishi oqibatida avariya sodir bo‘ldi.
Zaharlangan havo Toshkent shahri tomon tarqalmoqda. Kimyoviy
zaharlanish hududiga o ‘sha atrofdagi korxonalar va aholi yashash
joylari (korxona, mahalla yashash joylari nomlari ko‘rsatiladi) kiradi.
Kimyo korxonasiga yaqin boTgan ishlab chiqarish tarmoqlaridagi
ishchi-xizmatchilar, mahallalarda yashovchilar o ‘z uylarini, ish joylarini
xavfsiz holatda qoldirib (gaz, suv, elektrni o‘chirishlari), Toshkentga
evakuatsiyaga tayyorlansinlar. Kimyo korxonasidan uzoqdagi korxonalar,
mahalJalarda (nomlari ko‘rsatiladi) yashovchilar o ‘z ish joylarida,
uylarida qo‘shimcha germetiklikni ta’minlab saqlanishiari lozim.
Eshitganlaringizni qo‘ni-qo'shnilarga yetkazing!»