shamollatiladi. Himoyalanuvchi odamlar tashqariga chiqqanda, albatta,
himoya
vositalarini kiyib, 15-20 daqiqa RSBdan tashqarida bo‘lishlari
mumkin. Agar tashqarida radiatsiya darajasi juda yuqori bo‘lsa, u holda
boshpana shamollatilayotganda odamlar nafas organlariga himoyalovchi
vositalami kiyib o‘tirishlari zarur.
Oddiy saqlovchi boshpana - yerto‘la.
Fuqarolarni
muhofaza
qilishda oddiy saqlovchi boshpanalar (yerto‘lalar) alohida o‘rin tutadi.
Yerto‘lalar qurilish konstruksiyasiga ko'ra oddiy himoya inshootlari
qatoriga kiradi, chunki uni qurish juda qiska vaqtda amalga oshiriladi.
Ular ochiq va yopiq ko‘rinishda bo‘ladi. Ochiq yerto‘lalarda odamlar
radioaktiv shikastlanishdan ikki-uch marta kam zararlanadi (agar yerto'la
dezaktivatsiya qilinmasa) va 20 baravargacha (agar yerto‘la dezaktivatsiya
qilinsa) kam nurlanish dozasini oladi. Yopiq yerto‘lalar
esa radioaktiv
zararlanishni 40-50 marta kamaytiradi. Yerto‘lalar chuqurligi 200 sm.,
kengligi 120 sm., pastki qismi esa 80 sm., uzunligi esa odamlar soniga
qarab tayyorlanadi.
Yer
o ‘rindiq