yuviladi, og‘zini chayqab tashlash uchun suv beriladi. So‘ngra unga res
pirator kiygazib yoki paxta-dokali b o g iam taqib yoki og‘zi bilan bumini
sochiq, ro‘mol, sharf bilan berkitib, kiyim-kechaklari qisman dezaktivatsi-
yadan o'tkaziladi. Bunda kiyimdan supurib-qoqib tushiriladigan radioak-
tiv chang boshqalarga tegmaydigan bo‘lishi uchun shamolnmg yo‘nalishi
hisobga olinadi.
Radioaktiv m oddalar organizm ichiga tushib qolgan bo‘lsa, m e’da
yuviladi, odamga adsorbsiyalovchi m oddalar (faollashtirilgan ko‘mir)
ichiriladi. Ko‘ngil aynib, behuzur b o ‘lsa, shaxsiy dorigidan qusishga
qarshi modda olib ichiriladi. N ur ta ’siriga uchragan odam yuqumli
kasalliklarga moyil b o‘lib qoladi, shunga ko‘ra bunday kasalliklarn-
ing oldini olish maqsadida bakteriyalarga qarshi № 2 vositani ichish
tavsiya etiladi.
12.11. Yurak faoliyati va nafas oiish to‘satdan to‘xtab qolganida
birinchi tibbiy yordam berish
Yurak faoliyati to‘satdan to‘xtab, odam nafas olmay qolgan mahalda
klinik o ‘Jim holati boshlanadi. Yurakni darrov bilvosita uqalash va sun’iy
nafas oldirishga kirishiladigan bo‘lsa, bir qancha hollarda odamni qutqa-
rib qolish mumkin bo‘ladi. Odam elektr tokidan zararlanganida, suv-
ga cho‘kkanida va nafas yo‘llari bosilib yoki tiqilib qolgan boshqa bir
qancha hollarda yurak faoliyati birdan to ‘xtab qolishi mumkin. Bunda
sun’iy nafas oldirish uchun o‘pkaga havo yuborishga imkon beradigan
maxsus apparatlardan foydalanish hammadan ko‘ra ko‘proq naf beradi.
Ana shunday apparatlar bo‘lmagan taqdirda har xil usullar bilan sun’iy
nafas oldiriladi, masalan, «og'izdan ogVizga» nafas berish usuli. Sun’iy
nafas oldirishga kirishishdan avval shikastlangan odamni chalqancha
yotqizib, havo o‘tkazuvchi yo‘llari havo o ‘tishi uchun ochiq turganiga
ishonch hosil qilish kerak, buning uchun uning boshini imkoni boricha
ko‘proq orqaga engashtirib qo‘yiladi. Jag‘lari qisiiib qolgan bo‘lsa, pastki
jag ‘ini oldinga tortib engagiga bosish, og'zini ochish, so‘ngra salfetka
bilan og‘iz bo‘shlig‘ini so‘lak yoki quruq massalardan tozalab olish va
sun’iy nafas oldirishga kirishish: shikastlangan odamning ochiq turgan
og‘ziga bir qavat salfetka (dastro‘mol) qo‘yib, bumini qisish, chuqur na
fas olib, lablami shikastlangan odam lablariga mahkam taqash va ger-
metik qilib turib, kuch bilan uning og‘ziga havo puflab kiritish kerak.