Yurak faoliyati bilan nafas olishi asliga kelganidan keyin shikastlangan
odamning badanini isitish choralari ko‘riladi, jarohatlari va kuygan joy-
lariga steril bog‘lamlar qo‘yiladi.
12.12. Sovuq olgan, xushdan ketgan va suvga cho‘kkan
odamlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish
Sovuq olishi (sovuq urishi)
organizm to'qimalariga past ha-
rorat ta’sir qilishi natijasida shu to‘qimalaming shikastlanib qolishi bi
lan xarakterlanadi. Harorat 0°C dan yuqoriroq bo‘lib turganda ham
to‘qimalami sovuq olishi mumkin, ayniqsa, kunlar dam-badam isib-sovub
turadigan mahallarda shunday bo‘Iadi. Poyabzalning nam va tor bo‘lishi,
sovuq havoda, qorda, sovuq yomg‘ir tagida odamning uzoq vaqt qimir-
lamay turib qolishi sovuq olishini tezlashtiradi. Ko‘proq qo‘l-oyoqlami,
ayniqsa, oyoqlarni sovuq oladigan bo'ladi. Sovuq ta’sir qilgan mahalda
avvaliga o ‘sha joy sanchib, sovuq yegani seziladi, achishib turadi, keyin
terisi oqarib yoki ko‘karib ketadi va sezmaydigan bo‘lib qoladi, qo‘l yoki
oyoq faol harakat qila olmaydi. Shikastning haqiqatda nechog‘liq chuqur
va keng yoyilganini sovuq ta’siri to‘xtaganidan keyin, ba’zan bir necha
kun o‘tganidan keyingini aniqlasa bo‘ladi (sovuq olgan joy shishib chi
qib, unda yallig‘lanish boshlanadi yoki to‘qimalar halok bo‘ladi, nekroz
ro‘y beradi). Birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatishda shikastlangan odam
issiq binoga olib kirilib, issiq suvli vannaga solinadi, bordi-yu, buning
iloji bo‘lmasa, uni o‘sha joyning o‘zida sovuqdan ehtiyot qilib, unga qay-
noq choy, qahva ichiriladi. To‘qimalarda hali o'zgarishlar boshlanmagan
bo‘lsa (terida qavariqlar, eti o ‘lgan joylar yo'q boisa), sovuq olgan joylar
spirt yoki atir bilan artilib, so‘ng paxta tamponi bilan artib yoki yaxshilab
yuvib quritilgan q o ila r bilan teri qizarib chiqquncha ohista ishqalanadi.