Ko‘krak qafasi jaohatlangan kishilami zambilda bosh tornonini
yuqoriroq ko‘tarb, ko‘krak qafasi bosilib qolmasligi uchun yonboshlatib
olib borish kerak.
Shikastlangan odamlarni zambilda va transportda olib borayotgan
mahalda ularning ahvolini, bog'lam va shinalaming to‘g‘ri turganligini
kuzatib borish kerak. Yo‘l uzoq davom etadigan bo‘lsa, shikastlangan
odamning vaziyatini o‘zgartirib qo‘yish, bosh tomoniga, tagiga solingan
kiyimlami to‘g‘rilab berish, chanqog‘ini bosish (qorni jarobatlanganlardan
tashqari) lozim.
Odatda, zambildagi shikastlangan odamning oyog‘ini oldinga qilib
olib boriladi. Ammo, u behush holda yotgan bo‘lsa, uni kuzatib borish
mumkin bo‘lishi uchun boshini oldinga qilib boriladi. Tik yuqoriga
ko‘tariladigan va pastga tushayotgan paytda zambilning gorizontal
holatini
saqlash kerak.
Shikastlanganlarni
kasalxonada zinadan
yuqoriga olib chiqilayotgan mahalda zambilning bosh tomonini
oldinga qilib, pastga olib tushilayotganda oyoq tomonini oldinga
qilib burib olinadi. Transportga chiqarishda bemor yotgan zambilning
bosh tomonini oldinga to ‘g ‘rilab beriladi, transportga birinchi galda
zambildagi bemorlar, undan keyin esa yuradigan bemorlar va yaradorlar
chiqariladi.
Zambilning loaqal qo‘lda yasalgan xili ham bo'lmasa, shikastlangan
odamlarni qo‘lda, tasmalar va boshqa vositalar yordamida bir yoki ikki
kishi bo‘lib qo‘lda ko'tarib olib borish mumkin (albatta, jarohatning
holatiga qarab).
Masalan, Shikastlangan odamni qo‘llar bilan orqaga opichib olib
borish mumkin, bunda shikastlangan odam balandroq joyga o ‘tqizilib,
uning oyoqlari orasiga, unga orqa o‘girgan holda bir tizzasini bukib
cho‘kkalanadi. Shikastlangan odam ko'taruvchi kishining yelkalaridan
quchoqlab oladi, ko‘taruvchi kishi esa ikkala qo‘Ii bilan uning sonlari
tagidan ushlab o ‘rnidan turadi.
Shikastlangan odamni uzoqroq masofaga yelkaga qo‘yib olib borish
hammadan ko‘ra qulayroq. Uni ko‘taruvchi odam o‘ng yelkasiga boshini
orqaga qaratib o'tkaziladi. Ko‘taruvchi kishi shikastlangan odamning
oyoqlarini o ‘ng qo‘li bilan quchoqlaydi va shu bilan birga uning o‘ng
bilagi yoki qo‘li panjasini ushlab oladi. Shikastlangan odamning qo‘l-oyoq
suyaklari, umurtqa pog‘onasi singan, ko‘krak qafasi, qorni yaralangan
bo‘lsa, u holda bu usuldan foydalanib boim aydi (32-rasm).