silkinishlari quydagi hududlarda kuzatilishi mumkin: Janubiy Farg‘ona,
Sharqiy Farg‘ona, Pskom-Korjantaus, Janubiy Tyan-Shan. Aynan shu
hududlarda o ‘tgan asrlarda xavfli yer silkinishlari kuzatilgan. Jumladan;
1209-yiI - Xorazm, 1620-yil - Farg‘ona, 1902-yil - Andijon, 1976 va
1984-yillarda - Gazli va hokazo. Yuqori buzish kuchiga ega bo‘lgan yer
silkinishlari: 818-yil - Buxoro, 838-yil - Farg‘ona, 1208-yil - Xorazm,
1602,1797, 1798 va 1820-yillar - Farg‘ona, 1946-yil - Chotqol, 1976 va
1984-yillar - Gazli va 1966-yil - Toshkentda bo'lgan.
Kuchli yer silkinishida yuqorida aytilganidek, yeming yaxlitligi buzilib,
yoriqlar, buloqlar hosil bo‘ladi. Bunday vaziyatlarda ko'piriklar, yo'llar,
inshoot va qurilmalaming sochilishi yoki buzilishi yuz beradi. Masalan,
1908-yil Kalifomiya (AQSH)dagi zilzilada uzunligi 450 km ga cho‘zilgan
yoriqlar paydo bo‘lgan. 1957-yil 4-dekabrdagi Gobbiy (Mongoliya)
zilzilasida esa uzunligi 260 km bo‘lgan yoriq paydo bo‘lib, yoriqning
ikki tarafida kengligi 10 m. gacha yeming cho‘kishi yuz bergan. Xuddi
shunga o ‘xshash holat 1948-yildagi Ashxabod zilzilasida ham kuzatilgan.
Uzoq tarixiy saboq, ya’ni yer silkinishi kishilaming ruhiy holatiga b o ig an
ta’siri, imorat va inshootlaming buzilishi, vayron qilinishi, yer yuzasida
vujudga kelgan o ‘zgarishlar (yer sathida yoriqlar va buloqlaming paydo
bo ‘lishi) yuz bergan hodisalaming kuchini baholashga o‘rgatgan. Natijada
nisbiy baholash shkalasi paydo bo'lgan.
Zilzila kuchi ikki xil o ‘lchov birligida o ‘lchanadi.
1. Ballarda.
2. Magnitudada.
Dunyoning juda k o ‘p davlatlarida yer silkinish kuchi 12 balli
Xalqaro o ‘lchov birligida o ‘Ichanadi. Ball - yer yuzasining tebranma
harakat darajasini ko‘rsatadi. Silkinish kuchini ballarda o'lchashda
«seysm ograf»lardan foydalanib, tog‘ jin si zarrachalarining tebranma
harakat tezligi topiladi. Ya’ni yozib olingan «seysmogrammalar»
orqali zarrachalarning tebranish amplitudasi aniqlanadi va shu asosda
seysm ik to ‘lqin tezlanishini quyidagi form ula orqali hisoblab chiqarish
mumkin.
Bunda: