• Tabiiy ofat
  • VI BOB TABIIY OFATLAR VA ULARNING OQIBATLARI




    Download 8,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet95/244
    Sana27.05.2024
    Hajmi8,77 Mb.
    #254799
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   244
    Bog'liq
    Hayot faoliyati xavfsizligi. Tojiboyev M. Nigmatov M

    VI BOB
    TABIIY OFATLAR VA ULARNING OQIBATLARI
    6.1. Tabiiy ofatlar haqida ma’Iumot
    Kishilik jamiyati sivilizatsiyasining tarixi tabiiy ofatlar, avariya va 
    katastrofalar bilan bog‘liq. Sodir bo‘ladigan bar qanday turdagi tabiiy 
    ofatlar mamlakat iqtisodiyotining izdan chiqishiga, ko‘plab insonlaming 
    o ‘limiga yoki hayot faoliyatining buzilishiga, tabiaming zararlanishiga 
    va boshqa salbiy oqibatjarga olib keladi. Butunjahon «Qizil xoch» 
    hamjamiyati tashkilotining maTumotlariga qaraganda tabiiy ofatlardan 
    ko ‘rilayotgan moddiy va m a’naviy zarar miqyosi butun dunyoda yuqori 
    tezlikda ortib bormoqda. Ayniqsa, o ‘tgan XX asrda tabiiy ofatlardan 11 
    min. dan ortiq insonlar o ‘limi va juda katta miqyosda moddiy zararlar 
    ko‘rildi. Shunga o ‘xshash holat XXI asrning o ‘tgan 8 yili davomida 
    ham kuzatildi. Jumladan, 2004-yil Xind okeanidagi «Sunami»dan - 300 
    ming; 2005-yil AQSHdagi «Katrina» to ‘fonidan - 200 ming; 2005-yi! 
    Kashmirdagi (Pokiston) yer silkinishidan - 78 ming; 2008-yil «Myan­
    ma» to ‘fonidan 130 ming; 2008-yil Xitoydagi «Sechuan» yer silkin- 
    ishidan 62 mingdan ortiq odamlar o‘limi yuz berdi. 
    Tabiiy ofat 
    - bu 
    tabiatda yuz beradigan favquloddagi o ‘zgarish bo‘lib, u birdan, tezlikda 
    insonlaming m o‘tadil yashash, ishlash sharoitlarining buzilishi, odarn- 
    larning hamda qishloq xo‘jalik hayvonlarining, o ‘limi moddiy boy- 
    liklaming buzilishi va yo‘q bo‘lib ketishi bilan tugaydigan hodisadir. 
    Tabiiy ofatlaming turlari xilma-xil: yer silkinishi, suv toshqini, kuchli 
    shamol, yong‘in, qurg‘oqchilik, yer surilishi va boshqalar. Bu xildagi 
    tabiiy ofatlar bir-biriga bog‘liq holda hamda bog‘liq bo‘lmagan holda, 
    alohida yuzaga kelishi mumkin. Ya’ni bir tabiiy ofat boshqa ofat oqi- 
    batida yuzaga kelishidir. Masalan, o ‘rmonda yong'inlarning keiib chiqi- 
    shi, tog‘li joylardagi ishlab chiqarish portlashlari, karyerlarni ishga so- 
    lishda, platinalar qurishda yeming surilishiga, qorlaming ko'chishi va 
    boshqa ofatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Hech narsaga bog'iiq 
    bo im ag an tabiiy ofatlar juda katta miqyosda va turli vaqtlargacha bir 
    necha soniya, daqiqadan (yer surilishi, yer silkinishi, qor ko‘chishi) bir 
    necha soatlargacha (kuchli qor va yom g‘ir yog‘ishi), hatto kun va oyga- 
    cha (suv toshqini va yong‘in bo‘lishi) cho‘zilishi mumkin. Lekin bu
    98


    xildagi tabiiy ofatlar hamma joylarda ham yuzaga kelavermaydi. Jum- 
    ladan, yer silkinishi, yer surilishi ofatlari ko‘proq tog'li hududlarda ku- 
    zatiladiki, buning oqibatida nafaqat insonlar, balki xalq xo‘jaligi tarmoq- 
    lari, hatto atrof muhit qattiq shikastlanadi.Yana kuchli yog!ingarchilik, 
    qor yog‘ishi natijasida suv toshqini kuzatiladiki, oqibatda, fuqarolarning 
    yashash joylari, sanoat korxonalari, temir va magistral yo‘llar, gidro- 
    texr.ik mshootlai izdan chiqadi.
    Xuddi shunga o ‘xshash ta’sirlar yer surilishi, qor ko‘chishi, qurg‘oqchi- 
    lik, kuchli shamollar ta’sirida ham kuzatilib, oxir-oqibatda insonlar katta 
    ham m a’naviy, ham moddiy zarar ko‘radilar. Ammo, barcha tabiiy ofatning 
    turiari ham hamma joydakuzatilavermaydi. Tabiiy ofatning har qaysi shakli 
    o ‘zlarimng fizik m a’nosiga, kelib chiqish sabablariga, o‘zining tavsifiga, 
    kuchiga va tashqi atrofga ta’sir ko‘rsatish xususiyatlariga ega. Bu tabiiy 
    ofatlar bir-biridan farq qilishidan qat’i nazar, ular bir umumiy xususiyatga 
    ega. Ya’ni ulaming ta’siri juda keng miqyosda bo‘lib, o‘zini o‘rab turgan 
    atrof muhitga juda katta ta’sir kuchini ko‘rsatadi hamda insonlar ruhiyatiga 
    jiddiy zarba beradi. Shuning uchun, bu tabiiy ofatlami o‘z vaqtida bilib, 
    uning tavsifiari va sabablari aniq o‘rganilsa, bu ofatlaming oldini olish 
    yoki ulaming zarar keltirish xususiyatlari birmuncha kamaytirilgan 
    bo'lardi. Shu tariqa tabiiy ofatlardan keyingi qilinadigan xatti-harakatlami 
    va ofat oqibatlarini tezroq hal qilish imkoniyatlariga ega bo‘linadi. Tabiiy 
    ofatlarga qarshi kurash choralaridan biri - bu xalqni o ‘z vaqtida voqif 
    etish hisoblanadi. Bu esa tabiiy ofatdan keladigan zararlami birmuncha 
    kamaytirish imkoniyatini vujudga keltiradi. Yana tabiiy ofatlar yuz 
    berganda xalqqa ma’naviy yordam berish chora-tadbirlari va qilinadigan 
    birinchi ishlami to‘g ‘ri tashkil etish shakllari eng asosiy vazifalardan 
    hisoblanadi. Bu ishlaming boshida fuqarolar muhofazasi organlari turib, 
    ular ofat yuz bergan joyda (urush davrimi, tinchlik davrimi, baribir), 
    xalqni bu ofatlardan muhofaza etish va falokat yuz bergan joydan 
    hammani bexatar joyga ko‘chirish omillarini amalga oshiradi. Qaysi yerda 
    yuqori intizom, aniq belgilangan chora-tadbirlar bo‘lsa, o ‘sha yerda har 
    qanday ekstremai sharoitlarda harakat qilish ishlari va ulaming natijalari 
    yuqori bo‘ladi (ma’naviy talafot va moddiy yo‘qotish). Yuqorida aytilgan 
    fikrlar tabiiy ofatlar yuz bergan joylarda o ‘z natijasini bergan. Masalan: 
    Turkmaniston (Ashxabad), 0 ‘zbekiston (Toshkent, Gazli), Armaniston 
    va boshqa davlatlardagi yer silkinishlari, Jigariston ( 0 ‘zbekiston),
    99


    Sharoradagi (Tojikiston) yer surilishi; Qoraqalpogistondagi, Pskentdagi 
    hamda Bo‘stonliq tumanlaridagi suv toshqini va boshqalar.

    Download 8,77 Mb.
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   244




    Download 8,77 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    VI BOB TABIIY OFATLAR VA ULARNING OQIBATLARI

    Download 8,77 Mb.
    Pdf ko'rish