|
Psixomotor qo‘zg‘aluvchanlik
|
bet | 41/47 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 437,9 Kb. | | #123007 |
Bog'liq M. U. Hamidova, maxsus pedagogika-fayllar.orgPsixomotor qo‘zg‘aluvchanlik – asosan o‘g‘il bolalarda ko‘proq uchraydi. Serharakatlik, diqqatning tarqoqligi,tez chalg‘ish bunga harakterlidir.
Affektiv o‘zgarishlar – kayfu-ruhiyatning aytarli sababsiz aynib turishi, tajovuzkorlikqilishga moyil bo‘lish bilan harakterlanadi.
Psixopatiko‘zgarishlar – aqliy faoliyatga rag‘bat pastligi, o‘qishga salbiy munosabatda bo‘lish, o‘g‘rilikqilish(kleptomaniya), ko‘proq yolg‘on gapirish kabi salbiy xislatlarni o‘z ichiga oladi.
Epileptikbuzilishlar – har xil ko‘rinishlarda tutqanoq tutib turishi bilan namoyon bo‘ladi.
Apatik-adinamikbuzilishlar – tashabbuskorlikpasayishi, aqliy faoliyat sustligi, xaddan tashqari emotsional bo‘shanglikbilan harakterlanadi.
Ruhiy sust rivojlanishning serebral shakli miya shikastlari, meningit, meningoensefalit, gidrotsefaliya va boshqa kasalliklar natijasi bo‘lib hisoblanadi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarni o‘qishi pasayib ketadi, biroq bu holat o‘z vaqtida va to‘g‘ri aniqlansa,bolalarga tegishli yordam tashkil etilsa, ular ommaviy maktab dasturini o‘zlashtira oladilar.
Ruhan rivojlanish kamchiliklarining ba’zi bir shakllarida bolalarni vaqti-vaqti bilan maxsus psixonevrologiksanatoriylarda davolash foydalidir.Sanatoriyada bola kollektiv ishiga asta-sekinlikbilan jalb etiladi. Unda charchash alomatlari paydo bolganda, u o‘quv mashg‘ulotlaridan vaqtincha ozod etiladi yoki unga soddaroq boshqa vazifalar beriladi.Sanatoriyda davolanib kelgandan so‘ng bola o‘qishni o‘z maktabida davom ettiraveradi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar uchun mamlakatimizda maxsus maktabgacha tarbiya muassasalari internatlari, kuni uzaytirilgan maktablarda tenglashtirish sinflari tashkil etilgan.Ushbu masalalarda ta’lim umumta’lim oddiy bog‘cha yoki maktab dasturi va darsliklari asosida olib boriladi,himoyalaydigan muloyim davolovchi maxsus tartib tashkil etiladi. Ta’lim-tarbiyaviy ishlar bolalarning fikrlash qobiliyati, diqqati, ish qobiliyati, xotirasi, nutqi va tafakkuridagi kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan bo‘lib,bunday bolaga bilim berishda o‘qituvchi uning o‘ziga xos individual xususiyatlarini e’tiborga olgan holda maxsus sharoitda, maxsus usullar bilan ishlaydi, tegishli yordam tashkil etadi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi bolalar va o‘smirlar gigienasi instituti xodimlari, jumladan N.P.Vayzman va boshqa olimlarning o‘tkazgan ilmiy tekshirishlari shuni ko‘rsatadiki, ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar o‘zlashtirish jihatidan olganda sog‘lom va debil bolalar o‘rtasida oraliq o‘rinda turadi. Bu olimlar tekshirish vaqtida debil va ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarga bir xildagi topshiriqlarni berib ko‘radilar, shunda normal sog‘lom bolalar berilgan vazifani to‘g‘ri tushunib, uni kerakli tartibda bajargan bo‘lsalar,debil bolalar vazifani tushunmay, bajara olmaydilar, ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar esa xuddi shunday vazifani qisman tushunib, qisman bajarishadi. Demak, ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar aqli zaif, debil bolalarga nisbatan ancha yaxshi tushunadi va bularni bajarish uchun ularda kerakli imkoniyatlar mavjud bo‘ladi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning o‘zlashtirish qobiliyati sog‘lom tengqurlariga nisbatan past bo‘lsa-da, debil bolalarnikidan ancha durust bolganligi uchun bunday bolalarni yordamchi maktabga yuborish noto‘g‘ri, chunki ushbu maktab dasturi ular uchun soddalikqiladi. Ommaviy maktab esa bola uchun zarur bolgan sharoitni yaratib (maxsus sinf-tenglashtiruvchi sinf ochib) o‘z dasturini o‘lashtirishini ta’minlash uchun maxsus yordam ko‘rsatishi lozim.
Bog‘cha tarbiyachilari va boshlang‘ich maktab o‘qituvchilari ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning maxsus sharoitda ta’lim-tarbiya olishlariga yordam berishlari kerak, ularni o‘z vaqtida aniqlab, boshqa bolalardan ajratib olib, ota-onalarga mutaxassis psixonevrologlarga murojaat qilishga maslahat berishlari lozim. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar bilan inklyuziv me’yorda rivojlangan, sog‘lom tengdoshlari orasida yoki maxsus muassasalarda davolab, himoya etish va ruhiy faoliyatni rostlashni ko‘zlab alohida ta’lim-tarbiya ishlari olib boriladi.
O‘z vaqtida va to‘g‘ri tashkil etilgan yordam tufayli ushbu toifadagi Alohida yordamga muhtoj bolalar keyinchalikyaxshi rivojlanib ketib, maktabni bitirgach oliy o‘quv yurtlarida ham muvaffaqiyatli ta’lim oladilar.
Rivojlanishida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalar bilan o‘tkaziladigan korreksion-tarbiyaviy ishlar mazmunining xususiyatlari
Rivojlanishida og‘ir nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan ta’lim va tarbiyaning mazmuni shunday qurilganki,u har bir yosh davrida umumta’lim vazifalar bilan birga maxsus korreksion vazifalar xam bajariladi.Dastur tarkibiga bolalarni emotsional, jismoniy ,aqliy ,ijtimoiy-madaniy rivojlantirishga qaratilgan bo‘limlar kiritilgan .
Yaqqol namoyon bo‘lgan aqli zaif bolalar kontingenti ilk va maktabgacha yoshda katta anglashfaoliyati, ko‘nikma va malakalar, psixojismoniy defektlar bo‘yicha, markaziy asab tizimining klinik tarzda namoyon bo‘luvchi organik nuqsonlari bo‘yicha keskin farqlanadi, shu sababli korreksion –tarbiyaviy ta’sir etish bolaning yoshi va necha yil ta’lim olganiga qarab qat’iy belgilanmaydi.Har bir markaziy asab tizimida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bola nafaqat o‘zining xolatiga ko‘ra,balki rivojlanish sur’atga ko‘ra xam o‘ziga xosdir,shu sababli erta korreksion yordam bola ayni vaqtda qabul qilishga tayyor bo‘lgan malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish vositasi xisoblanadi va u imkoni boricha individuallashgan bo‘lishi kerak.Bunda uning rivojlanishi uchun maksimal darajada imkoniyatlar ta’minlanishi kerak. Agar me’yorda rivojlanayotgan bolaning dastlabki ko‘nikmalari o‘z vaqtida kattalar yordamisiz mustaqil rivojlanayotgan bo‘lsa, anomal bolalarda esa , bunday ko‘nikma va malakalarni egallashlari uchun bunday yordam nixoyatda zarur.Bunda maqsadga yo‘naltirilgan ,og‘ir va sabrli mexnat talab qiladi. U uchun kattalarning yordami natijalar hatto tashqaridan sezilmaganda ham juda foydalidir.Pedagoglar ham ota-onalar ham bolaga nimalarni va qanday o‘rgatish, uning hulqi va mashg‘ulotlar vaqtidagi qiyinchiliklarga qanday munosabatda bo‘lish, qanday qilib uning imkoniyatlarini hisobga olish, undagi kasallik natijasida yuzaga kelgan holat xususiyatlarini to‘g‘irlab borish haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishlari zarur.
Anomal bolaning rivojlanishida unga ta’lim va tarbiya berishga hal qiluvchi ahamiyat bergan fransuz olimlari A.va F.Brone “o‘z-o‘zidan yuzaga kelmagan va kela olmaydigan individual aqliy qobiliyatni yaratish” ni taklif qiladilar.Ular xech qanday dori vositasi bunga yordam bera olmaydi,bolaga o‘rgatish kerak, bunday bolalar ota-onalarga murojaat etib, tabletka va poroshoklar qabul qilganligi uchungina boladan aqliy taraqqiyotni kutish, don ekmasdan turib faqatgina o‘g‘it sepilgan maydondan hosil kutish bilan barobar deb hisoblaydilar.
L.S.Vigoskiy tomonidan ilgari surilgan maxsus psixologiya va maxsus pedogogikaning asosiy qoidalaridan birida ,anomal bolalarning rivojlanishida me’yorda rivojlangan bolalarda kuzatiladigan asosiy qonuniyatlar kuzatilishi haqida so‘z yuritiladi.Bu jarayonda bir qator ketma-ket bosqichlar ajralib turadi: go‘daklik davri (1,5 oydan -1yoshgacha), ilk davr (1-3 yoshgacha)davr, maktabgacha davr (3-7 yoshgacha ) .Rivojlanishida og‘ir nuqsoni bo‘lgan bolalar bu bosqichlarni boshqa yosh davrlarida o‘taydilar, bu bolalarning rivojlanish darajasi me’yorda rivojlanayotgan bolalarning muayyan yoshdagi darajasida faqatgina taxminan mos keladi. Xususan, 3-5yoshdagi rivojlanishida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalarning rivojlanish darajasi bir qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha 6-12 oylik sog‘lom bolalarning rivojlanishi bilan taqqoslash mumkin. Bunda mos kelishi taxminiy to‘liq bo‘lmagan va noaniq bo‘ladi, psixikasining ba’zi jixatlari yuqori va past bo‘lishi mumkin.
Bundan kelib chiqib dastur materiallari taxminiy tanlanadi, muayyan bolaga yoki ta’lim oluvchilar guruhi tarkibiga aynan moslashtiriladi.Bunda ta’lim berish davrining ketma-ketligiga rioya qilinadi.Og‘ir aqli zaif bolalarning rivjlanish xususiyatlari ,ulani tarbiyalash va ta’lim olishdagi imkoniyatlari rivojlanishning dolzarb darajasi ,rivojlanishning eng yaqin zonasi va mazkur rivojlanish davridagi asosiy faoliyat turlari xisobga olinadi.
Ruhiy tayorgarlik boshqa turlardan ajralib turadi va u quyidagi ko‘rsatkichlarni oladi:
Tashqi dunyo haqida bolalardagi bilim va tasavvurlar darajasi;
Aqliy harakatlar, jarayonlar, malakalar;
Nutq taraqqiyoti, yetarli lug‘at boyligiga ega bo‘lishi, bog‘liqli, ma’noli, monologik nutq elementlari;
Ma’lum qiziqish va intilishlarda namoyon bo‘ladigan bilish aktivligi;
O‘z xulqini boqara bilish, o‘z irodasiga bo‘ysindira olish.
Ruhiy rivojlanishi susaygan bolalar maktab ta’limiga tayyorgarligida, yuqoridagi barcha me’zonlar bo‘yicha tayyor bo‘lmaydilar.
Bunday bolalarning tashqi olam, ijtimoiy muhit haqidagi bilimlar boyligi juda ham yuzaki, kambag‘al bo‘ladi. Ular buyumlarning xususiyatlari, sifatlari haqida, hatto ularni ko‘rgan bo‘lsalar ham, gapirib bera olmaydilar. Ularda aqliy jarayonlar yetarli shakllanmaganligi sababli, buyumlarning belgilarini umumlashtra olmaydilar. Nutq aktivligi past, lug‘ati kambag‘al, ularning jumlalari sodda, gaplarning grammatik tuzilishi to‘la bo‘lmaydi. O‘quv faoliyatiga qiziqishlari sezilmaydi. Ko‘proq o‘yin qiziqishlari ustunlik qiladi. O‘zlarini boshqarish birmuncha buzilgan. Shular natijasida bolalar o‘qituvchining talablariga qiyin bo‘ysunadilar. Maktab kun tartibini bajarish, ularda ma’lum qiyinchiliklar tug‘diradi. Markaziy nerv sistemasi funksional holatlarining zaifligi natijasida kelib chiqadigan tez charchash, diqqatlarning bo‘linib turishi oqibatida ulardagi ta’limga tayyor emaslikni yanada chuqurlashtiradi. Oqibatda ular ommaviy maktab sharoitida ularga ko‘rsatilgan individual yordamdan unumli foydalana olmaydilar.
Ommaviy maktab o‘qituvchilari bunday bolalarning xususiyatlarini yaxshi bilmasliklari natijasida ular orasida noto‘g‘ri munosabatlar yuzaga keladi. Sinfdoshlari orasida ular haqida “tentak”, “ahmoq” kabi haqoratli so‘zlar paydo bo‘ladi.
Bularning barchasi RRS bolalarda maktabga, ta’limga nisbatan salbiy munosabatlarning shakllanishiga olib keladi. Buning natijasida ular tartib buzar bo‘ladilar, turli antiijtimoiy ishlar qilishga boradilar. Bunday salbiy holatlar faqatgina RRS bolaningo‘zigagina tegishli bo‘lib qolmasdan, balki boshqa sinfdoshlariga, bolalarga ham ta’sir etadi.
|
| |