• Foydalaniladigan adabiyotlar: Asosiy adabiyotlar
  • Tayanch so’zlar va iboralar
  • Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar




    Download 437,9 Kb.
    bet42/47
    Sana18.12.2023
    Hajmi437,9 Kb.
    #123007
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
    Bog'liq
    M. U. Hamidova, maxsus pedagogika-fayllar.org

    Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
    1. Ruhiy jixatdan sust rivojlanish deganda nimani tushunasiz?
    2. Ruhiy rivojlanishning sustligi nimalar oqibatida kelib chiqishi mumkin?
    3. Ruhiy rivojlanishi sust bolalarning ‘oziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot bering
    4. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning qanday guruxlari mavjud?
    5. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar qayerda ta’lim olishlari kerek va nima uchun?
    6. Psixopatik ‘ozgarish haqida ma’lumot bering
    7. Epileptik buzilishlar haqida ma’lumot bering
    8. Apatik buzilish deganda nimani tushunasiz?
    9. Ruhiy sust rivojlanishning serebral shakli haqida gapiring
    10. Affektiv ‘ozgarishlar haqida ma’lumot bering
    Foydalaniladigan adabiyotlar:
    Asosiy adabiyotlar
    2. Raxmanova V.S. “Korreksion pedagogika va logopediya”.-“Moliya-iqtisod”, -T., 2007

    3. Raxmanova V.S. “Defektologiya asoslari”. -“VORIS-NAShRIYoT”. T., 2012.



    Qo`shimcha adabiyotlar
    1. Raxmanova V.S. “Maxsus pedagogika”.-T.,”G‘ofur G‘ulom”, 2004.
    MA’RUZA MASHG’ULOTLARI
    9-Mavzu



    REJA

    1. Ruhiy rivojlanishida orqada qolgan bolalarning xotira jarayonlarining o’ziga xos tomonlari


    2. RRS bolalarning tafakkur xususiyatlari


    3. RRS bolalarning nutqi




    Tayanch so’zlar va iboralar: eslab qolish, ixtiyorsiz xotira, sodda materiallar, qisqa muddatli xotira, tafakkur xususiyatlari, bilish faoliyati, intelektual aktivlik.
    Klinik va ruhiy-pedagogik tekshirishlarining ko‘rsatishicha, xotira buzilishlari RRS bolalarning xarakterli belgilaridan biri ekan. Xotira jarayonlarining buzilishi murakkab va o‘ziga xos ko‘rinishiga ega. RRS bolalar xotirasining o‘ziga xos tomoni shundan iboratki, ular xotirasining ayrim tomonlari ko‘proq, ayrim tomonlari kamroq buzilganligidir. Xotira jarayonlari unumdorligining pasayishi, RRS bolalarda o‘z faoliyatlarini unumli tashkil qila olmaslik, eslab qolishning samarali usullarini o‘llay olmaslik natijasida kelib chiqadi.
    RRS bolalar xotrasining kamchiliklariga qaramasdan, ularda yetarli rivojlanish imkoniyatlari bor.
    RRS bolalarda xotira hajmining kamayganligi, qisqa va uzoq muddatli xotira turlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
    Bu haqda T.V.Egorova, V.L.Podobed, G‘.B.Shoumarov, K.K.Mamedovlar o‘zlarining ilmiy ishlarida alohida to‘xtalib o‘tganlar. Ayniqsa, tafakkur jarayonlarida ishtirok etuvchi operativ va vositali esda olib qolish buzilgan bo‘ladi. Qisqa muddatli xotira ayniqsa, bolalarga narsalar ko‘rsatish oralig‘ining qisqarishi, hamda narsa, predmetlar orasida boshqa ta’sirotlar ta’sir ettirilsa, ko‘proq buzilishga sabab bo‘ladi (V.L.Podobed ma’lumotlari).
    T.V. Yegorova, N.G.Lutonyan, N.G.Poddurnaya, N.B.Novinskaya, G‘.B.Shoumarovlar ishlarida RRS bolalar xotirasining turli tomonlari atroflicha ochib berilgan. RRS bolalar xotrasining hajmi, eslab qolishning turg‘unligi, qisqa muddatli, operativ, ixtiyoriy, ixtiyorsiz xotira turlari normal tengdoshlaridan birmuncha pastligi aniqlangan.
    Qisqa muddatli xotira darajasi normal tengdoshlariga nisbatan past bo‘lib, uning hajmi aksariyat holda 5 raqamdan oshmaydi (maxsus Veksler metodikasi bo‘yicha).
    Ayniqsa, qisqa muddatli operativ xotira hajmi bunday bolalarni normal tengdoshlaridan va aqli zaif o‘quvchilardan ajratib olishga imkon beradi.
    Aksariyat holda 2-sinf normal o‘quvchilarning qisqa muddatli opperativ xotrasi 4 raqamni tashkil etsa, RRS o‘quvchilarda 3 ta raqamni, aqli zaiflarda 2 ta raqamni tashkil qiladi.
    RRS o‘quvchilarning mexanik xotrasi normal o‘quvchilar darajasiga yaqin bo‘lib, aqli zaif bolalar darajasidan keskin farq qiladi. (G‘.B.Shoumarov).
    Boshlang‘ich sinf RRS o‘quvchilarining ixtiyorsiz esda olib qolishi 5-6 yoshli normal bolalar darajasiga yaqin bo‘ladi. RRS o‘quvchilarning esda saqlab qolish jarayonlarini atroflicha o‘rgangan T.V.Egorovaning ma’lumotlariga ko‘ra, xotira faoliyatining normaga yetmasligi asosida asab sistemasining muntazam tez charchashi yotadi.
    RRS bolalarni xotira jarayonlarining xususiyatlariga ko‘ra 3 ta guruhga bo‘lish mumkin.

    1. Normal o‘quvchilarga yaqin bo‘lgan daraja.


    2. Normal o‘quvchilar bilan aqli zaif bolalar orasidagi daraja.


    3. Aqli zaif bolalarga yaqin bo‘lgan daraja.


    Diqqat, idrok va xotira faoliyatining maqsadga qaratilganligining o‘sib yetishmaganligi natijasida RRS o‘quvchilarning aksariyatida, ixtiyoriy xotrasining yetishmasligi kuzatiladi. Sodda, murakkab bo‘lmagan materiallarini eslab qolish vazifalarini bajarishda RRS o‘quvchilar, normal o‘quvchilar darajasiga yainlashsa, xotira faoliyatlari murakkablashgan sari aqli zaif bolalar darajasiga yaqinlashadi.


    Xotira faoliyatning maqsad sari yo‘nalganligining yetishmasligiga esda saqlab qolishning maxsus usullardan foydalana olaslik ham RRS o‘quvchilar xotrasining o‘ziga xos belgisidir. Normal bolalardan farqli ravishda RRS o‘quvchilar xotrasining samaradorligiga, esda olib qolinayotgan material xrakteriga ko‘proq bog‘liqdir ya’ni ko‘rgazma (noverbal) material, so‘z (verbal) materialga nisbatan yaxshiroq esda olib qolinadi. RRS o‘quvchilarda faqat esda olib qolish emas, balki esga tushirish aktivligi ham pasaygan bo‘ladi. Uzoq muddatli va qisqa muddatli xotira bo‘yicha RRS o‘quvchilar normal bolalardan keskin farq qiladi.
    Esda saqlab qolish bilan, esga tushirish sifati keskin yomonlashadi. RRS o‘quvchilar xotira dinamikasini tahlil qilganda, ularning aksariyati 4-sifnga qadar materialni mexanik esda saqlab qolishga harakat qilishni ko‘rsatadi. Normal o‘quvchilarda esa 2-sinfdan boshlab mantiqiy, ixtiyoriy, vositali eslab qolish tez sur’atlar bilan rivojlana boshlaydi.


    Download 437,9 Kb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




    Download 437,9 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar

    Download 437,9 Kb.