Madaminova azizaxonning diskret tuzilmalar fanidan mustaqil ishi




Download 1.18 Mb.
bet1/2
Sana31.05.2023
Hajmi1.18 Mb.
#68171
  1   2
Bog'liq
Mustaqil ishi mavzu Kommivoyajer masalasi algoritimlarini o’rganish
materialshunoslik, Umumiy fizika, 18-2 Ekologiya, Делопроизводство, Doc1, Humoyiddin dasturlash 12


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNALOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI


KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI


713-21 GURUH TALABASI
MADAMINOVA AZIZAXONNING


DISKRET TUZILMALAR FANIDAN


MUSTAQIL ISHI


Mavzu: Kommivoyajer masalasi algoritmlarini o‘rganish,
chuqurlik va eni bo‘yicha aylanib o‘tuvchi graflar,
kommivoyajer masalasini yechish.


BAJARDI: Madaminova Aziza
QABUL QIDI: Bozorqulov A





MAVZU : Kommivoyajer masalasi algoritmlarini o‘rganish, chuqurlik va eni bo‘yicha aylanib o‘tuvchi graflar, kommivoyajer msalasini yechish.


REJA:




  1. Algoritmlarini o'rganish, chuqurlik va eni bo'yicha

aylanib o'tuvchi graflar



  1. Algoritmning umumiy ko’rinish.




  1. Tarmoqlanuvchi yoki shartli buyruqlar.

Algoritmlarini o'rganish, chuqurlik va eni bo'yicha
aylanib o'tuvchi graflar
Algoritm tushunchasi zamonaviy matematika va informatikaning asosiy tushunchalaridan biri hisoblanadi. Algoritm termini o’rta asrlar ulug’ matematigi al-Xorazmiy nomidan kelib chiqqan. XX asrning 30-yiligacha algoritm tushunchasi ko’proq matematik ma’no emas, balki metodologik ma’noni kasb etar edi. Algoritm deganda, u yoki bu masalalar sinfini yechish imkonini beruvchi aniq ifodalangan chekli qoidalar majmui tushunilgan. EHM larning paydo bo’lishi bilan algoritm tushunchasi yanada keng tarqaldi. EHM va dasturlash usullarining rivojlanishi algoritmlarni ishlab chiqish avtomatlashtirishdagi zaruriy bosqich ekanligini tushunishga yordam berdi. EHM larning paydo bo’lishi algoritmlar nazariyasining rivojlanishiga olib keldi. Algoritmlarni tuzish – bu ijodiy ish bo’lib, ixtiyoriy zaruriy algoritmni tuzish uchun umumiy usullar mavjud emas, kishining ijodiy qobiliyatiga bog’liq
Albatta, algoritmni aniq sxema bo’yicha tuzish zarur bo’lib qoladigan sodda hollar ham mavjud. Bunday hollarda yechilish algoritmiavval biron kim tomonidan olingan masalalarni misol keltirish mumkin. Masalan, differensial tenglamalarni sonli integrallash uchun Eyler metodi. Bu metod masalani yechish uchun umumiy holda ifodalangan algoritmdir, lekin algoritmlash ijodiy ekanligini quyidagi algoritmlar nazariyasining ba’zi bir ma’lumotlaridan ko’rish mumkin. Agar bizdan biror algoritmni ishlab chiqish talab qilinsa, dastlab izlanayotgan algoritmni tuzish mumkinmi yo’qmi degan savolga javob izlash kerak. Chunki ba’zi hollarda algoritmni tuzish mumkin emasligini ko’rsatib berish mumkin. Ba’zi bir hollarda algoritmni tuzish mumkinligi isbotlanadi. Bunday isbot mavjud bo’lganligi bilan tuzilgan algoritmni amalgam oshirib bo’lmaydi yoki uning samaradorligi talabga javob bermaydi. Shunga qaramasdan bir nechta algoritmlar bitta amaliyotga qo’llanilayotganini topish mumkin.Algoritmlarning turli ta’riflari mavjud. Rasmiy ta’riflardan biri bo’yicha algoritm bu qo’yilgan masalani bir xil yechilishiga olib keluvchi aniq harakatlarning ketma-ketligi. Bu tushunchadan algoritmning quyidagi xossalari kelib chiqadi:

  • Diskretlilik – ya’ni aniqlanayotgan jarayonni qadamba-qadam ko’rinishi.

  • Ommaviylik – algoritm o’xshash masalalar turkumini yechishi kerak.

  • Tushunarlilik – algoritmda beriladigan ko’rsatmalar foydalanuvchiga tushunarli bo’lib, uning talablariga javob berishi kerak.

  • Aniqlilik – algoritmda ma’lum tartibda amallarni bajarish nazarda tutilishi kerak va bajaruvchiga joriy qadam tugatilishi bilan qaysi qadam keyingi bo’lib bajarilishi aniq ko’rsatilishi kerak.

Djek – kompyuterlar sotish bo’yicha agent (kommivoyajer), uning qaramog’ida 20 ta shahar bor. ishlayotgan kompaniya yo’l harajatlarining 50% ni to’laydi. Djek uning qaramog’ida bo’lgan har ikki shahar orasida yo’l harajatini hisoblab chiqqan. Masala yo’l harajatlarini kamaytirishdan iborat. Biz Djekga yo’l harajatlarini kamaytirishga yordam berishimiz kerak. Djekning marshruti o’zi yashagan shahardan boshlanib, qolgan hamma shaharlarni bir martadan o’tib, yana o’z shahriga qaytib kelishi kerak. Demak, biz tuzayotgan ruyhatda har bir shahar faqat bir marta uchrashi kerak, Lekin Djek yashagan shahar ikki marta uchrab, ruyhatning birinchi va oxirgi elementlari bo’ladi. Undan tashqari, ruyhatdagi shaharlar tartibi Djekning marshrutini belgilaydi. Ruyhatdagi ikkita oxirgi shaharlar orasidagi yo’l narxi – bu butun marshrut narxi deb hisoblanadi. Demak, agar biz Djekga eng kichik narxdagi ruyhatni tuzib bersak, masalani yechgan bo’lamiz.
Evristik algoritmlar.
Evristika yoki evristik algoritm – algoritm deb ta’riflanishi uchun quyidagi hususiyatlarga ega bo’lishi kerak:

  • U odatda shartli ravishda optimal bo’lmasa ham, yahshi yechimlarni topish kerak.

  • Uni ixtiyoriy ma’lum aniq algoritmdan ko’ra, amalga oshirish tezroq va soddaroq bo’lishi kerak

Odatda yahshi algoritmlar evristik bo’lib chiqadi. Faraz qilaylik, biz tez ishlaydigan va barcha test topshiriqlariga javob beradigan algoritmni tuzdik, lekin uning to’g’riligini isbotlab bilmaymiz. Shunday isbot berilmaguncha, algoritm evristik deb tushuniladi.


Misol tariqasida quyidagi algoritmni ko’rib chiqamiz:
GTS algoritmi: (kommivoyajer). N ta shaharlar va C narxlar matrisasi berilgan kommivoyajer masalasi uchun U shahardan boshlab COST narxli TOUR yaqinlashgan yechimni topish kerak.


Download 1.18 Mb.
  1   2




Download 1.18 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Madaminova azizaxonning diskret tuzilmalar fanidan mustaqil ishi

Download 1.18 Mb.