• Mafkuraviy tarbiya
  • Mafkuraviy tizim
  • Mafkuraviy tolerantlik




    Download 29,8 Kb.
    Sana14.05.2024
    Hajmi29,8 Kb.
    #230639

    3-Topshiriq


    Mafkuraviy tarbiyaning maqsadi va vazifalari.
    Mafkuraviy tolerantlik (bag‘rikenglik) – xilma-xil qarash, intilish, yondashuvga ega bo‘lgan va turli mafkuraviy pozisiyada turuvchi kuchlarning jamiyat va millat manfaatlari yo‘lida hamkorlik qilishini, ezgu maqsadlarni ko‘zlab, hamjihat faoliyat yuritishini ifodalovchi tushuncha. 1995 yil 16 noyabrda Parijda UNESСOning yigirma sakkizinchi sessiyasida qabul qilingan “Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi” Yer yuzidagi barcha mamlakatlarda mafkuraviy bag‘rikenglikni shakllantirishning umumnazariy asosidir. Mafkuraviy tolerantlik g‘oyasi jamiyatda asrlar davomida shakllanib kelgan bunyodkor g‘oyalar, ezgu niyatlar va maqsadlarning ro‘yobga chiqishi uchun zamin tayyorlab beradi. Hozirgi davrda mafkuraviy tolerantlik g‘oyasi jamiyatdagi barcha qatlam, ijtimoiy guruh va millatlarning ezgulik yo‘lidagi hamkorligini nazarda tutadi va mamlakatda tinchlik, barqarorlikni mustahkamlashning muhim sharti hisoblanadi. O‘zbekiston xalqi dunyoviy davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurmoqda. Barpo etilayotgan jamiyatimizning siyosiy-huquqiy asoslari ishlab chiqilgan va ko‘pchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan bugungi kunda, ezgu maqsadlarga yo‘naltirilgan mafkura faoliyati uchun bir xil sharoit hamda imkoniyatlar yaratib berilmoqda.


    Mafkuraviy tarbiya – inson, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat dunyoqarashini shakllantirishga, ularni muayyan maqsadlarni ifoda etadigan g‘oyaviy bilimlar bilan qurollantirishga yo‘naltirilgan jarayon. Jamiyatdagi har bir ijtimoy kuch yoki aholi qatlamlari o‘z manfaat va maqsad-intilishlarini ifoda etuvchi g‘oyalar tizimini yaratgach, boshqa guruhlarni ham shu g‘oyalar ta’siriga tortishga, o‘z tarafdorlari safini kengaytirishga harakat qiladi. Gʻoyalar adolatli va haqqoniy bo‘lib, ko‘pchilikning talab-ehtiyojlariga mos kelsa, bu sohadagi tarbiya vositalari ta’sirchan, tarbiyachilar esa faol va fidoyi bo‘lsa, ko‘zlangan maqsadga erishiladi. Jamiyat, xalq hali o‘z manfaatlarini anglab yetmagan, o‘z mafkurasini shakllantirib, maqsadlari sari safarbar bo‘lmagan hollarda begona va zararli g‘oyalar ta’siriga tushish ehtimoli ortib boradi. Bu esa mafkuraviy tarbiyani yo‘lga qo‘yish, sog‘lom mafkura tamoyillarini aholi qalbi va ongiga muttasil singdirishni dolzarb vazifaga aylantiradi. O‘zbekiston sharoitida mafkuraviy tarbiyaning asosiy vazifasi – xalqimizning asriy orzu-istaklari, maqsadlarini, milliy mafkuramizning mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirishdan iboratdir. Mafkuraviy tarbiya jamiyatda, avvalambor, oila, maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari, maktablar, lisey, kollejlar, oliy o‘quv yurtlari, ommaviy axborot vositalari, jamoat tashkilotlarining birgalikdagi faoliyatini taqozo qiladi. Uzluksiz ta’lim tizimi mafkuraviy tarbiyani olib boruvchi asosiy bo‘g‘indir, zero mafkuraviy maqsadlarni kishilar, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirish vazifasi, asosan, ana shu tizim orqali amalga oshiriladi.


    Mafkuraviy tizim — mafkuraviy ishlarni boshqarish, jamiyatning turli ijtimoiy institutlari: oila, maktabgacha tarbiya muassasalari, umumiy ta’lim maktablari, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari, mehnat jamoalari, mahalla kengashlari, jamoat tashkilotlari, madaniy-ma’rifiy uyushmalar tarbiyaviy imkoniyatlarini muvofiqlashtirish, tartibga solish, ularni yagona maqsad tomon yo‘naltirish omillari (ish vaqti va ishdan keyingi bo‘sh vaqt) va vositalari (fan, adabiyot, san’at, matbuot, radio, TV, kino, muzey va hokazo), uslublari (tushuntirish, ishontirish, majbur qilish) va usullarining (alohida, jamoaviy, ommaviy) yaxlit bir butun uyushmasi. Shuningdek, mafkuraviy tizim mafkuraviy ta’sir yo‘nalishlari (aqliy, ma’naviy-axloqiy, huquqiy) va uning asosiy sohalarini (mehnat, jismoniy, estetik, ekologik, jinsiy va hokazo) ham o‘ziga qamrab oladi. Mafkuraviy tizim bir butun yaxlit uyushma bo‘lib, doimo o‘zgarib turadi. Ushbu tizim samaradorligi mafkuraviy ta’sir jarayonining uzluksizligiga, tabaqalashganligiga, kompleks yondashuvga bog‘liq. Ushbu tizim doirasidagi mafkuraviy ishlar ta’sirchanligi, hozirjavobligini oshirishda aholi turli tabaqalarining o‘ziga xos milliy-psixologik, mintaqaviy, kasb-kor, yosh, jins bilan bog‘liq xususiyatlarini inobatga olish ham muhim ahamiyat kasb etadi.



    Download 29,8 Kb.




    Download 29,8 Kb.