Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar elektromagnit to‘lqinlar




Download 0,52 Mb.
bet25/111
Sana12.01.2024
Hajmi0,52 Mb.
#135922
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   111
Bog'liq
Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar

erkin tebranishlar deb ataladi.
10-sinfda o‘rganilgan mexanik tebranishlar va elektromagnit tebranishlar tenglamalarining o‘xshashligidan kondensatordagi zaryadning o‘zgarishini quyidagicha yozamiz:
q = qm cos2πvt. (3–3)
U = q/C ekanligi hisobga olinsa, kondensatordagi kuchlanish o‘zgarishi uchun
U = Um cos2πvt (3–4)
ifodani olish mumkin. G‘altakdagi tok kuchi
I = Im cos(2πvt + π/2) yoki I = Im sin2πvt (3–5) qonuniyatga ko‘ra aniqlanadi.



Fizik kattaliklarning vaqt o‘tishi bilan sinus yoki kosinus qonuni bo‘yicha davriy o‘zgarishi garmonik tebranishlar deyiladi.
Tebranayotgan kattalikning eng katta qiymati moduli tebranish amplitudasi yoki amplitudaviy qiymat deb ataladi.
Mexanik tebranishlarda amplituda jismning muvozanat holatidan eng kat- ta og‘ishiga, elektromagnit tebranishlarda esa, kondensator qoplamalaridagi elektr zaryadining eng katta qiymatiga (qm) teng.
Garmonik tebranishdagi kattaliklarning vaqtga bog‘liqligini tasvirlash
uchun grafik usul qulaydir.
Elektromagnit tebranishlarning zaryad, kuchlanish va tok kuchining vaqt- ga bog‘liqlik grafiklarini chizaylik. Buning uchun bu kattaliklarning (3–3), (3–4) va (3–5) tenglamalaridan foydalanamiz. Bu tenglamalarni taqqoslab ko‘rilsa, tebranishlar bir-biridan fazalar siljishiga ko‘ra farqlanishini ko‘rish mumkin.
Yuqoridagi tenglamalarning grafiklarini chizaylik. Abssissa o‘qining ostiga davr ulushlarida ifodalangan vaqt, ustiga esa shunga mos keluvchi tebranishlar fazasi qo‘yilgan. Ordinata o‘qlariga tegishli q, i va U kattaliklar qo‘yilgan (3.4-rasm).
q
a)
0
i
b)
0
U
d)
0


3.4-rasm.
Bu grafiklarda masshtab ma’lum bo‘lsa, abssissa o‘qidan davr (vaqt)ni,
ordinata o‘qidan esa tebranayotgan kattalik amplitudasini yoki oniy qiyma-
tini aniqlash mumkin. Shuningdek, fazalarning siljishlarini ham grafiklardan taqqoslab topish mumkin. Masalan, kondensator qoplamalaridagi zaryad va kuchlanish maksimal bo‘lgan vaqtda, tok kuchi nolga teng.
Konturdagi tok kuchi tebranishlari faza bo‘yicha zaryad tebranishlaridan
𝜋 oldinga o‘tib ketadi. Zaryad bilan kuchlanish bir xil fazada o‘zgaradi.
2
Yuqorida aytilganidek, ideal tebranish konturida hosil bo‘lgan tebranishlar
so‘nmaydi. Real konturda R nolga teng bo‘lmaganligidan elektr energiyasi is- siqlikka aylanib boradi va tebranishlar amplitudasi vaqt o‘tishi bilan kamayib boradi (3.5-rasm.).

q
Bunday tebranishlarga so‘nuvchi q
tebranishlar deyiladi. m
Ta’kidlash joizki, konturning
qarshiligi qanchalik katta bo‘lsa, unda


Q = I2Rt energiya shunchalik ko‘p sarflanadi. Konturning qarshiligi ortgan sari tebranishlar davri ham ortib boradi. Demak, so‘nuvchi tebranishlar garmonik bo‘lmas ekan.
So‘nuvchi tebranishlar davriy
0 τ t
qm
3.5-rasm.

bo‘lmagan tebranishlarga kiradi. Ularning tenglamalari differensial tenglamalar orqali ifodalanganligi sababli murakkab masala hisoblanadi. Shu sababli ularning yechimi keltirilmasdan, grafigini keltirish bilan cheklanamiz.




Download 0,52 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   111




Download 0,52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar elektromagnit to‘lqinlar

Download 0,52 Mb.