Masala yechish namunasi
G‘altakdagi tok 0,2 s davomida noldan 3 A gacha tekis o‘zgarganda 1,5 V o‘zinduksiya EYuK hosil bo‘lsa, g‘altakning induktivligi qanchaga teng?
Berilga n: Formulas i: Yechilish i:
∆t = 0,2 s
∆ I = 3 A
Eind. = 1,5 V
Eind.
= – L ∆I
∆ t
L = 1,5 V · 0,2 s = 0,1 H.
3 A
Topish kerak:
L = ?
ǀLǀ = Eind. · ∆ t
∆ I
Javobi: L = 0,1 H.
mavzu. MODDALARNING MAGNIT XOSSALARI
Ko‘pgina (masalan, temir, nikel, kobalt kabi) moddalar magnit maydonga kiritilganda yoki ulardan tok o‘tganda magnitlanib qolishi kuzatiladi. Ular magnit kabi atrofida magnit maydonni hosil qiladi. Magnit maydon ta’sirida magnitlanib qoladigan bunday moddalarga magnetiklar deyiladi.
Biz 2-mavzuda g‘altak ichida hosil bo‘lgan magnit maydon g‘altakdan o‘tayotgan tok kuchiga proporsional ekanligini ko‘rib o‘tganmiz. G‘altak ichidagi magnit maydonni baholash maqsadida quyidagi namoyish tajribasini o‘tkazish mumkin. Namoyish qurilmaning umumiy ko‘rinishi 2.5- a rasmda keltirilgan. Namoyish qurilmasi tok manbayi, ikkita g‘altak, turli moddadan yasalgan o‘zaklar, ampermetr va kalitdan iborat.
a b
2.5-rasm
G‘altakka kuchlanishni o‘zgartirmasdan, uning ichiga navbatma-navbat turli xil tabiatli metall o‘zaklar kiritilib tajriba takrorlansa, uning ichidagi magnit maydon induksiyasining ham turlicha o‘zgarishi tufayli galvanometr strelkasi og‘ishining turlicha o‘zgarishini ko‘ramiz (2.5- b rasm).
G‘altak ichida hosil bo‘layotgan magnit maydon induksiyasi unga
kiritilgan moddaning tabiatiga bog‘liq ekan, ya’ni:
B = μ · B0. (2–6)
Demak, tokli g‘altakning biror muhitda hosil qilgan magnit maydonining induksiyasi (B), uning vakuumda hosil qilgan magnit maydon induksiyasi (B0) ga to‘g‘ri proporsional bo‘lib, muhitning turi (μ) ga ham bo‘g‘liq bo‘ladi. (2– 6) ifodadan μ ni topsak:
B
μ = B . (2–7)
0
Bu tenglikdagi μ – muhitning magnit singdiruvchanligi deb ataladi. U faqat muhitning tabiatiga bog‘liq bo‘lib, muhitdagi maydon induksiyasi, vakuumdagi magnit maydon induksiyasidan necha marta farq qilishini bildiradi.
Tabiatda uchraydigan barcha moddalar magnit singdiruvchanligiga qarab uch turga bo‘linadi. Bular: diamagnetiklar, paramagnetiklar va ferromagnetiklar.
Magnit singdiruvchanligi birdan kichik (μ < 1) bo‘lgan moddalarga diamagnetiklar deyiladi. Oltin, kumush, mis, rux va ba’zi gazlar diamag- netiklardir. Magnit maydoniga kiritilgan diamagnetiklar uni susaytiradi. Bunday moddalarga magnit maydoni yaqinlashtirilganda maydondan uzoqlashadi (2.6-rasm).
2.6-rasm.
Magnit singdiruvchanligi birdan biroz katta (μ > 1) bo‘lgan moddalarga
|