• Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi
  • Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar elektromagnit to‘lqinlar




    Download 0,52 Mb.
    bet2/113
    Sana15.12.2023
    Hajmi0,52 Mb.
    #119326
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
    Bog'liq
    Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar
    3. topshiriq. 4-5-6 elektrokimyo mustaqil ish, Rahbar fazilatlari va uslublari, RIVOJLANISHDA NUQSONI BOR BOLALAR TASNIFI
    F. Norqobilov – Toshkent shahar Sergeli tumani 303-maktab o‘qituvchisi.


    SHARTLI BELGILAR:
    – fizik kattaliklarga ta’rif; asosiy qonunlar;

    • – bu mavzular fizikani chuqur o‘rganishga ishtiyoqi bo‘lgan o‘quvchilar uchun


    mo‘ljallangan;


      • o‘quvchi tomonidan bajariladigan amaliy ish;





    Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi
    ISBN 978-9943-5083-3-0 © N. Sh. Turdiyev va boshq., 2018,
    © “Niso Poligraf” nashriyoti (original-maket), 2018

    Bugungi kundа tа’limni rivоjlаntirish bo‘yichа qo‘yilayotgаn Dаvlаt tаlаbi o‘quvchi shахsi, uning intilishlаri, qоbiliyati vа qiziqishlаrini e’tiborga olib, fаn, tехnikа vа tехnоlоgiyalаrning istiqbоlli rivоjlаnishini hisоbgа оlingаn hоldа, o‘quvchilаrdа fаnlаrni o‘rgаnishdа tаyanch vа fаngа оid umumiy kоmpеtеnsiyalаrni rivоjlаntirishni tа’minlаshdаn ibоrаt.


    Хususаn, fizikа tа’limi o‘quvchilаrdа fаnning tехnikа tаrаqqiyotidа vа hаyotdа tutgаn o‘rni, fаngа оid zаruriy bilimlаrni egаllаshi, оlgаn bilimlаrini hаyotgа tаtbiq etа оlish sаlоhiyatini shаkllаntirish vа rivоjlаntirishni ko‘zdа tutаdi. Bu mа’lum bоsqichlаrdа, 6–11-sinflаrdа fizikа bo‘limlаrini o‘rgаnish оrqаli аmаlgа оshirilаdi.
    Fizika fanini o‘rganish 6-sinfda boshlanib, dastlabki bosqichda mexanika, issiqlik, elektr, yorug‘lik, tovush hodisalari hamda modda tuzilishi haqida boshlang‘ich ma’lumotlar beriladi. Fizika fanini izchil kurs sifatida 7-sinfda fizikaning “Mexanika” kursi, 8-sinfda “Elektr” kursi, 9-sinfda “Molekular fizika asoslari”, “Optika”, “Atom va yadro fizikasi asoslari” va “Koinot haqida tasavvurlar” kurslari orqali o‘rganiladi.
    Keyingi bosqichda esa, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘rganilgan o‘quv materiallar o‘rta maktabning 10–11-sinflarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida takrorlanmasligi, o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlari, o‘rta ta’lim tayyorgarligiga mos kelishi hamda fizik tushunchalarni asta-sekin oddiydan murakkabga shakllantirish e’tiborga olingan.
    Qo‘lingizdаgi mаzkur dаrslik tаbiаtdаgi jаrаyon vа hоdisаlаrni kuzаtish, tаhlil qilish, fizik hоdisаlаrni o‘rgаnishdа аsbоblаrdаn to‘g‘ri fоydаlаnа оlish, fizik tushunchа vа kаttаliklаrni mаtеmаtik fоrmulаlаr bilаn ifоdаlаy оlish, fаn sоhаsidа erishilаyotgаn yutuqlаr, ulаrning аmаliyotdаgi tаtbiqi оrqаli o‘quvchilаrning ilmiy dunyoqаrаshlаrini rivоjlаntirishgа qаrаtilgаn bo‘lib, magnit maydoni, еlektromagnit induksiya, еlektromagnit tebranishlar, еlektromagnit to‘lqinlar va to‘lqin optikasi, nisbiylik nazariyasi va kvant fizikasi elementlari, аtom vа аtom yadrosi mavzularini qamrab olgan.

    Siz 8-sinf fizika kursida doimiy magnitning va tokli o‘tkazgich atrofidagi magnit maydonning hosil bo‘lishi haqidagi dastlabki bilimlarga ega bo‘lgansiz. Jumladan, sizga tokli to‘g‘ri o‘tkazgichning va tokli g‘altakning magnit maydoni, elektromagnitlar va ularning qo‘llanilishi yuzasidan umumiy ma’lumotlar berilgan. Ammo ularning kattaligini aniqlash bo‘yicha matematik ifodalari berilmagan edi. Mazkur bobda magnit induksiyasi va magnit oqimi, to‘g‘ri tokning atrofidagi magnit maydon induksiyasi, tokli g‘altakning magnit maydon induksiyasi, magnit maydonda harakatlanayotgan zarraga ta’sir kuchi kabi kattaliklar bilan tanishasiz.





    Download 0,52 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




    Download 0,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar elektromagnit to‘lqinlar

    Download 0,52 Mb.