Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar elektromagnit to‘lqinlar




Download 0,52 Mb.
bet7/113
Sana15.12.2023
Hajmi0,52 Mb.
#119326
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   113
Bog'liq
Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar
3. topshiriq. 4-5-6 elektrokimyo mustaqil ish, Rahbar fazilatlari va uslublari, RIVOJLANISHDA NUQSONI BOR BOLALAR TASNIFI

Mаsаlа yеchish nаmunаsi

To‘g‘ri cheksiz o‘tkаzgichdаn 250 mА tоk o‘tmоqdа. Undаn 4 сm uzоqlikdа joylashgan nuqtаdаgi mаgnit mаydоn induksiyasini tоping.


Formulas i: Yechilish i:


B = μ
I
0 2π⋅ d


B = 4π · 10–7
250 · 10–3 T =
2π · 4 · 10–2



N
[B] = A2
A N m A  m
= 1,25 · 10–6 T.

= = T
Javobi: B = 12,5·10–6 T.





      1. mavzu. TOKLI O‘TKAZGICHNI MAGNIT MAYDONDA KO‘CHIRISHDA BAJARILGAN ISH

Ikki parallel a va b silliq metall simlar bir-biridan l uzoqlikda joylashtirilgan bo‘lib, ularning ustiga yengil c metall o‘tkazgich qo‘yilgan holni qaraylik (1.12-rasm). O‘tkazgichlar tizimi magnit induksiyasi B bo‘lgan bir jinsli maydonga joylashgan. 1.12-rasmdagi ( ) belgisi magnit maydon induksiya vektori bizdan rasm tekisligi tomon tik yo‘nalganligini anglatadi. a va b o‘tkazgichlar tok manbayiga ulanganda c o‘tkazgich orqali tok o‘ta boshlaydi. Bunda l uzunlikdagi tokli o‘tkazgichga magnit maydoni tоmonidan F = I · B · l Amper kuchi ta’sir qiladi. Tok yo‘nalishi bi- lan magnit maydon induksiyasi yo‘nalishi orasidagi burchak 90° ekanligi- ni bilgan holda kuchning yo‘nalishi chap qo‘l qoidasiga binoan aniqlanadi.


Bu kuch c o‘tkazgichni d masofaga siljitib,
A = I · B · l · d (1–13)

ish bajaradi. Bu ifodadagi l·d ko‘payt- ma o‘tkazgichning harakati davomida chizgan yuzadan iborat, ya’ni S = l·d. Harakat davomida o‘tkazgichni kesib o‘tgan magnit oqimi ∆Ф =B ·S ga tengligidan:


A = I ·Ф
1.12-rasm.
b
a
(1–14)

ko‘rinishdagi ifodaga ega bo‘lamiz. Shuni ta’kidlash joizki, bu ish magnit maydon tomonidan emas, balki zanjirni tok bilan ta’minlab turuvchi manba energiyasi hisobidan bajariladi.


Demak, tokli o‘tkazgichni magnit maydonda ko‘chirishda Amper kuchining bajargan ishi o‘tkazgichdan o‘tayotgan tok kuchi va magnit oqimi o‘zgarishining ko‘paytmasiga teng ekan.
Magnit maydonda tokli o‘tkazgichni ko‘chirishda bajariladigan ishdan amaliyotda keng foydalaniladi. U transport, maishiy texnika va elektronika sohalarida qo‘llanilishi bilan muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda juda keng ishlatilayotgan elektron qulflar bunga misol bo‘la oladi.


    1. Magnit maydonda tokli o‘tkazgichni ko‘chirishda bajarilgan ish qanday hisoblanadi?


    2. Tok yo‘nalishi bilan magnit maydon induksiyasi bir yo‘nalishda bo‘lsa, bajarilgan ish nimaga teng bo‘ladi?


    3. Tokli o‘tkazgichni magnit maydonda ko‘chirishda ish nimaning hisobiga bajariladi?

Download 0,52 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   113




Download 0,52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar elektromagnit to‘lqinlar

Download 0,52 Mb.