Mаsаlа yеchish nаmunаsi
Yuzasi 20 сm2, o‘ramlar soni 100 ta bo‘lgan simli ramka magnit maydonga joylashtirilgan. Ramkadan 2 A tok o‘tganda unda 0,5 mN·m maksimal aylantiruvchi moment hosil bo‘ladi. Magnit maydonning induksiyasini aniqlang.
Formulas i: Yechilish i:
Mmax
= N · I · B · S
B = 0,5 ⋅10−3 T =
B =
Mmax N⋅I⋅S
N⋅m N
100 ⋅ 2 ⋅ 2 ⋅10−3
= 1,25 · 10–3 T.
A⋅m2
A⋅m
Javobi: B = 1,25·10 –3 T.
mavzu. TOKLI TO‘G‘RI O‘TKAZGICHNING,
HALQA VA G‘ALTAKNING MAGNIT MAYDONI
Tokli o‘tkazgich atrofida hosil bo‘ladigan magnit maydon kuch chiziqlarini kuzatish uchun qalin karton qog‘ozi olinib, uning o‘rtasidan teshib, to‘g‘ri o‘tkazgichni o‘tkazamiz. Karton varag‘i ustiga mayda temir kukunlarini sepamiz. O‘tkazgich uchlari tokka ulanib, karton yengil silkitiladi. Temir kukunlari tokning magnit maydoni ta’sirida magnitlanib, o‘zini kichik magnit strelkalari kabi tutadi va ular magnit induksiya chiziqlari bo‘ylab joylashadi (1.7-a rasm).
To‘g‘ri tok magnit maydonining kuch chiziqlari, markazi o‘tkazgich o‘qida joylashgan aylanalardan iborat bo‘lib, bu aylanalar o‘tkazgich o‘qiga tik tekislikda yotadi (1.7-b rasm). Magnit maydon kuch chiziqlarining yo‘nalishini o‘ng parma qoidasidan foydalanib aniqlanadi: agar parmaning ilgarilanma harakati tok yo‘nalishi bilan bir xil bo‘lsa, u holda parma dastasining aylanish yo‘nalishi magnit induksiya chiziqlarining yo‘nalishini ko‘rsatadi.
Parmaning ilgarilanma harakat yo‘nalishi
Tok
I yo‘nalishi
Parma dasta-
+ sining aylanish
a yo‘nalishi
b
1.7-rasm.
Magnit kuch
chiziqlarining
yo‘nalishi
Magnit maydon induksiya vektori ( B ) kuch chiziqlariga urinma bo‘ylab yo‘nalgan bo‘ladi. Xususiy holda tokli o‘tkazgichdan d masofada yotgan nuqtadagi magnit maydon induksiyasi yo‘nalishi 1.8-a rasmda ko‘rsatilgan.
Ko‘pchilik hоllаrdа mаgnit mаydоnni bitta o‘tkazgich emas, tоkli o‘tkаzgichlаr sistеmаsi hоsil qilаdi (1.8-b rasm). Bunday vaziyatdа fаzоning birоr nuqtаsidаgi nаtijаviy mаydоnning induksiyasi hаr bir tоkli o‘tkаzgichning shu nuqtаdа hоsil qilgаn mаgnit mаydоn induksiyalаrining vеktоr yig‘indisigа tеng bo‘lаdi, ya’ni:
B
d
d B
a
1.8-rasm.
B = B 1+ B 2+ B 3+ ... B n. (1–8)
Bu хulоsа mаgnit mаydоni uchun supеrpоzitsiya prinsipi dеyilаdi
Frаnsuz olimlari J. Biо, F. Sаvаr va P. Lаplаslar ixtiyoriy shаkldаgi tоkli o‘tkаzgichlаrning atrofida hоsil bo‘lgаn mаgnit mаydоn induksiyasini hisоblаshgа imkоn bеrаdigаn umumiy qоnunni aniqladilar. Bu qonunga ko‘ra, tokli o‘tkazgichning ixtiyoriy ∆l elementining, tokli o‘tkazgich atrofidagi A nuqtasida hosil qilgan magnit induksiyasini quyidagicha aniqlash mumkin:
4π
ΔB = μ0
· I⋅∆l⋅sin α , (1–9)
2
r
α – Δl elementdan A nuqtaga o‘tkazilgan vektor bilan ∆l element orasidagi burchak (1.9-rasm), r – o‘tkazgichning ∆l elementidan A nuqtagacha bo‘lgan masofa.
|