Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar elektromagnit to‘lqinlar




Download 0,52 Mb.
bet9/113
Sana15.12.2023
Hajmi0,52 Mb.
#119326
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   113
Bog'liq
Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar

Mаsаlа yеchish nаmunаsi

Orasidagi masofa 1,6 m bo‘lgan qo‘sh (ikki) simli o‘zgarmas elektr toki uzatish liniyasi simlarining har bir metr uzunligiga to‘g‘ri keluvchi o‘zaro ta’sir kuchini toping. O‘tkazgichlardan o‘tayotgan tok kuchining qiymatini 40 A ga teng deb oling.


Formulas i: Yechilish i:


F = µ
I1I2 ⋅∆l
F = 4π · 10–7 · 40 40 · 1N =



·
0 2π⋅d 2π⋅1,6






N
[F] = A2
A A m
· m = N
= 2 · 10–4 N
Javobi: F = 2 · 10–4 N.




      1. mavzu. BIR JINSLI MAGNIT MAYDONDA ZARYADLI ZARRANING HARAKATI. LORENS KUCHI

Magnit maydonga kiritilgan tokli o‘tkazgichga magnit maydon tomonidan ta’sir qiluvchi Amper kuchi, o‘tkazgichning shu qismidagi har bir zarraga magnit maydon tomonidan ta’sir qilayotgan kuchlarning yig‘indisidan iborat deb qarash mumkin. Uzunligi l bo‘lgan tokli o‘tkazgichda harakatlanayotgan barcha zaryadli zarralar soni N ga teng bo‘lsa, magnit maydonda harakat qilayotgan bitta zarraga ta’sir qiluvchi kuch


F = FA = IBl⋅sin α (1–17)
N N
ga teng bo‘ladi. O‘tkazgichdan o‘tayotgan tok kuchi
I = e · n · u · S va N = n · S · l. (1–18)
Ifodalarni (1–17) tenglikka qo‘ysak, bitta zarraga ta’sir qilayotgan kuchning ifodasi kelib chiqadi:
FL = euBsinα; (1–19)
bunda: e – elektron zaryadi; u – zarraning tartibli harakat tezligi; n – zaryadlar konsentratsiyasi; S – o‘tkazgichning ko‘ndalang kesim yuzi.
Magnit maydоnda harakatlanayotgan zaryadli zarraga shu maydоn tоmоnidan ta’sir etuvchi kuchga Lоrеns kuchi dеyilib, bu kuch quyidagicha ta’riflanadi: bir jinsli magnit maydоnda harakatlanayotgan zaryadli zarra- ga ta’sir etuvchi kuch FL zarraning zaryadi q ga, uning harakat tеzligi
u ga, magnit maydоn induksiya vеktоri B ga hamda tezlik ( u ) vektori
bilan magnit maydon induksiyasi ( B ) vеktоrlari оrasidagi burchak sinusi ko‘paytmasiga tеng bo‘ladi.
Lorens kuchi yo‘nalishi chap qo‘l qоidasi yordamida aniqlanadi (1.15- rasm). Agar chap qo‘lning kaftiga magnit induksiyasi vеktоrini tik tushadigan va ko‘rsatkich barmоqlar yo‘nalishi musbat zaryad harakatining yo‘nalishi bilan bir xil bo‘lsa, u hоlda 90° ga ochilgan bosh barmоq Lorens kuchining yo‘nalishini ko‘rsatadi.
Magnit maydonga uchib kirayotgan protonga ta’sir qilayotgan Lorens kuchi, chap qo‘l qoidasiga ko‘ra, o‘ng tomonga yo‘nalgan bo‘ladi (1.16-rasm). Maydondagi elektron (manfiy zaryad)ning harakatini aniqlashda, to‘rtta barmog‘imizni tok yo‘nalishiga qarama-qarshi holatda joylaymiz. Bunda elektronga ta’sir qiluvchi Lorens kuchi chap tomonga yo‘nalgan bo‘ladi (1.16- rasm). Agar zaryadli zarra magnit induksiya chiziqlari bo‘ylab harakatlansa, unga magnit maydon tomonidan kuch ta’sir qilmaydi.
1.15-rasm. 1.16-rasm.


B


Endi zaryadli zarraning harakatiga Lorens kuchining ta’sirini qarab chiqamiz. Zarra bir jinsli magnit maydon kuch chiziqlari yo‘na- lishiga tik uchib kirayotgan bo‘lsin (1.17-rasm). U holda zarra tezligi yo‘nalishi bilan induksiya chiziqlari orasidagi burchak 90° ga teng bo‘lib, zarraga ta’sir qilayotgan Lorens kuchi maksimal bo‘ladi. Lorens kuchi magnit maydonda


1.17-rasm.
harakatlanayotgan zarraning harakat yo‘nali-
shiga pеrpеndikular yo‘nalganligi uchun u

markazga intilma kuch vazifasini bajaradi. Natijada zaryadli zarraning


harakat yo‘nalishi o‘zgarib, harakat trayektoriyasi egrilanadi, ya’ni:
mu2
R = quB. (1–20)
Lorens kuchi ish bajarmaganligi bois, zarraning harakat tezligi ham o‘zgar- maydi. Demak, zarra aylana bo‘ylab tеkis harakatlanishni davom ettiradi.
Binоbarin, magnit maydоndagi zaryadli zarraning harakat trayеktоriyasi aylanadan ibоrat bo‘lib, uning radiusini quyidagi ifoda orqali aniqlaymiz:

qB
R = mu . (1–21)

Demak, zarra trayektoriyasining egrilik radiusi uning massasi bilan tezligining ko‘paytmasiga to‘g‘ri, zaryadi bilan magnit maydon induk- siyasining ko‘paytmasiga esa teskari proporsional ekan.


Zarraning to‘liq bir marta aylanishi uchun ketgan vaqtni, ya’ni aylanish davrini aniqlaylik. Buning uchun zarra bir marta to‘liq aylangandagi yo‘lni (aylana uzunligi 2π · R) zarraning (u) tezligiga bo‘lamiz:
T = R . (1–22)
υ
(1–21) ifodadan foydalanib (1–22) ifodani quyidagi ko‘rinishda yozamiz:

qB
T = m . (1–23)
Zarraning aylanish davri uning tezligiga bog‘liq bo‘lmay, zarraning massa- siga, zaryadiga va magnit maydon induksiyasining kattaligiga bog‘liq bo‘lar ekan. Magnit va elektr maydon ta’sirida vakuumda harakatlanayotgan zaryadli zarralarni massalari bo‘yicha tarkibiy qismlarga ajratuvchi asbob mass- spektrometr deb ataladi. Mass-spektrometrlar kimyoviy elementlarning
uzotoplarini aniqlashda, moddalarni kimyoviy tahlil qilishda qo‘llaniladi.


  1. Lorens kuchining yo‘nalishini chap qo‘l qoidasi asosida tushuntiring.


  2. Zaryadlangan zarrani aylana bo‘ylab tеkis harakatlantiruvchi kuchni izohlang.


  3. Zaryadli zarra magnit maydonga qanday yo‘nalishda kirganda unga Lorens kuchi ta’sir qilmaydi?


  4. Lorens kuchi asosida yaratilgan qanday qurilmalarni bilasiz?

Download 0,52 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   113




Download 0,52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar elektromagnit to‘lqinlar

Download 0,52 Mb.