|
Kvant kimyosining asosiy
|
bet | 1/6 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 141,5 Kb. | | #138702 |
Bog'liq 3-variant kerakkkk
Kvant kimyosining asosiy tushunchalari
Reja
1. Atom yadrosining zaryadi.
2. Nurlanishning kvant nazariyasi.
ADABIYOTLAR
Yuqorida aytib o’tilganidek, atom, umuman olganda, elektr jihatidan neytral. Shu sababli yadrodagi protonlarning umumiy zaryadi elektronlarning umumiy zaryadiga teng. Protonning zaryadi bilan elektronning zaryadi qarama – qarshi ishorali, ammo miqdor jihatidan o’zaro teng bo’lganligi uchun atomda protonlarning soni elektronning soniga baravar bo’lishi kerak. Odatda, yadro zaryadi aniqlanib, undan elektronlar soni topiladi.
Biror element atomi - zarrachalar bilan bombardimon qilinganda o’z yo’lini o’zgartirgan - zarrachalar soni va burilish burchagi yadroning zaryadiga proportsional bo’ladi; ana shundan foydalanib, yadro zaryadini aniqlash mumkin. Rezerford ana shu usulni tadbiq etib, yadro zaryadi atom og’irligining taxminan yarmiga tengligini ko’rsatdi. Ikkinchi tomondan, elementning davriy jadvaldagi tartib raqami ham element atom og’irligining taxminan yarmiga teng (engil atomlar uchun). Demak, atomdagi elektronlar soni elementning davriy jadvaldagi tartib raqamiga, elementlarning tartib raqami esa shu elementlar atomi yadrosining zaryadiga teng.
Keyichalik Mozli va Chedvik yadroning zaryadi va, demak, elektronlarning soni ham elementning tartib raqamiga tengligini elementlarning rentgen spektrlarini taqqoslash yo’li bilan tajribada tasdiqladilar. Bu xol elementning davriy jadvaldagi tartib nomeri elementning jadvalda joylashish tartibinigina bildirib qolmasdan, balki uning ichki tuzilishini ham aks ettirishini ko’rsatadi. Elementning tuzilishini o’rganishda uning tartib raqamini aniq bilish alohida ahamiyatga ega.
1913 yilda ingliz olimi G. Mozli 38 ta elementning rentgen spektrini tekshirdi, jumladan, kaltsiydan (Z = 20) ruxgacha (Z = 30) bo’lgan 11ta elementning rentgen spektrlarini sistemali ravishda tekshirib, bu elementlardan har birining rentgen spektridagi K – seriyasi bir – biriga yaqin joylashgan ikkita chiziq К va К dan iborat ekanligini kuzatdi. Hosil qilingan rentgen spekrlarining rasmlarini esa elementlarning tartib raqamlari usish tartibida yuqoridan pastga qaratib joylashtirdi. VI.1– rasmda Ti dan Zn gacha bo’lgan elementlar uchun K– seriyadagi К va К chiziqlarning joylanishi ko’rsatilgan
|
| |