• Bufer sistemalar
  • SUVNING ION KO`PAYTMASI. VODOROD KO`RSATKICH




    Download 141,5 Kb.
    bet4/6
    Sana16.01.2024
    Hajmi141,5 Kb.
    #138702
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    3-variant kerakkkk

    SUVNING ION KO`PAYTMASI. VODOROD KO`RSATKICH

    Reja:



    1 Suvning ion ko`paytmasi.

    2 Vodorod ko`rsatkich

    Suv ham kuchsiz elektrolitlarga kiradi.


    Lekin, suv molekulasi oz bo`lsada ionlarga
    disotsilanadi: H2O = H++OH-
    Suv uchun dissotsiyalanish konstantasining qiymati yozilsa: [H+]*[OH-] Kd= -------------- = 1,8*10-16 (200C da) [ H2O]
    Agar shu qiymat asosida [H+]*[OH-] ko`paytma topilsa, u suvning ion ko`paytmasi deyiladi.
    Kw= [H+]*[OH-]= Kd*[H2O]= 1,8*10-16*1000/18= 1*10-14
    Kw – suvning ion ko`paytmasi; Kw= 1*10-14

    Agar eritmada [H+] =[OH-] bo`lsa muhit neytral muhit hisoblanadi.


    Bunda [H+]= [OH-] = 10-7 mol/l ga teng bo`ladi.
    Agar muhit kislotali bo`lsa [H+] ionlari 0 dan 10-7 mol/l gacha bo`ladi.
    Agar muhit kislotali bo`lsa [H+] ionlari 10-7 mol/l dan 10-14
    mol/l gacha bo`ladi.
    Lekin vodorod ionlari konsentrasiyasi orqali hisoblashlarda juda kichik sonlar ishlatilgani chun
    bunday hisoblar anchagina qiyinchiliklar yuzaga
    keltiradi. Hisoblashlarni osonlashtirish uchun
    vodorod ko`rsatkich yoki pH qabul qilingan.
    Vodorod ko`rsatkich yoki pH deb , vodorod ionlari konsentrasiyasini teskari ishora bilan olingan o`nli logarifmi tushuniladi.
    pH = - lg [H+]
    Shunga o`xshash pOH= - lg [OH-]


    Bufer sistemalar, bufer eritmalar, bufer aralashmalar — vodorod (H) ionlarining ma’lum konsentratsiyasini saqlab turuvchi sistemalar.
    Bufer eritmalar suyultirilganda yoki ularga bir oz kislota yoki ishqor qo‘shilganda ham muayyan kislotali xossalari deyarli o‘zgarmaydi. Bufer.sistemaga sirka kislotasi CH3 COOH bilan uning natriyli tuzi CH3 COONa aralashmasi misol bo‘la oladi. Eritmalardagi kislota miqdori vodorod ko‘rsatkich pH bilan belgilanadi (neytral eritmalar uchun pH7, kislotali eritmalar uchun pH 7 dan kichik va ishkorli eritmalar uchun pH 7 dan katta). 1 l toza suvga 100 ml 0,01 molyarli HCl (0,01 M) qo‘shilganda pH ni 7 dan 2 ga tushiradi.
    Shu kislota eritmasini 1 l CH3COOH+CH3COONa bo‘lgan Bufer.sistemaga (0,1 M) qo‘shilganda esa pH bor yo‘g‘i, 4,70 dan 4,65 ga kamayadi, ya’ni pH 0,05 chamasi o‘zgaradi, xolos. Toza suvdagi 100 ml 0,01 M NaOH eritmasi pH ni 7 dan 11 ga ko‘tarsa, yuqorida aytilgan Bufer.sistemanikini esa 4,7 dan 4,8 gacha ko‘taradi, xolos. Bufer sistemaning kislotaligi (o‘z navbatida pH) komponentlar tabiati, konsentratsiyasiga bog‘likdir.
    Bufer sistema kimyo sanoatida analitik ishlarda keng qo‘llaniladi. Odam va hayvonlar organizmidagi Bufer sistema quyidagilardan iborat: karbon kislota va uning tuzlari, fosfat kislota va uning tuzlari hamda oqsillar. Kishi qonidagi pH 7,35—7,47 ga teng bo‘lib, oziq-ovqat hamda boshqa sharoit o‘zgarganda ham deyarli doimiy qoladi. Tuproqdagi tabiiy bufer sistema dalalar hosildorligini saqlashda muhim rol o‘ynaydi.


    Download 141,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 141,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    SUVNING ION KO`PAYTMASI. VODOROD KO`RSATKICH

    Download 141,5 Kb.