• Nazariy ma`lumotlar.
  • 1 tajriba ishi. Issiqlik ishlab chiqarish korxonalarining yuklаmа grаfiklarini tаhlil qilish. Ishning maqsadi




    Download 74,5 Kb.
    bet1/2
    Sana19.01.2024
    Hajmi74,5 Kb.
    #141049
      1   2
    Bog'liq
    1-laboratoriya mashg’uloti


    1 - tajriba ishi.
    Issiqlik ishlab chiqarish korxonalarining yuklаmа grаfiklarini tаhlil qilish.


    Ishning maqsadi.
    To’la quvvat (S), aktiv quvvat (P) va reaktiv quvvat (Q) larning sutkalik grafiklarini qurishni o’rganish va tahlil qilish.


    Nazariy ma`lumotlar.
    Alohida iste`molchilarning elektr yuklamasi, binobarin ularning energo tizimidagi elektr stantsiyalari ish rejimini aniqlovchi jami yuklamasi uzluksiz o’zgarib turadi.
    Bu faktni yuklama grafigida, ya`ni elektr qurilmalar quvvati (toki) ning vaqt bo’yicha o’zgarishi diagrammasida aks ettirish qabul qilingan.
    Qayd qilinayotgan parametrlarning turiga qarab grafiklar elektr qurilmalarning aktiv P, reaktiv Q , to’la quvvati S va toki I ning grafiklariga bo’linadi.
    Odatda, grafiklar yuklamaning ma`lum vaqt ichida o’zgarishini ifodalaydi. Ular shu belgisiga qarab sutkali (24 soat), mavsumiy, oylik va yillik grafiklarga bo’linadi.
    Energosistemaning o’rganiladigan joyiga yoki qaysi elementiga ta’luqligiga qarab grafiklar quyidagi guruxlarga bo’linadi:
    - iste`molchilar nimstantsiyalari shinalarida aniqlanadigan iste`molchilar yuklamasi grafigi;
    - tuman va uzlaviy nimstantsiya shinalarida aniqlanadigan tarmoqlar yuklamasi grafigi;
    - energosistemaning umumiy yuklamasini ifodalovchi energosistemalar yuklamasi grafigi;
    - elektr stantsiyalarinig yuklamasi grafigi.
    YUklama grafiklaridan elektr qurilmalar ishini analiz qilish, elektr ta`minoti sistemasini loyihalash, elektr iste`moli ma`lumotini tuzish, asbob-uskunalar ta`mirini planlashtirish, shuningdek ekspluatatsiya jarayonida ish rejimini normal olib borishda foydalaniladi.
    b) iste`molchilar yuklamasining sutkali grafigi.
    YUklamaning haqiqiy grafigi tegishli parametrning vaqt ichida o’zgarishini qayd qiluvchi asboblar yordamida olinishi mumkin. Iste`molchilar yuklamasining perespektiv grafigi loyihalash jarayonida aniqlanadi.
    Grafikni tuzish uchun PMAX dan tashqari yana iste`molchilar yuklamasining vaqt mobaynida o’zgarishini bilish kerak. Buni, odatda loyihalash vaqtida tipavoy grafiklardan aniqlanadi.


    Rasm-1. Iste`molchi aktiv yuklamasining sutkalik grafiklari.


    a- tipavoy, b- nomlangan birliklarda.

    Hisoblashlarni osonlashtirish uchun grafik pog’ona ko’rinishida tuziladi. (1, b-rasm). Bir sutkada mumkin bo’ladigan eng katta nagruzka 100% ga teng qilib qabul qilinadi, grafikning qolgan pog’onalari esa sutkaning ayni vaqtidagi nagruzkasining nisbiy qiymatini ko’rsatadi.


    Agar Pmax ma`lum bo’lsa, grafikning har bir pog’onasiga tegishli nisbatdan foydalanib, tipavoy grafikni ayni iste`molchining yuklama grafigiga aylantirish mumkin:
    Ppogk=
    Bunda P% -tipavoy grafikning tegishli pog’onasi ordinatasi, %.
    v) Tuman nimstantsiyalari yuklamalarining sutkalik grafiklari. Bu grafiklar elektr energiyasini taqsimlashda liniyalar va transformatorlarda aktiv hamda reaktiv quvvatlarning isrofini hisobga olib aniqlanadi. Liniya simlari va transformator chulg’amidan tok o’tishida isrof bo’ladigan quvvat yuklamaga bog’liq bo’lgan o’zgaruvchan kattaliklardir. Tarmoqda isrof bo’ladigan quvvatning o’zgarmas qismi asosan transformatorning salt ishlashidagi isrofdan iborat bo’ladi.
    a) tarmoq sxemasi.
    b) ayrim iste`molchilar yuklamasining grafigi.
    v) yuklamaning grafiklar to’plami.
    g) elektr stantsiyalari yuklamasining sutka grafigi.
    2 - rasmda aktiv yuklama grafigini konkret tarmoq uchun qurish usuli ko’rsatilgan.

    Rasm-2. Elektr tarmoqning aktiv yuklamasi grafigini tuzishga oid sxema.


    Iste`molchilar yuklamasi va butun sistema bo’yicha elektr tarmoqlarda taqsimlashdan hosil bo’ladigan isroflar grafiklarini qo’shib energosistema elektr stantsiyalari yuklamasining natijaviy grafigi hosil qilinadi. Aloxida elektr stantsiyalari urtasidagi yuklama shunday taqsimlash kerakki, bunda butun energo tizim bo’yicha ishning maksimal tejamkorligi ta`minlanishi lozim. SHu muloxazalar asosida energotizimning dispetcherlik xizmati elektr stantsiyalariga sutkalik yuklama grafigini beradi. Elektr stantsiyaning elektr qismini loyihalashda transformatorlar va avtotransformatorlar yuklamasining energosistemaga bog’langan grafigini bilish kerak.
    Energosistema bilan bog’lanishda bo’lgan TETS transformatorlari uchun shunday grafikni qurish usuli 3-rasmda ko’rsatilgan.

    Rasm-3. Energotizimida ishlaydigan TETS uchun aktiv yuklama grafiklari.


    a-tushuntirish sxemasi. b-generator kuchlanishda ishlab chiqarish va iste`mol qilish quvvati grafiklari. v)-bog’lovchi transformatorlar yuklamasi grafigi.

    PT ning talab etilagn grafigi generatorning yuklama grafigi PT dan maxalliy yuklama sarfi grafigini va uz extiyoji uchun sarflangan energiya grafigi PSN ni ayirish yo`li bilan topiladi.


    d) yuklamaning davomiyligi bo’yicha yillik grafik.

    Rasm -4. YUklamalarning davomiyligi bo’yicha yillik grafigi


    Bu grafik qurilmaning yil davomida turli yuklamalar bilan ishlash vaqtini ko’rsatadi. Ordinatalar o’qi bo’ylab tegishli masshtabda yuklama, abstsisalar o’qi bo’ylab yillik O dan 8760 gacha soatlar quyiladi. Grafikda yuklama PMAX dan to PMIN gacha kamayib borish tartibida quyiladi.


    YUklamaning davomiyligi bo’yicha grafikdan qurilmaning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini, elektr energiyasi isrofini hisoblashda, yil davomida asbob-uskunalardan foydalanishni baxolashda va boshqa hollarda foydalaniladi.



    Download 74,5 Kb.
      1   2




    Download 74,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 tajriba ishi. Issiqlik ishlab chiqarish korxonalarining yuklаmа grаfiklarini tаhlil qilish. Ishning maqsadi

    Download 74,5 Kb.