|
Lecture 3 mavzu: ta`mir ishlariga tayyorgarlik va uni olib borish
|
bet | 1/7 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 302 Kb. | | #116597 |
Bog'liq Presentation 3 (1) - LECTURE 3
- MAVZU: TA`MIR ISHLARIGA TAYYORGARLIK VA UNI OLIB BORISH
-
- Ta`mir ishlariga tashkiliy-texnik va material-texnik tayyorgarlik
- Ta`mir ishlarini boshlashdan oldin tashkiliy-texnik va material-texnik tayyorgarlik o`tkaziladi.
- Korxona bosh mexanigi qo`l ostidagi bo`lim bilan quyidagi tashkiliy-texnik ishlarni amalga oshiradi: ta`milash va texnik xizmat ko`rsatish ishlarining yillik va oylik reja-grafigini tuzish; har bir jihozni hisobga olib inventar raqam berish va har bir jihoz uchun texnik pasport tayyorlash; ishlab chiqarish sexlarida jihozlarning texnik holatini aniqlash va smenaning topshirish-qabul qilish jurnalida chilangarlar tomonidan yozuvlarni olib borish; kapital va o`rta ta`mir o`tkazish uchun texnik ko`rsatmalar berish; detallar va yig`ma birliklar katalogi va ta`mirlash chizmalarini tayyorlash; ehtiyot qism va materiallar sarflash normasini tayyorlash.
- Ta`mirlashning yillik reja-grafigi har bir jihoz birligi uchun alohida tuziladi. Bu uchun jihozning ishlash hisobotida ko`rsatilgan ma`lumotlardan, ta`mirlash davrining strukturasi va davom etishi, oxirgi ta`mirdan keyin jihozning ishlash muddati haqidagi ma`lumotlardan foydalanadi.
- Tasdiqlangan yillik reja-grafik asosida har bir oy uchun reja grafik tuziladi. Oylik grafikda ta`mirlash ishlarini o`z vaqtida sifatli qilib bajarish uchun javobgar shaxs va ta`mirlovchi ishchilarning bir me`yorda ish bilan ta`minlanishi ko`rsatiladi.
- Mavsumiy ishlaydigan korxonalar uchun ta`mir ishlari korxona mavsumiy to`xtatilgan paytda bajariladi.
- Material-texnik tayyorgarlik ishlariga quyidagilar kiradi:
- - ishlarni o`z vaqtida va komplekt material-texnik boyliklar bilan ta`minlash;
- - ta`mirlovchi mutaxassislarni ta`mirlash ishlari hajmi va turiga to`g`ri keladigan ta`mirlovchi jihoz, qurilma, o`lchov-nazorat asboblari, ehtiyot qismlar va materiallar bilan ta`minlash;
- - detallar, asboblar va boshqalarni qabul qilib olish, saqlash va sarflashning ratsional hisobini olib borish.
- Har bir material sarflanishini Ns (kg/yil) ob`ektiv differentsial sarflash normalari (Nk, No`, Nj) va alohida ta`mirlar orasidagi davrga asosan aniqlaydilar:
-
- Ns = Nk Kk + No`K + NjKj (3.1)
-
- bu yerda Kk, Ko`, Kj - bir yildagi kapital, o`rta va joriy ta`mirlar soni.
- Detallarning zahira normasi (dona) quyidagicha aniqlanadi:
- bu yerda: Odet - bir mashina yoki agregatdagi bir xil detallar soni; Om - bir xil mashina yoki agregatlar soni, M - ko`rilayotgan davrdagi oylar soni (3 dan 6 gacha qabul qilinadi); Сx.m - detallarning xizmat muddati, oy; Kz - detallar zahirasini kamaytirish koeffitsienti.
- Detallar xizmat muddatini shu detallarning haqiqiy sarfi va shu sarf bo`lgan muddatga asosan aniqlanadi, bunda detallarning omborda saqlanayotgan kun miqdorini shu muddatga sarflangan detallar soniga bo`ladilar. Arvariyaga uchrab singan detallar bunda hisobga olinmaydi.
- Detallar zahirasini kamaytirish koeffitsienti bir guruh jihozlarga to`g`ri keladigan bir xil detallar soniga qarab qabul qiladilar (3.1 - jadval).
-
|
| |