• Jihozni yakka sinovdan o`tkazish
  • Jihozni ta`mirdan qabul qilib olish
  • Mashina shaxsiy kartochkasi
  • Lecture 3 mavzu: ta`mir ishlariga tayyorgarlik va uni olib borish




    Download 302 Kb.
    bet6/7
    Sana12.12.2023
    Hajmi302 Kb.
    #116597
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Presentation 3 (1)

    mashina sinovdan o`tkazilib, quyidagilar tekshiriladi:
  • 1. Barcha detal va yig`ma birikmalarning mavjudligi, birikish mustahkamligi;
  • 2. Birikishlar, qopqoqlar, bo`shatish tiqinlari va moy ko`rsatkichlari orqali moy sizib chiqmasligi;
  • 3. Aylanadigan detallar: mufta, tasma, zanjir, ochiq tishli uzatmalardagi himoya vositalarining mavjudligi;
  • 4. Ishqalanish sirtlarining moylanganligi;
  • 5. Podshipnik, salniklarning zichligi;
  • 6. Vallar, muftali birikmalarning to`g`riligi va ishonchliligi, shponka va vintlar holati, o`qdoshliklar.
    • Jihozni yakka sinovdan o`tkazish. Ta`mirlangan jihoz salt holat va yuklama ostida yakka sinovdan o`tkaziladi. Sinovdan o`tkazish tartibi o`rnatishdan keyingi sinov tartibi bo`yicha olib boriladi. Har bir ta`mir turi uchun yuklama ostida sinash muddati belgilangan: joriy ta`mir - 8 soat; o`rta ta`mir - 16 soat; kapital ta`mir -24 soat.
    • Jihozni ta`mirdan qabul qilib olish uchun dalolatnoma tuzilib, bu dalolatnomani bosh muhandis tasdiqlaydi. Agar sinov paytida jihoz ishida nuqson aniqlansa, ta`mir brigadasi aniqlangan nuqsonlarni yo`qotishi zarur.
    • 3.3. Ta`mirlash-texnik hujjat qog`ozlari
    •  
    • Asosiy ta`mirlash-texnik hujjat qog`ozlarga quyidagilar kiradi:
    • mashina shaxsiy kartochkasi,
    • rejali texnik ko`rik jurnali,
    • jihozni topshirish-qabul qilish smena sex jurnali,
    • nuqsonlar qaydnomasi,
    • jihozni ta`mirlash reja-grafigi,
    • jihozni ta`mirdan qabul qilib olish dalolatnomasi.
    • Mashina shaxsiy kartochkasi. Bu mashina texnik pasportiga qo`shimcha hisoblanib, uni korxona bosh mexanigi tuzadi. Shaxsiy kartochka papka tariqasida rasmiylashtirilib, papkada mashina texnik pasporti, o`rnatish va ishlatish bo`yicha instruktsiyalar, eletrodvigatel, uzatmalar, reduktorlar bo`yicha texnik ma`lumot, tez yeyiladigan detallar ishchi chizmalari (albomi), o`tkazilgan ta`mirlash ishlari kartochkasi, avariyalar haqida dalolatnoma va boshqalar bo`ladi.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 302 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Lecture 3 mavzu: ta`mir ishlariga tayyorgarlik va uni olib borish

    Download 302 Kb.