|
Ishning nomi: Haydovchining diqqatini tahlil qilish. Ishning maqsadi: Ishning bajarilish joyi
|
bet | 1/4 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 133 Kb. | | #239483 |
Bog'liq 8 lab
– LABORATORIYA MASHG’ULOTI 4-soat
Ishning nomi: Haydovchining diqqatini tahlil qilish.
Ishning maqsadi:
Ishning bajarilish joyi: Farg’ona shahrida joylashgan ko’chalar.
Ishlatiladigan asbob-uskunalar: YTHning kartochkasi, hisob-kitob uchun materiallar.
Nazariy qism.
Haydovchi ish faoliyati jarayonida har xil ishlari bajarishiga to'gri keladi. Jumladan, u o’z smenadoshidan mashinani qabul qilib olishi, uni yo’nalishga chiqishga tayyorlashi, kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishi, yoqilg’i qo‘yishi, transport vositasini boshqarib, yo’lovchi yoki yuk tashishi, yuklami ortish-tushirishni kuzatishi (ayrim hollarda bu ishda o‘zlari ishtirok etadilar, ish oxirida avtomobilni smenadoshiga topshiradi) va h.k. Lekin ushbu ishlarning ichida haydovchi uchun eng asosiysi avtomobilni boshqarishdir.
Insonning axborot qabul qilish xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
- Ko’rish
- sezish;
eshitish;
teri-mushak tebranish;
his etish;
hid sezish.
Haydovchining ish faoliyatida ko‘rish va sezish eng asosiy qobiliyatlar hisoblanadi.
Ko’rish qobilyati orqali haydovchi avtomobilning yo’ldagi holatini, buyumlarni, ularning formalarini, rangini, o`lchamini, priborlar ko‘rsat- masini ko‘radi. Avtomobil agregatlari shovqinining tovushli ishoralarini haydovchi eshitish organi orqali qabul qiladi. Gavdaning fazoviy holatining, qoi, oyoqlaming boshqarish organlari bilan o‘zaro hamkorligini, avtomobil tezligini, harakat yo’nalishining o'zgarishini teri-mushak vositasida sezish qobiliyati orqali qabul qiladi. Avtomobil alohida ishi yo’l qoplamasining notekislik xarakteristikasini tebranishlar orqali qabul qiladi. Kabina havosi tarkibida ishlatilgan gazlar, yonilgi bug’lari aralashmasini his etish, ish joyidagi harorat o‘zgarishi esa sezishi orqali qabul qilinadi.
Sezish qobiliyati turli odamlarda turlicha bo’ladi. U odamlarning tabiiy ko’rsatkichlari, yoshi tajribasi, ko’nikmalari, kasbiy bilimi va boshqa sifatlariga bog’liq bo’ladi. Tajribali haydovchi ko‘p yillik tajribasiga tayanib yo'lning yoritilganligini cheklangan joylarda ham nosoz avtomobilga xos bo’lgan shovqinni tezroq sezadi. Shu bois, aytish mumkinki, insonning sezish qobiliyati uning tajribasi va sog’ligining holatiga qarab o’zgaradi.
Ko’rish maydoni doimiy bo‘lmaydi: u kengayishi va qisqarishi mumkin. Haydovchi ko’rish maydonining ancha qisqarishi oqibatida muhim narsalarni koimay qolishi mumkin. (masalan, piyodani koimasdan muhim xatoga yo’l qo‘yishi mumkin). Ko’rish maydoni 20%dan ko’p qisqargan shaxslarning avtomobilni boshqarishiga ruxsat etilmaydi.
Ko'zning narsalarning har xil uzoqlikda yaqqol ko'rinishini ko‘rish qobiliyati ko‘z moslashuvi (akkomodanatsiya) orqali kechadi.
Ko'zdan ancha uzoq masofada bo’lgan narsalarning formasini aniqlash ko‘zning ko’rish o‘tkirligi deyiladi (9-rasm). Bu ikki nuqta yoki chiziq orasidagi masofani ko'zning alohida qabul qilishi bilan aniqlanadi. Eng o’tkir ko'rish ko‘zning 3-4 gradus markaziy burchak konusida, yaxshi ko’rish 7-8 gradusda, qoniqarli ko‘rish 12-14 gradus bo’ladi.
Vaziyat qancha murakkab bo’Isa, alohida obyektlarga nigohni qaratish uchun haydovchi shuncha ko’p vaqt sarflaydi.
Obyekt
|
Harakatlanish tezligi kr ko‘rinish masofasi
|
n/s bo‘Iganda (m)
|
40
|
60
|
80
|
Yo‘l qoplamasi (holat)
|
25
|
43
|
57
|
Qarama-qarshi
harakatlanayotgan
avtomobillar
|
200-300
|
200-500
|
300-500
|
Yo‘Ining umumiy yo‘nalishi
|
200-1000
|
500-2000
|
1000-1500
|
|
| |