|
Lecture 3 mavzu: ta`mir ishlariga tayyorgarlik va uni olib borish
|
bet | 3/7 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 302 Kb. | | #116597 |
Bog'liq Presentation 3 (1)to`xtatiladi va yuviladi. Buning uchun u elektr manbaidan uziladi, barcha quvurlar ajratiladi, mahsulot qoldiqlaridan, yog`lash materiallari va boshqa iflosliklardan yuvib tozalanadi. Mahsulot yopishgan yuzalar metall shyotka bilan tozalanadi, kaltsiyli va kaustik sodaning issiq eritmasi hamda issiq suv bilan yuviladi, bug` bilan ishlov beriladi. Jihoz karterlarini tozalash uchun issiq moy va issiq suv bilan yuviladi. Barcha yuvilgan yuzalar quruq latta bilan artiladi. "Ehtiyot bo`ling, odamlar ishlayapti!" mazmunidagi yozuv osib qo`yiladi. Jihozni qismlar va detallarga ajratish quyidagi tartibda olib boriladi: jihoz ayrim qismlarga, qismlar yig`ma birliklarga, yig`ma birliklar detallarga ajratiladi. - Dastlab mashina tuzilishi mukammal o`rganiladi, uni detallarga ajratish ketma-ketligi aniqlanadi. Bunda umumiy qoidalar quyidagilardan iborat bo`ladi:
- 1) ajratishda shunday asbob va moslamalardan foydalanish lozimki, ulardan foydalanish yaroqli detallarni ishdan chiqarmasin;
- 2) avval alohida guruh va yig`ma birliklar ajratiladi, so`ngra ular alohida detallarga ajratiladi. Qiyin ajraladigan detallarni zo`riqtirmasdan, ehtiyot bo`lib ajratish lozim;
- 3) yig`ishni osonlashtirish uchun detallarni birikmadagi joylashuvini eslab qolish, ajratish ketma-ketligida yumshoq latta yoki yog`och ustiga joylashtirish, ularni yoyib tashlamaslik kerak;
- 4) detalga bolg`a bilan uning ustiga yog`och yoki metalldan tayyorlangan maxsus jismlarni qo`yib zarb berish;
- 5) bolt, gayka, shaybalarni ajratgandan so`ng yana o`z teshiklarga burab qo`yish, bir nechta bir xil detallarni simga o`tkazib bog`lab qo`yish;
- 6) yirik detallarni ta`mirlanayotgan jihoz yoniga tokchalarga qo’yish, uzoq saqlanadigan bo`lsa moylash talab qilinadi.
- Bir nechta bolt yoki shpilka bilan mahkamlangan yig`ma birlikni ajratishda dastlab ularning barchasini bo`shatish, so`ngra birin-ketin ochib olish lozim.
- Gayka qiyinchilik bilan buralsa, gaykaning ochilish tomoniga qarab bolg`a bilan ohista urish, 20-30 daqiqa davomida kerosin bilan ho`llab qo`yish, kavsharlash lampasi yoki gaz gorelkasi bilan isitish lozim.
- Uzilgan shpilka yoki vintni ajratish uchun dastlab unda parma yordamida teshik teshiladi va teshikka uch qirrali sterjen kiritilib burab ochiladi. Agar singan bo`lak teshikdan chiqib turgan bo`lsa, undan yoriq ochiladi va otvertka bilan burab ochiladi.
- Shkiv, tishli g`ildirak va yulduzchalar mexanik yoki gidravlik ajratgich (s`yomnik) lar yordamida ochiladi. Ajratgich bo`lmagan taqdirda ularni bolg`a yordamida yog`och bo`laklari orqali asta urib chiqariladi.
- Detallar mashinadan echib olingan ketma-ketlikda terib qo`yiladi.
- Keyin
|
| |