|
Lecture 3 mavzu: ta`mir ishlariga tayyorgarlik va uni olib borish
|
bet | 4/7 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 302 Kb. | | #116597 |
Bog'liq Presentation 3 (1)detallar tozalab yuviladi. Bunda detallar zangdan va boshqalardan metall shyotkacha, skreboklar bilan tozalanadi. Detallar kerosinda yuviladi. Buning uchun ikkita idishdan foydalaniladi: birinchisida detallar kerosinda 1-8 soatga botirib qo`yiladi, ikkinchisida yakuniy yuviladi va vetosh bilan yaxshilab artiladi. Yog`li detallar, kaustik soda issiq eritmasida, keyin issiq suv bilan yuviladi va quritiladi. Detallardagi teshiklar va yog`lash yo`llari qisilgan havo yordamida tozaladi. So`ngra detallar nuqsoni aniqlanadi. Asosiy nuqsonlash usullari: detalni ko`zdan kechirish va paypaslab ko`rish. Tajribali chilangar yoki mexanik detalni ko`zdan kechirib yoki qo`li bilan paypaslab buralish deformatsiyasini, detal yuzasidagi xastalarni, rezbalar yeyilishini va h.k. aniqlashi mumkin; - detalni bolg`acha bilan taqillatish. Detal ichida darz ketgan yoki boshqa deformatsiyaga uchragan bo`lsa, o`sha joyidan tovush detalning yaxlit darz bo`lmagan joyidagi tovushdan boshqacha chiqadi;
- o`lchov asboblari bilan tekshirish yoki mikrometraj usuli. Bu usul detallarni ishlatishdan oldingi va ma`lum vaqt mobaynida ishlatilgandan keyingi o`lchamlarini o`lchab, bir-biri bilan solishtirishga asoslangan. Agar solishtirish natijasida detal o`lchamlari ruxsat etilgan o`lcham (yeyilish) chegarasida bo`lsa, detal ta`mirlanmaydi. Agar taqqoslash natijasida detal o`lchami (yeyilishi) chegaraviy o`lchamdan o`tgan bo`lsa, detal ta`mirlanadi yoki yangisiga almashtiriladi. O`lchash asboblari tariqasida shtangentsirkul, mikrometr, shtangenglubomer foydaniladi;
- kerosin sinama usuli. Bunda yassi detal bir tomoni bo`r bilan bir qavat oqlanadi, qarama-qarshi tomoniga bo`lsa kerosin surtiladi. Agar bo`r qoraysa, detalning shu joyida ichidan darz ketgan;
- magnitdefektoskopiya usuli. Detal magnitlanib, detal ustiga quruq temir kukuni sepiladi, magnit kuch chiziqlari ta`sirida detal ichidan darz ketgan joylarida temir kukunlari to`planib qoladi. Detalni magnitlash uchun 77 ПМД-3M, M-217 ЗИЛ va boshqa defektoskoplar ishlatiladi.
- Detallar nuqsoni aniqlangandan keyin nuqsonli detallar uchun
|
| |