|
Kompyuter injineringi” fakulteti 4-bosqich ki 11-19 sirtqi guruh talabasi norqobilov shuxratning
|
bet | 1/7 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 246,96 Kb. | | #119657 |
Bog'liq 4-MI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI
“KOMPYUTER INJINERINGI” FAKULTETI
4-BOSQICH KI 11-19 SIRTQI GURUH TALABASI
NORQOBILOV SHUXRATNING
“PEDAGOGIKA. PSIXOLOGIYA” FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI
Bajardi: Norqobilov Sh.
Qabul qildi: Djasanova E.M.
MAVZU: O’QUV FAOLIYATI VA KASB MOTIVATSIYASI.
Reja:
1. O’quv faoliyatida nazoratni tashkil qilish usullari
2. Kasb motivatsiyasi
3. Kasb motivatsiyasi tashkil etuvchi bosqichlar
Nazorat — ko‘p qirrali murakkab jarayon hisoblanadi, tahsil oluvchilarda doimo jonli qiziqish uyg‘otib, aqliy faoliyatni faollashtiradi. D a s tla b k i n azo rat - yangi mavzuni boshlashdan oldin uni o'zlashtirishga qanchalik tayyoigarlik darajasini aniqlash maqsadida amalga oshiriladigan nazorat turi. Joriy nazorat - o‘quv jarayonining hamma jabhalarida judayam chuqur bo‘lmasa-da, tez-tez o'tkazilib turilishi zarur bo'lgan, uquv materiali ustida tizimli ishlashni ta’minlaydigan nazorat turi. Myoki bo‘lim tugagandan so‘ng, semestr mobaynida 3-5 marotaba o‘tkaziladigan nazorat turi. N a tija v iy nazo rat - o‘quv fanining bir qismi yoki butunicha tugatilgandan keyin, agarda dastlabki, joriy tematik va bo‘sag‘ali nazorat natijasida kursga mo'ljallab tayyorlangan testlar bo'yicha o'tkaziladi. Nazorat jarayonini faollashtirish maqsadida turli nazorat shakllarini o'ziga qamrab oluvchi mezon - reyting uslubi xisoblanadi. Reyting - baholash, tartibga keltirish, klassiflkaciyalash, birorta hodisani oldindan belgilangan shkala buyicha baholash tushuniladi. Saoliyatning tarkibiy qismlarida, vazifalarni oqilona taqsimlashda o‘z aksini topishi mumkin. Pedagogik diagnostika funksiyalari (vazifalari) aynan shu nuqtai nazardan kelib chiqadi: - teskari aloqa funkciyasi - ko‘zlangan o‘quv-tarbiyaviy maqsadlarga erishish shakllari va yo‘llarini tahlil qilish; - maqsad va vazifalarni belgilash funkciyasi - jamoaning taraqqiy qilish istiqbollarini, istiqboliy rejalarini aniqlash; - taqsimot funksiyasi - jamoa a’zolari o‘rtasida burchlami, vazifalami taqsimlash; - yaratish funksiyasi kattalarning yoshlar bilan muloqot qilishining sog‘lom muhitini tarkib toptirish; - pedagogik tajribani o‘rganish va umumlashtirish funksiyasi; - pedagogik korrekciyalash funkciyasi - yoshlar xulqidagi, ta’ limiy faoliyati, tarbiyaviy jarayondagi nuqsonlami bartaraf etish vazifasini o‘taydi, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilami attestatsiyalashda qo‘l keladi; motivatsiya va rag'batlantirish funksiyasi o‘quvchi-yoshlarning hamda tarbiyachi-o'qituvchilarning ta’lim olish va ta’lim berish faoliyatini rag‘batlantirishni, tashqi stimullami adekvat qabul qilishni nazarda tutadi. Tarbiyaviy jarayonda komillikka intilishni kuchaytiradi; nazorat funksiyasi ta’limiy-tarbiyaviy jarayonda turli xil nazorat turlarini o'tkazishni nazarda tutadi, chunki diagnostika ma’aviy-ma’rifiy jarayon holati to‘g‘risidagi axborotga ega bo‘lishni bildiradi. Rus olimi N.S. Sunsov ta’kidlashicha, pedagogik diagnostika quyidagi tamoyillar asosida olib boriladi: maqsadga yo'naltirilganlik; aniqlik va ishonarlilik; tizimlilik va uzviylik (66, 48). Diagnostikaning maqsadga yo ‘naltirilganligi awalambor, tashkiliy shakl, vosita va metodlaming oxiigi natijalar bilan mutanosibligi va pedagoglaming kasbiy talablari: 0 ‘quv-tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirishga qaratilganligi bilan belgilanadi. Diagnostikaning та 'lum obyektga yo ‘naltirilganligi ta’lim berishda o‘quvchi-yoshlarning, tarbiyachi-o'qituvchilaming individual tafovutlarini hisobga olish, ularning intellektual rivojlanishlari, jinsi, ijtimoiy nufuziga qarab belgilanadi hkalalash - (ingl. - oichov birligini aniqlash) - real jarayonlami raqamlar tizimi yordamida modellashtirish. Reyting bo'yicha nazoratni amalga oshirishda test usulidan ham foydalaniladi. O'zlashtirishni nazorat qilish va baholash quyidagi pedagogik sharoitlarni bajarish asosida amalga oshiriladi: 1. Obyektivlik. 2. Loyiqalash. 3. Modellashtirish. 4. Oshkoralik. 5. MazmunlUik. 6. Tadqiqotchilik. 7. Izchillik. 8. Individuallik. 9. Differensiatsiya. Jamiyatimizda tarbiyaviy ishlami tashkil qilishda bosh omilyoshlami Vatanga muqabbat, milliy g'urur, muloqot odobi, o'zbek va jahon madaniyati, san’ati, xalq yodgorliklarini tushunish va ardoqlash kabi yuksak insoniy fazilatlami shakllantirish, shaxs milliy dunyoqarashini kamol toptirishdir. Shu sababli bugungi kunda diagnostika ta’limiy-tarbiyaviy jarayonning samaradorligini oshirishda, muhim tarbiyaviy vazifalami hal etishda yetakchi o'rinni egallab kelmoqda. Pedagogik diagnostikaning natijalari kadrlar tayyorlash va ularning kasbiy malakalarini oshirishda katta ahamiyatga ega. Tashxislashda mavjud pedagogik muammolar ravshanlashadi. ulaming yechimini topish zarurati borligi aniqlanadi. Muammolar yechimi avzu asosidagi nazorat - o'qituvchi tomonidan nazorat ish kichik va katta kollokvium, maxsus seminar shaklida bir mavzu.
Noan’anaviy o‘qitish metodlarining afzalliklari: - O'qitish mazmunini yaxshi uzlashtirishga olib kelishi. - O'z vaqtida aloqalaming ta’minlanishi. - Tushunchalarni amaliyotda qo'llash uchun sharoitlar yaratilishi. - O'qitish usullarining turli xil ko'rinishlari taklif etilishi. - Motivatsiyani yuqori darajada bulishi. - O'tilgan materialning yaxshi eslab qolinishi. - Muloqatga kirishish ko'nikmasining takomillashishi. - O'z-o'zini baholashning o'sishi. - O'quvchilaming predmetning mazmuniga, o'qitish jarayoniga bo'lgan ijobiy munosabati. - Mustaqil fikrlay oladigan o'quvchining shakllanishiga yordam berishi. - Tanqidiy va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishi. - Muammolar yechish ko'nikmalarining shakllanishi. motivatsiya va rag'batlantirish funksiyasi o‘quvchi-yoshlarning hamda tarbiyachi-o'qituvchilarning ta’lim olish va ta’lim berish faoliyatini rag‘batlantirishni, tashqi stimullami adekvat qabul qilishni nazarda tutadi. Tarbiyaviy jarayonda komillikka intilishni kuchaytiradi; nazorat funksiyasi ta’limiy-tarbiyaviy jarayonda turli xil nazorat turlarini o'tkazishni nazarda tutadi, chunki diagnostika ma’aviy-ma’rifiy jarayon holati to‘g‘risidagi axborotga ega bo‘lishni bildiradi.
Qonunda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim olish maqsadida har kim umumiy o‘rta ta’lim asosida akademik litseyda yoki kasbhunar kollejida o‘qishning yo‘nalishini ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega ekanligi ta’kidlanadi. «Akademik litseylar va kasbhunar kollejlari egallangan kasb-hunar do'yicha ishlash huquqini beradigan hamda bunday ish yoki ta’limni navbatdagi bosqichda davom ettirish uchun asos bo‘ladigan o'rta maxsus,2 Kasb-hunar ta’limi beradi»2. Akademik litseylarda o'quvchilar o‘zlari tanlab olgan ta’lim yo'nalishi do‘yicha bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur o‘rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko‘nikmalarini o‘zlarida shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu ko'nikmalami o‘qishni muayyan oliy ta’lim muassasalarida davom ettirish yoki mehnat faoliyatida ro‘yobga chiqarishlari mumkin. Kasb-hunar kolleji tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi; o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‘n ikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb.
- kasbiy faolligi bilan uyg‘unlashganda barkamollik sifatlari tabiiy shakllanadi, rivojlanadi. Aynan ana shu yuqoridagi tushunchalami to‘g‘ri anglash taiim-tarbiyaning metodologik asoslarini to‘g‘ri tanlashga yordam beradi. Chunki taiimning subyektivlik, demokratik, huquqiy, insonparvarlik asoslari insonlaming nodir, betakrorliklarini ro'yobga chiqarishdir O'zbekiston Respublikasining «Ta’lim to'g'risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» yuksak umumiy madaniyatga, kasb-hunar ko'nikmalariga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, mantiqiy mushohada qilish hamda ijtimoiy hayotdagi muammolaming oqilona yechimlarini topish mahoratiga ega bo'lgan, istiqbol vazifalarni odilona baholay oladigan kadrlar yangi avlodini shakllantirish, shuningdek, har tomonlama barkamol, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda mukammal o'zlashtirgan, mas’uliyatli fuqarolami tarbiyalashni nazarda tutgan pedagogik g'oyani ilgari suradi. Yuqoridagi g'oya ta’lim tizimi oldiga bir qator aksiomatik vazifalarni ko'ndalang qilib qo'ydi. Jumladan: uzluksiz ta’lim tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan huquqiy-demokratik davlat qurilishi jarayonlariga moslash; Ilmiy tadqiqotda test, so‘rovnomalar uslubi yetakchi bo 'lib sanaladi. S o 'ro v n o m a - an k eta m etodi q o 'llanilganda yaratilgan ilmiy farazning yangiligini bilish, aniqlash, o ‘quvchilam ing yakka yoki g uruhli fikrlarini, qarashlarini, qanday kasblaiga qiziqishlarini, kelajak orzu-istaklarini bilish va tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish m aqsadida o ‘tkaziladi. nsonning kasbiy shakllanishi va mutaxassis sifatida kamolga yetishini uning hayot yo’lidan ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi. Psixologik adabiyotlarda ta’kidlab o’tilganidek, kishining kasbiy shakllanishi butun hayoti davomida kechadigan jarayon bo’lib uning yoshiga hamda shaxsining taraqqiyotiga mos holda boradi. Kasbiy faoliyat sohasidagi muvaffaqiyat va mataxassisining mahorat darajasiga erishish sur’ati uning kasb tanlash motivlari bilan o’zaro aloqadordir.
Kasb tanlash inson uchun muhim muammolardan biridir. Tanlov doirasi qanchalik keng bo’lsa, u shunchalik psixologik jihatdan murakkablashib boradi. Shaxsning sub’ektiv moyilliklari va u yoki bu faoliyatga qobiliyatliligi bir butunlikni tashkil etadi. Qiziqish va moyillik faoliyat jarayonida shakllanadi va o’zgarib boradi. Kasb tanlash arafasida turgan inson shaxsining mazkur sohadagi qanchalik mos ekanligi faqatgina ushbu faoliyat jarayonidagina aniqlanadi.
Psixolgiya fanida kasbiy shakllanish jarayonini davrlashtirishning bir necha variantlari ishlab chiqilgan. T. V. Kudryavtsev shaxsning kasbga munosabati va faoliyatni bajarish darajasi mezoniga ko’ra, kasbiy shakllanishning quyidagi bosqichlarini ajratib ko’rsatgan:
kasbiy moyillikning paydo bo’lishi;
kasbiy ta’lim va kasbiy faoliyatiga tayyorgarlik ko’rish;
kasbiy faoliyatga kirishish, jamoada o’z o’rnini toppishga intilish;
kasbiy mehnatda shaxsning o’zini to’liq namoyon etishi.
E. A. Klimov insonni mehnat sub’ekti sifatida talqin etib kasbiy yo’nalgan davrlashtirishni quyidagicha asoslab bergan:
O’yindan oldingi bosqich (4 yoshgacha bo’lgan davr) – kishining keying rivojlanishi va mehnatga kirishuvi uchun asos bo’lgan idrok qilish vazifalarini o’zlashtirish;
O’yin bosqichi (5-8 yosh) – inson faoliyatining “asosiy mazmuni”ni o’zlashtirish;
O’quv faoliyatini o’zlashtirish bosqichi (8-12 yosh) – faoliyatni rejalashtirish, o’zini-o’zi nazorat va taxlil qilish;
Optatsiya bosqichi (12-17 yosh) – kasb-hunar ta’limi muassasalarida kasb tanlash davr;
Adept bosqichi (17-20 yosh) – tanlangan ixtisoslik bo’yicha kasbiy tayyorgarlik;
Adaptant bosqichi (20-23 yosh) – kasbning ichiga kirish va unga ko’nikish;
Internal bosqich (23-26 yosh) – kasbiy tajriba to’plash;
Kasbiy mahorat bosqichi – mehnat faoliyatini malakali bajarish;
Obro’-e’tibor bosqichi – mutaxassis tomonidan yuqori malakani o’zlashtirish;
Ustozlik bosqichi – mutaxassis tomonidan kasbiy tajribani shogirdlarga berish, o’z maktabini yaratish.
Shaxsda kasbiy o’zligini anglash shakllanishini kasbiy mahoratning vujudga kelishidagi asosiy mezonlardan biri sifatida ham bir nechta bosqichlarni ajratish mumkin:
1. Kasblar olami haqidagi aniq – ko’rgazmali tasavvurlarning paydo bo’lishi davri. Bu davr 2,5-3 yoshdan boshlanib 10-12 yoshgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Taraqqiyot davomida bolaning ongida kasblar olami haqidagi turli-tuman tasavvurlar shakllanib boradi. Boshlang’ich ta’limda esa yetakchi o’quv-biluv faoliyatida o’quvchining kasblar haqidagi tasavvuri yanada kengayib boradi.
2. O’zini kasbiy bilish davri. Ko’plab kasblar haqidagi tasavvurlarni o’zlashtirib olgach, o’quvchi ularni u yoki bu shaklda qo’llay olishi kerak. Kasblar haqida yetarli bilim, ko’nikma va tayyorgarlikka ega bo’lmaganlari sababli ba’zi o’quvchilar o’zlarini biror kasbiy sohada namoyon eta olmaydilar. Biroq ularda yangi yetakchi faoliyat tengdoshlari bilan muloqot jarayonida o’zini bilishga bo’lgan ehtiyoj yanada kuchli namoyon bo’ladi.
3. O’zini kasbiy aniqlash davri. Ushbu bosqichda kasbiy o’zlikni anglash yakunlanadi. Bu davr maktabni tugatgandan keyin ham davom etishi mumkin. O’quvchida kasbni o’rganishning aniq yo’nalishi, barqaror qiziqishlar, kasbning talablariga mos bo’lgan shaxs xususiyatlarining shakllanishi kuzatiladi.
Shaxsning kasbiy shakllanishida ijtiomoiy vaziyatlar va yetakchi faoliyat muhim omil hisoblanadi. Kasbiy ta’lim oila va maktabda amalga oshiriladigan kasb tanlangunga qadar davom etgan mehnat ta’limi va tarbiyasi negizida, ya’ni kasb tanlashga psixologik tayyorlash hamda mehnat faoliyatiga ruhan tayyorgarlikka ko’maklashadihan yo’nalish sifatida davom ettiriladi.
|
| |