4-Mavzu: Muammoli o’qitish metodi.
Reja:
1. Muammoli pedagogik vaziyatlar
2. Muammoli izlanish
3. Muammoli ta“limning nazariya asoslari
1. Ikkinchi sinfda har xil buyumlar: qalam, ruchka, rezinka va boshqalar yo'qola boshladi. Bir kuni sinfdagi qizchaning bosh kiyimi yo'qoldi. O'qituvchi topilmalar byurosining faoliyati haqida gapirib berdi. Bolalar topib olingan narsalar qaytarib berilishi to'grisidagi kattalardan eshitgan misollarni aytishdi. O'qituvchi qanday tarbiya metodini qo'llagan? Bu metodning samaradorligi nimalarga bog'liq? Har doim ham ushbu metod samara beradimi? 2. Muallim quyidagicha hikoya qiladi: «O'g'lim (9 yosh) qorong'idan va balandlikdan qo'rqadi. Men imkon boricha uni ko'proq ana shu qo'rquvni yenga oladigan sharoitga qo'yaman: Goho ob-havo qandayligini bilib kelish uchun kechqurun hovliga, goho go'yo esdan chiqqan narsani olib kelish uchun qorong'i xonaga yuboraman. O'yin paytida ayrim paytlari chuqurlikka sakraymanda, «Daraxtning hov anavi novdasini menga olib ber. Uni emas, narigi, yuqoridagisini» deyman. O'qituvchi to'g'ri qiladimi? Bu qanday tarbiya metodi? U nima uchun samarali? 3. Dars boshlanishidan oldin o'qituvchi yerda g'ijimlangan qog'oz parchasi yotganini ko'rib, bir o'quvchiga «qog'ozni ol», deb murojaat qildi. O'sha o'quvchi sekin partadan turib «men tashlamaganman, nega olarkanman» deb, yana joyiga o'tirdi. Ta’lim mazmunini o'zlashtirishda o'quvchilarining bilim saviyasi, o'zlashtirish qobiliyati, ta’lim manbai, didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda quyidagi metodlar qoilaniladi: - o'qitishning og'zaki metodi; - o'qitishning amaliy ishlar metodi; - o'qitishning ko'rgazmali metodi; - muammoli evristik modellashtirish metodi; o'qitishning muammoli izlanish va reproduktiv metodi; o'qitishning induktiv va deduktiv metodi; - o'qitishda rag'batlantirish va tanbeh berish metodi; - o'qitishda nazorat va o'z-o'zining nazorat qilish metodi. - Metodlar o'z navbatida guruhlaiga bo'linadi: (Ta’lim metodlarini solishtirib o'rganish maqsadida quyidagi shakldagi T-chizmadan foydalanamiz. Uning mohiyati va qo'Ilanish qoidalari oldingi mavzularda berilgan). Muammoli deyilganda o'quv materialini o'quvchilar ongida ilmiy izlanishga o'xshash bilish vazifalari va muammolari paydo boiadigan qilib o'rganish tushuniladi. O'quvchilaming fikrlash faoliyatida mantiqiy to'g'ri, ilmiy xulosalarni izlash va o'zlashtirishga rag'batlantiradigan muammoli vaziyatlar vujudga keladi. Har qanday taiim o'quvchi uchun muammolidir. O'quvchi ongida muammoli vaziyatni vujudga keltirish, o'quvchining faol fikrlash faoliyati o'quv materialini puxta o'zlashtirib olishlari haqida sharq pedagoglari qimmatli fikrlar aytib o'tganlar. Mutafakkir Abu Rayhon Beruniy (937-1048) didaktik qarashlarida o'quvchilami o'qitish hamda tarbiyalash jarayonida, birinchidan, turli mavzularda mulohazalar yuritishni, o'quvchining zerikmasligini, zo'riqmasligini ta’kidlagan. Muammoli vaziyatda:
• o'quvchi uchun bilish qiyinchiligiga ega, ya’ni o'rganilayotgan muammo ustida fikr yuritish;
• o'quvchilarda bilishga qiziqish o'yg'otish;
• tahlil jarayonida o'quvchilaming awalgi tajribasi va bilimiga suyanish. Taiim jarayonida muammoli vaziyatni vujudga keltirish, undan foydalanish usullarini yaratish, taiim tizimining har bir bosqichida o'rganiladigan fanlaiga xosdir. Muammoli vaziyat fanning mazmuni o'ziga xos xarakter xususiyatlari, uni o'rganish usullarini hisobga olgan holda yaratiladi. Ta’lim jarayonida o'qitishning induktiv va deduktiv usullariga ehtiyoj sezilmoqda. Qanday holda induktiv va deduktiv usullar qo‘llaniladi? Ayniqsa, deduktiv o'qitishga talab va e’tibor kuchaydi. Bu usulda tafakkur qilish katta samara beradi. Induktiv yoki deduktiv usullarni qoilash o'rganilayotgan mavzu mazmunini ochishning ma’lum mantig'ini - xususiydan umumiyga yoki umumiydan xususiyga o‘tishni tanlashni anglatadi. Induktiv usullar texnik qurilmalami o'rganishda va amaliy topshiriqlami bajarishda keng qoilaniladi. Deduktiv usul o'quv materialini tezroq o'tishga yordam beradi, tafakkumi birmuncha faol rivojlantiradi. Nazariy materialni o'rganishda anchagina umumiy holatlardan ayrim oqibatlarni aniqlashni talab qiluvchi masalalarni echishda deduktiv usulni qoilash, ayniqsa, foydalidir. Taiimda rag'batlantirish va tanbeh berishning qanday turlaridan foydalaniladi? 1. Taiimga qiziqishni rag'batlantirish metodi. 2. Taiimga burch va mas’uliyatni rag'barlantirish metodi. O'quv faoliyatini rag'batlantirish deb kishining aktiv faoliyatiga boigan tashqi mayliga aytiladi. Shu sababli, rag'batlantirish o'qituvchi faoliyatining omili hisoblanadi. Rag'batlantirish kishining ichki mayliga ta’sir qilganda real maqsad sari undaydigan kuchga aylanadi. O'qishga qiziqishni rag' batlantirish turlaridan biri-o‘qishda maium qiyinchilik sezayotgan o'quvchilarga muvaffaqiyatli sharoit yaratishdir. Rag'batlantirish va tanbeh berish usullari o'ziga xos xususiyatlaiga ega. Rag'batlantirish: baho bilan, imo-ishora bilan, mukofot bilan amalga oshadi. O'qishga doir tanbehlar dars paytida, og'zaki tanbeh berish, bahosini pasaytirib qo'yish, ish daftariga yozish, xatolami ko'rsatish kabi usullar bilan amalga oshadi. Maktabda o'quvchiga tan jazosi berish, o'zlashtirmagani uchun haqorat qilish, shaxsiga tegish, yomon iboralar bilan so'kish aslo mumkin emas.
Muammoli ta’lim texnologiyalari o’quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Muammoli ta’lim texnologiyasining asosi – insonning fikrlashi muammoli vaziyatni hal etishdan boshlanishi hamda uning muammolarni aniqlash, tadqiq etish va yechish qobiliyatiga ega ekanligidan kelib chiqadi. Muammoli ta’lim o’quvchilarning ijodiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini o’stirishda jiddiy ahamiyatga ega.
Muammoli ta’limning bosh maqsadi – o’quvchilarning o`rganilayotgan mavzuga doir muammolarni to’liq tushunib yetishiga erishish va ularni hal eta olishga o’rgatishdan iborat. Muammoli ta’limni amaliyotda qo’llashda asosiy masalalardan biri o’rganilayotgan mavzu bilan bog’liq muammoli vaziyat yaratishdan iborat.
Turli o’quv fanlari bo’yicha o’qituvchilar darslar jarayonida muammoli vaziyatlar hosil qilishni va ularni yechish usullarini oldindan ko’zda tutishlari kerak.
Muammoli vaziyat yaratish usullari:
— o’qituvchi o’quvchilarga dars mavzusi bilan bog’liq ziddiyatli holatni tushuntiradi va uni yechish yo’lini topishni taklif qiladi;
— bir masalaga doir turli nuqtai-nazarlarni bayon qiladi;
— hal etish uchun yetarli bo’lmagan yoki ortiqcha ma’lumotlar bo’lgan yoki savolning qo’yilishi noto’g’ri bo’lgan masalalarni yechishni taklif etadi va boshqalar.
Muammoli vaziyatni hal etish darajalari:
-o’qituvchi muammoni qo’yadi va o’zi yechadi;
-o’qituvchi muammoni qo’yadi va uning yechimini o’quvchilar bilan birgalikda topadi;
-o’quvchilarning o’zlari muammoni qo’yadilar va uning yechimini topadilar.
Muammoli vaziyatni yechishda qo’llaniladigan usullar:
— muammoni turli nuqtai-nazardan o’rganish, tahlil qilish;
— solishtirish, umumlashtirish;
— faktlarni aniqlash va qiyoslash;
— vaziyatga bog’liq xulosalar chiqarish;
— o’quvchilarning o’zlari aniq savollar qo’yishi va boshqalar.
Muammoli ta’lim texnologiyasi juda qadim zamonlardan shakllanib kelmoqda. Jumladan, qadimgi Grestiyada muammoli savol-javoblar, qadimgi Hindiston va Xitoyda muammoli bahs-munozaralardan keng foydalanilgan. Muammoli ta’limni amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog Dj. Dyui 1894 yilda Chikagoda tashkil etgan tajriba maktabida qo’llagan. XX asrning 60-yillarida bu yo’nalishda tadqiqotlar olib borildi. 70-80-yillarga kelib, amaliyotga keng joriy etildi.
Muammoli ta’limning asosiy g’oyasi bilimlarni o’quvchilarga tayyor holda berish emas, ular tomonidan dars mavzusiga tegishli muammolar bo’yicha o’quv-tadqiqotlarini bajarish asosida o’zlashtirilishini ta’minlashdan iborat.
O’zbekistonda muammoli ta’limni qo’llash bo’yicha bir necha asrlar davomida maktab va madrasalarda suqrotona savol-javob usulidan keng foydalanish asosida o’quvchilarda ziyraklik, hozirjavoblik sifatlari hamda go’zal nutq tarkib toptirilgan.
Suqrotona savol-javob usuli hozirgacha eng samarali ta’lim usullaridan biri sifatida qo’llaniladi. Bunda o’quvchi chuqur mantiqiy fikrlashga, ziyraklikka, aniq va to’g’ri so’zlashga, nutqning mantiqiyligi va ravonligiga hamda tanqidiy, ijodiy fikrlashga o’rgatilgan. Masalan, suqrotona suhbatlar deganda o’qituvchining o’quvchini mustaqil va faol fikrlash jarayoniga olib kirishi hamda uning fikrlashidagi noto’g’ri jihatlarni ziyraklik bilan aniqlagan holda ularni tuzatish yo’liga olib chiqishdan iborat usullar nazarda tutiladi.Bunday suhbat bosqichlarini quyidagicha soddalashtirib ifodalash mumkin;
Savol-javoblar orqali o’quvchining bilim darajasi va fikrlash qobiliyatini umumiy tarzda aniqlash.
O’rganilayotgan mavzuning mazmunini o’quvchi motivlariga muvofiqlashtirish. Bu, asosan, o’quvchining qiziqish va qobiliyatlariga mos bo’lgan misollar tanlash orqali amalga oshiriladi.
O’quvchini faol muloqotga olib kirish. Bunda asosan rag’batlantirish usullaridan foydalaniladi.
O’qituvchi o’zini bilmaydigan odamdek, o’quvchidek tutib, savollar berib boradi.
O’quvchining to’g’ri fikrlarini maqtash orqali uni yanada erkin va chuqurroq fikrlashga, so’zlashga jalb qilish.
O’quvchining xato fikrlarini aniqlab borish.
O’quvchining xato fikrlariga nisbatan to’g’ri fikrni o’qituvchi tomonidan yaqqol mantiqiy asoslangan shaklda bayon qilish yoki tushuntirish orqali o’quvchi uchun muammoli vaziyat yaratiladi va o’quvchini o’z xatolarini o’zi tuzatishiga yo’naltiriladi.
Bundan ko’rinib turibdiki, ushbu usul yuqori natija berishi shubhasiz bo’lib, ammo buning jiddiy shartlari ham mavjud. Bular o’qituvchining keng bilimga va ijodiy fikrlash qobiliyatiga, yuqori muloqot madaniyatiga, pedagogik mahoratga ega bo’lishi kabilardan iborat.
Muammoli ta’lim mashg’ulotlarini tashkil etish va boshqarish
Muammoli ta’lim mashg’ulotlarini tashkil etish va boshqarish quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
-o’quv fani va darslar mavzusini o’rgatishda ular bilan bog’liq muammoli masalalarni belgilash;
-ulardan muammoli vaziyatlar hosil qilish va amalda foydalanishni oldindan rejalashtirib borish;
-o’quvchilarning tayyorgarlik darajasini hisobga olish;
-zarur o’quv vositalarini tayyorlash;
-muammoli vaziyatdagi mavjud ziddiyatni ko’rsatish;
-topshiriqni va uni yechish uchun yetarli shartlarni aniq bayon qilish;
-o’quvchilarning muammoni hal etishda yo’l qo’yayotgan xatolarini, ularning sababini va xususiyatini ko’rsatish;
-o’quvchilarning noto’g’ri taxminlari asosida chiqargan xulosalari oqibatini muhokama etib, to’g’ri yo’lni topishlariga ko’maklashish va boshqalar.
Muammoli ta’lim jarayonini quyidagi uchta asosiy bosqichga ajratish mumkin:
Muammoli vaziyat hosil qilish.
Muammoni yechish taxminlarini shakllantirish.
3.Yechimning to’g’riligini tekshirish (olingan yechim bilan bog’liq axborotni tizimlashtirish orqali).
Muammoli vaziyat hosil qilishda quyidagilar hisobga olinishi lozim:
Muammolar nazariy yoki amaliy yo’nalishda bo’ladi.
Darsda hosil qilinadigan muammoli vaziyat hamda o’quvchilarga hal etish taklif etiladigan muammoga qo’yiladigan eng asosiy talab – o’quvchilarning qiziqishini oshiradigan, eng kamida esa, o’quvchilarda qiziqish hosil qiladigan bo’lishi kerakligidan iborat. Aks holda ko’zda tutilgan natijaga erishish imkoni bo’lmaydi.
Muammo o’quvchilarning bilim darajalariga hamda intellektual imkoniyatlariga mos bo’lishi shart.
Hosil bo’lgan muammoli vaziyatni yechish uchun topshiriqlar yangi bilimlarni o’zlashtirishga yoki muammoni aniqlab, yaqqol ifodalab berishga yoki amaliy topshiriqni bajarishga yo’naltirilgan bo’ladi.
O’quvchilarning muammoli vaziyatni tushunishlari, uning kelib chiqishi sabablari hamda nimalarga, qanchalik darajada bog’liqligini idrok qila olishlari natijasida hosil bo’ladi. Bunday tushuna olish esa o’quvchilarga mustaqil ravishda muammoni ifodalay olish imkoniyatini beradi.
Muammoni yechish taxminlarini shakllantirishda o’quvchi o’zlashtirgan bilimlari asosida kuzatish, solishtirish, tahlil, umumlashtirish, xulosa chiqarish kabi aqliy faoliyatlarni bajaradi.
Aqliy faoliyatdagi asosiy jarayon fikrlash jarayoni bo’lib, fikrlashning sifati uning mantiqiyligi, mustaqilligi, ijodiyligi, ilmiyligi, asosliligi, uzviyligi, tejamliligi, maqsadliligi, tezligi, tahliliyligi, qiyosiyligi, umumlashtirilganligi, xususiylashtirilganligi, kengligi, chuqurligi, ishonarliligi, realligi, haqqoniyligi darajasi bilan belgilanadi.
Shu bilan birga intellektual sifatlar xotira, tasavvur, anglash va shu kabi psixologik jarayonlarning tezligi hamda boshqa parametrlari bilan bog’liq.
Intellektual taraqqiyot darajasi o’qituvchilarda hamda o’quvchilarda qancha yuqori bo’lsa, shunchalik yaxshi natijalarga erishish imkoniyati hosil bo’ladi.
Shunga ko’ra o’quvchilarda muammoni sezish, uni aniqlash, yechimiga doir taxminni to’g’ri belgilash va yechimning to’g’riligini tekshirish qobiliyatlari rivojlanib boradi.
Muammoni hal etishni 3 ta bosqichga ajratish mumkin:
Isbotlash – bu muammoning ilgari to’g’ri deb tan olingan sabablar bilan bog’liqliklarini topish asosida amalga oshiriladi.
Tekshirish – buni tanlangan sababning oqibatida hal etilayotgan muammo hosil bo’lishi to’g’riligini asoslash bilan amalga oshiriladi.
Tushuntirish – bu muammoning yechimi nima uchun to’g’riligini tasdiqlovchi sabablarni aniqlash asosida amalga oshiriladi.
Oguvchilarning ijodiy tafakkur va ijodiy gobiliyatlarini ostirishda muammoliy talimdan unumliy foydalanish uchun uninig ayrim nazariy asoslari sifatida B.Blumning yuqoridagi I.2.- mavzu ilovasida keltirilgan bilish va emotsional sohalardagi pedagogik maqsadlar taksonomiyasi (tafakkurning bilish qobiliyatlari rivojlanishiga muvofiq ravishdagi oltita darajasi)ga hamda G.Gardnerninig intellekt kopligi nazariyasiga asoslsnish maqsadga muvofiq.
Intellekt kopligi nazariyasining qisqacha bayoni quidagicha:
Bu nazariyani amerikalik psixolog Govard Gardner (1943 yil 11 iyulda tug`ilgan) ishlab chiqqan.
Bu nazariya har bir odam turli darajada ifodalangan kamida sakkizta tipdagi intellektga ega ekanligini ochib berdi. Ular quyidagilar:
Verbal-lingvistik intellekt-so`z xotirasi, so`z boyligi yaxshi, o`qishni yaxshi ko`radi, so`z bilan ijod qilishni yoqtiradi. Bular shoir, yozuvchi, notiqlar.
Mantiqiy-matematik intellekt-hisoblash va sonlar bilan ishlashni, mantiqiy masalalar, boshqotirmalarni echishni, shaxmat o`ynashni yaxshi ko`radi, tengqurlariga nisbatan ko`proq abstrakt darajada fikrlaydi, sabab-oqibat bog`liqliklarini tushunadi. Bular matematik, fizik va boshqalar.
Vizual-fazoviy intellekt-ko`rish obrazlari bilan fikrlaydi, karta, sxema, diagrammalarni tekstga nisbatan oson o`qiydi, xayolga berilish, rasm chizish, modellar konstrukstiyalashni yaxshi ko`radi. Bular rassom, haykaltarosh, me’mor, ixtirochi, shaxmatchilar.
Motor-harakatli intellekt-yuqori sport natijasiga erishadi, boshqalarning harakatlari, mimikasi, odatlarini yaxshi takrorlaydi, hamma narsaga qo`l tekkizish, buyumlarni qismlarga ajratish va yig`ish, yugurish, sakrash, kurash tushishni yaxshi ko`radi. Hunarlarga qobiliyatli. Bular raqqos, mim, artist, sportchilar.
Musiqiy-ritmik intellekt-qo`shiqlar, kuylarni eslab qoladi, ovozi yaxshi, musiqa asbobini chaladi, xorda ashula aytadi, harakatlari va so`zlashi ritmli, o`zicha sezmasdan kuylaydi, biror ish qilayotib, stolni ritmik chertadi. Bular bastakor, musiqachi, qo`shiqchi, raqqoslar.
Shaxslararo intellekt-tengqurlari bilan muloqotni, boshqa bolalar bilan o`ynash va ularga o`rgatishni yaxshi ko`radi, turli holatlarda yetakchi bo`lib qoladi, hamdardlikni, boshqalarga g`amxo`rlik ko`rsatishni biladi, boshqa bolalar unga sherik bo`lishga intiladilar. Bular diniy xodim, siyosatchi, diplomatlar.
Ichki shaxsiy intellekt-mustaqillik hissi, iroda kuchini namoyish qiladi, o`zinining yaxshi va yomon xislatlarini real anglaydi, vazifalarni hech kim xalaqit bermaganda yaxshi bajaradi, o`zini boshqara oladi, yakka ishlashni ma’qul ko`radi, o`z hissiyotlarini aniq tasvirlaydi, o`z xatolaridan ibrat oladi, o`z qadrini bilish hissi rivojlangan. Bular psixolog, o`qituvchi, tarbiyachilar.
Tabiatshunos intellekti-tabiatga, tabiat hodisalariga, jonivorlar, o`simliklarga qiziqadi, tabiat olamini tushunish, atrof-muhitning belgilari va xususiyatlarini farqlash, tasniflash va shu kabilarga qobiliyatini namoyon qiladi. Bular tabiatshunos, ekolog, qishloq xo`jalik xodimlari.
Ayrim bolalar o`zlaridagi eng ustun intellekt tipi orqali boshqalarga nisbatan osonroq o`qishlari mumkin. Har bir boladagi o`z vaqtida aniqlangan va rivojlantirilgan talant unga hayotda yuksak cho`qqilarga erishish uchun yo`l ochib beradi.
Xulosa qilib aytganda, ta’lim jarayoni bolalarga intellektning har xil tiplarini jalb qilishni talab etadigan tajribalar orttirish imkoniyatini beradigan holda tashkil etilishi lozim.
|