|
Dars davomida foydalanilgan interfaol metodlar 1-dars. Dars: pedagogika va psixologiya
|
Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 14,32 Kb. | | #125494 |
Bog'liq metodlar
Dars davomida foydalanilgan interfaol metodlar
1-dars.
Dars: pedagogika va psixologiya
Metod turi: Eslab qol!
Bunda o’tilgan dars (psixologiya)ga doir kino ko’rgan yoki kitob o’qigan o’qigan o’quvchi qaysi joyida psixologik sahna yoki vaziyat borligi haqida yozib, nima uchun psixologik ekaninitushuntirib beradi.
Inson biror bir jihati bilan boshqalardan farq qiladi: kimdir
texnikaga, boshqa birov musiqaga, yana kimdir sportga qiziqadi,
boshqada she’r yozish, amaliy san’at, to ‘qish, rasm chizishga turli
xil qobiliyatlar mavjud; psixologik xususiyatlariga ko‘ra: harakatchan, bosiq, sho‘x, befarq, dilkash, ozorlanuvchan, qaysar, asabiy mehnatsevar va kamsuqum va hokazo. Bularning hammasi — sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, his-tuyg‘u, iroda, temperament va xarakterlar inson psixikasining hodisalari. Psixik hodisalarni o‘rganuvchi fan — psixologiya deb ataladi.
Psixologiya (yunoncha, psyche — ruh, logos — bilim, ilm, fan)
insonning obyektiv borliqni sezgi, idrok, tafakkur, his-tuyg‘u va
boshqa psixik holatlar orqali aks ettirish jarayonlari, qonuniyatlarini
o‘rganadigan fandir. Psixologiyaning predmeti konkret shaxs, uning
jamiyatdagi xulq-atvori va turli faoliyatlarning o‘ziga xos tomonlaridir. Psixologiya konkret fan sifatida psixik faoliyat qonuniyatlarini, uning ro‘y berish mexanizmlari va omillarini o‘rganuvchi fandir. Psixologiya fanining asosiy vazifasi — psixik hodisalarni o‘rganish va ilmiy asoslashdir.
2-dars.
Metod nomi: Kuzatuvchi
Sinf o’quvchilari (talabalar) 3ga bo’linadi. 3 ta guruhni komissiya a’zolari deb hisoblaymiz. Komissiya universitet, maktab, bog’cha kabi davlat tashkilotlariga tashrif buyuradi. Misol uchun universitet ko’rinishida ko’rib chiqamiz. Demak, komissiya a’zolari universitetga borib, fakultetlarga bo’linadi va u yerda muammo, uning kelib chiqish sababi va o’sha muammoning yechimini topishlari kerak bo’ladi. Bunda o’qituvchi komissiya rahbari bo’ladi va unga komissiya a’zolari bayonot beradi. Bunda ko’proq ma’lumot to’plagan o’quvchi yaxshiroq baho oladi.
|
| |