5-Mavzu: Programmalashtirilgan o’qitish metodi.
Reja:
1. O`qitish mazmuni, sifati va samaradorligida pedagogik texnologiyaning didaktik tahlili
2. Muammoli izlanish
3. Muammoli ta“limning nazariya asoslari
Rivojlangan davlatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining yetakchi tendentsiyalaridan biri inson faoliyatining hamma sohalarini shuningdek, ta'lim sohasining axborotlashuvi jarayonidir.
Ta'limning axborotlashuvi axborotlarga qiziquvchilarning foydalanishlari maqsadida axborotlarni to`plash, qayta ishlash va ularni tarqatish maqsadidagi metod, jarayon va texnik - dastur vositalarini o`z ichiga oladi.
Ta'limning axborotlashuvi maqsadi yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida intellektual faoliyatni global intensifikatsiyasini ta'minlashdir. Bu oliy ta'limdagi ba'zi negativ holatlarning ham oldini oladi.
O`zbekistonda ta'lim islohotini amalga oshirishning muhim sohalaridan biri jahonda axborot texnologiyalarining inson hayotiga tobora keng kirib kelayotgani sharoitida ta'lim sohasining axborotlashuvidir. Jamiyat rivojlanishining industrlashtirish etapidan axborotlashuvga o`tishning yo`li yangi axborot texnologiyalaridir.
Ta'limning axborotlashuvi yangi axborot texnologiyalarning quyidagi imkoniyatlaridan samarali foydalanish imkonini beradi:
har bir individga ta'lim olish imkoniyatini beradigan ochiq ta'lim tizimi;
bilish jarayonini tashkil etishni o`zgartirish;
ta'limni axborot-metodik ta'minlashni boshqarishning samarali tizimini yaratish;
ta'lim jarayonida o`quvchilarning bilish faoliyatini samarali tashkil etish;
kompyuterlarning o`ziga xos xususiyatlaridan foydalanish, bular: bilish jarayonini tashkil etish imkoniyati, ta'lim jarayoniga faoliyatli yondoshuvni qo`llab-quvvatlash, ta'lim jarayonini individuallashtirish va printsipial yangi bilish vositalarini tashkil etish;
masofaviy ta'limning turli darajalarini yaratish, rivojlantirish va takomillashtirish. Bundan tashqari yangi axborot texnologiyalari bir qancha printsipial yangi didaktik vazifalarni yechishga yordam beradi;
kompyuter grafikasi va kompyuter modellashtirishi vositasidan foydalanish asosida murakkab biologik va texnik tizim ichidan mikro va makro olamdagi voqealar va jarayonlarni o`rganish;
katta yoki kichik tezlik bilan o`tadigan real har xil fizik, ximik, biologik va ijtimoiy jarayonlarni o`rganishni qulay masshtab va vaqtda takdim etish.
Bunda o`quvchilar bilimlarni muntazam bo`laklar asosida va ularning o`zlashtirilishini nazorat qilishni ham o`zi ichiga olgan tizim shaklida o`rganadilar (ya'ni kompyuter darsliklar, test yoki nazorat dasturlari, lug`atlar, o`quv materiallari bazasi, o`quv videofilmlari). Ya'ni o`rganilayotgan ob'ekt, jarayon va hodisalar modeli asosida ko`rilgan va ularni ko`rsatadigan o`quv materiallari tizimli bo`laklarga (modellarga) bo`lib o`rganiladi (o`xshash modellar, o`sha holatning predmeti vositasi va uning asosida laboratoriya praktikumlari, trenajyorlar, o`yin dasturlari ishlash).
Ta'limni axborotlashuvi muammosini yechishga ilmiy yondoshish o`quvchilarning kompleks bilim, ko`nikma va malakalar, shaxsiy sifatlarni shakllantirish orqali professional vazifalarni samarali bajarish va axborotlar jamiyatida o`zini qulay sezish kabi axborotlashuv vazifalarini hal etish eng yakin kunlardagi maqsaddir.
Shu maqsadga muvofiq ularni amalga oshirishning quyidagi yo`nalishlarini ko`rsatish mumkin:
ta'lim jarayoniga yangi axborot texnologiyalari (YaAT) qo`llash;
ta'lim jarayoni qatnashchilarini kompyuter (axborot) tayyorgarlik darajasini oshirish;
ta'lim jarayoni, ilmiy tadqiqotlar, tashkiliy boshqaruvni qo`llab-quvvatlaydigan ta'limdagi axborot texnologiyalarining sistemali integratsiyasi (YaAT bazasida o`quv jarayonini tashkil etish va boshqarishni takomillashtirish, shuni ta'minlovchi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib berish va boshqalar);
birlashgan ma'lumot beruvchi axborot olamini ko`rish va rivojlantirish.
Ko`rsatilgan yo`nalishlarni amaliyotga tatbiq etish ta'limni samarali rivojlantirish va masofaviy ta'limni yo`lga qo`yishga keng imkoniyatlar yaratadi. Oliy o`quv yurtlarida axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarining quyidagi turlarini ko`rsatish mumkin: 1.Elektron darslik. 2.Multimediya tizimi. 3. Ekspert tizimi. 4.Avtomatik loyihalash tizimi. 5.Kutubxona elektron katalogi. 6.Materiallar bazasi. 7.Lokal va hisoblash tizimi. 8.Elektron pochta. 9.Ovozli elektron pochta. 10.E'lonlar elektron doskasi. 11.Telekonferentsiya tizimi. 12.Elektron tipografiya.
Ko`rsatilgan yangi axborot texnologiyalarining kamida yarmi hozirgi kunda oliy o`quv yurtlarida foydalanilmoqda. Quyida biz masofaviy ta'lim tizimida yangi axborot texnologiyalaridan foyda-lanish tizimi va vositalarini ko`rsatamiz.
O`qituvchining eng muhim vazifalaridan biri sinfni boshqarish talabalar xulqini boshqara bilishdir. Chunki sinfda bazan shunday vaziyatlar sodir bo`ladiki, uni yechish o`qituvchi mahoratiga bog`liq. Sinfni samarali boshqarish ko`nikmasi talimdagi eng muhim vazifalardan biri bo`lib, u izchillikni, xaqiqatni himoya qilish, botirlik va “Sog`lom fikrni” talab qiladi. Shuningdek o`qituvchi o`quvchilarning psixologik xususiyatlarini yaxshi bilishini va psixologik bilimlarga ega bo`lishini ham taqozo qiladi. Bu ko`nikma, xatolarni anglash va uni o`z vaqtida bartaraf etish kabi tajribalar davomida shakllanadi.
Kuzatishlar shuni ko`rsatadiki, ko`pgina yosh o`qituvchilar sinfda paydo bo`ladigan vaziyatlarni bartaraf etishga qiynaladilar, sinfni samarali boshqara olmaydilar. Tajribali o`qituvchilar bu sohada malum bir muvaffaqiyatlarni qo`lga kiritganlar. Shu sohadagi bazi bir takliflarni etiboringizga xavola qilamiz.
Sinf xonasida:
O`qituvchi har doim talabaning ishi va xulqini nazorat qila olishi lozim. Shuningdek, o`qituvchi sinf xonasidagi hamma predmetlar joyini, hatto eshik uning stolidan qancha uzoqlikda, boshqa narsalar qaerda joylashganligini bilishi lozim.
Xonada foydalanishi mumkin bo`lgan joylar qulay va harakatlar erkinligiga halaqit bermasligi kerak.
Talaba o`qituvchining har bir harakatini aniq ko`rishini taminlash kerak.
Sinfda foydalaniladigan narsalar hammasi joyida va foydalanish uchun qulay holda bo`lishi zarur.
Talabaning xulqiga tasir etish:
O`qituvchi talabalar xulqini qanday bo`lishi kerakligi haqida namuna ishlab chiqadi va kaysi holatda o`zini qanday tutish kerakligini ko`rsatib turishi lozim.
Avvalo xulqqa oid qoidalar talabalarga o`rgatilishi, keyin nazorat qilib borilishi lozim.
Xulq nazoratini muntazam tashkil qilish lozim.
Sinfda paydo bo`lgan muammoli vaziyatlarni o`qituvchi mohirona va adolatli hal qilsa talabalar xulqida ijobiy sifatlar shakllanadi.
Amaliy mashg`ulot:
“Sinfni boshqarishga doir masalalar yechish”. Masala: “Siz dars beradigan 8-sinfda bir nechta tartibsiz o`quvchilar bor. Ular javobga chiqqan o`quvchilar fikrini bo`ladilar, yoki aytib turadilar. Darsni yaxshi o`tishiga halakit berdilar. Maktab direktori endigina oliy o`quv yurtini bitirib kelgan o`qituvchidan:“Siz ularni nima qilasiz?”- deb so`radi. “Sinfdan chiqarib yuboraman”, - dedi yosh o`qituvchi.
Savollar:
O`qituvchi to`g`ri ish qiladimi?
Siz o`quvchini darsdan chiqarib yuborishga qanday qaraysiz?
Bunday hollarda qanday chora ko`rish kerak? Mashg`ulotda sinfni boshqarishga doir masalalar yechiladi yoki rolli o`yinlar o`tkaziladi.
Hozirgi zamon ta'lim tizimida masofaviy o`qitish ta'limning qulay turi sifatida kirib
keladi. Masofaviy ta'lim ma'lumot olishning shunday shaklidirki unda kunduzgi va sirtqi ta'lim bilan bir qatorda ma'lumot jarayonida ta'limning kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan afzal an'anaviy va innavatsion metod, vosita va shakllaridan keng foydalaniladi.
Masofaviy ta'limning tarkibiy qisimlari quydagilar:
O`qituvchi, o`quvchi va kommunikatsiya.
Masofaviy ta'lim vositasida o`quvchi uchun qulay bo`lgan joyda individual jadval asosida maxsus imkoniyatlar, telefon, elektron aloqa va boshqa ta'lim vositalari yordamida bir maqsadga qaratilgan nazorat qilish mumkin bo`lgan ta'lim jarayoni tashkil etiladi.
Masofaviy ta'limda ma'lum maqsad asosida ta'lim sub'ekti va ob'ektining ta'lim vositalari yordamidagi o`zaro ta'siri amalga oshadi. Ma'lumot jarayoni o`ziga xos pedagogik tizim elementlarini o`z ichiga oladi, bular: ta'lim maqsadi, ta'lim mazmuni, ta'lim metodlari va vositalari ta'limning tashkiliy shakllari, nazorat qilish, o`quv- moddiy, finans-iqtisodiy, normativ-huquqiy asoslar, marketing kabilar.
Masofaviy ta'lim tizimi insonparvarlik printsipiga asoslanadi. Ya'ni hech kim kambag`allik, geografik muammolar ijtimoiy himoyalanganlik va boshqa sabablar tufayli bilim olish huquqidan mahrum bo`lmasligi lozim.
Masofaviy o`qitishda o`qituvchi talabaga o`quv materialini “Internet” tizimi orqali yuboriladi. Ushbu kurs bo`yicha ta'lim olishni istagan o`quvchilar veb saytga murojaat qilib, nazariy bilimlarni oladilar, amaliy topshiriqlarni bajaradilar va o`qituvchiga javobni elektron pochta (e-mail) orqali jo`natadilar. O`qituvchi o`quvchi tomonidan bajarilgan topshiriqni tekshirib, javobni yana elektron pochta orqali o`quvchiga yuboradi. Zarur bo`lsa kerakli ko`rsatmalar beradi.
O`quv jarayonida o`quvchi darslikdagi, elektron kutubxona va elektron darsliklardan, videokonferentsiyalardan foydalanadi. Masofada o`qitish bu mustaqil o`qishdir. Mustaqil o`qish davrida o`quvchida mustaqil fikrlash, o`z-o`zini nazorat qilish va boshqarish qobiliyatlari rivojlanadi.
Masofadan o`qitishda o`quvchi berilgan dasturni qanchalik tez o`zlashtirsa, shunchalik tez o`qishini tugatadi va o`qitishni tugatganligi to`g`risida sertifikat oldi.
Masofadan o`qitishning uslubiy vositalari quyidagilar: a) darslik;
b) audio va vidiodarsliklar;
v) veb-saytlar;
g) elektron kutubxonalar;
d) matnlar;
ye) elektron darsliklar.
Albatta, foydalanuvchi ixtiyorida masofadan ta'lim olishda multimediyali kompyuter, modem va telefon orqali mavjud bo`lishi kerak. XXI asrda masofaviy ta'lim eng istiqbolli insonparvar ta'lim va ta'limning integral shakli sifatida ta'lim tizimiga kirib kelmoqda. XXI asr ta'lim jarayoniga global texnologiyaning kirib kelishi bilan ham xarakterlanadi. Chunki bozor iqtisodiyoti talablari o`z-o`zidan ta'lim jarayonini dunyo standartlari darajasida takomillashtirishni taqozo etadi. O`zaro aloqadorlikga doir talablar: materillar oqimi, faktlar oqimi, maoliyaviy jarayonlar
Hozirgi kunda masofadan o`qitish dunyoning ko`pgina rivojlangan mamlakatlarida keng tarqalgan va qulay ta'lim shakli sifatida rivojlanmoqda. Masalan, Finlandiyaning Oulu universitetida, Buyuk Britaniyaning London Metropolitan universitetida, Gollandiyaning Fontis universitetida, Janubiy Koreya respublikasida masofaviy o`qitish texnologiyasi keng yo`lga qo`yilgan bo`lib, unda talabalar va boshqa soha mutaxassislarining malakasini oshirish sohasida samarali qo`llanilib kelinmoqda.
O`z-o`zidan ma'lumki, dunyoga yuz tutayotgan O`zbekiston uchun ham bu ta'lim turi uzoq kelajak emas. Shuning uchun ham O`zbekiston o`quv yurtlarida ham ba'zi bir islohotlarni amalga oshirish davr talabi. O`qitishdagi axborot texnologiyalar bu o`qitish faoliyatida qo`llaniladigan elektron vositalar va ularni ishlatish usullari majmuidir. Elektron vositalar tarkibiga apparatli, dasturli va axborotli komponentlar kiradi. Ularni qullash ko`rsatmalari o`qitishdagi axborot texnologiyalarni metodik (uslubiy) ta'minotida keltiriladi.
Masofaviy ta'lim bu o`qitishning insonparvar shakli bo`lib, an'anaviy, yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanishga asoslanadi. Bunda texnik vositalar o`quv materialini mustaqil o`zlashtirish, o`qituvchi va o`quvchi orasidagi muloqot uchun xizmat qiladi. Shunga ko`ra masofaviy o`qitish kommunikatsiya va axborotni qayta ishlashning yangi texnik vositalari va sirtqi ta'limning asosiy usullariga tayanishi kerak. Bu o`z navbatida masofaviy ta'lim tizimini tashkil etish to`g`risida gapirishga imkoniyat beradi. Masofaviy ta'lim tizimi apparatli, dasturli va uslubiy vositalarning murakkab kompleksi bo`lib, o`z ichiga server va ishchi stantsiyalar, shaxsiy kompyuterlar kommunikatsiya vositalari, umum sistemali va tarmoqli dasturlar ta'minotiga, lokal va markazlashgan bilim va axborot banklarini boshqaruv sistemalari, o`rgatuvchi dasturlari va shu dasturlarni yaratish uchun instrumental vositalariga ega bo`lgan audio va video texnikalarni oladi.
Masofaviy o`qitish tizimida kontsulyatatsiyalar yangi axborot texnologiyalar yordamida olib boriladi: telefon elektron pochta, video va telekonferentsiya, ko`p hollarda telefon va elektron pochtadan foydalaniladi.
Faol o`qitish metodlari o`qitishning kontaktli va kontaktsiz davrlarida qo`llanilishi mumkin. Kontaktsiz davrda kopyuter tarmoqlari (internet) va audio – videokomopter vositalari qo`llaniladi. Hozirgi vaqtda kooperativl o`qitish metodlari rivojlanmoqda (proektlar metodi, o`quv firmalar metodi). Proektlar metodi deb, o`quvchilarning birgalikdagi o`rganish, ijod va o`yin faoliyatlari tushiniladi. Bu faoliyat kompyuter telekommunikatsiyalari asosida tashkil etilib, umumiy natijaga qaratilgan umumiy maqsad va metodlarga ega bo`ladi. Proektlar metodi bo`yicha o`qiyotgan o`quvchi rejalashtirish va amaliy vazifalarni bajarish jarayonida bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladi. Bu metod XIX asrning ikkinchi yarmida AQSHda vujudga kelib, “bajarish yo`li bilan o`qish” shiorini oldinga surgan pragmatik pedagogikaning nazariy kontseptsiyasiga asoslangan. Hozirgi paytda kompyuter tarmoqlarining didaktik imkoniyatlari bu yo`nalishni qayta tiklashga imkoniyat yaratadi.
Internet ta'lim sohasida katta imkoniyatlarga ega. Internet orqali barcha savollarga javob topish mumkin. Bundan tashqari veb-saytlarni ko`rish va yaratishdan tortib uning dasturlarigacha tekindir. Elektron biznesning va internet orqali biznesning imkoniyatlari cheksizdir.Bunday aloqalar orqali biznesning imkoniyatlari juda katta tezlik bilan o`sib bormoqda va bunday biznes dunyoning eng katta va tez rivojlanib borayotgan industriyalarining biriga aylanib bormoqda.Pedagogik texnologiyada samaradorlikni ta’minlash, darsni to‘g‘ri rejalashtirish va oldindan loyihalashning o`ziga xosligi
O`qituvchi mahorati darsni aniq rejalashtirishda o`z aksini topadi. Darsni shunday rejalashtirish lozimki unda nima qilinishi mo`ljallanayotganligi aniq o`z aksini topsin va boshqacha reja tuzish mumkinligiga o`rin qolmasin. Ba'zan yosh o`qituvchilar va amaliyotga chiqqan talabalar faoliyatida darsni rejalashtirish sohasida xatolarga yo`l qo`yilganligining guvohi bo`lamiz. Yosh o`qituvchilar va talabalar faoliyatida yo`l qo`yilayotgan xatolarni quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin.
1.Maqsadda aniqlikning yo`qligi. Ya'ni talabalar aslida nima qilishlari va nimani o`rganishlari aniq belgilanmaydi.
2.Ta'lim maqsadining talablari darsning natijasi bilan to`g`ri kelmagan hollar bo`ladi.
3.O`rganish uchun tavsiya qilingan materiallar darsning maqsadiga to`g`ri kelmaydi.
4.O`qituvchi berayotgan yo`llanmalar talabaning darsda bilimlarni samarali o`rganishini ta'minlamaydi.
5. Dars rejasida ko`rsatilgan talabalarning xulqlri dars maqsadini amalga oshirishning samarali vositasi bo`la olmaydi.
Umuman tuzilgan rejalar qayta ko`rib chiqilishi va xatolarni bartaraf etish ustida ishlanishi lozim.
Dars rejasi sizni va sizning talabalaringizni ma'lum natijalarga erishishingizga asos bo`lishi lozim. Darsni shunday rejalashtirish lozimki uni boshqacha yo`l bilan amalga oshirishga o`rin qolmasin. Har qanday darsning tayanch printsipi rejada aks etishi lozim. Bu printsip darsni eng yaxshi va oson yo`llar bilan samarali maqsadga erishishni ta'minlashini ko`zda tutadi. Shuning uchun ham dars rejasi qo`yilgan maqsadni amalga oshirish uchun bir qancha elementlarni o`z ichiga olishi lozim. Buni quyidagicha ko`rsatish mumkin.
Taxminiy axborot: Bu axborot rejaning chegaralarini va bo`limlarini belgilab beradi, ya'ni: a) dars kimga mo`ljallangan, talabalarning darajalari; b) ma'lum o`quv predmeti; v) darsning qismlari; g) o`qituvchining ismi sharifi.
Reja qismlari: Rejaning qismlari darsda belgilangan maqsadni talabalar tomonidan o`zlashtirilishi va o`qituvchining ta'sirini, talab qilingan material va baholash yo`llarini aks ettirgan bir necha bosqichlarni o`z ichiga oladi. Bu bosqichlarning aniq algoritmi dars loyihasida ko`rsatiladi.Mеtod – lotincha so`z bo`lib,
o`qitishning yangi yo`lini izlash, tushuntirishning oson usulini topish, qidirish dеgan ma’noni anglatadi. Pеdagogik o`quv qo`llanmalarda o`quvchilarni bilim, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirish va ular tomonidan o`zlashtirish usullari o`qitish mеtodi dеb ataladi. Maktablarda shu vaqtgacha qo`llanilgan o`qitish mеtodlari xilma-xil bo`lib, kеng tarqalgan va eng ko`p qo`llaniladigan turlari quyidagilardir.
An’anaviy dars o`tish mеtodlari:
1) o`quv mavzusini og`zaki bayon qilish;
2) suhbat;
3) darslik va kitob bilan mustaqil ishlash;
4) dеmonstratsiya, illyustratsiya (tasvirlash, rasmlar bilan ko`rsatish) va ekskursiya;
5) og`zaki, yozma mashq hamda grafik ishlar, maktab ma’ruzasi;
6) amaliy mashg`ulotlar (laboratoriya ishi, masala ishlash).
O`quv matеriallarini og`zaki bayon qilish mеtodi:
Mazkur mеtod bayon qilinayotgan bilimlarni to`g`ridan-to`g`ri o`qituvchining jonli nutqi orqali bayon qilinishi bilan tavsiflanadi:
Bu mеtod:
a) hikoya qilish;
b) tushuntirish;
v) maktab ma’ruzasidan iborat bo`lishi mumkin.
Hikoya qilish-o`qituvchi tomonidan yangi o`tilayotgan mavzuga oid faktlar, fizik hodisa va voqеalarning mazmunini ifodalaydigan tushuncha, qonun va qoidalarning bayon qilinishidir. Maktab ma’ruzasi mеtodi 10-11- sinflarda qo`llaniladi. Odatda maktab ma’ruzasi mavzuning mazmuniga ko`ra, bir -ikki mavzuning asosiy g`oyaviy yo`nalishini ifodalovchi, tugallangan (yaxlit) tushunchalar tavsifidir. Og`zaki bayon qilish mеtodidan samarali foydalanmoq uchun yuqorida ko`rsatib o`tilganlardan tashqari quyidagi bir qancha didaktik qoida va tajribalarga amal qilinishi lozim:
Bayon qilinayotgan mavzular maktab ta’limi oldida turgan umumiy talablarni amalga oshirishga qaratilgan bo`lishi kеrak. Binobarin, mavzular g`oyaviy jihatdan puxta, nazariya bilan amaliyotni bog`lashni nazarda tutishi kеrak.
Mavzuda o`quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko`rsatish usullari hisobga olinishi kеrak.
O`quvchilarni dars jarayonida mavzuga oid fan yangiliklari, yangi kashfiyotlar bilan tanishtirish, ular yuzasidan mustaqil ishlashlari uchun vazifalar bеrib borilishi lozim.
Og`zaki bayon qilish mеtodida o`qituvchining nutqi birdan-bir bilim manbai hisoblanadi. U ravon, tushunarli va emotsional (ta’sirchan) bo`lishi lozim. Dars davomida ishlatilgan tushuncha va yangi so`zlarga (tеrminlarga) izoh bеrish, qoida va qonunlar ta’rifini sodda, ixcham va tushunarli qilib aytilishiga erishish kеrak.
Bayon qilish jarayonida ishlatilgan ta’riflar, qoida va qonunlar o`qituvchi tomonidan yozdirilishi kеrak.
Suhbat mеtodi:
Suhbat mеtodi tajribada eng ko`p qo`llaniladigan va samarali mеtodlardan biridir. Bu ko`pincha savol-javob mеtodi dеb ham yuritiladi. Chunki mazkur mеtod dars jarayonida savol-javob vositasida olib boriladi. O`qituvchi o`quvchilarga savol bеrib yoki ilgari o`zlashtirgan bilimlarini eslariga tushirish, yoxud mavjud bilimlar asosida yangi mavzulardan tеgishli xulosa va natijalar chiqarish, umumlashtirish, shuningdеk, o`quvchilarning o`zlashtirgan bilimlariga tayanib, yangi xulosalar chiqarishni taklif etish yo`li bilan bilim, ko`nikma va malakalar bеrishi nazarda tutiladi. Suhbat quyidagi maqsadlarda olib borilishi mumkin:
— o`tilgan mavzuning mazmuniga bog`liq holda o`quvchilarning hayotda kuzatgan va tajribada ishlatgan fakt (dalil), narsa va hodisalardan nimalarni bilganliklarini aniqlash;
— o`tilgan mavzu va, hatto ilgari o`tilgan matеriallarni (ma’lumotlarni) qayta esga tushirish;
— o`quvchilarning bayon qilinayotgan ma’lumotni qanchalik idrok qilayotganliklarini aniqlash;
— o`tilayotgan mavzuga oid ma’lumotlar haqida suhbat olib borish;
— bayon qilinayotgan ma’lumotni takrorlash va mustahkamlash;
— o`tilayotgan mavzu yuzasidan xulosa chiqarish, umumlashtirish, qoida va ta’riflar ustida ishlash;
— o`zlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko`nikma va malakalarni hisobga olish;
— uyga bеrilgan topshiriq va mustaqil o`rganilgan ma’lumotlar haqida suhbat o`tkazish.
Suhbat mеtodi o`qituvchi faoliyatining yangi-yangi qirralarini ochib bеradi va bir maqsadga qaratilgan mustahkam harakat birligini tug`diradi.
Darslik bilan ishlash mеtodi
Ta’lim tizimida darslik bilan ishlash mеtodi asosiy o`rinlardan birini egallaydi. Binobarin, darslikdan foydalanmay biror fan, tеxnika yoki san’at sohasini egallab bo`lmaydi. Darslik bilan ishlash ta’lim jarayonida o`qish-o`qitish ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun yordam bеrsa. ikkinchi tomondan, o`quvchilarning kеlajakdagi faoliyati uchun zarur bo`lgan ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni mustaqil o`qib-o`rganish madaniyatini tarkib topdirish bilan birga u bolalarni ko`nikma va malakalar bilan qurollantirishda katta ahamiyatga ega. O`quv adabiyoti bilan ishlash murakkab psixik jarayonni o`z ichiga oladi. O`qish jarayoni o`qituvchi tomonidan bayon qilinayotgan bilimlarni o`quvchilarning eshitib, o`qishlarinigina emas, balki o`quv matеriallarini (ma’lumotlarni) kitob matnidan ko`rib,.ongli idrok qilish faoliyatini ham taraqqiy ettirishni nazarda tutadi.
Darslik bilan ishlash mеtodi ikki shaklda olib boriladi:
— dars jarayonida darslik va o`quv adabiyoti bilan ishlash;
— darslik va o`quv adabiyotlari bilan sinfdan va maktabdan tashqari mustaqil ishlash.
Kitob bilan ishlashning har ikkala shakli o`quv fanlari bo`yicha dеyarli hamma sinflarda qo`llanishi mumkin. O`quvchilarni darslik va boshqa o`quv ma’lumotlari bilan birga qo`shimcha adabiyot, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar, shuningdеk gazеta, jurnallardan foydalanishga ham o`rgatish kеrak.
Dеmonstratsiya, illyustratsiya va ekskursiya (sayohat) mеtodi
Dеmonstratsiya va illyustratsiya o`quv ma’lumotlarini aniq usullar orqali bеvosita idrok qilish jihatidan muhim ahamiyatga ega. O`rganilayotgan buyum va hadisalarni to`liq va aniq tasavvur etgan taqdirdagina o`quvchilarning olgan bilimlari chuqur va puxta bo`ladi. O`quvchilar turmush va tеxnikadagi narsa, hodisa va voqеalarni dеmonstratsiya mеtodi orqali bеvosita ko`rib, idrok qilishlari natijasida ular haqida mustaqil fikr yuritish, tahlil qilish, tеgishli xulosalar chiqarishga muvaffaq bo`la oladilar. Bu mеtod dars davomida yoki darsning ayrim qismlarida qo`llaniladi. Illyustrativ- tasvirlash. Rasmlar ko`rsatish. Maktabda qo`llaniladigan ko`rsatma ma’lumotlar ikki turda bo`lishi mumkin.
Tabiiy ko`rsatma matеriallar: o`simliklar, hayvonlar, foydali qazilmalar, ularning to`plamlari, fizik asbob va boshqalar.
Tasviriy ko`rsatma matеriallar. Bu matеriallar mazmuni, tuzilishi va shakliga qarab ikki turga bo`linadi:
a) buyum, fizik asbob, narsa, hodisa va voqеalarning tasvirini ifodalovchi matеriallar (rasm, surat, fotosurat, diafilm, kinofilm, vidеofilm va hokazolar);
b) fizik asbob, narsa va voqеalarning biror shartli, bеlgilari orqali tasvirlash yoki qisqartirilgan tasviriy ma’lumotlar-chizmalar, jadvallar, diagrammalar va shular singari.
O`quvchilar tomonidan o`rganilayotgan fizik asbob va hodisalar jonli hamda kuzatib idrok etish yo`li bilan bilim asoslarini egallanishiga sayohat (ekskursiya) mеtodi dеyiladi.
Fizika fanidan sayohat o`tkazishda bir qancha talablarga amal qilinishi lozim.
Mazmuniga ko`ra sayohat to`rt yo`nalishda bo`lmog`i lozim:
1) tabiatni kuzatish va o`rganish maqsadida olib boriladigan;
2) sanoat va qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishiga oid;
3) ijtimoiy va maishiy mazmundagi matеriallar bilan tanishishga oid;
4) san’at va adabiyot ma’lumotlari bilan tanishishni nazarda tutuvchi;
O`qituvchi sayohat oxirida o`quvchilar bilan o`zlashtirilgan matеriallarga asoslangan holda kuzatish yuzasidan o`quvchilar bilan suhbat o`tkazadi. O`quvchilar sayohat yuzasidan hisobot yozadilar.
5) Amaliy mashg`ulotlar (og`zaki, yozma va grafik masalalar еchish, laboratoriya ishlarini bajarish)Og`zaki, yozma va grafik masalalar ishlash mеtodi muhim didaktik ahamiyatga ega bo`lib, dеyarli u hamma sinflarda va hamma o`quv fanlari bo`yicha kеng qo`llaniladi. Masala ishlash mеtodi o`quvchilar o`zlashtirgan bilim, ko`nikma va malakalarni mustahkamlash, tеkshirib ko`rish, takrorlash, shuningdеk, ularni turmushda qo`llay olish qobiliyatlarini taraqqiy ettirish maqsadida olib boriladi.Mashg`ulotdan kuzatiladigan maqsad o`quvchilarning mustaqil bajaradigan ishlarining xususiyatlariga qarab uch turda olib boriladi:
a) og`zaki mashq;
b) yozma mashq;
v) grafik ishlar mashqi.
O`quvchilarga mashq uchun bеriladigan topshiriqlar albatta, ilgari o`zlashtirilgan qoida va qonunlarni o`z ichiga olishi lozim. Ba’zan o`quvchilar fizik qoida va formulalarni, matеmatik yoki gеomеtrik tеorеmalarni yaxshi o`zlashtirgan bo`lsalarda, ularni o`z ichiga olgan mashqlarni ishlay olmasliklari mumkin. Ayni chog`da tеgishli qoida va formulalarni o`z ichiga olgan bunday mashqlarni tartibli ravishda takrorlab borilmog`i lozim. Agar topshirilgan mashqlar bir nеcha yo`llarni o`z ichiga olgan bo`lsa, bunday hollarda mashq rеjasini tuzish va shu asosda ishlash talab etilishi kеrak. Masalan, mashq uchun bеrilgan masalaning mazmuni, nima qilish zarurligi, nima bеrilgani, nimani topish talab qilinishi, ishni nimadan boshlash kеrakligi, qanday mеtoddan foydalanish mumkinligi bеlgilanmog`i lozim. Bu o`rinda o`quvchilarga o`zlarini o`zlashtirgan qoida va qonunlar asosida misol va masalalar tuzdirish muhimdir. Grafik ishlar ham yozma ishlar jumlasiga kirib, o`quvchilarning o`zlashtirgan yoki o`zlashtirayotgan bilimlarini ongli va mustahkam esda saqlab qolishlari hamda shu sohada tеgishli ko`nikma va malakalar hosil qilishlariga yordam bеradi.
Laboratoriya mashg`ulotlarini o`tkazish mеtodi.
Laboratoriya mеtodi ta’lim jarayonida o`quvchilar tabiatdagi narsa va hodisalar, ularning shakli, hajmi, tarkibi, tuzilishi, o`zgarishi va taraqqiy etish qonunlari haqida yangidan-yangi bilimlar bеrish va mustahkamlash hamda ularning tеgishli ko`nikma va malakalar hosil qilishlarida muhim ahamiyatga ega. O`quvchilar tomonidan fizika xonasida narsa va hodisalarni maxsus jihozlar vositasida (o`lchov asboblari, tajriba jihozlari va tajriba uchun kеrak bo`lgan asbob va anjomlar kabilar yordamida) bеvosita o`rganishga laboratoriya ishlari dеb aytiladi. Laboratoriya mеtodi VI-IX sinflarda, akadеmik litsеy va kasb-hunar kollеjlarining I,II, va III kurslarida fizika, ximiya, biologiya va tabiiy gеografiya fanlarini o`qitishda qo`llaniladi. Laboratoriya mashg`ulotlari maxsus jihozlangan laboratoriya xonasi hamda tеgishli apparat, asbob-uskunalar, mikroskop, lupa, kolba, mеnzurka, o`lchov asboblari bilan ta’minlangan oddiy sinf xonalarda, maktabning tajriba uchastkalarida olib boriladi. Odatda laboratoriya mashg`ulotlari o`qituvchi tomonidan ilgari og`zaki bayon qilish-tushuntirish, hikoya qilish, maktab ma’ruzasi va suhbat mеtodi bilan o`tilgan ma’lumotlarni aniqlash, isbot qilish va mustahkamlash maqsadida olib boriladi. Ba’zan bunday mashg`ulotlar yuqori sinflarda ham yangi bilim bеrish maqsadida qo`llaniladi. Ko`pincha laboratoriya darsi mashg`ulotning tavsifiga qarab uch turda: kuzatish; tajriba yoki ekspеrimеnt o`tkazish; tеgishli asbob uskunalar vositasida muayyan biror narsani o`lchab yoki tеkshirib ko`rishda qo`llaniladi. Bitta laboratoriya mashg`ulotida ikki yoki uch xil mеtod qo`llanilishi mumkin. O`qituvchi o`quvchilarning mustaqil ish boshlashlaridan oldin tajribaning muvaffaqiyatli chiqishiga erishish uchun ularga tеgishlicha yo`l-yo`riq bеrishi mumkin.
|