|
-rasm. Burilma yakorli magnitli yuritkichning tarkibiy tuzilishi
|
bet | 2/5 | Sana | 04.01.2024 | Hajmi | 2,97 Mb. | | #130123 |
Bog'liq 1 kurs er mavzu2-rasm. Burilma yakorli magnitli yuritkichning tarkibiy tuzilishi:
1-asos; 2, 9-qo’zg‘almas va qo’zg‘aluvchan kontaktlar; 3, 7, 8-prujinalar; 4-qo’zg‘almas magnit o’tkazgich; 5-chulg‘am, 6-yakor; 10 -izolatsion kamera;11-issiqlik relesi.
Boshqaruv g’altagi tarmoqdan uzilganida magnit maydon kuchlanganligi so’na boshlaydi va prujina (3) ta’sirida yakor chekka o’ng holatni egallaydi va natijada kommutatsiyalovchi kontaktlar ajraladi.
Sanoatda to’g’ri yuruvchi qo’zg’aluvchan tizimli ПМЕ va ПМ rusumli yuritkichlardan keng foydalaniladi.
ПМ rusumli yuritkichlar rotori qisqa tutashtirilgan asinxron motorlarni to’g‘ridan to’g‘ri tarmoqqa ulash va masofadan turib ishga tushirish va to’xtatish uchun xizmat qiladi. Bu yuritkichlar issiqlik relesi РТЛ yordamida motorni ruxsat etilmagan davomlilikdagi o’ta yuklanishdan va fazalardan biri uzilganida vujudga keluvchi katta qiymatli toklardan himoya qiladi. Nominal kuchlanishi 380 V va toki 10—63 A ga mo’ljallangan yuritkichlarning kontaktorlari Ш-simon rusumli va toki 80—200 A ga mo’ljallanganlariniki esa П-simon rusumli to’g‘ri yuruvchi tizimga ega bo’ladi.
O’rtacha quvvatli (17—75 kVt) hamda 380/500 V kuchlanishli asinxron motorlar burilma qo’zg‘aluvchan tizimga ega bo’lgan ПА rusumli magnitli yuritkichlar yordamida boshqariladi (5.11-rasm). Yuritkich metall asos (1) ga yig‘iladi. Qo’zg‘almas kontaktlar (2) izolatsion kamera (10) ichiga, ko’prik rusumidagi qo’zg‘aluvchan kontaktlar (9) esa yakor (6) ga o’rnatilgan. Kontaktlar kontakt prujinalari (8) bilan bosiladi, zanjirning ikki marta uzilishi esa yoyning so’nish sharoitini yaxshilaydi.
Chulg‘am (5) li qo’zg‘almas magnit o’tkazgich (4) amortizatsiyalovchi prujinalar (3) ga o’rnatilgan. Yuritkichning qo’zg‘aluvchan tizimi o’zining og‘irligi va prujina (7) hisobiga uzilgan holatga qaytadi. Yakor titrashining oldini olish uchun elektromagnit qutbiga qisqa tutashtirilgan o’ram o’rnatilgan. Motorlarni o’ta yuklanishdan himoya qilish uchun yuritkich ichiga issiqlik relesi (11) o’rnatilgan.
Elektromexanik rele sxemasi odatda to'rt jufti ochiq va bir juft yopiq kontaktlar bo'lgan boshqaruv katushkasini ko'rsatmoqda
Sinov savollari:
Boshqaruv mexanizmini aytib bering?
Burilma yakorli magnitli yuritkichning tarkibiy tuzilishi tushuntiring?
Relelar nima uchun xizmat qiladi?
Relening tuzilishini ko’rsating?
9 mavzu: Elektr stansiyalari uskunalarini ta’mirlash bo’yicha kondensat
Reja:
Reostat — aktiv qarshilikdan iborat va kommutatsiyalovchi qurilmasi yordamida qarshiligi qiymati rostlanadigan elektr apparat.
Bajaradigan vazifasiga ko‘ra reostatlar ishga tushiruvchi (elektr motorlarni ishga tushirish uchun), ishga tushiruvchi-rostlovchi (elektr motorlarni ishga tushirish va aylanish tezligini rostlash uchun) va qo‘zg‘atish (elektr mashinalarning qo‘zg‘atish chulg‘amlaridagi tokni rostlash uchun) turlarga bo‘linadi. Reostatlar metall, suyuq va ko‘mir materiallardan tayyorlangan xillarga bo‘linadi.
Reostatlarda elektr energiyasi issiqlikka o‘zgartiriladi va ularni sovitish yo‘li bilan rezistorlardan tashqi muhitga uzatiladi. Rezistorlar sovitish usuli bo‘yicha havoli, moyli yoki suvli turlarga ajratiladi.Sanoat korxonalarining elektr qurilmalarida, asosan, metall rezistorli havoli yoki moyli sovitiladigan reostatlar qo‘llaniladi. Ishga tushiruvchi va ishga tushiruvchi-rostlovchi reostatlarning ko‘pchiligida rezistorlarni pog‘onali ulab qiymati rostlanadi.
Ishga tushiruvchi va ishga tushiruvchi-rostlovchi reostatlarning rezistorlari simdan ramkaga o‘ralgan (5.14-a rasm), ramkaga lenta ko‘rinishida o‘ralgan (5.14-b rasm), quyilgan cho‘yan elementlar (5.14-d rasm) va sim o‘ralgan karkasli (5.14-e rasm) ko‘rinishlarda
|
| |