5.14-rasm. Reostatlarning qarshilik elementlari (rezistorlari):
a — simdan ramkaga o‘ralgan; b — ramkaga lenta ko‘rinishida o‘ralgan;
d — cho‘yandan quyilgan; e — karkasli. 1 — chiqish uchlari; 2 — sim qarshilik; 3 — lenta
qarshilik; 4 — ramka; 5 — izolatsiyalangan sterjen; 6 — elementlar paketi orasidagi izolator;
7 — elementlar orasidagi izolatsion shayba; 8 — cho‘yan
qarshilik elementlari; 9 — tayanch ustuni; 10 — chinni quvurchali karkas.
tayyorlanadi. Reostatlarning metall rezistorlari eng ko‘p shikastlanadigan qismidir.Reostatlarni ta’mirlash tarkibiga shikastlangan rezistorlar, kontakt qismlarini, izolatsiyalovchi detallari va boshqaruv mexanizmlarini ajratib olib ta’mirlash yoki yangisi bilan almashtirish, ulanish sxemalarini yig‘ish, ta’mirlangan reostatni yig‘ish va rostlash amallari kiradi.Reostatlarni ko‘zdan kechirish va ta’mirlash vaqtida apparatning barcha ichki qismlari chang va iflosliklardan tozalanadi, mahkamlovchi vintlarning, kontakt va kontakt qurilmalarining holatlari tekshiriladi. Bo‘shab qolgan gaykalar tortib qo‘yiladi, oksidlanib qolgan kontakt yuzalari mayda tishli egov bilan tozalanadi, qo‘zg‘aluvchan kontaktning qo‘zg‘almas kontakt bilan tegib turishi buzilgan joylari tiklanadi va bosilish kuchi rostlanadi (kontaktlarning bosilish kuchi reostatning o‘lchamlariga bog‘liq ravishda 10—25 N/sm2 oraliqda bo‘lishi kerak). So‘ngra simli yoki lentali rezistorlar o‘ramlarining butunligi va sozligi tekshiriladi. Shikastlangan rezistorlar ta’mirlanadi yoki yangisi bilan almashtiriladi. Kuygan rezistor xuddi shundayi bilan almashtiriladi. Keyin o‘rnatilgan rezistorni mahkamlovchi xomutlar ham xuddi avvalgisinikidek o‘rnatilishi kerak. Qarshiliklarning pog‘onali taqsimlanishi ham avvalgidek saqlanishi kerak. Reostatning ixtiyoriy biror nuqtasidagi qarshilik qiymatining hisoblangan yoki pasportida keltirilgan qiymatidan farqi uzog‘i bilan 10 % dan oshmasligiga ruxsat etiladi.
Ramkaning kichik bir qismida shikastlangan o‘ralgan simli yoki lentali qarshilikni olib tashlab, o‘rniga mos markali va kesim yuzali sim yoki lenta o‘raladi, o‘ramlar soni olib tashlangan o‘ramlar soniga teng bo‘lishi kerak. Yangi o‘ralgan sim yoki lentaning uchlari reostatning shikastlanmagan sim yoki lenta uchlari bilan elektr yoy yordamida payvandlanadi. Shikastlangan quyilgan cho‘yan rezistorlar payvandlanmaydi, ular yangisi bilan almashtirilishi lozim.Barcha turdagi reostatlarni ta’mirlash vaqtida kontaktlarining holatiga alohida e’tibor berilishi kerak. Kontaktlar benzin bilan tozalanadi va toza latta bilan artiladi, ozgina kuygan kontaktlarning yuzalari mayda tishli egov bilan egovlanadi.Shikastlangan elektr izolatsion detallar (izolatorlar, vtulkalar, shaybalar, qistirmalar va b.) yangisi bilan almashtiriladi. Reostatning shikastlangan detallari va qarshilik detallari o‘rniga o‘zining fizik va
kimyoviy, mexanik mustahkamligi, issiqlikka chidamliligi va boshqa ekspluatatsion ko‘rsatkichlari bilan qolishmaydigan yoki undan yuqori bo‘lgan materiallardan ta’mirlovchi tomonidan tayyorlangan detallar bilan almashtirishga ruxsat etiladi.Qarshilikning alohida elementlari yoki elementlarning guruhlarining o‘zaro bog‘lanishlari mavjud reostat sxemasiga ko‘ra yig‘iladi.
Hamma ta’mirlash ishlari bajarilib bo‘linganidan so‘ng qarshilik elementlarining chulg‘amlari elektr zanjirlari, sxemaning to‘g‘ri yig‘ilganligi, elementlararo izolatsiyaning ishonchliligi, kontaktlovchi cho‘tkalarning silliq yurishi va harakatini chegaralovchi tayanchlarning to‘g‘ri qo‘yilganligi tekshiriladi. Zarur holatlarda ta’mirlangan reostat sinovdan o‘tkaziladi: reostat toki nominal qiymatidan oshmasligi kerak,2 soat davomida nominal tok bilan ishlagan reostat chulg‘amlari harorati 250°C dan oshmasligi kerak. Havo bilan sovitiladigan reostatlarning kontaktlari oksidlanishdan himoyalash maqsadida yupqa texnik vazelin bilan qoplanadi. To‘liq ta’mirlangan reostat metall sirt ichiga o‘rnatiladi va mustahkam mahkamlanadi.
Moy bilan to‘ldirilgan reostatlarni ta’mirlash ham xuddi havoli reostatlarni ta’mirlashdek amalga oshiriladi. Moy to‘ldirilgan reostatlar (moy bilan sovitiladigan) baki iflosliklardan tozalanadi, kerosin bilan yuvib tashlanadi, bak tozalangan quruq transformator moyi bilan to‘ldiriladi, shundan so‘ng reostat bakka tushiriladi va mahkamlanadi.
Tarqatish qutilarini nosozliklarini aniqlash va ularni ta’mirlash.
Taqsimlash shchitlari ularni bemalol kuzatib turish va saqlagich
larni almashtirish uchun qulay joyga — maishiy xonalarda 1,5—1,8 m
balandlikda, ishlab chiqarish xonalarida — 1,2—1,4 m balandlikdagi
maxsus tokchalarga o’rnatilishi lozim. Shchitning izolatsiyalanmagan tok
o’tkazuvchi qismlaridan yonmaydigan (g‘isht, beton) devorlargacha bo’lgan
oraliq kamida 15 mm, yog‘och devorlargacha kamida 50 mm bo’lishi zarur. Shchitlarning panelida simlar o’tkaziladigan old va yon tomonlaridagi
teshiklarga izolatsiyalovchi vtulkalar qo’yiladi. Shchitlarning panellariga har bir chiqib ketayotgan nomer va qayerda ishlatilishi yoki liniya boradigan sexning nomi yozib qo’yiladi.
Shchit joyiga o’rnatilgandan va mahkamlangandan keyin uning
saqlagichlari kontaktiga guruhli liniyalarning simlari biriktiriladi. Ba’zi hollarda, masalan, devor bilan shchit orasidagi masofa kichik bo’lganda, bu tartib o’zgartirilishi ham mumkin, ya’ni oldin simlar saqlagichlarga biriktirilishi, so’ngra shchit joyiga o’rnatilishi va mahkamlanishi mumkin.
Ta’minlash liniyalari va chiqish simlarining guruhlari shchit orqasidagi chiqish kontaktlariga, bunda ularning faza simlari saqlagichlarning markaziy kontaktiga biriktiriladi.
Kuchlanishi 380/220 V li elektr tarmoqlarida bir qavat chegarasida elektr energiyani taqsimlash va hisobga olish uchun ШУЭ markali qavat shchitlaridan foydalaniladi.
Yoritish tarmog‘ining ШУЭ shchitidan chiqadigan yoritish tarmog‘i ayrim guruhlari shchitchaning alohida seksiyasida joylashgan paketli uzgichlar vositasida ulanadi va uziladi. ШУЭ shchiti hisoblagichlarning ko’rsatkichlarini kuzatish va avtomatlar hamda ШУЭ shchitchasi uzgichlari bilan boshqarish
eshigini ochmasdan, undagi maxsus darcha orqali bajariladi.
ШУЭ shchitchasi o’lchamlari 900*450 mm va chuqurligi 200 mm li
tokchaga o’rnatiladi. Shchitchada maxsus qismalar (У730) bo’lib, ularga 35 mm2 gacha kesim yuzali mis va aluminiy simlarni biriktirish mumkin.To’la yig‘ilgan holda korxonadan keltirilgan taqsimlash shkaflari va shchitlarni montaj qilish ularni qurilish ishlari jarayonida oldindan
tayyorlangan poydevor ramalariga o’rnatishdan boshlanadi. Shkaf va shchitlar loyihaga va ularni tayyorlagan korxonaning ko’rsatmalariga muvofiq qat’iy vertikal holda o’rnatilishi va rama, devor yoki boshqa
konstruksiyalarga yaxshilab mahkamlanishi lozim. Ampermetr, voltmetr va boshqa asboblar bilan jihozlangan taqsimlash shkafi va shchitlarni montaj qilayotganda, bu asboblarni taqsimlash qurilmalarini o’rnatish, moslash va mahkamlash vaqtida bo’ladigan silkinishlar natijasida shikastlanmasligi uchun olib qo’yish tavsiya etiladi. Montaj ishlari tamom bo’lgandan so’ng
olib qo’yilgan asboblar o’z o’rniga o’rnatiladi, shkaf va shchit hamma elementlarining holati va ishlashi tekshirib ko’riladi. Rubilniklarning kontakt pichoqlari ularning jag‘lariga zarb va kuch bilan urilmasligi, lekin
kontaktlarda lozim bo’lgan bosimni hosil qilish lozim. Agar qalinligi 0,05 mm va eni 10 mm li shchup rubilnikning pichog‘i bilan jag‘i orasiga ko’pi
bilan 6 mm kirsa, kontaktlardagi bosim normal hisoblanadi.
Saqlagichlarning jag‘lari patronlarning kontakt qismlariga zich tegib turishi lozim. Patronlar o’z og‘irligi va yuzaga keluvchi qisqa tutashuv toklari ta’sirida hosil bo’ladigan elektrodinamik kuchlar ta’siriga tushib qolmaslik uchun jag‘larda mahkam ushlab turilishi lozim.
Rubilniklarning yuritmalari holatini ko’rsatuvchi fiksatorlar doim aniq va yaxshi ishlashi lozim.
Nazorat qilish va o’lchov asboblarining boshlang‘ich va oxirgi nuqtalari asboblar o’rnatilgan panelning bo’ylama chetiga parallel bo’lgan bitta chiziqda yotishi lozim.
Yerga ulangan konturdan shchitga keladigan yerga ulash shinasi poydevorga payvandlab va taqsimlash qurilmasining karkasiga (payvandlab yoki boltlar bilan) ishonchli biriktirilishi lozim.
Taqsimlash qurilmasining tok o’tkazuvchi qismlari izolatsiyasining yerga ulangan karkasga nisbatan qarshiligi 0,5 MW dan kam bo’lmasligi lozim.
Izolatsiyasining qarshiligi 1000 V li megoommetr bilan o’lchanadi.
Agar hamma elementlarning tekshirish natijalari qoniqarli bo’lsa,
taqsimlash qurilmasiga ta’minlash va chiquvchi simlar hamda kabellar biriktiriladi, so’ngra chiquvchi tarmoqda yuklanish toklari bo’lganda, mahalliy qizishlarni aniqlash maqsadida, qaytadan ko’zdan kechiriladi.
Kuzatish vaqtida mehnatni muhofaza qilish qoidalariga amal qilish lozim:
kontaktlarda va boshqa birikmalarda mahalliy qizishlarni aniqlash uchun tegishli suyuqlanish haroratiga mo’ljallangan termoo’zgartkichlardan foydalaniladi.
Savollar
1.
10 mavzu: Elektr stansiyalari uskunalarini ta’mirlash bo’yicha ta’minot nasosi Reja:
1.Bug’ turbinalarining guruhlanishi
Bug’ turbinasining ishlash prinsipi
Drosselli bug’ taqsimlash
Bug‘ turbinalari konstruksiyasi, issiqlik jarayoni xarakteri, bug‘ parametrlari va sanoatda ishlatilishiga qarab quyidagicha asosiy guruhlarga bo‘linadi:
pog‘onalar soniga ko‘ra:
bir pog‘onali turbinalar; bu turbinalar kichik quvvatga ega bo‘lib, odatda, markazdan qochma nasoslar va ventilatorlarni aylantirish uchun qo‘llaniladi;
kichik, o‘rta va katta quvvatli aktiv va reaktiv ko‘p pog‘onali turbinalar.
k) bug‘ oqimi harakatiga ko‘ra:
bug‘ oqimi turbina o‘qi bo‘yicha yo‘naluvchi turbinalar;
radial turbinalar; bu turbinalarda bug‘ turbina aylanish o‘qiga perpendikular tekislik bo‘ylab harakatlanadi. Ayrim hollarda katta quvvatli kondensatsion radial turbinalarning oxirgi pog‘onalari o‘q bo‘yicha yo‘naluvchi qilib bajariladi. Radial turbinalar qo‘zg‘almas yo‘naltiruvchi kurakchalarga va faqat aylanuvchi ishchi kurakcha- larga ega bo‘lishi mumkin.
silindrlar (korpuslar) soniga ko‘ra:
bir korpusli (bir silindrli);
ikki korpusli (ikki silindrli);
d) ko‘p korpusli (ko‘p silindrli).
Ko‘p silindrli turbinalar silindrlarining vallari bitta generatorga birlashtirilgan bo‘lsa, bir valli turbinalar deyiladi, agar har bir silindr ayrim generatorga birlashtirilsa, ko‘p valli turbinalar deyiladi.
bug‘ taqsimlanish prinsipiga ko‘ra:
aktiv turbinalar; bu turbinalarda bug‘ning potensial energiyasi kinetik energiyaga qo‘zg‘almas kurakchalarda yoki soploda aylantiriladi; ishchi kurakchalarda esa bug‘ning kinetik energiyasi mexanik ishga aylantiriladi;
reaktiv turbinalar; bu turbinalarda bug‘ kengayishi yo‘naltiruvchi va ishchi kurakchalarda bir xilda amalga oshiriladi.
issiqlik jarayoni xarakteriga ko‘ra:
regeneratsiyali kondensatsion turbinalar; bu turbinalarda ishlatilgan bug‘ atmosfera bosimidan past bosimda kondensatorga kiritiladi;
bitta yoki ikkita rostlanadigan bug‘ olinadigan kondensatsion turbinalar; olingan bug‘ ishlab chiqarish yoki turarjoylarni isitish uchun ishlatiladi, qolgan qismi kondensatorga kiritiladi;
qarshi bosimli turbinalar; bu turbinalarda ishlatilgan bug‘ bir necha atmosfera bosimida sanoat yoki isitish uchun yuboriladi;
qo‘shimcha ulanadigan turbinalar; bunda ishlatilgan bug‘ o‘rta yoki past bosimli silindrlarga kiritiladi.
bug‘ bosimiga ko‘ra:
o‘rta bosimli turbinalar, p = 3,43 MPa, t = 345˚C;
orttirilgan bosimli turbinalar, p = 8,8 MPa, t = 535˚C;
yuqori bosimli turbinalar, p = 12,7 MPa, t = 565˚C;
kritik bosimdan yuqori bosimli turbina, p = 23,5 MPa,
t0 = 560˚C; tkk = 565˚C.
BUG’ TURBINASINING ISHLASH PRINSIPI
Bug‘ turbinasida bug‘ning potensial energiyasi kinetik energiyaga, kinetik energiya esa turbina valining mexanik energiyasiga aylan- tiriladi. Turbina vali bevosita yoki uzatma moslama orqali ishchi mashina bilan ulanadi.
Turbinada bug‘ning potensial energiyasini val aylanishining mexanik energiyasiga aylantirishning turli xil usullari mavjud. Bug‘ potensial energiyasini kinetik energiyaga o‘zgartirish xarakteriga ko‘ra aktiv, reaktiv va aktiv-reaktiv turbinalar farqlanadi.
Turbinaning bug‘ oqib o‘tish qismi ikkita asosiy qismdan — soplo apparati 1 va val 4 ga o‘rnatilgan disk S dan tashkil topgan (1.1- rasm). Diskning aylanasi bo‘ylab ishchi kurakchalar 2 mahkamlangan bo‘lib, ular kanallar hosil qiladi.
1.1-rasm. Bug‘ turbinasining soplosi va ish g‘ildiragi.
Birinchi jarayon soplo apparatida sodir bo‘ladi, bu yerga yuqori bosimli bug‘ kiradi va kengayadi, uning bosimi pasayadi va tegishlicha tezligi ortadi, ya'ni soplo apparatida bug‘ning ichki energiyasi kinetik
energiyaga aylanadi. Ikkinchi ja- rayon ishchi kurakchalari kanal- larida sodir bo‘ladi, bu yerda: bug‘- ning kinetik energiyasi diskning va u bilan bog‘langan turbina valining mexanik ishiga aylanadi.
Bir pog‘onali bug‘ turbinasi quyidagi asosiy qismlardan iborat (1.2-rasm): soplo 4, val 1, disk 2 va unda o‘rnatilgan ishchi ku- rakchalar S, chiqaruv quvuri 6. Val 1 unga o‘rnatilgan disk 2 bilan turbinaning asosiy qismi hisob- lanadi va rotor deb nomlanadi. Rotor korpus 5 da o‘rnatilgan. Val korpusga tirgovuch podship niklar orqali o‘rnatiladi.
2
Bug‘ boshlang‘ich p0 bosimdan oxirgi p bosimgacha bitta yoki bir guruh soplolarda kengayadi. oplolar aylanuvchi disk ka o‘rnatilgan ishchi kurakchalar oldida korpusga o‘rnatilgan.
Soploda bug‘ bosimi pasayishi bilan uning entalpiyasi ham kamayadi, ya'ni soplolarda bug‘ issiqlik energiyasiga aylanadi. Bug‘ning soplodagi kengayishi nati
jasida tezligi c dan c gacha ortadi. Ishchi kurakchalar kanal- larida esa bug‘ tezligi c1 dan c2
gacha pasayadi, ya'ni bug‘ kinetik
energiyasi kamayadi. Bunda bug‘- ning kinetik energiyasi rotorni ay- lantirish uchun sarflanadi, ya'ni rotor aylanish mexanik energiya- siga aylanadi.
Bug‘ning butun kengayish jarayoni faqat qo‘zg‘almas kanallarda, ya'ni soplolarda, kinetik energiyaning mexanik energiyaga aylanish jarayoni esa faqat ishchi kurakchalarda (bug‘ kengaymasdan) sodir bo‘ladigan turbinalar aktiv turbinalar deyiladi.
Bir pog‘onali aktiv turbinalar quvvati 500÷800 kW dan oshmaydi. Kichik quvvatli reaktiv turbina ish prinsipini ko‘rib chiqamiz.
Birlamchi bug‘ halqasimon bug‘ kamerasi 10 orqali kiritiladi (1.3- rasm). Rotorda ishchi va korpusda yo‘naltiruvchi kurakchalar o‘rnatilgan bo‘lib, bu kurakchalar orasida bug‘ o‘tishi uchun kanal mavjud. Bug‘ kurakchalar orqali o‘tib, chiqarish quvuri 1 orqali kondensatorga kiritiladi.
Turbinaning eng kichik solishtirma issiqlik sarfi bilan ishlaydigan quvvati tejamkor (iqtisodiy) quvvati deyiladi. Iqtisodiy quvvatda FIK yuqori qiymatida bo‘ladi.
Turbina uzoq muddat davomida ishlashi mumkin bo‘lgan yuqori chegaraviy quvvati nominal quvvat deyiladi. Nominal quvvat iqtisodiy quvvat bilan teng bo‘lishi yoki undan 5÷20% katta bo‘lishi mumkin. Turbinaning issiqlik hisobi iqtisodiy quvvatga nisbatan olib boriladi. Turbina ishlaganida uning quvvati salt yurishdan tortib nominal quvvatgacha o‘zgarishi mumkin. Turbina quvvati o‘zgarishiga, asosan, bug‘ sarfini, entalpiyalar farqini va bug‘
boshlang‘ich parametrlarini o‘zgartirish orqali erishiladi.
Bug‘ turbinasi quvvatini quyidagi usullarda o‘zgartirish mumkin:
bug‘ni turbinaga kirishda drossellash yo‘li bilan (drosselli bug‘ taqsimlash);
turbinaning birinchi boshqariluvchi pog‘onasi ochiq soplolari sonini o‘zgartirish orqali (soplolik bug‘ taqsimlash);
turbinaning bitta yoki bir nechta oraliq pog‘onalariga birlamchi bug‘ kiritish orqali (tashqi bug‘ taqsimlash).
DROSSELLI BUG’ TAQSIMLASH
Drosselli bug‘ taqsimlash hozir juda kam qo‘llaniladi. Bug‘ soplolarga butun aylana bo‘ylab halqasimon tarzda bitta yoki ikkita birvarakayiga ochiladigan boshqaruvchi drossel klapanlar orqali kiritiladi. Turbinalar nominal quvvatda ishlaganida drossel klapanlar butunlay ochiladi.
Drosselli bug‘ taqsimlash usuli qo‘llanilganida nominal quvvat iqtisodiy quvvatga teng bo‘ladi.
Turbina kichik quvvatda ishlaganida drossel klapanlari qisman yopiq bo‘ladi. huning uchun kichik quvvatda turbinaga kiritiladigan bug‘ning hammasi drossellanadi. Bug‘ni drossellashda yo‘qotishlar sodir bo‘ladi va FIK pasayadi.
1-rasm. Drosselli bug‘ taqsimlash sxemasi
2-rasm. Soploli bug‘ taqsimlash sxemasi:
2, 3, 4, 5 — to‘rtta boshqaruvchi klapanlar.
3-rasm. Tashqi bug‘ taqsimlash sxemasi.
SOPLOLI BUG’ TAQSIMLASH
Soploli bug‘ taqsimlashda bug‘ birinchi pog‘ona soplolariga 3÷10 ta klapanlar orqali kiritiladi. Bu klapanlar soploli yoki boshqaruvchi klapanlar deyiladi. Har bir boshqaruvchi klapan ma'lum soplolar guruhiga xizmat qiladi.
Nominal quvvatda barcha boshqaruvchi klapanlar ochiq bo‘ladi. Quvvat o‘zgarganda boshqaruvchi klapanlar ochiladi yoki yopiladi. Bunday bug‘ taqsimlanishida bug‘ning faqat bir qismi boshqa- ruvchi klapanda drossellanadi va shu sababli yo‘qotishlar drosselli
bug‘ taqsimlashdagiga qaraganda kichik.
Soploli bug‘ taqsimlanadigan turbinaning FIK drosselli bug‘ taqsimlanadigan turbinanikidan katta.
11 mavzu: Elektr stansiyalari uskunalarini ta’mirlash
Reja:
1.Turbinalarning turlari va ularni belgilash
2. Issiqlik ta’minotining suvli tizimlari
Hozirgi paytda turbinalarning quyidagi turlari ishlab chiqariladi: kondensatsion turbinalar, bug1 olinadigan issiqlik ta'minoti turbinalari, qarshi bosimli turbinalar.
Kondensatsion turbinalar faqat elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan.
Bug' olinadigan issiqlik ta’minoti turbinalari issiqlik va elektr energiyasini quratna usulda ishlab chiqarishga mo'ljallangan; bu turbinalar kondensator va bir yoki ikki marta rostlanadigan bug' olish imkonini beradigan moslamalarga ega; bug' olinmagan hollarda ular kondensatsion turbinalar sifatida ishlashi mumkin. Rostlanadigan bug' olish deganda, bug'ning bosimi berilgan qiymatda rostlab turiladigan bug' olishi tushuniladi.
Qarshi bosimli turbinalarning kondensatorlari bo'lmaydi, ularda ishlatilgan bug'ning hammasi issiqlik iste’molchilariga yuboriladi.
Turbinalar quyidagicha belgilanadi: K-300—240/560-kondensatsion turbina, quvvati 300 MVt, turbinaga beriladigan bug'ning boshlang'ich parametrlari 240 at yoki kg/srn2 (24 MPa),560°C.
T - 100-130/565-issiqlik ta’minoti turbinasi, isitish yuklamalarini qoplash uchun mo'ljallangan kondensatorli turbina, quvvati 100 MVt bug'ning boshlang'ich parametrlari 130 at, 565°C.
P T - 5 0 - 130/7-sanoat va isitish maqsadlari uchun bug' olinadigan turbina (Турбина с промышленным и теплофикационным отборами пара). Quvvati 50 MVt bug'ning boshlang'ich bosimi 130 at, turbinadan olinadigan bug'ning bosimi 7at.
P-6-35/5-sanoat maqsadlari uchun bug' olinadigan kondensatorli quvvati 6 MVt, bug'ning boshlang'ich bosimi 35 kg/sm2 (3,5 MPa), turbinada ishlatilib bo'lingan va issiqlik iste’molchisiga yuborilayotgan bug'ning bosimi (qarshi bosim) 5 kg/sm2 (0,5 MPa).
Turbinaning normal quvvati deganda, lining minimal parametrlarida uzoq vaqt davomida ishlab chiqaradigan maksimal quvvati tushuniladi. Turbinadan olinadigan bug‘ miqdorining nominal qiymati turbina nominal quvvat ishlab chiqargan paytda undan olingan bug'ning maksimal miqdoriga tcng bo'ladi.
|