|
Mahmudova Dinoraning Tasviriy san’at tarixi fanidan Malik Nabiyev hayoti va ijodi mavzusida tayyorlagan taqdimoti
|
bet | 2/3 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 172,22 Kb. | | #123863 |
Bog'liq Mahmudova Dinora 11 «Hayotda o‘z qo‘shig‘ini topa olgan, uni qaytarilmas ohangda ko‘pchilikka manzur qilib kuylay olgan san’atkorni baxtli desa bo‘ladi»,— deb ta’kidlagan edi taniqli rassom O‘rol Tansiqboev. Shu ma’noda r assom Malik Nabiev hayoti va ijod yo‘liga nazar tashlasak, u nafaqat o‘z ovoziga, balki baxtiga ham erishgan ustoz san’atkor darajasiga ko‘tarildi.
Yoshligidan tarixiy mavzularga bo‘lgan qiziqish va harakatlari zoe ketmadi. Vaqtlar o‘tishi bilan rassomning tarixdan hikoya qiluvchi rang-lavha, chizma-tasvir va kichik kompozitsiyalari katta-katta polotnolarga aylandi.
1949 yili Al Beruniy vafotniing 900 yilligi munosabati bilan olim portretini yaratish uchun konkurs e’lon qilinadi. Bu konkursda o‘ttiz nafardan ortiq o‘zbekistonlik va boshqa yurtlarning yirik rassomlari ishtirok etishadi. Shu tanlovda Malik Nabiev ham qatnashdi. Musavvirning asarlaridagi buyuk olim obrazi boshqa rassomlar tomonidan ishlangan namunalarga nisbatan to‘laqonli, deb e’tirof etiladi. 1973 yilda esa Bsruniy tavalludiga 1000 yil to‘lishi munosabati bilan ikkinchi marotaba konkurs e’lon qilinadi.
Rassom Malik Nabiev Beruniy obrazi ustida izlanishni davom ettirib va nixoyat ikkinchi marotaba ham konkurs g‘olibi bo‘ldi. Bu portrst konkursdan so‘ng YuNESKOnnng
“Kurer” jurnali muqovasida va xorijiy mamlakatlarniig ko‘pgina jurnal va gazetalarida hamda otkritka, marka, plakat tarzida bir necha bor nashrdan chiqarildi. Portretda ilm muammolarini yechishga chog‘langan, vazmin, nigohi olisni ko‘zlayotgan alloma xarakteri ifoda etilgan. Rassom ilm sirlarini yechish uchun butun vujudi bilan kirishgan insonparvar olim Abu Rayhon Beruniyning butun salobatini tasvirda gavdalantiradi. Suratning keyingi etaplaridagi kitoblar ilm-fanga bog‘liq bo‘lgan buyumlar Beruniyning qomusiy olim va mutafakkir ekanini yanada bo‘rttirib ko‘rsatilishiga xizmat qilgan.
Musavvirning ulkan yutuqlaridan yana biri buyuk shoir, adib, faylasuf va davlat arbobi Zahiriddin Bobur obrazidir. Bobur obrazini yaratish uchun rassom Afg‘oniston, Hindiston va boshqa bir qancha xorijiy mamlakatlarda ham bo‘ldi. Bobur yashagan, ijod qilgan, jang qilgap joylarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. Malik Nabievning Bobur she’riyati bilan batafsil tanishgani, uning achchiq va sermazmun hayotini mukammal o‘rganganligini, Boburning navqiron va to‘laqonli gavdalantirgan portreti vositasida his etamiz.
|
| |