• ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
  • Mahmudova Dinoraning Tasviriy san’at tarixi fanidan Malik Nabiyev hayoti va ijodi mavzusida tayyorlagan taqdimoti




    Download 172,22 Kb.
    bet3/3
    Sana19.12.2023
    Hajmi172,22 Kb.
    #123863
    1   2   3
    Bog'liq
    Mahmudova Dinora 11

    Tasviriy san’atda tarixiy shaxslar obrazini Malik Nabiev ijodisiz to‘liq tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ayniqsa, sohibqiron Amir Temur obraziga rassomning murojaat qilishi sabablari xususida to‘xtalish joizdir. Taqdir taqozosi bilan 1941 yil iyun oyida Amir Temur dahmasi, so‘ngra Mirzo Ulug‘bek va Bibixonim qabrlari ochilganligi ma’lum. Bir oz vaqt o‘tgandan so‘ng qabrdan topilgan ashyolar, jumladan sohibqironning bosh suyagi ham Toshkentdagi O‘zbekiston xalqlari tarixiy muzeyiga olib kelingan. Bu haqda musavvir hikoya qiladi:«M.Gerasimov muzey binosida jahongirniig bosh suyagi asosida haykal portret ishlashni boshlab yuboradi. Men bu jarayonni o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. Nachora, zamon taqozosi ekan. Albatta, bu voqea rostdan ham dahshat! Sohibqironning arvohi chirqirab, ruhi azob chekkan bo‘lishi tabiiy… O‘sha 1941 yildan beri ulug‘ sarkarda siymosini yaratish niyati meni bir daqiqa ham tark etgani yo‘q». Ellik yildan ortiq vaqt ichida Amir Temur obrazini har tomonlama o‘rganish uchun olib borgan tadqiqotlari, izlanishlari haqida so‘zlab berishlarini so‘rashganda rassom shunday fikrlarni bayon qilgan edi:

    Ayniqsa bu holat yuzda ko‘zga tashlanayotgai pishiqlik, chayirlikni tasvirlanishida yanada aniqroq ko‘rinadp. Jiddiy fikr va xayol bilan bandligi esa sohibqironni yanada salobatli qilib ko‘rsatadi. Yelkador, qo‘llari esa bamaylixotir qilichga tayangan holda tasvirlangan. Portretda qo‘l barmoqlari shunday xarakterli tasvirlanganki, bu sohibqiron Temurning mashaqqatli jangu jadallardan mardonavor o‘tganini yana bir bor tasdiqlab turibdi. Sharqona bezatilgan shoh saroyining bir bo‘lagi, derazadan Samarqand shahrining manzarasi ko‘rinadi. Devordagi fonda naqshin bezaklar, sohibqiron o‘tirgan saltanat kursisining badiiy boyligi, shuningdek Amir Temur egnidagi liboslarning o‘ziga xos qimmatbaho ko‘riiishiga ega bo‘lishi tomoshabinga zavq ulashadi.

    Malik Nabiev buyuk inson Amir Temur obrazini tasvirlash borasida katta muvaffaqiyatni qo‘lga kiritdi. Temurni ilm, san’at ahillariga homiylik qilgan ma’rifat homiysi ekanini ham ifodalay oldi. Xullas, Malik Nabiev sharqona xarakterga ega bo‘lgan Temurni uzoq va mashaqqatli jangu jadallardan so‘nggi holatdagi obrazini tasvirlashga erishgan.

    ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


    Download 172,22 Kb.
    1   2   3




    Download 172,22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mahmudova Dinoraning Tasviriy san’at tarixi fanidan Malik Nabiyev hayoti va ijodi mavzusida tayyorlagan taqdimoti

    Download 172,22 Kb.