|
Educational Research in Universal SciencesBog'liq 25-29Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2023
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2023
28
Filtrat tarkibida mavjud bo‘lgan dispers fazaning mayin, changsimon zarralari
qatlamga chuqur kirib borishi mumkin. Ortiqcha bosim ta’siri ostida granulyar
qatlamga filtratni kirish chuqurligi yuvuvchi suyukliqni suv bera oluvchanligi yuqori
bo‘lsa, qatlamni burg‘ilab o‘tish davomiyligiga, xalqa oralig‘idan chiqayotgan oqimni
tezligiga, ortiqcha bosimga va xaroratga bog‘liq. Laminar oqimga nisbatan turbulent
oqim rejimida yuvuvchi suyuqlikni ta’siri qatlamga sezilarli ta’sir etadi. Ortiqcha
bosim ta’sirida yoriq g‘ovaklarga faqat dispers faza emas, balki dispers zarralarni
chuqur kirishi kuzatiladi.
2. Kapillyar kuchlar ta’siri ostida suvli dispersion muhit qatlamga chuqur kirib
boradi va quduqdagi neftni siqib chiqaradi. Sirt tarangligi ortishi bilan kapillyar
kuchlarni ta’siri ostida suvni kirish chuqurligi ortadi.
3. Yuvuvchi suyuqlik tarkibidagi minerallar qatlamni minerallashganiga nisbatan
kam bo‘lsa, mahsuldor qatlamda osmotik massa almashinuvi hosil bo‘lishi mumkin.
Qatlamga yuvuvchi suyuqlikni va uni filtratini kirishi natijasida qatlam kollektori
hossalariga salbiy ta’siri tufayli burg‘ilash so‘ngida qatlamdan suyuqlik olish sharoiti
yomonlashadi. Demak, kolmatatsiya zonani o‘tkazuvchanligini yuvuvchi suyuqlik
dispers fazasi zarralari g‘ovak kanallarni berkitishi natijasida ko‘p marta kamayishiga
olib keladi. Mahsuldor qatlamda deyarli har doim ma’lum bir miqdorda gilli yoki
shunga o‘xshash zarralar mavjud bo‘lib, ular suvga beriluvchandir. Qatlamga kirgan
suv filtratiga bu zarralar to‘yinib bo‘kadi, ya’ni hajmi kengayib g‘ovak kanallarni
qisman yoki to‘liq berkitadi.
Burg‘ilash jarayonida mahsuldor qatlamni ochish uchun eng yaxshi yuvuvchi
suyuqliklar gazsimon agentlar va asosida neft bo‘lgan suvsiz eritmalar, shuningdek
mineral suv fazali emulsion eritmalar hisoblanadi. Maxsuldor qatlamni ochish uchun
tanlanadigan yuvuvchi suyuqliklar quyidagi talablarga javob berishi shart:
1) yuvuvchi suyuqlikni filtrati – gilli zarrachalarni to‘yinishi (bo‘kishiga) yo‘l
qo‘ymasligi, jinsni gidrofilligi oshmasligi va qatlam g‘ovaklaridagi fizik bog‘langan
suv miqdori oshmasligi;
2) filtratni tarkibi shunday bo‘lsinki, uni qatlamga kirishi natijasida fizik yoki
kimyoviy ta’sirlar oqibatida erimaydigan cho‘kindi hosil bo‘lmasin.
3) yuvuvchi suyuqlikni qattiq fazasining granulometrik tarkibi, mahsuldor
qatlamni g‘ovaklik strukturasiga mos kelishi kerak, qattiq fazalar qatlamga chuqur
kirib ketmasligi uchun burg‘ilash eritmasini tashkil etuvchi zarrachalarning diametri
dn
d
1
1
2
umumiy qattiq fazaning hajmidan 5% kichik bo‘lsin.
4) filtrat chegarasidagi sirt taranglik kuchi uglevodorod mavjud qatlamlarda
minimal bo‘lsin.
|
| |