Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2023
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary
Scientific Journal November, 2023
27
oraliqqacha teshilgan). Tizma tushirilgandan so‘ng
quduq kesimining mahsuldor
qatlamdan yuqori qismi sementlanadi.
Qulayligi:
Perforatsiya qilish uchun quduq ustida hech qanday mablag‘
sarflanmaydi va vaqtni ko‘p talab qilmaydi.
Noqulayligi:
Bu usulda har-xil bo‘lgan mahsuldor qatlamlarni ishlatib bo‘lmaydi.
Quduq tubining konstruksiyalari 1-rasmda keltirilgan.
1-rasm.
Quduq tubi konstruksiyasi sxemalari.
1-himoya tizmasi; 2-sementlangan oraliq; 3-mahsuldor qatlam;
4- suvli qatlam; 5- ochiq stvol; 6-paker; 7-filtr; 8-quduq devori;
9-dumcha; 10-perforatsion kanallar.
Qatlamni birlamchi ochish uchun yuvuvchi suyuqlikning
tarkibini va hossalarini tanlash.
Mahsuldor qatlamni burg‘ilash vaqtidan boshlab burg‘ilash eritmasi qatlam bilan
aloqada bo‘ladi va kollektorlar ichiga singib kirishga xarakat qiladi.
Qatlamga
yuvuvchi suyuqlikni kirishi quyidagilarga olib keladi:
1. Burg‘ilash jarayonida ko‘p hollarda quduq ichida
ortiqcha bosim ushlab
turiladi. Agar qatlam granulometrik kollektorlardan iborat bo‘lsa,
ortiqcha bosim
ta’sirida yuvuvchi suyuqlikni dispersli muhiti kollektorlarga kiradi (ko‘pincha bu
kimyoviy reagentlar va tuzlarda mavjud bo‘lgan suv). Dispers faza
zarrachalari quduq
devorlarida tutilib filtratsiya qobig‘ini hosil qiladi yoki qatlamga qisman 1-2 sm kirib,
kolmatatsiya zonasini hosil qiladi.