• Zamonaviy ishlab chiqarish omillari
  • Ikkinchi bosqich
  • – chizma. Ishlab chiqarish jarayonlari




    Download 2.46 Mb.
    bet9/22
    Sana28.05.2023
    Hajmi2.46 Mb.
    #66316
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
    Bog'liq
    Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi
    1 Производная , pedagogika 1, ÒTNA, Otabek Safarov Kurs loyihasi — копия, buxgalteriya hisobi 3mustaqil ishi, 3-2, Sug\'urta M ish, 6 mustaqi ishi, mustaqil ish 2, 2 amaliy ish, Moliya savollari, Kurs ishi 1-1, Psixologiya slayd, 13-MA\'RUZA
    1.1 – chizma. Ishlab chiqarish jarayonlari

    1. Zamonaviy ishlab chiqarish:

    • mehnat ta’limi darslari mobaynida moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratish jarayoni;

    • mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilishning uzluksiz yangilanuvchi jarayoni;

    • ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga erishish jarayoni.

    1. Zamonaviy ishlab chiqarish omillari:

    1. Ishlab chiqarishning rivojlanish bosqichlari:

    Birinchi bosqich – ishlab chiqarishda oddiy asbob-uskunalarning murakkablariga o’tishi orqaligina taraqqiyot kuzatiladi, oddiy turdagi mahsulotlar tayyorlashga ehtiyojlar kuchayadi;
    Ikkinchi bosqich – mashina, mexanizm va stanoklar asosida mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlanadi, tovar bozori xo’jaligi yuzaga keladi va keng doiradagi moddiy va madaniy ehtiyojlar qondiriladi;
    Uchinchi bosqich – xizmat ko’rsatish sohasi yanada rivojlanib, fan ishlab chiqaruvchi kuchga aylanadi, resurslarni tejovchi, “yuqori” texnologiyalarga o’tiladi, bozor iqtisodiyoti oddiy ehtiyojlarni to’liq qondirish va yuqori darajadagi talablarni amalga oshirishga erishadi.
    Mehnat ta’limi mashg’ulotlaridagi bozor – bu ishlab chiqarish jarayonlaridagi aloqa, ularning o’zaro “Ustoz-shogird” faoliyati asosida bilim, ko’nikma va malakalarni shakllanishi bo’lsa, munosabat – o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi muomala hisoblanadi.
    Umumta’lim maktablarining mehnat ta’limi mashg’ulotlari o’tkaziladigan o’quv ustaxonalaridagi moddiy-texnik bazaning yaxshi ta’minlanganligidan unumli va to’g’ri foydalanishni tashkil qilinsa, metalga ishlov berish bo’yicha ishlab chiqariladigan mahsulotlarni ayni foydalanishga qulay qilib, ish unumdorligi va samaradorligini oshiradigan qilib, tayyorlashni o’rganadilar [11], [10].
    Aytaylik, bugungi kunda rangli metallar ishlab chiqarish sanoati rivojlanib, borayotgan bir paytda 7-sinf o’quvchilari rangli metallarga ishlov berish borasidagi bilimlarini yanada oshirishsa, kelgusida rangli metallarga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi turlarining rivojlanishiga sabab bo’ladi. Har bir sohaning ham boshlang’ich bilim, ko’nikmalari qanchalik puxta o’zlashtirilgan bo’lsa, uni amaliyotga tadbiq qilish ham shunchalik puxta va samarali bo’lganidek, metal materiallardan buyumlar ishlab chiqarish, rangli metallarga ishlov berishga doir xalq hunarmandchiligi ish usullarining umumta’lim maktablarida o’qitiladigan mehnat ta’limi darslari ham aynan hozirgi kunda ishlab chiqarish faoliyati bilan uzviylgini ta’minlagan holda o’qitilsa, yurtimizning, xalqimizning ertasi uchun rangli metallardan tayyorlanadigan uy-ro’zg’or va turmushda qo’llaniladigan buyumlarning zamonaviy, sayqallashgan ko’rinishlari vujudga kelishiga zamin hozirlangan bo’lar edi.
    Shu o’rinda mamlakatimiz metallurglari salohiyati oshib borayotganligi, metallurgiya sanoati jadal rivojlanib borayotganligi atrofimizdagi texnika-texnologiyadan yaqqol ko’zga tashlanadi. Avtomobil, poyezd, tramvay, velosiped, muzlatkich va kompyuter ishlab chiqarish uchun, avvalo, metall kerak bo‘ladi.
    “Rangli metallarga ishlov berishga doir xalq hunarmandchiligi turlari bo’yicha ish usullari” mavzusiga oid bo’lgan misgarlik, kandakorlik, pichoqchilik, mixgarlik, taqachilik kabi xalq hunarmandchiligi turlari bugun kengayib va sayqallashib boryapti.
    Misgarlik buyumlarini oladigan bo’lsak, avvalo, mis – qadimdan maʼlum metallardan hisoblanadi. Qadimda Mis rudasini Kipr orolidan qazib olingan, shuning uchun uni orolning nomi bilan Cuprum deb atalgan. Mis tabiatda nisbatan kam tarqalgan. Yer po’stining massa jihatdan 4,7-10~3% ini tashkil qiladi. Mis tarkibida baʼzan temir, kumush, kamdan kam oltin boʻladi. Mis yumshoq, cho’ziluvchan, bolgʻalanuvchan qizgʻish metall. Mis issiqlik va elektr tokini juda yaxshi oʻtkazadi, bu jihatdan faqat kumushdan keyinda turadi. Mis kimyoviy jihatdan unchalik faol emas.
    Mis, asosan, sulfidli mis rudalaridan olinadi. Mis elektr simlari, elektr asboblar va uskunalar ishlab chiqarishda, badiiy buyumlar tayyorlashda, tuzlari esa pigmentlar va sunʼiy ipak olishda, oʻsimlik zararkunandalariga qarshi, teri (kun) sanoatida, mikrooʻgʻit sifatida va tibbiyotda ishlatiladi.

    Download 2.46 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




    Download 2.46 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    – chizma. Ishlab chiqarish jarayonlari

    Download 2.46 Mb.