• ТОШКЕНТ – 2007 Ma’sul muharrir Taqrizchilar
  • Maхsus ta`lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti




    Download 1.66 Mb.
    bet1/90
    Sana31.03.2024
    Hajmi1.66 Mb.
    #183307
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
    Bog'liq
    anmi4 1373 Elektron tijorat
    Документ Microsoft Word, Документ Microsoft Word, Документ Microsoft Word, BTS 2-5 guruh Baxtiyorzoda Barno Ravishning ma\'no turlari, NON-QAYERDAN-KELADI-TOZA, 1-МАСАЛА ИКТ НЯ, Derazamda qor parcha

    MAХSUS TA`LIM VAZIRLIGI
    TOSHKЕNT DAVLAT IQTISODIYOT
    UNIVЕRSITЕTI
    D.M. RASULEV, S.K. VAPOYEV
    ELEKTRON TIJORAT


    O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o’quv-metodik birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan “Informatika va axborotlar texnologiyasi” ta’lim yo’nalishi talabalari uchun o’quv qo’llanma sifatida tavsiya etilgan
    ТОШКЕНТ – 2007


    Ma’sul muharrir


    Taqrizchilar: M.A.Ortiqova, A.X. Nishonov


    Mualliflar: D.M. Rasulev, S.K.Vapoyev

    Elektron tijorat. O‘quv qo‘llanma. - T. : TDIU, 2007. - 186 b.


    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 2007.


    Mundarija



    Kirish……………………………………………………………………………………

    4

    1-MAVZU. ELEKTRON TIJORAT ASOSLARI




      1. Elektron tijorat nima? ...................................................................................

      2. Elektron tijorat asosiy afzalliklari …………………………………………..

      3. Elektron tijorat yuritishning andozalari.........................................................

      4. Elektron tijorat tizimining asosiy ko‘rinishlari va

    ularning qo‘llanilishi ko‘lami…………………………………………...……..….

    6
    8
    9

    34


    2 – MAVZU. ELEKTRON TIJORATDA INFORMATSION JARAYENLAR




    2.1. Shimoliy Amerikada elektron tijorat..............................................................
    2.2. G‘arbiy Yevropada elektron tijorat ................................................................
    2.3. Rossiyaning elektron tijorat loyihalari............................................................

    40
    42
    43

    3 – MAVZU. ELEKTRON TIJORATNING FUNDAMENTAL TAMOYILLARI




    3.1. O‘zbekistonda elektron tijoratning shakllanishi...........................................
    3.2. O‘zbekiston Respublikasining “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonuni…….

    50
    53

    4- MAVZU. ELEKTRON TO‘LOV TIZIMLARINING RIVOJLANISH ISTIQBOLI




    4.1. Elektron tijorat tizimining qurilish texnologiyalari.........................................
    4.2. Internet elektron tijoratning axborot - texnologik muhiti sifatida ..................

    59
    60

    5- mavzu. ELEKTRON BIZNESNI BOSHQARISH




      1. Elektron tijoratning asosiy masalalari...........................................................

      2. Korxona WEB —saytini yaratish..................................................................

      3. Mijozlar bilan o‘zaro aloqalarni boshqarish .................................................

    73
    97
    102

    6-mavzu. ELEKTRON SAVDO




      1. Internetda reklama tadbirlari .........................................................................

      2. Auditoriya hatti-harakatlari ..........................................................................

      3. Rossiya elektron magazinlarining qisqacha tavsifi.........................................

      4. Uyali aloqa ............................................... ...................................................

    111
    138
    141
    152

    7-MAVZU. INTERNET MARKETING UCHUN VEB-SAHIFALAR YARATISH




    7.1. Web -sahifalar yaratishning afzalliklari..........................................................
    7.2. Elektron tijoratda kompyuter jinoyatchilari …………………………………

    156
    157

    8-MAVZU. O‘ZBEKISTONDA ELEKTRON TIJORAT RIVOJLANISHINING ASOSIY YO‘NALISHLARI

      1. Elektron tijorat rivojlanishining me’yoriy xuquqiy asoslari.........................

      2. Elektron tijoratning me’yoriy —texnik ta’minoti.........................................

    8.3. Elektron tijorat sohasida sertifikatlash va litsenziyalash ...............................
    8.4. Elektron tijorat faoliyati sohasini litsenziyalash............................................

    165
    167
    168
    170

    Xulosa ..........................................................................................................................

    173

    Glossariy.......................................................................................................................

    174

    Tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati...............................................................................

    177


    Kirish

    Bozor iqtisodiyotining takomillashib borishi turli tadbirkorlik shakllarining vujudga kelishiga sharoit yaratib bermoqda. Tadbirkorlikning rivojlanishi axborot kommunikatsiyalar biznesini shakllantirish va taraqqiy ettirishga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Davlatimiz rahbari I.A.Karimov "XXI asrni axborot texnologiyalari asri" deb ta’kidlaganlar. Zamonaviy korxona-ning faoliyat yuzasi va mulk shaklidan qat’i nazar, uning personali oldida ho­zirgi kunda quyidagi muammolar turadi: 1) mahsulotning raqobatbar­dosh­li­gi­ni ta’minlash, nima evaziga? 2) noishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotni realizatsiyalashni optimallashtirish. Bu yuqorida ko‘rsatilgan muammolarni yechishning aniq yo‘li elektron tijoratni zamonaviy usullarini va vosita­larini ishlatishdir.


    Savdo-sotiq inson hayotining ajralmas qismiga aylanib ulgurgan. Deyarli har kuni nimadir xarid qilamiz. Aholining aksariyat qismi uchun esa savdo kasbiy faoliyat hisoblanadi. Oddiy qilib aytganda, tijorat kunlik turmushimiz farovonligini ta’minlovchi muhim omil sanaladi. Yillar o‘tishi bilan savdo-sotiqning shakllari va turlari o‘zgarib, qamrovi kengayib bordi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi bilan esa hayotimizga savdoning yangi shakli - elektron tijorat kirib keldi.
    E’tibor bergan bo‘lsangiz, "Elektron tijorat", "Elektron biznes", "Elek­tron savdo" atamalarini oxirgi vaqtlarda ommaviy axborot vositalarida tobora ko‘proq uchratish mumkin.
    Hozirgi davrda "raqamli iqtisodiyot" usullarini ishlatishning potensial istiqboli shubhaga o‘rin qoldirmaydi va ularning asosini bilish ish jarayonini samarali tashkillashtirishning elementlari bo‘lib hisoblanadi.
    Davlat yoki xususiy tashkilot yoki firmalarda, albatta kompyuter texni­kasi, shu qatorda ichki kompyuter tarmog‘i, shuningdek odatiy aloqa vositalari (oddiy va uyali telefon, faks) ishlatiladi. Internet imkoniyatlaridan foy­da-laniladi. Keyingi paytlarda "Elektron magazin" virtual "savdo may-don­lari", "Internet konsalting" kabilar ham ko‘p ishlatilmoqda. Bu fanni o‘r­ga­nishdan asosiy maqsad bozor sharoitida elektron tijoratni samarali ish­la­tish muammolarini majmuaviy ko‘rib chiqishga harakat qilishdir. Asosiy ur­g‘ular zamonaviy korxonada ekspluatatsiya vositalarini va elektron tijorat tizimlarini kuzatish bo‘yicha savollarga qo‘yilgan. Ushbu muammolarning yechi­mi o‘rta va kichik korxonalarga qaratilgan. Bunday korxonalarga yuqorida be­rilgan sohaviy xizmatni tashkil qilishga imkon yo‘q, shu sababli elektron ti­jorat tizimini kiritish davomidagi boshqaruv qarorlarini qabul qilish ma­salasi ko‘pincha axborot texnologiyalari sohasida tajribasi yo‘q xodimlarga qo‘yiladi. Bu fanni o‘rganish jarayonida biz quyidagi savollarga javob be­rish­ga harakat qilamiz.
    - "Elektron tijorat" termini ostida nimani tushunish lozim, elektron tijorat tizimlarining qanday ko‘rinishlari mavjud va qanday ish faoliyati sohalarida ular qo‘llaniladi?
    - Elektron tijorat holati va rivojlanish istiqbollari mamlakat ichida va chet ellarda qanday baholanadi?
    - Korxonada yoki tashkilotda elektron tijorat imkoniyatlari amaliyotda qanday ishlatilishi mumkin?

    • Elektron tijorat tizimlarini tashkil etish va ishlatish faoliyati mam­lakat ichida va tashqarisida qanday reglamentlashtiriladi?

    • Elektron tijorat sohasi faoliyatida mamlakat ichida va tashqarisida vositalarni sertifikatlashtirish va litsenziyalashtirish bo‘yicha ishlar qanday tashkil etilgan?

    Elektron tijorat (e-commerce) - bu Internet orqali savdo-sotiq va xaridni amalga oshirish demakdir. Elektron tijorat vaqtni va pulni tejashga yordam beradi. Birinchidan, mahsulot qidirib, zarur narsani topishga vaqt sarflamaysiz, buyurgan narsangizni qisqa fursatda yetkazib berishadi. Bundan tashqari, Internet orqali sotilayotgan buyumlar narxi do‘konlarda yoki bozorlarda sotilayotgan xuddi shunday buyumlardan 30-50 foizgacha arzonga tushadi, chunki sotuvchida joy masalasi, mahsulotni saqlash muammolari bo‘lmaydi.


    Iste’molchi o‘z kompyuteri orqali tovarlar reklamasi bilan tanishishi, qiziqish uyg‘otgan mahsulot haqidagi ma’lumotni olishi, sotuvchi bilan elektron pochta orqali muzokara olib borishi, shartnomalarni imzolashi va mahsulotlarga bankdagi hisob raqami orqali pul to‘lash kabi amallarni bajarishi mumkin. Elektron savdo texnologiyalaridan foydalanish sotuvchi va xaridor uchun ko‘pgina xarajatlarni qisqartiradi, ularni ortiqcha yumushlardan ozod qiladi.



    Download 1.66 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




    Download 1.66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maхsus ta`lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti

    Download 1.66 Mb.