7-Ma’ruza
Mavzu: Kanal va seans sathlarida himoyalanganlik kanallarni
shakllantirish protokollari.
Reja:
1. Kanal sathida himoyalangan kanallarni shakllantish protokollari.
2. PPTP, L2F va L2TP protokollari.
3. Seans sathida himoyalangan kanallarni shakllantish protokollari.
4. SSL/TLS va SOCKS protokollari
Kanal sathi (Data Link layer) – bu sathda uzatish muhitiga ulanish mumkin
yoki mumkin emas¬ligini tekshirish, hamda uzatilayotgan ma’lumotlardagi
xatoliklarni aniqlash va ularni to‘g‘irlash mexanizmini amalga oshirish kabi vazifalar
bajariladi.
Buning uchun kanal sathida bitlar ketma-ketligi kadrlar (frames) (7.1-rasm)
deb ataladigan to‘plamlarga guruhlanadi. Kanal sathi har bir kadrni to‘g‘ri uzatilishini
ta’minlab beradi. Buning uchun hamda kadrni kadrdan
ajratib turish uchun kanal
sathi har bir kadrni boshlanishidan avval va ohirida maxsus bitlar ketma-ketligini
joylashtiradi.
7.1-rasm. Kadr tuzilishi
Har bir kadrning baytlari ma’lum bir yo‘l bilan ishlanib nazorat qilish summasi
hisoblanadi va u ham kadr tarkibiga qo‘shilgan bo‘ladi. Kadr tarmoq orqali o‘z
manziliga
etib kelganida, uni qabul qilib olgan stantsiya ham na¬zorat qilish
summasini qayta hisoblaydi va kadrda birga yuborilgan nazorat qilish summasi
bi¬lan solishtiriladi. Agar ular bir xil bo‘lsa kadr to‘g‘ri
etib kelgan hisoblanadi va
qabul qilinadi.
Lokal kompyuter tarmoqlarida kanal sathi protokollaridan kompyuterlar,
ko‘priklar kommutatorlar va marshrutizatorlar foydalanadilar. Kanal sathi
protokollariga
misol qilib - Ethernet, Token Ring, FDDI, l00VG-AnyLAN
protokollarini keltirish mumkin. Ma’lumotlarni sifatli uzatishni ta’minlash vazifalari
kanal sathi bilan birga, undan yuqoriroqda turgan tarmoq
va transport sathlari
vazifalariga ham kiradi.
Bu standartlarga asosan lokal kompyuter tarmoqlarining kanal sathi ikkita sath
osti sathlariga bo‘linadi:
1. LLC (Logical Link Control) – mantiqiy kanalni boshqarish sath osti sathi.
2. MAC (Media Access Control) - muxitiga ulanishni boshqarish sath osti sathi.
62
LLC sathi – kompyuterlar o‘rtasida ma’lumotlarni har-xil darajadagi
ishonchlilik bilan uzatishni amalga oshirish uchun javob beradi, hamda tarmoq sathi
bilan ulanuvchi interfeys vazifasini bajaradi. Tarmoq sathi, LLC sathi orqali, kanal
sathidan o‘ziga kerak bo‘lgan ma’lumotlarni
uzatish amaliyotini, ya’ni transport
hizmatini unga kerak bo‘lgan sifatda bajarib berishni so‘raydi.
MAC sathi esa – kompyuterlar birgalikda foydalanadigan umumiy shina yoki
halqa topologiyali muxit vaqtini ma’lum bir algoritm asosida taqsimlab,
tarmoqni
to‘g‘ri ishlashini ta’minlab beradi. MAC sathi yordamida uzatish muhitiga murojaat
qilishga ruxsat olingandan so‘ng, LLC sathi tomonidan ma’lumotlarni mantiqiy
birliklarini, axborot kadrlarini, har-xil
darajadagi sifat bilan uzatish, ya’ni transport
hizmati amalga oshiriladi.