Kliyent va server TLS bog‘lanishidan foydalanishga roziligini “qo‘l siqish”
(handshake) amaliyoti orqali bildiradi. Ushbu jarayon davomida kliyent va server
xavfsiz aloqani tashkil etish uchun kerakli bo‘lgan ko‘plab parametrlarni kelishib
oladilar:
- Ushbu jarayon dastlab kliyent serverga TLS bog‘lanishni amalga oshirgandan
so‘ng
boshlanib, unda serverga foydalinilishi mumkin bo‘lgan kriptografik
algoritmlarning ro‘yxatini yuboradi.
- Server qabul qilingan ro‘yxatdan kerakli algoritmlarni tanlaydi.
- Shundan so‘ng server o‘zining ochiq kalitidan tashkil topgan va ishonarli
tashkilot tomonidan berilgan raqamli sertifikatini yuboradi.
- Kliyent bog‘lanishni boshlashdan oldin kelgan sertifikatni haqiqiyligini
tekshiradi.
- Shundan so‘ng, kliyent maxfiy aloqani hosil qilish uchun kerakli bo‘ladigan
sessiya kalitini hosil qilish uchun foydalaniladigan tasodifiy sonni serverning
ochiq kaliti bilan shifrlab yuboradi.
- Qabul qilingan tasodifiy son orqali har ikkala tomon shifrlash va deshifrlash
uchun kerakli bo‘lgan kalitni hosil qiladi.
Natijada himoyalangan aloqa hosil qilinadi va
aloqa tugagunga qadar ikki
tomon orasidagi ma’lumot shifrlangan holda uzatiladi.
Tarmoqda ma’lumotni xavfsizligini ta’minlash muammosini hal qilishga
urinishlar natijasida Netscape tomonidan SSL protokolining birinchi versiyasi ishlab
chiqildi ammo ommaga foydalanish uchun tarqatilmadi. Sababi, ushbu birinchi
versiyada jiddiy xavfsizlik muaamosi mavjud edi. Shundan so‘ng ushbu kamchiliklar
bartaraf etilib, 1995 yilda ikkinchi versiya shaklida amalda foydalanish uchun taqdim
etildi. Ushbu ikkinchi versiya ham amalda jiddiy kamchiliklarga egaligi aniqlanib,
1996 yilda SSLv3.0 versiyasi taqdim etildi.
Shundan so‘ng SSLv3.0 da mavjud kamchiliklar bartaraf etilib, 1999 yilda TLS
1.0 taqdim etildi. SSLv3.0 va TLS 1.0 o‘rtasida katta farq mavjud bo‘lmay, TLS 1.0
protokoli SSLv3.0 ga qaraganda o‘zining moslashuvchanligi bilan ajralib turdi.
TLS 1.1 protokoli 2006 yil aprel oyida ommaga
taqdim etildi va oldingi
versiyadan asosiy farqi, cipher-block chaining (CBC) rejimiga qarshi himoya usuli
qo‘shildi.
TLS 1.2 protokoli 2008 yil avgust oyida taqdim etilib, quyidagi o‘zgarishlarni
o‘zida mujassam etgan:
- MD5-SHA-1 algoritmlari SHA-256 algoritmi bilan almashtirilgan;
- Ushbu protokoldan boshlab shifrlash algoritmi
sifatida AES shifrlash
algoritmi qo‘shildi.
- Autentifikatsiyalash shifrlash algoritmi sifatida Galois/Counter Mode (GCM)
rejimiga asoslangan AES algoritmidan foydalanila boshlandi.
Hozirgi kunda kelib, TLS 1.3 protokoli ustida ishlar amalga oshirilmoqda va
unda odingi versiyalarga mavjud zaif algoritmlar almashtirilishi ko‘zga tutulmoqda.
67
TLS/SSL protokolida foydalanilgan raqamli sertifikatlarni yaratuvchi, uchinchi
ishonchli tomon sifatida qatnashgan tashkilotlarning ko‘rsatkichi quyida ko‘rsatilgan: