7.2-rasm. PPTP (Point-to-Point Tunneling Protocol)
protokoli
PPTP shifrlangan va siqilgan PPP paketlarini IP datagrammasida
enkapsulyatsiyalaydi va Internet orqali uzatadi. Ushbu datagrammalar PPTP
serveriga yetgunga qadar marshrutlanib yuboriladi. PPTP
serveri IP paketi ichidan
PPP ni ajratib uni deshifrlaydi va shaxsiy tarmoqdagi manzilga uzatiladi. Bunda
Generic Routing Encapsulation (GRE) dan foydalaniladi.
7.3-rasm. PPTP va PPP protokoli bog’liqligi
▪
PPTP protokolni madadlovchi kompyuterlar,
PPTP serverga ikkita usulda
ulanishi mumkin:
▪ Kirish PPP ulanishlarini qo‘llab-quvvatlovchi ISP ning tarmoqqa kirish
serveri yordamida;
▪ PPTP serveriga ulanish uchun jismoniy TCP/IP yoqtirilgan LAN ulanish
orqali.
▪ Birinchi ulanishga ko‘ra modem va ISP orqali PPP protokoldan foydanuvchi
dial-up ulanishga asoslanadi.
▪ Ikkinchi ulanishga ko‘ra fizik ulangan LAN tarmoqdagi ikki tugun orasida
amalga oshiriladi.
▪ Birinchi ulanishga ko‘ra ShK va PPTP Remote Access Server (RAS) orasida:
▪ Bu turdagi tunellash “Voluntary (ixtiyoriy) tunneling” deb ataladi.
▪ Ikkinchi ulanishga ko‘ra internet proveyderi (ISP’s Point of Presence (POP))
va RAS orasida:
▪ Bu turdagi tunellash “Compulsory (majburiy) tunneling” deb ataladi.
64
7.4-rasm. PPTP: Voluntary Tunneling
Protocol
7.5-rasm. PPTP: Compulsory Tunneling Protocol
7.6-rasm. PPTP: Voluntary Tunnelingda paket tuzilishi
PPTP: autentifikatsiyalash
▪ PPP autentifikatsiya usulari;
65
▪ PAP;
▪ CHAP;
▪ Microsoft Challenge Handshake Authentication Protocol (MS-CHAP).
PPTP: ma’lumotni shifrlash
▪ PPTP protokolida RAS "shared-secret“ shifrlash jarayonidan foydalaniladi;
▪ Barcha tomonlarda shifrlash kaliti mavjud bo‘ladi;
▪ Microsoft tomonidan amalga oshirilgan
RASda foydalanuvchi paroli
taqsimlangan maxfiy ma’lumot sifatida qaralgan.
▪ Xeshlangan parol asosida tomonlar uchun shifrlash kaliti generatsiya qilinadi.
▪ RC4 shifrlash algoritmi xeshlangan paroldan olingan 40-bitli sessiya kaliti
asosida ma’lumotlarni shifrlaydi.
▪ PPTP tuneli TCPni 1723 porti orqali amalga oshiriladi.