Сервис menyusidan Макрос/выполнить makros buyrug‘ini chaqirish.
Ochilayotgan dialog oynasida Все Макросы. Test1 tanlansin.
OK tugmasi bosib makros ishga tushirilsin.
Yaratilgan makroguruhga ixtiyoriy paytda yangi makros qo‘shish mumkin.
Makroslarni menyu komandalari bilan bog‘lash
Accessning ko‘pgina buyruqlarini ishga tushirish uchun, ularni bajarish usullarini aniqlovchi qo‘shimcha ma’lumotlarni ko‘rsatish kerak.
Kerakli ma’lumotlarni olish uchun Access dialog oynasini ochadi, unda foydalanuvchi ko‘rsatmalarni bajaradi. Bu amallarni mos keluvchi makrobuyruqlarni yaratish yo‘li bilan avtomatlashtirish mumkin. Ularning ba’zilari menyu buyruqlari bilan ekvivalent. Выполнить команду makrobuyrug‘i bajarilishi kerak bo‘lgan menyu buyrug‘ini berishga imkon beradi. Misol uchun jadvalda, so‘rovda yoki formada yozuvni topish kerak bo‘lsa, Find argumentli makrobuyruqdan foydalanish mumkin. Bu makrokomndani bajarishda qidirish natijalarini ko‘rsatish uchun dialog oynasi ochiladi.
Qidirish buyrug‘i ko‘p foydalanilgani uchun mumkin bo‘lgan makrobuyruqlar tarkibiga Найти запись makrobuyrug‘i kiritilgan. Bu makrobuyruq argumentlar ro‘yxatida - qidirish dialog oynasining hamma elementlari. U Правка(Taxrirlash) menyusining Найти(Topish) buyrug‘i yordamida ochiladi. Bu argumentlar qiymatlarini yaratilish boskichida berib, uzingizni makrobuyruqni bajarishda qidirish dialog oynasini to‘ldirish majburiyatidan xalos etasiz. Shunday qilib faqat o‘zgarmas qidirish shartlarini berish mumkin. Yozuvni o‘zgarib turuvchi tarkibi bo‘yicha qidirish uchun Find argumentli Выполнить команду makrobuyrug‘idan keyingi qidirish dialog oynasi maydonlarini to‘ldirish kerak. Unda qidirilayotgan original qiymat ko‘rsatiladi.
1. Yangi makros oynasini oching va birinchi maydonga СПИСОК ПРЕПОДАВАТЕЛЕЙ (O‘qituvchilar ruyxati) jadvalini ko‘chiring.
2. Ikkinchi maydonga К Элементу Управления buyrug‘ini tanlang.
3. Имя элемента argumentiga FIOPrep. qiymatini o‘rnating. Shunday qilib, orasida qidirish amali oshiriladigan maydon berasiz.
4. Keyingi maydonni ishga tushiring va ro‘yxatdan Найти запись makrobuyrug‘ini tanlang.
5. Образец поиска argumentiga Samarin V. S qiymatini bering, qolgan argumentlarga bo‘lsa rasmda ko‘rsatilgan qiymatlarni bering.
6. Makrosni Поиск записи nomi ostida saqlab qo‘ying va ishga tushiring.
Natijada dastur jadvalni ochadi, qidirish bajaradi va topilgan qiymatni markerlaydi. Agar berilgan qiymat(familiya) topilmasa, jadvalning birinchi elementi(birinchi yozuvi) markerlanadi.
Qidirish shartini bajarilish maydoni
|