“Мактабгача сурдопедагогика” номли дарслик




Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
Sana18.05.2024
Hajmi0,7 Mb.
#241689
Bog'liq
maktabgacha surdopedagogika



O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta Maxsus Ta'lim Vazirligi 
MAKTABGAChA SURDOPEDAGOGIKA 
( o’quv qo’llanma) 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi 
X.J.KALBAEVA 
Taqrizchilar: U.Fayzieva A.Avloniy nomidagi XTXMOMI kaf. mud., prof. 
D.Nurkeldieva 
Nizomiy nomidagi TDPU dos., p.f.n. 
MAKTABGAChA SURDOPEDAGOGIKA 
2007 


Kalbaeva X.J. 
Maktabgacha surdopedagogika: Eshitishda nuqsoni bo’lgan maktabgacha tarbiya yoshidagi 
bolalar ta'lim-tarbiyasi. Oliy ta'lim muassasa talabalari uchun o’quv qo’llanma. 
O’quv qo’llanmada eshitishda nuqsoni bo’lgan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga
ta'lim-tarbiya berish tizimi, maktabgacha tarbiyaning didaktik asoslari, korreksion-pedagogik 
ishning tashkil etilishi va mazmuni ochib beriladi. Qo’llanma oliy ta'lim muassasa talabalari, 
ota-onalar, maxsus ta'lim muassasa pedagoglari uchun mo’ljallangan. 
"Ta'lim to’g‘risida"gi qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturiga muvofiq xozirgi kunda
mamlakatimizda oliy va o’rta ta'limni isloh qilish, maxsus maktabgacha tarbiya muassasalari 
uchun yetuk kadrlar tayyorlash, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhitni vujudga 
keltirish, o’quv -tarbiya jarayonini sifatli o’quv adabiyotlar va zamonaviy pedagogik 
texnologiyalar bilan ta'minlash, uzluksiz ta'lim tizimini axborotlashtirish vazifalarini amalga 
oshirish talab etilmoqda. 
Mazkur o’quv qo’llanma defektologiya fakulteti talabalariga mo’ljallangan bo’lib, 
eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarga ta'lim tarbiya berish muammolariga bag’ishlangan. 
L.S.Vigotskiy eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar ta'lim -tarbiyasini pedagogika sohasining eng
murakkab va qiziqarli tarmoqi deb e'tirof etadi. Qo’llanmaning asosiy maqsadi eshitishda 
nuqsoni bo’lgan bolalar maktabgacha ta'lim-tarbiyasining nazariy asoslarini ochib berish,
bunday bolalar bilan ishlash metodlari va yo’llari bilan o’quvchilarni tanishtirishdir. 
Eshitishda nuqsoni bo’lgan ilk va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta'lim-tarbiya 
berish muammolarini chuqur o’rganish uchun talabalar tibbiyot sohasi, psixologiya, umumiy 
pedagogika sohalarida bilimlarga ega bo’lishi zarur. Shu sababli qo’llanmada maktabgacha 
surdopedagogika fani bilan bevosita boqliq bo’lgan surdologiya, maktabgacha psixologiya, 
surdopsixologiya, maktabgacha pedagogika fanlarining muayyan yutuqlari umumlashtirilgan 
qolda aks ettirilgan. Qo’llanma maktabgacha surdopedagogika kursi dasturiga muvofiq 
ishlangan bo’lib, unda maktabgacha yoshidagi kar va zaif eshituvchi bolalarga ta'lim-tarbiya 
berish qonuniyatlarini mantiqiy izchillikda ochib beriladi. 
Maktabgacha tarbiya konsepsiyasiga muvofiq ta'lim-tarbiyaning turli yo’nalishlariga uzviy,
yagona maktabgacha ta'lim jarayoni sifatida qaraladi, bunda ta'lim-tarbiyaning tashkiliy shakllari 
hamda o’quv materiallarining tanlanishida umumiy yondashuvga amal qilish talab etiladi. Shu 
sababli, korreksion-tarbiyaviy ish mazmunini yeritilishida ta'lim-tarbiya muammolari uyqunlikda 
ko’rib chiqiladi. 
O’quv qo’llanma 12 bobdan tashkil etib, har bir bobdan keyin kontrol savol va topshiriqlar 
berilgan. Keltirilgan savol va topshiriqlar nazariy materialni o’zlashtirishga, maktabgacha tarbiya 
muassasalarida maqsadli, izchil kuzatishlar olib borib, tahlil qilishga, pedagogik amaliyot 
davomida kar va zaif eshituvchi bolalar bilan ishlash tajribasini orttirishga yo’naltirilgan. 
Shuningdek, har bir bobning ohirida berilgan adabiyotlar ro’yxati, o’rganiladigan muammoni 
chuqurroq o’zlashtirishga yordam beradi. Maktabgacha surdopedagogika fanini o’rganayotgan 
talabalar ta'lim tizimi isloq qilinayotgan bir paytda, ya'ni, eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarga
turli shart-sharoitlarda korreksion yordam ko’rsatish, ularning ta'lim-tarbiyasiga muqobil 
yondashuvni amalga oshirish davrida ishlashga to’g’ri keladi. 
1-BOB 
Maktabgacha surdopedagogikasining nazariy asoslari 
1-§ Ilk va maktabgacha yosh davrlarining inson hayotida tutgan o’rni 


Bola shahsining shakllanish jarayoni insoniyatning ijtimoiy tarixiy tajribasini o’zlashtirish 
orqali amalga oshiriladi. Odam shaxsining rivojlanishi bir qancha bosqichda o’tadi. har bir 
navbatdagi bosqich avvalgisi bilan mustahkam bog’liq bo’ladi, avval erishilgan bosqich yanada 
yuqoriroq bosqichning tuzilishiga uzviy tarzda qo’shiladi. Har bir yosh davri yashagan yosh, 
organizm biologik tizimlarining yetilish darajasi, ularning vazifalari, shu bilan birga odamning 
qat’iy tajribasi, bilimlarning hajmi, faoliyat turlari va mazmuni bilan belgilanadi. Yoshi 
kattalashgan sari bolaning psixik faoliyati boyib boradi , uning sensor, aqliy, hissiy, irodaviy 
xususiyatlari orasidagi o’zaro aloqa o’zgaradi, bu esa rivojlanishning umumiy darajasiga, xulq-
atvorning shakllanishiga ta'sir ko’rsatadi. (V.I.Loginova, P.G.Samorukova, P.Yusupova). 
Risoladagidek eshitadigan bolaning psixik rivojlanish qonuniyatlarini o’rganilishi,
eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar bilan korreksion-rivojlantiruvchi ishlarni samarali tashkil 
etish, ta'lim-tarbiya texnologiyalarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. L.S.Vigotskiyning 
"eng yaqin rivojlanish zonalari", eshitish qobiliyatida nuqsoni bo’lgan bolalar psixik 
rivojlanishining umumiy qonuniyatlari mavjudligi haqidagi nazariyalari katta ahamiyatga 
egadir. L.S.Vigotskiy psixologik va pedagogik nuqtai nazardan eshitmaydigan bolalarga
nisbatan quddi normal eshitadigan bolalarga qaragandek munosabatda bo’lish kerakligini e'tirof 
etgan. Eshitadigan bola hayotining dastlabki yetti yillik o’sish davrida psixik rivojlanishida 
kuzatilgan xususiyatlar, eshitishining buzilishi bilan bog’liq bo’lgan o’ziga qos xususiyalarni 
aniqlashga yordam beradi. 
Dastlabki yetti yil mobaynida bola rivojlanishning uch asosiy bosqichini, ya'ni, go’daklik, ilk 
va maktabgacha davrlarni boshdan kechiradi. Har bir davr o’zicha muhim ahamiyatga ega 
bo’ladi, zero mazkur davr bosqichlarida yaratilgan shart-sharoitlar takrorlanmaydi. Ilk va 
maktabgacha davrda bolaning o’sish va rivojlanish sur'atlari juda yuqori bo’ladi, uning jismoniy 
va psixik jihatlari o’sadi hamda shaxs sifatida rivojlanishini belgilaydi. 
Maktabgacha davrda shakllangan bilim va malakalar keyinchalik maktabda turli soha 
bilimlarini egallanishini ta'minlaydi L.S.Vigotskiy va D.B.Elkonin har bir psixologik yoshni 
quyidagi mezonlar bilan belgilashni taklif qiladi: 
- rivojlanishning ijtimoiy holati, yoxud mazkur davrda bola va katta kishilar o’rtasidagi o’zaro 
munosabatlar shakli; 
- mazkur davrda bolaga hos bo’lgan asosiy faoliyat turi; 
- asosiy psixik xususiyatlar va shaxsiy sifatlar; 
- Rivojlanishdagi krizis, ya'ni o’sish davrlarni bir biridan ajratadigan, kattalar va bola 
o’rtasidagi munosabatlarning qayta qurilishida namoyon bo’ladigan, hal qiluvchi davr Go’daklik 
davri. Gudaklik davr, bola hayotining birinchi yili, rivojlanishning yuqori sur'ati bilan 
harakterlanadi. Mazkur davrda sensor tizimlar: ko’rish, eshituv,taktil sezgi jadal rivojlanadi. 
Mo’ljal olish harakatlarinng oddiy shakllari: diqqatni jamlash, ko’z bilan chamalash, aylana 
qarakatlar bajarish. Chaqaloqning dastlabki maqsadli ushlash harakati rivojlanadi. Narsalarni 
ushlash asosida manipulyativ harakatlar rivojlanadi. Manipulyasiyalar(oddiy qarakatlar) asta 
sekinlik bilan predmetli harakatlarga aylanib boradi, bu esa predmetlarning sifat va hossalarini
anglash va o’zlashtirishga hizmat qiladi. Bolaning dastlabki yoshidan boshlab faoliyatning eng 
oddiy turlari uning shaxsiy qobiliyatlarini, xususiyatlarini va atrofdagi narsalarga 
munosabatlarini shakllantirishning asosi hisoblanadi. Ilk yoshdagi bolaning kattalar bilan 
muomalasining (qissiy va qissiy-predmetli muomalasining) eng oddiy turlari unda taassurotlarga
bo’lgan ehtiyojini rivojlantiradi, tasavvurlarini shakllantiradi. 
Go’daklik davrining ijtimoiy holati katta kishi va bolaning uzviy birligi bilan
tavsiflanadi. Go’dakda boshqa insonlarga bo’lgan ehtiyoj rivojlanadi. Ona va bola hayotining
birligi va uyg’unlashuvi, bolaning psixik rivojlanishiga katta ta'sir etadi hamda mazkur yoshiga 
hos faoliyati- bevosita hissiy muomalasining rivojlanishi bilan ifodalanadi. (Elkoning D.B., 
1989). hayotining birinchi yili davomida bola tik turishni, birinchi yilining ohiriga kelib yurishni
o’rganadi, bu o’z navbatda uning atrofdagi muxit bilan bo’lgan munosabatiga ta'sir etadi.
Yurishni o’rganishi bolaning hayotida muqim bosqich hisoblanadi, chunki yurib, u atrofdagi 
narsalarni o’rganadi, mustaqillikga erishadi. Kattalar bilan birgalikda hamda ular yordamida 


bajarilgan hatti-harakatlar predmetlarining sifat va hossalarini o’zlashtirishga qaratiladi hamda 
predmetli qarakatlarning rivojlanishiga ko’maklashadi. 
Kattalar bilan muloqoti nutqning shakllanishini ta'minlaydi: bola gugulaydi, huldiraydi, 
birinchi so’zlarni gapirishga, kattalar nutqiga taqlid qilishga, nutqni tushunishga o’rganadi. 
I l k d a v r. - bir yoshdan uch yoshgacha bo’lgan davr bo’lib, bolaning bilishga doir, hissiy, 
ijtimoiy jihatlarning faol o’sish davri hisoblanadi. Ilk davrining ijtimoiy holati predmetlar bilan 
bog’lanib, bola-predmet-katta kishi ko’rinishida bo’ladi. hayotining ikkinchi yilida predmetlar 
sifatlarinini bilish bilan bog’liq faol predmetli harakatlar shakllanadi.Kattalar bilan bajariladigan 
predmetli harakatlar mazkur davrda asosiy faoliyat bo’lib, predmetlarning sifat va hossalari 
hamda ular nima uchun hizmat qilishini o’zlashtirishga hizmat qiladi. Predmetlar bilan boqliq 
faoliyatda barcha bilish jarayonlari, maqsadlari va xulq-atvor sabablari rivojlanadi. Bu faoliyatda 
bolalar kattalar rag’barligida buyumlarning xususiyatlari, ular bilan qilinadigan harakatlar 
to’g’risida dastlabki bilimlarni o’zlashtiradilar.(V.I.Loginova,P.Yusupova). Bola ikki yarim 
yoshga to’lganda buyumlar bilan boqliq faoliyat va muomala ancha yuqori rivojlanish darajasiga 
erishadi, o’yin va tasviriy faoliyatga o’tish uchun asos yaratiladi. Kattalar uyushtiradigan
muloqot va faoliyatda bolalarda o’zini o’zi anglashning dastlabki shakllari shakllanadi. Bola 
o’zini atrofdagi odamlardan ajratadigan, o’z imkoniyatlarini anglab yetadigan bo’la boshlaydi. 
Mustaqillik rivojlanishining ana shu bosqichida bolalar o’z hoxish-istaklarini namoyish etishini, 
kattalar talabiga qarishilik ko’rsatishga intiladi. Bolalarda o’z-o’zini anglash hissi paydo bo’ladi. 
Uch yoshli davrining krizisi mustaqilliknin talab qilishda, o’z istak-hoxishlarini katta kishilar 
talab va istaklariga qarshi qo’yilishida namoyon bo’ladi.
Bolalar o’ziga o’zi xizmat ko’rsatishning eng sodda ko’nikmalarini egallaydilar, ularda 
tengdoshlari bilan o’zaro munosabatlari rivojlanadi, ular birgalikdagi o’yinlarda bir-birlari bilan 
muomalada bo’lishadi va o’zlarini o’yin qoidalariga muvofiq tutishga o’rganadilar. Yosh 
xususiyatlari faqat aqliy sohasidagina emas, shu bilan birga hissiy, irodaviy, sabab sohalariga 
ham taalluqli bo’ladi. Hayotning dastlabki yillarida bolalarning xulq-atvori asosan bevosita
his-tuyqular bilan tartibga solinadi, lekin shu yoshdayoq irodani tarbiyalashni boshlash, ularga 
umumiy qabul qilingan hulq me'yorlari va qoidalarini tushunishni o’rgatish kerak. 
Maktabgacha (uch yoshdan olti-etti yoshgacha bo’lgan) davr. Bola rivojlanishining ijtimoiy
holati u oila doirasidan chiqib, kattalar dunyosiga kirib borishida namoyon bo’ladi. Umumiy 
o’sish va tana og’irligining o’sishi bilan bir vaqtda bolaning barcha asosiy to’qimalari va 
organlari anatomik o’zgarishlari va funksional rivojlanishi ro’y beradi. Asta sekin skelet qotib 
boradi, muskullar hajmi oshadi, bola organizmining ishlash qobiliyati kuchayadi. Bolaning 
yurish, yugurish,sakrash, uloqtirish, tirmashish kabi asosiy qarakatlari rivojlanadi. 
Maktabgacha tarbiya yoshda ta'lim-tarbiya samarali tashkil etilishi natijasida bolalar 
ko’rish, eshitish, hid bilish kabi idrok etish usullari, ko’rgazmali harakatli va obrazli fikrlash, 
irodaviy, hissiy jarayonlari shakllanadi. Bilishni rivojlantirish jarayonida ko’rgazmali-obrazli 
tafakkurdan nutqiy tafakkurga o’tiladi, bolalar taqlil etish va umumlashtirish, tasniflashga 
o’rganadilar, atrofdagi buyum va hodisalar to’qrisida mulohaza bildira boshlaydilar, sinchkov va 
qiziquvchan bo’ladilar. (V.I.Loginova, P.G.Samorukova, P.Yusupova). Amaliy tadqiqot 
faoliyatlarida mo’ljal olishning sodda (sinab ko’rish)usullaridan murakkabroq, maqsadli ko’rib 
chamalash, keyinchalik qayolan mo’ljal olishga o’tiladi.
Maktabgacha yoshdagi bola shahsining tarkib topishi uning fe'l-atvori shakllanishida ham 
o’z ifodasini topadi. Bola shaxsiy xulq-atvorini ijtimoiy xulq-atvor talablariga bo’ysundiradi, 
kattalar talablariga asosan o’z va boshqalarning xulqini tanqidiy baqolaydi. U hamma narsaga 
ham qodir emasligini hamda o’zining shaxsiy sifatlarini anglaydi. o’yin va mashg’ulotlarda 
bolada fe'l-atvorning irodaviy sifatlari paydo bo’ladi, ma'naviy ongni shakllantirish burch, 
adolat, qadr-qimmat va boshqa ijtimoiy tuyg’ularning paydo bo’lishi bilan ajralib turadi. 
Ilmiy tadqiqotlarning ko’rsatishicha, maktabgacha tarbiya yoshida yetakchi bo’ladigan 
o’yin faoliyatida maktabgacha yoshdagi bolaning ijtimoiy, bilish faolligi rivojlanadi. Pedagoglar 
rag’barligidagi o’yinlar chog’ida bolalar turli harakat usullarini, buyumlar, ularning xususiyatlari


va belgilari to’qrisida bilimlarni o’zlashtiradilar. Bolalar vaqt, makon munosabatlarini anglab 
etadilar. harakatli o’yinlar harakatlarning rivojlanishiga, makonda yo’l-yo’riq topishga yordam 
beradi. (L.A.Golovchis,U.Fayzieva,I.Kislisina) 
Syujetli-rolli o’yinlarda bolalarning har tomonlama rivojlanish imkoniyatlari kengayadi, 
ular odamlar o’rtasidagi munosabatlar, harakatlarni muvofiqlashtirishning ahamiyatini anglab 
etadilar va o’zlashtiradilar, atrofdagi narsalar to’qrisidagi tasavvurlarini kengaytiradilar.O’yin 
hayolni rivojlantirshga, atrofdagi voqelik, odamlar mehnati to’qrisidagi bilimlarni 
chuqurlashtirishga, shaxsning jamoatchilik xususiyatlarini shakllantirishga ko’maklashadi.
Muntazam mehnat topshiriqlari o’z faoliyatini jamoat manfaatlariga bo’ysundirish,ijtimoiy foyda 
kelishiga amal qilish, mehnatning umumiy natijalaridan quvonish ko’nikmalarini tarbiyalaydi va 
rivojlantiradi. 
Mashg’ulotlardagi eng oddiy o’quv faoliyati atrofdagi tabiat, ijtimoiy qayot, odamlar 
haqidagi bilimlarni o’zlashtirishga, shuningdek, aqliy va amaliy ko’nikmalarni shakllantirishga, 
aloqalar va munosabatlarni o’zlashtirishga va umumlashtirishga yordam beradi. 
Maktabgacha yosh davridagi eqtiyojlar, his-tuyqular, sabablar, maqsadlarni tarbiyalash va 
rivojlantirish shu darajaga yetadiki, u bolaga maktab ta'limiga o’tish imkoniyatini beradi. Yetti 
yoshli davrning krizisi shaxsiy ongining shakllanishi, ichki his-hayajonlarning paydo bo’lishi 
bilan boqliqdir. 
Mustaqil ishlash uchun savollar: 
1.D.B.Elkonin bola rivojlanishining yosh davrlarining ajratishda qanday ko’rsatkichlarga 
asoslangan 
2. Go’daklik, ilk, maktabgacha davrda bolaga hos ijtimoiy holatlarini belgilab bering. 
3. Go’daklik, ilk, maktabgacha davrda bolalarga hos faoliyat turlarini yoritib bering. 
4. Maktabgacha davrining krizislarini yuzaga kelishda psixologik negizi nimadaq 
Adabietlar: 
Belova Ye.M. Spesialnaya doshkolnaya pedagogika. M. 1982 
Vigotskiy L.S. Voprosi detskoy (vozrastnoy) psixologii. Sobr.soch. v :t. M. 1982 T.4 
Konsepsiya spesialnogo obrazovaniya j-l Defektologiya 1989 g V.I.Loginova P.G.Samorukova
"Maktabgacha tarbiya pedagogikasi" o’qituvchi 2001 
Golovchis L.A. Doshkolnaya surdopedagogika M.2001 
Yusupova P. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi Toshkent, o’qituvchi 1993 y 


2-BOB 
Maktabgacha surdopedagogikasi fanining predmeti, maqsadi va metodlari 
1-§ Maktabgacha surdopedagogika fanining predmet va vazifalari 
Surdopedagogika (lot. "surdus"-kar) maxsus pedagogika tarmog’i, eshitish qobiliyati buzilgan 
bolalar va katta kishilarning rivojlanishi, tarbiyalanishi, ta'lim olishi haqidagi fandir. 
Eshitish qobiliyati buzilgan ilk va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning rivojlanish va 
ta'lim-tarbiya olish jarayonlari va muammolari-maktabgacha surdopedagogika fanining predmeti 
hisoblanadi. 
Maktabgacha davr eshitishda nuqsoni bo’lgan bolaning rivojlanishida muqim ahamiyatga 
egadir, zero korreksion-pedagogik tadbirlarning barvaqt boshlanishi uning o’sishidagi 
nosozliklarini oldini olishga, shuningdek, ijtimoiy faol, mustaqil fikrlovchi ,bilimli shaxsni 
tarbiyalashga yordam beradi. (L.A.Golovchis). Psixolog va surdopedagog olimlar L.S.Vigotskiy, 
I.M.Solovyov,N.A,Rau,U.Fayzieva, F.Alimxodjaeva, F.qodirova,I.Kislisinalar eshitmaydigan 
bolalarni ijtimoiy tarbiyalash tizimida dastlabki nuqta deb maktabgacha tarbiyani e'tirof etadilar.
Maktabgacha surdopedagogikaning aloqida fan bo’lib ajralishi, eshitishda nuqsoni bo’lgan 
bolalarning turli yosh bosqichlariga hos jismoniy, psixik va fiziologik xususiyatlarining 
mavjudligi, bolalar turmushini tashkil etish va qulay ta'lim-tarbiya shart-sharoitlarni yaratishda
bularni qisobga olish zarurligi bilan belgilanadi. 
Maktabgacha surdopedagogika fanining asosiy vazifalari eshitishda nuqsoni bo’lgan 
bolalarga ta'lim berish vazifalari ularning rivojlanish imkoniyatlari, ilk maktabgacha davrdan 
boshlab korreksion-pedagogik yordam ko’rsatish zaruratidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Eshitish qobiliyatining pasayishi bolaning umumiy rivojlanishiga, birinchi navbatda esa 
nutqning shakllanishiga to’sqinlik qiladi. Maxsus o’qitilmagan maktabgacha tarbiya yoshdagi 
kar va zaif eshituvchi bola gapira olmaydi, o’zgalar nutqini tushunmaydi, muloqotda esa 
cheklangan miqdordagi imo-ishoralardan foydalanadi. Kundalik turmushda, kattalarga tahlid 
qilib oddiy xatti-qarakat va faoliyat turlarini o’zlashtira oladilar, turli buyumlarning funksional 
vazifalarini, ulardan foydalanishni o’zlashtiradilar, o’z-o’ziga xizmat qilish malakalarni 
egallaydilar. Maxsus yo’naltirilgan ta'lim berish uchun qulay shart-sharoit yaratilmagan holda, 
bolalarning sensor va intellektual rivojlanishi so’zli nutqdan xoli kechadi.
Shunday qilib, eshitish qobiliyatining pasayishi va nutqiy rivojlanishiningg buzilishi 
oqibatida bolaning rivojlanishi to’xtamasa-da, ancha cheklanib qoladi. Demak, bu bolaning 
risoladagidek rivojlanishi uchun, me'yorda eshitadigan bolalardan ko’proq maxsus ta'lim-tarbiya
sharoitlari zarur bo’ladi. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarga ilk yoshdan boshlab maxsus 
ta'lim-tarbiya berilsa, uning umumiy rivojlanishidagi orqada qolishni oldini olish hamda ularning
uyqun o’sishini ta'minlash mumkin bo’ladi. 
Maktabgacha surdopedagogikaning asosiy vazifalari: 
o’ Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni aniqlash va ularga korreksion-pedagogik yordam 
ko’rsatilishga ko’maklashish; 
o’ Ilk va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash; 
o’ Eshitish qobiliyatining buzilishini jismoniy, bilish, ijtimoiy, nutqiy rivojlanishiga,shaxsning 
shakllanishiga bo’lgan ta'sirini o’rganish; 
o’ Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni oilada tarbiyalash bo’yicha ota-onalarga metodik 
yordamni tashkil etish; 
o’ Korreksion-tarbiyaviy ishlarning nazariy asoslarini ishlab chiqish: ilk va maktabgacha 
yoshdagi kar va zaif eshituvchi bolalarga ta'lim tarbiya berish vazifalari, tamoyillari va 
metodlarini belgilash; 
o’ Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarga ta'lim berishning turli shart-sharoitlarda: maxsus 
maktabgacha ta'lim muassasasi, maktab-internatlar qoshidagi guruhlar,umumiy yo’nalishdagi 
bolalar boqchasi huzuridagi guruhlar,integrasiya ta'limi va q.k.da ta'lim-tarbiya mazmunini 


belgilash, o’qituvchi-surdopedagog, tarbiyachi, umumta'lim muassasa pedagoglariniva ota-
onalarni pedagogik bilimlar bilan qurollantirish; 
o’ Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarga korreksion-pedagogik yordam berishning yangi 
shakllarini izlash; 
o’ Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni eshituvchi insonlar orasiga integrasiyalashuvi 
(uyg’unlashuvi)ga yordam berish; 
o’ Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarning maktab, oila, maqalla, jamoa tashkilotlari bilan 
aloqasini mustaqkamlash.
o’ Maktabgacha tarbiya muassasasi, oila, jamoat tashkilotlarining kar va zaif eshituvchi 
bolalarga ta'lim-tarbiya berish borasidagi ijobiy tajribalarini o’rganish va tarqib etish. 
2-§ Maktabgacha surdopedagogikasining boshqa fanlar bilan boqliqligi 
Pedagogika tarbiya qonunlari to’qrisidagi fan sifatida hodisalarning keng doirasini qamrab 
oladi va turli sharoitda ta'lim-tarbiyani tashkil etish muammolarini o’rganadi.Surdopedagogika 
fani pedagogika fanining umumiy qonuniyatlariga asoslangan holda rivojlanadi. 
Surdopedagogikaning ilmiy-metodologik negizini falsafa tashkil etadi, zero, falsafa 
tarbiyaning maqsad va vazifalarini o’rganish metodologiyasini belgilaydi, tarbiya masalasiga 
ilmiy asoslangan holda yondashish imkoniyatini beradi. (P.Yusupova). 
Ta'lim va tarbiya nazariyasi hisoblangan didaktika surdopedagogika fani tizimiga 
kiradi.Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berishning mohiyati, qonuniyatlari, 
tamoyillari va istiqbollarini o’rganish didaktikaning vazifasiga kiradi. Shu asosda ta'limning 
maqsadi, mazmuni, prinsiplari, metodlari, tashkiliy shakllari va vositalari ishlab chiqiladi. 
Surdopedagogika fani didaktik masalalarni ishlab chiqishda, masalan, axloqiy tarbiya 
masalalarini o’rganishda, estetik tarbiyaning maqsadi, yo’llari va usullarini belgilashda etika 
faniga asoslanadi. 
Etika axloqni nazariy jiqatdan asoslab, yosh avlodni, uning axloqiy tarbiyasi muammolarini, 
inson shaxsini shakllantirishda axloqiy g’oyalar rolini tushunishini chuqurlashtiradi. 
Estetika insonnig voqelikka, san'atga estetik munosabatlari rivojlanishining umumiy 
qonuniyatlarini o’rganadi, nafosat tarbiyasining ilmiy asosi bo’lib qizmat qiladi. (P.Yusupova) 
Fiziologiya maktabgacha surdopedagogika faninig tabiiy-ilmiy negizi bo’lib, insonni 
biologik evolyusiya maxsuli sifatida o’rganadi, inson oliy nerv faoliyatining rivojlanishi, nerv 
tizimining tipologik xususiyatlari, sezgi organlari, tayanch-harakat apparati, yurak-tomir va nafas
olish tizimlari, ichki sekresiya bezlari va shu singarilarning rivojlanishi haqidagi ma'lumotlarga 
tayanadi. Shuningdek, fiziologiya fanining ma'lumotlari, insonning oliy nerv tizimi haqidagi 
ta'limoti, shartli refleks aloqalarning shakllanishi, turli analizatorlarning faoliyati va bolaning 
psixik rivojlanishidagi tutgan o’rni to’qrisidagi ma'lumotlar surdopedagogika fanining tabiiy-
ilmiy psixofiziologik negizi bo’lib hizmat qiladi. (I.M.Sechenov, I.P.Pavlov,A.R.Luriya va 
boshqalar).
I.P.Pavlov tomonidan shartli reflekslarning paydo bo’lishi va tormozlanishi, analizatorlar 
fiziologiyasi, asab faoliyatining turlari tadqiq etilgan. Bosh miya katta yarim sharlari qobig’ida 
qo’zqolish va tormozlanish vaqtida hosil bo’lgan shartli reflekslar bola hayotining kun tartibini
tashkil etishga yordam beradi. 
So’zlarni idrok etish va ifodalash bilan bog’liq bo’lgan, bosh miyada kinesteziya va eshituv 
qo’zg’atishlar ta'sirida paydo bo’lgan murakkab izlar tizimi, tilni o’rganishning fiziologik 
negizini tashkil etadi. I.P.Pavlov nutq a'zolarining harakati jarayonida hosil bo’lgan kinestetik 
qo’zqolishlarni ikkinchi signal tizimining asosiy negizi deb e'tirof etadi. Kar va zaif eshituvchi
bolalarning og’zaki nutqini o’stirishni ikkinchi signal tizimining murakkab shartli 
bog’lanishlarining shakllantirish sifatida ko’rish mumkin.Ilk va maktabgacha davrida bola 
organizmining barcha funksiyalari va organlarining o’sishi paytida, rivojlanishidagi 


xususiyatlarning o’rganilishi, kar va zaif eshituvchi bolalarning rivojlanishidagi nosozliklarni 
aniqlash hamda korreksion ta'lim -tarbiyani samarali tashkil etish uchun imkon yaratadi.
Maktabgacha surdopedagogika umumiy, maktabgacha va maxsus psixologiya fanlari bilan 
ham bilan bevosita bog’liqdir. Psixologiya, insonning psixik rivojlanish qonuniyatlarini 
filogenez va ontogenezda o’rganuvchi fan sifatida, insonning rivojlanishi, tarbiyalanishi va atrof-
muqit bilan o’zaro munosabatlari chog’ida shakllanadigan psixik jarayonlar( tafakkur, xotira, 
tasavvur,qis-tuyqu, iroda va hokazo)ni o’rganadi. Surdopedagogika ulardan foydalanib, 
eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar ta'limining mazmuni va metodlarini ishlab chiqadi. 
Maktabgacha 
surdopedagogika 
psixologlar 
L.S.Vigotskiy, 
I.M.Solovev, 
T.V.Rozanovalarning, psixik va jismoniy rivojlanishidagi kamchilik bolaning umumiy 
rivojlanishining izdan chiqishiga olib kelgan holda, bunday bola anomal deb hisobanishi 
mumkinligi to’qrisidagi ilmiy nazariyalariga asoslanadi. Eshitishning pasayishi bolaning nutqiy 
rivojlanishga salbiy ta'sir etadi, muloqot qilish, idrok etish, fikrlash, bilish faoliyatini 
rivojlantirish vositasi sifatida nutqning rivojlanishiga to’sqinlik qiladi.
Pedagogik jarayonni to’g’ri tashkillashtirish, eshitishning pasayishi bilan boqliq umumiy va
xususiy jihatlarni tushunish uchun maktabgacha yoshdashi bolalarning psixik rivojlanish 
xususiyatlarini bilmoq zarur. L.A.Venger, D.B.Elkonin, F.Alimxodjaeva, U.Fayzieva, 
N.Bekmuratov, X.Gaynutdinovlarining ilmiy tadqiqotlari eshitish qobiliyati pasaygan va 
me'yorda eshituvchi bolalar rivojlanishining asosiy yo’nalishlarini belgilashga, korreksion-
tarbiyaviy ish metodlarini ishlab chiqishga yordam beradi. R.M.Boskis, T.A.Vlasova, 
A.A.Kataeva, I.M.Solovev, T.V.Rozanova,J.I.Shif,I.Kislisina,UFayzieva, F.Alimxodjaevalarning
tadqiqotlarida maktabgacha va maktab yoshidagi eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar haqida 
ma'lumotlar to’plangan. 
Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni differensial tarzda o’qitish muammolarini hal etishda, 
ta'lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishda ularning psixologik xususiyatlarini bilish muqim 
ahamiyat kasb etadi. Eshitish qobiliyati pasaygan bolalarning o’ziga xosligini hisobga olgan 
holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning yoshi, psixik xususiyatlari, nutqiy rivojlanishiga 
mos psixolog-pedagogik o’rganish metodlarini tanlash, ularning rivojlanish salohiyatlarini 
aniqlash, samarali korreksion-tarbiyaviy ishni tashkil etish imkoniyati yaratiladi. 
Maktabgacha surdopedagogika lingvistik fanlar va psixolingvistika bilan bevosita bog’liqdir.
bola tomonidan nutqning egallash me'yorlarini bilish eshitishi pasaygan bolalarning nutqiy 
rivojlanishini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Kar va zaif eshituvchi bolalar nutqiy 
rivojlanish xususiyatlarini o’rganish, ularga ona tilini o’rgatish tizimini modellashtirish 
jarayonlarida 
psixolingvistika 
ma'lumotlaridan, 
xususan 
L.S.Vigotskiy, 
A.R.Luriya, 
A.A.Leontev,
I.Jinkin,U.Fayzieva,F.Alimxodjaeva, 
X.Gaynutdinov,X.Roziqov, 
I.Otajonov 
va 
boshqa 
surdopedagoglar tadqiqotlarida ishlab chiqilgan nutqning hosil bo’lish va eshituv hamda 
nutqning rivojlanish modelidan keng foydalaniladi. Psixolingvistik yondashuv eshitishning 
pasayishi oqibatida yuzaga kelgan nutqiy buzilish mexanizmi va tuzilishini aniqlash, ta'lim 
jarayonida turli til vositalarini qo’llash imkonini yaratadi. (L.A.Golovchis). 
Otolaringologiya, surdologiya, audiologiya ma'lumotlariga, ya'ni bolaning eshitish holati: 
eshitish pasayishining vaqti, darajasi, vaqti, tabiatiga asoslangan holda bola bilan korreksion-
tarbiyaviy ishlarni olib borish mumkin. Surdologiya va audiologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlar 
eshituv holatini tekshirish usul va uslublarini belgilash, mavjud eshitish buzilishlarini tavsiflash 
va tasniflash tizimini asoslab berish imkonini beradi. (L.V.Neyman, Yu.B.Preobrajenskiy, 
D.I.Tarasov va boshqalar). Maktabgacha surdopedagogika tibbiyot fanlari bilan qam bevosita 
boqliqdir. Tibbiy ma'lumotlar mavjud birlamchi buzilish darajasini ob'ektiv baholash, 
eshituvning pasayishini boshqa psixik jarayonlari, xususan nutq va kommunikasiya jarayonlariga 
bo’lgan ta'sirini aniqlashga yordam beradi. Tibbiy tekshiruv ma'lumotlari korreksion-tarbiyaviy 
ishni qulay metodlarni tanlagan va differensial yondashgan holda tashkil etishda muhim 
ahammiyat kasb etadi. Eshitish qobiliyatini rivojlantirish, nutqni o’stirish, talaffuzni 
shakllantirish bo’yicha ishni tashkillashtirishda tibbiy ma'lumotlardan keng foydalaniladi. 


Otorinolaringologiya, surdologiya, audiologiya sohasidagi yutuqlar, eshitish qobiliyatini 
barvaqt aniqlash, ularga tibbiy, surdotexnik va korreksion pedagogik yordamni erta ko’rsatishga 
ko’maklashadi. So’nggi yillarda ayrim eshitish buzilishlarni davolash imkoniyatlari kengaygan 
bo’lib, eshituv holatini yaxshilash imkoni paydo bo’ldi (koxlear implantasiya).Eshituv qobiliyati 
buzilishlarini korreksiyalashda yakka tartibda va jamoa bo’lib foydalaniladigan surdotexnika 
vositalarini qo’llanishi katta ahamiyatga ega. Surdotexnika sohasining rivojlanishi bilan eshituv 
apparatlar, vizual va taktil-vibrasion nazorat vositalari takomillashtiriladi. Shuningdek, 
bolalarning atrof muhitga moslashish, eshituv va nutqni rivojlantirish ishlarini takomillashtirish, 
shaxsiy rivojlanish imkoniyatlari kengayadi. Nevropatologiya, psixopatologiya fanlari 
maktabgacha surdopedagogika fani bilan aloqadordir.Mazkur soxalar ma'lumotlari eshituv 
qobiliyatining pasayishini differensial tashxis qilish, birlamchi va ikkilamchi nuqsonlar 
xarakterini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayrim kar va zaif eshituvchi bolalarda 
eshituv qobiliyatining pasayishi bilan birga markaziy asab tizimi faoliyatining buzilishi bilan 
boqliq boshqa kamchiliklar ham kuzatiladi. Psixik rivojlanishining sustlashishi, aqliy zaiflik, 
bolalar serebral falaji, xulq-atvor va xissiy-irodaviy buzilishlari, ko’rishdagi muammolar bunga 
misoldir. Bunday buzilishlarni to’qri tashxis qilish surdopedagog va psixonevrolog hamkorligida 
mumkin bo’ladi. Maktabgacha surdopedagogika fanida maxsus pedagogikaning logopediya, 
oligofrenopedagogika, tiflopedagogika sohalaridagi tadqiqot natijalarini, ilmiy yutuqlari ham 
hisobga olinadi. 
3-§ Maktabgacha surdopedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari 
Maktabgacha surdopedagogika sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar fanning 
rivojlanishiga, xususan ta'lim-tarbiya tizimini va mazmunini takomillashtirilishiga hizmat 
qiladi.Ilmiy tadqiqotlarda olimlar, pedagog va psixologlar, maktab o’qituvchilari, bolalar 
bog’chalarining defektologlari va tarbiyachilari, shuningdek kar va zaif eshituvchi bolalarga 
ta'lim-tarbiya berish amaliyoti bilan bevosita bog’liq bo’lgan mutaxassislar qatnashadilar. 
Pedagogik tadqiqot-izlanishni yanada muvaffaqiyatli qilish imkonini beradigan ilmiy 
ma'lumotlardan foydalanib, pedagogik jarayonni takomillashtirish yo’llarini izchillik bilan 
izlashdir. 
Maktabgacha surdopedagogika maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o’rganish, ularga 
ta'lim-tarbiya berish borasida to’plangan nazariy va amaliy materiallarni tahlil qiladi va 
umumlashtiradi. Ta'lim-tarbiya jarayonining psixolog-pedagogik sharoitlarini o’rganish, 
pedagogik jarayonning qonuniyatlarini aniqlash, korreksion ishlarning samaradorligini bilish
maqsadida turli metodlar: kuzatish, pedagogika eksperimenti, pedagogik tajribani o’rganish,
xujjatlarni tahlil qilish, bolalar tayorlagan maxsulot va yozma ishlarini tahlil qilish, ilmiy-
metodik manbaalarni o’rganish va xokazo metodlardan foydalanadi. 
Pedagogik tadqiqotning maqsadi pedagogik hodisaning qonuniyatlarini o’rganish, ta'lim-
tarbiya berish jarayonida ziddiyatlarni aniqlash va ularni nazariy qoidalarda aks ettirishdan 
iboratdir. Pedagogik hodisalar qonuniyatlarini ochib berish turli darajalarda amalga
oshirilishi mumkin (V.I.Loginova. P.G.Samorukova,P.Yusupova). 
Tadqiqotning empirik darajasi faktik materialni to’plash, faktlarni batafsil ta'riflash, ob'ektiv 
aloqalarni topish, tadqiq etilayotgan hodisalarni har tomonlama o’rganish bilan boqliqdir. 
Tadqiqotning nazariy darajasi o’rganilayotgan hodisalarning mohiyatiga chuqur kirib borishga 
qaratilgan, taqlil etish, sistemalashtirishning muayyan usullariga tayanadi. Pedagogika nazariy 
darajaga ko’tarilib, oldindan ko’ra bilish va tarbiya qonuniyatlarini bilishning yangi
imkoniyatlariga ega bo’ladi, shu tufali u kuzatishlar, tajribalar, eksperimentlardan o’zib ketishi
mumkin. Nazariy darajadagi tadqiqot pedagogikaning eng muqim, prinsipial muammolarini qal
etishi va ta'lim- tarbiyaning eng yangi tizimlarini ishlab chiqishi kerak. 


Metanazariy darajada nazariyalarning o’zi o’rganiladi va ularni tartibga solish va 
takomillashtirish yo’llari ishlab chiqiladi.Tadqiqotning u yoki bu darajasi unga xos metodlar, 
vositalar, shartlarni talab qiladi. Har qanday darajadagi tadqiqotni o’tkazishda uni tashkil etish va 
rejalashtirish g’oyat muhim o’rin tutadi. Pedagogik tadqiqotlar odatda bir necha bosqichdan 
iborat bo’ladi. 
1- bosqich. Muammoni belgilash va tadqiqot maqsadini o’rtaga qo’yish, shunga muvofiq tarzda 
masalaning tarixi va nazariyasini o’rganish. Pedagogik tajribani o’rganish faraz qilish va 
tadqiqot vazifalarini belgilash imkonini beradi. 
2-bosqich Farazlarni( o’rganilayotgan muammo yuzasidan faktlar va bilimlarni to’plash
asosida) tekshirish tadqiqotning qayd etish, shakllantirish va nazorat qilish bosqichlari orqali ryx 
beradi. 
3-bosqich Olingan faktlar va yangi bilimlarin ishlash va anglab yetish vositasida qilingan nazariy 
hulosalar. 
4-bosqich Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish. 
5-bosqich Tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish. 
Birinchi bosqichda tadqiqot muammosi o’rtaga qo’yiladi. Uning boshlanqich asosi quyidagilar 
bo’lishi mumkin:
a) amaliyotning bevosita ehtiyoji;
b) jamiyatning talablari va shaxsni tarbiyalash sohasidagi istiqbolli vazifalar;
v) umumiy pedagogik nazariyalar va ularning ayrim qismlarini rivojlantirishning ichki mantiqi; 
g) pedagogika nazariyasida pedagogik jarayonning tadqiq etilmagan sohalarini tahlil etish. 
Muammo fanda va unga muvofiq bo’lgan turmush sohasida, amaliy faoliyatda vujudga kelgan 
ziddiyatni nazariy shaklda ifodalaydi.Faraz- ishning har bir bosqichida ilmiy izlanishning 
yo’nalishini aniqlashga yordam beradigan ilmiy taxmindir. U tadqiqot jaraoni va uning 
xulosalarini oldindan ko’ra biladi. Javobning qo’yilgan savolga, hulosalarning asosga mos 
kelishi, tekshirishning osonligi yaxshi faraz belgilaridir. Farazni o’rtaga qo’ygandan keyin 
tadqiqotning aniq vazifalari ishlab chiqiladi, vazifalarni hal etish shartlari, usullari, dastlabki 
asoslari va vositalari aniqlanadi, tadqiq etish metodlari belgilanadi.Tadqiqotning ikkinchi 
bosqichi qo’yilgan masalalarni qal etishga, farazni tekshirishga qaratiladi. Bu yerda ular 
yordamida baholash mumkin bo’lgan faktlarni izchillik bilan to’plash, mezonlarni topish muhim 
hisoblanadi. Bundan oldin mavzuga va tadqiqot vazifalariga, shuningdek bolalarning yoshiga 
mos keladigan metodlar ishlab chiqiladi. Bu yerda tadqiqotning qayd etadigan, shakllantiradigan 
va nazorat qiladigan bosqichlari qo’llaniladi. qayd etuvchi bosqichi pedagogik hodisaning unga 
tadqiqotchi faol aralashuvigacha bo’lgan holatini o’rganadi. Bu bosqichga odatda muayyan 
metodlar ham mos keladi: so’rab bilish, suhbat, sosiometriya, kuzatish, laboratoriya tajribasi, 
pedagogik tajribani o’rganish va hokazo. Tadqiqotning ikkinchi bosqichida shakllantiruvchi 
tajriba (shakllantiruvchi bosqich) etakchi o’rin tutadi, u qayd etuvchi eksperiment qulosalariga 
tayanadi va pedagogik jarayonga talab etiladigan o’zgarishlarni ataylab kiritish, olingan 
natijalarni hisobga olish imkonini beradi.Nazorat bosqichi pedagogik ta'sir ko’rsatishning 
o’rganilayotgan usullari samaradorligini aniqlash imkonini beradi. Odatda bu yerda kuzatish, 
laboratoriya tajribasi, suhbat, bolalar faoliyati va uning natijalarini o’rganish hamda boshqa 
metodlardan foydalaniladi.Uchinchi bosqich- olingan ma'lumotlarni nazariy anglab yetish va 
ilmiy-pedagogik natijalarini rasmiylashtirish. Bu bosqichda faktlar ishlanadi, tahlil etiladi, 
sistemaga solinadi, ular asosida umumlashtirish o’tkaziladi, qonuniyatlar belgilanadi. Tadqiqot 
natijalari vazifalarini hal etish darajasini belgilash, farazni tasdiqlash yoki inkor etish imkonini 
beradi. Agar faraz tasdiqlansa, u yangi bilim tusini oladi. Agar inkor etilsa, yangi faraz o’rtaga 
qo’yiladi va u tadqiqotni davom ettirishni talab qiladi.To’rtinchi bosqich- ilmiy-tadqiqot 
natijalarini rasmiylashtirish. Ular muayyan mantiqqa asosan bayon etiladi: tadqiqot muammosi 
dolzarbligini, o’rgansh mavzuini, farazni, tadqiqot vazifalari va metodikasini tanlashni asoslash, 
tadqiqot jarayonini bayon etish, uning natijalarini taqlil qilish, xulosalarni ta'riflash. 
Tadqiqotning yakunlovchi (beshinchi) bosqichi- uning natijalarini qo’llash. Tadqiqot natijalari 
amaliyotda va nazariyada qo’llanilsa, u tugallangan hisoblanadi. Tadqiqot metodi- bu tadqiqotni 


olib borish yo’li, ya'ni qonuniy aloqalarni, munosabatlarni o’rnatish va ilmiy nazariyani tuzish 
uchun ilmiy ahborotni olish usulidir. Tadqiqot metodlari o’z ichiga bir qancha usullarni 
(metodning qismini) oladi. Kuzatish metodi - bu pedagogik xodisani rejali ravishda o’rganish 
bo’lib, bu jarayonda tadqiqotchi hodisani butun holda yoki uning alohida tomonlarini ko’rishi, 
muhim, barqaror aloqalarni aniqlashi mumkin. Faktlarni to’plash, ularning muhim tomonlarini 
qayd etish kuzatishning bosh vazifasidir. Tadqiqot metodi sifatida kuzatish aniq-ravshan 
anglangan maqsadning mavjudligi bilan izoqlanadi.U avvaldan ishlab chiqilgan rejaga asosan 
o’tkazilib, unda kuzatish ob'ekti, kuzatish maqsadi va vazifalari, dasturi, metodikasi va texnikasi 
ko’rsatiladi. Ilmiy kuzatish faktlarni ob'ektiv va aniq qayd etishni talab qiladi. Kuzatish metodi-
eshitish qobiliyati buzilgan bolalar maktabgacha tarbiya muassasalarida tashkil etilayotgan 
korreksion-tarbiyaviy ishlarni kuzatish maqsadida qo’llaniladi. Pedagogik kuzatish jarayonida 
eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar faoliyatining xususiyatlari, ta'lim dasturida belgilangan bilim 
va malakalarni egallash samaradorligi, qo’llaniladigan metod va uslublar to’g’risidagi faktlarni 
to’plash, sistemalashtirish va tahlil qilish kabi vazifalar amalga oshiriladi.Kuzatishdan avval 
kuzatish maqsadi, ob'ekti, rejasi, natijalarni qayd etish shakli belgilanib oladi. Kuzatish ob'ekti 
etib maktabgacha tarbiya yeshidagi kar va zaif eshituvchi bolalarinng turli mashg’ulotlardagi 
faoliyatlari hamda, erkin faoliyatlari belgilab olinishi mumkin. Surdopedagog va tarbiyachilar 
faoliyatini kuzatish, metod va usullarni tahlil qilish ham muhim ahamiyatga ega. Kuzatish 
materiallarini tahlil qilishda ijobiy faktlar bilan birga salbiy tomonlarni aniqlanishi ham 
muhimdir. Mazkur metodning afzalligi uning tabiiyligida va avvaldan rejalashtirilgan ish 
tartibiga putur yetkazmaganidadir. Biroq, bolalar bog’chasi sharoitida o’rta va katta guruh 
bolalari faoliyati ustidan kuzatishlarni olib borish tavsiya etiladi ( L.A.Golovchis). Kuzatishlar 
natijalari aniq-ravshan bo’lishi uchun yozma bayonnomalar bilan birga audio va vadeo yozuvlar
hamda fototasvirlardan foydalaniladi. Pedagogik tadqiqotlarda eksperiment o’quv yoki 
tarbiyaviy ishda amalga oshiriladigan ilmiy tarzda qo’yilgan tajriba katta o’rin tutadi. Tajriba 
chog’ida pedagogik hodisani o’rganish o’rganilayotgan ob'ektga izchil ta'sir ko’rsatgan holda 
maxsus tashkil etilgan nazorat qilinadigan sharoitda amalga oshiriladi. Tajribaning asosiy 
vazifasi- ayrim pedagogik ta'sirlar va uning natijalari o’rtasidagi sabab-oqibat aloqalarini 
o’rnatishdan iboratdir, bu esa pedagogik jarayonni yanada samarali usul bilan boshqarish uchun 
zarurdir. Tadqiqotchi tajriba davomida passiv kuzatuvchidan farqli ravishda o’rganilayotgan 
pedagogik hodisa jarayoniga faol aralashadi. Bunda tadqiqotchi ba'zi hodisalarni bartaraf etishi 
va boshqalarini kuchaytirishi mumkin. Tajriba o’tkazuvchi oldida turgan vazifalar va tadqiqot
tusiga boqliq tarzda tabiiy va laboratoriya tajribasi qo’llaniladi. Tabiiy va laboratoriya 
tajribasining farqi tadqiqot olib borayotgan sharoit bilan boqliqdir. Tabiiy tajriba tabiiy 
sharoitlarda (bunday tajribadan asosan bolalar bilan ishlashda foydalaniladi), laboratoriya 
tajribasi esa maxsus yaratilgan sharoitda o’tkaziladi. Ayni paytda tabiiy tajribadan farqli ravishda 
bu yerda faoliyat ro’y beradigan shart-sharoitga ta'sir qilinadi. Sinalayotganning faoliyati esa 
tabiiy ravishda kechayotgan holatda kuzatiladi. Bundan tashqari, laboratoriya tajribasi 
sinalayotganlarga ko’rsatilayotgan ta'sir xususiyatini va ularning javob reaksiyalarini aniq qayd 
etish (asboblar yerdamida) imkonini beradi. Tajriba, shuningdek tasdiqlovchi yoki 
shakllantiruvchi, individual yoki frontal bo’lishi hamda tabiiy yoki laborator sharoitda 
o’tkazilishi mumkin. Tasdiqlovchi tajriba sharoitida bolalarning kuzatish jarayonida namoyon 
etilmagan rivojlanish xususiyatlari aniqlanadi. Tajribaning samaradorligi uning maqsad va 
vazifalari, o’tkazish metodikasi, kutiladigan natijalari aniq belgilanib, rioya qilinishiga 
boqliqdir.Surdopedagogika fani uchun pedagogik texnologiyalarni sinash, ilmiy tahminlarni 
tekshirish maqsadida olib boriladigan shakllantiruvchi yoki o’rgatuvchi tajriba katta ahamiyatga 
ega. O’rgatuvchi tajribani tashkil etilishi uchun o’z tasdiqini topadigan va korreksion-
tarbiyaviy faoliyatga ta'sir etadigan ilmiy farazning bo’lishi talab etiladi. Tajribadan ob'ektiv 
ma'lumotlar olinishi uchun ma'lumotlar sifat va son jihatdan har tomonlama tahlil 
etiladi.Bolalar ishlarini, ta'lim-tarbiya muassasalari xujjatlarini o’rganish metodi. Pedagogik 
xujjatlarni o’rganish tadqiq etilayotgan ob'ekt haqida turli ahborotni olish imkonini 
beradi.Ahborot manbaalari qatoriga xalq ta'limi organlari, maktabgacha ta'lim muassasalari, 


maktab raxbarlari, surdopedagog tarbiyachilar, o’qituvchilarning rejalari va hisobotlari, 
mashg’ulotlar konspektlari, kundalik va sinf jurnallari, badiiy va texnik ijodiyot natijalari kiradi.
Bu materiallarni o’rganish tadqiqotchining kuzatishlari natijalarini to’ldiradi, yangi faktlarni 
aniqlashga ko’maklashadi. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar ijodiy faoliyatining maxsulotlari, 
masalan, rasm, yasalgan buyumlar, qurilgan narsalarga qarab, bolalarning psixik jarayonlari: 
diqqati, xotirasi, idroki, tafakkurining saviyasi haqida xulosa qilish mumkin. Eshitish qobiliyati 
buzilgan bolalarning amaliy faoliyatining natijalari bolalarning alohida xususiyatlarini 
aniqlashga yordam beradi. Bolalar tomonidan chizilgan rasmlari, plastilin va tabiiy 
materiallardan yasalgan buyumlarni ko’rib chiqish, taxlil qilish, bolalarga berilgan topshiriqlari 
qay darajada murakkablashib borganini, tasvirlash faoliyati qanday rivojlanib borganini 
aniqlashga hamda ular bilan olib boriladigan keyinggi ishlarni belgilashga yordam beradi.Suhbat 
- sinov o’tkazilayotganlar bilan avvaldan puxta o’ylangan savollar yordamida bevosita, jonli 
muomaladir. U yakka tartibdagi va jamoa tarzidagi suhbat bo’lishi mumkin. Suhbat intervyudan 
( bir tomonlama suhbatdan; unda tashabbuskor kishi savollar beradi, suhbatdosh esa javob 
qaytaradi) shu bilan farqlanadiki suhbat ikki tomonlama aloqa o’rnatishni va o’zaro 
xayrihoxlikni nazarda tutadi. Suhbat metodi bolalarning qiziqishlarini, ularning tasavvurlarini, 
munosabatlarini, muloqazalarini va turmushning u yoki bu xodisalarini baholashlarini aniqlashga 
yordam beradi. Suhbat o’tkazish uchun maqsadni belgilash, dasturni ishlab chiqish, savollarni, 
ularning ketma-ketligini puxta o’ylash zarur. Suhbat aksariyat hollarda pedagoglar va ota-onalar 
bilan o’tkazilib, bolalarning rivojlanishi, o’ziga hos xususiyatlari haqida ma'lumot to’plashga 
xizmat qiladi. Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar bilan suhbat o’tkazish yaxshi samara 
bermaydi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib borilgan suhbat materiallari kuzatish, 
psixolog-pedagogik xujjatlarni taxlil qilish, pedagog va ota-onalar bilan suhbat qurish chog’ida 
to’plangan ahborotlar bilan tasdiqlanishi kerak. Mazkur metodning samaradorligi sug’batning 
maqsadini qo’yilishi, savollarning to’g’ri belgilanishi, javoblarning to’g’ri belgilanishi va tahlil 
qilinishiga boqliqdir.So’rab bilish metodi. U anketa (ezma so’rab bilish shakli) va intervyu 
(oqzaki so’rab bilish shakli)dan foydalanib o’tkaziladi. Ommaviy mulohazalar olish uchun 
anketa yordamida so’rab bilish metodidan foydalaniladi. Uncha katta bo’lmagan guruhdan 
axborot to’plash zarur bo’lgan hollarda odatda intervyu olish metodidan foydalaniladi. Buning 
mohiyati shundaki, tadqiqotchi bunday guruhda avvaldan tuzilgan savollar asosida yakka 
tartibda suhbat o’tkazadi va javoblarni yozib oladi.Ota-onalar va pedagoglardan so’rab olish
chog’ida, qonuniyat va tendensiyalarni aniqlash maqsadida to’plangan ma'lumotlar matematik 
tahlil etiladi. Mazkur metodlar verbal (nutqiy) xarakterga ega bo’lganligi sababli, maktabgacha 
yoshdagi zaif eshituvchi va kar bolalarga qo’llash muayyan qiyinchiliklarni tug’diradi.Ilmiy-
metodik manbaalarni o’rganish. Maktabgacha surdopedagogika nazariy adabiyotlarni o’rganish 
metodlaridan ham foydalanadi. Surdopedagogikaga oid adabiyotlarning materiallari qo’yilgan 
muammoni o’rganish, boshqa metodlar (kuzatish, eksperiment, suqbat, pedagogik tajribani 
o’rganish) vositasida olingan ma'lumotlarni ilmiy- metodik ma'lumotlar bilan tasdiqlanishini 
nazarda tutadi. Odatda, ta'lim-tarbiyaga oid muammoni o’rganish tegishli adabiyotni tahlil 
qilishdan boshlanadi. Ilmiy metodik adabiyotlar turli sohalarga oid bo’lishi mumkin: 
maktabgacha va maktab surdopedagogikasi (monografiyalar, ilmiy asarlar to’plami, darsliklar, 
metodik qo’llanmalar); maktabgacha pedagogika va psixologiyaga oid adabiyotlar; 
defektologiya 
tarmoqlari 
oligofrenopedagogika, 
logopediya, 
tiflopedagogika 
bo’yicha 
adabiyotlar va boshqalar shular jumlasidan. Bundan tashqari doimiy nashrlar, masalan 
"Defektologiya", "Boshlanqich ta'lim", "Maktabgacha ta'lim", "Maktab va hayot", "Bola va 
zamon" va boshqa jurnallar, lug’atlar, ma'lumot kitoblaridan ham o’rganilayotgan muammo 
bo’yicha axborot va ma'lumot tahlil qilinadi. Turli mavzularni o’rganish choqida ilmiy-metodik 
manbaalarni o’rganish nazarda tutiladi, biroq ayrim hollarda, masalan, surdopedagogikaning 
tarixini o’rganishda, mavjud ta'lim-tarbiya tizimining konseptual (yo’riqnoma) Nizomlarini 
tadiqiq etishda u yetakchi rol o’ynaydi. Tajribani o’rganish va umumlashtirish metodi - 
pedagogik tadqiqotlarda yetakchi metodlardan biridir. Surdopedagogika fani tarbiya bilan 
ta'limning u yoki bu metodlari va usullari ijobiy,barqaror natijalar beradigan shart-sharoitlarni 


belgilaydi. Bu jihatdan ommaviy tajriba surdopedagogika fanining ob'ekti hisoblanadi. 
Pedagogik tajriba tushunchasi ko’p qirralidir. Pedagogik tajribaning keng ma'nosi -ta'lim va 
tarbiya amaliyoti, ya'ni maxsus maktabgacha ta'lim muassasalarida ish qay darajada amalga 
oshirilayotganini o’rganishdir. surdopedagogikaning ko’pchilik muammolarini hal etishda 
mavjud ta'lim-tarbiya jarayonini o’rganish, surdopedagog amaliyotchilarning kashfiyotlarini 
nazariya asosida idrok etish va qayta ishlab chiqish, ya'ni ilqor tajribani o’rganish, 
umumlashtirish va tarqib etish g’oyat katta ahamiyatga ega. Ilqor tajriba- bu rivojlanib boruvchi 
tajriba bo’lib, u fan uchun qimmatlidir. Samaradorlik (barqarorlik, ta'lim va tarbiyalashdagi 
yuksak ijobiy samara) va tejamkorlik (ko’p vaqt va kuch sarflamasdan natijaga erishish) ilqor 
tajribani aniqlash mezonlaridir. Bu metodning afzalligi shundaki, u tarbiya va ta'lim tajribasi 
bilan bevosita aloqa bog’lash imkonini beradi. 
Pedagogik tadqiqotlarda keyinggi yillarda boshqa metodlar bilan birga sosiometriya metodi 
keng qo’llana boshlandi, u so’rab bilish yoki odamlarning barqaror xatti-qarakatlarini kuzatish 
asosida jamoadagi o’zaro munosabatlarni aniqlaydi.Pedagogik tadqiqotlarda ma'lumotlarni 
tekshirish va ishlov berishning matematik metodlari ham qo’llaniladi, ularning natijalari 
sxemalarda, 
diagrammalarda, 
grafiklarga 
o’z 
ifodasini 
topadi. 
Keyingi 
yillarda 
tadqiqotchilarning diqqat-e'tiborini modellashtirish metodi ham jalb etmoqda. Modellashtirish- 
bu maxsus modellar barpo etish yo’li bilan haqiqatda mavjud pedagogik sistemani biror narsaga 
o’xshatish bo’lib, ularda bu sistemaning faoliyat usullarini bilish imkonini beradi. Yuqorida qayd 
etilgan barcha metodlar sinalayotganlarning yosh hususiyatlarini hisobga olish, eng ob'ektiv 
ma'lumotlarga ega bo’lish chun hilma-hil metodlardan foydalanishni talab etadigan yosh avlodni 
tarbiyalash va unga ta'lim berishni takomillashtirish yo’llarini slbitqadamlik bilan va murakkab 
izlanishdir. Pedagogik tadqiqot ham aloqida shaxsni, ham jamoalar, guruqlar( bolalar, kattalar-
pedagoglar, ota-onalar)ni o’rganishni o’z ichiga oladi. Pedagogik tadqiqotning o’ziga xos 
xususiyati shundaki, uning natijalari darhol namoyon bo’lmaydi. 
Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar 
1.Maktabgacha surdopedagogika fanining predmeti va vazifalarini yoriting. 
2. Eshitish qobiliyati buzilgan bolalar shaxsini rivojlantirishda maktabgacha davrining ahamiyati
qandayq 
3. Maktabgacha surdopedagogika fanininng boshqa fanlar bilan aloqadorligini ta'riflab bering. 
4. Pedagogik tadqiqot metodlarini yoritib bering. 
5. Kurs ishi mavzusini belgilang. Kurs ishini yozishda qanday metodlardan foydalanish mumkin. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1.Belova N.I. Spesialnaya doshkolnaya surdopedagogika M.1985 
2.Golovchis L.A. Doshkolnaya surdopedagogika M. 2001 
3.V.I.Loginova, P.G Samorukova Doshkolnaya pedagogika M. 1983 
4.Lapshin V.A., Puzanov B.P. Osnovi defektologii M.1990 
5.Surdopedagogika (Pod red. M.I.Nikitinoy) M.1989 
6. P.Yusupova Maktabgacha tarbiya pedagogikasi T.o’qituvchi 1993 


3-BOB 
Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning maktabgacha tarbiyasi tarixidan 
1§ Surdopedagogika fani rivojlanishining asosiy rivojlanish bosqichlari 
Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning maktabgacha tarbiyasi uzoq tarixga ega. Progressiv 
surdopedagoglar kar bolalarni ilk yoshdan tarbiyalash , ular uchun maxsus maktabgacha tarbiya 
muassasalarni tashkil etish zarurligi haqida fikr bildirganlar. X1X asrda taniqli rus 
surdopedagog, surdopedagogika fanidan yaratilgan dastlabki asarlarning muallifi V.I.Fleri, kar 
bolalarni o’qitish va tarbiyalashni erta boshlash zarurligini e'tirof etgan. "Kar bolaning ilk 
tarbiyachisi- uning onasi , farzandiga mehr-muruvvatli, diqqat-e'tiborli va g’amxo’r bo’lib, 
rivojlanishini ta'minlaydi talaffuz etish va labdan o’qish malakalarini shakllantiradi-deydi olim. 
Kar bolalarning ta'limi qancha barvaqt boshlansa, uning rivojlanishida shuncha sezilarli
yutuqlarga erishish, umumiy ta'lim olishi imkoniyat yaratish mumkin. 
V.I.Fleri maktabgacha yoshdagi kar bolalarning so’zli nutqini o’stirish yuzasidan metodik 
ko’rsatmalar ishlab chiqqan hamda, eshitish qobiliyatining holatini hisobga olgan holda 
differensial yondashuvga amal qilishni taklif etgan. V.I.Flerining asarlarida kar bolalarga 
nisbatan insonparvarlik munosabatda bo’lish kerakligi, ilk yoshdanoq ularning so’zli nutqini 
rivojlantirish zarurligi e'tirof etilgan.
XIX asrning o’rtalarida Rossiyada ijtimoiy maktabgacha tarbiya tizimi rivojlanib kelayotgan 
bir paytda, ilqor pedagoglar anomal bolalar uchun ham maktabgacha tarbiya muassasalar 
ochishni taklif etadi. Biroq, bu g’oya keng jamoatchilik va xukumat tomonidan qo’llab-
quvvatlanmadi. Aksariyat surdopedagoglar kar bolalarni ilk yoshdan onalaridan ajratib olishni
shavqatsizlik deb hisoblagan. Bundan tashqari, maxsus maktablarda qo’llanilgan, kar bolalar 
nutqini o’stirish metodlari maktabgacha yoshdagi bolalarga hos bo’lmagan onglilik va turqun 
diqqatni talab etganligi sababli, bunday bolalarga murakkablik qilgan. 
Ilk bor jismoniy va psixik rivojlanishida turli kamchiliklari bo’lgan bolalar uchun maxsus 
maktabgacha tarbiya muassasalarni tashkil etish masalasi 1895-1896 yilda texnik va kasbiy 
ta'lim bo’yicha birinchi anjumanda muxokama etilgan. 1903 yilda ilmiy-pedagogik anjumanda 
Peterburgda kar-soqovlarni o’qitish va ularga muruvvat ko’rsatish masalalariga baqishlangan 
N.K.Patkanova va N.A.Raularning ma'ruzalari eshitildi. Ma'ruzalarda kar-soqov bolalar uchun 
ijtimoiy maktabgacha tarbiya muassasalarni tashkil etib, ta'lim-tarbiyani 3 yoshdan boshlash 
zarurligi isbotlanadi. Surdopedagoglar Ye.S.Borishpolskiy, O.Komir, N.K.Patkanova, N.A.Rau, 
F.A.Raular kar bolalar kamol topishini eshituvchi bolalar rivojlanishiga yaqinlashtirish 
maqsadida ilk yoshdan ularning og’zaki nutqini rivojlantirish zarurligini ta'kidlaydilar. N.A.Rau
Moskvada uning tashabbusi bilan ochilgan kar-soqov bolalar bog’chasida olib borilgan ish 
tajribasi bilan o’rtoqlashadi. 
Keyinggi 
yillarda 
surdopedagoglar 
tashabbusi 
bilan 
Peterburg 
(1902y), 
Kiev 
(1904y),Aleksandrovsk (1909y),Tambov (1912 y)da maxsus bolalar boqchalari tashkil etiladi. 
Usha davrda maktabgacha tarbiya muassasalari xususiy ravishda tashkil etilib, bolalarning ota-
onalari va homiylarning mablag’lari hisobiga faoliyat ko’rsatar edi. Bog’chada tarbiyalash 
uchun to’lov haqqi qimmat bo’lganligi sabali, u yerda o’ziga to’q ota-onalar farzandlari 
tarbiyalanar edi. 
1915 yilda "Maktabgacha tarbiya yoshidagi kar bolalarga meqr-muruvvat ko’rsatish" 
jamiyati ta'sis etiladi, uning vazifasi a'zolik badallar, hayr-eqson mablag’lari, hayriya 
konsertlardan tushgan pullar hisobidan maktabgacha ta'lim muassasalariga yordam ko’rsatishdan 
iborat bo’lgan. 
Kar bolalar maktabgacha tarbiya muassassalarida ham, eshituvchi bolalar bog’chalarida 
qo’llaniladigan Frebel metodikasidan, ya'ni qo’l ishi: to’qish, mozaika yasash, qog’ozdan narsa 
yasash, qirqib yepishtirish, loy ishi va boshqa ishlardan qisman foydalanilgan. 


N.A.Rau kar-soqovlarni o’qitish va tarbiyalash tizimini tavsiflab, dastlabki tarbiyalash 
davrida Frebel metodikasi bo’yicha olib boriladigan o’yin va mashqlarni yuksak baholaydi. Shu 
bilan birga, tahlid qilish, diqqat, epchillik, ziyraklik kabi hislatlarning o’sishi bilan, bolalarning 
og’zaki nutqini o’stirish bolalar bog’chasining muhim vazifalaridan biri ekanligini e'tirof etadi. 
Bolalar bog’chalarida nutq o’stirish mashg’ulotlari bilan birga hisobga o’rgatish, ritmika 
mashqulotlari ham olib borilgan. 
1920 yilda bo’lib o’tgan, bolalar defektlariga qarshi kurashuvchi arboblarning 1- anjumanida
maxsus maktabgacha tarbiya muassasalar tarmog’ini kengaytirish, ularga bolalarni 2 yoshdan 
boshlab qabul qilish masalasi ko’tariladi. Anjumanda o’sha yillarda mavjud bo’lgan "ahloqiy 
defektivlik" burjuaziya nazariyasi keskin tanqid qilinadi. Aqliy va jismoniy rivojlanishida 
kamchiliklari bo’lgan bolalarning ta'lim olish imkoniyatlarini inkor etadigan "ahloqiy 
defektivlik nazariyasi" tanqiddan so’ng inqirozga uchrab rad etiladi. 1921 
yilda 
bo’lib 
o’tgan maktabgacha tarbiya bo’yicha 2-anjumanida maktabgacha tarbiya muassasalar 
xodimlarining e'tibori pedagogik jarayonini takomillashtirish masalalariga qaratiladi. 20-yillarda, 
ta'lim -tarbiya berish jarayoniga "formalistik ruhda yondashuviga yo’l qo’yilyapti", degan 
vajlarga asoslanib, Frebel va Montessori tizimlariga qarshi kurash olib boriladi.1924 yilda 
voyaga yetmagan bolalarning ijtimoiy xuhuqiy himoyalash bo’yicha 2-anjumanida N.A.Rau 
maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish masalalarini 
ilgari suradi. Maxsus bolalar bog’chasini komplektlashda tarbiyalanuvchilarning yoshi, eshitish 
qobiliyati va nutqining holatiga hamda intellektual rivojlanishiga ko’ra, ertalabki 
mashqulotlarda guruhlarda 6 kishidan ko’p, kechki soatda 10 kishidan ko’p bo’lmasligini taklif 
etadi. Shuningdek,korreksion ta'lim-tarbiya jarayonida differensial yondashuvni amalga oshirish, 
kun tartibiga rioya etish muhimligi ta'kidlanadi. 
N.A.Rau tomonidan kar bolalar nutqini analitik-sintetik o’stirish metodi ishlab chiqiladi. 
Mazkur metodning mohiyati shundaki, kar bolalarga so’z va jumlalarni gapirishga o’rgatilib, 
keyinchalik alohida bo’g’in, tovushlarni talaffuz etish mashq qilinadi, so’ng tovush va 
bo’g’inlardan so’zlar tuziladi. Kar bolalar nutqi turli o’yinlar vositasida o’stiriladi. Nutqiy 
material bolalarning eqtieji, qiziqishlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda tanlanib olinadi. 
N.A.Rau bolalarni o’qitish jarayonida "g’uldirash" so’zlar( "miev", "ma" "ba" "vov")dan keng 
foydalanadi, uning fikricha bunday so’zlarning qayta-qayta talaffuz etilishi nutq analalizatori 
faoliyatini takomillashtirishiga yordam beradi. So’zlarning fonetik tuzilishini o’zlashtirish 
paytida bolalarga so’zlarni qisqartirib, biroz o’xshatib bo’lsa-da talaffuz etishga yo’l qo’yiladi. 
Kar bolalarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish bo’yicha mashg’ulotlardan tashqari, dastlabki 
matematik tasavvurlarini shakllantirish, tabiat bilan tanishtirish, eshitish qobiliyatini 
rivojlantirish va ritmik mashg’ulotlarni olib borish zarur deb hisoblaydi.1930 yillarda Moskvada 
birinchi yasli-bog’cha ochilib, unga 1.5 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan bolalar qabul qilinadi. 
Yasli-bog’chaning ta'sischisi va rag’bari N.A.Rau, tarbiyalanuvchilar nutqini o’stirishda analitik-
sintetik metodni qo’llaydi. Bolalar bilan eshitish qobiliyatini rivojlantirish, harakat qilish 
kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha korreksiyalovchi jismoniy tarbiya mashg’ulotlari ham olib 
boriladi. 1938 yilda o’tgan, kar-soqovlarni o’qitish va tarbiyalash masalalariga bag’ishlangan 
quriltoyning qaroriga muvofiq, karlarni so’zlashuv nutqini o’stirish metodlari qayta ko’rib 
chiqiladi va oqzaki nutq bilan bir qatorda yozma nutqdan foydalanish tavsiya etiladi.
1940 yillarda Ye.P.Musatova maxsus kar bolalar bog’chalarida so’zli nutqni o’stirishning 
dastlabki bosqichida , yozma nutqdan muloqot vositasi sifatida qo’llanilishini taklif 
etadi.E.P.Musatova kar bolalarning so’zli nutqini o’stirish bo’yicha metodik tavsiyalar ishlab 
chiqadi. E.P.Musatovaning metodikasi bo’yicha tovushlarni noto’qri talaffuz etish, so’zlarni 
qisqartirgan holda gapirish ta'qiqlangan, sensomotor rivojlanishini ta'minlash va nutqiy nafasni 
o’stirish maqsadida turli mashqlar tizimidan foydalaniladi. Ta'limning bosqichlariga mos holda, 
qo’yilgan tovushlarni hisobga olgan og’zaki nutq, labdan o’qish, yozma nutqda foydalaniladigan 
lug’at boyligi ishlab chiqildi. o’sha davrda maxsus maktablarda 3-sinfdan boshlab qo’llanib 
kelingan daktil nutqdan bolalar bog’chasida, savodi chiqmagan bolalarga ta'lim berishda 


foydalanish ta'qiqlangan.Surdopedagoglar fikricha, daktil nutqni erta kiritilishi, og’zaki nutqni 
egallanishiga to’sqinlik qilgan. 
1940 yillarda Rossiya va ittifoq davlatlarda maktabgacha yoshdagi kar va zaif eshituvchi 
bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimi shakllanib, maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarda 
bolalarni o’qitish va tarbiyalash maqsad va vazifalari ishlab chiqiladi. Surdopedagoglar oldida 
kar bolalarni jismoniy, aqliy, aqloqiy va estetik jihatdan tarbiyalash, mehnat ko’nikma va 
malakalarini rivojlantirish, so’zli nutqning og’zaki va yozma shaklidan ta'lim berish va muloqot 
qilish hamda maktab ta'limiga tayorlash vositasi sifatida foydalanish vazifalari qo’yiladi. 
Maktabgacha tarbiya muassasalar xodimlari pedagogik jarayonni "Bolalar bog’chasi tarbiyachisi 
uchun mo’ljallangan ko’rsatmalar" (1945 y) asosida takkil etganlar. 
1950 yillarda umumiy yo’nalishdagi va maxsus bolalar bog’chalarida bolalarni o’qitish va 
tarbiyalash dasturini hamda yangi metod va usullarni yaratish sohasida ko’pgina tadqiqotlar olib 
boriladi. 1951 yilda maorif vazirligi tomonidan tasdiqlanagan "Maktabgacha tarbiya 
muassasalarda kar-soqovlar bilan ishlash bo’yicha" metodik ko’rsatmalar tasdiqlanadi. Mazkur 
xujjat maxsus bolalar bog’chalari uchun birinchi dastur bo’ldi. Ushbu davrda Rossiyada 15 ta 
maxsus bolalar bog’chalari ochilib, alohida surdopedagog shtat birligi belgilandi. 
1960 yilda sobiq Sovet Ittifoqi Pedagogika fanlar akademiyasi maktabgacha tarbiya ilmiy 
tadqiqot instituti, 1961 yilda Defektologiya ilmiy tadqiqot instituti huzurida anomal bolalar 
maktabgacha tarbiyasi sektori tashkil etiladi. Uzoq davom etgan ilmiy tadqiqot va izlanishlar 
natijasida B.D.Korsunskaya rag’barligida "maktabgacha tarbiya yoshidagi kar bolalarni o’qitish 
va tarbiyalash"dasturi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Dasturning harakatlarni rivojlantirish, 
o’yin, maishiy-xo’jalik malakalarni rivojlantirish, madaniy xulq-atvor malakalari, hisob, tasviriy
faoliyat, qurish-yasash bo’yicha bo’limlariga asosiy talablar belgilanadi. 
B.D.Korsunskaya raxbarligida ishlab chiqilgan kar bolalarni o’qitish va tarbiyalash 
tizimining mohiyati tarbiyalanuvchilarning o’yin, mehnat, o’quv, maishiy xo’jalik faoliyatlarida 
ularning nutqini o’stirish zarurligida ifodalanadi. 
Kar bolalarni o’qitish va tarbiyalashda B.D.Korsunskaya to’rta tamoyilni ilgari suradi: 
o’ nutqni rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan ishning barcha bosqichlarida nutqning leksik 
va grammatik jihatlariga e'tibor berish. 
o’ Analitik o’qishga erta o’rgatish zarurati; 
o’ Tarbiyachining so’zlab berishi va suhbatini kar bolalarni har tomonlama rivojlantirish vositasi 
qo’llanilishi; 
o’ Ta'limning dastlabki davridan boshlab nutqning daktil shaklidan so’zli nutqni egallash 
vositasida qo’llash qisqartirilgan fonemalar tizimi asosida bolalarning so’zlashuv nutqi 
shakllantiriladi. F.F.Rau, N.F.Slezina 13 ta asosiy tovushlarni ta'limning 1-2 yillarida qo’yishni 
tasviya etadilar, bu tovushlar negizida 3-4 yillarda qolgan tovushlar o’zlashtirilib, maktab
yoshida bu ish yakunlanadi.
Maktabgacha tarbiya muassasalarda maktablardagidek, og’zaki nutqni o’stirishda polisensor
konsentrik, analitik-sintetik metoddan foydalaniladi. Surdotexnika va audiologiya sohasida 
eritilgan yutuqlar eshitish qobiliyati buzilgan bolalarning og’zaki nutqini o’stirish va eshitish 
qobiliyatini rivojlantirish metodikalariga sezilarli o’zgartirishlarni kiritadi. Kar va zaif eshituvchi 
bolalarning eshituv imkoniyatlarini ekspe rimental tekshirish natijalari asosida Pedagogika 
fanlar Akademiyasining defektologiya ilmiy tekshirish instituti xodimlari tomonidan eshitish 
qobiliyatini rivojlantirish dasturi va metodikasi ishlab chiqiladi. Ovozni kuchaytiruvchi 
apparatlardan foydalangan holda eshitish qobiliyatini rivojlantirish bo’yicha olib borilgan izchil 
ish bolalarni o’qitish jarayonini takomillashtiradi. Talaffuzga o’rgatishda dastlabki nutqiy birlik-
so’z bo’lib qoladi. 
1976-1992 yillarda Defektologiya ilmiy tekshirish instituti xodimlari tomonidan 
"Maktabgacha yoshdagi kar va zaif eshituvchi bolalarni o’qitish va tarbiyalash dastur"larining 
loyiqalari ishlab chiqilib, amaliyot jarayonida tasdiqlanadi.


Maktabgacha yoshdagi eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni o’qitish va tarbiyalash dasturlari,
maktabgacha tarbiyaning umumiy tamoyillariga asoslangan holda , bolalarni kamol toptirish, 
defektlarni korreksiyalashga yo’naltiriladi. 
Dastur quyidagi tamoyillarga asoslanib tuzilgan: 
1.Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishidagi umumiy qonuniyatlar va psixik rivojlanishidagi 
senzitiv davrlarni hisobga olish. 
2. Kar bolalarning yosh va psixofizik imkoniyatlarini o’rganish, ularning har tomonlama 
rivojlanishini ta'minlash, eshituvchi tengdoshlari sodir bo’lgan narsalarga o’rgatib borish. 
3. Korreksion-tarbiyaviy ishni nuqson tuzilishi hamda bolalarning alohida xususiyatlarini 
hisobga olgan holda olib borish. 
4. Ta'lim jarayoniga amaliy yondashuvni qo’llash, ya'ni tarbiyaviy, o’quv va korreksion ishlarni 
bolalarning asosiy faoliyatlari jarayonida olib borish. 
5. Barcha mashg’ulotlarda va kun davomida bolalarning eshituv qoldiqlaridan keng foydalanish, 
jamoa bo’lib va alohida alohida ishlatiladigan ovozni kuchaytiruvchi moslamalardan 
foydalanish. 
6. Dasturning barcha bo’limlarida berilgan o’quv materialni mavzular bo’yicha ajratib, butun 
ta'lim jarayonida o’rganib borish. Bolalarning turli faoliyatlarida bir hil nutqiy vositalarini 
tanlash. 
7. Atrofdagi borliq to’g’risidagi taassurotlarni uch usul , ya'ni harakat, tasvirlab berish, nutq 
vositasida ifodalash; So’zli nutqning og’zaki, yozma, daktil shaklidan ta'limning bosqichiga 
qarab turli nisbiy miqdorda qo’llash. 
8. Maktabgacha tarbiya muassasasi, oila va maktab o’rtasida uzviy aloqani o’rnatish. 
1992 yilda ishlab chiqilgan dasturlar quyidagi tuzilishga ega: 
1. Jismoniy tarbiya 
2. Mehnat 
3. O’yin 
4. Taviriy faoliyat va qurish-yasash 
5. Tevarak atrof bilan tanishtirish 
6. Nutq o’stirish 
7. Eshitish qobiliyatini rivojlantirish va talaffuzga o’rgatish. 
8. Oddiy matematik tasavvurlarni shakllantirish 
9. Musiqa tarbiyasi. 
Dasturdagi material sistemaga solingan bo’lib, choraklar bo’yicha ajratilgan. Dastur 
talablarining bajarilishi bolalarning jismoniy, ahloqiy, mehnat va estetik tarbiyalarini amalga 
oshirilishini ta'minlaydi. Dasturga muvofiq barcha ta'lim yillarda tarbiyachi va surdopedagog 
bolalarni ikki guruhga ajratgan holda uyg’unlikda olib borilishi nazarda tutiladi. Bunda bolalar 
korreksion ta'limini tashkil etishda aloqida va differensial yendashuvga amal qilish imkoniyati 
yaratiladi. Dasturlar maxsus bolalar bog’chalari, bolalar uylari, umumiy yo’nalishdagi bolalar 
bog’chalari qoshidagi guruhlar va boshqa sharoitlarda kar va zaif eshituvchi bolalar bilan 
korreksion tarbiyaviy ishni 5 yil davomida olib borish uchun mo’ljallangan.
Maktab-internatlar huzuridagi maktabgacha tarbiya guruhlarda olib borilayotgan ishlar 
chuqur o’rganilib, L.P.Noskova raxbarligida "Kar bolalar maktabi quzridagi maktabgacha 
guruhlarda bolalarni tarbiyalash va o’qitish dasturi" ishlab chiqiladi. Maktabgacha bo’limlar 
faoliyatini takomillashtirish bo’yicha quyidagi yo’llar belgilanadi: 
1. Jamoatchilik asosida tashkil etilgan va bolalar muloqotini ta'minlaydigan predmet amaliy 
faoliyatni keng qo’llash. 
2. Tarbiyalanuvchilarni muloqot vositasi sifatida ona tiliga o’rgatishda daktil nutqdan keng 
foydalanish. 
3. Labdan o’qishni yaxshilash, bolalar sensor rivojlanishini boyitish maqsadida, eshituv 
qobiliyatidan foydalanish, eshituv qobiliyati va to’qri talaffuzni shakllantirib borish. 


Dastur 5-6 yoshli bolalarni ikki yil davomida o’qitishga qaratilgan bo’lib quyidagi vazifalarni 
qo’yadi: 
1. Kar bolalar shaxsini har tomonlama rivojlantirish va nuqsonni kompensasiyalash hisobiga
umimiy rivojlanish saviyasini ko’tarish. 
2. Bolalarni kar bolalar maktabining birinchi sinfida o’qishga tayorlash. 
Maktabgacha guruhlar dasturi umumiy didaktik va va maxsus tamoyillar asosida tuzilgan 
bo’lib, kar bolalarning jismoniy, aqliy, ahloqiy, meqnat va estetik tarbiyasini ta'minlovchi 
tasavvur, bilim, malaka va ko’nikmalarni shakllantirishni nazarda tutadi. Dastur quyidagi 
bo’limlardan tashkil topadi: 
1) Jismoniy tarbiya
2) o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish va madaniy-gigienik malakalarni shakllantirish 
3) o’yin 
4) Tevarak atrof bilan tanishtirish va tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlarni kuzatish. 
5) Predmet amaliy ta'lim va tasviriy faoliyat. 
6) So’zli nutqni shakllantirish 
7) Eshitish qobiliyatinii rivojlantirish va talaffuz . 
8) Matematik tasavvurlarni shakllantirish. 
Dastur bo’limlarining o’rtasida uzviylik o’rnatilib, o’rganilayotgan material ko’p takrorlanib 
boradi. Maktabgacha guruhlarda predmet amaliy ta'lim va tasviriy faoliyat yetakchi bo’lim 
hisoblanib, bolalarning har tomonlama rivojlanishi va nutqining muloqot vositasida 
shakllaniiishiga qizmat qiladi. 
Dasturda bolalar nutqini o’stirishga amaliy yondashuv tatbiq etiladi. Ya'ni, bolalarning nutqi
turli faoliyatlari jarayonida hamda nutqiy faoliyatning har xil turlari: gapirish, yozuv, daktillash, 
eshitish, eshitib ko’rishdan keng foydalangan holda rivojlantiriladi. 
Shunday qilib, surdopedagogikaning rivojlanish tarixida ta'lim berish dasturlari va o’qitish 
metodikalarning takomillashtirilishini kuzatish mumkin. 
2-§ o’zbekistonda maktabgacha tarbiya muassasalar tizimining rivojlanishi 
O’zbekistonda aqliy va jismoniy rivojlanishida mavjud bo’lgan dastlabki maxsus maktab-
internat 1919 yilda sobiq sovet xukumati raxbari Y.Oxunboboevning qaroriga muvofiq Toshkent 
shahrida tashkil etilgan. Maktab-internatda kar va zaif eshituvchi, ko’zi ojiz, aqli zaif, tayanch 
harakat a'zolari shikastlangan bolalarga ta'lim-tarbiya berilarda, davolash ishlari tashkil etilardi.. 
1920-21 yillarda Toshkent shaqrida Y.Oxunboboev nomli Respublika ko’zi ojiz bolalar 
maktab-internati va 1-sonli kar bolalar maktab-internati tashkil etiladi. Mazkur maktab-
internatlar qoshida maktabgacha tarbiya bo’limlari ochilib, ularga bog’cha yoshidagi eshitishda
nuqsoni bo’lgan bolalar qabul qilinadi. 1960-70 yillarda kar va zaif eshituvchi bolalar uchun 
alohida dastlabki maktabgacha tarbiya muassasalari va mahsus guruhlar Toshkent shahrida 
(442,404), Toshkent, Andijon, Farqona, Namangan, Samarqand, Jizzax viloyatlarida ochiladi. 
Maktabgacha muassasalarda ishlovchi mutaxassislar sobiq Sovet Ittifoqining poytaxti Moskva 
Davlat Universitetida taqsil olib keladilar. 
Toshkent Davlat Pedagogika Instituti pedagogika va psixologiya fakulteti qoshida 1968 yilda 
defektologiya bo’limi ochiladi. 1974 yildan boshlab pedagogika va psixologiya fakulteti 
surdopedagoglarni tayyorlay boshlaydi. 
1973 yilgi Sobiq Sovet Ittifoqi Ministrlar Kengashining "Maxsus maktab (maktab-internat), 
maktabgacha tarbiya muassasalar tarmog’ini kengaytirish to’qrisidagi" qaroriga muvofiq 
Respublikamizning barcha viloyatlarida kar va zaif eshituvchi bolalar uchun maktab-internatlar 
ochiladi. Deyarli barcha maktab-internat qoshida maktabgacha tarbiya bo’limlari tashkil etiladi. 
Hozirgi kunda Respublikada kar va zaif eshituvchi bolalar uchun 19 ta maktab internati va 15 
ta maktabgacha tarbiya muassasa va guruhlar faoliyat ko’rsatib, ularda qariybo’rt ming nafar
bolalar qamrab olingan. 


Maktabgacha tarbiya yoshidagi eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish 
dasturi, ularni nutqini o’stirish bo’yicha o’quv-metodik qo’llanmalar Toshkent Davlat 
Pedagogika instituti, Respublika Ta'lim Markazi, A.Avloniy nomli XTXITMOMI
mutaxassislari va olimlari U.Fayzieva, X.Kalbaeva, N.Dadaxodjaeva, D.Alimjanova, 
D.Axmedovalar, amaliyotchi mutaxassislar J.Xusanova, N.Rasulovalar tomonidan ishlab 
chiqildi. Hozirgi kunda maktabgacha tarbiya yoshidagi eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarga 
ta'lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish maqsadida mutaxassis- olimlar tomonidan
korreksion davlat ta'lim talablari, dasturlar, o’quv-metodik qo’llanma va darsliklar yaratilmoqda.
Savol va topshiriqlar: 
1. Kar-soqov bolalarga erta ta'lim-tarbiya berilishiga rus surdopedagog V.I.Flerining 
munosabatini ta'riflang. 
2. 19-20-asrlarda maktabgacha tarbiya tizimining rivojlanishini yoritib bering. 
3. 20- asrning 50-70 yillarida mavjud bo’lgan kar bolalarni o’qitish va tarbiyalashning asosiy 
tamoyillari va talablarini yoritib bering. 
4. 1992 yilda tuzilgan kar va zaif eshituvchi bolalarga ta'lim-tarbiya berish dasturining 
tamoyillari va talablarini yoritib bering. 
5. Kar bolalar maktabi xuzurida tashkil etilgan maktabgacha tarbiya guruhlar uchun tuzilgan 
dasturning vazifasi va mazmunini yoritib bering. 
6. O’zbekistonda maxsus maktabgacha tarbiya muassasalar tarmoqi qanday rivojlanganini 
yoritib bering. 
ADABIYOTLAR RO’YXATI: 
1. Basova A.G. Yegorov S.V. Istoriya surdopedagogiki M.1984 
2. Dyachkov A.I. Vospitanie i obuchenie gluxonemix detey M.1957 
3. Programma obucheniya i vospitaniya v doshkolnqx gruppax pri shkolax dlya gluxix 
detey.M.1981 
4. Programma vospitaniya i obucheniya gluxix detey doshkolnogo vozrasta M.1964 
5. Programmo’ dlya spesialnix doshkolnix uchrejdeniy Vospitanie i obuchenie slaboslo’shaqix 
detey doshkolnogo vozrasta. 
6. Belova N.I. Spesialnaya doshkolnaya surdopedagogika M.1985 
7. Golovchis L.A. Doshkolnaya surdopedagogika M. 2001 
8. V.I.Loginova, P.G Samorukova Doshkolnaya pedagogika M. 1983 
9. Lapshin V.A., Puzanov B.P. Osnovi defektologii M.1990 
10. Surdopedagogika (Pod red. M.I.Nikitinoy) M.1989 
11. P.Yusupova Maktabgacha tarbiya pedagogikasi T.o’qituvchi 1993 
12. V.Raxmanova Maxsus korreksion pedagogika T.2005 


4-BOB 
Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalar tizimi 
1-§ Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalar tizimi 
"O’zbekiston Respublikasi ta'lim to’qrisida"gi qonun, Kadrlar tayorlash milliy dasturga 
asosan maktabgacha ta'lim tizimining dastlabki bosqichi bo’lib, 6-7 yoshgacha oilada,bolalar 
bog’chalari, sog’lomlatirish bolalar bog’chalari, reabilitasiya markazlari, aqliy va jismoniy 
rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar bog’chalari va mulk shaklidan qat'iy nazar, boshqa hil 
ta'lim tashkilotlarida olib boriladi.
Maktabgacha ta'lim bola shaxsini sog’lom, har tomonlama kamol topgan, maktabda 
o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi.
Maktabgacha ta'lim muassasalari bolalar ta'lim-tarbiyasi uchun zarur shart-sharoitlar
yaratish, oilalarga bolani tarbiyalash va sog’lomlashtirish borasida ko’maklashish va boshqa 
ijtimoiy-maishiy qulayliklarni yaratish maqsadida tashkil qilinadi. 
Kadrlar tayorlash Milliy dasturga muvofiq, maktabgacha tarbiyani rivojlantirish uchun 
quyidagilar talab etiladi: 
o’ Malakali pedagog kadrlarni tayorlash; 
o’ Maktabgacha ta'limning samarali uslublarni izlab, joriy qilish; 
o’ Bolalarni oilada va boshqa sharoitlarda tarbiyalashning tashkiliy, psixologik, pedagogik va 
uslubiy jihatdan ta'minlash; 
o’ Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ,o’quv-uslubiy qo’llanmalar, texnik vositalar, 
o’yinchoqlar va o’yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish; 
o’ Maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy 
qadriyatlar asosida ma'naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish;
o’ Maktabgacha muassasalarning har xil turlari uchun turli variantlardagi dasturlarni tanlab olish, 
maktabgacha tarbiyaning barcha masalalari bo’ymicha malakali konsultasiya xizmati ko’rsatish 
imkoniyatini yaratish; 
o’ Maktabgacha tarbiya va sog’lomlashtirish muassasalari tarmoqini qo’llab-quvvatlash va 
rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish.
Ko’pgina defektolog-olimlar: T.A.Vlasova, N.G.Morozova, B.D.Korsunskaya, L.P.Noskova, 
U.Fayzieva, F.Alimxodjaeva, I.Kislisina, N.Bekmuratov, X.Gaynutdinovlar tomonidan olib 
borilgan ilmiy tadqiqotlarda eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar rivojlanishida katta imkoniyatlar 
mavjudligi aniqlangan, ularning yoshiga oid senzitiv davrlarini hisobga olgan holda defektlarni 
ertaroq korreksiya va kompensasiya qilishlash zarurligi ta'kidlanadi. 
Mamlakatimizda barcha turdagi nuqsoni bo’lgan bolalar uchun quyidagi maktabgacha tarbiya
muassasalari tashkil etilgan: 
1. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar uchun maktabgacha tarbiya muassasalari va guruhlar; 
2. Nutqiy rivojlanishida kamchiliklari bo’lagan ( eshitish qobiliyati saqlangan) bolalar uchun 
maktabgacha tarbiya muassasalar va guruhlar; 
3. Ko’rish qobiliyati buzilgan bolalar uchun maktabgacha tarbiya muassasalar va guruhlar; 
4. Intellektual rivojlanishida kamchiligi bo’lgan bolalar uchun maktabgacha tarbiya muassasalar 
va guruhlar; 
5. Tayanch harakat a'zolari shikastlangan bolalar uchun maktabgacha tarbiya muassasalar va 
guruhlar. 
Maktabgacha tarbiya muassasalar va guruhlarning faoliyati maktabgacha tarbiya muassasasi 
to’qrisidagi namunaviy Nizom bilan belgilanadi. 2007 yilda o’zbekiston Respublikasi xalq 
ta'limi vaziri tomonidan tasdiqlangan namunaviy Nizom maktabgacha tarbiya muassasalarning
davlat va ijtimoiy xarakterga ekanligi e'tirof etildi. Maxsus maktabgacha korreksion 
muassasalar 2 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni har tomonlama rivojlantirish, so’zli 
nutqini o’stirish, maktab ta'limiga tayorlash vazifalarni amalga oshiradi. 


Maktabgacha tarbiya muassasalari va guruhlar bolalar kontingenti yetarli bo’lgan holda 
maxalliy xokimiyatlar va xalq ta'limini boshqaruv organlari tomonidan ochiladi. Hozirgi kunda 
respublikamizda eshitishda nuqsoni bo’lgan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun 
Toshkent, Chirchiq, Olmaliq, Namangan, Jizzax, qarshi shaqrilarda deyarli barcha viloyat 
tumanlarida bolalar boqchalari hamda guruhlar tashkil etilgan. 
Namunaviy Nizomga muvofiq eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar uchun quyidagi 
maktabgacha tarbiya muassasalari tashkil etiladi: 
1. Kecha-kunduz ishlaydigan, kar va zaif eshituvchi bolalarga mo’ljallangan bolalar bog’chalari 
Guruqlar soni 2 tadan kam va 8 tadan ko’p bo’lmasligi kerak. Bolalar Ta'lim-tarbiya jarayoni 
tarbiyalanuvchilarning eshituv holati hamda nutqiy rivojlanishini hisobga olgan holda olib 
boriladi. Maktabgacha ta'lim muassasalarda bolalar soni zaif eshituvchi bolalar guruhi uchun 8-
ta, kar bolalar guruhi uchun 6 ta etib belgilanadi. Keyinchalik kar bo’lib bo’lib qolgan, nutqi 
saqlangan bolalar zaif eshituvchi bolalar guruhlarida ta'lim-tarbiya oladilar. Bolalar
bog’chalariga bolalar 3 yoshdan boshlab qabul qilinadilar. Maxsus maktabgacha ta'lim 
muassasalarida tarbiyalanuvchilarning ta'lim olishi davlat ta'minotida bo’ladi va muassasa ish 
tartibiga ko’ra, haftasiga 5 yoki 6 kun bo’ladilar. 
2. Umumiy yo’nalishdagi maktabgacha ta'lim muassasalari huzurida eshitishda nuqsoni bo’lgan 
bolalar uchun tashkil etilgan maxsus guruhlar. 
3. Maktabgacha tarbiya guruhlari maktab-internatlar qoshida ham ochiladi. Bu guruhlarga
bolalar 4, 5- 6 yoshdan qabul qilinishi mumkin. 
4. Umumiy yo’nalishdagi maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning ta'limi (inklyuziv.) 
Kar va zaif eshituvchi bolalarda bir vaqtning o’zida aqliy zaiflik, tayanch harakat a'zolarida 
shikastlanishlar, ruxiy rivojlanishining sustlashuvi va boshqa nuqsonlar mavjud bo’lgan hamda, 
bolalar soni yetarli darajada bo’lgan holda ular uchun alohida guruhlar tashkil etilishi mumkin. 
Mazkur muassasalarda eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar ta'lim-tarbiyasi maxsus ta'lim dasturi 
asosida olib boriladi. 
Keyingi yillarda respublikamizda tashkil etilayotgan ko’pgina davlatga qarashli bo’lmagan 
tashkilotlar alohida g’amho’rlik va yordamga muqtoj anomal bolalarga ta'lim berish, ularning 
sog’ligini tiklash ishlarini amalga oshirmoqda. "Sog’lom avlod uchun" jamqarmasi, "qizil yarim 
oy jamiyati", "Nogiron bolalar ota-onalarining klublari", "Kamilla", "Umr", "Imkon","Falak 
nuri" kabi nodavlat jamoa tashkilotlari nogiron bolalarni sog’lomlashirish, imkoniyatlarini 
rivojlantirish, ijtimoiy hayotga tayyorlash, reabilitasiya qilish masalalariga salmoqli hissa 
qo’shib kelmoqdalar. 
2-§ Maktabgacha tarbiya muassasalarning pedagogik kadrlari 
Maxsus maktabgacha ta'lim muassasa faoliyatini bog’cha mudirasi boshqaradi. Maktabgacha 
ta'lim muassasa mudirasi lavozimiga pedagogika oliygoxlarida defektologiya yo’nalishida 
hamda maktabgacha ta'lim yo’nalishida tayyorgarlik ko’rgan, hamda kamida 3 yillik pedagogik 
tajribaga ega bo’lgan, mutaxassislar qabul qilinadi. 
Maktabgacha ta'lim muassasa mudirasi muassasaning xo’jalik boshqaruv va pedagogik 
ishlariga raqbarlik qiladi. 
Maktabgacha ta'lim muassasa raxbari muassasaning moddiy-texnik bazasini yaratish va 
rivojlantirish: bog’cha binosi va maydonini obodanlashtirish, zarur jiqoz va uskunalar bilan 
ta'minlash va saqlanishini ta'minlash, bino va xonalarni ta'mirlash, sanitariya gigiena-holatini 
nazorat qilish, bolalar ovqatlanishini tashkil etish kabi vazifalarni amalga oshiradi. 
Bolalar bog’chasi mudirasi rag’barligida eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni har tomonlama 
rivojlantirish, sog’ligini tiklash va muqofaza qilish, maktab ta'limiga tayorlash ishlari amalaga 
oshiriladi. Mudira metodik va ta'lim-tarbiyaviy ishlarga raxbarlik qiladi, pedagogik xodimlarning
G’oyaviy va nazariy saviyasini hamda pedagogik malakasini oshirish bo’yicha tadbirlarni 
tashkillashtiradi. Mudira o’qituvchi-defektolog va va tarbiyachilar mashqulotlariga tashrif etib, 
ta'lim tarbiya jarayonini olib borilishini va kun tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi. 


O’quv yilning ohirida metodist bilan birga har bir guruhda dastur talablarininig bajarilishini 
surdopedagog, tarbiyachi, bolalar bilan suhbat o’tkazib tekshiradi, tarbiyalanuvchilar dasturning 
barcha bo’limlari bo’yicha topshiriqlar bajaradilar, savollarga javob beradilar. har bir yosh 
guruhida, bolalar xususiyatlarinihisobga olgan holda dastur talablarining bajarilishi pedagogik 
kengashda tahlil qilinadi. Bog’cha mudirasi bolalarni maktabga tayorgarligi uchun javobgar 
hisoblanadi, ota-onalar qo’mitalari orqali ota-onalar bilan hamkorlikni amalga oshiradi. 
Bog’cha mudirasi yuksak ma'naviy va kasbiy saviyaga, tashkilotchilik qobiliyatiga ega 
bo’lishi, qonunchilikni, huquqiy-me'yoriy xujjatlarnining mazmun-mohiyatini yaxshi bilishi, 
bolalarni sevishi, insonlarga g’amxo’r va e'tiborli bo’lishi kerak. 
Maktabgacha ta'lim muassasa metodisti maktabgacha ta'lim muassasasida olib borilayotgan 
korreksion-tarbiyaviy ishga metodik rag’barlik qilishda mudiraga yordam beradi. Metodist 
lavozimiga oliy defektologik ma'lumot, maktabgacha ta'lim sohasidagi ma'lumot va kamida uch
yillik stajiga ega bo’lgan mutaxassislardan tayinlanadi. 
Metodist muassasa o’qituvchi-defektologlari va tarbiyachilarga ta'lim jarayoninig zamonaviy 
pedagogik texnologiyalar asosida korreksion pedagogik ishni tashkil etish va rejalashtirish 
borasida metodik yordam ko’rsatadi hamda o’quv dastur, davlat ta'lim talablarining bajarilishini 
nazorat qiladi. Metodist guruhlarda olib borilayotgan ta'lim tarbiyaviy ishlarni nazorat qilish 
maqsadida guruhlarga tashrif etadi, surdopedagog va tarbiyachilarning ish rejalarini tahlil qiladi 
va faoliyatlarini muvofiqlashtiradi, alohida pedagoglar va pedagogik jamoaga, ota-onalarga 
maslahatlar uyushtiradi. Metodist maktabgacha ta'lim muassasa metodik honasining faoliyatini 
tashkil etadi,axborot kommunikasiya texnologiyalarni ta'lim jarayoniga jalb etadi, zamonaviy 
metodik adabiyotlar mazmuni bilan pedagogik jamoani pedagogik kengashlarda tanishtiradi. 
Metodik xonada dasturning barcha bo’limlari bo’yicha ko’rgazmali didaktik material: nutq 
o’stirish bo’yicha rasm va jadvallar, og’zaki nutqni o’stirish va matematik tasavvurlarni 
rivojlantirish yuzasidan tarqatma material, tasviriy sa'at va mehnat ta'limi mashg’ulotlari uchun 
zarur ko’rgazmali-didaktik va o’quv qurollar va xokazolar to’planadi. Metodist pedagogik 
jarayonni texnik vositalar: ovozni kuchaytiruvchi, vibrasion va vizual moslamalar, eshituv 
qobiliyati holatini aniqlash uchun audiometr, magnitofon, diaproektor, kompyuter, televizorlar 
bilan ta'minlashga yordam beradi. 
Mudira bilan birgalikda metodist har bir yosh guruhida bolalarning bilim va malakalarini 
tekshiradi, differensial ta'lim-tarbiyani amalaga oshirilishi uchun zarur shart-sharoitlarni 
ta'minlaydi.Har bir guruhda ta'lim-tarbiyaviy ishlarni o’qituvchi-surdopedagog va ikkita 
tarbiyachi amalga oshiradi. Bolalarning maktab ta'limiga tayyorlanish darajasi bu kichik 
pedagogik jamoaning pedagogik mahorati va hamkorligiga bog’liq bo’ladi. 
O’qituvchi-defektolog (surdopedagog) lavozimiga pedagogika oliygoqlarining defektologiya 
yo’nalishidagi fakultetini tamomlagan shaxslar tayinlanadilar. Surdopedagog ertalabki soatlarda 
ishlaydi va nutq o’stirish, matematik tasavvurlarni shakllantirish, talaffuzga o’rgatish va eshitish 
qobiliyatini rivojlantirish, o’yin mashg’ulotlarini hamda eshitish qobiliyatini rivojlantirish va 
nutqni o’stirish bo’yicha yakkama-yakka mashg’ulotlarni olib boradi. Surdopedagogning 
yuklamasi haftasiga 24 soatni tashkil etadi.
Surdopedagog bolalarni har tomonlama uyg’un rivojlantirish, nutqni muloqot vositasi sifatida 
shakllantirish ,maktab ta'limiga tayyorlash ishlarini amalga oshiradi. Surdopedagog pedagogik 
jarayonni tashkil etib, bolalarda dasturda belgilangan bilim , ko’nikma va malakalarni 
shakllantiradi, nutqini o’stiradi. Kar va zaif eshituvchi bolalarni samarali ravishda tarbiyalash 
uchun surdopedagog yuksak pedagogik mahoratga ega bo’lishi, ta'limning samarali psixologik-
pedagogik uslublarini izlashi va joriy etishi, zamonaviy pedagogik , innovasion texnologiyalar, 
korreksion metod va usullarini, korreksion davlat ta'lim talablari va dastur talablarini mukammal 
bo’lmog’i kerak. 
Surdopedagog kar va zaif eshituvchi bolalarning nuqsonning kelib chiqish sabablarini,
tuzulishini, bilish jarayonlarining xususiyatlarini, defektni kompensasiyalash yo’llarini bilmog’i 
lozim. Pedagogik-psixologik bilimlarni qo’llagan holda bolalarni sevishi, ularga mehr-


muruvvat va g’amxo’rlik ko’rsatishi pedagogning samarali faoliyatining muqim omili 
hisoblanadi. 
Kar va zaif eshituvchi bolalarnig nutqi kattalarga tahlid qilgan holda shakllantirilganligi 
sababli surdopedagogining namunali , ravon nutqi muqim ahamiyatga ega. Surdopedagogning 
nutqi tabiiy, ohangdor va ifodali, aniq talaffuz etilgan, stilistik, grammatik va fonetik 
kamchiliklarsiz bo’lishi kerak. Surdopedagog frontal va individual ishni bolalarning alohida 
imkoniyatlaridan va dastur talablaridan kelib chiqgan holda rejalashtiradi. 
Tarbiyachi kar va zaif eshituvchi bolalarni har tomonlama rivojlantirish, sog’ligini muhofaza 
etish ishlarini amalga oshiradi. Tarbiyachi lavozimiga pedagogika kolleji yoki pedagogika 
institutini(maktabgacha tarbiya yoki defektologiya fakultetini) tamomlagan shaxslar tayinlanadi. 
Tarbiyachi navbatma-navbat ertalabki va kechqurungi soatlarda ishlaydi, bolalarning kun 
tartibidagi faoliyatlarini tashkil etadi, tevarak atrof bilan tanishtirish, jismoniy tarbiya, tasviriy 
faoliyat, o’yin, mehnat mashg’ulotlarini olib boradi. Tarbiyachining haftalik yuklamasi- 30 
soatni tashkil etadi. 
Tarbiyachi bolalarning turli faoliyatlarini tashkil etadi, ularning tasavvurlari, bilim va 
malakalarini shakllantiradi, nutqini o’stiradi, xulq-atvorining ijobiy sifatlarini tarbiyalaydi. 
Tarbiyachi kun tartibidagi bolalarnig faoliyatni izchil ravishda samarali tashkil etadi, bolalarning
hayoti va salomatligi uchun javobgar bo’ladi. 
Kar va zaif eshituvchi bolalarnig ta'lim-tarbiyasini tashkil etarkan, tarbiyachi ularning 
rivojlanish xususiyatlarini, imkoniyatlarini, korreksion ishni tashkil etish yo’llarini, maxsus 
muloqot vositalarini, ovozni kuchaytiruvchi moslamalar, texnik vositalar bilan ishlashni bilmoqi 
zarur. Tarbiyachi surdopedagog bilan hamkorlikda, kelishilgan holda, uzviy bog’lanishni 
o’rnatib, o’z ishini tashkil etadi. Surdopedagog bilan birgalikda bolalar nutqining o’sishi va 
dastur talablarining bajarilishi uchun javobgardir. 
Musiqa rahbari. etib maxsus musiqa ma'lumotiga va maktabgacha tarbiya bo’yicha o’quv 
kurslarda tayorgarlikni o’tgan shaxslar tayinlanadi. Musiqa rahbarining ish yuklamasi haftasiga 
24 soatni tashkil etadi. 
Psixolog. Psixolog tarbiyalanuvchilarning psixologik salomatligi, iste'dod va qobiliyatlarining 
rivojlanishi uchun mas'uldir. Psixolog bolalar tomonidan dastur talablarinin o’zlashtirishda,
atrofdagilar bilan muloqotda, fe'l-atvorida muammolar mavjud bo’lgan holda ular bilan 
yakkama-yakka ishlaydi, maktab ta'limiga psixologik tayyorgarligini ta'minlaydi.
3-§ Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalari va maktablarni komplektlash ishlari 
Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni barvaqt aniqlanishi ularga vaqtli korreksion yordam 
ko’rsatish, ikkilamchi defektlarini korreksiyalash, uyg’un rivojlanishida muhim ahamiyat kasb 
etadi. 
Bolalarga tashhis qo’yish, maktabgacha ta'lim muassasalari va maktab-internatlarga bolalarni 
yo’llash ishlari xalq ta'limi boshqaruv organlari qoshida tashkil etilgan Psixolog-tibbiy-
pedagogik komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Psixolog-tibbiy-pedagogik komissiya 
faoliyati ushbu komissiya to’qrisidagi Nizom asosida tashkil etiladi. Komissiya rivojlanishida
muammolari bo’lgan bolalarni aniqlaydi va tegishli ta'lim olishi uchun tavsiyalar beradi, 
shuningdek, bolalarga ta'lim-tarbiya berish, davolash, ijtimoiy hayotga tayyorlash borasida ota-
onalarga, tarbiyachi va defektologlar hamda boshqa mutaxassislarga metodik yordam ko’rsatadi.
Komissiya tarkibi xalq ta'limi organining vakillari, shifokorlar (psixonevrolog, otolaringolog, 
oftalmolog, psixolog, o’qituvchi -defektologlardan tashkil etadi. 
Bolalarni tekshirish va saralash, maxsus maktabgacha ta'lim muassasalarni tashkil etish 
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining yo’riqnomasi hamda maxsus Nizom 
asosida amalga oshiriladi. 
Bolalarning o’sishi va rivojlanishi doimiy nazoratda bo’ladi, ular orasida rivojlanishida 
nuqsoni bo’lgan bolalarni aniqlash dastlab tibbiyot hdimlar zimmasiga yuklanadi. Yashash 


joyidagi xudud pediatri va hamshira bola tug’ib 14 yoshga to’lgunga qadar uning o’sishi va 
salomatligini kuzatib boradilar va bolalar shaxsiy xujjatlariga barcha kuzatuv ma'lumotlarini 
yozib boradilar. Maktabgacha tarbiya muassasalarning tibbiyot xodimlari ham bolalarning 
rivojlanishi va o’sishini nazorat qilib boradilar, davolash-profilaktika ishlarini tashkil etadilar. 
Rivojlanishidagi izdan chiqishlarni, hususan eshitish qobiliyatini pasayganligini vaqtli 
aniqlanishi uchun ota-onalar bolalarning eshituv holati va nutqiga katta e'tibor bermog’i lozim.
Eshituv holatining dastlabki tekshiruvi bolalar poliklinikasining otolaringologi tomonidan 
o’tkaziladi. Eshituv holatining pasayishi aniqlangan holatda, bola dispanser hisobga olinadi va 
maxsus surdologopedik kabinetlarga batafsil tekshirilish uchun yuboriladi. Surdologoped 
honalarda surdolog yoki audiolog, psixonevrolog va surdopedagoglar tibbiy-pedagogik 
tekshiruvni o’tkazadilar. 
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xalq ta'limi organining raxbari raisligida bolalar 
bog’chalari va maktablarni komplektlash ishlarini amalga oshiradi. Komissiya bolalarni har 
tomonlama tekshirilishi uchun zarur shart-sharoitlari mavjud maxsus maktab, bolalar bog’chasi 
yoki shifoxona qoshida o’tkazilishi mumkin. Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyada bola 
tekshirilayotgan paytda albattta uning ota-onalari ishtirok etishlari shart. Komissiya bolani har 
tomonlama tekshirib o’z xulosalarini chiqaradi va eshitishda nuqsoni bo’lgan bolaga 
maktabgacha tarbiya muassasasi yoki maktab-internatda ta'lim olishi uchun yo’llanma beriladi. 
O’zbekiston Respublikasi "Ta'lim to’g’risida" gi qonunining 23-moddasida jismoniy yoki 
ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni o’qitish, tarbiyalash hamda davolash uchun 
ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari tashkil etilishi, bolalarning ushbu ta'lim muassasalarga 
yuborish ota-onalarning roziligi bilan, psixolog-tibbiy-pedagogik komissiyaning hulosasiga 
binoan amalga oshirilishi e'tirof etilgan. 
Psixolog tibbiy-pedagogik komissiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir: 
-Bolada eshitish qobiliyati pasayishining sabablari va tabiatini aniqlash; 
-Bolaning psixik rivojlanish xususiyatlarini o’rganish; 
-Bolaning keyinchalik rivojlanishini taxmin qilish; 
-Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarga ta'lim berish jarayonini nazorat qilish; 
-ota-onalar, pedagoglar uchun maslahatlar uyushtirish; 
Psixolog-tibbiy-pedagogik komissiya bolalarni maxsus maktabgacha tarbiya muassasalariga 
tanlash, ularning rivojlanishini nazorat qilib borish, murakkab nuqsonli bolalarni o’qitish va 
tarbiyalashdagi muammolarini hal qilish, bolalarni maktabga tayyorligini aniqlash, turli 
yo’nalishdagi maktabga yuborish masalalarini hal qiladi. Ilk va maktabgacha yoshidagi
eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni psixolog-pedagogik tekshiruvi quyidagi tamoyillarga 
asoslanadi: 
1.Ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni kompleks ravishda tekshirish.Rivojlanishidagi 
kamchiliklarni tibbiy-fiziologik, psixolog-pedagogik, ijtimoiy jiqatdan tekshirishlar kompleks 
tekshiruvnig yo’nalishlaridir. Tekshiruvga turli soha mutaxassislari: shifokor-surdolog, psixiatr, 
psixolog, surdopedagog, logoped, nevropatolog, oftalmolog, zarur bo’lganda boshqa 
mutaxassislar ham jalb etiladi. Bolani tibbiy, psixologik, pedagogik jiqatdan har tomonlama 
tekshirib, uning sog’lig’i to’g’risida malakali hulosaga erishish, tegishli ta'lim muassasasida 
ta'lim olishini belgilash mumkin; Bolani pedagogik jihatdan tekshirish, uning o’qishga 
moyilligini, maktabgacha tarbiya muassasasida tarbiyalash shart-sharoitlarini aniqlash muhim 
ahamiyatga ega. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni yashash shart-sharoitlarini o’rganish, ota-
onalarning ta'lim-tarbiya jarayonida ishtirok etish imkoniyatlarini aniqlashiga katta e'tibor 
beriladi. 
2. Psixolog-pedagogik tekshiruvni har tomonlama amalga oshirish. Psixolog-pedagogik 
tekshirishda bola psixikasining barcha jihatlarini, ya'ni bilish jarayonlari, nutqi, xissiy-irodaviy 
jabhalari, shaxsiy xususiyatlari o’rganiladi. Tekshiruv ma'lumotlari asosida eshituv pasayishining 
vaqti va sabablarini , eshituv holatini aniqlash, nutqini tekshirish va nutqni eshituv holati hamda 
intellektual rivojlanishi bilan solishtirish; bilish faoliyatini yoshiga mos ekanligini, hamda shaxs 
xususiyatlarini aniqlash, turli faoliyatlarini tekshirish imkonini beradi. Shuningdek har 


tomonlama tekshirish jarayonida bolaning rivojlanishida mavjud qo’shimcha kamchiliklarni, 
ya'ni ko’rish, harakat, intellektual yetishmovchiliklarni aniqlash mumkin bo’ladi. har 
tomonlama tekshiruv jarayonida olingan ma'lumotlar taxlil qilinib bolaga tavsifnoma beriladi va 
tegishli xulosa chiqariladi. 
3. Psixolog-pedagogik tekshiruvni tashkil etish jarayonida bola yoshini hisobga olish.Psixolog-
pedagogik tekshiruvning mazmuni va shakli bolaning yoshiga mos ravishda bo’ladi. 
Tekshiruvni tashkil etishdan avval zarur shart-sharoitlar yaratiladi: bola stol yoniga qulay 
o’tqaziladi, uning yoshiga mos didaktik material va tekshirish usullari tanlanadi. Masalan, ilk
yoshdagi bolalar tekshiruvi faqat o’yin metodlari orqali amalga oshiriladi. Maktabgacha
yoshidagi bolalar bilan o’yin, rasm chizish, rasmlarni tanlab, nomini aytish kabi usullar 
qo’llaniladi. Tekshiruv natijalarini baqolashda bolaning yoshi yetakchi o’rin egallaydi. har bir 
yosh bosqichdagi bolalarga topshiriqlarni tanlashda yosh va ilmiylik tamoyiliga rioya etiladi, 
ya'ni vazifalar bolada mavjud nuqsonlarning murakkabligiga qarab emas, yoshiga mos ravishda 
beriladi. Turli yoshdagi bolalarga yoshiga mos kelmaydigan topshiriqlar berilgan holda, ulardagi 
defekt tuzilishini aniqlash, ta'lim-tarbiya berish dasturini belgilashda qiyinchiliklar vujudga 
keladi. 
4. Bolani doimiy ravishda dinamikada o’rganish tamoyili Mazkur tamoyilga asosan boladagi 
rivojlanish xususiyatlarini va xarakterini uzoq vaqt o’rganib borish, undagi o’ziga hosliklarni 
tahlil qilib borish talab etiladi. Eshitishda nuqsoni bo’lgan ilk va maktabgacha yoshidagi 
bolalarning yosh xususiyalari rivojlanishidagi barcha jihatlarini qisqa vaqt ichida o’rganib, 
to’g’ri hulosalar chiqarishga har doim ham yo’l qo’ymaydi. Ko’p hollarda bolaning eshituv 
holati karlik va zaif eshituvchilik chegarasida bo’lsa, ular kar bolalarga tegishli nutq va eshituv 
reaksiyasiga ega bo’ladilar, biroq, bola doimiy dinamikada o’rganilib, eshitish qobiliyati
o’stirib borilsa, atrofdagi tovushlarga bo’lgan munosabati, uning zaif eshituvchiligidan dalolat 
beradi. Shuningdek, bola defekti murakkab tuzilishda bo’lsa, ya'ni zaif eshituvchilik aqli zaiflik 
bilan, yoki karlik hissiy-irodaviy buzilishilar bilan birga kelsa, uning rivojlanishini dinamikada 
kuzatish muhimdir. Bolaning dinamik o’rganilishi o’quv yili davomida olib boriladi, uning 
rivojlanishidagi o’ziga hos tomonlari pedagoglar, ota-onalar bilan muhokama etiladi, tegishli 
maslahatlar psiqolog-tibbiy-pedagogik komissiyadan olinadi. 
5. Bolaga individual yondashuv tamoyili.Mazkur tamoyil bolaning yoshini, alohida 
xususiyatlarini hisobga olinishini, tekshiruv chog’ida hayrihoxlik sharoitini yaratilishini nazarda 
tutadi. Ayniqsa murakkab tuzilishidagi defektli bolalar, ilk yoshdagi bolalar bilan ishlashda 
alohida yondashuv muhim ro’l o’ynaydi. Individual yondashuv bolaning xujjatlarini oldindan 
o’rganib chiqish, ilk yoshdagi harakatlar va nutqiy rivojlanish xarakterini, boshdan kechirgan 
kasalliklarini, oilada tarbiyalash sharoitlarini, bola bilan muloqotda bo’lish xarakterini bilib 
olishni nazarda tutadi. Aksariyat hollarda tekshiruv jarayonida, ayniqsa boshlanishida bola 
bezovdalanishi, qo’rqishi va shuning uchun u muloqotdan, topshiriqlarni bajarishdan bosh 
tortishi mumkin. Bunday hollarda topshiriqlar ketma-ketligini o’zgartirib, avval bolalar 
qiziqishini uyqotadigan o’yin vazifalarini berib, keyin esa eshituv holatini tekshirish kerak. 
Ayrim hollarda, bola topshiriqlarni bajarishdan bosh tortsa, ota-onalarni jalb qilish, unga yordam 
ko’rsatish, mustaqil qarakatlarini raqbatlantirib turish nazarda tutiladi. 
6. Tekshiruv natijalarini sifatli tahlil qilish hamda bolalarning saloqiyatini aniqlash. Tekshiruv 
davomida topshiriqlarni bajarish natijalari bilan birga, bolaning qiziqishi, mustaqilligi, unga 
ko’rsatilgan yordamdan foydalanishi, tekshiruv davomidagi o’rganishga moyilligi hisobga 
olinadi. Shuningdek, natijalarni baholashda topshiriqlarni bajarish usullari, bu usullarning bola 
yoshiga mosligini hisobga olish zarur. Ayniqsa topshiriqlarni bajarish usullari bolaning psixik 
rivojlanishini baholashda muhim mezon bo’ladi. Psixolog-pedagogik tekshiruv jarayonida bola 
imkoniyatlarinig yuqori darajasi, ya'ni kattalar yordamida bajara oladigan topshiriqlari 
aniqlanadi. Bu bolaning "yaqin rivojlanish zonasi"ni, bolaning salohiyatini belgilab, ta'lim-
tarbiya jarayonida ularni hisobga olishga yordam beradi. 
Psixolog-tibbiy-pedagogik komissiyada quyidagi xujjatlar yuritiladi: 


1.Bolalarni qabul qilish jurnali. Jurnalga bolaning ismi, sharifi, tug’ilgan yili, yashash joyi, 
kasalligi to’g’risidagi hulosasi, yuborilayotgan ta'lim muassasi qayd etiladi. 
2.Bolani psixologik-tibbiy-pedagogik tekshiruv baennomasi. Bayonnomaga komissiyaning 
hulosasi hamda ta'lim olishi va davolanishi yuzasidan tavsiyalar bayon etiladi. 
Bolaning shahsiy xujjatlari bayonnoma bilan birga u yuborilayotgan maxsus ta'lim 
muassasasiga yuboriladi. Komissiya to’g’risidagi nizomga muvofiq, bolalarni maxsus 
korreksiya ta'lim muassasalariga qabul qilish va ulardan chiqarish, bir muassasadan boshqasiga 
o’tkazish psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya ruxsatisiz man etiladi. 
Maxsus kar va zaif eshituvchi bolalar maktablarining tayorlov sinfiga bolalar 6-7 yoshdan 
qabul qilinadi. Maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalangan 7-8 yoshli bolalar 1- sinfga 
qabul qilinadi. Bolalarni maktab ta'limiga tayyorligi yoki tayyor emasligini maktab qoshida 
tuzilgan pedagogik -psixologik komissiya aniqlaydi hamda bolalarni sinflarga taqsimlaydi. 
4-§ Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni psixologik-pedagogik tekshiruvi 
Eshitishda nuqsoni bo’lgan maktabgacha yoshdagi bolalarni pedagogik-psixologik jihatdan 
o’rganish masalalariga N.A.Rau, T.A.Vlasova, N.G.Morozova, B.D.Korsunskaya, A.A.Kataeva, 
G.L.Vigodskaya, E.I.Leongard, L.P.Noskova, U.Fayzieva, F.Alimxodjaeva, X.Gaynutdinov, 
N.Bekmuratovlarning ilmiy tadqiqotlari bag’ishlangan. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning 
dastlabki tekshiruv usullari N.A.Rau tomonidan ishlab chiqilgan. N.A.Rau bolalarni eshituv 
holatiga ko’ra ikki toifa, ya'ni, kar-soqov va zaif eshituvchi bolalar toifasini ajratadi. Kar-
soqovlarni karlik paydo bo’lish vaqtiga qarab, -tuqma kar-soqov bolalar, yoki nutqi 
shakllangunga qadar kar bo’lib qolgan bolalarni; -erta ( 2 yoshdan 5 yoshgacha bo’lgan davrda) 
kar bo’lib qolgan bolalarni ; -kechroq ( 6-7 yeshda) kar bo’lib qolgan bolalarni farqlaydi. 
Eshitish qobiliyatining pasayish darajasiga qarab bolalar ikki guruhga ajratiladi: 
1. Mutloq eshitmaydigan bolalar (total karlik); 
2. Tonal, vokal, verbal eshituv qoldiqlari mavjud bo’lgan bolalar. 
N.A.Rau barcha toifadagi kar va zaif eshituvchi bolalar bilan ularning nutqini saqlab olinishi 
va rivojlanishini ta'minlash, labdan o’qishga o’rgatish va savodini chiqarish uchun maxsus 
korreksion ishni olib borish zarurligini ta'kidlaydi. 
N.A.Rau barcha turdagi eshitmaydigan bolalarni kar-soqovlar deb nomlagan, sababi, uning 
fikricha, bunday bolalar bilan maxsus korreksion tarbiyaviy ish olib borilmgan holda, ular soqov
bo’lib qolaveradi. Zaif eshituvchi bolalar kar bolalardan bog’lanishli so’zli nutqni idrok eta 
olishi bilan farqlanadi. N.A.Rau quloqi oqirlikning 3 darajasini farqlaydi: 
1. Engil darajadagi quloqi oqirlik. Bunday bolalar shivirlab gapirilayotgan nutqni 8 metr 
masofagacha, gaplashish balandligidagi nutqni 15 metr masofagacha eshitadilar. Bunday bolalar 
maxsus yordamga muqtoj bo’lmaydilar va sog’lom bolalar bog’chalarida tarbiyalanadilar. 
2. O’rtacha darajadagi quloqi oqirlik. Bunday bolalar shivirlab gapirilayotgan nutqni 2 metr 
uzoqligida, so’zlashish balandligidagi nutqni 3-5 metrgacha bo’lgan masofadan eshitadilar. 
Eshituvning pasayishi ularning nutqiga ham salbiy ta'sir etadi. Nutqning ravonligi buziladi, so’z 
boyligi kambaqallashadi, grammatik va leksik kamchiliklar kuzatiladi. Bunday bolalar umumiy 
yo’nalishdagi maktabgacha tarbiya muassasasida tarbiyalanishi mumkin, lekin ularga nisbadan 
aloqida yondashuv talab etiladi. 
3. Og’ir darajadagi qulog’i og’irlik. Bunday bolalar shivirlab gapirilgan nutqni 1,5 metr 
uzoqlikdan yoki quloq suprasi yonida gapirilganda eshitadi, baland gaplashish ovozdagi nutqni 2
metrdan uzoq bo’lmagan masofadan eshita oladi. Bu bolalar maxsus korreksion ta'lim 
muassasalarda, ovozni kuchaytiruvchi apparatlardan foydalangan holda tarbiyalanishi kerak 
bo’ladi.N.A.Rau tomonidan taklif etilgan eshituv qobiliyatini pasayishini tasniflashining
ahamiyati shundaki, pedagoglar, maxsus apparaturalar bo’lmagan holda ham bolalar eshitish 
holatini tekshirib, differensial yondashuvni amalga oshirish imkoniga ega bo’ladilar.Hozirgi 
paytda bolalarning eshitish qobiliyatini tekshirishda L.V.Neyman va R.M.Boskislarning 


tasnifidan keng foydalaniladi. L.V.Neymanning tasnifida bolaning eshitish funksiyasini
shikastlanish darajasi va nutqiy rivojlanishi imkoniyatlari hisobga olinadi. Tonal audiometriya 
natijalari asosida eshituvning pasayish darajasi aniqlanadi. Ilk va maktabgacha yoshdagi 
bolalarning eshituv holati o’rinli tonal audiometriya orqali tekshiriladi. 2-3 yoshli bolalarda 
mazkur metodikani qo’llashdan avval bolalarda ovoz manbaalariga nisbatan shartli-harakat 
reaksiyani ishlab chiqish talab etiladi (E.I.Leongard, N.D.Shmatko). Eshitish qobiliyatining 
pasayishining ikki turi, ya'ni karlik va zaif eshituvchilik farqlanadi. Zaif eshituvchilikda nutqni 
idrok etish va mustaqil egallashda qiyinchiliklar yuzaga keladi. Biroq, eshituvdan foydalanib, 
cheklangan miqdorda bo’lsa hm, muayyan so’z zahrasini to’plash mumkin bo’ladi. Zaif 
eshituvchilikning darajasini aniqlashda asosiy mezon sifatida nutqiy diapazon (chegara)dagi 
eshituvning pasayishi olinadi.(500-4000 Gs). Ko’rsatilgan diapazonda eshituvningpasayishi 
hsobga olingan holda zaif eshituvchilikning 3 ta darajasi farqlanadi:
Zaif eshituvchilikning 1-darajasi -eshituvning pasayishi nutqiy dipazonda 50 db dan 
oshmaydi.Zaif eshituvchilikning 2-darajasi - eshituvning pasayishi nutqiy diapazonda 50-70 db 
dan oshmaydi.Zaif eshituvchilikning 3-darajasi - eshituvning pasayishi nutqiy diapazonda 70 db 
dan oshadi. Zaif eshituvchilikni aniqlash jarayonida eshituvdan foydalangan holda nutqni idrok 
etish imkoniyatlari aniqlanadi.Zaif eshituvchilikning birinchi darajasida, eshituvning pasayishi 
50 db dan oshmaganda, bola 1-2 metrdan uzoq masofada gaplashish balandligidagi nutqni aniq 
qabul qila olgani sababli , nutqiy muomalaga kirisha oladi. Zaif eshituvchilikning ikkinchi 
darajasida, ya'ni eshituv 50-70 db gacha pasayganda, so’zlashuv nutq 1 metrdan uzoq bo’lmagan 
masofadan qabul qilinganligi sababli, nutqiy muomala qiyinlashadi.Zaif eshituvchilikning 3-
darajasida, ya'ni eshituvning pasayishi 70 db dan ortganda, nutqiy muloqot buziladi, sababi , 
gaplashish balanligidagi so’zlashuv nutq quloq suprasi yonida ham noaniq idrok 
etiladi.Ma'lumki, eshituv 
р
olati 15-20 db ga pasayishi bilan, nutqni egallashda qiyinchiliklar 
vujudga keladi. L.V.Neyman ushbu qolatni normal eshituv va zaif eshituvchilikning chegara 
holati deb hisoblaydi. L.V.Neyman klassifikasiyasiga ko’ra zaif eshituvchilik va karlik 
o’rtasidagi shartli chegara 85 db doirasida bo’ladi. Eshituv holatinig pasayishi karlik darajasida 
bo’lgan holda, nutqni mustaqil ravishda( tabiiy) o’rganish imkoniyati bo’lmaydi. Idrok 
etilayotgan tovushlar chastotasining doirasiga qarab 4 guruhdagi kar bolalar farqlanadi. 
1-guruq- eng past chastotali tovushlarni idrok etadigan bolalar( 125-250 Gs). 
2-guruq- 500 Gs gacha bo’lgan chastotalarni idrok etadigan bolalar. 
3-guruq- 1000 Gs gacha bo’lgan chastotalarni idrok etadigan bolalar 
4-guruq- keng diapazondagi chastotalarni, ya'ni 2000 Gs va undan baland idrok etadigan 
bolalar. 
Eshitish qoldiqlari minimal bo’lgan (1-2 guruhdagi) kar bolalar yaqin masofadan qattiq
tovushlarni (qayqiriq, parovoz qichqiriqi, baraban ovozi) idrok etishga qodir bo’ladilar. 3-4- 
guruhdagi kar bolalarning eshitish qoldiqlari sezilarliroq bo’ladi, shu sababli ular kichik 
masofadan turli chastotali ovozlar( turli musiqa asboblar va o’yinchoqlar, hayvonlarning qattiq 
hayqirishi, ayrim mayishiy tovushlar: qo’ng’iroq, telefonning jiringlashi)ni idrok etib farqlay 
oladilar. 3-4- guruq kar bolalar tanish bo’lgan bir nechta so’z yoki bo’g’inlarni fayrlay 
oladilar.Shunday qilib, barcha kar bolalar turli miqdordagi eshitish qoldiqlariga ega bo’ladilar. 
Maxsus eshitish qobiliyatini rivojlantirish bo’yicha mashg’ulotlar borliqdagi tovushlarni 
bilishga xizmat qiladi hamda og’zaki nutqni rivojlantirishga yordam beradi. Hozirgi kunda 
tibbiyot muassasalarda eshituv holatni baholashda Xalqaro tasniflashdan foydalaniladi. Ushbu 
tasnifga ko’ra eshituvning o’rta pasayishi 500, 1000, 2000 Gs chastotalarda aniqlanadi. 
Zaif eshituvchilikning 1-darajasi- eshituvning pasayishi 40 db dan oshmaydi. 
Zaif eshituvchilikning 2-darajasi- eshituvning pasayishi 40 db dan 55 db gacha bo’ladi. 
Zaif eshituvchilikning 3-darajasi - eshituvning pasayishi 55 db dan 70 db gacha bo’ladi. 
Zaif eshituvchilikning 4-darajasi eshituvning pasayishi70 db dan 90 dbgacha bo’lishi bilan 
ifodalanadi. 
Eshituvning pasayishi 90 dbdan o’tib ketsa, bunday holat "karlik" deb tafsiflanadi.Eshitish 
qobiliyati buzilgan bolalar uchun maktabgacha ta'lim va maktab ta'limi muassasalar tizimini 


yaratishda, bolalarni saralash mezonlarini belgilashda, differensial ta'limni yaratishda, samarali 
ta'lim-tarbiya usullarini tanlashda R.M.Boskis (1963y) klassifikasiyasi muhim ahamiyat kasb 
etadi. L.S.Vigotskiyning bola psixikasining rivojlanishidagi birlamchi va ikkilamchi defektlar 
to’g’risidagi nazariyasiga asoslanib, R.M.Boskis, eshitishdagi nuqsonlarni farqlash bo’yicha 
pedagogik tasniflash mezonlarini ishlab chiqdi. 
1. Bola eshituv analizatorining buzilishi, kattalarning xuddi shunday buzilishidan keskin farq 
qiladi. Katta kishilarning eshituvi pasaygan holda eshituv yordamida amalga oshiriladigan nutqiy 
muloqot buziladi. Ilk davrda eshituvning pasayishi, bolaninig psixik rivojlanishiga ta'sir etadi, 
rivojlanishidagi ikkilamchi nuqsonlarini keltiradi. 
2. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolaning rivojlanishini to’qri tushunish uchun, ular tomonidan 
mustaqil ravishda nutqni egallay olish imkoniyatlari hisobga olish muhimdir. Eshituv 
qobiliyatining cheklanishi nutqni egallanishiga va to’laqonli nutqiy muloqotga to’sqinlik qiladi. 
Og’zaki nutq rivojlanishining orqada qolishi yoki umuman yo’qligi, yozma nutqning 
egallanishiga, o’qiyotgan narsalarni tushunishiga, o’z fikrini yozma bayon etishiga, turli 
sohalardan bilim egallashiga to’sqinlik qiladi. 
3. Eshituv holati va nutq o’zaro boqliqdir. Bir tomondan, eshituvning pasayishi nutqning tabiiy 
ravishda o’sishiga to’sqinlik qiladi; ikkinchi tomondan eshitish qobiliyatining to’laqonli 
ishlatilishi bolaning nutqiy saviyasiga boqliqdir. Nutq qanchalik yaxshi rivojlangan bo’lsa, 
eshituv qobiliyatidan foydalanish imkoniyatlari shunchalik kengayadi. 
4. Eshituv qobiliyati buzilgan bolalar eshituvning pasayishi va nutqiy saviyasiga ko’ra xilma xil 
bo’ladilar. Nutqning turli saviyada bo’lishi quyidagi omillarga bog’liqdir: a) eshitishning 
pasayish darajasiga; b) nuqsonning paydo bo’lishiga; v) eshituv nuqsonining paydo bo’lishidan 
keyinggi pedagogik shart-sharoitlarga; g) bolaning aloqida xususiyatlariga. 
Ko’rsatilgan omillarning har biri bolaning nutqini baholashda muhim ahamiyatga ega. 
Eshitish qobiliyati qanchalik ko’p shikastlansa, nutqqa shunchalik ko’p zarar tegadi. Eshitish 
qobiliyati og’ir darajada pasaygan bo’lgan holda nutq maxsus o’qitishsiz umuman 
rivojlanmaydi.Eshitish qobiliyatining pasayganlik vaqti ham nutqining o’sishida hal qiluvchi 
omil bo’lishi mumkin. Eshituvning pasayishi qanchalik vaqtli yuzaga kelishi, nutqning 
shaklanishi shunchalik ko’p ta'sir etadi. Nutqi hali shakllanib ulgurmagan davrda eshituvni 
pasayishi soqovlikka olib keladi. 2-3,4-5 yoshda bolaning eshituvi pasaygan holda maxsus 
pedagogik tadbirlar olib borilmasa, mavjud nutq yo’qolib boradi. Katta maktabgacha yoshdagi 
bolalarda eshituv pasaygan holda, nutqi qisman saqlanishi, biroq, maxsus pedagogik yordamsiz 
yomonlashib borishi mumkin. Eshituv qobiliyati buzilgan bolaling tarbiyaviy shart-sharoitlari 
uning psixik va nutqiy rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir. Eshitishdagi nuqson vaqtli 
aniqlanib, asoratlarini oldini olish bo’yicha tibbiy, pedagogik tadbirlar, bilish faoliyati, nutqiy 
rivojlanishi va muloqoti, shaxs rivojlanishidagi yetishmovchiliklarni oldini olinishiga xizmat 
qiladi. Eshituv protezlaridan vaqtli foydalanishi, oilada nutqiy muhitning yaratilishi, umumiy
rivojlantiruvchi hamda eshituv qobiliyatini o’stirish mashg’ulotlarning olib borilishi ham 
eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning har tomonlama kamol topishiga yordam beradi. Psixik
rivojlanishining sustlashuvi, aqliy zaiflik, ko’rish qobiliyatining pasayishi va boshqa qo’shimcha 
kamchiliklar esa nutqiy jarayonlarni sezilarli susaytiradi. Bolaning shaxsiy xususiyatlari ham
uning nutqiy rivojlanishiga xizmat qiladi: faol, kirishuvchan bolalar sust, uyalchanlarga nisbatan 
tezroq nutqni egallaydilar. Yuqorida ko’rsatilgan asosiy holatlarga ko’ra R.M.Boskis eshitishda 
nuqsoni bo’lgan bolalarni kar va zaif eshituvchilarga ajratadi. Kar bolalarning eshituv holati 
nutqni mustaqil rivojlanishiga (maxsus o’qitishsiz) yo’l qo’ymaydi. Nutqiy rivojlanish holatiga 
ko’ra karlar ikki toifaga bo’linadi. Birinchi toifadagi bolalar – tug’ma kar bolalar, yoki 
hayotining dastlabki yillarida (2 yoshgacha) kar bo’lib qolganlar. Ikkinchi toifadagi- nutqi 
shakllangan davrda kar bo’lib qolgan, turli darajadagi nutqqa ega, kechroq kar bo’lgan 
bolalar.Eshitishning pasayishi oqibatida, mustaqil ravishda oz bo’lsa-da, nutqiy rivojlanish 
imkoniyati bo’lgan holda ,bunday bolalar zaif eshituvchi bolalar toifasiga kiradi. Zaif eshituvchi 
bolalarning nutqiy holati turli ko’rinishda, ya'ni, shivirlash balandligidagi nutqni idrok etish va 
talaffuz etishdagi kamchiliklardan to gaplashish balandligidagi nutqni qabul qilish va talaffuz 


qilishdagi kamchiliklar bilan ifodalanadi. Nutqiy holatiga ko’ra zaif eshituvchilarning ikkita 
toifasi farqlanadi: birinchi toifadagi zaif eshituvchi bolalar og’ir nutqiy kamchiliklar bilan 
maktabga keladilar, ularning nutqi alohida-alohida so’zlar, qisqa, noto’qri tuzilgan jumlalardan 
iborat bo’lib, nutqidagi grammatik va fonetik kamchiliklar yaqqol ko’zga tashlanadi.Ikkinchi 
toifadagi zaif eshituvchi bolalarning nutqi deyarli rivojlangan jumlalardan tashkil topadi, 
grammatik va fonetik tuzilishida ayrim kamchiliklar kuzatiladi.Nutqiy rivojlanish darajasiga 
ko’ra bolalar guruhlarini tasniflab, R.M.Boskis nutqni idrok etish va shakklantirsh usullari bilan 
farqlanadigan, ta'limning differensial shart-sharoitlarni belgilaydi. Ajratilgan bolalar guruhlari 
uchun har xil turdagi maxsus maktablar tashkil etiladi:
1) Kar bolalar uchun maxsus maktablar; 
2)Zaif eshituvchi va keyinchalik kar bo’lib qolgan bolalar uchun maktablar. Zaif eshituvchi 
bolalar maktabi ikki bo’limdan tashkil topadi: birinchi bo’lim nutqi yaxshi rivojlangan bolalar 
uchun, ikkinchi bo’lim og’ir nutq nuqsonli bolalar uchun.
R.M.Boskisning psixolog-pedagogik tasnifi maktabgacha tarbiya muassasa guruhlariga kar 
va zaif eshituvchi bolalarni komplektlash, ularni maktab ta'limiga tayorlashda muhim ahamiyat 
kasb etadi. Bolalar bog’chasiga qabul qilish chog’ida bolaning shaxsiy xujjatlarini o’rganiladi, 
uning ota-onasi bilan suhbatlashiladi. Dastlabki tekshiruvda pedagog ota-onalardan quyidagi 
ma'lumotlar olinadi:
UMUMIY MA’LUMOTLAR: 
1.Bolaning ismi, sharifi. 
2.Tuqilgan vaqti 
3.Yashash joyi 
4.Qayerdan kelgan: uydan, umumiy bolalar bog’chasi, nutqiy bolalar bog’chasi 
5.Bolalar bog’chasiga qabul qilingan vaqti 
6.Bolaning yakuniy tashxisi 
7.Tonal audiometriya ma'lumotlari 
8.Shifokor tavsiyalari 
9.Tavsiya etilgan eshituv apparati. 
BOLA HAQIDA ANAMNEZ MA’LUMOTLAR 
1.Bolaning eshitish qobiliyaning pasayinishing aniqlanish vaqti, shifokorga murojaat etilgan 
vaqti; 
2. Eshitish qobiliyatining pasayishiga sabab bo’lgan taxminiy sabablar. 
3. Bola qayerda va qanday davolangan 
4. Qo’shimcha kasalliklari haqida ma'lumot. 
5. Qarindosh-urug’lar orasida kar va zaif eshituvchi kishilar bormi? 
6. Bolaning psixik va motor rivojlanishi. 
7.Ota-onasining kuzatishlari: 
A) Eshituv qolati haqida(tovushlarga bo’lgan munosabati) 
B) Nutqiy qolati (gugulash, huldirash, so’zlar, jumlalar) 
8. Ota-onasi bilan muloqot usuli: 
A) tabiiy imo-ishoralar 
B) mimika 
V)daktilologiya 
G) yozuvli kartochkalar 
D) og’zaki nutq 
9. Surdopedagog bilan shuqullanganmiq(qaerdaq qancha vaqtq natijasiq) 
Dastlabki tekshiruvda maxsus tasdiqlangan metodikadan foydalanib, quyidagi ko’rsatkichlar 
bayon etiladi: 
1.Eshituv holati; 
2.Nutqiy rivojlanishning holati; 
3.Vibratsion (ovoz to’lqinlari)sezgining holati; 
4.Ko’rish holati; 


5.Harakatlar rivojlanishi 
6.Aqliy rivojlanishi 
Bolalarning eshitish qobiliyati bola tekshiruvchini ko’rmay turgan paytida( o’yinchoq o’ynab 
turgan vaqtda yoki tekshiruvchi uning orqa tomonida turganda) nutqiy va nutqsiz tovushlardan 
foydalanib tekshiriladi. Nutqsiz tovushlarni chiqarish uchun baraban, doira, nay, metallofondan 
foylalaniladi. Bolaning tovush manbaalariga bo’lgan munosabatlarni bilish uchun 3 metr 
masofadan ovoz beriladi, bolaning reaksiyasiga ko’ra, masofa qisqartiriladi yoki uzaytiriladi. 
Eshitish qobiliyatni pedagogik tekshirishda 3 ta parametr ( mezon) qo’llaniladi: 
1. Tovushning kuchi ( gaplashish balandligida, baland ovoz, shivirlagan nutq). 
2. Bola bilan tekshiruvchining o’rtasidagi masofa ( 6 metrdan boshlab 0,5 metrgacha, quloq 
suprasi yaqinida) 
3. Bolaning eshitgan ovozga munosbati (so’zni qaytarish, aloqida tovushlar chiqarish) 
Eshituv holatini nutq yordamida tekshirish paytida, bola shivirlash balandligidagi nutqni 6 metr 
masofadan qabul qilgan holda, uning eshishish holati normal hisoblanadi. Agarda bola 
shivirlangan ovozni 1 metrdan kam bo’lgan masofadan eshitsa eshituvning keskin pasayishidan 
dalolat beradi, shivirlash ovozni umuman eshita olmasa, og’ir darajadagi zaif eshituvchilikdan 
dalolat beradi. Qattiq ovoz va musiqa tovushlariga munosabat bildirmagan bolalar kar 
hisoblanadi. Surdopedagog har bir bolaning eshitish qobiliyatining tekshiruvi natijalarini eshituv 
qobiliyatini rivojlantirish bo’yicha alohida-alohida mashg’ulotlarini rejalashtirishda qo’llaydi. 
Maxsus o’qitilmagan kar bolalar maktabgacha tarbiya muassasalariga butunlay nutqsiz holatda 
keladilar. Chunki maxsus o’qitilmasa kar bolalarning nutqi umumun rivojlanmaydi. O’zaro 
muloqotda tabiiy imo-ishoralar va mimikadan foydalanadilar (karlar oilasidan chiqqanlar). 
Ayrim ota-onalar uyda bolalarni og’zaki, daktil nutqqa o’rgatadilar, yozma kartochkalardan 
foydalanadilar. Bola bilan muloqot o’rnatishda, surdopedagog uning uchun qulay bo’lgan 
muloqot turini tanlashi lozim. Zaif eshituvchi bolalarning nutqi eshituv qobiliyatining holatiga 
ko’ra turli ko’rinishda bo’ladi. A.D.Salaxova zaif eshituvchi bolalarni har tomonlama tekshirib, 
nutqiy rivojlanishining quyidagi darajalarini farqlaydi: 
1. Nutqqacha bo’lgan daraja. Bolalar bir hildagi tovushlarni yoki reflektor hosil bo’lgan tovush 
birikmalari(ma, ba, da, mba va x.k) talaffuz etadilar. Bunday bolalarda asosiy muloqot vositasi 
qichqiriq, ovoz reaksiyasi, imo-ishora va mimikalar hisoblanadi. 
2. Nutqiy rivojlanishning bu darajasida bolalarga buyumlar nomiga aloqador bo’lmagan 
g’uldirash ovozlarni(mamama,papapapa, dadadada, tatatata va xk) chiqarish hos bo’ladi. Bunday
ko’rinishdagi tovushlar va tovush birikmalari imo-ishoralar bilan birgalikda bolalar bilan nutqiy 
muloqotda qo’llaniladi. 
3. So’zlashuv nutqni egallashdagi dastlabki darajasi.Bolalar alohida so’z va jumlalarni talaffuz 
eta oladi. So’zlarni asl talaffuziga yaqinlashtirib yoki g’uldirab gapiradilar. Biroq, atrofdagi 
narsalarning hammasini ham o’z nomi bilan ayta olmaydi. Masalan "pi-pi-pi" so’zi bilan 
chumchuq, tovuq, kapalakni ifodalashi mumkin. Uning muloqoti so’zlashuv nutq vositasida 
hamda imo-ishoralar yordamida amalga oshiriladi.Bolalarning nutqiy rivojlanishi o’yin 
jarayonida yoki maxsus tashkil etilgan sharoitlarda tekshiriladi. Tekshiruvchi bolalarning 
mustaqil nutqini, shuningdek, eshitib, eshitib- ko’rib talaffuz qilgan nutqni mavjud fonetik 
xatolari bilan qayd etishi kerak. Tekshiruv jarayonida olingan ma'lumotlar maxsus nutq o’stirish 
hamda alohida mashg’ulotlarda hisobga olinadi. 
Vibrasion sezgising holati turli vibrasiyalar yordamida tekshiriladi( doskaga, stolga urib 
ko’rish, eshikni taqillatish, ochib-yopish, oyoq bilan polga tepinish) hamda tana a'zolarining, 
yuzining vibrasiyasi, qutichadagi mayda narsalarning vibrasiyasi, vibrator to’lqinlarini sezish 
holati tekshiriladi. Normal intellektli kar bolalar odatda, vibrasion to’lqinlarini his etadilar, 
bunday qobiliyat og’zaki nutqni shakllantirish jarayonida keng qo’llaniladi, chunki vibrasion 
sezgi nutq elementlarini his etishga yordam beradi( burun va oqizda qosil bo’ladigan m,n
tovushlar, jarangli va jarangsiz undoshlar differensiasiyasida) Bolalarning ko’rish qobiliyati ular 
o’ynayotgan paytidagi xatti-harakatini, turli buyum va o’yinchoqlarni ko’zdan kechirayotganini 
kuzatib tekshiriladi. Bola o’yinchoq, buyum yoki rasmlarni ko’ziga yaqinlashtirib yoki 


uzoqlashtirib ko’rayotgani, mayda narsalarni qanday qidirib topayotgani, narsalarning rangi va 
shaklini qanday ajratayotgani e'tiborga olinadi. Agarda bola yaxshi ko’rayotganiga shubqa 
tuqilsa, uni okulist shifokorga ko’rsatish kerak bo’ladi.Harakatlarning qay darajada 
rivojlanganligi maxsus tashkil etilgan faoliyatda tekshiriladi: bola ko’rsatmaga ko’ra koptok 
ketidan yuguradi, koptokni savatga tashlaydi, tushib ketgan o’yinchoqni olib joyiga qo’yadi,
kattalarga taqlid qilib qar xil harakatlarni bajaradi. Tekshiruv jarayonida bolaning umumiy xatti-
harakatlar holati, harakatlarning moslashuvi, muvofiqligi, kattalar harakatlariga tahlid qila olish 
qobiliyati hisobga olinadi. Olingan ma'lumotlar korreksion-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda, har 
xil faoliyatlar (korreksion va jismoniy mashqlar, mayda motorikani rivojlantirish, daktilologiyani 
o’rgatish)da e'tiborga olinadi. Bolaning intellektual rivojlanishi uning maktab ta'limiga 
tayyorligini aniqlash maqsadida tekshiriladi. Tekshiruvchi va bola o’rtasida muloqot osonroq 
o’rnatilishi uchun turli o’yin usullari va o’yinchoqlardan foydalaniladi. Bola pedagog ketidan 
turli o’yin mashqlar bajaradi, masalan, o’yinchoq minoracha, matryoshka, "lego" o’yinchoqni 
ajratib, qayta yig’adi, buyum va rasmni taqqoslaydi, juft rasmlarni topadi, hajmli geometrik 
shakllarni tegishli shakllarga tushuradi, qirqilgan rasmlarni yig’adi, namuna asosida narsalar 
quradi va q.k. Bolaning o’yin faoliyatida o’zini tutishi, diqqati, qiziqishi, topshiriqlarni 
tushunishi va bajarishi, qatti-xarakatlarning ongliligi, o’qitishga moyilligi kuzatiladi va 
bayonnomada qayd etiladi. Ilmiy tadqiqotlarda hali o’qitilmagan maktabgacha yoshdagi kar va 
zaif eshituvchi bolalarning eshituvchi tengdoshlaridan orqada qolishi e'tirof etiladi ( Venger A. 
A. Boskis R.M.) 3-4 yoshdagi kar bolalar aksariyat holda taqlid asosida bo’lsa ham 
predmetlarning rangi, shakli, kattaligini ajrata olmaydi, qirqma rasmlarni yiqishda qiyinchiliklar 
kuzatiladi, sababi, buyumlarni idrok etish chog’ida bunday bolalarda tahlil va sintez jarayonlari 
sustroq kechadi.Maxsus maktabgacha tarbiya muassasasiga kelgan bolalar dastlabki ikki hafta 
davomida har tomonlama tekshiruvdan o’tkaziladi. Surdopedagog tomonidan bolalarning alohida 
xususiyatlari va ta'limga tayyorligi aniqlanadi. Olingan ma'lumotlar individual mashg’ulotlarni 
rejalashtirish, pedagogik jamoa va oila tomonidan olib boriladigan korreksion-tarbiyaviy ishlarni
muvofiqlashtirish choqida hisobga olinadi. Tarbiyachi va surdopedagog bola rivojlanishi 
haqidagi ma'lumotlarni, o’quv dastur mazmunining o’zlashtirilishini har yili sentyabr, yanvar, 
iyun oylarida ikki hafta davomida tekshirib oladi. Maktabgacha ta'limning oxiriga kelib, bolaga 
tavsifnoma berilib, psixolog-tibbiy-pedagogik komissiyasiga taqdim etiladi. 
Savol va topshiriqlar: 
1. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar uchun mo’ljallangan maktabgacha tarbiya muassasalar turi
va tuzilishi haqida so’zlab bering. 
2. Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalar kadrlari va ularning vazifalari haqida gapirib bering. 
3. Psixolog-tibbiy-pedagogik komissiya faoliyatini yoritib bering. 
4. Bolalar boqchasiga kelgan bolalarning dastlabki tekshiruvi qanday o’tkaziladi. 
5. N.A.Rauning eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar pedagogik tasnifini nimalarga asoslanadi. 
6. R.M.Boskis pedagogik tasnifining nazariy asoslarini bayon eting. 
7. L.V.Neymanning tasnifining asoslarini bayon eting. 


Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Boskis R.M. Gluxie i slaboslishashie deti. M. 1963 
2. Venger A.A., Vigodskaya G.L., Leongard E.I. Otbor detey v spesialnie doshkolnie 
uchrejdeniya M.1972 
3. Belova N.I. Spesialnaya doshkolnaya surdopedagogika M.1985 
4. Golovchis L.A. Doshkolnaya surdopedagogika M.2001 
5. Neyman L.V. Ob issledovanii sluxa u gluxix i slaboslishaqix detey doshkolnogo vozrasta. V
sb. Voproso’ obucheniya i vospitaniya gluxix doshkolnikov. M.1963 vo’p. 2. 
6. Salaxova A.D. Pervichnoe obsledovanie rechevogo razvitiya slaboslishaqego rebenka.
Defektologiya 1980 ¹ 4 


5-Bob 
Eshitishda nuqsoni bo’lgan ilk va maktabgacha yoshidagi bolalar psixik rivojlanishining 
xususiyatlari 
1-§ Ta'lim olmagan kar bolalar 
Kar bolalarning nutqiy rivojlanishi 
Intellektual rivojlanishi me'yorda bo’lgan kar bolalarning nutqiy rivojlanishi eshitishi 
risoladagidek bo’lgan bolalarga nisbatan kechroq boshlanib, ravon gapirish bosqichiga yetmaydi. 
1yoshdan 6 yoshgacha bo’lgan kar bolalarga turli tuman ovoz chiqarish, gugulash, inqillash, 
quldirash, lablarni cho’lpillatish, ovozsiz artikulyasiya qilish, turli xatti-harakatlar orqali o’z 
xoqish istaklarini, munosabatini bildirishga qarakat qilish o’ziga qos xususiyatdir. Odatda kar 
bolalar jarangdor ovozga, kulgiga, tabiiy yig’iga ega bo’ladilar. Ovozni qabul qilish qobilyati 
yo’qligi tufayli o’rgatilmagan kar bolalarda aksariyat holllarda ovozga (reaksiya) munosabat 
bildirish hislatlari ular katta bo’lgan sari keskin susayib boradi. Ko’pchilik kar bolalarda 
gapiruvchining lab qarakatini kuzatish, lab harakatiga ovoz chiqarib yoki chiqarmasdan tahlid 
qilish holatlari kuzatiladi.
Kar bolalarning sensor va aqliy rivojlanishi 
Eshitish qobiliyatining rivojlanishi. Odatda kar bolalar kuchli tovushlarni: uchayotgan 
samolyot ovozini, parovoz qichqiriqini, qattiq chiqarilgan mashina signalini, pianino, baraban, 
nog’ora kabi musiqa asboblarining ovozlarini sezadilar.
Aql-idroki rivojlangan kar bolalarning ko’pchiligi kuchli samolyot tovushini, parovoz 
qichqiriqini, pianino, royal, karnay, noqora kabi musiqa asboblarning tovushini, chaqmoq, 
momoqaldiroq ovozini, qattiq yopilgan eshik ovozini idrok etadilar. Tovush to’lqinlarini 
sezmaydiganlari kamdan-kam uchraydi. 
Kichik yoshdagi bolalarni tovushlarga munosabati turlicha bo’ladi. Ovozga nisbatan ularning 
ko’pchiligi ixtiyorsiz munosabat bildiradi : bola boshini ovoz manbai tomon buradi, tikilib qoladi
uning ko’z qorachiqi kengayadi, alanglab qaraydi, tovush manbayini qidiradi, cho’chib ketadi, 
kipriklarni pirpiratadi, qizarib ketadi, kuladi, jilmayadi, yiqlaydi. 
Kar bolalar asta -sekin tovushlarga ko’nikib qolib ularga e'tibor bermay qo’yadi, javob 
reaksiyasi susayib, o’rganib qolish hissi paydo bo’ladi. Shuningdek, bolalarda tovush 
manbalariga munosabat reaksiyasi ham o’zgarib boradi. 2,5 yoshgacha bo’lgan bolalarda 
tovushga munosabat tusmollash tarzida bo’lib, bu munosabat tez sinuvchan bo’lib, tez orada 
yo’qoladi. 3 yoshli bolalarda tovushga tez va aniq reaksiya paydo bo’ladi. Biroq, tovushga tez 
ko’nikish jarayoni kar bolalarda maktabgacha tarbiya yoshidan o’tguncha ham davom etadi. 
Maktab yoshi bo’sag’asida bo’lgan bolalar ovozga tez ko’nikib ketish holati kuzatilib, ular 
odatda tovushga bir marta munosabat bildiradi, keyin tovushni qis qilsalarda, unga ahamiyat 
bermay qo’yadi. 
Nutqiy tovushlariga aksariyat kar bolalar munosabat bildirmaydi. Muayyan yoshgacha ular 
maxsus mashqlarsiz ham eshitish qoldiqlari vositasida tovushni his qiladilar. Sababi, bolalarda 
his qilish qobiliyati asta-sekin rivojlanib boradi, ayni paytda nutqni va nutqdan tashqari 
tovushlarni bir-biridan farqlash hissi ham kuchayadi, shuningdek, tovush manbaalarni uzoqroq 
masofadan his qilish qobiliyati rivojlanib boradi.Ilk davrda kar bolalarning aqliy va sensor 
rivojlanishi.Kar bolalar o’z hayotining birinchi kun va oylaridanoq o’sishida nomaqbul shart-
sharoitlarga duch keladi. Eshitish qobiliyati me'yorda bo’lgan bolalarga nisbatan kar bolalarda 
o’tirish, turish, yurish kechroq o’rganadi. Bu xol, o’z navbatida analizatorlar o’rtasidagi 
aloqalarning buzilishiga, atrof muqitni o’rganishini cheklanishiga olib keladi. O’tirish harakati 
bilan boqliq predmetli harakatlar rivojlanishi orqada qoladi, oqibatda predmetlarni idrok qilish 
qobiliyati susayadi. Atrof muqitni, predmetlarning fazoviy munosabatlirini idrok qilish 
xususiyatlari qam buziladi. 


Bolalarning predmetlarni qo’lga olish va ushlashda ham aniq harakatlarning yo’qligi, 
predmetlarning katta-kichikligi va shaklini anik farqlamasligi, predmetlaring hossalarini 
sezmasligi ko’zga tashlanadi. 
Ko’rinmayotgan ob'ektni nigoh bilan topish, atrof muxitda ko’rib-eshitib mo’ljal olish, 
binaural eshituv yordamida tovush manbaini topish bunday bolalar uchun bajarib bo’lmaydigan 
vazifadir. Xomila paytida yoki ilk yoshda eshituv qobiliyati zararlangan kar va zaif eshituvchi 
bolalarning ilk rivojlanish davrida sezilarli o’zgarishlar ro’y beradi. 1,5 yoshga yetgan 
bolalarning aksariyati yurishni o’rganib ,erkin yura boshlaydi, bu esa atrof muxit bilan bo’lgan 
munosabatlarini o’zgartirib yuboradi. Ular atrof muxitda harakat qilib mo’ljal olishi faollashadi, 
atrofdagi narsalar nima uchun kerakligini bilib oladilar. Zarur bo’lgan paytda kerakli 
predmetlarni olib kelish, kattalar qarakatiga taqlid qilib maishiy xatti-qarakatlarni bajarish ular 
uchun odatdagi xol bo’ladi.Bolalarning umumiy rivojlanish yo’nalishi normal eshituvchi bolalar 
taraqqiyoti bilan bir hilda kechadi: predmetlar bilan manipulyasiya harakatlarini bajarishi 
rivojlanadi, taqlid asosida predmetlardan funksional to’g’ri foydalana boshlaydi. Tahlid qilish 
qobiliyati idrok etishning asosida rivojlanadi.Hayotining ilk davrida eshitish qobiliyati pasaygan 
bolalar. Bola bir yoshdan o’tib ikki yoshga qadam qo’yishi bilan ular yurishni, erkin harakat 
qilishni boshlaydi, ularni o’rab turgan muqit bilan munosabatlari tubdan o’zgaradi. Bolalarning 
o’rab turgan muqitga moslashish jarayoni faollashadi, har bir predmet to’qrisida u qanday 
maqsadga xizmat qilish haqida tasavvur kengayib boradi. 
Kar bolalarning umumiy rivojlanishi ham soq bolalar rivojlanishiga o’xshab kechadi: aloqida 
predmetlarni belgilangan maqsadga ko’ra ishlatishga harakat qilinadi, harakatlarga taqlid qiladi, 
narsalarning shakli, kattaligi, kengligini va boshqa xususiyatlarini ajratadigan bo’ladilar.
Bolalar predmetning sifat va xossalarini amaliy faoliyat jarayonida hisobga olishga harakat 
qiladilar. Ayni bir paytda bolalarda predmetlarni taqqoslash va solishtirish, bir-biriga 
birlashtirish, taxlash , qutilarni ochish, yopish, ichiga narsa solish, kemtik predmetlarni boshqa 
predmetlar bilan to’ldirish kabi xatti- harakatlar rivojlanib boradi. Aksariyat bunday faoliyat 
kattalarning rag’barligida ularga tahlid qilish asosida bajariladi.
Bu jarayonlarning barchasi sog’lom bolalarda ham, kar bolalarda ham bir xil rivojlanadi. 
Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, uy sharoitida ham kar bolalarni ko’p narsaga o’rgatish 
mumkin. Albatta bola rivojlanishidagi bu jarayonlar sekinlik bilan amalga oshadi, bir tekisda 
ketmaydi. Chunki, bayon etilgan harakatlar shu yoshdagi bolalarning barchasi ham eplay 
olmaydi. Odatda bunday jarayonlar 2,5 yoshdan faollashadi. 
Bir qator kuzatilgan bolalar ikki yoshdan o’tganlaridan keyin ham predmetlar bilan faqat taqlid 
qilish harakatlarni amalga oshiradi. Tahlid qilish xususiyati kar bolalarda, sog’lom bolalardagiga 
nisbatan farq qiladi. Aksariyat hollarda bolalar o’ziga yaqin muhitga kuzatilgan harakatlarga 
tahlid qila oladilar. Bunday xulosa qilish mumkinki, maktab bo’saqasida ayrim bolalarning tahlid
qilish saviyasi yetarli bo’lmaydi. Faqat ayrim bolalardagina namuna asosida to’g’ri harakat qilish
kuzatiladi. Sog’lom bolalarda bu xislat ancha yuqori saviyadaligi ma'lum.
Kuzatiyotgan ob'ektlarni ko’rish ularning rangi va hajmini aniq belgilashda ham me'yordan 
orqada qolishi bolalarning amaliy faoliyatida ko’zga tashlanadi. O’yinchoqlar bilan o’ynash 
jarayonida ham o’ziga hosliklar kuzatiladi.
Maktabgacha yoshda predmetlar turli maqsadda ishlatilishi, buyum, o’yinchoq yoki ish quroli 
sifatida qabul qilish mumkin. Masalan: poyafzalning qo’g’irchoqning oyog’iga kiyilishi, taroq, 
ro’mol yoki boshqa bosh kiyim bosh ustida bo’lishi, qoshiq qo’g’irchoqning qo’lida paydo
bo’lishi mumkin. 
Kar bolalarning nutqiy muloqoti, shuningdek nutqqacha bo’lgan muloqoti ham juda 
kambag’al bo’lishi mumkin. 
Ayrim ota-onalar bolalar bilan bo’lgan muloqotlarida aksariyat holarda yetarli ahamiyat 
bermaydi. Ba'zilar tamoman imo-ishoraga o’tib olishadi, ayrimlar esa bolani erkalash maqsadida 
so’zlarni buzib "bola tilida" muloqot qilishga harakat qiladilar. Maktabgacha davrda kar 
bollarning sensor va aqliy rivojlanishi kar bolalarning maktabgacha yoshida sensor va aqliy 
rivojlanishida sezilarli siljishlar ro’y beradi. Binobarin, bu paytga kelib, bolalarning predmetli 


tafakkuri, predmetli harakatlari muayyan darajaga yetadi. Zotan, bu paytda bolalarning 
predmetlardan qanday foydalanishni bilishlaridan tashqari, ularda ro’zqorda foydalanish yo’l 
yo’riqlarini ham o’ranib olgan davr bo’ladi. Barcha aqliy rivojlanishi me'yorda bo’lgan kar 
bolalar, maktabgacha tarbiya yoshining o’rta va katta davrlarida qoshiqdan qanday 
foydalanishni, o’z-o’ziga xizmat qilishni boshqalardan o’rganib olgan bo’ladilar. 
Predmetdan maqsadli foydalanish ularning o’yinchoqlar bilan munosabatida ham aks etiladi. 
Taqlidchilikning rivojlanishi shunga olib keladiki, bolalar kattalarga taqlid qilibgina emas, 
mustaqil ravishda predmetlarni qismlarga bo’lish, yiqishni ham o’rganib oladilar. Bolalar 
kattalarga tahlid qilish jarayonida predmetning xajmi, rangi, shakli, sig’imi va boshqa sifat va 
xossalarni ajrata oladilar, solishtiradilar. 4 yoshdan kichik bolalar bu jarayonlarni taqlid asosida 
ham hali uddalay olmaydilar. 4yoshdan kattaroq bolalar bu xatti-harakatlarni bajarganda 
predmetlar soni yoki turi 3-5 turdan oshmasligi kerak. Predmetlar sonining o’sib borishi 
bolalarni chalkashuvga olib kelishi mumkin. Masalan, bolaga 3 rangdagi qizilni qizil, ko’kni 
ko’k, sariqni sariq kubiklarga ajratib qo’yishi mumkin. Kubiklar rangini 6 taga yetkazilsa bolalar 
chalkashishlari mumkin. Maktabgacha yoshi ulg’aygan sari bolalarda elementlar soni, rangini 
belgilash, qiyoslash, farqlash jadal tarzda rivojlanadi. Shu yoshda bolalarning tayyor namunalar 
asosida ish yurita olish qobilyati takomillashadi. Bola ma'lum rang, shakl, hajmni tanlab, 
shuningdek, buyumlarni ikki belgisi asosida tanlab olishi mumkin. Bolada ko’p nushalardan bir 
nushasini tanlab olish qobilyati shakllanadi. 
Biroq o’tkazilgan tajribalar davrida uchdan bir qism bolalargina to’qri harakat qiladilar. 3-4 
yoshli kar bolalarning faqat 2 dan 3 qismi rang va shaklga qarab ob'ektni belgiladilar. 
Keyinchalik namuna asosida tanlov takomillashib boradi. Maktabgacha tarbiya yoshining 
so’nggi bosqichlarida bolalar 4-5, ayrim hollarda esa 6 ob'ektni adashmay solishtira oladilar.
Ilk yoshda bolalarning bir necha elementdan iborat namunalarni qisman tahlil eta olish qobilyati 
shakllanadi. 4 yoshgacha bolalarning ko’pchiligi bunday tahlilni kattalar yordamisiz uddalay 
olmaydilar. 5 yoshdan keyin kar bolalarda bunday qobiliyat shakllanadi. Namuna asosida tanlab
olishda elemetlar soninig ko’payishi xuddi tahlid qilgandagidek, natijalarni pasaytirib yuborishi 
mumkin. Biroq, bu bolaning qobilyatsizligini belgilovchi omil emas. Sababi, qo’yilgan vazifa 
kar bola uchun murakkabdir. 
Rang, qajm, o’lcham belgilashda kar bolalarning ko’rsatkichlari eshitish qobilyatini 
yo’qotmagan bolalar bilan hariyib bir xildir. Shuni ta'kidlash joyizki, bolalarning aqliy 
taraqqiyoti va sensor tarbiyasining saviyasi bola oldiga qo’yilgan vazifani aniq bajarganligi bilan 
ifodalanmasdan foydalangan usullar bilan belgilanadi. 
Kar bolalarning mo’ljal olish qobiliyati rivojlanishida quyidagi bosqichlar mavjud: 
A) Faqatgina ko’zlangan natijaga mo’ljal olish: bola ko’zlagan maqsadga erishish uchun amaliy 
sinab ko’rish yo’li bilan , predmetlarning o’ziga xos xususiyatlarini qisobga olmasdan jismoniy 
kuch ishlata olish yo’li bilan ham harakat qilishi mumkin. 
B) Tashqaridan mo’ljal olish hatti-harakatlari: bola yo mo’ljal olishga harakat qilib ko’radi yoki 
tusmollab chamalab ko’radi. Chunki, bola qali predmetning rangi, hajmi, o’lchamini aniqlab ola 
olmagan bo’ladi. 
V) Ob'etni o’z ko’zi bilan ko’rib turib mo’ljallash, peresepsiya harakati bilan birga qo’shib olib 
borishi: bola bunday holda predmetning xususiyatiga tayanib ish ko’radi, ko’z bilan chamalab 
ko’radi, murakkab bo’lib qolganda mo’ljal olib sinab ko’rishga garakat qiladi. 
G) To’laligicha hayolda mo’ljallash: Ko’rinishidan faqat muqarrar natijalarga erishish uchun
beqato ijrochilik hatti-harakatini namoyon qiladi. 
Bolaga berilgan vazifa turli xil yo’l bilan bajarilishi mumkin, masalan matreshkani sinab ko’rish, 
tusmollab mo’ljal olish va sinab ko’rish hamda ko’z bilan chamalab o’ta chaqqonlik bilan 
matryoshkalarni kattadan kichikka joylash va x.k .Biroq shunday vazifalar bo’ladiki,ularni bola 
tomonidan takomillashgan mo’ljal olishga ega bo’lmay turib to’qri bajarilishi mumkin emas. 
Masalan, piramida xalqalarni ma'lum kattaligida terib chiqish, matryoshkalarni kattaligiga qarab 
joylashtirishda boladan ham chamalashni, ham mo’ljallashni, ham jismoniy harakatni talab 
etiladi. Bunday topshiriq tusmollab sinab ko’rish darajasida to’g’ri bajarilmasligi kerak. Kar 


bolalarning maktabgacha tarbiya yoshi davrida berilgan topshiriqlar eng sodda usullardan 
murakkabroqlariga yo’naltirib boriladi.Biroq shuni unutmaslik kerakki, bolani mo’ljallashga 
o’rgatish funksional yo’nalishda olib boriladi: sodda topshiriqdan murakkabga o’tish chog’ida
ko’z bilan chamalab harakat qilayotgan bola sinab ko’rish usuliga qaytishi mumkin. 
Maktabgacha tarbiya bo’sag’asida yoshdagi bolaning vazifani bajarishda mo’ljal olishning 
o’rtacha saviyasi-sinab harakat qilish. Qiyinroq vazifa berilganda, bu bolalar jismoniy kuch 
ishlatish yo’liga o’tib oladilar. Uch yoshdan katta bo’lgan bolalarda sinab harakat qilib 
ko’rishdan tashqari ko’z bilan chamalab ko’rishni ko’proq kuzatiladi. Ammo, bunday usul faqat 
4 yoshdan kattaroq bolalarda yetakchi bo’lishi mumkin. Biroq, bu yoshdagi bolalar ham 
namunalarni tahlil qilish, qirqma rasmlarni yig’ib olish, kattaligiga ko’ra qatorga terish kabi har 
xil murakkab vazifalarni bajarishda ham ular "sinab ko’rish" usuliga tushib oladilar. 5 yoshdan 
kattaroq bolalar topshiriqlarni bajarishda aksariyat hollarda ko’z bilan chamalash usulini 
qo’llaydilar; bir qator vaziyatlarda topshiriqni chaqqonlik bilan behato bajarishga muvaffaq 
bo’ladilar. Lekin 5 qismli qirqma rasmni yig’ish, labirintlardan yurish, predmetlarni rangi, 
shakli, kattaligiga ko’ra guruhlash kabi murakkabroq vazifalarni bajarishda ko’z bilan chamalab 
tusmollash va ayrim hollarda sinab ko’rish usullarni qo’llashga qaytishi mumkin. Sensor va aqliy 
taraqqiy etishi bilan kar bolalarning atrofdagilar bilan muloqot qilish vositalari kengayadi. 
Bolalarda ko’rsatish ishorasi ajraladi. Ko’rsatish ishorasi, L.S.Vigotskiyning ta'kidlanish, 
insoniyatda til rivojlanishida muhim axamiyat kasb etadi. Ko’rsatish ishorasining qo’llanish 
doirasi takomillashadi, agar avval bolalar biror narsani olish maqsadida uni qo’llagan bo’lsa, 
endi rang, shakl, hajm, fazoviy joylashuvni farqlashda ham ko’rsatmali ishoralardan keng 
foydalanadi. Bolalarda e'tiroz bildirish, voz kechish , iltimos qilish, hayrlashish, ma'qullash kabi 
imo-ishoralar ham shakllana boradi. Ayrim bolalarda tasvirlash imo-ishoralari taraqqiy etadi, 
karlar oilasida tug’ilgan bolalarda bunday ishoralar ertaroq rivojlanadi va ular bo’lishi mumkin. 
Maktabgacha yoshidagi kar bolalar motorikasining rivojlanishi. Tug’ma kar bolalarning 
jismoniy rivojlanishi eshitadigan bolalar rivojlanishidan orqada qoladilar. Bolalarning 70% bosh 
tutishni kechroq o’rganadi, ularning 25% bu malakalar eshituvchi tengdoshlariga nisbatan 2 oy 
kechikib rivojlanadi. Bunday orqada qolish o’tirish, turish, yurish ham namoyon bo’ladi. 
Yurishdagi kechikish muddatlari kamroq farq qiladi, boshni to’qri ushlab turishda orqada qolish 
muddatlarida kattaroq tafovut kuzatiladi. Ma'lumotlarga qaraganda mustaqil tarzda yurib 
ketishning 
kechikishi 
kar 
bolalarning 
50% 
da 
kuzatiladi. 
Nuqsonning 
o’rnini 
qoplash(kompensasiyalash) shunday darajada bo’ladiki, ilk yoshdagi kar bolalar tashqi 
ko’rinishidan benuqsonga o’xshaydilar. Biroq xatti-qarakatlardagi beqarorlik, qat'iyatsizlik, 
harakatlarni yetarli boshqara olmaslik, muvozanatni saqlashdagi qiyinchiliklar aksariyat 
bolalarda butun maktabgacha tarbiya davrda yo’qolmaydi. Sakrash paytida aksariyat bolalar 
sakrab poldan o’z oyoqlarini baravariga ajrata olmaydilar. Koptokni irqitishda muvozanatni 
yo’qotish va yiqilib ketish hollari ro’y beradi. Ko’pgina kar bolalarda ko’llarning mayda qo’l 
motorikasi rivojlanishida orqada qolish kuzatiladi, barmoqlar hamda artikulyasiya a'zola-rining 
harakatlarida aniqlik yetishmaydi. Aktikulyasiya a'zolarning harakatlariga tahlid qilishda bolalar 
uzoq vaqt katta qiyinchiliklarga duch keladi. 
Kar bolalarning o’yin faoliyati 
Barcha bolalar kabi kar bolalarda ham ilk maktabgacha yoshida o’yinchoqlarga qiziqish kuchli 
bo’ladi. Biroq vaqt o’tishi bilan bolalarning o’yinga bo’lgan qiziqishida bir oz o’zgarishlar 
yuzaga keladi.Ayrim hollarda ular o’yinchoqlarni tanlaydigan, o’yin jarayoni esa barqarorroq 
bo’ladi. Kichik maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar o’yinchoqlar bilan o’ynashni 3-5 daqiqa 
davom ettirgach, so’ng tashlab qo’yadi. Chunki, u o’ynab bo’lgach, navbatdagi bosqichda nima 
qilish lozimligini bilmaydi. Maktab bo’sag’asidagi bolalar esa o’yinchoqlar bilan 15-20 daqiqa 
o’ynay oladi. Ko’pchilik kar bolalarning ota-onalari farzandlarini o’yinchoqlardan tez ko’ngli 
qolishini, ularni yangilab turishga, aksariyat ota-onalar bolalarning yangi o’yinchoqlargagina 
qiziqishini, ayrim ota-onalar farzandlarining o’yinchoqlardan ko’ra ko’proq ro’zqorda 


ishlatiladigan buyumlar - turli qopqoqlar, taqsimchalar, chelakcha va boshqalarga qiziqishini 
aytadilar. Buning sababi, birinchidan, ro’zqor buyumlari jarangliroq ovoz chiqarishida, 
ikkinchidan, bu buyumlar bola muhitiga yaqinligida va ular bilan karlarga xos bo’lgan bir xildagi 
hatti-harakatlarni bajarish mumkinligidadir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar tomonidan 
eng ko’p qo’llaniladigan o’yin harakati predmetli harakatdir. 3 yoshdan keyin bolalarda 
predmetli hatti - harakatlardan tashqari, biror jarayonni ifodalash (prosessual) harakat kuzatiladi. 
Masalan, bola qo’qirchoqni bir necha marta yechintiradi va kiyintiradi, yechintirgan 
qo’qirchoqni krovatga yotqizadi, keyin qo’qirchoqni kiyintiradi. Ba'zan bolalar mashinaga solib 
kubiklar tashiydi, mashinadan tushiradi, qo’qirchoqni sayr qildiradi. Kattaroq bolalarda ikkita 
syujet bog’lanishi mumkin: qo’qirchoq ovqatlantiriladi, so’ng o’xlashga yotqaziladi. Syujetli 
rolli o’yinlarni o’ynash hollari o’rgatimagan kar bolalarda kamdan-kam uchraydi. Syujetli rolli 
o’yin deganda insonlar munosabatini aks etadigan ongli, maqsadli, mazmunli xatti-harakat 
tushuniladi. Bunday o’yin faqatgina maxsus o’rgatish natijasida rivojlanadi.
Kar bolalarning hulq-atvori 
Odatda kar bolalar muomalaga tez kirishadigan bo’ladilar. Vaqti bilan muomala shakli va 
mazmuni o’zgaradi. Yoshi ulg’aiyishi bilan bola oddiy itoatgo’ylikdan xaqiqiy muomalaga 
o’tadi. U kattalar munosabatini hisobga oladi, kattalar bilan muloqatga ko’proq moyil bo’lib, 
aksariyat hollarda bunday aloqalarning tashabbuskorlariga aylanadilar. Kattalar bilan 
birgalikdagi harakatlarda aloqalar rivojlanib boradi, bola kattalardan ko’proq diqqat-e'tibor talab 
qiladigan bo’ladi, uning ma'qullashi, tanbeqini tushunadi va hisobga oladi. Vaqti bilan aloqalar 
mustaqkamroq va uzoqroq davom etadigan bo’lib boradi. 2 yoshgacha bo’lgan bolalarning 
yarmidan ko’proqi diqqat-e'tibori so’nib borishi yoki uning yoshiga to’g’ri kelmaydigan ma'qul 
tushmagan topshiriqlar berilganligidan kattalar bilan ma'lum vaqtga aloqalarini uzib qo’yadilar. 
Kattaroq yoshdagi bolalarda esa bunday holat ayrim alohida hollarda ro’y beradi xolos.
Rivojlanishning borishini bolalarning unga berilgan tanbehlarga munosabatini kuzatib aniqlash 
mumkin. Aqliy rivojlanishi yetarli bo’lgan eng kichik yoshdagi kar bolalar ham bildirgan 
e'tirozlarini va tanbehlarni his qilsalarda, biroq har qanday holatlarda ham o’z hatti harakatlarini 
o’zgartirmaydilar. Bolalarda o’jarlik kabi negativ reaksiya paydo bo’lishi ham mumkin. Yoshi 
o’sishi bilan kattalar tanbeqiga javoban xatti-harakatlardagi xatolarni bartaraf etish hollari ortib 
boradi, bunday hol bolalarda o’zini o’zi nazorat qilish qobiliyatining rivojlanayotganidan dalolat 
beradi. Bola rivojlanishini belgilovchi omillardan biri uning diqqatidir. Diqqatning barqarorligi 
bolaning maktab yoshiga yetguncha qadar o’zgaradi. 
Maktabgacha tarbiya bo’sg’asida yoshidagi bola bir xildagi mashqulot bilan 3 minutdan ortiq 
shug’ullana olmaydi, shu muddat o’tgach mashg’ulot turini o’zgartirishni talab etadi. O’rta va 
katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bola bir turdagi mashg’ulot bilan 10-15 daqiqa davomida 
toliqmasdan shuqullanishi mumkin. Mashg’ulot turlari almashtirib turilsa, u toliqmasdan 40 
daqiqadan ortiq shuqullanishi mumkin. 
Bola diqqatining barqarorligi amalga oshirayotgan faoliyat turiga qarab har xil bo’lishi 
mumkin. Ba'zilari mustaqil faoliyat bilan uzoq shuqullanishi, boshqalarining kattalar tomonidan 
uyushtirilgan faoliyatga e'tibori kuchli bo’ladi. Maktab oldi yoshidagilar orasida shunday bolalar 
ham uchraydiki, yuqorida bayon etilgan qar ikki qolatga qam befarq bo’lishi mumkin. Bunday 
holat aksariyat 3-4 yoshli kar bolalarda ko’proq uchraydi. Yoshi katta bo’lishi bilan bolalarda 
muayyan mashg’ulotga diqqatini jamlash, bir mashg’ulotdan ikkinchisiga ko’chirish malakalari 
rivojlanib boradi. Faoliyatni to’xtatib qo’yish sabablari turli yoshdagi bolalarda har xil bo’ladi: 
kichik yoshdagi bolalar o’yinini toliqqanida to’xtatadi, kattalari esa vazifani ohirgacha yetkazadi. 
2-§ Ta'lim olmagan zaif eshituvchi bolalar 
Aql idroki yetarli bo’lgan ayrim zaif eshituvchi bolalar ba'zi ko’rsatkichlarga ko’ra kar bolalarga 
yaqinroq, ayrimlari esa, normal eshituvchi bolalarga yaqin bo’ladilar. Muayyan bolalar ikkala 


guruh orasidagi bolalar toifasini tashkil etadi. Go’daklik davrda zaif eshituvchi va kar 
bolalarning nutqiy rivojlanishi odatda bir xil kechadi. Bir yoshgacha bo’lgan zaif eshituvchi 
bolalar turli ovoz chiqaradi, gugullaydi, quldiraydi. Ko’pgina xollarda 3 yoshgacha ham ularning 
nutqida farqi bo’lmaydi. Ayrim zaif eshituvchi bolalar faol huldirash bilan bir qatorda sodda 
so’zlarni o’xshatibroq yaqinlashtirib talaffuz etadilar. 4-5 yoshda kar va zaif eshituvchi bolalar 
og’zaki nutqining rivojlanishida tafovut paydo bo’ladi. Aksariyat 4-5 yoshli zaif eshituvchi 
bolalar da nutqiy rivojlanishda o’ziga xos tomonlari deyarli farqlanmaydi: ularning nutqiy 
taraqqiyoti xuddi karlarnikidek kechib, ular gugulaydi guldiraydi, ba'zi so’zlarni qisqartirib, 
o’xshatib talaffuz etadi. Boshqalari alohida so’z va gaplarni fonetik va grammatik hatolar bilan 
bo’lsa-da talaffuz etadilar, sodda nutqni tushunadilar. Keyinchalik, 7 yoshgacha kar va zaif 
eshituvchi bolalarning passiv va faol nutqining rivojlanishidagi farqi sezilarli ortib boradi. 
Biroq,zaif eshituvchi bolalar orasida nutqiy taraqqiyoti karlarning nutqi bilan bir qil (ovoz 
chiqarish, gugulash, alohida talaffuz etish darajasida) bo’lgan bolalar ham uchraydi. Bu bolalar 
yaxshi eshitish qoldiqlariga (shivirlashni eshitadi) ega bo’lsa-da, ulardan foydalana olmaydi, 
nutqni tushunmaydilar. Kar bolalardan farqli ravishda zaif eshituvchi bolalarning gugulashi, 
guldirashi susayib bormaydi. Aksariyat zaif eshituvchi bolalar lug’atida maktabgacha davrning 
ohiriga kelib alohida so’zlar, ba'zilarida esa gaplar paydo bo’ladi. Ularning nutqida ko’pincha 
talaffuz va grammatik xatolar uchraydi, nutqni muayyan voqea, holat doirasida, ayrimlari esa 
mustaqil nutqni tushuna oladilar. 
Ta'lim olmagan kar va zaif eshituvchi bolalar nutqi har xil ko’rinishda bo’lib, maxsus ta'limsiz 
karlar nutqi so’nib, zaif eshituvchilarning nutqi esa sekinlik bilan bo’lsada rivojlanib boradi. 
Zaif eshituvchi bolalarning sensor va intellektual rivojlanishi 
Eshitish qobiliyati Zaif eshituvch bolalarning eshituv qobilyati turli darajada pasaygan 
bo’ladi. Ba'zilari quloq suprasi yonida aytilgan gaplashish balandligidagi ovozga munosabat 
bidiradi, biroq eshitganini takrorlab bera olmaydi. Boshqalari 6 metrdan uzoqroq masofadan 
gaplashish balandligidagi ovozni qabul qilib shivirlagan ovozni eshitmaydilar. Maktabgacha 
davrda zaif eshituvchi bolalarning eshitish qobiliyati maxsus o’rgatishsiz ham muayyan darajada 
rivojlanib boradi.1-2 yoshli bolalarning 6,6%,6-7 yoshli bolalarning 66,7% quloq suprasi yonida 
chiqarilgan gaplashish balandligidagi ovozga munosabat bildiradi. Xuddi shunday 1-2 yoshli 
bolalaring 2% shivirlagan nutqqa munosabat bildiradi, keyingi yillarda shivirlagan ovozni idrok 
etadigan bolalar soni keskin ortib boradi. Eng muhimi, aksariyat zaif eshituvchi bolalalar yaxshi 
eshitish qoldiqlariga ega bo’lsalar da, ko’p vaqtgacha ulardan foydalana olmaydilar. Nutqqa 
munosabat bildirmagani, uni tushunmagani uchun ular kar bolalarga o’xshab ketadi. Ba'zilari 
esa eshitish qoldiqlaridan yaxshi foydalanadi, ularning lug’at boyligi ortib boradi. Zaif eshituvchi 
bolalar o’rtasidagi bu tafovut bolalarni yashash sharoitlari, jismoniy va ruhiy rivojlanishidagi 
hususiyatlar va boshqa sabablar bilan boqliqdir. Ba'zi yaxshi eshitish qoldiqlariga ega bo’lgan 
zaif eshituvchi bolalar kundalik hayotda, muomalada xuddi eshitadigandek o’xshaydi. Shu bilan 
birga ular shivirlagan nutqni idrok etmaydi, oqibatda nutqda turli nuqsonlar vujudga keladi.
Ko’pincha bunday bolalarga eshitish me'yorida bo’lgan nutq kamchiligiga ega deb, yoki psixik 
rivojlanishi sust bolalar degan tashxis qo’yiladi. 
Ilk davrda zaif eshituvchi bolalarning sensor va aqliy rivojlanishi 
Zaif eshituvchi bolalarda ovozni sezish,unga munosabat bildirish nisbatan kechroq 
rivojlanganligi sababli,ilk maktabgacha davrda ular kar bolalardan farq qilmaydi. Ilk davrda zaif 
eshituvchi bolalarda xuddi karlardagidek gavdani tik tutish, uzoq masofani idrok etish, 
predmetlarni qo’lga olish va ushlash, ular bilan xatti-harakat qilish sustroq kechadi. Eshitish 
qobiliyati pasaygan bolalarda ovoz manbaini, ko’rinmayotgan predmetni ko’z bilan qidirib 
topish qobiliyati shakllanmaydi. Ona ovozini idrok eta olmasigi oqibatida muloqat tanqisligi 
vujudga keladi. Predmetli amaliy faoliyati, narsalardan maqsadli foydalanish, harakatlar 


moslashuvi, taqlidchilik qobiliyati kar va zaif eshituvchi bolalarda bir xil rivojlanadi.
Maktabgacha yoshidagi zaif eshituvchi bolalarning sensor va aqliy rivojlanishi 4 yoshgacha kar 
va zaif eshituvchi bolalarning rivojlanishida deyarli farq bo’lmaydi. 4 yoshdan katta zaif 
eshituvchi bolalarda karlarga nisbatan muayyan afzalliklar paydo bo’ladi. Sensor va aqliy 
vazifalarni bajarish paytida zaif eshituvchi bolalar mo’ljal olishda karlarga nisbatan yuqori 
saviyadagi usullardan foydalanadi. 5 yoshdan kattaroq bolalarda bu qobilyat yaqqol namoyon 
bo’ladi. Kar va zaif eshituvchi bolalar o’rtasidagi farqi predmetlar hususiyatlarini farqlash, 
namunaga ko’ra predmetni tanlash kabi oddiy vazifalarni bajarishda ko’rinmaydi. Biroq fazoda 
mo’ljal olish, umumlashtirish tushunchalarining taraqqiy etishini talab qiladigan murakkabroq 
topshiriqlar bajarish jarayonida kar va zaif eshituvchi bolalar farqi ko’rinadi. Bu topshiriqlar 
orasida qirqilgan rasmlarni yig’ish, predmetlarni guruhlash, labirintlardan o’tish, qatordagi 
predmetni o’rnini topish kabi vazifalar o’rin olgan. 4-5 yoshli bolalar predmetli rasmlarni chiza 
oladi. 
Zaif eshituvchi bolalar harakatlarining rivojlanishi 
Eshitish qobiliyati tug’ma va ilk yoshda pasayishi, vestibulyar apparatining faoliyatining 
buzilishi bu bolalarda (statik) gavdani tutish, (lokomotor) harakatlarning orqada qolishiga olib 
keladi. Ular, xuddi kar bolalardek boshni va gavdani tutish, o’tirish, turish, yurishni kechikibroq 
o’rganadi.1 yoshu 2 oy -bir yoshu 4 oylik zaif eshituvchi bolalarning rivojlanishi 
kompensasiyalanib, eshituvchi bolalar rivojlanishiga yetadi.
Ilk davrda zaif eshituvchi bolalarning yurish, turishida turg’unsizlik, muvozanatni saqlash, 
harakatlar boshqaruvida qiyinchiliklar kuza-tiladi. Ko’p zaif eshituvchi bolalarda qonning rezus 
omillarining mos kelmasligi uchraydi. Bunday bolalarda harakatlarning buzilishi yaqqol ko’zga 
tashlanadigan bo’lib, bolalarning o’yiniga, erkin harakatlariga o’ziga o’zi xizmat ko’rsatishiga 
halal bermasa ham, ba'zan maktabgacha davr mobaynida saqlanib qoladi.
Rezus omillari mos kelgan zaif eshituvchi bolalarning harakatlari ko’rinishdan risoladagidek 
bo’ladi. harakatlar moslashuvi, qo’l harakatlaridagi yetishmovchiliklar ko’zga tashlanmasada 
diqqat bilan ko’zatilganda, turli faoliyatlar jarayonida namoyon bo’ladi.
Zaif eshituvchi bolalarning o’yin faoliyati 
Kar va zaif eshituvchi bolalar o’yinining rivojlanishida keskin farq kuzatilmaydi. Aqliy 
rivojlanish me'yorida bo’lgan zaif eshituvchi bolalar hamma vaqt o’yinchoqlarga qiziqishni 
bildiradi. Qiziqishlarining barqarorligi ularning yoshiga mos bo’lib, ular o’yinchoqlardan 
maqsadga muvofiq (adekvat) foydalanadi. Bolalarning rivojlanish saviyasi ularning o’yinida 
syujetning mavjudligi bilan belgilanadi.
3 yoshdan oshgan bolalarning ayrimlarida, 4 yoshdan kattaroq bolalarning aksariyatida o’yin
jarayonida syujet elementlari kuzatiladi.
Eshituv qobiliyati biroz pasaygan, fonetik va grammatik yetishmovchiliklari bo’lsada nutqi 
rivojlangan bolalarda maktabgacha davrining oxirida syujetli-rolli o’yinning taraqqiy etishini 
kuzatish mumkin. 
Zaif eshituvchi bolalarning hulq-atvori 
Maktabgacha davr mobaynida zaif eshituvchi bolalarning o’yin va o’quv faoliyatida diqqat -
e'tibori barqarorlashadi, diqqatni jamlash, uni bir predmetdan boshqasiga ko’chirish qobiliyati 
rivojlanib boradi. Aksariyat zaif eshituvchi bolalar muomalaga tez kirishadi . Yoshi ulg’ayishi 
bilan muloqatdan bosh tortadigan, muloqatda uzoq vaqt bo’la olmaydigan bolalar soni kamayib 
boradi. Bolalar kattalar tanbehiga, ma'qullashiga munosabat bildiradi hamda kamchiliklarni 
bartaraf etishga harakat qiladi. Vaqti bilan o’z xatti-harakatidagi kamchiliklarga baho berish, 


ularni to’g’rilash qobiliyati rivojlanib boradi. Shu bilan birga bola hato bajargan vazifalardan 
keyinchalik bosh tortishi mumkin. 
Kar bo’lib qolgan bolalar 
Kar bo’lib qolganlar toifasiga kirgan bolalar nihoyatda har xil bo’ladi. Nutqi deyarli 
shakllanib bo’lgan, eshitish qobiliyati pasaygan bolalar nutqida fonetik va grammatik 
kamchiliklar yuzaga keladi. Aksariyat xollarda eshitishi pasaygan bolalar o’zini butunlay 
eshitmaydigandek his etadi, tovushlar olami ular uchun yo’q bo’lib qolgandek tuyuladi. 
Zaif eshituvchi bo’lib qolgan bolalar keyinchalik eshitish qoldiqlaridan foydalanishni 
o’rganadi. Eshitishi pasaygan bolalar va ularninig ota-onalari uchun dastlabki yillar og’ir va 
mas'uliyatlidir. Bolalarning ba'zilari injiq, qaysar, jizzaki, agressiv, qo’zqaluvchan bo’lib qoladi. 
Boshqalari esa qayolchan, atrofdagilar bilan muomalada bo’lishdan bosh tortadi. Bu xolat uzoq 
vaqt davom etsa bolalarning nutqi yo’qolib boradi. 
Ayrim hollarda katta maktabgacha yoshdagi kar bo’lib qolgan bolalar tekshiruv paytida 
yuksak saviyadagi sensor va aqliy rivojlanish darajasi va deyarli rivojlangan nutqni namoyon 
qiladi. Ba'zi bolalarning nutqi yaxshi saqlangan bo’ladi, boshqalarning nutqida talaffuz, 
grammatik kamchiliklar kuzatiladi. Bunday bolalar nutqni labdan o’qishga o’rganadi. 5-7 yoshli 
kar bo’lib qolgan bolalarda labdan o’qishga o’rganish jarayoni jadalroq kechadi.
Odatda kar bo’lib qolgan bolalar nutqi asta sekinlik bilan yo’qolib boradi. Eshitishi 
pasaygandan keyin bolalarda muayyan vaqtgacha faol g’uldirash, noto’qri talaffuz etiladigan 
so’zlar, grammatik jihatdan hatoli so’z va jumlalar saqlanadi, nutqi noaniq bo’lib qoladi. Bu 
hollarda eshitish qobiliyatning pasayish darajasi, nutqning rivojlanganligi muhim o’rin tutadi. 
Kichik maktabgacha davrda eshitish qobiliyati pasaygan bolalarning nutqi tez yo’qolib 
boradi. Biroq bolalar yoki ularning ota-onalariga erta yordam ko’rsatilsa, bolalarning nutqi 
saqlanib, keyinchalik rivojlanib boradi. 
Savollar 
1. Eshitish qobiliyati buzilgan ilk va maktabgacha yoshidagi bolalar psixik rivojlanishining 
o’ziga hosligi nimada. 
2. Kar va zaif eshituvchi bolalarning aqliy va sensor rivojlanishi qanday kechadi. 
3. Kar va zaif eshituvchi bolalarning harakatlari qanday rivojlanadi. 
4. Kar va zaif eshituvchi bolalarning o’yin faoliyati qanday rivojlanadi. 
5. Kar va zaif eshituvchi bolalarning nutqiy rivojlanishi qanday kechadi. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1.Venger A.A., Vo’godskaya G.L. Leongard E.I. Otbor detey v spesialno’e doshkolno’e 
uchrejdeniya M.1972 
2.Vlasova T.A. O vliyanii ranusheniya sluxa na razvitie rebenka M.1954 
3.Belova N.I. Spesialnaya doshkolnaya surdopedagogika M. 1985 
4.Golovchis L.A. Doshkolnaya surdopedagogika M.2001 
5.P.Yusupova maktabgacha tarbiya pedagogikasi T.O’qituvchi 1992 


6-BOB 
EShITIShDA NUQSONI BO’LGAN BOLALARGA MAXSUS MAKTABGAChA TA’LIM
MUASSASALARIDA TA’LIM BERISh 
1-§ Eshitishda nuqsoni bo’lgan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta'lim berish vazifalari 
Maktabgacha ta'lim muassasalarda tashkil etiladigan ta'lim bolalarni har tomonlama kamol 
toptirish, maktab ta'limiga tayorlashga qaratiladi. Ta'lim jarayonida pedagoglar bolalarning 
bilish faoliyatini tashkil etadi, yo’naltiradi, bolalar esa bilim ko’nikma va malakalarni 
egallaydilar, ular amaliy, aqliy, nutqiy faoliyat turlari va usullarini o’zlashtiradilar. 
Kar va zaif eshituvchi bolalar ta'lim-tarbiya mazmuni maxsus ta'lim dasturlarida aks ettirilgan 
bo’lib, maktabgacha muassasa pedagoglar oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi: 
1.Bolaning umumiy rivojlanishini boyitish; 
2.Rivojlanishdagi mavjud kamchiliklarni korreksiyalash; 
3.Maktab ta'limiga tayyorlash. 
Xozirgi kunda maxsus ta'lim-tarbiya jarayonining mazmuni va tashkiliy shakllarini 
tanlashda umumiy yondashuvga amal qilish talab etilmoqda.
Eshitishda nuqsoni bo’lgan maktabgacha yoshidagi bolalar bilan tashki etiladigin 
umumrivojlantiruvchi va korreksion ishlar bolani ijtimoiy faollashuviga, L.S.Vigotskiy so’zi 
bilan aytganda "sivilizasiyaga uyg’unlashuvi"ga, ijtimoiy hayotga tayyorlashga qaratiladi. 
Eshituvchi hamda eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar rivojlanishidagi umumiy qoniniyatlarini 
hisobga olgan holda ularning to’laqonli psixik rivojlanishi, shaxs madaniyatining shakllanishi 
ya'ni , narsalar, ijtimoiy hodisalar, tabiat hodisalari, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni yaxshi 
bilib tushunib olishlarini ta'minlanib borish zarur.
Yuqorida qayd etilgan vazifalar amalga oshirilgan holda bolalarning ijtimoiy rivojlanishi, 
bilish faoliyatining o’sishi, shaxsiy sifatlarining rivojlanishi ta'minlanadi. Buning uchun 
bolalarning umumiy rivojlanishini boyitish, rivojlanishidagi kamchiliklarni korreksiyalash, 
eshituv holati me'yorda bo’lgan bolalar egallaydigan bilim va ko’nikmalarni imkon boricha kar 
va zaif eshituvchi bolalarga berish kerak. Maxsus mashg’ulotlar maktabgacha muassasalarda 
ta'limning muhim vositasi hisoblanadi. Mashg’ulotlar jadval asosida ertalabki va kechki 
soatlarda olib boriladi. Ertalabki soatlarda surdopedagog va tarbiyachi 2ta mashg’ulot o’tkazadi. 
Umummiy yalpi mashg’ulotlardan so’ng surdopedagog eshitish qobiliyatni rivojlantirish va 
talaffuzni o’rgatish bo’yicha kamida 6 ta alohida yakkama-yakka mashg’ulotlar olib boradi. 
Kunning ikkinchi yarmida tarbiyachi o’z mashg’ulotlarini barcha guruh bolalari bilan
o’tkazadi. O’qituvchi-defektolog( surdopedagog) nutq o’stirish, elementar matematik 
tasavvurlarni shakllantirish, eshitish qobiliyatini rivojlantirish va talaffuzni shakllantarish 
mashg’ulotlarini olib boradi. Tarbiyachining zimmasiga bolalarning kun tartibini tashkil etish, 
jismoniy tarbiya, tasviriy faoliyat, o’yin, mehnat, tevarak-atrof bilan tanishtirish mashg’ulotlarini 
tashkil etish, musiqa mashg’ulotlarida qatnashish yuklatiladi. 
Bolalar bog’chasining kun tartibida maxsus tashkil etilgan yalpi mashg’ulotlarga ta'limning 1-2 
yillarida haftasiga 24 soat, 3-4-5- yillarda -30 soat ajratiladi. Alohida-alohida mashg’ulotlarga 
dastur bo’yicha har kuni 2 soatdan ajratiladi, shunda o’rta hisobda har bir bolaga kuniga 15-25 
daqiqadan sarflanadi. Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida tashkil etilgan ta'limning 
asosiy vazifalari bolalarning bilish faoliyatini maqsadli yo’naltirish, dastur talablariga muvofiq 
bilim, malaka va ko’nikmalarni rivojlantirish hamda so’zli nutqni o’stirishdan iborat.
Surdopedagog nutq o’stirish mashg’ulotlardan tashqari eshitish qobiliyatni rivojlantirish va 
talaffuzni shakllantirish mashg’ulotlarni olib boradi. Mashg’ulotlarda eshitishda nuqsoni 
bo’lgan bolalarning eshitish qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirish, nutqiy va nutqsiz 
tovushlarni farqlash, so’z, so’z birikmalari, gap, matnlarni eshitib farqlashga o’rgatiladi.
Talaffuzni o’rgatish sohasida bolalarda tabiiy, aniq, ravon nutqni shakllantirish kabi muhim 


vazifalar amalga oshiriladi. Mashg’ulotlarda nutqiy nafasni rivojlantirish, ovozni hosil qilish,
tovushlarni qo’yish, so’z, gap, matn ustida ish olib boriladi. Eshitish qobiliyatini rivojlantirish va
talaffuzga o’rgatish ishlari yalpi va yakkama-yakka ravishda amalga oshiriladi. Eshitishda 
nuqsoni bo’lgan maktabgacha yoshidagi ta'lim-tarbiya berish ishining mazmuni dasturning 
jismoniy tarbiya, o’yin, mehnat, tasviriy faoliyat va qurish-yasash, tevark-atrof bilan tanishtirish, 
nutq o’stirish, eshitish qobiliyatini rivojlantirish va talaffuzni shakllantirish, elementar matematik 
tasavvurlarni shakllantirish, musiqa tarbiyasi bo’limlarida aks ettirilgan. Har bir ko’rsatilgan 
dastur bo’limi bolalarni umumiy rivojlantirish vazifasini amalga oshiradi. ,Dastur bo’limlari 
bo’yicha olib borilgan ta'lim-tarbiyaviy ish bolaning umumiy rivojlanishini boyitibgina qolmay, 
uni normal bolalar rivojlanishiga yaqinlashtiradi hamda korreksion ishni olib borish uchun zamin 
yaratadi. Eshitish qobiliyatining pasayishi bilan bog’liq bo’lgan kamchiliklarni bartaraf etish - 
korreksion vazifalarning mazmuniga kiradi. L.S.Vigotskiyning nazariyasiga ko’ra, erta paydo 
bo’lgan karlik yeki qulog’i og’irlik nutqiy rivojlanishiga salbiy ta'sir etadigan ikkilamchi 
kamchiliklarni yuzaga keltiradi. Nutqiy rivojlanishidagi izdan chiqishlar muloqotning buzilishiga
va u o’z navbatida, bilish faoliyatidagi va shaxsiy rivojlanishidagi o’ziga hosliklarini keltiradi.
Shunday qilib, korreksion-tarbiyaviy ishlar ikkilamchi buzilishlarni , ya'ni, nutqiy va 
muloqotdagi kamchiliklarni bartaraf etishga qaratiladi. 
Umumiy rivojlantiruvchi va korreksion vazifalarni uyg’unlikda amalga oshirilishi eshitishda 
nuqsoni bo’lgan bolalarning to’laqonli rivojlanishini ta'minlab, maktab ta'limiga tayyorlanishiga
yordam beradi. 
2-§ Eshitishda nuqsoni bo’lgan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish
tamoyillari 
Eshitishda nuqsoni bo’lgan maktabgacha yoshdagi bolalarni o’qitishda surdopedagogika 
didaktikasi quyidagi tamoyillarga asoslanadi: ta'lim tarbiyaning ilmiyligi va izchilligi, 
tushunarliligi, ko’rgazmaliligi, bilim olishda faollik va mustaqillik, bolalarning yosh va alohida 
xususiyatlarini hisobga olish, ta'limni hayot bilan bog’liqliligi. 
Ta'lim tarbiya tamoiyllariga asoslangan holda ta'limning mazmuni, metodlari, tashkil etish 
shakllari tanlanib, uning samaradorligini oshirishga yo’naltiriladi. 
Ilmiylik va tushunarlilik tamoyili. Maktabgacha muassasa tarbiyalanuvchilariga ularning idrok 
etish qobiliyatlarini hisobga olgan holda ilmiy asoslangan ma'lumotlar berib boriladi.
Dasturdagi o’quv material mavzularga ajratiladi, mavzularning mazmuni yildan yilga kengayib, 
chuqurlashtirilib, aniqlashtirilab boriladi va uni o’zlashtirish uchun bolalardan aqliy faollik talab 
etiladi. Dastur materiallarida ilmiylik bilan tushunarlilik tamoyillarining uyqunlashuvi,
bolalarning o’qishga bo’lgan qiziqishini uyqonishiga, mantiqiy tafakkuri, taqlil qilish, 
sintezlash, 
umumlashtirish, 
solishtirish, 
abstraksiyalash 
kabi 
psixik 
jarayonlarining 
takomillashuviga xizmat qiladi. 4-5 yoshli bolalarni analitik o’qishga o’rgatish maqsadida so’zli 
nutqning daktil, og’zaki, yozma shakllari qo’llaniladi. Ko’rgazmalilik tamoyili eshitishda 
nuqsoni bo’lgan maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyadashda muhim ahamiyat kasb etadi, zero 
bolalarning ko’rgazmali-obrazli tafakkurini o’sishiga yordam beradi, bilimlarni ongli ravishda 
o’zlashtirilishini ta'minlaydi. Mashg’ulotlarda, turli faoliyatlar jarayonida tarbiyalanuvchilar 
buyumlarni ko’zdan kechiradi, taqqoslaydi, o’xshash va farqli tomonlarini aniqlaydi, sifat va 
hossalarini bilib oladi, buyumlarning turli belgilariga asoslanib guruhlarga ajratadilar.
Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish mashg’ulotlarida bolalarning son, sanoq, 
kattalik, shakl, vaqt, fazoviy munosabatlar haqidagi tushunchalarini shakllantirish uchun turli 
rasm, buyumlar, tarqatma material, kompyuter, texnika vositalardan keng foydalaniladi. 
Ko’rgazmalilik tamoyili bolalarning amaliy faoliyatida ro’yobga chiqariladi: ular jonli 
ob'ektlarni kuzatadilar, buyum va rasmlarni ko’zdan kechiradilar, model,chizmalardan 
foydalanadilar, diafilm, kinofilmlarni tomosha qiladilar, musiqani tinglaydilar, vizual 
apparaturadan foydalanadilar. Onglilik va faollik tamoyili. Tarbiyachi va surdopedagog o’z 


faoliyatida bolalarning bilish qobiliyatlarini faollashtiruvchi usullarni qo’llashi kerak bo’ladi. 
Bola mashg’ulotlarda qo’yilgan bilish vazifalarni amaliy faoliyatida yechmoqi zarur. 
Tarbiyalanuvchilarning bilish faolligini oshirish maqsadida "Sen nima uchun shunday 
o’ylaysanq", "Sen qanday bildingq", "Nima uchun" kabi savollar qo’yish maqsadga muvofiq. 
Turli faoliyatlarni tashkil etish chog’ida bolalarning mustaqilligi va faolligini oshirib borib, 
ta'limning sifat va samaradorligini oshirilishi hamda bolaring har tomonlama rivojlanishiga 
erishiladi. Muntazamlilik va izchillik tamoyili. Maktabgacha ta'lim jarayonida atrofdagi narsalar, 
tabiat hodisalari, ijtimoiy hayot voqealari to’qrisidagi ma'lumotlar berib boriladi. Ko’p marotaba
o’tkazilgan kuzatishlar, amaliy faoliyat jarayonida umumlashgan tasavvur va tushunchalar 
shakllannib boradi. Barcha bo’limlar bo’yicha o’quv dastur konsentrik tuzilgan bo’lib, har yili 
o’quv material chuqurlashtirilgan va kengaytirilgan holda takrorlanib boradi. Surdopedagog va 
tarbiyachi o’quv materialni asta-sekin murakkablashib borishini ta'minlab taqsimlaydilar. 
Muntazamlilik va izchillik tamoyiliga amal qilgan holda bilimlar puxta o’zlashtirilishi 
ta'minlanadi. Hayot bilan bog’liqlik tamoyili. Olingan bilim, ko’nikma va malakalar bolalarning 
amaliy faoliyatida ro’yobga chiqariladi. Tarbiyalanuvchilarning o’yin, mehnat, o’quv faoliyati 
davomida keyinchalik hayotida zarur bo’ladigan bilim, malaka va ko’nikmalar hosil bo’ladi. 
Tevarak atrof bilan tanishtirish jarayonida jamiyatimiz hayoti haqida oddiy tushunchalar, sayr-
sayohat davomida olingan bilim va malakalar mehnat va o’yin faoliyatlarda mustahkamlanadi. 
Masalan, bolalar kattalar mehnati bilan tanishtiriladi, mehnatga ijobiy munosbat tarbiyalanadi, 
olingan bilimlar kattalarning faoliyati, o’zaro munosabatini aks ettiruvchi syujetli-rolli 
o’yinlarda, nutqiy muloqotida mustaqkamlanadi. 
Umumiy didaktik tamoyillardan tashqari, maktabgacha tarbiya yoshidagi eshitishda nuqsoni 
bo’lgan bolalarning o’ziga hos xususiyatlarini, korreksion-ta'limning mazmunini hisobga olgan 
holda ta'limning maxsus tamoyillari farqlanadi. (N.I.Belova, B.D.Korsunskaya, L.P.Noskova va 
x.k.). 
1. Genetik tamoyil. Mazkur tamoyil eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar ta'lim-tarbiyasida psixik 
funksiyalarning rivojlanish bosqichlarini, psixik rivojlanish qonuniyatlarini, hamda senzitiv
dafvrlarni hisobga olgan holda samarali ta'limni tashkil etishga yordam beradi. 
2.Nutqiy muloqotni rivojlantirish tamoyili. Bolalarning nutqi muloqot vositasi sifatida 
shakllantiriladi. Bolalarning nutqi mashg’ulotlarda, kun davomida ularning amaliy faoliyat 
jarayonida shakllantiriladi. Bolalarda nutqiy muloqot qilish ehtiyoji tarbiyalanadi, o’z hoxish-
istaklarini so’zli nutq vositasida bayon etishga o’rgatib boriladi. Dasturda bolalar egallashi 
lozim bo’lgan lug’at boyligi belgilanadi. Maxsus maktabgacha muassasalarda so’zli nutqning 
uch shakli, ya'ni og’zaki, yozma, daktil nutq qo’llaniladi. Yozma nutq o’qish va yozish 
jarayonida ishlatiladi, dastlabki ma'lumotlar bolalarga yozma ravishda(yozuvli kartochkalarda) 
beriladi. So’z tarkibi va tuzilishini o’zlashtirish, o’qishni o’rgatish jarayonini tezlashtirish, 
muloqotni osonlashtirish maqsadida yordamchi vosita etib daktil nutqdan foydalaniladi. Og’zaki 
nutq maktabgacha ta'limning yakunida, mashg’ulotlarda asosiy muloqot vositasi bo’lib qolishi 
kerak. Nutqiy muloqotni rivojlantirish tamoyili korreksion-tarbiyaviy ish davomida ro’yobga 
chiqariladi, dastur talablarida, ayniqsa nutq o’stirish bo’limida o’z aksini topadi. 
3. Ta'limning rivojlantiruvchi xarakteriga ega bo’lishi. Mazkur tamoyil L.S.Vigotskiyning 
"yaqin rivojlanish zonasini hisobga olish" g’oyasiga asoslanadi. Bolaning sog’lom funksiyalariga
asoslangan holda, yoshiga mos psixik rivojlanishni ta'minlash korreksion ishning mazmuni
hisoblanadi. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bola rivojlanishining o’ziga hosligi, ayrim bilimlarni 
mustaqil egallab ololmasligi, ota-onalar tomonidan yetarli e'tibor berilmayotgani oqibatida, 
bolaning psixik rivojlanish saviyasi me'yordan orqada qolishi mumkin. Maktabgacha 
muassasasida bolaning barcha imkoniyatlarining ro’yobga chiqarilishiga shart-sharoitlar 
yaratilishi lozim. Pedagoglar bolaning imkoniyatlari, "yaqin rivojlanish zonasini" aniqlab, uning 
uyqun rivojlanishini ta'minlashi lozim. 
4. Ta'lim-tarbiyaning korreksion yo’naltirilganligi. Ta'limning yetakchi tamoyillaridan biri 
bo’lib, korreksion ta'limning barcha jabhalarini qamrab oladi. Bolalar nuqsonining tuzilishi va 
murakkabligi, 
ularning 
aloqida 
xususiyatlari 
va 
imkoniyatlari 
aniqlanib, 
har 
bir 


tarbiyalanuvchiga alohida differensial yondashiladi. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar 
rivojlanishining o’ziga hosligi, nutqiy rivojlanishidagi yetishmovchiliklar va muloqotning 
cheklanishi sistematik korreksion ishning olib borilishini talab etadi. Korreksion ta'limning 
mazmuniga nutq o’stirish, eshitish qobiliyatini rivojlantirish va talaffuzni shakllantirish kabi 
maxsus korreksion yo’naltirilgan bo’limlar kiritiladi. Kun tartibida har kuni 2 soat alohida 
mashg’ulotlarga ajratiladi. Yalpi mashg’ulotlarda bolalar uchun, nutqiy malakalari, labdan o’qish 
hamda eshitish qobiliyatini hisobga olgan holda turli murakkablikdagi topshiriqlar beriladi. 
Jamoa bo’lib ishlatiladigan hamda individual qo’llaniladigan eshituv moslamalardan keng 
foydalaniladi. Ovozni kuchaytiruvchi apparatlar vositasida nutqni qabul qilish malakalarini 
rivojlantiriladi, og’zaki nutq sifatini yaxshilanadi, tovushlar olamini o’rganishga imkoniyatini 
kengaytiradi. 
5. Ta'limni turli faoliyatlar davomida amalga oshirish tamoyili. Bolaning psixik rivojlanishi
turli faoliyatlarda kechadi. Faoliyatlar jarayonida bola borliqni o’rganadi, atrof muhitda mo’ljal 
olish usullarini o’rganadi, ijtimoiy hayotni bilib oladi, insonlar munosabatlarini o’zlashtirib 
boradi. Psixikaning rivojlanishi yetakchi faoliyat bilan bog’liq bo’ladi, faoliyat davomida psixik 
jarayonlar va shaxsiy xususiyatlar shakllanadi (A.N.Leontev). Ilk va va maktabgacha yoshdagi 
bolalarning rivojlanishi buyumli, o’yin, tasviriy, konstruktorlik, oddiy mehnat faoliyati bilan 
bog’liqdir. Dasturning turli bo’limlarida umumrivojlantiruvchi va korreksion vazifalar turli 
faoliyatlar bilan bog’langan holda amalga oshiriladi. Nutqning shakllanishida faoliyatli 
yondashuv katta ahamiyatga ega. (S.A.Zikov, B.D.Korsunskaya, L.P.Noskova) O’yin va boshqa 
faoliyatlarda nutqiy vositalarni qo’llash, nutqni tushunish uchun tabiiy shart-sharoitlar 
yaratiladi. 
6. Nuqsonning tuzilishi va murakkabligini hisobga olish tamoyili. Kar va zaif eshituvchi bolalar 
eshituv holati, nutqi, aqliy rivojlanishi jihatdan har xil bo’ladilar. Ularning ta'lim-tarbiyasini 
tashkil etishda nuqsonning tuzilishini hisobga olish zarur. Differensial tamoyilga muvofiq kar 
va zaif eshituvchi bolalarga nutq o’stirish,eshituv qobiliyatini rivojlantirish, talaffuzga o’rgatish
bo’yicha turli talablarni ettirgan dasturlar qo’llaniladi. Kar va zaif etishuvchi bolalar guruhlari 
nutqiy holatga ko’ra ikkiga bo’linadi. Bolalarning aqliy rivojlanish darajasi, qo’shimcha 
murakkab kamchiliklar( psixik rivojlanishining sustlashuvi, aqliy zaiflik, xulq-atvordagi 
buzilishlar va b.) ularning ta'limiga differensial yondashuvni talab etadi.
7. Eshituv qobiliyatini rivojlantirish tamoyili. Individual ravishda va jamoa bo’lib 
foydalaniladigan ovozni kuchaytiruvchi apparaturadan foydalangan holda eshituv qoldiqlarini 
rivojlantirish nazarda tutiladi. Eshitish qobiliyatining rivojlanib borishi borliqdagi tovushlarni 
idrok etish, taniy olish va farqlashga yordam beradi, nutqni eshitib-ko’rish imkoniyatlari 
kengayadi. Eshituvning rivojlanishi tovushlar talaffuzini egallab olishga yordam beradi. Eshitish 
qobiliyatini rivojlantirish va talaffuzga o’rgatish bo’limi mavjud bo’lib, mashg’ulotlar yalpi 
tarzda hamda individual ravishda olib boriladi. Frontal va kichik guruhlar bilan o’tkaziladigan 
mashg’ulotlarda jamoa bo’lib ishlatiladigan eshituv moslamalardan, individual apparatlardan- 
ayrim frontal (musiqa, jismoniy tarbiya) mashg’ulotlarda, erkin faoliyatida, kun davomida 
foydalaniladi. Ovozni kuchaytiruvchi apparatlardan doimiy ravishda foydalangan holda zarur 
eshituv-nutqiy muhit yaratiladi. 
3 -§ Maktabgacha tarbiya yeshidagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish metodlari 
Maktabgacha pedagogikada metod deb, ta'lim-tarbiya berish maqsadida qo’llaniladigan 
pedagogik ta'sir etish uslublari tushuniladi. Metod o’z ichiga bolalar faoliyatini tashkil etish va 
unga 
rag’barlik 
qilishga 
qaratilgan 
pedagogik 
faoliyat 
usullarini, 
shuningdek, 
tarbiyalanuvchilarning faoliyat turlari va usullarini qamrab oladi. (L.A.Golovchis).Har bir 
metodda tashqi va ichki tomonlar farqlanadi. Metodning tashqi tomoni bu tarbiyalanuvchi va 
pedagogning harakat usullarining sistemasidir. Metodning ichki tomoni u yoki bu harakat 
usullari zamirida yotadigan psixik bilish jarayonlaridan iborat. Metodning u yoki bu aniq 


elementlarini usullar deb nomlash qabul qilingan. Metodni tashkil etuvchi usullar qanchalik
turli-tuman va boy bo’lsa, o’quv-bilish va o’quv-amaliy vazifalarni hal etish ham shuncha 
muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. Metod va usul o’zaro dialektik aloqadadir: metodning tarkibiy 
qismi bo’lgan usul ayrim hollarda metod sifatidan namoyon bo’ladi. Metod va usul o’rtasidagi 
farq ular yordamida hal etiladigan o’quv bilish vazifalarinig hajmi va tabiatiga bog’liq: metod 
umumiy o’quv vazifasini ( yoki uning yirik mantiqiy qismini) butunlay hal etishga, usul 
birmuncha kichikroq vazifani hal etishga qaratilgandir. 
Zamonaviy didaktikada bolalarning faoliyatini, borliqni bilish yo’llarini belgilovchi 
ko’rgazmali, amaliy va so’zli metodlar qo’llaniladi. (A.V.Zaporojes, T.A.Markova, 
V.I.Loginova, P.G.Samorukova). 
Maktabgacha surdopedagogikada ko’rgazmali, so’zli, amaliy va o’yin metodlardan 
foydalanilishi nazarda tutiladi. (N.I.Belova). Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning maktabida 
uch turdagi metodlar, ya'ni, barcha turdagi maktablarda qo’llaniladigan umumiy metodlar, kar va 
zaif eshituvchi bolalar maktablarida o’quv fanlarni o’qitishda qo’llaniladigan maxsus usullar, 
surdopedagoglar 
tomonidan 
(eshitish 
qobiliyatini 
rivojlantirishda) 
qo’llaniladigan 
ixtisoslashtirilgan usullardan foydalaniladi . 
Maktabgacha ta'limda ko’llaniladigan etiladigan ko’rgazmali metodlar guruhiga quyidagilar: 
kuzatish, rasmlarni tomosha qilish, kinofilm va diafilmlarni namoyish qilish, shuningdek, ayrim 
hollarda mustaqil metodlari vazifasini bajaradigan ba'zi usullari: vazifa-namunasi, harakat 
usulini ko’rsatish va boshqalar kiradi (V.I.Loginova, P.G.Samorukova). Eshitishda 
nuqsoni 
bo’lgan bolalarning borliqni bilishda kuruv idrokining, ko’rgazmali obrazli tafakurining 
ahamiyatini hisobga olgan holda, ularning ta'lim-tarbiyasida ko’rgazmali metodlarni eng 
samarali metod deb hisoblash mumkin. Kuzatish- maktabgacha ta'limning asosiy, yetakchi 
metodlaridan biridir. Bu metodning yetakchi ahamiyati shundaki, kuzatish jarayonida 
quyidagilar amalga oshadi: buyumlar va atrof- muhitdagi hodisalar haqidagi tasavvurlar 
shakllanadi; b) bu metod maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarning bilish imkoniyatlariga mos 
keladi; v) kuzatish metodi ko’pincha boshqa metodlar bilan birga keladi, yoki ular tarkibiga usul 
sifatida qo’shiladi. Bilish vazifalarining xarakteriga ko’ra kuzatishning turli ko’rinishlaridan 
foydalaniladi: 
1. buyum va hodisalarning xususiyatlari hamda sifatlar( kattaligi, qurilishi,shakli, rangi va 
hokazo), shuningdek, kuzatiladigan ob'ektning boshqalari bilan aloqasi haqidagi bilimlarni 
shakllantiruvchi kuzatishlar; 
2.ob'ektlarning o’zgarish va qayta o’zgarishini kuzatish
materiallarning 
mehnat 
faoliyati 
davomida buyumga aylanishi, o’simlik va hayvonlarning o’sishi va rivojlanishi, tabiatdagi, 
odamlar mehnati va turmushidagi mavsumiy
o’zgarishlar va hokazo). Bu kuzatishlar 
mavjud borlig’dagi jarayonlar, ob'ektlarning dinamikasi, o’zaro harakati haqidagi bilimlarni 
beradi; 
3.hodisalar va ob'ektning belgilari o’rtasidagi mantiqiy aloqadorligini o’rnatishga yordam 
beruvchi kuzatishlar(chunochi, bolalar barglar rangiga qarab yil faslini, mevaning rangiga qarab 
pishgan-pishmaganini, yerning rangiga qarab uning namligini aniqlaydilar) Kuzatish metodi 
bolalar bilan olib boriladigan barcha ta'limiy ishlarda, chunonchi mashqulot va
ekskursiyalarda, sayr va kundalik qayotda, shuningdek, bolalar bilan alohida-alohida ish olib 
borilganda foydalaniladi. 
Kuzatish metodining samaradorligi quyidagi shartlarga amal qilingandagina ta'minlanadi: 
1. Kuzatish ob'ektlarini tanlashda, shakllanadigan tushuncha va tasavvurlarni belgilashda 
bolalarning yosh imkoniyatlarini hisobga olish. Bir qancha ob'ektlaroni baravariga kuzatish, 
bolalarga yaxshi tushunarli bo’lmagan ob'ektlarni kuzatish maqsadga muvofix emas. 
2. Bolalar oldiga qo’yiladigan kuzatish vazifalari maqsadining lo’nda va aniqligi (vazifani qabul 
qilish malakasining shakllanganlik darajasiga qarab) kuzatish maqsadi asoslangan bo’lishi kerak. 
Bunda kuzatish ob'ektinng yorqinligi, ko’rkamligi va harakatchanligi bevosita qiziqish uyg’otadi 
va beixtiyor diqqatni tortadi. 


3. Kuzatish jarayonining rejali, izchil olib borilganligi tufayli kuzatish jarayonining muayyan 
stereotipini ishlab chiquvchi yagona chizmaga amal qilishga eqtiyoj yo’q. Kuatish mantiqi 
qo’yilgan vazifaning tabiati, kuzatiladigan ob'ektlarning ko’rinishlariga, bolalarning yoshiga, 
ob'ekt bilan tanishganlik darajasiga bog’liq. 
4. Bolalarning yuksak aqliy faolligi va mustaqilligi. Bunga kuatish maqsad va vazifasini aniq-
ravshan qo’yish, uning rejalanganligi bilan, bolalarni kuzatish uchun vaziyat yaratishga jalb 
etish, shuningdek, tekshiruv, izlanish mehnat va o’yin harakatlarini tashkil etish bilan erishiladi. 
Kuzatish davomida tasdiqlovchi va izlanish tabiatidagi savollarni birga qo’shib olib borish, 
shuningdek, qiyoslash usullarini keng qo’llanish ham bolalarda aqily faollik uyqotadi. 
5. Kuzatishni aniq va lo’nda gaplar bilan olib borish. Kuzatish davomida ob'ektlarni ko’rsatib, 
ularning qismlari, sifat va hossalarini og’zaki bayon etadi, yozuvli kartochkalarni ko’rsatadi.
Kattaroq yoshdagi bolalarga nomlarni og’zaki-daktil bayon etish mumkin bo’ladi. Kuzatish 
davomida bolalar bilan suhbatlashish ob'ektlarni bir muncha aniq idrok etishga, tasavvurlarning 
bir qadar to’la va ongli tarzda shakllanishiga, lug’at boyligi va nutq aloqalarining rivojlanishiga 
yordam beradi. Kuzatish davomida tarbiyachi tushuntiradi, bolalar tomonidan kuzatilgan 
narasalarni qisqacha hikoya yoki axborot bilan to’ldiradi. Kuzatish olib borish chog’ida 
kuzatiladigan narsaga qiziqish uyqotishga harakat qilinadi, kuzatishni hikoya, rasmlarni ko’rib 
chiqish bilan to’ldiradi. Kuzatishdan avval, bollaring diqqati predmetga jalb etiladi, "qarang" 
degan ko’rsatma berilib, qo’l bilan ko’rsatiladi. 
Kattaroq yoshdagi bolalarga nimaga qarash, nimani kuzatish kerakliga tushuntiriladi. 
Pedagog kuzatish davomida bolalar oldiga ularning yoshiga mos eslash, izlanish, 
umumlashtiruvchi tabiatdagi savollar qo’yadi, o’yin, mehnat, tekshiruv va izlanishga oid 
harakatlarni qo’llanishni tashkil etadi. Kuzatishni barcha uchun umumiy ob'ekt bilan ham, har bir 
bolaning qo’liga berilgan alohida-alohida ob'ektlar bilan ham olib borish mumkin. 
Rasmlarni ko’zdan kechirish (namoyish qilish) maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ta'lim-
tarbiyasida ular bilan rasmlarni ko’zdan kechirish, diapozitiv, diafilmlar va kinofilmlarni ko’rish 
alohida ahamiyatga ega bo’ladi. Bunday hol maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan olib 
boriladigan ta'limiy ishlar mazmuni, shuningdek, ular bilish faoliyatining asosiy shakllar bilan 
belgilanadi. 
Ta'lim-tarbiya jarayonida rasmlarni ko’rib chiqish metodidan 
- xilma-xil didaktik, o’quv vazifalarni hal etish uchun; 
- buyumlar va atrof-muqitdagi hayot hodisalari haqidagi tasavvurlarini aniqlashtirish va boyitish
uchun; 
- bilimlarini umumlashtirish va sistemalashtirish uchun; 
- lug’at boyligini faollashtirish va bog’lanishli nutqini rivojlantirish uchun; 
- estetik idrokni shakklantirish, estetik taassurot va his-tuyg’ularni boyitish uchun foydalaniladi. 
Shuni ta'kidlash joizki, eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar har doim ham rasmlar mazmunini 
to’g’ri idrok eta olmaydi, tasvirni real buyum, hodisa, harakatlar bilan taqqoslay olmaydi. Shu 
sababli rasmlarni ko’zdan kechirish bilan birga, rasm mazmuni bola uchun tushunarli ekanini 
rasm chizish, tegishli harakat va predmetlarni ko’rsatish vositasida aniqlash mumkin. 
Maktabgacha tarbiya amaliyotida rasmlar asosida suhbat o’tkazish, hikoya tuzish, ijodiy hikoya, 
rasmlarga nom o’ylab topish kabi ish turlari tashkil etiladi. Tarbiyachi zarur hollarda 
tushuntirish beradi, bolalarning hikoyalari yoki fikr-muloqazalarini to’ldiradi. 
Diapozitivlar, diafilm va kinofilmlarni namoyish qilish Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar 
bilan olib boriladigan ta'limiy ishda o’quv ekranidan foydalanish uchta vazifani hal etishga 
yordam beradi: bolalar bilimini kengaytiradi, ular nutqini rivojlantiradi va filmni ongli ravishda 
chuqurroq idrok qilishga qodir bo’lgan madaniyatli tomoshabinni tarbiyalaydi. 
O’quv filmlarni namoyish etish quyidagi tartibda olib boriladi: 
1.Namoyishdan oldin suhbat o’tkazilib, unda bolalarning ko’rsatladigan hodisa haqidagi 
tajribalari, bilimlari jonlantiriladi. Muhokama so’ngida bolalar oldiga bilishga oid yangi vazifa 
qo’yiladi. Keyin film ko’rsatiladi. 


2.Film namoyishidan so’ng bolalar qisqa suhbatda tengqurlari va ustozla orasida o’z 
taassurotlari bilan o’rtoqlashadilar. Pedagog o’rtaga faqat bolalarning film mazmunini qay 
darajada o’zlashtirganini aniqlashga imkon beruvchi savollar tashlaydi, bu bilan u ularga film 
g’oyasini aniq tushunib olishga, bog’lanishlar o’rnatishga yordam beradi. 
3.Bir necha kundan (3-4 kun) so’ng filmning qayta namoyishi o’tkaziladi, bunda tarbiyachi 
namoyish oldidan bolalar diqqatini filmning yetarlicha idrok qilinmagan yeki tushunilmagan 
jihatlariga qaratadi. 
4.Takroriy namoyishdan so’ng suhbat o’tkaziladi. U o’z ichiga film mazmunini qayta hikoya 
qilib berishni, uning taqlilini muhim hodisa va ular o’rtasidagi aloqalarni ajratib ko’rsatishni 
oladi. 
Shunday qilib, maktabgacha tarbiya muassasalarida qo’llaniladigan barcha ko’rgazmali 
metodlarning maqsadi bolalarda buyumlar va atrof-muhitdagi voqelik haqidagi aniq 
tasavvurlarni shakllantirishdan iboratdir. 
Ko’rgazmali metodlardan foydalanish idrokning yetakchi bilish jarayoni sifatida rivojlanishni, 
shuningdek, nutq va tafakkurning ko’rgazmali -harakat va ko’rgazmali-obrazli shakllarining, 
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning asosiy faoliyat turlarining, tasviriy va mehnat 
faoliyatining rivojlanishini ta'minlaydi. 
Amaliy metodlar. Bolalar bog’chasida o’qitishning amaliy metodlari guruhiga mashqlar, 
o’yin metodlari ( didaktik o’yinlarni qo’shgan holda) elementar tajribalar va modellashtirish 
kiradi. Bunda bolalarning bilish faoliyati og’zaki-mantiqiy tafakkur bilan o’zaro aloqadagi 
ko’rgazmali-harakat va ko’rgazmali-obrazli tafakkurga asoslanadi. 
Mashqlar- bu berilgan mazmunning aqliy va amaliy harakatlarini bola tomonidan ko’p 
marotalab takrorlashdir. Mashqlar mohiyatan bilimlarni amalga tatbiq etilishi bo’lib, u 
bilimlarning o’rgatuvchi va rivojlantiruvchi ahamiyatini belgilaydi: bolalar mashqlar yordamida 
turli aqliy usullarni egallaydilar, ularda o’quv va amaliy ko’nikma hamda malakalar shakllanadi: 
aqliy va amaliy zamindagi bilimlar birmuncha mustahkam va ongli bo’la boradi. Natijada 
bolalarning bilish qobiliyatlari mustahkamlanadi. 
Bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish- uzoq davom etuvchi jarayon. U turli tabiatidagi ko’p 
martali mashqlarni talab etadi. Pedagog ta'limiy vazifalarga muvofiq, bolalardan taqlidiy-
ijrochilik, qurish-yasash va ijodiy darajasida bo’lgan faollik va mustaqillikni talab qiluvchi 
mashqlardan foydalanishi mumkin. Taqlidiy-ijrochilik mashqlarni tashkil etishda bolalar oldiga 
o’quv-bilish vazifalar qo’yiladi, uni hal etish usuli, harakat va ular izchilligini ko’rsatiladi, 
hamda natijani baholash mezonlari ko’rsatiladi. Bolalar mashqlarni ko’rsatilgan namunaga ko’ra 
bajaradilar. Pedagog takroriy mashqlar paytida harakat usullarini o’zlashtirish darajasiga qarab
harakatlarni ko’rgazmali namoyish qilishni tobora ko’paytira boradi. Bunda u ularni og’zaki 
eslatishlar bilan almashtiradi, shu asnoda bolalarni ham harakatlarning tabiati va izchilligini 
og’zaki belgilashga jalb qiladi. 
Bolalar tomonidan ko’rsatilgan harakat usulining yetarlicha o’zlashtirilishi qurish-yasash
mashqlariga o’tishga imkon beradi. Ularning o’ziga hosligi o’zlashtirilgan harakat usulining 
yangi mazmuniga, dastlab unga yaqinroq, so’ng birmuncha o’zgacharoq mazmunga o’tishdan 
iboratdir. Bunda bolalar o’zlariga ma'lum harakat va operasiyalardan tegishli yechim usulini 
yaratadilar. Ijodiy mashqlar o’zlashtirilgan usullarni yangi sharoitda foydalanishni, shuningdek, 
bolalar hali o’rganmagan yangi harakat va operasiyalarni qo’llanishni ko’zda tutadi. Oz 
darajadagi faol va mustaqil mashqlardan izchil ravishda mustaqil, ijodiy mashqlarga o’tish bilim 
va oqilona harakat usullarini o’zlashtirishni ham, bolalarning aqliy va amaliy mustaqilligining 
rivojlanishini ham ta'minlaydi. 
Bilimlarning tasavvurlar darajasida shakllanishi mashqlar jarayonida xilma-xil buyumlardan, 
o’yinchoqlar va didaktik materiallardan "tarqatma" material sifatida foydalanishni talab qiladi. 
Bolalar tomonidan bilimlar va harakat usullarining o’zlashtirilishi keng miqyosdagi buyum 
sohasida amalga oshiriladi. 
Buyumli mashqlar jarayonida harakatlarni moslashtirish bolalarni buyumlardan 
foydalanilmaydigan sof harakat tabiatidagi og’zaki mashqlarga tayyorlaydi. Bolalarning aqliy 


tarbiyasida nutqiy mashqlar alohida ahamiyatga molik, chunki bunday mashqlar jarayonida o’z 
fikrini aniq va yorqin ifodalash, isbotli muloqazalar yuritish, ravon so’zlash kabi ko’nikmalar 
shakllanadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ta'limida o’yin mashqlardan keng 
foydalaniladi. Bunday mashqlar o’z ichiga mavjud harakat qatori tahlidiy harakatlarni, hayol 
qilinadigan vaziyatni oladi. O’yin mashqlari bolalarni, ayniqsa, kichik maktabgacha yoshdagi 
bolalarni qiziqtiriadi, ijobiy his-tuyg’ular uyg’otadi, bolalarda mashqlar davomida ba'zan yuz 
beradigan charchoqni yozadi. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan mashqlarning asosiy qoidalari: 
Bolalar oldiga qo’yiladigan o’quv vazifasining aniq va yorqinligi, bajarish usullarini ko’rsatish; 
Kichkintoylar har bir elementni yoki operasiyani kattalar namoyish etib bo’lishi bilan 
bajaradilar;
О
’rta yosh guruhidagi bolalar butun boshli mashqni uni namoyish qilingandan so’ng namoyish
eta oladi, katta yoshli bolalar harakatlarning ayrim yangi elementlarni ko’rsatgan holda og’zaki 
tushuntirish asosida bajara oladilar; 
Mashqlarni bolalarning kuchiga qarab asta-sekin murakkablashtirish; 
Mashq natijalarini bolalarning yosh va o’ziga hos xususiyatlarini hisobga olgan holda 
tabaqalashtirilgan holda taqlil qilish va baholash; 
Mashqlar davomida bolalarning o’zini-o’zi nazorat qilish, uning natijalarini o’zi baqolashning 
mezonini belgilash; 
Mashqlarni turli tashkiliy shakllardan( mashg’ulotlarda, kundalik hayotda, yalpi tarzda va 
alohida-alohida) xilma-xil materiallardan foydalanib ko’p martalab takrorlash; 
Mashqlarni takrorlashni vaqt bo’yicha taqsimlash( u yoki bu ko’nikma hosil qilib 
bo’lingacha, unutib yubormaslik uchun vaqti-vaqti bilan mashqqa qaytib turish joiz. Mashqlar 
metodlardan biri hisoblangan holda usl o’rnida qo’llanishi va boshqa metodlar tarkibiga kirishi 
ham mumkin. 
O’yin metodi rang-barang o’yin faoliyati komponentlarini savollar, ko’rsatmalar, izoh va 
tushuntirishlar, namoyish qilish va hokazolar kabi boshqa usullar bilan birgalikda qo’llanilishini 
ko’zda tutadi. O’yin metodi tarkibiga kiradigan o’yinning asosiy komponentlaridan biri to’la, 
keng tarzda xayol qilinadigan o’yin vaziyatidir. Masalan, bolalarni bog’lanishli nutqqa mashq 
qildirish uchun o’yinchoqlar dokonidagi vaziyatga tahlid qilinadi. Bolalar sotuvchi va xaridor 
rollarini bajarib, bir-birlari bilan tegishlicha muomala qiladilar, o’yin harakatlarini bajaradilar va 
hokazo. O’yin metodi o’z tarkibiga o’yinchoq va o’yin materiallari bilan bajariladigan 
harakatlarni, tahlidiy harakatlarni, buyumlarni yashirish va topish harakatlarni oladi. Bularning 
barchasi bolalarda ijobiy his-tuyqu kayfiyati hosil qiladi, ular faolligini, qiziquvchanligini 
orttiradi. O’yin metodidan foydalanishda pedagog yetakchi rol o’ynaydi: u o’quv vazifasining 
mazmunini, o’yin va amaliy harakatlarning tabiati va izchilligini belgilaydi, topshiriqni bajarish 
namunasini ko’rsatadi, tushintiradi, bolalar yo’l qo’yqan xatolarni tuzatadi, shuningdek, savollar 
tashlaydi, bolalarda faollik uyg’otadi, ularni mustaqillika undaydi. O’yin metodining 
ko’rinishlaridan biri didaktik o’yin hisoblanadi. Unda bolalarning barcha harakatlari o’yin 
topshiriqlari va qoidalari bilan boshqarib turiladi. O’yinga rahbarlik qilish bolalarni o’yin 
mazmuni va qoidalari bilan taniqtirishdan, shuningdek, qoidalarning bajarilishini nazorat 
qilishdan iboratdir. Didaktik o’yinning mohiyati shundaki, bu o’yin davomida qo’shimcha 
axborot berilmaydi. Shuning uchun ham bunday o’yinga ma'lumot berish va bilimlarni to’ldirish 
metodi sifatida qaramaslik lozim. Unda mavjud bilimlardan foydalanish, ularni qo’llanishning 
faol jarayoni kechadi. Bu jarayon bilimlarning takomillashuvini ta'minlaydi: qo’llanish tufayli 
bilimlar yanada mustaqakam va ongli, tushuniladigan bo’la boradi. Didaktik o’yinlar chog’ida 
faol idrok yuzaga chiqadi va o’yin mazmuniga qarab, tahlil, qiyoslash, tavsiflash, 
umumlashtirish kabi xilma-xil aqliy operasiyalar ham rivojlanadi boladi. Bu o’yinlar diqqatni bir
joyga to’plashni, topqirlikni, aniqlikni, tez xotirlashni, faollikni va nutqni tushunish va undan 
foydalanishni talab qiladi. 


Shunday qilib, didaktik o’yinlar o’qitish metodi sifatida bilimlarni mustaqkamlash, ularni 
umumlashtirish va sistemalashtirish, shuningdek, bilish jarayonlarini takomillashtirish va 
rivojlantirish maqsadida qo’llaniladi. 
Oddiy tajribalar, amaliy metod sifatida atrofdagi borliqni bilish uchun xizmat qiladi. Oddiy 
tajribalar hayotiy vaziyatlar, buyum yoki hodisalarni yashirin, bevosita namoyon bo’lmagan 
xususiyatlarini aniqlash maqsadida o’zgartirish, ular o’rtasida aloqalar o’rnatish, yuz bergan 
o’zgarishlarning sabablarini topish degandir. Bu o’zgarishlar maxsus yaratilgan sharoitlarda, 
bolalarning bevosita ishtirokida amalga oshiriladi. Masalan, bolalar tarbiyachi rag’barligida 
o’simliklar hayotida yorug’likning ahamiyatini bilish uchun o’simlikni o’stirish va parvarish 
qilish sharoitini o’zgartiradilar (ayni o’simliklardan birini juda yoritilgan xonaga joylashtiradilar,
boshqasini qorong’iroq joyga qo’yadilar), bunda o’simlikni parvarishlab, uning rivojini qayd etib
boradilar. Boshqa bir holda, bolalar buyumlarning qaysi biri suvda cho’kadi, qaysilari suv 
yuzasida turadi, degan fikrni aniqlash maqsadida suvga turli materiallardan yasalgan va turlicha 
qurilishdagi buyumlarni tushiradilar, natijalarni qiyoslaydilar va hokazo. Tajribaning keyinggi 
bosqichi tajribani taqlil qilish-ma'lum va noma'lumni aniqlash asosida bolalar bilan birgalikda 
tajribani tashkil etishni muqokama qiladi: shartlarni ta'sir ko’rsatish usullarini belgilaydi. Bolalar 
ongiga esa ular ta'sirining ob'ektga nisbatan yo’nalganligini-nima, nega o’zgarishini etkazish 
muhim. Tajriba kuzatishni ham taqozo etadi: bolalar o’zgarishlarni, yangi hodisalarni, aloqalarni
kuzatadilar. Tarbiyachining savollari, ko’rsatmalari bolalarga bu dalillarni qayd etishga yordam 
beradi. Tajribaning yakunlovchi bosqichi-olingan natijalarni taqlil qilishdir. Uni bolalar 
xotirasida vazifa hal etilgan jarayonni, uni o’tkazish uchun yaratilgan sharoitlarni, ta'sir etishning
yo’nalganligi va mazmunini, bolalar bevosita ishtirok etgan voqealar o’zgarishini qayta 
tiklashdan boshlash lozim. Shu asosda olingan ma'lumotlar avvalgilar bilan o’zaro qiyoslanadi. 
Oqibatda bolalar hulosa chiqarishga, mushohada yuritishga- bilish vazifalarni hal etishga 
tayorlanadi. Tajribaning yakunlovchi qismi ko’pincha evristik tabiatdagi suhbat tarzida kechadi. 
Shunday qilib, bolalarning oddiy tajribalarda ishtirok etishi murakkab analitik-sintetik tafakkur 
faoliyatini qiyoslash, solishtirish, xulosalar chiqarish qobiliyatlarini va hokazolarni talab qiladi. 
Tajribalar davomida ushbu ko’nikmalar shakllanadi. Izlanish harakatlari kichik va o’rta 
maktabgacha tarbiya yoshidagi guruhlarda ayrim usullar sifatida foydalaniladi. Bu harakatlar 
dastlab amaliy natijalarga olib keluvchi qobiliyatlarni aniqlashga yo’naltirilgan sinovchi harakat 
sifatida shakllanadi. Asta sekin bu harakatlar bilish natijalariga yo’naltirilgan harakatlar tusini 
oladi: ayrimlari buyumlarning yashirin xususiyat va sifatlarini aniqlashga, boshqalari buyumning 
u yoki bu vaziyatga aloqadorligi va bog’liqligini aniqlashga yo’naltiriladi. Izlanish harakatlari 
ko’rgazmali-harakat tafakkuri sifatida butun maktabgacha tarbiya yoshida o’z ahamiyatini saqlab 
qoladi. Modellashtirish ko’rgazmali-amaliy metod sifatida maktabgacha tarbiya yoshidagi 
bolalarni o’qitishda tobora keng yoyilmoqda. Modellashtirish deganda, modellar yaratish 
jarayoni va ularni ob'ektlarning xususiyatlari, tuzilishi, munosabatlari, aloqalari haqidagi 
bilimlarni shakllantirish uchun foydalanish tushuniladi. Modellarning birinchi turi-buyumli 
model, bunda model buyumga o’xshagan bo’ladi. Uning asosiy qismlari, qurish-yasashdagi 
o’ziga hos xususiyatlarini, qismlarining fazodagi joylashuvi va munosabatlarini, ob'ektlarning 
o’zaro aloqasini aks ettiradi. U odam, qayvon, shaklining tekis modeli bo’lib, uning qo’l-
oyoqlari alohida holda biriktiriladigan tarzda yasalgan, uni bola esga tushirib qayta quradigan 
yasama model deyish mumkin. Ikkinchi tur- buyumli-chizmali model. Bunda bilish ob'ektidagi 
muhim komponentlar va ular orasidagi aloqalar o’rindosh-buyumlar va chizma belgilar 
yordamida belilab chiqiladi. Og’zaki metodlar. Og’zaki metodlar negizida nutq yetadi. Og’zaki 
metodlar nutqiy muloqotni tashkil etilishini ta'minlaganligi sababli, eshitishda nuqsoni bo’lgan 
bolalar ta'lim-tarbiyasida katta ahamiyat kasb etadi. Biroq maxsus maktabgacha tarbiya 
muassasalarida og’zaki metodlar umumiy bog’chalarga nisbatan, ko’proq amaliy va ko’rgazmali 
metodlarbilan uyqunlikda ishlatiladi.Og’zaki metodlarga so’zli ko’rsatmalar (og’zaki, daktil, 
yozma) ,suhbat, pedagogning hikoyasi, bolalar va kattalarning o’qishi, hikoyalab berishi, 
pedagogning tushuntirb berishi. Pedagogik faoliyatda so’zli ko’rsatmaga muvofiq harakatlar 
bajarish amaliyoti qo’llaniladi. Ko’rsatmaga biror harakatlarni bajarishga yo’naltiruvchi undov


gaplardan tashkil topadi. Dastlab og’zaki metodlar ko’rgazmali metod bilan birga keladi, ya'ni, 
og’zaki ko’rsatmaga muvofiq, bolalar kattalarga tahlid qilib harakatlar bajaradilar. Chunonchi, 
pedagog sharn rasmini chizib, "rasm chiz" ko’rsatmasini bolalarga beradi. Asta sekin,
mashg’ulotlarda va turli faoliyatlarda bolalar so’zli ko’rsatmalarni namunani ko’rmasdan ham 
tushuna boshlaydilar. So’zli ko’rsatmalar murakkablashtirib boriladi ("Azizni mashg’ulotga 
chaqir", "Botirga ayt, eshikni yepsin" va b.). 
Suhbatlar-eng ko’p qo’llaniladigan og’zaki metodlardan biri bo’lib, ta'limning barcha 
yillarida qo’llaniladi. Suhbat- eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar dialogik nutqini o’stirish 
vositasidir. Suhbat ham ko’rgazmali metodlar (buyum va rasmlarni namoyish etish) bilan 
uyqunlikda olib boriladi. Eshituvchi bolalardan farqli ularoq, eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar 
pedagog erdamisiz suhbatda ishtirok eta olmaydilar. Dastlab bolalarni sodda savollarni 
tushunishga, berilgan savollarga imo-ishoralar, qisqa so’zlar, yozuvli kartochkalar vositasida 
javob berishga o’rgatiladi. 
O’rta va katta guruhlarda rasmlar asosida hikoyalar tuzish, o’qish, biror hodisalarni 
muhokama etish va boshqa ish turlari asosida suhbatlar o’tkaziladi. Shuningdek, suhbatlar 
o’yinlar, tasviriy faoliyat, sayr-sayohat, kuzatishlar davomida o’tkaziladi. Kirish suhbatlarda 
pedagog mashg’ulot mavzusi bo’yicha bolalarning bilimlarini aniqlaydi. Masalan bayram 
salyutini chizishdan avval, salyut qachon bo’lishini, kimlar salyut ko’rganini aniqlaydi. Suhbat 
davomida so’zlar ma'nosi aniqlanadi, yangi so’zlar beriladi. Kirish suhbati davomida 
mashg’ulot mavzusi bilan bog’liq vazifalar bajariladi. 
Yakuniy yoki umumlashtiruvchi suhbatlarda bilimlar chuqurlashtirilib, sistemaga 
solinadi.Yakuniny umumlashtirishda evristik tabiatidagi yakuniy suhbat hal qiluvchi ahamiyatga 
ega bo’ladi.Evristik suhbatlar chog’ida tarbiyachining savol va topshiriqlaridan jonlangan bolalar 
tegishli sharoitlarda o’qitish davomida o’zlari o’zlashtirgan asosiy dalillarni qayta tiklaydilar. 
Tahlil, qiyoslash va taqqoslash yo’li bilan muayyan hodisalarni birlashtirib turuvchi asosiy 
alohalar ajratib olinadi va shu asnoda bolalar hodisalar mohiyati. Ularning tabiati hamda o’zaro 
aloqadorligi haqida umumlashma mushohada yuritishni o’rganadilar. 
Suhbat chog’ida tarbiyachi xilma-xil usullardan foydalanadi. Bolalar xotirasida narsalar va 
hodisalar haqidagi tasavvurlarni qayta tiklash, ular haqidagi suhbat davomida sistemalashtirilgan 
va umumlashtirilgan bilimlarni esga tushirish uchun rasmlar yoki ko’rgazmali materiallar 
namoyishini o’tkazish mumkin. 
Suhbatning samaradorligini ta'minlovchi didaktik shartlar quyidagilardan iborat: savollar 
oldindan tanlanadi, savollar aniq bo’lishi, bolalarning nutqiy rivojlanishi, bilimlarning hajmiga 
tuzilishi lozim. Katta yoshdagi bolalar bilan savollar ketma-ketligini o’zgartirish maqsadga 
muvofiq bo’ladi, chunki ular ko’pincha savolning mazmuni emas ketma-ketligini 
o’zlashtiradilar. Izohlash, tushuntirish, pedagogik baholash universal hisoblanib asosiy metodlar 
tarkibiga kiradi. Izohlash, tushuntirish usullar sifatida hodisalarni kuzatish va rasmlarni, 
buyumlarni ko’rib chiqish jarayonida, mashqlar chog’ida, tajriba va boshqa metodlar o’tkazish 
vaqtida keng qo’llaniladi. Ko’rgazmali amaliy metodlar buyumlar va atrof muhitdagi hodisalarni 
bevosita idrok etilishini , jonli mushohada qilinishini ta'minlaydi, chunki bilimlar ular tufayli 
shakllanadi. Biroq bolalar bevosita tanishadigan hodisalarning ko’pgina tomonlari bunda idrok 
uchun qiyinlik qiladi, bu uni tushunishga xalaqit beradi. Bu ko’proq hodisalarning aloqalari , 
ularning sabablari va boshqalarga tegishlidir. Tarbiyachi bunday paytlarda o’z tushuntirishlari 
bilan bolalar idroki va tushunchasini etilayotgan narsaga yo’naltiradi. Izohlab berishning 
turlaridan biri ko’rsatma berishdir. U o’quv vazifasini hal etishda zarur bo’ladigan o’quv 
harakatlari- aqliy va amaliy harakatlarning mazmunini va izchilligini bolalarga tushuntirishni 
o’z ichiga qamrab oladi. Ko’rsatma berish va izohlash bilan birgalikda topshiriqni yoki harakat 
usulini bajarish namunasini ko’rsatishdan ham foydalaniladi. Ko’rgazmali-amaliy ko’rsatish 
og’zaki izoqlash va ko’rsatish bilan birga tasviriy faoliyatga, qurish-yasashga, harakatlarga 
o’rgatishda mashqlar qatori etakchi o’rin egallaydi va u ko’pincha metod xususiyati kasb etadi. 
hikoyalab berish ko’p hollarda katta guruhlarda, bolalarning ko’rib-eshitish malakalari 
shakllangan davrda qo’llaniladi. hikoya mashg’ulotning mazmuni bilan bog’lanishi, yoki unda 


yangi ma'lumot bayon etilishi mumkin. Yangi matnlarni o’qish, rasm asosida hikoya tuzish, 
syujetli rasmlar chizish va boshqa ish turlaridan avval pedagogining hikoyasi tinglanadi. 
Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarga odatda tanish bo’lgan, hajm jihatdan katta bo’lmagan 
matnlar hikoyalash uchun taqdim etiladi. hikoya bolalarga og’zaki ravishda beriladi, zarur 
bo’lganda yozma va daktil nutq bilan mustaqkamlanadi. Metodik usul sifatida bolalar, kattalar, 
hayvonlar qayotidan qiziqarli voqealarni bayon etuvchi hikoyalar qo’llanilishi mumkin. hikoya 
qilib berishdan maqsad og’zaki bog’lanishli hikoyani idrok etish, hikoya qahramonlarining hatti-
harakatlarini, voqealarning izchilligini tushunish, hodisa va qahramonlarga nisbatan hissiy 
munosabatni shakllantirish. Pedagogning og’zaki hikoyasi ko’rgazmali vositalar ( maketlar, 
qaykalchalar, o’yinchoqlar, rasmlar va q.k) namoyishi bilan mustaqkamlanib boradi. hikoya 2-3 
marta takrorlangandan so’ng bolalar hikoyalab berish jarayoniga kirishadilar: ular voqealar 
borishini, hikoyalarning ayrim joylarini, yoki yaxlit hikoyani bayon etadilar. Pedagogning 
hikoyasidan so’ng matn o’qib berilishi mumkin. Kar va zaif eshituvchi bolalar uchun o’qish va 
yozishni egallash zaruratidan kelib chiqqan holda, o’qish maxsus maktabgacha muassasalarida 
keng qo’llaniladi. Dastlabki bosqichlarda global ( yaqlit) o’qish, o’rta guruhdan boshlab analitik 
o’qish qo’llaniladi. O’qish nutq o’stirish mashg’ulotlarida ham o’qitish vositasi ham o’qitish 
maqsadi sifatida ilgari suriladi, sababi barcha ta'lim yillarda ongli o’qishga izchillik bilan 
o’rgatib boriladi. O’qish, hikoya qilib berish, suhbat, nutqiy ko’rsatmalar kabi so’zli metodlar 
bilan birga qo’llaniladi. O’qish ko’rgazmali va amaliy metodlar bilan ham uyg’unlikda 
qo’llaniladi, zero o’qish chog’ida ko’rgazmali va amaliy asos bo’lmasa, bolalarda matnlar bilan 
bog’liq noto’g’ri, hato yoki cheklangan tasavvurlar shakllanishi mumkin. 
Pedagogik baholash o’qitishning eng muhim usullaridan hisoblanadi. O’quv vazifasini hal 
etish natijasi ham, uning bajarilishining borishi, ya'ni bola tomonidan natijaga erishish uchun 
qo’llanilgan harakatlar va usullar ham baholanadi. 
Natija deganda bolalar tomonidan bilimlarning, harakat usullarining aniq mazmunini 
o’zlashtirilishi, shuningdek, aqliy faoliyatning yangi sifatlarning yuzaga kelishini talab qiladigan
o’rtacha qo’yilgan bilish yoki amaliy vazifalarni to’g’ri hal etish tushuniladi. Ijodiylik, 
mustaqillikni namoyon qilish, avval o’zlashtirilgan bilimlar, ko’nikma va malakalarni qo’llanish 
ham xuddi shunday baqolanadi. Pedagogik baholash bolaga ijobiy natijaga erishishga, o’zida 
ishonch hosil qilishga, yo’l qo’ygan xatosini tushunishga, ularni bartaraf etishga yordam beradi. 
U bolaga o’z faoliyatini yanada takomillashtirish yo’llarini ko’rsatadi, o’z-o’zini baholash va 
nazorat qilish fazilatini shakllantirishga yordam beradi. 
Quyidagi qator talablarga amal qilingandagina baqolash o’zining tarbiyaviy va rivojlantiruvchi 
maqsadiga erishadi, bunda:
faqat bolaning o’z kuchi bilan erishilgan natijani baqolash lozim; 
baholash o’z mazmunida muayyan didaktik talablarni aks ettirishi, natija va harakatni 
o’zlashtirish vositasi bo’lmish o’quv vazifasi hamda oqilona ko’nikmalar nuqtai-nazaridan taqlil
qila olishi kerak; 
baholash bolaning yangi o’quv ko’nikmalari va natijalarini o’zlashtirish darajasiga qarab tobora 
tabaqalashib, o’quv vazifasini hal etishning alohida bosqichlarini o’z ichiga ola boradi; 
baqolashda bolaning alohida o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, uning natijalarini boshqa 
bolalar yutuqlari bilan taqoslamasdan faqat o’z natijalarini baqolashi lozim.
Tez qo’zqaluvchan, dili shikasta va tortinchoq bolalar faoliyatini baholashda ayniqsa 
pedagogik nazokat zarur. Pedagog bahosining mazmuni va tuzilishida bolalar tomonidan bilim 
va ko’nikmalarni o’zlashtirishning yosh xususiyatlarini hisobga olish zarur: kichik guruhda 
odatda, bolaning vazifani bajarishga intilishining o’zi ijobiy baholanishga loyiq, bunda 
tarbiyachi bolaning ijobiy natijaga bo’lgan intilishiga, sa'y-harakatiga diqqatini qaratadi, o’rta 
guruhda bolalar harakatini ijobiy baholagan holda qatolarni ham aytib, ularni tuzatishning aniq 
yo’llarini ko’rsatib o’tadi; katta yosh guruhlarida natija sifati ham, unga erishishning asosiy 
bosqichlari ham tahlil qilinadi, shuningdek, mashg’ulot davomida bolalarning o’zaro harakat 
qilishi malakalari ham baholanadi. Tarbiyachi o’rta va katta guruhlardagi bolalar faoliyatini 
baholay turib, umumiy baho chiqaradi, so’ng uni ayrim bolalar faoliyati taqlili bilan to’ldiradi. 


Bunda o’z hatolariga, kamchiliklari va boshqa bolalarning kamchilik va hatolariga to’g’ri 
munosabatni tarbiyalash zarur. 
Tarbiyachining baqosi bilan bir qatorda bolalar faoliyati natijalarini ularning o’zlariga-o’zlari
baho berishning turli usullaridan foydalanish mumkin. Masalan, pedagog bolalarga bajargan 
ishlarini o’z baholariga ko’ra tartib bilan qo’yib chiqishni taklif etadi. So’ngra baholangan 
narsani baholash o’tkaziladi, har bir ish muallifning dalillari, o’rtoqlarning muloqazalari 
tinglanadi. Tajriba mazkur usul bolalarda o’z faoliyati natijalariga nisbatan talabchanlikni tarkib 
toptirishni ko’rsatmoqda. Bolalarga ta'sir etish usullari. Bolalar va pedagoglar faoliyat turlarini 
belgilovchi metodlardan tashqari, ta'lim tarbiyada bolalarga bevosita, bilvosita ta'sir etuvchi 
metodlar, shuningdek muammoli o’qitish va tarbiyalash metodlari qo’llaniladi.(A.V.Zaporojes, 
T.A.Markova 1980). Bevosita ta'sir etuvchi metodlar bolalar oldiga muayyan vazifalarni qo’yib, 
vazifani bajarish usullarini( birgalikdagi qarakatlar, ko’rsatib berish, namunani namoyish etish, 
og’zaki ko’rsatma, hikoya, tushuntirib berish) belgilaydi. Ya'ni bola oldiga vazifa qo’yilib, uni 
bajarish usullari ko’rsatiladi. Bu metodlardan foydalanishda, bola topshiriqlarni bajarish 
usullarini egallab olishi, zarur bilimlar va malakalarni o’zlashtirib olishi muhimdir. Bevosita 
ta'sir etuvchi metodlar tasviriy faoliyat, qurish-yasash, mehnat mashg’ulotlar davomida bilim va 
malakalarni egallashda keng qo’llaniladi. Tevarak atrof bilan tanishtirish, matematik 
tasavvurlarni shakllantirish, nutq o’stirish, talaffuzga o’rgatishda bevosita ta'sir etish 
metodlarning roli kattadir, zero bolalar tahlid qilib, namunaga qarab, nutqiy ko’rsatmaga ko’ra 
harakatlarni bajaradilar. Bilvosita ta'sir etish metodlar yordamida bolalarning mustaqil 
faoliyatiga rag’barlik qilinadi. Pedagog bolalar oldiga muayyan vazifalar qo’ymaydi, biroq 
bolalarning qiziqishlarini hisobga olgan holda hamda rivojlantiruvchi shart-sharoitlar yaratib, 
bolalar muloqotini qo’llab-quvvatlagan holda rivojlantiruvchi va korreksion vazifalarning hal 
etilishiga erishadi. Bu metodlar ko’pincha tasviriy va amaliy faoliyatlarda qo’llaniladi, 
pedagoglardan katta mahorat, bolalar imkoniyatlarini hisobga olgan holda ular faoliyati va 
muloqotiga rag’barlik qilish qobiliyati talab etiladi.
Savollar va topshiriqlar 
1. Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalar vazifalarini yoritib bering. 
2. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berishning didaktik tamoyillarini eritib 
bering. 
3. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarga ta'lim- tarbiya berishda qanday maxsus tamoyillarga 
asoslanadi. 
4. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish qanday metodlar yordamida
amalga oshiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar 
1.Venger A.A., Vigodskaya G.L. Leongard E.I. Otbor detey v spesialnie doshkolnie 
uchrejdeniya M.1972 
2.Vlasova T.A. O vliyanii narusheniya sluxa na razvitie rebenka M.1954 
3.Belova N.I. Spesialnaya doshkolnaya surdopedagogika M. 1985 
4.Golovchis L.A. Doshkolnaya surdopedagogika M.2001 
5.P.Yusupova Maktabgacha tarbiya pedagogikasi T. 1992 
6. V.I.Loginova va P.G. Samorukovalar taqriri ostida Maktabgacha tarbiya pedagogikasi 1-2 
qism T. O’qituvchi 1992 


7-bob 
Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning jismoniy tarbiyasi. 
1-§ Jismoniy tarbiya nazariyasi va asosiy tushunchalari 
Insonni kamol toptirish har tomonlama jismoniy tarbiyalashni ko’zda tutadi. Jismoniy tarbiya 
sog’liqni yaxshilashga, jismoniy sifatlarni rivojlantirishga, yoshlarni mehnatga va Vatan 
ximoyasiga tayyorlashga qaratilgandir. Jismoniy tarbiya ta'limoti o’z ichiga "jismoniy 
madaniyat", "jismoniy barkamollik", "jismoniy tarbiya", "jismoniy rivojlanish" kabi 
tushunchalarni oladi. Jismoniy madaniyat - insonlarni jismoniy jihatdan mukammallashtirish 
uchun foydalaniladigan moddiy hamda madaniy qadriyatlar yiqindisidir. 
Jismoniy madaniyat mazmuni quyidagilardan iborat: 
1. Mehnat va turmushdagi ko’nikmalar; tartiblilik, kiyim,xonalarning ozodaligi; 
gigienik rejimga doir odatlar (dam olish,mehnat, uyqu gigienasi va oqilona kun tartibi). 
2. Tabiatning tabiiy sharoitlarida chiniqtirish. 
3. Jismoniy mashqlar. 
Jismoniy rivojlanish - inson organizmini shakllanishi va o’zgarishini ifodalaydigan jarayondir. 
Tor ma'noda antropometrik va biometrik kursatkichlar: bo’yi, tana og’irligi, ko’krak qafasi 
aylanasi, o’pka siqimi, qaddi -qomat va boshqalardir. 
Jismoniy tarbiya deganda jamiyat talablariga muvofiq tarzda organizmni har tomonlama 
morfologik va funksional takomillashtirishga, jismoniy sifatlar (qobiliyatlar)ni rivojlantirishga, 
harakat malakalari va ko’nikmalarini shakllantirishga, jismoniy tarbiya va sport sohasida 
bilimlarni shakllantirishga qaratilgan uyg’unlashtirilgan pedagogik jarayon tushuniladi. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash dastavval hayotini muqofaza qilish 
va salomatligini mustaqkamlash, to’lakonli jismoniy rivojlantirish, harakat ko’nikmalarini 
shakllantirish va jismoniy sifatlarni rivojlantirishga, madaniy - gigienik ko’nikmalarni 
rivojlantirish, tartibli hayot odatlarini tarbiyalashga qaratilgandir. 
2-§ Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari 
Gigiena (tozalik) talabiga javob beradigan sharoitlar. Bolalar jismoniy jihatdan rivojlanishi 
uchun gigiena talablariga javob beradigan (bino, jiqozlar, maydoncha, kiyim bosh, poyabzal) 
yaratish, bolalar hayotining ilmiy asoslangan kun tartibini (bular oqilona ovqatlanish, 
harakatlarni rivojlantirish va organizmni chiniqtirish tadbirlarini o’z ichiga oladi) albatta bajarish 
zarur. Shu bilan birga tibbiyot xodimlarining doimiy nazorati, zaruriy profilaktik va davolash 
ishlari olib borish talab etiladi. Bog’chada har bir guruh uchun xonalar ajratiladi. Guruh xonalari 
bolalar erkin harakat qila olish va sof havo bilan nafas olish imkonini beradigan darajada katta, 
yoruq, quruq va issiq, derazalari janubiy - sharqqa qaragan bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Guruh 
xonasining balandligi 3 - 3,5 metr bo’lib, har bir bolaga bino satqidan 2,5 kv. metr joy, taxminan 
8 kub metr qavo to’qri kelishi, xona bezagi gigiena xos tez toza bo’ladigan, yoqimli rangda 
bo’lishi kerak. Xonada yoruqlikni to’sadigan og’ir va qalin pardalar, gilamlar, yumshoq 
mebellar, umuman ortiqcha narsalar bulmasin. hamma jihozlar ta'lim - tarbiya talablariga, 
bolalarning bo’yi va gavda tuzilishiga mos bo’lishi kerak. Bolalarning stol va stullari ancha 
mustahkam, o’zi yengil, oson yuviladigan bo’lsin. Stol yorug’lik chap tomonda tushadigan qilib 
joylashtirilishi kerak. O’yinchoq va ko’rgazmali qurollar ham gigiena talablarga javob beridigan, 
pishiq, zararsiz rangda, tashqi ko’rinishi silliq bo’lishi shart. ( P.Yusupova 1992). Tarbiyachi o’z 
guruhining gigiena sharoiti uchun javobgardir. Xonani bolalar sayrga, musiqa mashg’ulotiga 
chiqib ketganda shamollatish, deraza va fortochkalar yil fasllaridan qat'i nazar doimo ochishga 
qulay qilib ta'minlash zarur. Bog’cha maydonchasi. har bir yosh guruh uchun butalar bilan 
ajratilgan alohida maydoncha bo’lishi zarur. Maydonchada bolalarning harakatlarini 
rivojlantirish uchun tekis maydoncha, qum, suv, qurilish materiallari bilan o’ynaladigan o’yinlar 


uchun ijodiy o’yinlar va turli uyinchoqlar bilan o’yinladigan o’yinlar uchun joy ajratiladi. 
Maydonchada harakatlarni rivojlantiruvchi jihozlar:
tirmashib chiqish uchun devorchalar (uch, to’rt va olti burchakli), muvozanat saqlash mashqlari 
uchun xoda,
tepalik, sakrash, uloqtirish mashqlar uchun jiqozlar bo’lishi kerak. Bularning hammasi 
bolalarining yoshi va kuchiga mos pishiq, mustaqkam, chiroyli bo’ladi. Bog’cha maydonchasida 
bolalarning velosiped, avtomobillarda yurishlari uchun yulaklar, yomg’ir va quyoshdan saqlanish 
uchun yopiq ayvonlar, doim toza bo’lishi kerak.Turli xil kema, samolyot maketlar, bo’lishi ayni 
muddao. (P.Yusupova) Bolalarning ovqatlanishi. (nonushta, tushki ovqat, kech tushki ovqat va 
kechki ovqat) osoyishta vaziyatda o’tish kerak. Bola stol atrofida yaxshi ishtaqa bilan o’tirsa, 
uning organizmida ovqatni yaxshi hazm bo’lishiga yordam beruvchi shart -sharoit hosil bo’ladi. 
Yaxshi ishtaha bolada mustaqillikni, madaniy - gigienik ko’nikmalarni, stol atrofida o’tirish 
malakalarini tarbiyalashga yordam beradi. Bolalarning yoshligidan boshlab ularda ishtaha 
bo’lishini ta'minlash muhim axamiyatga egadir. Ba'zi bolalar keragidan ortiq, ba'zilari keradigan 
kam ovqat yeyishlari mumkin. Shuning uchun bolaga ovqat normasini o’zlarining yoshiga mos 
qilib berish kerak. Ammo bolani taomni oxirigacha yeyishiga majburlash shart emas, majbur 
etish har doim ovqatdan oladigan lazzatlanishni kamaytiradi. Ba'zan bola ovqatdan butunlay voz 
kechish hollari yuz beradi. Bolaning tug’ri ovqatlanayotganining asosiy mezoni uning jismoniy 
jihatdan uyg’un rivojlanganligidir. Hozirgi kunda bolalarni ovqatlanishini tabaqalashga zarurat 
tug’ilmoqda, ya'ni, semirishga moyilligi bor va vazni bo’yiga mos kelmaydigan (bo’yi uzunrok, 
o’zi oriq) bolalarga nisbatan qilinmoqda. Bolalarni ilk yoshidan boshlab ovqatni mustaqil 
yeyishga o’rgatish, ularda ovqatni ishtaqa bilan yeyishga, ovqatga ijobiy munosabat uyqotishga 
yordam beradi. hayotining ikkinchi yilidan qoshikdan foydalanishga o’rgatish, to’rtinchi yilidan 
sanchqidan, beshinchi yilda pichoqdan foydalanish malakalari tarbiyalab boriladi. Bundan 
tashkari, bolalarda ovqat yeyishdan oldin qo’lini yuvish, tartibli yeb -ichish, chapillatmay, 
tovushsiz chaynash va ichish, salfetkadan foydalanish, to’g’ri o’tirish, ovqat uchun 
minnatdorchilik bildirish, ovqatdan keyin og’zini chayqash kabi madaniy - gigienik malakalar 
ham tarbiyalab boriladi. Ovqatlanish vaqtida bolalarga tanbeq berish, ularni koyish yaramaydi. 
Bu bolalarining asabini buzadi, ishtahasini buzadi. Madaniy-gigienik malakalarni qanday 
bajarayotganliklarini tarbiyachi nazorat qilib borishi, katta maktabgacha va tayyorlov yoshidagi 
bolalarga esa uning ahamiyatini, bajarish usulini ongli egallab olishlariga erishishi lozim. Uyqu. 
Bolalarni jismoniy tomonidan tarbiyalashdagi muhim vazifa nerv sistemasining gigienasidir. Bu 
vazifani hal etishda uyqu katta ahamiyatga ega. Uyqu miya yarim sharlarining normal ishlashi 
uchun zarur bo’lgan kuch -quvvatni tiklaydi. Chuqur va yaxshi, davom etadigan uyqu nerv 
sistemasining, organizm charchashining oldini oluvchi vositadir. Agar bola yomon uhlasa, 
uyquga to’ymasa nerv sistemasi faoliyatining buzilganligidan dalolat beradi. Nerv sistemasi tez 
qo’zg’aluvchi bolalar aksariyat yomon uhlashadi. Bunday bolalarning uyqu tormozlanishi 
chukur normal uyquni ta'minlay olmaydi. Shunda bunday bolalar arzimagan sharpadan ham 
uygonib ketaverishadi. Bola qanchalik yomon uhlasa, uning xulk - atvori, o’zaro munosabati, 
muomalasi shunchalik yomonlashadi. Bola tez va yaxshi uhlashi uchun zarur shart -sharoit 
yaratish, uyg’oqlik vaqtida faollashtiruvchi har xil harakatlarni tashkil etish kerak. Bola yaxshi 
uhlashning asosiy shartlaridan biri - hayotining birinchi oyidan boshlab uni toza havoda 
uhlatishdir. Kislorodga to’ygan qon butun organizmdagi nerv xujayralarining tiklanishiga 
yordam beradi. Toza havo bolaning nafas olishini yaxshilaydi, shamollashdan saqlaydi. Jismoniy 
nimjon va 1,5 yoshgacha bo’lgan bolalarni toza xavoda uqlatish, sayr qildirish niqoyatda 
zarurdir. Iqlim sovuqligidan sayrga chiqa olmaydigan bolalar uchun toza havoda uhlash juda 
foydalidir. Bolalar yaxshi uhlashlari uchun ularni kuchli qo’zg’atadigan aqliy va jismoniy ish 
qildirmaslik kerak. Bolalarda uyqudan oldin salbiy qislar uyqotmaslik zarur, bunday muomala 
natijasida bolaning miya yarim sharlarida yuqori kuzqalish o’choqi hosil bo’ladi. Uyqudan oldin 
kattalarning bola bilan muomalasi nihoyatda tinch, samimiy, bolalarning uyquga tayyorlovchi 
bo’lishi kerak. Bolalarni uyquga tayyorlash mustaqillikni tarbiyalash bilan bog’lik holda olib 
boriladi. 1 yoshlik bolalar o’z tuflisini, noskisini mustaqil yechishga o’rgatilishi mumkin. 3 


yoshga kelib mustaqil yechinishga, kiyimni chiroyli taxlab quyishga, o’z karavoti oldiga borib, 
unga chiqib olishga o’rgatiladi. Avvali bu uyquga tayyorgalik bo’lsa, keyinchalik borib 
bularning hammasi uyquni keltiruvchi vosita bo’lib xizmat qiladi. Agar bola yaxshi uhlasa, tetik, 
kuvnoq bo’lib uyqonadi va xafsala bilan kiyina boshlaydi. Bolalarni birdaninga uyqotish juda 
zararli, chunki ko’pchilik bolalar uyquga to’ymaydi. Bolalarni har doim bir vaktda uygotilsa, 
ularning miyasida ko’nikish paydo bo’ladi. Uyqotilmasa, uyqongan bolalar kiyinguncha 30 - 45 
daqiqa ichida uyqusi, pishib, asta -sekin uyqonishadi. Bolalarining kiymi. Kiyim-kishi 
organizmida issiqlikni saqlash,har doim bir xil temperatura bo’lishi uchun kerak. Kiyim odam 
terisini qar xil mexanik ta'sirlardan (urilish, qasharot chaqish, hayvonlar tishlashidan) oqrik 
beruvchi mikroorganizmlardan, chang, iflosdan saqlaydi. Bolalar kiyimi qanday gigienik va 
pedagogik talablarga javob berish kerak. Kiyim bolaning o’rab turuvchi havo temperaturasiga 
mos kelsin. U yengil materialdan tayyorlanib, havoni, issiqlikni yaxshi o’tkazadigan bo’lishi, 
oson yuviladigan, yaxshi qo’llanadigan, namni shimadigan, badanni bezovda qilmaydigan 
bo’lishi shart. Bolalarning ichki kiyimi, ko’ylagi, kostyumi, paltosi, kurtkasi bulishi kerak. 
Kiyimlar oddiy fasonda tikilgan, yuvish, dazmolash uchun qulay bo’lishi zarur. Bolalarning 
oyoq kiyimi ham qulay, poshnasi 1 - 1,5 sm bulishi kerak. Vaqti - vaqti bilan bolalarga qishda 
binoning ichida, yozda maydonchada yalang oyoq yurishga ruhsat berilsin. Notekis joyda 
yalangayoq yurish tovon yassiligini yo’qotadi, bola organizmini chiniqtiradi. Chiniktirish. Bola 
organizmini chiniqtirish deganda, organizmni mustahkamlash chidamlilik, zararli ta'sirlarga 
qarshilik ko’rsatish, qayotiy sharoitlarning uzgarishiga moslashish qobiliyatini rivojlantirishga 
qaratilgan tadbirlar tizimi tushuniladi. O’zgargan sharoitga organizmning moslashishi juda 
murakkab jarayondir. Bunda nerv, qon aylanish, ichki sekresiya bezlari kabi bir qancha 
sistemalar ishtirok etadi. Ayniqsa, bosh miya yarimsharlari po’stining ta'siri kattadir. A. P. 
Pavlov organizmning turli sharoitlarga moslashishining fiziologik asoslarini ko’rsatib o’tganlar. 
Chinikishning asosiy tamoyillari sistemalilik, doimiylik va shaqsning o’ziga hos xususiyatlarini 
hisobga olishdan iborat. Sistemalilik shartli reflekslarning mustahkamlanishiga yordam beradi. 
Chiniqtirish meyori bolalarning o’ziga hos xususiyatlarini e'tiborga olgan holda hamda shifokor 
bilan kelishgan holda belgilanadi. Bola kundalik hayotida chiniqtirib boriladi. Artinish va 
cho’milishda suv qarorati pasaytirilib, oftob vannasining vaqti asta-sekin oshiriladi. 
Chiniqtirishning asosiy vositasi tabiat in'omlari -havo, suv va kuyosh vannasidir. Havo orqali 
chiniqtirishda sovuq havo bilan jismoniy mashqlar majmui birgalikda ta'sir ettiriladi. havo 
vannasidan uyqu vaqtida yoki havo bulut bo’lgan vaqtlarda foydalaniladi. Uyqu vaqtida bolalar 
salqin yerga qo’yilgan karavotga yotkiziladi. qavo vannasidan foydalanishda quruq, shamoldan 
xoli bo’lgan tekis maydon tanlanadi, tarbiyachi bu maydonchada yengil kiyingan bolalar bilan 
10-15 daqiqa harakatli o’yinlar yoki mashqlar bajaradi.Issiq yoz kunlarda o’rtacha harakatli 
o’yinlarni tanlash kerak. Aks xolda bolalar juda qizib ketadilar. Havo vannasi sata -sekin 10 - 15
daqiqadan 25 daqiqagacha oshib boriladi. Kun sovuqroq bo’lganda ko’p harakat talab qiladigan 
o’yinlar o’tkaziladi. Bolalar charchab qolmasligi uchun bu o’yinlar osoyishta o’yinlar bilan 
almashtirib turiladi. Havo vannasidan faqat yozdagina emas, balki boshqa fasllarda ham darchasi 
ochib qo’yilgan keng xonalarda foydalanish mumkin. Suv bilan chiniqtirish barcha yosh 
guruqlar kun tartibida yilning hamma fasllarida o’tkazish tavsiya etiladi. Bu tadbir sog’lig’i zaif 
bo’lgan bolalar tibbiyot xodimi nazorati ostida o’tkaziladi. Suv, qavo haroratining o’zgarib 
borishi bola organizmiga ta'sir etib termoregulyasion apparatni mashq qildiradi, tashqi sharoitga, 
ob -havoning o’zgarishiga odatlanish reaksiyasini shakllantiradi. Bola organizmining chiniqishi 
bilan bir qatorda uning irodasi ham chiniqib boradi. Bunda eng muhimi -bola ilk yoshligidan 
boshlab suvning xususiyatlarini bilib borishi uchun katta e'tibor berilishni talab qilinadi. 
Bolalarni daryoda, ko’lda, ochiq havzalarida cho’miltirish, suv, havo, quyosh ta'sirida 
organizmning chiniqish jarayoni yanada samaraliroq o’tadi. Suv tadbirlari muntazam ravishda, 
izchillik bilan olib borilsa, teri har doim toza bo’ladi va har kuni suv tadbirlarini olish ehtiyoji 
kuchayadi. Suv tadbirlarini huzur baqishlaydigan qilib o’tkazish kerak. Bolalarda suv tadbirlari 
jarayonida salbiy his paydo bo’lsa, bunday tadbir yaxshi samara bermaydi va ularda bunday 
tadbirga nisbatan salbiy munosabat hosil qiladi. Shuning uchun tarbiyachi bolalarda ijobiy 


munosabat uyqotuvchi metod va usullardan foydalanish lozim. Suv muolajasi badanni qo’l mato 
bilan artish, suv quyish va cho’milish ko’rinishida o’tadi. Ammo bu tadbirlarda bola 
sovqotmasligi kerak. Artinish xamma yosh guruxlarida yumshok bo’lmagan materiallardan 
tikilgan qul yengchalar bilan o’tkaziladi. Xo’l yengcha bilan organizmning bir qismi qullanadi va 
tezlik bilan o’sha yeri quruq sochiq bilan artiladi. Odatda artinish quldan boshlanadi, suo’g 
buyin, ko’krak, qorin, bel va oyoqlar artiladi. Oldin suv 30 gradus iliqlida olinadi, keyinchalik 
sekin -asta uning darajasi 22 gradusdan 20 gradusgacha pasaytiriladi. Suv quyishda dush yoki 
leykadan foydalanib, 40 - 50 sm balandlikdan oshirimay quyish kerak. Suv quyishdan oldin 
yelka, so’ng ko’krak va qorin, keyin gavdaning o’ng va chap tomoni namlanadi. Suvga boshi 
tutish tavsiya etilmaydi. Yoz kunlari biroz qullash mumkin. Suv oqimi ostida 20 - 40 sekund 
turish mumkin, keyin badan darrov quruq sochiq bilan artilishi kerak. Suv quyish va artinishda 
suv qarorati 30 gradusdan har uch kunda 1 daraja pasaytirilib, 20-18 gradusga tushiriladi. Idishda 
4-6 kunda pasaytirilib, suv quyishda ohiri 25 gradusga tushiriladi. Oyoqlarga uy qaroratidagi suv 
quyiladi. quyosh nurida chiniqtirish orqali organizmda "D" vitamini paydo bo’lishiga yordam 
beriladi. Ammo undan ortiqcha foydalanish kishida bosh og’rig’i, uyqusizlik, ishtaqa buzilishi, 
kamqonlik, lanjlik kabilarga olib keladi. Sil, bezgak kasalliklari bilan og’rigan bolalarga quyosh 
vannasi mutlaqo ma'n etiladi. Quyosh vannasi dastlabki 4 daqiqadan qabul qilinadi, tananing har 
bir tomoni 1 daqiqadan toblanadi. Quyosh vannasi qabul kiladigan maydoncha quruk, qavo 
yaxshi aylanidigan, kuchli shamollardan pana bo’lishi lozim. Yaqinroqda dush, kiyinadigan, 
yechinadigan joy bulishi kerak. Bizning iqlim sharoitimizda quyosh vannasi ertalab soat 9-11 
oralig’ida olgan ma'kul. Bolalar fanerdan yoki taxtadan yasalagan so’rilarga oyoqlarini quyosh 
tomonga, boshlarini esa soya tomonga qaratib yotkiziladi. quyosh vannasi qabul qilingandan 
keyin ularning ustida suv quyish yoki cho’mitirish lozim. Bunda bolaning ruhi yengillashadi, 
terlari yuviladi, qizigan tana va sovuk suv o’rtasidagi fark organizmni chiniqtiradi. Madaniy-
gigienik malakalarni shakllantirish. Maxsus maktabgacha tarbiya tarbiya muassasalarida 
madaniy- gigienik malakalarni tarbiyalash dasturga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. 
Madaniy- gigienik malakalarni tarbiyalash bolalar organizmining jismoniy rivojlanishida muhim 
vosita hisoblanadi. Madaniy-gigienik malakalarni tarbiyalash bolaning madaniy xulqini 
yaxshilaydi hamda tartibga soladi. Maqsadga muvofiq tashkil etilgan sharoit, aniq kun tartibi va 
kattalarning raxbarlik qilishi madaniy-gigienik ko’nikmalarni muvaffaqiyatli shakllantirishning 
asosiy shartlari qatoriga kiradi. Maqsadga muvofiq sharoit deganda kun tartibidagi barcha 
tadbirlar (yuvinish, ovqatlanish, uyqu, mashg’ulotlar va uyinlar)ning o’tkazilishini ta'minlovchi 
zarur jihozlari bo’lgan toza, yetarlicha keng va yoruq binoning borligi tushuniladi. Maktabgacha 
tarbiya yoshidagi bolalarda, kurgazmali obrazli tafakkur ustun buladi. Shuning uchun ularda 
gigienik ko’nikmalarni muvaffaqiyatli shakllantirishda harakatlarni ko’rsatib berish va 
tushuntirish usullaridan foydalanish zarur. Pedagog qoshikni qanday ushlash, stol atrofida 
o’tirgan holatdan qanday qilib turib chiqish, qo’llarini qanday yuvish zarurligini tushuntirib 
berish bilan ko’rsatishni qushib olib boradi. Ko’nikma hosil bo’lishining dastlabki bosqichida 
nazorat qilib turish ayniqsa muhimdir. Keyinchalik tarbiyachi harakatlarning puxta va vijdonan 
bajarilishini tekshiradi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar tahlid qilishga moyil bo’ladilar, 
shuning uchun ko’nikmalarni shakllantirishda kattalarning shaxsiy namunasi katta rol o’ynaydi. 
Tarbiyachi va ota-onaning tashqi ko’rinishi, ularning hatti-harakatlari bolalar uchun namuna 
bo’lib xizmat qiladi. Ularning ko’rsatmalari, shaxsi hatti harakatiga zid bo’lmasligi lozim, 
chunki hech bir narsa bolalarning diqqat e'tiboridan chetda qolmaydi. Zero ular kattalarga taklid 
qiladilar. Madaniy gigienik ko’nikmalarni tarbiyalashda bolaning o’zidagi yaxshi hislatlariga 
ham tayanish kerak. (Masalan: "Dilnoza sochig’ini O’z joyiga tug’ri ilib qo’ydi. Barakalla"). 
Madaniy-gigienik malakalarni tarbiyalashda pedagogik jihatdan baholash, ya'ni bolaning ayrim 
hatti -harakatlari va hulk-atvori to’g’risida pedagogning ijobiy yoki salbiy fikr yuritishi katta rol 
o’ynaydi: ma'qullash, rag’batlantirish, biror ishni yanada yaxshirok bajarish istagini saqlab 
qoladi.Maqtash zarur ko’nikmaning hosil bo’lishini tezlashtiradi: "Men Zuhraga qanday o’tirish 
kerakligini tushuntirganim, eslatganim yuk, uning o’zi to’g’ri o’tirdi. Barakalla, Zuhra!". 
Madaniy-gigienik malakaning tarbiyalashda o’yin usullariga, ayniqsa didaktik o’yinlarga aloxida 


e'tibor beriladi. "Ko’g’irchoqni uhlatamiz", "Ko’g’irchokni sayrga olib chiqamiz", 
"qo’g’irchoqni cho’miltiramiz" va boshqa shu kabi o’yinlar bolalarning madaniy-gigenik 
malakalarini shakllantirishga va mustaqkamlashga yordam beradi. Bolalarning qanday yuvinish, 
stol atrofida qanday o’tirish, bir-biriga yordam berish zarurligi haqida tasavvurlarni 
oydinlashtirishga, ko’nikmalarning hosil bo’lishiga tegishli rasmlar, badiiy va san'at asarlari
katta ta'sir kursatadi. Madaniy-gigenik ko’nikmalarning hosil bo’lishida bolalarga alohida-
alohida yondashish muhimdir. Shuni esda tutish kerakki, bu batartiblikni, talabchanlikni 
tarbiyalaydigan murakkab vazifadir. Ko’rsatmalar esa, ularda odatga aylanishi kerak bo’lgan 
harakatlarga ijobiy munosabat uyg’otadigan do’stona, bamaylixotir ohangda bo’lishi kerak. Kun 
tartibi. Maxsus muassasalarda bolalarning hayoti muayyan tartibida o’tadi. Kun tartibi jismoniy 
tarbiyaning muhim shartdir. Kun tartibi xilma-xil faoliyat hamda dam olishning muhim vaqt 
jihatdan maqsadga muvofiq taqsimlanishi, xayot talabidir. Kun tartibini tashkil etuvchi barcha 
qismlar (ovqatlanish, uyqu, o’yin, mashg’ulot, sayrlar)ni bir me'yorda takrorlash natijasida 
mustaqil ko’nikma paydo bo’ladi. Masalan, bolaning odatlangan ovqatlanish soati kelganda, 
unda ishta
р
a paydo bo’ladi, shu tufayli ovqatni ishtaxa bilan yeydi, bunda ovqat yaxshi hazm 
bo’ladi. Uxlash vaqti kelganda nerv tormozlanishi hosil bo’ladi, bola tez uxlab qoladi. Demak, 
kun tartibini bajarish nerv sistemasi va barcha fiziologik jarayonlar normal kechishida muhim rol 
o’ynaydi, bosh miya yarim sharlarida reflekslar paydo bo’ladi. Bola organizmi dam oladigan, 
o’ynaydigan, mexnat kiladigan vaktni reflektor sezadi. 
3-§ Eshitishda nuqsoni bo’lgan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash 
vazifalari. 
Maktabgacha yoshidagi bolalarning jismoniy rivojlanishning o’ziga hosligi,to’lakonli 
jismoniy tarbiyani ta'minlash uchun korreksion tarbiyaviy ta'sirning zarurligi maktabgacha 
yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasining mazmunini belgilaydi.
Maktabgacha davrda bolalar organizmining funksiyalari, bosh miya, nerv tizimi, suyak va 
mushaklar tizimlari jadal rivojlanadi. Eshitish qobiliyatini pasayishini keltirgan kasalliklar 
natijasida ko’pchilik bolalar kam kuvvatli, gimjon bo’ladi, o’zining sog’lom tengdoshlaridan
tana vazni hamda bo’yi jiqatdan orqada qoladi, bolalarning jismoniy harakatlar faoliyati 
susayadi. N. A. Rau kar bolalarning o’ziga hos defektlarini ta'riflab o’tib, omonat yurish, oyoqni 
shapillatib yurish, qupol, muvozanatsiz, muvofiqlashmagan harakatlar, tez toliqish, murakkabroq 
bo’lgan harakatlarni bajara olmaslik kabi hislatlarni e'tirof etgan. Bolalarning eshita va gapira 
olmasligi oqibatida nafas olish tizimi yaxshi rivojlanmagan buladi. A.A. Vengerning 
ma'lumotlariga ko’ra tekshirilgan bolalarning 70% muddatidan kechrok o’tirishni, 50% yurishni 
urganadi. Jismoniy mashqlar, harakatli o’yinlar insonning yurak - tomir tizimida ijobiy 
o’zgarishlar paydo bo’lishiga, moddalar almashinuvini yaxshilanishga, tana vaznining ortishiga 
olib keladi. Doimiy ravishda olib borilgan jismoniy mashqlar ta'sirida ko’pgina fiziologik 
tizimlar faoliyatida ijobiy o’zgarishlar yuzaga keladi, bolalar sog’ligi yaxshilanadi, kasallanish 
hollarini kamayishiga olib keladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi kar va zaif eshituvchi bolalar bilan korreksiya va 
kompensasiya ishlari quyidagi yo’nalishda olib boriladi: 
1. Suyak – bug’inlar xolati va xarakatini sezish kobiliyatini rivojlantirish, atrof muhitda
o’zini idora qilishni, mo’ljal olishni, ya'ni harakatlar tezligi, amplitudasi, yunalishi va 
chegaralarini, muskullarni tarangligi va bo’shligini sezishga o’rgatish. Muskullar holatini 
sezishni rivojlantirish mashqlariga jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida alohida e'tibor beriladi. 
Mashqlar quyidagicha bo’lishi mumkin: ko’zi yopiq xolatda passiv harakatlarni bajarish, nutqiy 
ko’rsatma asosida harakatlarni bajarish, harakatlar doirasini farqlay bilish, muskullarni tarang 
qilish, va bush kuyish. Tug’ri va oqilona tanlangan mashg’ulotlar - markaziy nerv tizimining har 
xil bo’limlariga ta'sir qiladi, kasallik jarayonida paydo bo’lgan patologik shartli reflekslarni 
qayta qurishga yordam beradi. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar bilan o’tkaziladigan 
mashqlarga jismoniy o’sishidagi va harakatlaridagi defektlarni bartaraf etuvchi xamda nafas 


mashqlarini kiritish zarur. Nafas mashqlari chuqur, bir tekis, nutqiy nafasni shakllantirishga 
qaratiladi (fonetik, ritmika). Mashg’ulotlarga qaddi - qomatini to’g’ri tutish, muvozanatni 
saqlash: (kanat, taxta, o’rindiklar ustidan yurish) yassi oyoqlikni bartaraf etish va oldini olish 
(kanat ustida yurish, oyoq uchida,enida va tovonida yurish, narvonga chiqish), mayda va yirik 
qarakatlarni rivojlantirish kabi mashqlarni kiritish kerak. Aksariyat eshitishda nuqsoni bo’lgan 
bolalarning harakat funksiyalari susaygan bo’ladi. Shuning uchun ularga to’g’ri yurish, yugurish, 
sakrashni, buyumlar bilan mashqlar bajarishni o’rgatish kerak. Jismoniy tarbiyaning korreksiya 
kompensasiya vazifalari pedagogik jarayonda amalga oshiriladi va jismoniy tarbiya metodikasini 
belgilaydi.
Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarni har tomonlama kamol toptirishga 
yunaltirilgan jismoniy tarbiya amalga oshiriladi, hamda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: 
1. bolalar sog’ligini muqofaza qilish; 
2. madaniy - gigienik malakalarni shakllatirish; 
3. harakatlarni rivojlantirish; 
4. jismoniy rivojlanishidagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzisidan korreksiey ishni tashkil 
etish; 
5. jismonii tarbiya bilan bog’liq holda bolalar nutqini o’stirish. 
Bolalar salomatligini muqofaza qilish mustahkamlash va chiniqtirish. 
Davlatimiz tomonidan bolalar sog’ligini muhofazasiga va jismoniy kamol topishga katta 
e'tibor berilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maqkamasining 2000 yil 18 dekabrdagi 
"Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi 
qarori, "O’zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to’qrisida"gi 2002 yil 
24 oktyabrdagi Prezident farmoni va boshqa qator davlat qarorlari va dasturlarida bolalarning 
jismoniy o’sishi, salomatligining himoyalanishi va mustaxkamlanishiga oid qator amaliy chora - 
tadbirlar belgilanib amalga oshirilmoqda. Maxsus bolalar bog’chalarida 2-3 yoshdan 7 
yoshgacha bo’lgan bolalar kechayu-kunduz davomida ta'lim-tarbiya oladi. Ularning kun tartibi 
bola organizmining fiziologik jarayonlariga ijobiy ta'sir etadigan holda tashkil etiladi. 
Shuningdek, kun tartibida bolalarning o’ziga xos fiziologik xususiyatlari va korreksion ish 
vazifalari hisobga olinadi. Kun tartibida uyqu, ovqatlanish, o’yin, sayr va mashg’ulotlarga aniq 
vaqt ajratiladi. Kechki uyquga 11 soat, kunduzgi uyquga 1,5 - 2 soat ajratiladi, bunda esa bolalar 
asab tizimini toliqib qolishining oldi olinadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar 4 mahal ovqatlanadi. 
har kuni sayr uchun 3-4 soat vaqt ajratilib, toza havo bola organizmini mustahkamlaydi, 
chiniqtiradi qonni kislorod bilan to’ydiradi, jismoniy faolligini oshiradi. Maxsus bog’chalar kun 
tartibida mashg’ulotlar soni va davomiyligi umumiy bog’chalarga nisbatan ko’proq bo’ladi. Bu 
ham eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar bilan korreksion-tarbiyaviy ishni o’tkazish, shuningdek, 
eshitish qobiliyatini rivojlantirish va talaffuzga o’rgatish mashg’ulotlarni olib borish zaruratidan 
kelib chiqadi. Maxsus bolalar bog’chalarida olib borilgan kuzatuvlar shuni ko’rsatadiki sayrlar 
chog’ida harakatli o’yinlar o’rniga tinch o’iinlar o’tkazilib, guruhlarda ham bolalar kam harakatli 
ish turlari bilan shuqullanadilar, oqibatda ularda gipodinamiya holati vujudga keladi. Kun 
davomida bolalar faoliyati almashtirilishi, harakatlar faolligi ta'minlanishi muhim ahamiyatga 
ega. Turli mashg’ulotlar davomida charchoqni yozadigan harakatlar va mashqlar, mashg’ulotlar 
orasida esa harakatli o’yinlar o’tkaziladi. Kun tartibiga rioya etilgan holda bolaning organizmi 
ma'lum vaqtda ma'lum faoliyatni bajarishga odatlanadi, uning asab tizimi mustaqkamlanadi. 
Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning chiniqtirilishi organizmni yuqumli kasalliklar va 
salbiy ta'sirlarga qarshilik kursatish qobiliyatini oshiradi. Bolalar bog’chasida birinchi yildan
boshlab xavo, suv, quyosh vositasida bolalarning chidamliligi tarbiyalanadi. Bolalar dastlab 
artinishga o’rgatilib, asta-sekin oyoqlarga suv quyishga utiladi. Sharoitlar mavjud bo’lgan holda 
ustidan suv quyib artinish tavsiya etiladi. 
Ish kunlarida xonalarni yaxshilab shamollatish, ochiq derazali xonalarda uqlash, yengil 
kiyimlarda jismoniy tarbiya mashqlarini bajarish maqsadga muvofikdir. Salqin kunlarda 
kunduzgi uyqudan so’ng, yozgi kunlarda peshindan avval chiniqtirishi muolajalari o’tkaziladi. 
Bahor va yozgi davrda suv va havo muolajalari nonushtadan so’ng, soat 11 dan kechiktirmasdan 


olib boriladi. Barcha o’yin va mashg’ulotlar maydonchada o’tkaziladi, bolalarni cho’miltirish esa 
tibbiy xodimlar nazoratida amalga oshiriladi. Chiniqtirish muolajalarini o’tkazishda bolalar 
salomatligi, individual xususiyatlari, xulq - atvori hisobga olinadi. Salomatligi zaif bo’lgan 
bolalarning chiniqtirilishiga ehtiyotkorlik bilan yondashib muolaja vaqti va ta'sirini asta-sekinlik 
bilan o’zgartirish tavsiya etiladi. Madaniy gigienik ko’nikmalarni shakllantirish Maktabgacha 
tarbiya yoshidagi bolalarda madaniy - gigienik malakalarni tarbiyalash ishlari ularning yosh va 
alohida xususiyatlarini hisobga olgan xolda, dastur talablariga muvofiq amalga oshiriladi. 
Maxsus bolalar bog’chasida tarbiyalanayotgan bolalarning kuzatishi bu bolalar ham eshitadigan 
tengdoshlari kabi madaniy-gigiena malakalarini bir xil muddatda egallay olishlarini ko’rsatadi. 
Biroq eshituv qobiliyatining pasaygani va nutqining umuman rivojlanmaganligi uchun madaniy 
malakalarni egallashda bolalarda o’ziga xosliklar namoyon bo’lib, pedagoglardan alohida 
yondashuv talab etiladi. Maxsus ta'lim dasturi talablariga muvofiq ikki yoshli eshitishda nuqsoni 
bo’lgan, bolalarda mustaqil ravishda stol yoniga o’tirish, qoshiqdan foydalanish, piyola, 
stakandan choy ichish, qo’lini yuvish, ba'zi kiyimlarini yechish kabi malakalar tarbiyalanadi. 
Madaniy-gigienik malakalar ilk yoshidan boshlab tarbiyalanadi , maktabgacha davrda kunikma 
va malakalar mustahkamlanadi va mukammallashtiriladi. Ta'limning dastlabki yilida bola kun 
tartibiga o’rgatiladi, oddiy madaniy-gigienik malakalar harakatlarni ko’rsatib berib, so’z bilan 
ifodalash yo’li bilan shakllantiriladi. Bolalar bir vaqtning o’zida ham madaniy-gigienik 
malakalar, ham zarur lug’atni o’zlashtiradi. 4-5 yoshli bolalar mustaqil ravishda o’ziga o’zi 
xizmat ko’rsatishni o’rganadilar. Ular yechinish, kiyinish, tug’ma qadashni, botinka shnurini 
bog’lashni bilmog’i, kiyimidagi betartiblikni payqab, uni kattalar yordamida, yoki mustaqil 
ravishda bartaraf etmoqi, kiyim - kechakni extiyot qilmog’i, yuvinish va ovqatlanish paytida 
kiyimini iflos va xo’l qilmasligi, kiyimini joyga taqlab yoki ilib qo’ymog’i lozim. Bolalar tozalab 
yuvinishga, yuz-qo’lini toza tutishga, ovqatdan keyin og’zini chayishga, tishini tozalashga, 
dastro’moldan foydalanishga, sochini tarashga odatlanadi. Shuningdek, bolalarga harakatlarni 
shovqinsiz bajarish ya'ni stullarni joyiga qo’yish, oyoqni shapillatmasdan va sudramasdan 
yurish, bir-birini turtib yubormasdan harakat qilish o’rgatiladi. Gigienik malakalar alohida 
ko’rsatib berish, mashq qildirish, o’yin, pedagogik baho berish, nazorat qilish vositasida 
shakllantiriladi. Madaniy-gigienik ko’nikmalar shakllanib borishi kattalar tomonidan doimiy 
nazorat qilinishi kerak bo’ladi. Bolalar harakatlarini rivojlantirish. Bolalarning jismoniy va 
psixik o’sishida muhim ahamiyat kasb etuvchi asosiy harakatlar maktabgacha davrda intensiv 
rivojlanib boradi. Mushak-suyaklar tizimi, fiziologik funksiyalar, psixik jarayonlarning rivoji 
bolalarning harakatli faolligi vositasida ta'minlanadi. Bolalarning harakatlari kundalik hayot 
davomida, tarbiyachi tomonidan tashkil etilgan korreksion-pedagogik jarayonda hamda 
bolalarning mustaqil faoliyatlarida rivojlantiriladi. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarga jismoniy 
tarbiya berishda asosan jismoniy tarbiya mashqlari, mashg’otlar, ertalabki gimnastika, harakatli 
uyinlar keng qo’llaniladi. Ertalabki gimnastika organizm faolligini, ish qobiliyatini oshiradi, 
butun organizmga ijobiy ta'sir etib, gavdani to’g’ri tutish, muvozanatni saqlash, ko’nikmalarni 
shakllantiradi, yassi oyoqlikning rivojlanishini oldini oladi. Gimnastikani o’tkazish uchun 
dasturga muvofiq bolalar yoshiga mos qatorga saflanish, qayta saflanish, yurish, yugurish, 
sakrash mashqlari va harakatli o’yinlar tanlanadi. Ertalabki gimnastika kichik guruhda 4-5 
daqiqa, tayyorlov guruxda 10-12 daqiqa davomida o’tkaziladi. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari 
xaftasiga 4 marta butun guruh bilan sport zalida yoki ochiq maydonchada olib boriladi. 
Mashg’ulot uch qismdan iborat bo’lib, kirish qismi, asosiy va yakunlovchi qismlardan tashkil 
etadi, xamda kichik guruxlarda 15 - 20 daqiqa, o’rta guruhlarda 25 daqiqa, katta va tayyorlov 
guruxlarda 35 daqiqagacha davom etadi. Jismoniy tarbiya dasturida xar yil uchun amalga 
oshiriladigan vazifalar, asosiy harakatlarning turlari, yozma, daktil va og’zaki ravishda 
qo’llaniladigan lug’at boyligi belgilanadi. Maxsus bolalar bog’chasining jismoniy tarbiya 
mashg’ulotlarida saflanish, yugurish, sakrash, emaklash, tirmashish kabi harakatlar, umum 
rivojlantiruvchi mashqlar, gavdani to’qri tutish, muvozanatni saqlash, yassioyoqlikni bartaraf 
etuvchi va oldini oluvchi korreksion mashklar olib boriladi. Eshitishda nuksoni bo’lgan bolalar 
bog’chalarida olib boriladigan jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining mazmuni va olib borish 


metodikasi G. V. Trofimova, Z.Mamarajabova, M.Xamraevalar tomonidan ishlab chiqilgan. 
O’quv qo’llanmada bolalarning jismoniy rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda tuzilgan 
mashg’ulotlar ishlab chiqilgan. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari kirish qismi, asosiy va 
yakunlovchi qismlardan tashkil topib, muayyan izchillikda utkaziladi. Mashg’ulotning kirish 
qismida bola organizmi jismoniy yuklama olishga tayyorlanadi, uning kayfiyati ko’tariladi. 
Kirish qismida yurish, yugurish mashqlari, diqqatni o’stiruvchi o’yinlar tashkil etiladi. Asosiy 
qismida predmetlar bilan yoki ularsiz umumrivojlantiruvchi mashqlar, xarakatli o’yinlar olib 
borilib, bolalar faolligi oshiriladi. Mashg’ulotning yakunlovchi qismida bolani tinchlantiruvchi 
osoyishta mashqlar bajariladi. har bir jismoniy tarbiya mashg’ulotiga yurish mashqlari bolalarda 
barqaror yurish, gavdani tutish malakalari hosil bo’ladi, harakatlar moslashuvi yaxshilanadi. 
To’g’ri, muvozanatli harakatlarni rivojlantirish maqsadida predmetlar orasida yurish, tayoq, 
kanat, kubik ustidan qatlab o’tish mashqlarni bajarish tavsiya etiladi. Bolalar bittadan, ikkitadan, 
gurux bo’lib, yunalishni bilgan holda, bir birini turtmasdan yurish va yugurishni o’rganadilar. 
Yugo’rish mashqlardan to’p -to’p bo’lib, guruh bo’lib, doira bo’ylab, predmetlar orasidan o’tib, 
koptok ketidan, bayroq, o’yinchoq yoniga yugurish mashqlari ham harakatlar erkinligi va 
barqarorligini ta'minlaydi jismoniy tarbiya mashg’ulotlarning samaradorligi ko’p hollarda bolalar 
harakatlarining faolligiga bog’liqdir.Olib borilgan kuzatuvlar jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida 
ba'zan, tushuntirishlarga ko’p vaqt ajratilib harakatlar faolligini pasayib ketganligini kursatadi. 
Z.Mamarajabova, M.Xamraevalarning tadkikotlarida eng qulay harakatlar faolligi 60 - 75% 
tashkil etishi e'tirof etiladi. Bolalar harakati faolligini oshirishga uyin usullari yordam beradi. 
Kichik maktabgacha yoshda turli hayvonlar, qushlar harakatiga taklid kilishga o’rgatadigan, 
mashina, samolyot va boshqa narsalarning harakatlarini ifodalaydigan uyin - harakatlar 
bajariladi, katta maktabgacha yoshdagi bolalar bilan musobaqa, bellashuv tarzdagi mashqlar 
o’tkaziladi. Musobaka va bellashuvlar bolalarni faollashtiradi, ularda botirlik, kat'iylik, irodalilik 
kabi hislatlarni tarbiyallaydi. harakatli uyinlar barcha yosh guruxlarida, har xil vaktda tarbiyaviy 
vazifalarga muvofiq o’tkaziladi.
Harakatli o’yinlar davomida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi. 
1) Bolalar harakatlarni rivojlantiriladi va takomillashtiriladi; 
2) tarbiyachiga tahlid qilib hamda nutqiy ko’rsatmasiga muvofiq harakatlarni bajarishni 
o’rgatiladi; 
3) o’yin qoidalariga ko’ra tengdoshlar jamoasida harakat qilishni o’rgatiladi. 
Jismoniy tanaffus va daqiqalar bolalar charchog’ini olish, ishchanligini oshirish, faol dam 
olishini tashkil etish maqsadida tashkil etiladi. Jismoniy tanaffus mashg’ulotlar orasida tashkil 
etilib, tarbiyachi bilan birgalikda yoki mustaqil ravishda turli mashqlar bajariladi. 
Mashg’ulotlarda o’tkaziladigan jismoniy daqiqalar bolalar faoliyatiga mos holda tanlanadi va 
ularni faollashtirish uchun xizmat qiladi. Katta guruhlarda harakatlar bajarishda bolalar talaffuz 
imkoniyatlari doirasida turli so’z, ibora, sanamalar va she'rlar ham aytiladi. Mustaqil uyinlar va 
faol harakatlarni tashkil etishda tarbiyachidan alohida e'tibor talab etiladi. Kuning turli 
vaqtlarida: nonushtadan avval, mashg’ulotlar orasida, sayrlarda, o’yinlar paytida, uyqudan oldin 
bolalarning mustaqil faol harakatlari tashkil etiladi. Bolalarning harakatlarini cheklash, ularni 
doim bir joyga o’tkazib qo’yish yaramaydi. Bolalar doim harakatda bo’lmog’i va tarbiyachi 
bolalar faolligini yo’naltirmog’i lozim. Sayirlar davomida harakatli o’yin va sport mashqlariga 
muhim o’rin ajratiladi va mashqlar bolalaring jismoniy imkoniyatlari, yil fasli, iqlim sharoitiga 
mos ravishda tashkil etiladi. Qishki kunlarda chanada uchish, qor bo’ron o’ynash, qor bola 
yasash tashkil etiladi, yozda esa bolalar velosiped, samokatda uchadilar, sakragich, koptok 
uynaydilar. Sayir davomida maydonchani xas-hashlardan tozalash, o’simliklarni parvarish 
qilish, bog’ va polizda mexnat qilish kabi ishlari ham tashkil etilib, ular bolalarning harakatlarini 
rivojlantirishga xizmat qiladi. 


4-§ Jismoniy tarbiya jarayonida korreksion ishlarni tashkil etish. 
Maxsus 
maktabgacha 
ta'lim 
muassasalarida 
bolalarning 
harakatlanish 
faoliyatidagi 
kamchiliklarni bartanaf etish, so’zlashuv nutqini o’stirish maqsadida umumiy rivojlantiruvchi 
jismoniy mashg’ulotlardan tashqari korreksion mashqlar ham bajariladi. Bu jarayonga alohida 
yondashish lozim bo’ladi. Gavdani to’g’ri tutishni o’rgatish uchun qorinda yotgan holda 
mashqlar qilish, gimnastik narvonga chiqib tushish mashqlari bajariladi. Muvozanatni saqlashga 
kanatdan yasalgan yulakchadan, taxta, qiya qo’yilgan taxta, o’rindiq ustidan yurish mashqlari 
xizmat qiladi. Yassioyoqlikni bartaraf etish va oldini olish maqsadida bolalarga kanatni ustida 
yurish, oyoq panjalari bilan bilan arqonni dumalatish, kanat ustida turish, yonlamachasiga yurish, 
oyoq uchida, yonida, tovonda yurish, gimnastik narvonga tirmashib chiqish va tushish mashqlari 
o’rgatiladi. Tarbiyalanuvchilaring nafas organlari hamda ko’krak qafasining faoliyatini 
yaxshilash uchun mashqlar majmuasini bajariishni tavsiya etiladi. Nafas mashqlari bolalarda 
birtekis, nutkiy nafasni shakllantiradi, fonetik ritmika nafas, ovoz, talaffuz va harakatlarni 
rivojlantiradi. Psixolog va fiziologlarning tadkikotlari og’zaki nutqning rivoji umumiy xarakat 
faoliyati bilan bog’liqligidan dalolat beradi (A.Pavlov, V.S.Vigotskiy). A.A.Befanining 
tadqiqotlarida musiqani idrok etishga, musiqa ohangi va maromini qabul qilishga qo’l xarakatlari 
ham yordam berishi ko’rsatilgan. Ilk yoshidagi bolalar bilan olib borilgan tadqiqotlar nutqning 
o’sishi qo’lning mayda xarakatlarining rivojlanishi bilan bog’likligini isbotlab berdi. (Befani
A.A, Rol dvijeniy v prosesse vospriyatiya ritmicheskix slov). Shunday qilib, xarakat 
qilish mashqlarini nutqiy mashqlar bilan uyqunlashtirib o’tkazilishi eshitishda nuqsoni bo’lgan 
bolalarni og’zaki nutqini o’stirishda muhim o’rin tutayotgani tadkikotlarda tasdiklangan. Nutq 
o’stirish mashqulotlariga xarakatlarni tovushlar, bo’qinlar, so’z, jumlalar talaffuzi bilan 
uyg’ulashtirib bajarishga qaratilgan fonetik ritmika mashg’ulotlari kiritilgan. Fonetik ritmika 
nutqni va xarakatlarni, analizatorlar faoliyatini rivojlantirib, eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar 
nutqini eshituvchi bolalar nutqining ohangi va maromiga yaqinlashtirilishiga yordam beradi. 
Mashg’ulotlarda xarakatlar bilan birgalikda eshituv qobiliyatini rivojlantirishga oid ish ham olib 
boriladi. Bolalar baraban, doyira tovushlarining oqangiga va maromiga mos ravishda 
xarakatlarni bajarishiga o’rgatiladi. Musiqa mashg’ulotida musiqa ohanglari jo’rligida gimnastik 
mashqlar bajaradi, qo’shiq aytadi, raqsga tushadi, o’ynaydi. Borliqni idrok etish jarayoni xarakat 
va faoliyat bilan bog’likdir, ya'ni xarakatlarning rivojlanishi bolalarning aqliy usishiga yordam 
beradi. Jismoniy tarbiyalash jarayonida bolalarning so’zlashuv muloqoti uchun zarur bo’lgan 
nutk ham shakllanib boradi. Tarbiyachi aytgan so’zlari va ko’rsatgan yozuvli kartochkalari 
bolalar tomonidan global idrok etiladi, ya'ni ko’rib-eshitiladi. Daktilologiyani o’zlashtirgan 
bolalar kartochkada yozilgan so’zni daktillaydi va og’zaki o’qiydi. Kun tartibidagi faoliyatni 
amalga oshirish jarayonida ham bolalarning nutkiy muloqoti shakllanib boradi. Jismoniy tarbiya 
mashg’ulotlarda bolalarga so’zli nutq vositasida muomalada bo’lish o’rgatiladi. Jismoniy tarbiya 
dasturida xarakatlarni o’stirishga oid lug’at boyligi belgilangan. har bir o’rgatiladigan yangi 
xarakat nutqsiz ko’rsatilib, bolalar uni taqlid asosida bajaradi. xarakat o’zlashtirilgandan so’ng, 
nutkiy ko’rsatma asosida bajarilishiga o’tiladi. Keyinchalik barcha o’zlashtirilgan xarakatlar 
faqat nutqiy ko’rsatma asosida bajariladi. Pedagog o’z ko’rsatmalarida topshiriqlarni bajarish 
uchun zarur bo’lgan so’z va iboralardan foydalanadi. Jismoniy tarbiya ahloqiy tarbiya bilan 
chambarchas holda amalga oshiriladi. Jismoniy mashqlar bolalarning irodasi va xarakterini 
mustaqkamlaydi. O’yin va mashqlar davomida bolalarda tartib intizom, jamoatchilik hissi, o’z 
xoqish va ishtiyoqlarini uyin qoidalariga bo’ysundirish kabi hislatlar tarbiyallanadi. Jismoniy 
mashqlar bolalar sog’ligini mustaqkamlanishiga hizmat qilishi uchun o’yin, jismoniy tarbiya 
mashqlarini o’tkazish paytida bolalarda yaxshi kayfiyatni vujudga keltirish kerak. Ijobiy xis 
tuyg’ular fiziologik jarayonlarni normal o’tishiga yordam beradi. Bolalarda nafas olish faoliyati,
moddalar almashinuvi normallashadi. Bolalarning yaxshi kayfiyati aksariyat hollarda 
tarbiyachilarning bolalarga bo’lgan munosobatiga bog’lik bo’ladi. Jismoniy tarbiya 
vazifalarining bajarilishi bolalarning ta'lim tarbiyasining samarali olib borilishi uchun zamin 
yaratadi. Bolalar bog’chasida kun tartibiga rioya qilish, to’g’ri ovkatlanish, jismoniy mashqlar, 


harakatli uyinlar, bularning barchasi jismoniy tarbiya vositalaridir. Maktabgacha tarbiya 
yoshidagi bolalarga hos bo’lgan o’ta qabul qiluvchanlik, sharoitlar o’zgarishiga yengil 
moslashish qobiliyati bir kator ta'limiy vazifalarni ham amalga oshirish imkoniyatini yaratadi, 
chunochi:kerakli ko’nikma va malakalar shakllantiriladi, jismoniy sifatlar (chaqqonlik, kuchlilik, 
chidamlilik, tezkorlik, egiluvchanlik, muvozanat, ko’z bilan chamalash) o’stiriladi, to’qri qaddi-
komat, gigiena ko’nikmalari tarbiyalanadi, jismoniy tarbiya haqidagi bilimlar o’zlashtiriladi. 
Bolalardagi xarakat ko’nikmalari (emaklash, yugurish, velosipedda uchish va x.k.) nisbatan 
yengil shaklanadi va ular bolaning atrof muqit bilan aloqasini osonlashtiradi. Bola chanada 
uchayotib qor, shamolning, suvda suzayotib suvning hossalari bilan tanishadi. 
Bolalar gavda qismlarining nomini, xarakat yunalishini(yuqoriga, pastga, oldinga, orqaga, 
o’ngga, chapga,aylanish,sakrash) jismoniy tarbiya jiqozlarining nomi va qanday maksadda 
ishlatilishi, ularni asrash va foydalanish , shuningdek, kiyim - kechak va poyabzalni toza 
saqlash qoidalarini bilishlari kerak. Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish jarayonida bolada 
tabiat hodisalari, ijtimoiy qayot, hayvonlar, qushlar, hashoratlar haqidagi bilimlarni 
mutaqkamlash zarur. Bolalarda sport mashg’ulotlariga kiziqish va ishitiyoqni, sport natijalariga, 
sportchilarning yutuqlariga qiziqishni tarbiyalash lozim. Jismoniy mashqlarni bajarishda
xarakterning ijobiy hislatlarini (uyushqoqlik, intizomlilik, kamtarlik, ko’ngilchanlik va 
hokazolar) shuningdek, ahloqiy fazilatlar halollik, haqqoniylik, o’rtoqlik hissi, o’zaro 
yordam), jamoada shuqullanish malakasi, topshiriqlarni mas'uliyat bilan bajarishni tarbiyalash, 
shuningdek, irodaviy fazilatlar (botirlik, qat'iylik, o’z kuchiga ishonch, qiyinchiliklarni
yengishda sabotlilik, chidamlilik va b.) ni namoyish qilish uchun qulay sharoit yaratiladi. 


 Savol va topshiriqlar 
1. Eshitishda nuqsoni bo’lgan maktabgacha yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalashda jismoniy 
tarbiyani tutgan roli. 
2. Eshitishda nuqsoni bo’lgan maktabgacha yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash vazifalari. 
3. Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalar kun tartibining ahamiyati nimada. 
4. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarda o’z o’ziga xizmat qilish malakalari qanday tarbiyalanadi. 
5. Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarning harakatlari qanday rivojlantiriladi. 
6. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni jismoniy tarbiyalashda korreksion ishning mohiyati 
nimada. 
Adabiyotlar :
1.Vlasova T.A. O vliyanii narusheniya sluxa na razvitie rebenka M.1954 
2.Belova N.I. Spesialnaya doshkolnaya surdopedagogika M. 1985 
3.Golovchis L.A. Doshkolnaya surdopedagogika M.2001 
4. Trofimova G.V. razvitie dvijeniy u doshkolnikov s narusheniyami sluxa. M.1979 
5. P.Yusupova Maktabgacha tarbiya pedagogikasi T. O’qituvchi 1992 
6.Z.Mamarajabova, M.Xamraeva Eshitishda nuqsoni bo’lgan maktabgacha yoshidagi bolalar 
harakatlarini rivojlantirish. T. 2006 
8 –BOB 
Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning aqliy tarbiyasi 


1-§ Aqliy tarbiya vazifalari 
Yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishda aqliy tarbiya muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalar
bohasida bolalarni aqliy jihatdan rivojlantirish va maktab ta'limiga tayyorlash vazifalari amalga 
oshiriladi. Ma'lumki, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning psixik va fiziologik jarayonlari 
jadal rivojlanadi, ularning nutqi, muloqot qilish hamda borliqni idrok qilishi vositasi sifatida 
shakllanadi. Maktabgacha yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi kattalar bilan hamda o’z 
tengdoshlari bilan doimo turli muloqotda bo’lish vositasida, har xil faoliyat jarayonida 
ta'minlanadi. Bolalarning aqliy jihatdan kamol topishi uchun bilim va ko’nikmalarini 
shakllantiruvchi, aqliy faoliyatni rivojlantiruvchi mashg’ulotlarni muntazam olib borish zarurdir. 
Eshitishda nuqsoni bo’lgan maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy jihatdan tarbiyalash murakkab 
vazifa hisoblanadi, chunki, eshituv analizator faoliyatining buzilishi nafaqat bola nutqining 
shakllanishiga, balki uning umumiy kamolotiga salbiy ta'sir etadi. N.A.Rau, N.G.Morozova, 
B.D.Korsunskaya, A.A.Kataeva, L.P.Noskova, T.I.Obuxovalar, U.Fayzieva, Z.Mamarajabova, 
X.Gaynutdinovlar tadqiqotlarida eshitishda nuqsoni bo’lgan maktabgacha yoshdagi bolalarni 
aqliy jihatdan kamolotga yetkazish masalalari o’rganilgan. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha 
eshitishda nuqsoni bo’lgan va normal eshitadigan bolalarning umumiy rivoji bir xil yunalishda 
kechsada, ular maxsus o’qitmilasa buday rivojlanish sust kechadi. Bolalar predmetlarni ko’rib 
idrok etish sohasida orqada qoladilar, ularda sog’lom bolalarga nisbatan predmetlarni taqqoslash, 
taniy olish jarayonlari sustroq kechadi. Nutqning umuman rivojlanmaganligi, bolalarning 
bilishga doir faoliyatning rivojiga va so’z mantiqiy tafakkurning shakllanishiga to’sqinlik qiladi. 
Bog’chaga kelgan 2 - 3 yoshli kar bolalar umumiy rivojlanish jihatdan eshitadigan 
tengdoshlaridan ancha orqada qoladi. Psixologlar T.V.Rozanova. N.V. Yashkovalarning 
tadkikotlari maktabgacha ta'lim muassasalardi ta'lim olgan 7-8 yoshli kar bolalar tafakkurining 
rivojlanishi ham eshita oladigan tengdoshlariga nisbatan ancha orqada qolishini ko’rsatdi. 
Tadqiqotlarda (L.I.Tigranova) eshita oladigan tengdoshlariga nisbatan nutqiy rivojlanishida 
orqada bo’lgan 7-8 yoshli zaif eshituvchi bolalarning umumlashtirish qobiliyatining va fikrlash 
faoliyatining o’ziga hosliklari aniqlangan. Kar bolalar so’zlashuv nutqni yetarlicha darajada 
egallay olmaydilar va nutk vositasida berilgan oddiy ko’rgazmali amaliy masalalarni bajarish 
jarayonida nutqdan to’liq foydalana olmaydilar. Eshitishda nuqsoni bo’lgan maktabgacha 
yoshdagi bolalarni aqliy jixatdan tarbiyalashga juda jiddiy e'tibor berish zarur. Aqliy tarbiyalash 
jarayonida bolalar zarur bilim va ko’nikmalarni egallaydi, ularda borliq xaqida tasavvurlar 
shakllanadi, idrok, xotira, hayol, tafakkur kabi psixik jarayonlar rivojlanadi, shaxsning faollik, 
mustaqillik, bardoshlilik, kiziquvchanlik kabi ijobiy xislatlari shakllanadi. Shunday qilib, 
bolalarni aqliy jihatdan tarbiyalashning vazifalari quyidagilardan iboratdir: atrofdagi borliq 
to’qrisida tasavvur va tushunchalarni shakllantirish; psixik bilish jarayonlarini rivojlantirish: 
akliy faoliyatning oddiy usullarini shaklantirish; muloqot vositasi sifatida og’zaki nutqni 
shakllantirish. Bolalarni aqliy jiqatdan tarbiyalash ishlari jismoniy, ahloqiy, mehnat va estetik 
tarbiya bilan uyqunlikda amalga oshiriladi. Aqliy tarbiya yagona korreksion - tarbiya jarayonini 
tashkil etib, bolaning umumiy kamolotini va maktab ta'limiga tayyorgarligini ta'minlaydi. 
Mashg’ulotlarda o’qitish, o’yin, mehnat va boshqa faoliyatlar - maktabgacha yoshdagi kar va 
zaif eshituchi bolalarni aqliy jihatdan tarbiyalash vositalari bo’lib hizmat qiladi. 
2-§ Borliq to’qrisidagi tasavvur va tushunchalarni shakllantirish. 
Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni aqliy jihatdan kamolotga yetkazish ularning borliq 
to’g’risidagi dastlabki ma'lumotlarni o’zlashtirish zaminida amalga oshiriladi. Maxsus bolalar 
bog’chasiga og’zaki nutqi rivolanmagan, atrofidagi odamlar va hodisalar haqida cheklangan 
ma'lumotga ega bo’lgan 2-3 yoshli bolalar keladi. Shuning uchun maxsus maktabgacha tarbiya 
muassasalarida bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish va nutqni o’stirish ishlari doimiy 
ravishda bolalarning o’yin, mehnat, o’quv faoliyatlarida olib boriladi. Kar va zaif eshituvchi 


bolalar bog’chalarining ta'lim-tarbiyasi dasturiga "Tevarak-atrof bilan tanishtirish" bo’limi 
kiritilgan. Tarbiyachi olib boradigan bu mashg’ulotlar mobaynida bolalar atrofdagi narsalar va 
hodisalar haqida, buyumlarning tuzilishi, qanday ishlatilishi va qanday foydalanishi to’g’risida 
tushunchalarga, shuningdek, insonlar va hayvonlar hayoti hakidagi dastlabki ma'lumotlarga ega 
bo’ladilar. O’rganilayotgan narsalar haqida bolalar kengroq taassurot va tushuncha olishlari 
uchun ularni atrofidagi narsalar bilan tanishtirishda: kuzatish, ekskursiya, tabiiy narsalar bilan 
turli xatti-harakatlar bajarish, kinofilmlar va diafilmlarni tomosha kilish, suratlarni ko’rish, 
tematik albomlar tuzish, o’yin o’tkazish kabi turli usullardan foydalaniladi. Atrofdagi narsalar 
bilan tanishuvi va predmetlarni qo’llash jarayonida bolalar zarur lug’atni o’zlashtiradilar, nutq 
o’stirish mashg’ulotlarida esa nutqiy malakalar mustahkamlanadi va faollashtiriladi. Ta'limning 
birinchi yilida atrofdagi narsalar haqida olingan dastlabki ma'lumotlar keyinchalik yana 
kengaytiriladi va aniqlashtiriladi. Masalan, "Jonivorlar" va "Usimliklar" mavzularini 
o’rganilishini ta'lim yillari bo’yicha ko’rib chiqamiz. Dastlabki yili bolalar hayvonlarni jonli 
tabiat burchagida, ko’chada, hovlida, hayvonot bog’ida kuzatadilar, ularni kinofilm va 
telekursatuvlarda tomosha kiladilar. Bolalar qayvonlar va parrandalarni kuzatish jarayonida 
ularning qayorda yashashi, nima bilan oziqlanishini bilib oladilar, qayvonlarning nomlarini, ular 
tomonidan qilinadigan harakatlarning nomlarini (o’tiryapti, yeyapti, uqlayapti, yotibdi, 
vovillayapti, chopayapti) bilib oladilar. Sayir vaqtida darahtlar va gullarning o’sishini, yilning 
turli fasllarida o’zgartirishini kuzatadilar. Xona o’simliklarining o’sishini kuzatib borib, ularni 
doimo sug’orib turish va parvarishlab turish kerakligini bilib oladilar. Ta'limning ikkinchi yili 
mazkur mavzular bo’yicha bolalarning bilimlari kengayadi. Ular hayvonlar va ularning bolalari 
xaqidagi yangi ma'lumotlarni uzlashtiradilar, qayvonlar qaerda yashashini, nima bilan 
ovqatlanishini, odamlarga qanday foyda keltirishini bilib oladilar. Borliq to’g’risidagi 
ma'lumotlarni olish jarayonida bolalar fikr yuritishga, tashlil qilishga, taqqoslashga, 
umumlashtirishga o’rganadilar. Olingan ma'lumotlar asosida uy va yovvoyi hayvonlarni ajrata 
oladilar. Ta'limning uchinchi, to’rtinchi yilida yovvoyi hayvonlarni, issiq va sovuq 
mamlakatlarda yashovchi hayvonlarni farqlaydilar, ularning tana a'zolarini, shuningdek, 
o’simliklarning tuzilishini farqlay oladilar. To’rtinchi yili hayvonlar va o’simliklar
haqida ilgari olingan ma'lumotlar umumlashtiriladi va tartibga solinadi, bolalar ishlovchi va 
ko’chmanchi qushlarni bilib oladilar, uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar, hayvonot bog’ida 
yashovchi hayvonlar hayoti haqidagi bilimlari chuqurlashtiriladi, o’simliklar hayoti to’g’risida, 
insoning o’simliklarni parvarish qilish to’g’risida tasavvurlari kengaytiriladi. Tevarak atrof bilan 
tanishish jarayoni jamiyatshunoslik, tabiatshunoslik, matematika sohalariga taaluqli dastlabki 
bilimlarning manbai qisoblanadi. Mashqulotlarda insonlar (oila, qarindoshlar, gruppadosh 
o’rtoqlari) haqida ma'lumotlar oladi, kasblar bilan tanishadilar, katta yoshdagilarning mehnati 
kuzatildi, turli mehnat asbob va jiqozlarning vazifasi haqida bilimlar oladilar, kishilar 
mehnatining natijalari bilan tanishadilar. "Bayramlar va ko’ngil xushliklar" mavzusini 
o’rganishda bolalar milliy bayram, urf-odatlar, an'analar, qadriyatlarimiz to’g’risida 
tushunchalarga ega bo’ladi. 
3-§ Bolalarning psixik bilish jarayonlarini rivojlantirish. 
Psixik jarayonlarni, ya'ni, idrok, xotira, tafakkurni rivojlantirish-aqliy tarbiyaning muhim 
vazifalaridan biridir. Atrofdagi predmet va hodisalar haqidagi bilimlar ko’rish, sezish, xid va 
ta'mni bilish, kinesteziya vositasida hosil bo’ladi. Aqliy tarbiya sensor jarayonlar, ya'ni his etish,
idrok, tasavvurlarni rivojlantirish negizida bolalarning turli faoliyatlarida amalga oshiriladi. 
Maxsus bolalar bog’chasida birinchi kundanoq, tarbiyachi va surdopedagog izchillik bilan sensor 
tarbiya amalga oshirishiladi. Sensor tarbiya, bolalarning bilishga oid qiziqishlarini 
rivojlantirishga atrofdagi narsalarni har tomonlama idrok etishga qaratiladi. Kattalar bolalarning 
diqqat-e'tiborini yorkin rangli predmet va o’yinchoqlarga jalb qiladi, persepsiya kilishni, ya'ni 
ularni ko’zdan kechirishni, paypaslab ko’rishni, o’yin harakatlarini bajarishni o’rgatadi. Asta -
sekin bolalarda predmetlarni o’rganib chiqishga qiziqish paydo bo’ladi, ularning sezgi tajribasi 


ortib boradi. Predmetlarni o’rganib chiqish metodi predmetlarning sifat va hossalarini idrok 
etish, tahlil kilish, taqqoslash, umumlashtirish maqsadida qo’llaniladi. Masalan, tasviriy faoliyat 
mashg’ulotida loydan shar yasash paytida avval namuna bolalarga ko’rsatiladi, ularning e'tibori 
sharning shakliga jalb etiladi. Aniq tasavvurlar shakllanishi uchun har bir bola sharni qo’liga 
oladi, shar ustidan barmog’ini yurgizadi, kartochkada yozilgan so’zlarni idrok etadi va shu orqali 
predmetni yaxshiroq eslab koladi.Barcha mashg’ulotlarda bolalar predmetlarning rangi, shakli, 
xajmi, sifati, fazoviy munosabatlari haqida tushunchalarga ega buladilar. Shuningdek, qog’oz, 
mato, karton, yog’och, paxta, tabiiy materiallar bilan ishlashni, mehnat qurollarini ishlatishni 
o’rganadilar, mehnat malakalarini egallash bilan birgalikda mehnat mahsulotlarni tahlil 
qilish,taqqoslash, umumlashtirishni, mehnat faoliyatini rejalashtirishni, mehnat natijalarini ko’ra 
bilishni o’rganadilar. Turli qog’ozlar bilan ishlash paytida qoqoz oq, rangli, yupka, qalin, silliq, 
qadir-budir bo’lishini, uni buklash, qirqish, yirtish mumkinligini, undan turli narsalar yasalishini 
bilib oladilar. Geometrik shakllar haqida tasavvurlarni rivojlantirish paytida tarbiyachi qog’ozni 
buklash yuli bilan boshqa shakl hosil qilishini o’rgatadi ("Kvadratdan ikkita uchburchak qanday 
yasaladi" - " Kvadrat ikkiga buklanadi", "Kvadratdan qanday qilib doira hosil bo’ladi" 
"Kvadratning burchaklari kesib olinadi"). Dastlab doirani kvadrat ustiga qo’yib, ustidan 
chiziladi, so’ng andoza bo’yicha qirqib olinadi. Keyinchalik bolalar ko’z bilan chamalab shaklni 
qirib oladilar. qoqoz va matodan narsa yasash jarayonida bolalarning mayda qo’l harakatlari 
rivojlanib, turli mehnat malakalari shakllanadi, ularining psixik jarayonlari, nutqi rivojlanadi. 
Bolalarda o’quv faoliyatiga qiziqishi paydo bo’ladi, ular so’z ma'nosini bilib olishga intiladi, 
taqlid qilib turli narsalardan foydalanishga o’rganadi, Ta'limning birinchi yilida diqqat, xotira, 
taqlidchilikni rivojlantiruvchi o’yinlar o’tkaziladi. Ular kir yuvish, miq qoqish, yuvinish, ovqat 
pishirish va boshqa harakatlarga tahlid qilish mashqlarni bajaradi, asta-sekin mayda qo’l 
harakatlari rivojalanib daktil belgilarni ifodalashga o’tadilar. Bolalar mashg’ulotlarda o’xshash 
yoki bitta belgisi bilan farqlanadigan juft narsalar va suratlarni solishtirishni va tanlashni, 
narsalarni paypaslab ko’rib bilishni, yashirilgan o’yinchoqlarni eslab qolishni va taqqoslashni 
o’rganadilar. Bolalar bilan qo’yidagi didaktik o’yin va mashg’ulotlarni o’tkazish mumkin: 
"Ko’zgu", "Bunday mumkin - mumkin emas", tayoqchalardan shakklarni yasash, namunalarga 
qarab mozaika bilan ishlash. E'tiborni, rivojlantiruvchi o’yinlardan: "Tanla" (narsalar yoki 
suratlarga mos yozma jadvalchalar topish), "Signal bo’yicha top", "Sharni dumalat", "Loto" 
o’yinlari o’tkaziladi. Daktillash bo’yicha qo’yidagi o’yinlar va mashqlar o’tkaziladi: "Bunday 
qil", "O’zing tanla va ko’rsat", "O’ylab top", "Loto". Narsalarning kattaligi, rangi, shaklini 
farqlash maqsadida matryoshka qo’g’irchoq, qo’ziqorin, tuxumchalar, piramidachalar, 
sharchalar kabi didaktik o’yinchoqlar, "Geometrik loto", "Seqrli qopcha", "Rangiga ko’ra tanla" 
va boshqa o’yinlardan foydalaniladi. O’yin va o’yinchoklardan mashg’ulotlarda va mustaqil 
o’yinlarda bolalarning sensor tajribasini mustaqkamlash va sensor rivojlanish darajasini 
tekshirish uchun foydalaniladi. Eshitish qobiliyatini rivojlantirish ham eshitishda nuqsoni 
bo’lgan bolalarni sensor tarbiyalash vazifalaridan biridir. Bolalar nonutqiy va nutqiy tovushlarni 
ajratadilar, eshitib turib musiqa, ashula, nutqni farqlay olishni o’rganadilar. Muntazam 
o’tkazilgan mashg’ulotlar natijasida maktabgacha yoshdagi kar bolalar tanish bo’lgan 
qo’shiqlarni farqlay boshlaydilar. Eshitish qobiliyatini rivojlantirish bo’yicha ishlar bolalarning 
tovushlar haqidagi tasavvurlarning boyitilishiga yordam beradi va ularning og’zaki nutqining 
sifatiga ijobiy ta'sir ko’rsatadi. Kattalarning raxbarligida tarbiyalanadigan diqqat, xotira 
bolalarning aqliy jihatdan rivojlantirishdan katta ahamiyatga kasb etadi. Tasviriy faoliyat 
mashg’ulotlari, mozaikadan naqsh yasash o’yinlari, bolalardan diqqat-e'tiborni jamlashni talab 
qiluvchi didaktik o’yinlar, og’zaki topshiriqlarni yoki kattalarni hikoyasini idrok etish ham aqliy 
tarbiya vositalaridir. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar uchun eshitish qobiliyatini rivojlantirish 
va talaffuzga o’rgatish mashg’ulotlarida diqqat - e'tibor aloxida ahamiyatga ega. Maxsus bolalar 
muassasalarida ko’rmay turib ya'ni (gapiruvchining lablarini va yuzining pastki qismini berkitib) 
nutqiy materialni idrok etish bo’yicha mashg’ulot o’tkaziladi, bunda tanish materialning bir 
qismi faqat eshitish uchun beriladi. Musiqa mashg’ulotlarida bolalar royaldan ma'lum masofada 
unga teskari o’g’rilib turib muzikani qabul qilishga va farqlashga o’rganadilar. Bunday sharoitda 


musiqani idrok qilish bolalardan diqqat-e'tiborni jamlashni talab etiladi. Ixtiyoriy barqaror 
e'tiborni tarbiyalashda mashg’ulotlarni bolalarning qiziqishlarini xisobga olib tug’ri tashkil 
qilish, ko’rgazmali qo’llanmalardan foydalanish, mashg’ulot va dam olish vaqtini aniq 
taqsimlash muhim ahamiyatga kasb etadi. Tarbiyachi bolalarga o’rganiladigan predmetlar va 
xodisalarga e'tiborni ongli ravishda qaratishni o’rgatadi, ularda kuzatuvchanlik, sinchkovlikni 
tarbiyalaydi. Masalan, xonadagi gullarni parvarish qilish jarayonida ularning o’sishi va gullashi 
kuzatiladi. Tabiatga ekskursiya va sayrlar tashkil etish vaqtida ob-qavo, hodisalari, o’simliklar 
qanday o’sishi va o’zgarishi kuzatiladi. Kuzatuv xaqidagi ma'lumotlar suhbatlarda 
aniqlashtiriladi va mustaxkamlandli. Kuzatilaetgan hodisalar, mavsumiy o’zgarishlar bilan 
bog’lik ekanligi tushuntiriladi: qushlar uchib ketdi, chunki havo sovuq, baxorda ular qaytib 
keladi, chunki havo issiq bo’ladi. Daryoda suv muzladi, chunki havo sovuq. Bolalar oyoq yalang 
va trusik maykada chopishmoqda, chunki yoz, qavo issiq". Olingan bilimlar hikoyalarda 
umumlashtiriladi, rasmlarda aks ettiriladi. Maktabgacha ta'limmuassasasida bolalar hayoti 
unumli tashkil etilsa ularda hosil bo’lgan turli xil boy taassurotlar sensor tajribaning manbai 
bo’lib xizmat qiladi. Bolalarda o’ziga-o’zi xizmat ko’rsatish malakalarini shakllantirish 
jarayonida mayda motorikani rivojlantiruvchi har xil mashqlarni o’tkaziladi,bolalarni har xil 
narsalarni ko’rib chiqish va ularni taqqoslash va farqlashni, harakatlarni eslab qolishni, 
natijalarni umumlashtirishni urgatiladi. Masalan, dasturxon tuzayotib navbatchi kosa va 
piyolalarni, qoshiq va taqsimchalarni to’qri qo’yishni bilishi kerak. U narsalarning qancha 
kerakligini ("Likopcha kanchaq bolalar kancha q", "qoshik qancha bo’lsa likopcha shuncha"), 
ularning nomini, katta va kichik likopchalarni, stakan va piyolalarni, ovqat va choy qoshiqlarni 
farqlay bilishi, kosalarda suyuq ovqat tortilishini, kichik likopchalarga kuyuk ovkat suzilishini 
bilmog’i kerak. Tugma qadashni o’rgatish uchun maxsus didaktik qo’llanmalarda mashg’ulotlar 
o’tkaziladi. Tarbiyachi matodan qilingan o’rdakcha, kuchukcha, gul, uycha, va boshqa 
narsalarning detallarini tayyorlaydi. O’yinchoq detallarining ba'zi qismlariga tugma qadaydi, 
boshqalariga esa ilgak qiladi. Birorta narsaning bir necha bo’laklarini olgan bolalar ularni bir-
biriga ulashni: gavdaga oyoq, qo’l va boshni,gulga yaproqlarni, devorlar ustiga tom o’rnatishni 
bilmog’i kerak. Botinka iplarini boqlash maxsus tayyorlangan qo’llanmalarda mashq qildirish 
yordamida o’rgatiladi. Bolalar ko’nikmalarini mustaqkamlash uchun kartonning teshikchalaridan 
shuni o’tkazib naqshlar tuzadi. Tugma qadashni, botinkaning ipini o’tkazishni o’rgatish bilan 
birga bolalarda amaliy faoliyatlarining natijalarini oldindan ko’ra bilish, idrok qilish, taqlil qilish, 
umumlashtirish ko’nikmalari tarbiyalanadi. Shunday qilib, eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni 
aqliy jihatdan tarbiyalash maktabgacha tarbiya muassasalarida maxsus mashg’ulotlar paytida, 
shuningdek, mashg’ulotlardan tashqari amaliy faoliyatlarda amalga oshiriladi. 
4-§ Aqliy faoliyatning oddiy usullarini shakllantirish. 
Mashg’ulotlarda ta'lim berish jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyasi 
samarali kechadi. Mashg’ulotlarda bolalar bilimlarni egalash bilan bir qatorda taqlil qilish, 
sintezlash, taqqoslash, umumlashtirish kabi amaliy va fikrlash faoliyati usullarini 
o’zlashtiradilar. Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy faoliyati bilish jarayonida muhim rol 
o’ynaydigan ko’rgazmali harakat va ko’rgazmali obrazli tafakkurida namoyon bo’ladi. 
Ko’rgazmali obrazli tafakkur so’z-mantiq tafakkurning shakllanishiga zamin yaratadi. Odatda 
kar va zaif eshituvchi bolalar so’z -mantiq tafakkurning rivojlanishi me'yorda eshitadigan 
tengdoshlarinig mazkur jarayon rivojidan orqada qoladi. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarda 
ko’rgazmali-obrazli tafakkur rivoji orqada qolishi sababli maktabgacha ta'lim muassasalarining 
pedagoglari oldida bolalarning fikrlash faoliyatini va nutqini uyqulikda shakllantirish zarurati 
tuqiladi. Bolalarning so’zli nutqi mashg’ulotlarda turli nutq faoliyatlarini rivojlantirish 
vositasida rivojlantiriladi. Maktabgacha ta'lim muassasa ta'lim dasturining materiallari 
mavzularga ko’ra ajratilgan bo’lib, bolalarning aqliy faoliyatini bosqichma-bosqich 
shakllantirishni ta'minlaydigan ma'lum izchillikda o’rganib boriladi. Buni "Idish - tovoqlar" 
mavzusini o’rganish misolida ko’rib chiqamiz. Dastlab bolalar, idish-tovoqlar bilan ovqatlanish 


paytida tanishadilar. Tevarak atrof bilan tanishtirish mashg’ulotlarida predmetlarning tuzilishi, 
nimaga ishlatilishi o’rgatiladi. Nutq o’stirish mashg’ulotlarida narsalarning yoniga ularning nomi 
yozilgan jadvalchalar kuyiladi, predmet va uning nomi taqqoslanadi, predmetlar farqlanadi. 
Bolalar idish-tovoqlarni ko’rib chiqadilar, qo’llari bilan bevosita ushlab ko’radilar, qo’liga olib 
turli xatti-harakatlar bajaradilar, bir joydan olib boshqa joyga qo’yadilar, narsalarning nomi 
yozilgan jadvalchani predmet yoniga kuyyadilar, shuningdek, "Likopchani ol, koshiqni joyiga 
qo’y, piyolani ber" kabi topshiriqlarni bajaradilar. Narsalar haqidagi tasavvurlarni 
mustaqkamlash uchun "Paypaslab ko’rib nomini top" o’yini o’tkaziladi. Bunda bolalar, 
predmetni ko’rmasdan turib, sezgi a'zolar yordamida o’rganilayotgan narsalarni taniy olishi va 
nomini aytishi kerak. Narsalar yordamida o’tkazilgan amaliy faoliyatda bolalarning aqliy 
harakatlari amalga oshiriladi, amaliy bilimlar o’zlashtiriladi, natijada ko’rgazmali-harakat 
tafakkuri o’sadi, predmetlar nomini eslab qolish jarayoni faollashadi. "qanday narsa yuq" o’yini 
bolalarning mashg’ulotlarga bo’lgan qiziqishini uyqotadi va bolalarning diqqat va hotirasini 
mustahkamlaydi. Narsalarning nomi o’zlashtirilganidan keyin pedagog suratlardan foydalanib 
umumlashtiruvchi tushunchalarni shakllantiradigan o’yinlar o’tkazadi ("Vertolina", "Loto" 
uyini). Mavzuni mustahkamlashda qo’g’irchok bilan "qo’g’irchokni ovqatlantir" turidagi 
didaktik o’yinlar hamda olingan bilimlarni qo’llagan holda syujetli - rolli uyinlar o’tkaziladi. 
Mashg’ulotlarda kichkintoylar o’zlari o’ynayotgan narsalar bilan tanishadilar, idrok etishga 
intiladilar, predmet va o’yinchoqlarni o’zaro solishtiradilar, qismlarga ajratadilar, analiz va sintez 
qiladilar, bo’laklarga ajratilganlarni yaxlit holga keltirib birlashtiradilar, shuningdek, bolalar
narsalarning nomi, tuzilishi va qanday ishlatilishini bilib olamasdangida, ularni turli nutq 
vositasida bayon etishni, tasvirlab berishni ham o’rganadilar. Buning uchun pedagog bilan 
birgalikda topishmoqlar tuziladi, bolalarga bayon etilgan narsalarning xususiyatlari va nima 
uchun va qanday ishlatilishiga ko’ra tasvirlab berilgan narsaning nomi topiladi. Masalan, " O’zi 
kichkina, temirdan yasalgan tortmada saklanadi, choyni aralashtirish va ichish uchun kerak", 
"Katta, aylana shaklida, chinnidan yasalgan, bufetda turibdi, osh suzish uchun kerak" va hokazo 
topishmoqlar beriladi. Aniq amaliy natija beradigan mashg’ulotlarda, narsalar bilan o’ynash, ular 
sifatlarini bilib olish, umumlashtirish jarayonida ko’rgazmali-harakatli va ko’rgazmali-obrazli 
tafakkur namoyon buladi. Nutq o’stirish mashg’ulotlari bir vaqtning o’zida fikrlashni 
rivojlantirishga ham yordam beradi. Bolalar tanish bo’lgan narsalarni belgilari va hossalariga 
ko’ra taqqoslashni o’rganadilar Masalan, "Idish-tovoqlar" mavzusini o’rganishda kichkintoylar 
har xil va bir xil lagan, likopcha, kosa, krujka, stakan,piyolalarni qiyoslaydilar. Keyingi 
mashg’ulotlarda taqqoslash uchun bir xil va har xil qoshiqlar, sanchiq va boshqa narsalar olinadi. 
Shunday qilib, bolalar narsalarning o’ziga hos sifatlarini belgilaydilar, ularning o’xshash va 
farqli tomonlarini topadilar, narsalarni bir turkumga birlashtiruvchi umumiy belgilarni 
aniqlaydilar. Agar bolalarda konkret narsalar haqida tasavvur bo’lsa, ular o’xshash belgisiga 
ko’ra predmetlarni bir turkumga osonlik bilan birlashtira olishlari mumkin: masalan, 
(uyinchoqlar, oziq- ovqatlar; sabzavotlar, mevalar, odamlar, kiyim -kechaklar, hayvonlar, 
o’simliklar, idish -tovoqlar, mebel, o’quv qurollari, transport, asboblar va q.k.).Olib borilgan 
(Venger A.A.,VigodskayaG.L., LeongardE.I.) tadqiqotlarning ko’rsatishicha, maxsus bolalar 
bog’chalarida ta'lim oluvchi barcha kar va zaif eshituvchi maktabgacha yoshdagi bolalar, 
narsalarni turkumlashtira olmaydi, umumlashtiruvchi so’zlarni topa olmaydi, o’zlari buyumlarni 
bir necha guruhga qanday birlashtirganliklarini ko’pincha tushuntirib bera olmaydilar. Shu bois 
bolalarni narsalarni tasniflashga va umumlashtiruvchi so’zlarni eslab qolishga o’rgatish 
maqsadida turli rasm va narsalardan foydalanib, "Sexrli qopcha", "Nima mos kelishini top", "Bir 
so’z bilan nomla" kabi didaktik o’yinlar, shuningdek, bolalar narsalarga qarab, ularning qaysi 
turkumga mosligini aniqlaydigan o’yinlar o’tkaziladi. (Masalan, o’yinda o’yinni olib boruvchi 
pedagog bitta narsaning nomini aytadi, bola esa tegishli umumlashtiruvchi so’zni 
aytadi: Karam-Sabzavotlar", olma-mevalar, palto-kiyim va q.k. Mazkur o’yinlarda bolalarda 
so’z-mantiq tafakkuri rivojlanadi: ular narsa haqida ilgari olingan bilimlarga tayanib harakat va 
narsalarning nomini belgilaydilar. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarda tasavvurlarni 
shakllantirish maqsadida modellashtirish metodidan mashg’ulotlarda foydalanish mumkin. 


Tajribalarning ko’rsatishicha, maktabgacha yoshdagi kar bolalarda so’zning ritmik tuzilishi 
xaqida tushunchalar dinamik va grafik modellar tuzish yo’li bilan shakllantiriladi. Maktabgacha 
yoshdagi bolalar qo’l harakatlari xamda va har xil uzunlikdagi chiziqlardan modellar tuzib, 
so’zlardagi bo’g’inlar sonini va urquli bo’qinni ajratib ko’rsatadilar. So’z maromi (ritmi)ni 
ifodalovchi modelidan eshitish kobiliyatini rivojlantirish mashg’ulotlarida foydalaniladi. Bunda 
bolalar bo’qinlar sonin va urquli bo’g’inlarni anglashni mashq qiladilar. Shuningdek, so’zlar 
yozilgan jadvalchalarni so’zlarning ritmik grafik modelga kuyiladi, grafik model bo’yicha 
ma'lum marom so’zlarni tanlanadi kichkintoylarda taqlil qilish, umumlashtirish kabi fikrlash 
jarayonlari rivojlanishiga erishiladi. Oddiy matematik tasavvurlarni shakllantirish jarayonida 
bolalarning aqliy tarbiyasi samarali kechadi. Chunki qar bir mashg’ulotda pedagog o’z oldiga 
maqsad qilib bolalarda fikrlashga oid operasiyalarni rivojlantirishni kuyadi. Ta'limning birinchi 
yilida namunaga qarab bir necha narsadan ko’p sonli narsalarnii to’plash ishlariga katta e'tibor 
beriladi. Bunda predmetlar soni namuna soniga teng bo’lishi muhim ahamiyatga ega. Bolalar 
sonlar va sanoqni bilmagan holda, bir xil narsalarni rangi, shakli, kattaligiga ko’ra birlashtirib 
ko’plikni qosil qiladilar. Ular turkumlarga kiruvchi narsalarning miqdoriga qarab takkoslashni, 
narsalar sonini (uchtagacha) barmoqlar soni bilan solishtirishni o’rganadilar. har bir sonni 
uzlashtirish uchun avvalgi songa bir son (bitta narsa)ni qo’shib boriladi. Bolalar uch soni 
(archalar) ikki songga (kubiklar) nisbatan ko’pligini, sonlar teng bo’lishi uchun bitta archani olib 
tashlash yoki yana bitta kubik qo’yish kerakligini bilmog’i kerak. Mashg’ulotlarda pedagog 
bolalarga ko’rsatish uchun ko’rgazmali material bilan cheklanib qolmasdan, bolalarning amaliy 
faoliyati uchun tarqatiladigan sanoq materiallaridan ham albatta foydalanadi. Bolalarni sanashga 
o’rgatar ekan, pedagog to’qri javoblardan qoniqib qolmasdan, albatta "Sen qanday sanading", 
"Sen qanday bilding" kabi savollar berishi, masalani yechmasdan turib, shartidan kelib chiqib
kutiladigan natijani ko’ra bilishga o’rgatishi kerak. Shu boisdan "Seningcha, javob ko’p 
bo’ladimi yoki ozmiq Nima uchun" degan savollar qo’yilishi lozim. Masalan, "Garajada uchta 
mashina turibdi, yana bitta mashina keldi. Garajda mashina nechta buldi". Bolalar mashinalar 
ko’payganini, chunki yana bitta mashina kelganligini tushuntirmoqi kerak: "Uchga birni qo’shsa 
to’rt buladi" Shunday qilib, tarbiyachi va pedagog misol va masalalarni yechishga o’rgatib borib, 
maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy faolligini oshirib boradi. Shartli o’lchov vositalari 
yordamida suyuq va sochiladigan narsalarni o’lchash chog’ida bolalar katta qiyinchiliklarga 
duch keladi. Guruch, no’qat, mosh, suv va boshqa narsalar miqdorini hisoblashda idishlar sonini 
eslab qolish uchun idish har gal bo’shatilganda bitta o’yinchoq- tovuqcha qo’yiladi va narsa 
solingan idishlar soni o’yinchok-tovuqchalar soni bilan solishtiriladi. Narsalar miqdorini 
o’lchash vaqtida ularning yoniga narsalarning qo’yilishi hisobning ko’rgazmali bulishini 
ta'minlaydi, natijani eslab qolishni yengillashtiradi va bolalarning qiziqishni uyqotadi. Pedagog
turli narsalarning miqdorini chashka, krujka, stakan, qoshiqlar bilan o’lchash mumkinligini 
bolalarga ko’rsatadi va zarur lug’at boyligini shakllantiradi. O’lchanayotgan narsalar hajmini 
taqqoslash uchun quyidagi mashqlarni o’tkazilishi mumkin. Ikki varaq qog’ozning har bittasiga 
uchtadan stakan guruch to’kadi va guruch uyim yeniga 3 tadan tovuqcha qo’yadi. So’ng bolalar 
pedagog bilan birgalikda sanaydilar:"Bu yerda uch stakan guruch va uchta tovuqcha, bu yerda 
ham uch stakan guruch va uchta tovukcha". Keyin pedagog bitta varaq ustidagi guruchni to’plab, 
ikkinchi varaq ustidagi gurunchni qog’ozga tekis yoyadi va bolalardan so’raydi: "qaerda guruch 
ko’p". Bolalar ko’pincha, ikkita qog’ozda ham uchtadan bir qil tovuqcha turganini ko’rsa ham,
ikkinchi varaq ustidagi guruch ko’p deb qato ko’rsatadilar. Mashq yana bir bor takrorlangandan 
keyin bolalar adashmasdan, har ikkala varaq ustida guruch miqdori tengligini bildiradi. 
Suyuqlikni o’lchash uchun bir xil miqdordagi suv stakanlarda turli shakllardagi shaffof 
idishlarga quyiladi va quyilgan suv teng yoki teng emasligi aniqlanadi. Tabiiyki, tor va baland 
idishda suv satqi yuqoriga ko’tariladi va oqibatda bolalar ko’pincha bu idishda suv ko’p deb 
ko’rsatadilar. Pedagog yana bir bor bolalarning ko’z oldida suvni bir xil idishlarga quyadi.Xar 
gal stakanda idishga suv quyib turib yoniga tovuqchani qo’yadi. Endi bolalar idishlarga teng 
miqdorda suv quyilganiga ishonch hosil qiladilar. Bunday mashqlarni tez-tez bajarilishi 
pirovardida bolalarda narsalarning miqdori, hajmi, katta-kichikligi haqida tasavvurlari 


aniqlashtiriladi, o’lchash, solishtirish, umumlashtirish malakalari mustaqkamlanadi. 
Shuningdek, korreksion vazifalarni hal etish maqsadida, mashqlar jarayonida kichkintoylarning 
mantiqiy tafakkuri rivojlantiriladi, ular o’z fikrini mustaqil bayon etishga o’rganadilar.
5-§ So’zlashuv nutqni muloqot vositasi sifatida shakllantirish. 
Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning bilish jarayonlarini rivojlantirish uchun ularda vaqtli 
so’zli nutqni o’stirish borish muhim ahamiyat kasb etadi. Ma'lumki, til tafakkur va 
muloqotining muhim vositasidir. Tafakkur va til insoniyatning mehnat faoliyati mobaynida 
vujudga keladi va rivojlanadi xamda borliqning in'ikosi hisoblanadi. Risoladagidek eshitadigan, 
yaxshi o’sayotgan bolalarning tafakkuri va nutqi ilk davrdan boshlab butun maktabgacha davr 
mobaynida takomillashib boradi. Inson tafakkuri nutq va til bilan uzviy aloqada bo’lganligi 
sababli ilk yoshdagi bolalar fikr yuritishining vujudga kelishi va rivojlanishi lug’at boyligi bilan 
o’lchanadi. Nutq rivojlanishi bilan bir vaqtda ko’rgazmali-harakat, ko’rgazmali-obrazli, so’z 
bilan bevosita ifodalanadigan tafakkur taraqqiy etadi, uning ruhiyati va hissiy- irodaviy sifatlari 
shakllanadi. Nutqiy faoliyatning fiziologik mexanizmi negizida nutq a'zolarining harakatlaridan 
hosil bo’lgan stereotiplar yotadi. Fiziologlar va psixologlar (N.I.Jinkin, L.A.Chistovich, 
A.N.Leonteva) tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ko’rsatishicha so’zlay oladigan 
kishining uzoq muddatli xotirasida aytilgan so’z va so’z birikmalarining artikulyason harakatlar 
izlari qoladi. Bosh miyaning nutq hosil qiluvchi va nutq-harakat markazidan tovush yoki 
bug’inlarni emas, balki butun so’z va so’z irikmalari- (mazmunli bo’laklar)-sintagmalarni 
ifodalash buyruqi beriladi. Nutq shakllanib borish davrida bola qayta-qayta talaffuz qilish 
vositasida yaxlit so’z va iboralarni o’zlashtiradi. Muloqot jarayonida nutqni o’zlashtirib borish 
me'yorda eshitadigan bolalar uchun xos bo’lgan tabiiy yo’ldir. Nutq turli faoliyat jarayonida 
shakllanib boradi va atrofdagi odamlar bilan muloqotda mustaqkamlanadi. Nutqni egallash 
uchun uch yoshgacha bo’lgan davr qulay vaqt hisoblanadi, sababi ushbu davr mobaynida nutq 
mexanizmlari shakllanadi, bosh miyaning nutq bo’limlarining yetilishi ro’y beradi. Eshitishda 
nuqsoni bo’lgan bolalarning umumiy rivojlanishda orqada qolishi xamda nutqi va tafakkurining 
kechikib rivojlanishi ularga ta'lim - tarbiya berish jarayonida senzetiv davridan etarlicha 
foydalanmaganidan dalolat beradi. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar nutqini erta o’stirib 
borilishi hamda umumiy rivojlanishini ta'minovchi ishni faol olib borilishi eshitishda nuqsoni 
bo’lgan va eshituvchi bolalar o’rtasidagi tafovutning o’sib ketishini oldini oladi. Maxsus bolalar 
bog’chalarida eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning og’zaki nutqini o’stirishdi amaliy 
yondashuv amalga oshiriladi. Ya'ni eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar barcha faoliyatlar 
davomida: kun tartibiga rioya qilayotganda, o’yin, mehnat, rasm solish, mashg’ulotlar jarayonida 
kattalarning nutqiy tajribasini o’zlashtiradilar, katta kishilar va tengdoshlari bilan muloqot 
qilishni o’rganadilar. Bolalar nutqini rivojlantirish uchun nutqiy muhitning yaratilishi muhimdir. 
Buning uchun bolalar tomonidan o’zlashtirishi kerak bo’lgan nutqiy material kattalar tomonidan 
doimo gapirib turilishi va kattalarning ketidan yoki mustaqil ravishda faoliyatga bog’lik holda 
takrorlanishi kerak. Maxsus bolalar bog’chasida ta'limning dastlabki yildan boshlab nutqiy 
muloqot shakllantirilib boradi. Kichkintoylar nutqni yaxlit (global) idrok qilgan holda nutqiy 
muhitga kirib boradi. Muloqot uchun kerak bo’lgan eng zarur so’z va iboralar bosma harflar 
bilan yozilgan jadvalchalar vositasida va og’zaki ravishda yetkaziladi. Barcha nutqiy materialni 
bola dastavval eshituv-ko’ruv orqali qabul kiladi va ayni paytda o’zuvli jadvalchani o’qiydi. 
Daktil nutq o’zlashtirilishi bilan (ta'limning ikkinchi yilidan boshlab), asta -sekin kattalar bilan 
birgalikda so’z va iboralar og’zaki-daktil usulida bayon etiladi va o’qiladi. Ayni vaqtda bosma 
yozuvli jadvalchalarni daktil o’qishi joriy etiladi. Ta'limning ikkinchi yilidan boshlab, bolalar 
muloqotda 
so’zlashuv 
nutqini 
tushunish 
va 
o’zlashtirilishini 
osonlashtiradigan 
va 
tezlashtiradigan daktil nutqdan keng foydalana boshlaydilar. Faol nutqiy muloqotda bolalar 
nutqida ko’p qatolarga yo’l qo’yiladi,ularni tuzatish uchun kattalar yordamchi vosita sifatida 
daktil nutqdan foydalanadilar. Daktil nutq eshitishda nuqsoni bo’lgan maktabgacha yoshdagi 
bolalar tomonidan qabul qilinayotgan nutqni taqlil etish imkonini yaratadi, analitik ravishda 


o’qiy olishini tezlashtiradi. Eshitishda nuksoni bo’lgan bolalarning nutqi kattalarning nutqiga 
tahlid qilgan holda, bir gapni ko’p marotaba har xil vaziyatlarda va turli faoliyatlarda takrorlash 
asosida shakllanadi. Kattalar bilan bolalar muloqotida ko’p ishlatiladigan so’zlar maxsus 
o’rgatilmasa ham bolalarning faol nutqiga kirib boradi. Bolada barcha zarur nutqiy materialni 
ovoz chiqarib gapirish ko’nikmasi paydo bo’ladi, nutqiy tafakkuri shakllanadi. Lug’at boyligi 
kengayishi va umumiy kamolot darajasining oshishi bilan ularda so’zlar vositasida muloqot 
qilish ehtiyoji paydo bo’ladi. O’quv, o’yin, mehnat jarayonida bolalar og’zaki muloqotni talab 
etuvchi jamoa topshiriqlarni bajaradilar. Pedagog va tarbiyachi bolalarni tengdoshlari bilan 
so’zlashuv nutq yordamida muomala qilishga o’rgatadilar, zarur so’z va iboralarni 
shakllantiriladi, nutqiy faollik tarbiyalandi: navbatchilik vaqtida bolalarga savollar bilan 
murojaat etish, o’rtoqlariga topshiriq berish o’rgatiladi, mashg’ulotlarda og’zaki muloqotni talab 
qiluvchi vaziyatlar vujudga keltiriladi,o’yinlar tashkil qilinadi. Ayniqsa, syujetli-rolli o’yinlar 
vaqtida bolalar so’zli nutqdan faol foydalanadilar. O’yinda ma'lum rolni o’ynar ekan, bola zarur 
harakatlarni bajarib qolmasdangina, o’z roliga muvofiq o’rtoqlari bilan muomala qiladi. 
Bolalarning talaffuzida tabiiylikka erishish uchun ta'limning boshidanok so’zning oqangi va 
maromini, ritmik tuzilishining tabiiy bulishiga katta e'tibor beriladi. Shu boisdan bolalar bilan 
muloqot qiladigan surdopedagog, tarbiyachilar va boshqa kattalarning nutqi tabiiy, normal
oqang va maromida bo’lmoqi kerak. Bolalar bilan muloqotda bo’g’inlarni bo’lib-bo’lib, 
bo’rttirib, qattiq urg’u bilan talaffuz qilish, sekin sur'atda gapirish tavsiya etilmaydi. Kattalar 
tomonidan so’zlar notug’ri talaffuz etilib, ritm, ohagdorligi buzilishi, bolalarda ham tushunarsiz, 
noaniq, g’ayri tabiiy nutqning shakllanishiga sabab bo’ladi. Maxsus bolalar bog’chalarida 
og’zaki nutqni muloqot vositasi sifatida shakllantirish ishlari butun ta'lim-tarbiya jarayonida olib 
boriladi. Ta'lim berish dasturida nutqiy materialning barcha ta'lim yillari mobaynida va har xil 
sharoitda qaytarilishi ko’zda tutiladi. Dastlab so’z va iboralar kattalar tomonidan kundalik hayot 
sharoitlarida beriladi. Ushbu davrda bola barcha materialni kattalar ketidan takrorlaydi, barcha
aytilgan so’z va iboralarni eslab qolish talab qilinmaydi. So’ngra nutqiy material boshqa 
mashg’ulotlarda takrorlanadi. Bunda bolalar ma'lum izchillikda, guruhlarga ajratilgan so’z va 
iboralardan foydalanib, atrofdagi narsalar haqidagi taassurot va tasavvurlarni aks ettirishni 
o’rganadilar. Tevarak-atrof bilan tanishtirish mashg’ulotlarida material turli mavzular bo’yicha 
o’rganiladi, so’zlarning mazmuni tushuntiriladi.
Nutq o’stirish mashg’ulotlarida ish quyidagicha yunalishda olib boriladi: 
1. Mavzular bo’yicha ajratilgan nutqiy materialni mazmunini mashq qildirib o’zlashtirish va
mustaqkamlash;
2.Nutqiy faoliyatninng barcha turlarini, ya'ni gapirish, o’qish, yozish, ko’rib-eshitib idrok qilish, 
eshitish, daktillashni nutqiy muloqot vazifalariga muvofiq shakllantirish. 
3. O’zlashtirilgan so’zlar ma'nosini tushunib olish maqsadida til bo’yicha maxsus kuzatishlarni 
olib borish, so’zlarning harf - tovush tuzilishini tahlil qilish, gapdagi so’zlarni 
grammatik jihatdan shakllantirish. Nutqni shakllantirish ishlari kompleks ravishda barcha 
yunalishlar bo’yicha barcha mashg’ulotlarda olib boriladi, nutqiy material mavzuga ko’ra 
tanlanadi. Ta'limning birinchi yili lug’atning hajmi 230 ta so’zdan iborat bo’ladi. Yetti yoshga 
kelib lug’at boyligi ancha kengayadi va murakkablashadi va bolalar bog’chasidagi ta'limning 
ohiriga borib 2000 so’zgacha ortib boradi. Nutqni rivojlantirish bo’yicha ish tizimi eshitishda 
nuqsoni bo’lgan maktabgacha yoshidagi bolalarda maktabga boradigan vaqtiga qadar, so’zlashuv 
nutqining shakllanishini ta'minlaydi. 
MUSTAQIL IShLASh UChUN SAVOL VA TOPShIRIQLAR. 
1. Eshitishda nuqsoni bo’lgan maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy jihatdan tarbiyalash 
vazifalarini yoritib bering. 
2. Maktabgacha yoshdagi kar va zaif eshituvchi bolalarni tevarak -atrof bilan tanishtirish
bo’yicha ishlarning mazmuni haqida gapirib bering. 
3. Maxsus bolalar bog’chalarda sensor tarbiyaning vazifalari va mazmuni nimalardan iborat.


4. Surdopedagog va tarbiyachining maktabgacha yoshdagi, kar va zaif eshituvchi bolalarda
tafakkur jarayonini rivojlantirish bo’yicha ishlari qanday olib boriladi. 
5. Maxsus bolalar bog’chasida og’zaki nutqni rivojlantirish bo’yicha ish tizimini yoriting. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 
1. Korsunskaya B.D. Metodika obucheniya gluxix doshkolnikov rechi M.1984. 
2. Noskova L.P. Teoreticheskie osnovi obucheniya yaziku gluxix detey doshkolnogo vozrasta. 
sb.:Voproso’ formirovaniya rechi anomalnix detey doshkolnogo vozrasta. M.1982. 
3. Noskova L.P. Ispolzovanie raznix form rechi v obuchenii yaziku gluxix doshkolnikov. V sb. 
Voproso’ formirovaniya rechi anomalnix detey doshkolnogo vozrasta. M.1982 
4. Psixologiya gluxix detey Pod red . I.M. Soloveva M.1981 
5. Rozanova T.V.Razvitie pamyati i mishleniya gluxix detey. M. 1978. 
6. Tigranova L.I. Umstvennoe razvitie slaboslishashix detey. M. 1978 
7. Belova N.I. spesialnaya doshkolnaya surdopedagogika M. 1985 
8. Golovchis L.A. Doshkolnaya surdopedagogika M.2001 
9. P.Yusupova Maktabgacha tarbiya pedagogikasi T. O’qituvchi 1992 
9-BOB 
EShITIShDA NUQSONI BO’LGAN BOLALARNING AQLOQIY TARBIYASI. 


1-§ Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni ahloqiy jihatdan tarbiyalash maqsad va vazifalari 
Ma'naviyat-insonning asosiy fazilatlaridan biri hisoblanadi."Ma'naviyat-deydi I.A.Karimov- 
insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch- qudratidir. U yo’q joyda qech qachon baht-
soadat bo’lmaydi. Ma'naviyat o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi, rivojlanmaydi. Ma'naviyat insonga 
ona suti, ota namunasi, ajdodlar o’giti bilan birga singadi". Ajdodlarimizda insonparvarlik, 
kamtarlik, mehnatsevarlik, mehr-oqibat, birodarlik kabi umuminsoniy fazilatlar tarbiyalab 
kelgan. Sharq mutafakkirlarining ta'lim va tarbiyaga oid asarlari xam ana shunday boy ma'naviy 
merosga kiradi. Bolalarga bog’cha davridayok ma'naviyat va ahloq asoslarini o’rgatish, boy 
ma'naviyatimiz sarchashmalaridan bahramand bo’lish tarbiyachilarning muqaddas burchidir. 
Ahlokiy va ma'naviy tarbiyani - bola xayotining dastlabki yillaridayoq shakllantirish lozim. 
Pedagogika va psixologiya sohasidagi zamonaviy tadqiqotlardan ma'lum bo’lishicha, bog’cha 
yoshi shaxsning ahloqiy va ma'naviy shakllanishida asosiy davrdir. Bolalar maqsadga muvofiq 
tarbiyalansa, maktab yoshiga yetganda, ularda xulq- atvor qoidalarini to’g’ri bajarish 
ko’nikmalari paydo bo’ladi. "Mumkin emas" iborasi bola xulq-atvorini boshqaradigan birinchi 
ahlokiy tushunchadir. "Mumkin emas" so’zi bola uchun aniq bo’la boradi. Bolaning har bir 
harakatiga hamroq bo’ladi. Bola bu so’zni kattalar qat'iy ohangda gapirishlari, uni qo’llab- 
quvvatlashmaganliklarini sezadi. Buni bir yoshgacha bo’lgan davrdagi bolalar ham tushunadilar. 
Vaqtida "mumkin emas" degan so’zga o’rgatilmagan bola chegara bilmaydi, uning xulq-atvorini 
tuzatish qiyin bo’ladi. Bola o’sib ulg’aygan sari irodasi ham shakllana boradi. Bunda "mumkin 
emas", "mumkin" tushunchalariga yana bir aqlokiy tushuncha-"zarur" tushunchasini bolaga 
o’rgatish kerak. Uning ma'nosi, sen buni bajarishni xoqlamaysan, lekin bu atrofdagilar uchun, 
sen uchun zarur. Kattalar bolaga nimani qilish mumkin, nimani qilish mumkin emasligini 
tushuntirib, tuqri harakat qilishga o’rgatishlari lozim. Bolalarda yer, uning boyliklarini, jonli 
tabiatni, hayvonot dunyosini, nonni, mehnatkashlarning fidokorona mehnati bilan yaratiladigan 
barcha narsalarni asrash, ahloqiy va mehnat tarbiyasi bilan chambarchas bog’lik. Bolalarda
ahloqiy his-tuyg’ular tarbiyalash sharoitlaridan biri ularda ahloqiy ongni shakllantirishdir. Kichik 
bog’cha yoshdagi bolalar yaxshi harakatni yomon harakatdan ajratadi: kattalarni va 
tengdoshlarni aldashi, o’zidan kichiklarni xafa kilish-bu yomon, kattalarni hurmat kilish-bu 
yaxshi. To’g’ri so’zlash, yaxshilik qilish, adolat kabi ahloqiy tushunchalar ma'lum ma'noga ega 
bo’lib, bolaning ongiga singib boradi. Bu hislatlarni har kuni bog’chada ham, oilada ham 
shakllantirish zarur. Ikki yoshga to’lib, uch yoshga kadam qo’ygan bolalarda oddiy ahloqiy 
hissiyotlarning dastlabki alomatlari yuzaga kela boshlaydi. Masalan, ularga topshiriq berib, 
topshiriqni bajargandan so’ng, uni "barakalla, juda yaxshi, aqlli bola" deb maqtab qo’yilsa, 
bolada mamnunlik hissi yuzaga keladi. Bola bundan keyin ham ana shunday maqtovga sazovor 
bo’lishga intiladi. Katta yoshdagi bog’cha bolalarida yuzaga kela boshlagan ma'naviy 
hissiyotlardan biri burch hissidir. Bog’cha yoshidagi bolalarning burch hissi "nima yaxshi-yu, 
nima yomonligi"ni anglashlari, ya'ni axloqiy tasavvurlarni yuzaga kelishi bilan bog’likdir. 
Kattalar tomonidan berilgan bironta topshiriqni bajarayotganlarida bolalarda mamnunlik, shodlik 
hislari paydo bo’lsa, biron tartib-qoidani buzib qo’yganlarida xafalik, qandaydir hadiksirash hissi 
tug’iladi. Bog’cha yoshidagi bolalarda ma'naviy hissiyotlar bo’lishidan tashqari o’rtoqlik, 
do’stlik, birodarlik hislari ham yuzaga kela boshlaydi. Shubhasiz, bog’cha yoshidagi bolalarda 
ko’rinadigan o’rtoqlik, do’stlik va jamoatchilik xislari bilan kattalarda uchraydigan bunday hislar 
o’rtasida g’oyat katta farq kuzatiladi. Bog’chaga o’rgangan bolalarda jamoaga intilish yuzaga 
keladi. Bog’cha yoshidagi bolalarda ma'naviy qissiyotlardan vatanparvarlik tuyg’usi ham yuzaga 
kela boshlaydi. Yurtimiz shon-shuhrati, ma'naviyatimiz asoschilari bo’lmish sharq 
mutafakkirlarimizning asarlari haqida turli kitoblar o’qib berish bolalarda vatanparvarlik hissini 
shakllantirishga yordamlashadi. 
2-§ Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni ahloqiy tarbiyalash vazifalari. 
Rau, 
B.R. 
Korsuskaya, 
N.G. 
Morozova, 
N.Bekmuratov, 
P.Pulatova, 
X.Pulatova, 
U.Fayzievalarning tadqiqotlarida eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni ilk yoshdan ahloqiy 


tarbiyalash zarurligi ta'kidlanadi. Tadqiqotlar va bolalar bog’chalari tajribasining ko’rsatishicha, 
ishni to’g’ri yo’lga qo’yish natijasida kar yoki zaif eshituvchi bola ham eshitadigan tengdoshi 
kabi ahlokiy xulq sifatlariga ega bulishi mumkin. Biroq, atrofdagi narsalarni yetarli tushuna 
olmasligi va o’z kechinmalarini so’z bilan bayon eta olmasligi uning xarakterida o’ziga 
hosliklarni vujudga keltirishini unutmaslik kerak. Eshitish qobiliyatining pasayishi maktabgacha 
yoshdagi eshitishda nuqsoni bo’lgan bolaning tarbiyasini murakkablashtiradi, chunki u nutq 
shakllanguncha qadar eshitadigan tengdoshlari bilan tengma-teng ahloqiy xulq me'yorlarini to’la 
o’zlashtira olmaydi. Maktabgacha muassasalarda tarbiyalanayotgan bolalarni kuzatish shuni 
ko’rsatdiki, uch yoshgacha oila sharoitida ularda faqat madaniy-gigienik ko’nikmalar hosil 
bo’ladi. Ko’pgina ota-onalar o’z farzandlari bilan muloqot qila olmagani va daktil nutqni 
bilmagani uchun ularni tarbiyalash masalalarida o’zlarini ojiz his qiladilar. Barcha ota-onalar 
ham bolalari bilan o’yin o’ynay olmaydilar: natijada bolalar ularning topshiriqlarini 
bajarmaydilar, o’yinlarda sabrsizlik, diqqat-e'tiborning sustligi kuzatiladi, oddiy, ortikcha iroda 
va zakovat talab qilmaydigan o’yin va o’yinchoqlarni o’ynaydilar. Ko’pincha kattalar
eshitmaydigan bola bilan og’zaki gaplasha olmagani, uni kasal va ojiz deb hisoblagani uchun 
ularning injiqliklariga bo’ysunadilar, bolalarni tarbiyalash uchun zarur bo’lgan sabot-matonat, 
qanoat, qat'iylikni ko’rsata olmaydilar. Faqatgina nutqni maxsus o’stirib borish shart- 
sharoitidagina bolalar atrofdagilar bilan muomala qilishni o’rganadilar, borliqni bilish uchun 
so’zlardan foydalana boshlaydilar. Nutqi rivojlanishi bilan bir vaqtda so’z vositasida va ta'sirida 
izchillik bilan maqsadli ravishda tarbiyalanib boradi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni 
ahloqiy jihatdan tarbiyalash vazifasidan kelib chiqqan holda bolaning ma'naviy dunyosini, uning 
ongini, ahlokiy his tuyg’ularini, shaxsiy sifatlarini va xulkini tarbiyalash va rivojlantirish talab 
etiladi. Ahloqiy tarbiyaning vazifalari asosan quyidagilardir: 
1. Bolalarda ahloqiy his – tuyg’ularni tarbiyalash; 
2. Xulq madaniyati va ijobiy munosabatlarni tarbiyalash; 
3. Shaxsda ahloqiy tushunchalarni tarbiyalash; 
4. Xulqdagi salbiy hislatlarni barqam toptirish. 
Ahloqiy tarbiya ahloqiy tarbiya berishning asosiy tamoyillari va pedagogik shart- sharoitlariga 
rioya qilish asosida amalga oshiriladi.
Ahloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillari quyidagilardir: 
-g’oyaviy va tarbiyaviy ishning ma'lum maqsadga qaratilganligi; 
-ta'lim - tarbiya ishiga bola shaxsning hurmat qilgan holda yondashish; 
-ahloqiy tarbiyani hayot va zamon bilan bog’lab olib borish; 
-bolalarning faolligi; 
-tarbiyaviy ishning sistemaliligi va izchilligi; 
-tarbiyaviy ishning ta'sirchanligi; 
-oila, bog’cha hamda kattalar tarbiyaviy ta'sirining birligi; 
-bolalarning ijobiy sifatlariga suyanish; 
-bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishni ko’zda tutish. 
Pedagogik jarayonda ahloqiy tarbiya tamoyillariga rioya etilganda bolaning ahloqiy rivojlanishi 
ta'minlanadi. Olib borilgan bir kancha ilmiy ishlarning natijalari bolalar borchasida ahloqiy 
tarbiya berishning pedagogik shart- sharoitini belgilash imkoniyatini yaratadi. Bular: 
1. O’zaro to’g’ri munosabat uslubi: 
a) jamoaning katta a'zolari o’rtasida; 
b) pedagogik va ota - onalar jamoasi o’rtasida; 
v) kattalar va bolalar o’rtasidagi munosabat,
g) kattalarning bolalarga nisbatan insonparvarlik, o’zaro g’amxo’rlik, o’zaro yordam, hurmat 
munosabatida bo’lishi eng muhim shart - sharoit hisoblanadi. Bolalar bog’chasida o’rnatilgan 
qat'iy rejim. 
2. Bolalar bog’chasida o’z tengdoshlari va boshqa kishilarga nisbatan ijobiy munosabatni 
yuzaga keltiruvchi muhit yaratish. 
3. Bolalarga axloq qoidalarini singdirish hamda shular asosida bola shahsida ahloqiy


 his – tuyg’ularni shakllantirish. 
4. Jamoada hamma bolalar uchun teng sharoit yaratish va bolalar jamoasi o’rtasida to’g’ri 
munosabatlarni o’rnatish. 
5. Kun davomida bolalarning xilma -xil qiziqarli faoliyatlarini tashkil etish. 
6. Bolalarni ijobiy, ahloqiy xulqni mashq qildiradigan shart - sharoit tug’dirish. 
7. Bolalar bog’chasi bilan oilaning aloqasi va boshqalar. 
Bolalar bog’chasida ahloqiy tarbiya har xil vositalar yordamida amalga oshiriladi. Avvalo 
bolalarning turli faoliyatlari jarayonida, kattalar mehnati bilan tanishtirish paytida, 
mashg’ulotlarda va mashg’ulotlardan tashqari vaqtlarda, kun davomida, maishiy faoliyatda, 
mustaqil badiiy faoliyatda, ko’ngil ochishlarda qatnashish orqali ahloqiy tarbiya amalga 
oshiriladi. Har xil bayramlar, san'at vositalari, ijtimoiy xayot voqealari, bolalarning badiiy 
adabiyoti, musiqa, ashula, tasviriy va amaliy san'at, o’ynchoq va o’yin materiallari, televideniya 
va radio, kino va diafilmlar, diapozitivlar va boshqalar bolalarning ahloqiy tarbiyasiga katta ta'sir
ko’rsatadi. Bu vositalardan keng ravishda, ma'lum izchillik bilan foydalanilsada bularning 
hammasi ahloqiy tarbiyaga ijobiy ta'sir etishi mumkin. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarga 
maktabgacha muassasalarda ahloqiy tarbiya berish kundalik xayotda, uyin, mashg’ulotlar va 
boshqa faoliyatlar jarayonila amalga oshiriladi. Ahloqiy tarbiya metodlari bolalarning ahloqiy 
tasavvur va tushunchalarni egallab olishga, ularda madaniy xulq va ijobiy munosabatlarni 
tarbiyalashga qaratilgan faoliyat usulidir. Ahloqiy tarbiya metodlari ahloqiy his tuyg’ular va 
ijobiy shaxsiy sifatlarning tarbiyalanishini ta'minlaydi. Ko’rgazmali, og’zaki metodlar: 
tushuntirishni ko’rsatish bilan qushib olib borish, tarbiyachining hikoyasi, o’qib berish, ahloqiy 
mavzularda suhbatlar o’tkazish (rasmga qarab, tajribaga asoslanib, o’qilgani bo’yicha), kuzatish, 
rasmlarni namoyish qilish, bolalar adabiyoti va qayotdagi ijobiy misollardan foydalanish asosida 
olib boriladi. 
3-§ Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarda ahloqiy qis-tuyqularni shakllantirish, 
Kichkintoylar uchun bog’chaga kelgan dastlabki yil eng murakkab va mas'uliyatli davr 
hisoblanadi. Uch yoshli bola oiladan o’zi uchun yangi, begona bo’lgan sharoitga kelib tushadi. 
Ayrim bolalar dastlab bog’cha sharoitiga moslasha olmasdan, ota-onasidan ayrilganidan aziyat 
chekadilar, atrofdagi kishilar va o’yinchoqlarga ham e'tibor bermaydilar. Shuning uchun kattalar 
bolalarni guruhga qabul qilishidan avval uning o’yidagi kun tartibini, qanday sharoitlarda 
tarbiyalanganini,uyqusi, ishtaqasi qanaqaligini, yaxshi ko’radigan o’yinchoq va mashg’ulotlarini, 
individual xususiyatlarini va odat bo’lib qolgan o’rganishlarini bilib olgani ma'qul. Bolani yangi 
sharoitga moslashishini ta'minlash uchun unga ko’proq e'tibor va g’amxo’rlik ko’rsatish kerak 
bo’ladi. Surdepedagoglar D.D. Blox va R.A. Gerasimova bolani guruxga birinchi marta olib 
kelingandagi holatini shunday tasvirlaydilar: "Bola onasini qo’yib yuborishni istamas, 
atrofdagilarga e'tibor bermas edi. Otasini bola bilan birga guruhga kirishga taklif kildik. Keyin 
esa bolani chalqitish uchun akvariumdagi baliqchalarni boqishga undadik. Bola o’zi uchun yangi 
bo’lgan mashg’ulotga berilib ketdi va otasini jo’naganini bilmay qoldi".Bolalarning hayoti, 
faoliyatini mazmunli, qiziqarli tashkil etilsa, ular bolalar bog’chasidagi qayotga tez o’rganib 
qoladilar. Bolalarda atrofdagi odamlarga nisbatan ijobiy munosabatni, jamoada yurish -turish 
qoidalarini, kattalarga quloq solish ishtiyoqini, ularni hurmat qilishni, ochiq ko’ngil, adolatli, 
mehnatsevar bo’lish istagini tarbiyalash kerak. har bir bola jamoaning a'zosi sifatida o’z 
vazifalarini bilgani ma'qul. Bolalar bog’chasiga kelgan birinchi kunidanoq bolaga pedagoglar 
tomonidan ahlokiy ta'sir o’tkazilishi lozim. Tarbiyachi va surdopedagog bolaga nisbatan sabr -
toqatli, mehribon bo’lishi shart. Bunda bolada o’ziga nisbatan ishonch, kattalarga tahlid qilish, 
o’z harakatlarini kattalar tomonidan ma'qullanishi istagi paydo bo’ladi. Tevarak atrof bilan 
tanishtirish mashg’ulotlarida bolalar bog’cha binolari, qovli va maydonchalari bilan 
tanishtiriladi. Ular bino, qona va maydonchalarning bezatilishini tomosha qiladilar, kattalarning 
mehnat faoliyatini kuzib boradilar. Bog’chada ko’p bolalar borligini, ular guruh honalari va 
maydonchalarda o’ynab yurishini, sayr mehnat qilishini va shug’ullanishini, yotoqlarda 
uxlashini, bilib oladilar. Tarbiyachi atrofdagi barcha kishilarga, bog’chadagi bolalarga o’zining 


ijobiy munosabatini emosional ravishda bildiradi. Kichkintoylar bog’chada ishlovchi 
kishilarning kasb (enaga, oshpaz, shifokor, farrosh, boqbon, xaydovchi va q.k.)lari bilan 
tanishtiriladi, ularda mehnatni qadrlash va hurmat qilish hissi tarbiyalanadi. Hozirgina enaga 
tozalagan xonaga bolalarni olib kirgan tarbiyachi ularning e'tiborini hamma yoq toza bo’lganiga 
qaratadi va bolalar bilan birga deydi: " Enaga opa polni yuvdi, xona toza bo’ldi. Opaga rahmat 
deymiz". Kundalik qayotdagi kuzatishlar va suhbatlar orqali kattalar bolalarga g’amxo’rlik 
qilayotganini bilib oladilar: shifokor ularni davolaydi, oshpaz taom tayyorlaydi, enaga xonalarni 
tozalaydi. Shunday qilib, bolalarda tarbiyachi rag’barligida insonlar mehnatini hurmat qilish, 
ulardan o’rnak olish istagi paydo bo’ladi. O’z oilasini sevish va oila a'zolarini e'zozlashga ham 
dastlabki yillardan boshlab o’rgatiladi. Bolalar gapiradigan dastlabki so’zlari "ota", "ona", 
o’zining va do’stlarining ismlari bo’ladi. Kichkintoylarga o’z ota-onasi, bobosi va buvisi,aka-uka 
va opa-singillari, boshka qarindoshlari, ularning o’qishi va kasb-korlari hakida hikoya qilish 
o’rgatiladi. Tarbiyachi surdopedagog bilan birgalikda bolalar 8 -mart bayramiga onalariga 
sovg’a tayyorlaydilar, ona haqida she'rlarni yod oladilar, hikoyalar o’qiydilar. Mashg’ulotlar 
paytida olingan bilimlar, tasavvurlar, malaka va ko’nikmalardan bolalar syujetli-rolli va boshqa 
o’yinlarda foydalanadilar. Bog’chada kattalarni hurmat qilish bilan bir qatorda, kasallar va 
keksalarga yordam berish istagi tarbiyalanadi. Nutq o’stirish mashg’ulotlarida bolalar mavzuga 
doir rasmlarga qarab hikoyalar tuzadilar. Kattalar bilan muloqatda bo’lish jarayonida bolalarda 
hamdardlik, yordam berishga intilish, yaxshilik qilish kabi ahloqiy sifatlar shakllanadi. Vatanga 
bo’lgan muxabbat tuyqusi o’z uyi, maqallasi, o’lkasi, ota-onasi, qarindoshlari va yaqin 
kishilariga katta kishilarga ehtirom va hurmat asosida asta sekin shakllanadi. Maktabgacha 
yoshdagi bolalar vatanimiz bilan tanishtiriladi, ularga mamlakatimizda yashovchi millatlar, 
insonlar va ularning mehnati, o’simlik va hayvonot olami, milliy bayramlarimiz, an'analar va 
qadriyatlarimiz haqida hikoya qilinadi. Mazmuni va bezatilishiga ko’ra bir biridan farq qiladigan 
rang-barang,yorqin bayramlar, surdopedagog va tarbiyachilarning suhbatlari, filmlarni tomosha 
qilish, bayramona bezatilgan shaharda sayir-sayoqat kichkintoylarda o’chmas taassurot qoldiradi 
va zavq-shavq baqishlaydi. Tevarak-atrof bilan tanishtirish, rasm solish, mehnat va musiqiy 
tarbiya mashg’ulotlari ham tabiatga va jonajon o’lkaga muhabbatni tarbiyalashga yordam beradi. 
Bog’lar, tog’ va o’rmonlar qo’yniga, anqor va daryolar bo’yiga sayir qilish chog’ida bolalar 
ona-tabiat go’zalliklaridan bahramand bo’ladilar. Mehnatda qatnashish jarayonida bolalar 
jonivor va o’simliklarni parvarish qilishga o’rganadilar. Tasviriy san'at mashg’ulotlari bolalarga 
tabiatga bo’lgan ijobiy munosabatlarini san'at vositasida ifodalash imkonini beradi. 
4-§ Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning madaniy xulq malakalarini tarbiyalash. 
Kundalik hayotda tashkil etiladigan turli o’yinlar mobaynida bolalar o’rtasida do’stona 
munosabatlar o’rnatiladi, jamoatchilik his- tuyg’ulari tarbiyalanadi. Bolalarga kattalar og’zidan 
chiqqan talabni bajonu dil bajarish, odamlarga ko’proq aralashib turish, ota-onalar va 
tarbiyachilariga mehribonlik ko’rsatish, bolalar bilan birgalashib o’ynay olish, bir-biriga 
yordamlashish, kichiklarga g’amxo’rlik qilish o’rgatiladi. Madaniy yurish-turish malakalarini 
hosil qilish bobida xushmuomala bo’lish, kiyim-kechakni ozoda tutish, ovqatlanish vaqtida 
ozodalikka rioya qilish, birov yordamlashganida, biror xizmat ko’rsatganida unga 
minnatdorchilik bildirish, nutqni tarbiyalash ishlari amalga oshiriladi. Dastlabki oylarda yozuvli 
jadvalchalar va og’zaki nutq vositasida bola gapirishga o’rgatiladi. Ta'limning birinchi yilining 
ohiriga 
kelib 
bolalar 
muloqatda 
nutqdan 
ongli 
ravishda 
foydalana 
boshlaydilar.
B.D.Korsunskaya dastlabki yilda bolalar uchun madaniy yurish- turishning qator qoidalarini 
joriy qilishni va uning bajarilishini nazorat qilishni taklif qiladi. "Nima qilish zarur". 
Uchrashganda salomlashish (oldin bosh irqab), kattalar talablarini bajarish, "mumkinmi", 
"iltimos", "marhamat", "rahmat" "kechirasiz" kabi so’zlaridan foydalanish, xotirjamlik bilan, 
su
р
batdoshning yuziga qarab gaplashish kerak. "Nima qilish mumkin". xohlagan o’yinchoqni 
hech kim o’ynamayotgan bo’lsa olish, o’yinchoqni, qo’shimcha ovqatni so’rab olish mumkin. 
Agar aytilgan gapni tushunmagan bo’lsa, qayta aytishni so’rash va "qayta ayting" so’zlari 


yozilgan jadvalchani ko’rsatish mumkin. "Nima mumkin emas". Polda oyoq yalang yurish, 
yuvinganda suvni sachratish, oyoqlarni stul ustiga quyib o’tirish, ovqatni, non ushoqni to’kib 
yeyish mumkin emas. Baqirish, urishish mumkin emas. O’rtog’ining qo’lidan o’yinchoqni tortib 
olish, o’yinchoqlarni sindirish, tashlab yuborish, mashg’ulotlardan ketib qolish, kattalarning 
ruhsatsiz sayirga chiqish mumkin emasligini bolalarga tushuntirish juda mushkuldir. Zero, 
nutqning yo’qligi yoki chegaralanganligi, nutqni tushuna olmasligi sababli, ular yurish -turish 
qoidalarini tushuna olmaydilar. Kattalar bu qoidalarni qat'iy belgilab olmog’i va ularning aniq 
bajarilishini-"mumkin", "mumkin emas", "kerak" so’zlar orqali bolalardan talab qilmog’i zarur. 
Jamoada ahloqiy yurish-turish odatlari kun tartibini bajarish va bolalarning boshqa turli 
faoliyatlarini tashkil etish chog’ida tarkib toptiriladi. Tarbiyalanuvchilarga madaniy-gigienik 
ko’nikmalar, mashg’ulotlar, sayirlar va uyinlarda yurish-turish qoidalari, intizomli va 
hushmuomalali bo’lish odatlari singdiriladi. Mashg’ulotlarda, sayirda, oshxonada navbatchi 
bo’lish chog’ida, bolalar navbatchilik topshiriqlarini chaqqonlik bilan tartibli bajarishga 
o’rgatiladi. Shuningdek, navbatchi vazifalarini bajarish, navbatchilik chog’ida tartibga va 
ozodalikka rioya kilish, zarur bo’lganda o’rtoqlarini tartibga chaqirish, va boshqa navbatchining 
talabiga bo’ysunish qoidalarini uzlashtiradi. Shaxsning ijobiy xislatlari individual yondashilgan 
holda, kattalar tomonidan bolalar faoliyatinihyo’naltirilib va muvofiqlashtirilib tarbiyalanidi. 
Bolalar guruqida har doim qobiliyatliroq, faolroq, harakatchan bolalar uchrab turadi. Ular 
kattalarning savoliga darhol javob qaytarishadi, berilgan topshiriqni tez va oson bajarishadi, 
boshqa bolalar javob qaytara olmaganda ularga javob berishga yordam beradi. Kattalar faol 
bo’lgan bolalarni qo’llab - quvvatlashi, harakati kamrok va sustrok bolalarni ham 
rag’batlantirishi, faollikka chorlashi,har bir bolada o’ziga ishonch hosil qilishi kerak bo’ladi. 
Maktabgacha yoshdagi bolani mehnatga o’rgatish chog’ida mehnat faoliyatining quyidagi 
elementar madaniyatini shakllantirish zarur: 
1. Mehnat ko’nikmalari, ishchanlik va ishni ko’zini bilishlikni namoyish etib, chaqqon ishlay 
olishni rivojlantirish; 
2. Mehnat qurollaridan to’g’ri foydalanish, ularni ishga yaroqli holda va ozoda qilib saqlash; 
3.O’z ishini uyushtira olishni-ish o’rnini hamda barcha zarur asboblar va mehnat predmetlarini 
tayyorlay olish malakalarini singdirish; 
4. Ishning borishi, ketma-ketligi va natijasini oldindan ko’rib uni rejalashtirishga o’rgatish; 
5.Kiyimi va yuz-qo’lini iflos qilmay, narsalarni atrofga sochib tashlab, boshqalar uchun 
tartibsizlikni vujudga keltirmay, tartibli ishlash; 
6. Ishni ohiriga yetkazmasdan qoldirmaslik; 
7. Ishni tamomlagandan keyin foydalanilgan buyumlarning hammasini( ozoda va ishga to’la 
yaroqli holda) yig’ishtirib qo’yish, o’zini va ish joyini tartibga keltirish. 
Mehnat faoliyati jarayonida bolalarda mehnatga, tengdoshlariga va kattalarga to’g’ri 
munosabatni tarbiyalashga qaratilgan asosiy qoidalar: 
-qo’lingdan keladigan hamma narsani o’zing bajar, shu bilan sen ota-onangni o’zing haqidagi 
qo’shimcha tashvishlardan ozod etasan, topshiriqlarni batartib, ishtiyoq bilan bajar; 
-agar sen bexosdan biror joyni iflos qilgan, suv to’kib yuborgan, yoki buyumlarning, xonaning 
tartibsizligiga yo’l qo’ygan bo’lsang, uni darrov yig’ishtirb qo’yishni unutma, hamma narsa o’z 
joyida, har bir buyum tartibli bo’lishi kerak; 
-o’z o’yinchoqlarining, kitoblaring, kiyim-kechaging tartibli bo’lishini kuzatib bor, ularni ehtiyot 
qil va o’z vaqtida tartibga keltirib, mabodo qiynalsang kattalardan yordam so’ra; 
-kattalarning mehnatini ehtiyot qil, o’z buyumlaringda, xonangda, bolalar bog’chasi uchastkada, 
sen yashaydigan hovlida, zinada ozodalik va tartibni saqla. Iflos qilma, ko’katlarni bosma, 
gullar, butalar, daraxtlarni ehtiyot qil, atrofdagi tartibsizlikni ko’ra bilishga o’rgan va va uni 
o’zing bartaraf etishga harakat qil; 
-o’z mehnat vazifalaringni unutma, ularni muntazam bajar, ular haqida senga eslatishlarini 
kutma; 
-mehnat qilishni boshlashdan avval barcha zarur narsalarni tayorla, ishni nimadan boshlashni 
chamalab ko’r, harakatlarning izchilligini puhta o’ylab ol; 


-kiyim-boshing va yuz-qo’lingni iflos qilmaslik, atrofdagi narsalarda tartibsizlikni vujudga 
keltirmaslik uchun hamma narsani tartibli qilishga intil; 
-shoshilma, har bir ishni ishtiyoq bilan, vijdonan bajar; 
-mehnat qilayotganda chalg’ima; 
-ishni chala qoldirma; ishni tugatganingdan so’ng-hamma narsani to’g’ri va yaxshi bajardimmi-
deb tekshirib ko’r; 
-agar boshqalar bilan birga mehnat qilayotgan bo’lsang, kim nimani qilishini kelishib olishga 
erish, inoq ishlashga harakat qil, birga mehnat qilayotgan o’rtog’ingga e'tiborli va xummuomala 
bo’l; 
-ishni boshqalardan oldin tamom qilgan bo’lsan, qolganlarga yordam ber: ishni uddalay 
olmayotganlarga o’rgat, maslahat ber, lekin boshqalar uchun ishni bajarib berma. Mashg’ulotlar, 
turli o’yinlar, bolalar mehnati, sayir-sayoqatlar bolalarda jamoatchilik tuyg’usini shaklanishiga 
yordam beradi. Mehnat qilish paytida o’z tengdoshlari bilan o’zaro ijobiy munosabatlarni 
o’rnatishga intiladilar (juft-juft bo’lib, guruhga uyushib ishlash, navbatchilik). Bolalar 
o’rtoqlariga yordam berishga, o’zining va o’z o’rtoqlarining ish natijalarini tug’ri baqolashga, 
ishni mustaqil ravishda tashkil qilishga, o’z manfaatlari va istaklarini jamoa talablariga 
bo’ysundirishga o’rganadi. Bog’chada tashkil etilgan kun davomida bolalarda mustaqillik va 
faollik tarbiyalanadi. Turli mashg’ulotlar,topshiriqlarni bajarish, navbatchilik, sayir-sayohat, 
o’yinlar paytida bolalar mustaqillikni namoyon qiladilar. harakatli o’yinlar va jismoniy mashqlar 
paytida intizomlilik, jamoatchilik tuyg’usi, o’z istaklarini o’yin qoidalariga buysundira bilish 
qobiliyati tarbiyalanadi. Harakatni rivojlantirish, tor o’rindiqlarda yurish, musiqa sadolari ostida 
zal bo’ylab yurish va yugurish bilan bog’lik birinchi mustaqil mashqlarni bajarish kichkintoylar 
uchun qiyindir. Uch yoshli bolalar ba'zan qo’rqqanidan bunday mashqlarni bajarishdan bosh 
tortadilar. Bolaning qo’lidan ushlab birgalikda mashq bajarish maqsadga muvofiqdir. 
Kattalarning madadini xis qilgan bola harakatlarni erkin bajaradi, o’z kuchiga ishonch hosil 
qiladi, qoniqishni his etadi. Asta sekin qurquv tuyg’usini yengib, bunday mashqlarni mustaqil 
ravishda bajarishga qodir bo’ladi. Maktabgacha yoshdagi kar bolalarni ahlokiy tarbiyalashda 
ijodiy uyinlarning ahamiyati ayniqsa beqiyosdir. Bog’cha dasturida ta'limning barcha yillarida 
syujetli- rolli o’yinlarni tashkil qilish va o’tkazish ko’zda tutilgan. Syujetli-rolli uyinlar ijodiy 
tabiatga ega bo’lganligi sababli ular kar bolalar uchun murakkab hisoblanadi va tarbiyachidan 
katta tayyorgarchilik ishini olib borishni taqozo etadi. O’yin mobaynida tarbiyachi og’zaki 
muloqotni tashkil etadi, bolalarning o’zaro munosabatlarini boshqarib turadi. O’yinlar bolalarga 
quvonch baqishlaydi. Pedagog o’yinlarni boshqarayotib, shu tariqa muhim tarbiyaviy vazifalarni 
xal etadi. Masalan, milisioner roliga sho’x bola tayinlana. U o’zining postdagi milisioner 
vazifalariga jiddiy yondashib, xotirjam turadi, svetofor signali bo’yicha "transport" harakatini 
jiddiy qiyofada va diqqat bilan kuzatadi. Bola "Yurish mumkin", "hamma turibdi" va boshqa 
shu kabi iboralarini ihlos bilan gapirdi. Uyingoh to’g’ri rahbarlik qilinsa bolalarda yaxshilik, 
hayrixoxlik, xushmuomalalik, atrofdagi kishilarni e'zozlash kabi axloqiy sifatlarning 
tarbiyalanishiga erishiladi. O’yinni boshlayotgan bola quyidagi qoidalar bilan tanishtiriladi: 
-o’yinni boshlashdan avval nimani va kim bilan o’ynashingni, o’yin uchun nimalar kerak 
bo’lishini o’ylab ko’r; 
-eningda o’ynayotganlarni hurmat qil, ularga halaqit berma, ular qurgan narsalarni buzma, 
o’yinchoqlarni tortib olma;
-o’yin qoidalariga halol rioya qil, o’yinning umumiy mazmunini hurmat qil, ko’pchilikning 
fikriga bo’ysunishni o’rgan; 
-agar umumiy o’yinga qo’shilishni istasang, buni o’ynayotganlardan xushmuomalalik bilan 
so’ra; 
-rollarni taqsimlaganda adolatli bo’l, faqat bosh rollarni emas, oddiy rollarni ham bajara ol; 
-o’yin davomida zarurat tug’ilganda kutishni, yon bosishni, baham ko’rishni, ko’maklashishni 
bil; 
-janjallashma! O’z huquqingni himoya qilish kerak bo’lsa, buni xushmuomalalik bilan amalga 
oshir; 


-o’yindagi sheriklaring bilan muloyim, hurmat bilan gaplash; 
-o’yinchoqlaringni boshqalar bilan baham ko’r, o’zingga keragidan ortiqcha o’yinchoqlarni 
yig’ib olma; 
-kattalar shug’ullanayotgan, dam olayotganeki kichkintoy bola uhlayotgan joylarda shovqinli 
o’yinlarni o’ynama, ular tingchligini buzma. 
O’yin bolalar uchun "ahloqiy munosabatlar maktabi"dir. Maktabgacha tarbiya yoshidanoq 
bolalarda o’rtoqlariga xayrixoqlik munosabatlarni, o’zgalarning manfaatlari bilan hisoblashish 
ko’nikmalarini, rostgo’ylik va sofdillik kabi sifatlarni tarbiyalash kerak. Tarbiyachi bolani 
noto’g’ri yo’lga boshlagan sabablarini bilmog’i, uning xatti -harakatining sabablarini 
tushunmoqi kerak. Bolalarning o’yinlari va mehnat faoliyatlari, guruxdagi bayram ertaliklari va 
tug’ilgan kunlarni nishonlanishi bilan bog’lik yorqin his-tuyg’ular va kechinmalalar bolalarni 
yaqinlashtiradi va bolalar jamoasini jipslashtiradi. Maxsus maktabgacha muassasalarining 
jamoasi o’z faoliyatini bolalarda mavjud nuksonlarni tuzatishga va o’rnini qoplashga 
(kompensasiya kilishiga) hamda ularni har tomonlama rivojlantirishga qaratadi. 
5-§ Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning ahloqiy tasavvurlarini shakllantirish. 
Kar va zaif eshituvchi bolalarning tasavvur va tushunchalari hamda nutqiy muloqotlarining 
cheklanganligi tufayli ahloqiy tasavvurlarini shakllantiri qiyinroq kechadi. Shu sababli 
maktabgacha yoshdagi bolalarning amaliy ahloqiy tajribasi nutqiy rivojlanishi bilan 
uyg’unlashishi kerak. (N.A. Rau, B.D. Korsunskaya, N.G Morozova). Ta'limning dastlabki 
yilida bolalarni odob-ahloqli va intizomli bo’lishni o’rgatar ekan, pedagog ularda "mumkin", 
"mumkin emas" tushunchalarni tarkib toptiradi va ijobiy misollar asosida tarbiyalanuvchilar 
nutqiga "mehribon", "yaxshi", "g’amxo’r"va boshqa shu kabi so’zlarni kiritadi. Ahloqiy his-
tuyqu va tushunchalarni shakllantirishda bolalar badiiy adabiyotlarni o’qib hikoya qilib berish 
katta ahamiyatga egadir. Kattalar bolalarga tushunarli tilda hikoya va ertaklar mazmunini 
tushuntirib beradilar, bolalarni qaxramonlar olamiga olib kirishadi, ularning hatti-harakatlarini 
tushuntirishadi va baholashadi. Badiiy asarlarning syujeti va matni murakkabligi tufayli, 
eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar tomonidan bunday adabiyotidan foydalanish imkoniyati 
cheklanadi. Shu sababli kar va zaif eshituvchi bolalar uchun moslashtirilgan va soddalashtirilgan 
matnlardan tashkil topgan hikoya, ertak va boshqa asarlar bilan tanishtirish maqsadga 
muvofiqdir. hikoyalarda bolalarga tanish bo’lgan xayotiy vaziyatlar aks ettirilgan bo’lib, barcha 
hikoyalar bolalarda ma'naviy va axloqiy tushunchalarning shakllanishiga xizmat qiladi 
("Kichkinaga yordam ber", "Narsalarni sindirish mumkin emas", "Rahmat, bolalar", "Shovqin 
solish 
mumkin 
emas" 
va 
xokazo). 
B.D. 
Korsunskaya, 
U.Fayzieva, 
F.Qodirova, 
Z.Mamarajabovalarning o’qish va hikoya kilib berishga o’rgatish metodikasi har bir matn ustida 
ishlash tizimini ko’zda tutadi. hikoyani o’qib berishdan avval bolalar o’xshash xayotiy vaziyat 
bilan tanishtiriladi, yangi tushunchalar, so’zlar va iboralarni o’zlashtiradilar, hikoya yorqin va 
ifodali ravishda pedagog tomonidan bayon etiladi, qo’qirchoqlar va bolalar yordamida 
sahnalashtiriladi. Hikoyalardan katta va kichiklarga yordam berish, yaqinlarni qadrlash, 
o’yinchoqlarni asrash, rostgo’y, mehribon va mehnatsevar bo’lish kerakligini bilib olishadi. 
Ularda qayirlikka, xasislikka, nopoklikka, yelqonchilikka va boshqa salbiy hislatlarga nisbatan 
salbiy munosabat shakllantiriladi. Surdopedagog va tarbiyachi daktil nutq, so’zlar yozilgan 
jadvalchalar yordamida va ayni paytda o’yinchoqlar yordamida syujetni saqnalashtirgan holda
hikoya mazmunini bolalarga yetkazadi. Bolalar og’zaki-daktil hikoyasini idrok etadilar va 
qo’g’irchoklarning xatti-harakatlarini kuzatadilar. Hikoya mazmuniga muvofiq o’tkazilgan 
syujetli-rolli uyinlar, matn yuzasidan savol-javoblar hikoyaning mazmunini anglashga, 
qaxramonlarning fe'l-atvorini tushunishga, ularni ma'naviy baxolashga yordam beradi. hikoya 
qilib berish va o’yin jarayonida singdirilgan ahlokiy tushunchalar xayotga tadbik etiladi. 
Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar: 
1. Axloqiy tarbiya vazifalarini yoritib bering. 


2. Axloqiy his-tuyg’ularni tarbiyalash vositalari haqida gapirib bering. 
3. Jamoada axloqiy hulq malakalari qanday tarbiyalanadi. 
4. Kar va zaif eshituvchi bolalarda ahloqiy tushunchalarni tarbiyalashning o’ziga 
hosligi 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 
1.Belova N.I. Spesialnaya doshkolnaya surdopedagogika M.1983 
2.Belova N.I. Nravstvennoe vospitanie gluxix doshkolnikov na spesialnix zanyatiyax v sb. : 
Izuchenie anomalnix detey M.1982 
5. Korsunskaya B.D. Metodika obucheniya gluxix doshkolnikov rechi M.1969 
6. Korsunskaya B.D. Vospitanie gluxogo doshkolnika v seme M.1970 
7. Korsunskaya B.D. Chitayu sam Kniga dlya chteniya dlya gluxix doshkolnikov M. 1980, 
1981,1982 
8. Morozova N.G. O nravstvennom vospitanii gluxix doshkolnikov v sb. Voprosi obucheniya i
vospitaniya gluxix doshkolnikov M. 1963 vo’p.2 
9. L.F.Ostrovskaya Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalash T. O’qituvchi 1989y 
10. P.Yusupova Maktabgacha tarbiya pedagogikasiT.O’qituvchi 1992 
11. L.A.Golovchis Doshkolnaya surdopedagogika M. 2001 
10-BOB 


Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni estetik tarbiyalash. 
1-§ Estetik tarbiya vazifalari. 
Estetik tarbiya insonni barkamol shaxs qilib tarbiyalashning muhim qirralaridan biri 
hisoblanadi. Umumiy va maxsus pedagogikada estetik tarbiya deganda borliqqa (tabiatga, 
hayotga, mehnatga, san'atga) estetik munosabatni shakllantirishni, estetik his-tuyg’ularni 
tarbiyalashni tushuniladi. Badiiy tarbiya estetik tarbiyaning ajralmas qismi hisoblanadi va u 
san'at vositasida amalga oshiriladi. Bolalarni go’zallik olamiga oshno qilish, xayotdagi va 
san'atdagi go’zallikni ko’rishga va tushunishga o’rgatish bolalarning nafaqat estetik, balki 
ahlokiy va aqliy rivojlanishiga ham yordam beradi. A.A. Venger, M.Yu. Rau. G.U. 
Yashunskaya, Ye.F. Shersheneva, N.Bekmuratov, I.Kislisina, U.Fayzieva, F.Qodirovalarning 
ilmiy izlanishlari eshitishda nuksoni bulgan bolalarni estetik tarbiyalash muammolariga 
bag’ishlangan. Estetik tarbiya nazariyasiga muvofiq, maktabgacha tarbiya muassasalari 
bolalarining tabiiy qobiliyatlaridan qat'iy nazar, ularni sa'atning barcha turlari bilan 
tanishtirishlari va badiiy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlanishini ta'minlashi zarur. 
Bolalarning badiiy ijodiyoti tasviriy san'at, musiqa, badiiy so’z, teatr kabi rang-barang turlarini 
o’z ichiga oladi. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning bilish jarayonining o’ziga hosligiva 
eshituvning sezilarli pasayishi ularning estetik tarbiyasini murakkablashtiradi. AA.Venger, 
A.P.Gozova, T.V.Rozanova N.M.Solovevalarning psixologik tadqiqotlari, kar bolalarning
ko’rish va taktil-vibrasiyani idrok qilish xususiyatlari eshitadigan tengdoshlarnikiga nisbatan 
orqada qolishi eshitmaslik va og’zaki nutqning kech shakllanishining oqibati deb ko’rsatmoqda. 
Xatti-harakatlarning, xususan mayda qo’l motorikasining orqada qolishi rasm solish 
malakalarining rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. Eshituv idrokining cheklanganligi bolalarni 
musiqani san'at janri sifatida anglash imkoniyatidan mahrum qiladi hamda kar va zaif eshituvchi 
maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqa tarbiyasiga o’ziga hoslikni baxsh etadi.
Maktabgacha surdopedagogika fani estetik tarbiyaning quyidagi vazifalarini belgilaydi:
bolalarda estetik idrok, estetik xis –tuyg’ular va tushunchalarni rivojlantirish; badiiy didni 
tarbiyalash, badiiy qobiliyatni rivojlantirish, o’z fikrlarin va qis-tuyqularini san'at vositasida
ifodalash extiyojini tarbiyalash; estetik tarbiya bilan bog’liq holda nutqni rivojlantirish. 
2-§ Estetik his-tuyg’ular va tushunchalarni rivojlantirish. 
Tasviriy faoliyat eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni estetik tarbiyalashning muhim 
vositalaridan biri hisoblanadi. Tasviriy faoliyat mashg’ulotlarda bolalar borliqni chuqurroq 
anglashni, o’z taassurot va tasavvurlarini loy va plastilindan narsalar yasash, rasm solish, 
applikasiya ishlari orqali ifodalashni o’rganadilar. Eshitishda nuksoni bo’lgan bola borliqni 
to’g’ri idrok kilish malakalarini asta sekin egallaydi. Kuzatishlar bog’chaga kelgan kar va zaif 
eshituvchi kichkintoylarni atrofdagi narsalarga kiziqishisustligini ko’rsatmoqda. Eshituvning 
pasayishi va nutqning yo’qligi bolalarning borliqni anglash imkoniyatini cheklantiradi, ularning 
estetik his-tuyg’ularining kambag’allashishiga olib keladi. Shuning uchun surdopedagog va 
tarbiyachilar bolalar dunyoqarashini kengaytirish, narsalarning xususiyatlari va sifatlari bilan
tanishtirish buyicha muntazam ish olib borishi, hamda qis-tuyqu va tasavurlarini rivojlantirishi 
lozim. Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarning sensor tarbiyasiga, ya'ni 
narsalar va hodisalarni idrok etish va tasavvur qilish malakalarini shakllantirilishiga katta e'tibor 
qaratiladi. Sensor tarbiya o’yin jarayonida, mashg’ulotlarda o’qitish, rasm solish,applikasiya, 
loy va plastilin bilan ishlash, konstruktorlik, musiqa, mehnat faoliyatlari vositasida amalga 
oshiriladi. Bog’chaga kelgan dastlabki kunlaridanoq surdopedagog va tarbiyachi yorqin, rang-
barang o’yinchoqlarga bolaning e'tiborini tortadi, o’yinchoqlar bilan emosional ravishda o’yin 
harakatlarini bajaradi va unda o’yinchoqni qo’lga olib o’ynash ishtiyoqini o’yg’otadi. Bolalar 


bilan "qo’qirchoqni sayirga olib chiqamiz", "Nima o’zgardi", "qo’qirchoqni aravada olib 
yuramiz", "O’yinchoqni tanib ol" va boshqa shu kabi didaktik o’yinlar olib boriladi hamda rangi 
va shakliga ko’ra buyumlarni to’plash mashqlari o’tkaziladi. Bolalar avval bir xil rangdagi, 
masalan, qizil rangdagi, keyin ko’k rangdagi narsalarni tanlaydilar va narsalarni tegishli yozuvli 
jadvalchalar tagiga qo’yadilar. Ta'limning birinchi yilida idrok etish va farqlash uchun 6 ta rang 
(qizil, ko’k,yashil, sariq, oq,qora) va 5 ta shakl (shar, kubik,brusok, g’ishtcha, tuhum) beriladi. 
A.A. Venger, L.A. Vengerlaring tadqiqotlari maktabgacha yoshdagi kar bolalarning perseptiv, 
ya'ni har tomonlama o’rganib chiqish harakatlarining yaxshi shakllanmaganligi tufayli,
geometrik shaklni(yassi) hajmli narsalar bilan taqqoslashda qiyinchiliklarga duch kelishini 
ko’rsatadi. Shakllarni idrok etishda ko’rish analizatordan tashqari, sezgi va harakatlarni his etish 
qobiliyatiga tayangan holda buyumlar to’la va aniqroq o’rganiladi. Buyumlar sifatini ajratish, va 
ma'lum belgilarga ko’ra guruhlash uchun dasturga muvofiq "Kubikni kubik ustiga qo’y", "Nima 
dumalydi va nima dumalamaydi", "Sehrli xaltacha"va boshqa o’yinlarkiritilgan. Bolaning 
sensor idroki rivojlanishi uchun u atrofdagi buyumlarni idrok etishni va pirovard rasm,
applikasiya,badiiy buyumlarda ifodalashni bilmog’i kerak. Shu sababli ta'limning birinchi yildan
boshlab asl nushaga qarab loy va plastilindan narsalar yasash va rasm solish ko’zda tutiladi. 
Faqatgina asl nushaga qarab rasm solish va plastilindan haykalchalar yasash vositasida, bola 
narsalarnini bevosita anglash, ko’rib chiqish, barmoqni yasalayotgan buyumlar ustidan 
yurgazish va o’z taassurotlarini ifodalash imkoniyatiga ega buladi. Mashg’ulotlarda bolalar loy 
ishi, rasm, applikasiyalar - ularga tanish bo’lgan, o’zlari o’ynaydigan aniq narsalarning tasviri 
ekanini bilib oladilar. Asl nushaga qarab rasm chizish va loydan narsalar yasash uchun namuna 
sifatida yorqin rangli, chiroyli ishlangan uyinchoqlar olinadi. Tarbiyachi applikasiya, manzarali 
rasm solish uchun uyg’un shakllar va ranglarni tanlaydi, ularga bolalar e'tiborini qaratadi, 
mustaqil ravishda chiroyli rang va shakllarni tanlashga hamda tasvirlarda ask ettirishga o’rgatadi. 
Eshituvning pasayishi musiqani idrok etishni cheklantirganligi sababli, musiqaviy tarbiya 
bolalarni estetik jixatdan tarbiyalashda alohida o’rin tutadi. Bolalar bog’chasida musiqa 
mashg’ulotlarida individual eshitiuv apparatlaridan foydalaniladi. Kar bolalar o’rta va past 
registrdagi akkord (kuchli) tovushlarni tovushni kuchaytiruvchi apparatlarsiz qabul qiladilar, 
musiqani tempi va kuchini farqlaydilar. Zaif eshituvchi bolalar fortepiano sadolarining to’liq 
diapazonini eshitgani sababli, ovozni kuchaytiruvchi apparatlarsiz musiqani idrok eta oladilar. 
Musiqa mashg’ulotlari korreksiya- kompensasiya yo’nalishga ega bo’lib, bolalarning ma'naviy 
dunesini boyitish, emosional his-tuyg’ularini boyitishni maqsadlaydi. Musiqani kurib eshitish 
asosida idrok etishni o’rgatib borib,ovozni rivojlantirib, bolalarda badiiy did, ezgu his- tuyg’ular
tarbiyalanadi. 
Maxsus bolalar bog’chalarida musiqa mashg’ulotlari quyidagi bo’limlar bo’yicha olib 
boriladi: 
1. Musikani emosional idrok etishni tarbiyalash; 
2.Eshituv idrokini rivojlantirish. 
3.Ovozni rivojlantirish. 
4.Ritmik xarakatlarni rivojlantirish va xor bo’lib ifodali so’zlash; 
5. Musiqa ohanglari ostida harakatlarish rivojlantirish 
Bolalarini musiqaviy tarbiyasi umumiy frontal va individual mashg’ulotlar jarayonida 
amalga oshiriladi. Frontal mashg’ulotlar yetakchi bo’lib,olingan bilim va malakalar har bil bola 
bilan alohida-alohida mustahkamlanadi. Estetik tarbiyaning bitmas-tuganmas vositasi tabiat 
hisoblanadi. Tarbiyachi bolalarni tabiatdagi fasliy o’zgarishlar, turli tabiat hodisalari bilan 
tanishtirar ekan, ularning e'tiborini kuzgi barglarning go’zalligiga, qish manzaralarining 
maftunkorligiga, ranglarning uyqunligiga, o’simliklar va hasharotlarning xilma-xilliligiga, 
quyoshli va bulutli osmonning ko’rkamligiga qaratadi. Bolalar tabiat go’zalligini his eta olishi 
uchun, tarbiyachi o’z kayfiyatini, tabiatga bo’lgan munosabatini xis- hayajon bilan ifodalay 
olishi kerak. Bog’cha maydonchasi va jonli tabiat burchagida mehnat qilayotgan bolalarda
mehnat ko’nikmalari mustahkamlanadi, so’z boyligi ortib boradi, estetik idroki,go’zallik yaratish 


xohishi shakllanadi, ularda mehnatdan qoniqish, o’simliklar va gullarning o’sishidan quvonchni 
qis etadilar. 
3-§ Badiiy didni tarbiyalash 
Bolalarning atrofidagi hamma narsalar unga estetik ta'sir ko’rsatadi. Bolalar bog’chalari maxsus 
qurilgan binolarda joylashgan bo’lib har bir guruh uchun bolalar mebellari bilan jihozlangan 
yorug’, shinam xonalar ajratiladi. Bolalalar stollari yarim doira shaklida tuziladi va korreksion 
pedagogik ishni olib borish uchun ovoz kuchaytiruvchi apparatlar bilan jihozlanadi. Bolalar 
bog’chasi binosini bezatishda intererning nafosati, estetikasiga e'tibor berilishi kerak. Gurux 
xonasi, oshxonada, yotokxonada hamma jihozlarni did bilan, foydalanish uchun qulay qilib 
joylashtirilishi, xonalar ozoda va ko’rkam bo’lishi kerak. Ko’rgazmali qo’llanmalar va 
jadvalchalar puxta, chiroyli ishlangan, maxsus qutilar va jildlarga solingan bo’lishi lozim. Gurux 
xonasi devorlariga ko’p ko’rgazmali qo’rollarni ilib qo’yish tavsiya etilmaydi. Tarbiyachi va 
surdopedagog nutqiy muloqot paytida maxsus jildga zarur so’zlar va iboralar yozilgan 
jadvalchalar qo’yiladi, lug’at mustahkamlangandan so’ng jadvalchalar konvertlarga solinib olib 
qo’yiladi.Estetik talablar bolalarning kiyim -boshiga ham tegishlidir. Kiyim-kechak qulay, 
chiroyli, bejirim bo’lsin. Tarbiyachi bolalarga xonani toza, chiroyli tutishi, o’zlari esa ozoda va 
yoqimtoy bo’lishlari lozimligini tushuntiradi. O’yinlar jarayonida qo’g’irchoqlar mebelini 
chiroyli joylashtirishga, xonani o’yinchoq, rasm, gullar bilan bezatishga bolalarga o’rgatiladi. 
Dasturga muvofiq bolalarni yorqin, ularga tushunarli bulgan san'at asarlari: rasmlar, haykallar, 
xalk o’yinchoqlari bilan tanishtirish ko’zda tutiladi. Asta sekinlik bilan tarbiyachi bolalarni 
o’zlarining tasviriy faoliyat ishlarini estetik baholashga o’rgatib, chiroyli va puhta bajarilgan 
ishlarga e'tiborini qaratadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar hayotida turli tomoshalar va 
ko’ngilochar soatlar muhim o’rin tutadi. Qo’qirchoq teatriga, sirkka tashrif, bolalar
telekursatuvlarini tomosha qilish bolalarga quvonch bag’ishlaydi. Biroq bunda bolaning tez 
charchab qolishini esda tutish va asab tizimini ortiqcha zo’riqishdan asrash kerak bo’ladi. 
O’yinchoqlar teatri maktabgacha yoshdagi bolalar uchun tushunarli va sevimli dilochar o’yin 
hisoblanadi. Pedagog stol ustiga o’yinchoqlarni qo’yib ayiqcha yoki quyoncha hakidagi hikoyani 
so’zlab beradi: quyonvoy uxladi, uyqondi, badan tarbiya qiladi, kiyinadi, nonushta qiladi, sayrga 
ketadi. Bolalar o’yinchoqlarning harakatlarini bajonidil kuzatadilar va ayiqning ijobiy hislatlari 
va kamchiliklarini e'tiborsiz qoldirmaydilar. qo’g’irchoqlarni ko’rsatib hikoya qilish nutqiy 
faoliyat turi sifatida ko’p vaqtni olmaydi, lekin yaxshi samara beradi. Zero bunda bolalarda 
ahloqiy tushunchalar shakllantiriladi, nutqi rivojlanadi, ko’tarinki kayfiyat yaratiladi. Bolalarni 
estetik tarbiyalashda o’yinchoqlar teatridan tashqari qo’qirchoq teatridan ham keng 
foydalaniladi. Kattalar parda ortida turib qo’qirchoqlarni o’ynatadilar. qo’qirchoq teatri 
vositasida kichkintoylarga tanish bo’lgan "Bo’g’irsoq", "Sholg’om", "Uch ayiq" va boshqa 
ertaklar ko’rsatiladi. Bolalarni estetik tarbiyalashda turli bayramlar, shuningdek, bolalarni 
maktabga kuzatish, bolalarning tug’ilgan kunlarini nishonlash katta axamiyatga ega. Bayramlar 
yorqin va rang-barang, quvnoq va mazmunli tashkil etilsa, bolalarda estetik kechinmalarni 
uyg’otadi. Kattalar bayram dasturlarini yaxshilab o’ylab tuzishlari, bolalar chiqishlarining 
ketma-ketligini belgilab olishlari kerak. Puxta tayyorlanmagan bayram quvonch bag’ishlashni 
o’rniga bolalarni asabiylashishga, charchab qolishiga va yomon kayfiyatni yuzaga kelishi olib 
kelishi mumkin.
4-§ Bolalarning badiiy-ijodiy qobiliyatlarini tarbiyalash. 
Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning badiiy-ijodiy qobiliyatlari ularning tasviriy faoliyatlarida 
namoyon bo’ladi. Tasvirlar vositasida bolalar borliqqa nisbatan o’z estetik munosabatlarini 
ifodalash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Tasviriy faoliyat mashg’ulotlarining muxim vazifalari 
bolalarni sensor va estetik tarbiyalashdir. Bolalar voqelikdagi narsalarning xususiyat va sifatlari, 
shakli, rangi, kattaligi haqida bilib oladilar, ularning sensomotor rivojlanishi, hissiy hozirjavoblik 


qobiliyati, ijodiy hayoli o’sadi. Masalan, yaxshi tasvirni yaratish uchun ijodiy hayol, fazo va 
rangni oson hamda to’liq idrok etish imkonini beruvchi alohida ko’rish ta'sirchanligi, chamalash 
va ko’rish xotirasi, qo’llarning maxsus mohirligi, hissiy kayfiyatni yaratuvchi xissiy 
ta'sirchanlik bo’lishi zarur. Tarbiyachi bolalarga tasviriy faoliyatning har xil turlarini: asl 
nushaga qarab va tassavvur bo’yicha rasm solish va narsa yasash, dekorativ(manzarali) rasm va
applikasiyalar vositasida o’z tasavvurlari, tushuncha va kechinmalarini ifodalashga, mustaqil 
ijodiy faoliyat qilishga o’rgatadi. Tasviriy faoliyat mashg’ulotlarida bolalar loy va plastilindan 
narsalar yasash, rasm solish, applikasiya bo’yicha ishlarni bajarish bilan bog’lik usul va 
malakalarni egallaydilar, shuningdek qog’ozning rangi va shaklini, uyg’un bo’yoqlarni 
tanlashga, rasmni qog’ozga to’g’ri va chiroyli joylashtirishga o’rganadi. Bolalarning ijodiyoti 
ayniqsa ekskursiya yoki sayirlardan, ilgari ko’rgan narsalardan olgan taassurotlari asosida 
mustaqil ravishda syujetli rasmlar chizishda namoyon buladi. Bolalarni estetik tarbiyalashda xalq
amaliy san'ati bilan uyg’unlashgan dekorativ rasm (naqsh) solishning ham ahamiyati kattadir. 
Bolalar milliy naqshlar bilan tanishtiriladi, naqshlarning tabiat bilan boqlikligiga, bo’yoqlar 
go’zalligiga qaratiladi. Manzarali rasm solish mashg’ulotlari bolalarning badiiy-ijodiy 
iste'dodlarini rivojlantiriradi. Bolalar ijodiyoti syujyotli - rolli o’yinlarda ham namoyon buladi. 
Biroq kuzatishlar shuni ko’rsatdiki, kar va zaif eshituvchi bolalarning o’yinlari nutqiy rivojining 
va hayotiy tajribalarning cheklanganligi bois ko’pincha jo’n va yuzaki tabiatga ega bo’ladi. 
Masalan: "Magazin" o’yini vaqtida hamma bolalar tarbiyachi oldindan o’rgatgan "Salom, 
menga chek bering. Konfet, olma bering. Rahmat. Xayr" kabi so’zlarnigina ayta oladilar. Shu 
sababli bolalarning o’yinlarini boshqarib borib, o’ynashni o’rgatish bolalar ijodiy qobiliyatlarini 
rivojlantirish zarur. Tarbiyachi o’yinning g’oyasi va mazmunini tarbiyachi belgilaydi, u o’yinni 
boshqarib turadi, bolalar harakatlarini yo’naltiradi va nutqiy muloqotini tashkil etadi. O’yinlarni 
muntazam tashkil etish, unga mohirona raxbarlik qilish asosida, tarbiyalanuvchilarda ta'limning 
turtinchi yilida mustaqil o’ynash ehtiyoji shakllantiriladi. Bolalarda o’yinga qiziqish va ijodiy 
o’yinlarni mustaqil tashkil qilish istagi paydo bo’ladi. Bolalarning badiiy qobiliyatlari musiqa 
mashg’ulotlarida ham namoyon bo’ladi. Kichkintoylar musiqa ostida harakat qiladilar, 
o’ynaydilar, qayvonlarning qiliqlari va harakatlariga tahlid qiladilar, ashula aytadilar, raqsga 
tushadilar. Musiqa mashg’ulotlari bolalarda zavq-shavq, ko’tarinki kayfiyat, ijobiy his –tuyg’u, 
hayolini rivojlantirish manbaidir. 
5-§ Estetik tarbiya bilan bog’liq holda nutqni rivojlantirish. 
Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning estetik tarbiyasi nutqni rivojlantirish bilan uyg’unlikda 
amalga oshiriladi. har bir mashg’ulotda surdopedagog va tarbiyachi nutqiy muloqotni tashkil 
qilish uchun zarur bo’lgan lug’atni, shuningdek alohida mashg’ulotlar uchun zarur bo’lgan
so’zlar zaxirasini shakllantiradilar. Masalan, tasviriy faoliyat bilan bog’lik mashg’ulotla amaliy 
ko’nikmalar bilan bir qatorda ishlatiladigan materiallarning(loy, qoqoz, yelim) harakatlarning( 
(yasash, chizish,bo’yash, qirqish, yelimlash),jiqozlarning (qalam, mo’yqalam, flomaster,) 
nomlarini anglatuvchi so’zlar hamda "Shar rasmini sol", "Men shar rasmini soldim", "Shar 
rasmini solish mumkin" kabi iboralar beriladi. Bundan tashqari tasviriy faoliyatni baholash 
uchun chiroyli, xunuk, yorqin, uyg’un,puhta kabi tushunchalar beriladi. Zarur so’zlar bolalarga 
og’zaki ravishda va yozma jadvalchalarda yotqaziladi hamda ularning amaliy faoliyati 
jarayonida mustahkamlanadi. Tasviriy faoliyat mashg’ulotlarida bolalar o’zlari idrok qila 
oladigan rang barang tasviriy san'at asarlari bilan tanishtiriladi. Bolalar bilan birgalikda rasmni 
tomosha qilgan tarbiyachi ularga zavqlanishini namoyon qiladi, faoliyatni qanday so’zlar bilan 
baqolashni o’rgatadi va shunday qilib bolalar nutqini rivojlantiradi. Maxsus maktabgacha tarbiya 
muassasalarida tarbiyalanuvchilar bolalar adabiy asarlari bilan tanishadilar, ertaklarni o’qiydilar, 
topishmoqlarni topadilar, she'rlarni yodlaydilar. Surdopedagog, va tarbiyachi hikoya va 
ertaklarning mazmunini emosional so’zlab berarkan, bolalarni qaxramonlar olamiga olib 
kiradilar, ularda ijobiy qis-tuyqularini uyqotadi. Shu tariqa, bolalarning nutqi yangi so’z va 
iboralar bilan boyitiladi, borliq haqidagi tasavvurlarini mustaqkamlaydilar. 


SAVOLLAR VA TOPShIRIQLAR. 
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalash vazifalarini ochib bering. 
2. Bolalarni estetik tarbiyalash qanday vositalarda amalga oshiriladi. 
3. Bolalarda badiiy did qanday tarbiyalanidi. 
4. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni tarbiyalashda tasviriy faoliyat mashg’ulotlarning roli 
qanday. 
5. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni musiqiy tarbiyalash xususiyatlari qanday. 
6. Kar va zaif eshituvchi bolalarni estetik tarbiyalash bilan bog’liq xolda nutqni rivojlantirish ishi 
tug’risida gapirib bering. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.Belova N.I. Spesialnaya doshkolnaya surdopedagogika M. 1985 
2.L.A.Golovchis Doshkolnaya surdopedagogika M. 2001 
3.Venger A.A. Obuchenie gluxix doshkolnikov izobrazitelnoy deyatelnosti M.. 1972 
4. Yashunskaya Muzikalnoe vospitanie gluxix doshkolnikov M.1977 
5. P.Yusupova maktabgacha tarbiya pedagogikasi T. O’qituvchi 1992 
6. V.I.Loginova va P.G.Samorukova tahriri ostida Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. 


11-BOB 
Eshitishda nuqsoni bo’lgan maktabgacha yoshdagi bolalarning mehnat tarbiyasi. 
1-§ Yosh avlodning mehnat tarbiyasi maqsadi, vazifalari va vositalari. 
Mehnat tarbiyasi barkamol inson tarbiyasining ajralmas qismi hisoblanadi. Mehnat tarbiyasi 
yoshlarning mehnat faoliyatiga doir bilim va ko’nikma va malakalarni o’z ichiga olgan mehnat 
tajribasini muvaffavqiyatli o’zlashtirib olishiga, ularda mehnat va mehnat ahliga ijobiy 
munosabat uyg’otishga, shaxsni har tomonlama kamol toptirishga va kelajakdagi mehnat 
faoliyatiga tayorlashga qaratilgandir. Mehnatga ahloqiy munosabatni tarkib toptirish uchun bir 
qancha vazifalarni nazarda tutish lozim: Birinchidan, mehnatga psixologik va amaliy jihatdan 
tayorlikni tarbiyalash. Bolalarda shaxsiy istak bo’yicha ishlash ishtiyoqini uyg’otish, mehnat 
qilish odatini tarbiyalash muhimdir. Mehnat qilish istagi va odati tarkib topishi uchun bola o’z 
mehnatining ijtimoiy ahamiyatini chuqur tushunishi, ijodiy mehnatga qiziqishi kerak. 
Mehnatning ijtimoiy ahamiyatining tushungan holda, bola bajargan mehnatidan quvonadi, ishiga 
ijodiy yondashadi. Shu sababli ikkinchi vazifa etib, mehnat faoliyatining ijtimoiy sabablarini 
tarkib toptirish vazifasi belgilanadi. Uchinichi vazifa etib mehnat madaniyatini, alohida va 
jamoa mehnati ko’nikmalari va malakalarini hosil qilish vazifasi belgilanadi.Mehnatning 
maqsadini belgilashni, natijaga erishish uchun maqsadga yetishning ma'qul yo’lini rejalashtishga 
mehnat madaniyati deyiladi. Bunda material va asboblarni to’g’ri tanlash, zarur mehnat 
harakatlarini bilish, asboblar bilan muomala qilish va materiallarga ishlov berish malakalarini 
eallash, materiallar va asboblarga ehtiyotlik bilan munosabatda bo’lish, ish vaqtidan oqilona 
foydalanish, mehnat jarayonini tahlil qilish muhimdir. To’rtinchi vazifa -mehnatga bo’lgan 
hurmat, uning natijalariga, ijtimoiy va shaxsiy mulkka ehtiyotlik bilan munosabatda bo’lish 
hissini, moddiy va ma'naviy boylilar yaratuvchi kishilarga xurmatni tarbiyalashdan iborat. 
Beshinchi vazifa-ongli ravishda kasb tanlash uchun har bir kishining qobiliyati va qiziqishlarini 
aniqlash maqsadida yosh avlodda xilma-xil mehnat turiga bo’lgan qiziqishni oshirishdir. Mehnat 
tarbiyasi vazifalarini amalga oshirish uchun quyidagi vositaladan foydalaniladi: mehnat faoliyati, 
uning turlari, uning tashkil etishning asoslari bilan keng tanishtirish; yosh avlodning, yosh 
avlodinng mehnat tarbiyasi; jamiyatning mehnat qayotida bevosita ishtirok etish, qo’lidan 
kelgan mehnat turlarini bajarish. (V.I.Loginova, P.G.Samorukova).Mehnat tarbiyasi jarayonida 
jamiyatning mehnat faoliyati bilan, uning kishilar ehtiyojini qondiridagi ahamiyati, ishlab 
chiqarishning tashkil etishning ilmiy asoslari bilani keng ko’lamda tanishtirilib boriladi, 
yoshlarga kasblarga doir ma'lumot beriladi, ularda mehnat faoliyatiga, o’z mehnat vazifalariga 
ongli munosabat hosil qilinadi. Kattalarning mehnat faoliyatiga qaraganda, bolalarning mehnati 
bir qator xususiyatlarga ega. Maktabgacha yoshdagi bolalar mehnatining ijtimoiy ahamiyati 
uning bola shahsiga tarbiyaviy ta'sir ko’rsatishdir. Mehnat jarayonida bolalarda mehnatda kuch-
g’ayrat sarflash odati, ishni ohiriga yetkazish malakasi shakllanadi, shuningdek, qat'iylik, 
mustaqillik, mas'uliyat, o’rtog’iga yordam berish malakaasi va shunga intilish hissi, 
tashabbuskorlik va shaxsiy sifatlar tarkib topadi. Mehnatda harakatlarning muvofiqlashganligi va 
aniqligi, olingan natija go’zallikni yaratish, qadrlash, ehtiyotlash( saqlash) malakasini 
shakllantiradi, ya'ni maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning ahloqiy va estetik rivojlanishini 
ta'minlaydi. Bolaning aqliy faoliyatini rivojlantirishda mehnat katta ahamiyatga ega. Mehnat 
qilish jarayonida bolalar materiallar va asboblar, ularning xossalari va sifatlarini o’rganadilar, 
turli materiallar, asbob va uskunalar nomini bilib oladilar. Bolalarda bilimlar to’planadi, idrok 
qilish malakasi, tasavvurlari, tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirish kabi fikrlash jarayonlari, 
nutqi, olingan bilimlarni amaliy qo’llash malakasi, ziyraklik va fahm-farosati rivojlanishiga olib 
keladi. Shuningdek, bolalar mehnat faoliyatini rejalashtirishni: materiallar, asboblar tanlashni, bir
qator ishlar izchilligini belgilashni o’rganadilar. Bolalarning mehnati jismoniy rivojlanishida 
ham katta ahamiyatga ega: mushaklarning faolligi, organizmdagi barcha tizimlar ish faoliyati 
oshiriladi, mehnatdagi harakatlar, ularning muvofiqligi, uyg’unligi, ihtiyoriyligi takomillashib 


boradi,ijobiy hissiy holat yuzaga keladi, bolaning ish faoliyati oshadi. Shunday qilib, mehnat 
bolaning har tomonlama rivojlanish vositasi hisoblanadi va maktabgacha tarbiya muassasasida 
izchilik ravishda va maqsadli tashkil etiladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning mehnat 
tarbiyasi uch guruh vazifalarni o’z ichiga oladi: (P.Yusupova). 
Birinchi guruh vazifalari- mehnat faoliyatini o’zini shakllantirish:
1. Bolalarda ish jarayonlarini amalga oshirish malakalarini izchillik bilan shakllantirish, ya'ni 
maqsad qo’yish, unga muvofiq material va asbolarni tanlash, ularni ish joyida maqsadga 
muvofiq joylashtirish, qator ish harakatlarini ketma-ket bajarish, maqsadga mos natijaga 
erishish, ish jihozlarini joyiga olib qo’yish, ish joyini tartibga keltirish malakalari 
shakllantiriladi. 
2. Bolalarda o’zlarining qo’llaridan keladigan ish turlarini amalga oshirish malakalarini tarkib 
toptirish. Bunda muayyan ish jarayonini maqsad qilib belgilash, uni rejalashtirish, bajarish 
izchilligini belgilash va ularni amalga oshirish, ish jarayonini mehnat qatnashuvchilar o’rtasida 
taqsimlash, natijalarga erishish vaziyatlarini hisobga olish lozim. 
3. Mehnat faoliyatining dastlabki ijtimoiy sabablarini shakllantirish. Dastlab bolani buyumlar va 
ular bilan bajariladigan harakatlarga bo’lgan qiziqish mehnat faoliyatiga undaydi.(ilk davr) 
Mehnatning natijalariga erishishiga bo’lgan qiziqish mehnat jarayonini bolalar uchun jozibali 
qiladi, unda ishtirok etishga barqaror va ongli qiziqish uyg’otadi.(kichik va o’rta maktabgacha 
davr). Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda mehnat faoliyatining dastlabki ijtimoiy sababali: 
boshqalar uchun biron narsa qilish, kerakli natijaga erishishida tengdoshiga yordam berish istagi 
paydo bo’ladi. Pirovard, bolalar uzoq vaqt kuch-g’ayrat sarflashga, ishni sifatli bajarishga 
odatlanadi, mehnatga qat'iy qiziqishi tarkib topadi. Ikkinchi guruh vazifalari - kattalarning 
mehnatiga ijobiy munosabatni tarbiyalashga qaratiladi. Birinchidan, boshqalar uchun ahamiyatli 
natijalarga erishishiga qaratilgan alohida faoliyat sifatida kattalar mehnatini ajratib olish zarur. 
Shuning uchun bolaning diqqatini kattalar mehnatining natijasini ajratib olishga qaratish, 
mehnat natijalarini vazifasi, ularning ijtimoiy ahamiyati, ish natijalariga qanday qilib erishish 
to’g’risidagi bilimlarni kengaytirish zarur. Ikkinchidan mehnat kishisiga xurmat, unga qo’ldan 
kelgancha yordam ko’rsatish istagini tarbiyalash kerak. Bunda inson mehnatining natijalari, 
ularning ijtimoiy ahamiyati haqidagi bilimlar,insonning mehnatga munosabati to’g’risidagi 
bilimlarni kengaytirish zarur. Uchinchidan, kattalar mehnatining natijalariga-bolalarning tevarak 
atroflaridagi buyumlarga ehtiyotlik bilan munosabatda bo’lish hissi tarbiyalanadi.
Uchinchi guruh vazifalari bola shaxsini mehnat faoliyati jarayonida tarbiyalashga qaratilgan 
bo’lib, quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
1. Bolalarning o’z mehnatiga nisbatan to’g’ri munosabatda bo’lishni tarbiyalash, mehnatsevarlik, 
har qanday ishda qatnashishishga tayyorlik, ishni ohirigacha yetkazishni harakat qilish va 
hokazo. 
2.Shaxsiy xislatlarni tarbiyalash: mas'uliyat, mustaqillik, biror maqsadga qaratilganlik, 
chidamlilik, tashabbuskorlik, qat'iylik, o’zini tuta bilish. 
3.Xulq-atvor va bolalar o’rtasida o’zaro ijobiy munosabatlarni: aqil va kelishib ishlash, jamoa 
mehnatini umumiy kuch-g’ayrat bilan kerakli natijaga yetkazish, o’rtoqlarining mehnatini 
xayrixoxlik bilan baqolash, o’rtoqi haqida g’amxo’rlik ko’rsatish, unga yordam berish 
malakalarini tarbiyalash.
Maktabgacha tarbiya muassasalarida mehnat tarbiyasi ikki yo’nalishda amalga oshiriladi: 
1.Bolalarni o’zini mehnatga o’rgatish. 
2.Kattalar mehnati bilan tanishtirish. 
2-§ Bolalar mehnatining turlari va uni tashkil etish shakllari. 
Mehnatni tashkil etishda tarbiyachi har bir yosh guruhidagi bolalarning mehnat faoliyati 
mazmunini belgilovchi "Bolalar bog’chasida ta'lim-tarbiya berish dasturiga" amal qiladi. 
Dasturda quyidagi vazifalar belgilanadi: 
-mehnat faoliyati zaminlarini tayorlash; 


-mehnat malakalarini shakllantirish; 
-bolalar mehnat faoliyati mazmunini asta sekin kengaytira borib, ularni takomillashtirish; 
- shaxsning muhim sifatlari: mehnatga intilish odatini, mas'uliyat, g’amxo’rlik, tejamkorlik, 
mehnatsevarlik, mehnatda qatnashishga tayorlik, qat'iylikni, zaruriyat tug’ilganda mehnatga 
qo’shila bilishni tarbiyalash; 
- topshiriqlarga mas'uliyatli munosabat, ishni ohiriga yetkazish ko’nikmasi va ishtiyoqi, uni 
sifatli bajarishga intilish asoslarini shakllantirish; 
- mehnat madaniyatini tarkib toptirish: o’zining ishini va umum ishini rejalashtirish va 
uyushtirishning oddiy malakalarini, uning izchilligini mo’ljallay olish, vazifalarni qatnashchilar 
o’rtasida taqsimlash, ish uchun kerakli hamma narsani qozirlash, jihozlardan to’g’ri foydalanish, 
mehnat jarayoni tugugach, hamma narsani joy-joyiga olib borib qo’yish malakalarini tarbiyalash; 
- o’z harakatlarin o’rtoqlarining harakatlari bilan muvofiqlashtirish, yordam zarurligini ko’ra 
bilish, yordamni o’z tashabbusi bilan ko’rsatishni o’rgatish.
Mehnat ta'limi samaradorligini ta'minlovchi asosiy didaktik shart-sharoitlar: 
1.Mehnat ta'limi mashg’ulotlarining mehnat haqidagi muntazam bilimlarni shakllantirishga doir 
mashg’ulotlar bilan mustahkam aloqasi. Bolalarni u yoki bu mehnat turiga jalb qilishdan avval 
mehnat jarayonlari yo’nalishlari, sabablari, izchilligi, natijalari haqida bilimlar beriladi. Natijada
bolalar aniq malakalarni o’zlashtiradilar, natijalarni nazorat qiladilar, baholay oladilar. Masalan 
oshxonadan navbatchilik qilishdan oldin enaganing faoliyati bilan tanishadilar va baholaydilar. 
2.Tarbiyachining xilma-xil ta'lim usullaridan birgalikda foydalanishi(harakatlarni bajarish 
usullarini ko’rsatishi va tushuntirishi, o’z-o’zini nazorat qilish usullarini ko’rsatishi va hokazo), 
bundan maqsad mehnat malakalarini shakllantirishdir. 
3. Mehnat jarayonining har bir tarkibiy qismini tabaqalashtirilgan holda o’rgatish tarbiyachining 
ko’rsatish va tushuntirish usuli bilan amalga oshiriladi. Ko’rsatish va tushuntirish quyidagilarni 
o’z ichiga oladi: 
-maqsadning qo’yilishi ( bolalar ovqatlanishiga qulay bo’lishi uchun stollarga dasturxon yozilib, 
idish-tovoqlar chiroyli yasatiladi) ; 
-mehnatning sabablari. Uni yosh xususiyatlari taqozo etadi. Bolalarning mehnat samaradorligi 
ortadi, mehnatni ijtimoiy jihatdan asoslaydilar( kattalarga yordam berish, tengdoshlar va 
kichkintoylar haqida g’amxo’rlik qilish va h.k.) 
-ishning tayorlov va asosiy bosqichlari, mehnatning pirovard natijalariga baqo berish. Tayorlov 
bosqichi material, mehnat jiqozlari va asbob-uskunalarni tanlashni, ish o’rnini tashkil etishni 
eng oqilona usullarini va rolini bolalarga tushuntirish; asosiy bosqich har bir harakatni amalga 
oshirishning o’ziga hos xususiyatlarini ajratib ko’rsatishni va tushuntirishni o’z ichiga oladi: 
bunda har bir harakat izchil bo’lishi. Mehnatning har bir oraliq natijasi albatta qismlarga 
ajratilishi, tahlil etilishi, ko’rsatilaetgan pirovard natija bilan taqqoslanishi kerak. Bu hol mehnat 
harakatlarini bajarish usulini. o’z-o’zini nazorat qilish usulini anglab yetishga, olingan natijaga 
baho berish, xatolarni tuzatishni o’rganishga imkon beradi. 
4. Bolalarning o’zlashtirilayotgan mehnat jarayonini bosqichlar bo’yicha mustaqil bajarishlari:
Birinchi bosqich: ish o’rnini tashkil etish bunda kerakli material, buyum va asboblar tanlanib, 
ishga tayorlanadi. Bu bosqichda ish kattalarning umumiy ko’rsatmalari asosida amalga 
oshiriladi.
Ikkinchi bosqich: eng qiyin jarayonni bajarishdir. Tarbiyachi harakatlarni amalga oshirish 
izchilligini nazorat qiladi, bolalarga kerakli natijalarni qo’lga kiritishni, o’zini nazorat qilishini 
o’rgatadi. Buning uchun bolalarga savollar qo’yiladi, ancha qiyin qarakatlar qo’shimcha tarzda 
ko’rsatib beriladi, mehnat harakatini bola bilan birgalikda bajarishdan foydalaniladi, maslahatlar 
va yo’l yo’riqlar beriladi. 
Uchinchi bosqich- bolalar mehnatining natijalari stifatiga baho berish: ularning maqsadga 
muvofiqligi, vazifaga ko’ra foydalanish mumkinligi. Agar mehnat natijalari talablarga muvofiq 
kelmasa, bolalar tarbiyachi rag’barligida kamchilik sabablarini aniqlaydilar, ularni tuzatish 
yo’llarini topadilar. 


5.Mehnat madaniyati asoslarini shakllantirish. U mashg’ulot jarayonida malaga oshiriladi va 
materiallar hamda mehnat buyumlaridan avaylab va tejab foydalanishni, ish o’rnida tartib 
saqlashni, ish tamom bo’lgach, ularni yig’ishtirishni o’z ichiga oladi. 
6.Mehnat ta'limi mashg’ulotlarida, o’yin mashqlarida va bolalarning kundalik mehnatida olingan 
bilim va malakalarni mustahkamlash. Bolalar bog’chasidagi mehnatning asosiy turlari-bu 
maishiy-xo’jalik mehnati, tabiatdagi mehnat, qo’l mehnati bo’lib, uni tashkil etish shakllari-
topshiriq, navbatchilik, bolalarning jamoa bo’lib mehnat qilishlari kiradi. 
Bola birinchi bo’lib o’z o’ziga xizmat ko’rsatish ishlarini o’zlashtirib oladi. Bu ishlar 
bolaning o’ziga qaratilganligi, o’ziga xos xususiyati bo’lsa, o’z o’ziga xizmat ko’rsatish malakasi 
ularning mazmunini tashkil etadi. Uning ijtimoiy ahamiyat shundaki, bola boshqalarni o’z-o’ziga 
xizmat ko’rsatishdan ozod qiladi. Bundan tashqari, o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish jarayonida u 
mehnat faoliyatining barcha tarkibiy qismlarini egallab oladi va natijada mustaqil bo’lib qoladi, 
faoliyatga bo’lgan o’z ehtiyojini qanoatlantiradi, buyumlar haqidagi bilimlarni to’plab boradi, 
mehnatda kuch-g’ayrat sarflashga o’rganadi. Mehnatning ikiknchi turi-maishiy xo’jalik ishlari: 
guruh xonasi, uy va uchastkada tartib saqlash, maishiy jarayonlar va o’quv faoliyatini tashkil 
etishda(toza sochiqlarni ilib qo’yish, stol tuzash, guruh xonasini mashg’ulotga tayorlash, rugux 
xonasi, uchastkani yiqishtirish va hokazolarda) ishtirok etishni nazarda tutadi. Bu ishning 
ijtimoiy yo’nalganligi- boshqa bolala yoki kattalar ehtiyojlarini qanoatlantirish- mazkur mehnat 
turining o’ziga xos xususiyatidir. Tabiatda ishlash bolalardan o’simliklar va hayvonlar 
to’g’risidagi muayyan bilimlar doirasini, o’z harakatlarini nazorat qilish malakasini, muayyan 
darajadagi mas'uliyatni talab etadi. U hayvonlarni boqish, ularning qafaslarini tozalash, 
o’simliklarni suqorish va gultuvaklarni yuvish, erni yumshatish, ko’chat ekish, urq sepish va 
hokazolardan tashkil topadi. Bu mehnat bolalar guruhining ehtiyojini qanoatlantirish bilan bir 
qatorda tabiatni muhofaza qilishga qaratilgandir. Bolalar belkurak, xaskash, leyka va hokazolar 
bilan muomala qilish malakasini egallab oladilar, natijaga erishish, uzoq maqsadni e'tiborga 
olishni o’rganadilar. Qo’l mehnati katta guruhdan o’rgatiladi. Bolalar qog’ozdan o’yinchoqlar, 
quticha va paketchalar tayorlaydilar, kitoblarni tuzatadilar, yog’och va boshqa materiallardan 
eng oddiy o’yinchoqlar yasaydilar. qo’l mehnati qaychi igna, qo’larra, ombur, bolqalarni 
ishlatish malakasini, shuningdek materiallarni bilishni talab etadi. Shu sababli u bolalarning 
konstruktorlik va qirqib yeg’ishtirish mashg’ulotlarida qaychi, yelim, qog’oz hamda boshqa 
materiallar bilan ishlash malakalarini egallab olganlaridan keyin joriy etiladi. Bu mehnat turida 
bolalar materiallar va asboblarniularni xossalarini hisobga olgan holda tanlashni o’rganadilar. 
Buyumlar tayorlash esa detallarni, birikmalarni ko’rish va tahlil qilishga, qismlarni kattaligigi 
bo’yicha mutanosiblashtirishga, shakl bo’yicha tanlashga, buyumlarni rasm bo’yicha tayorlashga 
odatlantiradi. Bu faoliyat davomida bolalarning loyiqalash va rejalashtirish tafakkuri rivojlanadi. 
Topshiriqlardan bolalar bog’chasining barcha yosh guruhlarida keng foydalaniladi, kichik 
guruhlarda ular bolalar mehnatini tashkil qilishning asisiy shakli hisoblanadi. Kichkintoylar bilan 
mehnat tarbiyasi bo’yicha ish olib borayotganda nima uchun ishni bola tarbiyasi bilan birgalikda 
bajariladigan individual topshiriqlardan boshlash va bir oz muddatdan keyingina boshqa 
shakllarga o’tish lozimligin tarbiyachi yaxshi bilishi kerak. Psixologik xususiyatlariga ko’ra
kichik yoshdagi bolalar o’z harakatlarida yetarlicha mustaqil emaslar, ular tahlidga juda moyil 
bo’ladilar, o’zlarining xatti-harakatlarini o’rtoqlariniki bilan muvofiqlashtira olmaydilar hamda 
jamoa uchun zarur bo’lgan tezlikda ishlolmaydilar, ular ko’p chalqiydilar, boshlagan ishni 
ohiriga yetkazmaydilar. Chunki bu yoshda bolalarni natija unchalik qiziqtirmaydi, ularni harakat 
jarayoni o’zigina jalb qiladi ( ular natijaga erishish uchun zarur bo’lgan ko’nikma va malakalarga 
hali ega emaslar). Shuning uchun kichik guruhda bolalar ayrim mehnat tajribasiga ega 
bo’lganlaridan keyin, guruhli topshiriqlarni berish mumkin bo’ladi. Bu yoshdagi bolalar yonma-
yon mehnat qiladi va tarbiyachi oldida o’z ishi uchun javob beradi va jamoa bo’lib ishlash 
uchun zarur bo’lgan ko’nikma va malakalarni mashq qiladi. Ma'lum darajada mustaqil mehnat 
qilishni o’rgangandan keyin bolalar navbatchilikka jalb etiladi. Malakalari nisbatan barqaror 
bo’la boshlagan, mehnat natijalari esa amaliy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan katta va 
tayorlov guruhlarda jamoachilik mehnati keng qo’llaniladi. Bu vaqtda bolalar navbatchilikning 


har xil turlarida qatnashishda va xilma-xil topshiriqlarni bajarishda yetarli tajribaga ega 
bo’ladilar. Pedagog bolalarga bo’lajak ish haqida kelishib olishni, zarur bo’lgan tezlikda 
ishlashni, topshiriqni ma'lum muddatda bajarishni o’rgatadi. Bolalar umumiy mehnat qilganda 
hamma uchun umumiy topshiriq olishadi va ish ohirida bajarilgan ishga umumiy yakun 
chiqariladi. Tayyorlov guruhda bolalar ish jarayonida bir-birlariga bog’liq bo’lib bajaradigan 
birgalikdagi mehnat alohida ahamiyat kasb etadi. Bunda pedagog bolalarda bir-birlariga 
xushmuomalalik bilan iltimos qilib murojaat qilish, birgalikda harakat qilish, bir-birlariga 
yordam berish haqida kelishish odatini tarbiyalaydi. To’g’ri tashkil qilingan va qo’ldan 
keladigan mehnat bolalarni birlashtiradi, o’zaro yordam, intizomlilikni, kuchlarni teng 
taqsimlash va qiyinchiliklarni yengish ko’nikmasini tarbiyalashga, mustaqillik, tashabbuskorlik, 
ishni yaxshi bajarishga intilish va hamkorlikda ishlash odatini tarbiyalashga yordam beradi. 
Yaxshi tashkil etilgan mehnat bolalarning jismoniy rivojlanishlariga, organizm umumiy ish 
qobiliyatining o’sishiga hamda chiniqishiga, harakatlarning aniqlashuvi va uyg’unlashuviga 
yordam beradi. Mehnat jarayonida bolalar zarur malakalarni, shu jumladan, o’simlik va 
jonivorlarni parvarish qilish malakalarni egallaydilar, predmetlar(qalam, bolg’a) bilan 
bajariladigan oddiy harakatlarni o’zlashtiradilar, materiallar va ularning xususiyatlarini bilib 
oladilar. Bolalarda mehnatga qiziqish, mehnat qilish ishtiyoqi, mehnatning quvonch baxsh etishi 
haqida to’g’ri tasavvur tarkib topadi. Keyinchalik mana shu asosda har bir kishining xalq 
manfaati uchun mehnat qilishi, bu insoniy burch ekanligi haqidagi tushuncha shakllantiriladi. 
Navbatchilik kundalik mehnatning bir turi sifatida, bolalar mehnat mashg’ulotlarida tegishli 
mehnat jarayonlarini bajarishni bilib olgandan keyin joriy etiladi. Dasturga muvofiq bolalar 
oshxonada, tabiat burchagida, mashg’ulotlarda navbatchilik qiladilar. Oshxonada navbatchilik 
qilish o’rta guruqda yil boshidan e'tiboran joriy etiladi, mashg’ulotlarda navbatchilik qilishga 
yilning ikkinchi yarmidan jalb etiladi, tabiat burchagida navbatchilik qilish katta guruhda joriy 
etiladi. (P.Yusupova). Oshxonada navbatchilik qilaetgan bolalar stol bezashadi, idishlarni 
yig’ishtiradilar. Mashg’ulotlardagi navbatchilikda bolalar zarur materiallarni, qog’oz, qalam, 
mo’yqalam, yelim, loy, plastilinni qo’yib chiqadilar, mashg’ulotdan keyin olib qo’yadilar, 
mo’yqalam, taglik, lattalarni yuvadilar, hamma narsani joy-joyiga qo’yadilar. 
Tabiat burchagida navbatchilar o’simliklar va jonivorlarni parvarish qiladilar, tabiat 
kalendarini yuritadilar. Tarbiyachi bolalar ishiga rag’barlik qilib, bolalar ishini yo’naltiradi, u 
yoki bu qatoni ogohlantiradi, qiyinchiliklar bo’lganda, bolalarga yordam beradi. Navbatchilik 
qilgan bolalarning ishlari baholanishi, puxta bajarilgan ishlari e'tirof etiladi va yo’l qo’yilgan 
qatoliklar haqida xayrixoxlik bilan ta'kidlanadi. Navbatchilik chog’ida bajariladigan ish hajmi 
bolalar yoshi va imkoniyatiga qarab taqsimlanishi ularni charchab qolishi va zerikishini oldini 
oladi, navbatchilik vazifalari tezroq o’zlashtiriladi. Katta guruhlarda navbatchilikni topshirish, 
bajarilgan ishlar haqida hisobot berish joriy etiladi va shunday qilib bolalarning ishlari nazorat 
qilinadi, muvaffaqiyatlar qayd etiladi. Bolalarda mas'uliyatni oshirish, mehnat ko’nikmalarini 
mustahkamlash, sabr-toqat, qat'iyat, mehnatsevarlik kabi fazilatlarni tarkib topishi uchun 
navbatchilikni almashtirib turish, bir biriga yordam berish, nazorat ishlariga jalb etish maqsadga 
muvofiqdir. Navbatchilar mehnati baqolanar ekan, mehnat natijalarining sifati, uning sababi va 
yo’nalishlari ta'kidlanadi: "Bolalar tabiat burchagida yaxshi navbatchilik qildilar, gullarga suv 
quydilar, yorni yumshatdilar, barglarini artdilar, endi gullar yaxshi o’sadi. Rustam baliqlarni 
yaxshi parvarish qildi: ovqat berdi, suvni yangiladi, qamma narsani o’zi qildi". Bunday baqolash 
natijasida bolalar o’z mehnatiga, muvaffaqiyatlari va kamchiliklariga to’g’ri munosabatda 
bo’lishni ta'minlaydi. Bolalarning navbatchilar mehnatiga salbiy munosabat bildirishiga 
quyidagi hollar sabab bo’ladi: 
1.Bolalarda zarur bilim va malakalarning yo’qligi. 
2.Tarbiyachining navbatchilar ishiga baho berishga, hisobotlariga e'tiborsizlik bilan qarashi. 
3.Navbatchilar ishidagi bir xillik, mehnatni tashkil etishda murakkablikning yo’qligi, aqliy va 
xissiy yumushlarning yetarli emasligi. Bunday hollarni oldini olish uchun bolalar bilan 
ishlashda frontal va yakka tartibda ishlash, qafta davomida barcha bolalar navbatchi bo’lishini 
nazorat qilish, amalga oshiriladigan ishlarni belgilash kerak bo’ladi. 


Bolalarning mehnat qilish imkoniyatlarini kengroq foydalanish maqsadida, navbatchilikdan 
tashqari boshqa maishiy mehnat turlari ham qo’llaniladi. Masalan tarbiyachi topshirig’iga 
binoan sochiqlar va ko’rpa-to’shak jildlarini almashtirishda, o’yin burchagini yiqishtirishda, 
shkaf javonlarini artishga yordam berish, guruh bo’lib xonani yiqishtirish, bog’cha 
maydonchasini yiqishtirish, ekinzorlardagi yerni yumshatish, uruq va ko’chatlar ekish, gulzor va 
ekinzorlarni suqorish va shu kabilar amalga oshiriladi. Bo’sh vaqtlarida syujetli o’yinlar uchun 
buyumlar yasaydilar, qoqoz, karton va tabiiy materiallardan o’yinchoqlar yasaydilar, gulzorda 
ishlaydilar va hokazo. Bunday mehnat jarayonida bolalar bo’sh vaqtini qiziqarli o’tkazishga, 
mehnatning ijtimoiy foydasini bilishga, faol va mustaqil ishlashga odatlanadilar. Tarbiyachi 
bolalarga topshiriqlarni taklif etadi, zarurligini asoslab berib, maqsadni qo’yadi va ishni 
rejalashtirishga, ishni taqsimlashga, sheriklar tanlashga yo’naltiradi. 
Shunday qilib, bolalar har kuni bajaradigan mehnatning xilma-xil turlari barcha bolalarning 
mehnat faoliyatida doimiy ishtirok etishini, mehnat qilish ko’nikmasini, mehnatga odatlanishni 
tarkib toptirishni ta'minlaydi. 
3-§ Bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish. 
Bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish ijtimoiy foydali mehnatni qismlarga ajratib 
berish,mehnat natijalarini ko’rsatish, ularni har bir kishi uchun ahamiyatini ochib berish
imkonini beradi. Bolalar bog’chasi dasturiga binoan bolalar kattalar mehnati to’g’risida quyidagi 
bilim va tasavvurlarni egallab olishlari zarur: 
Kichik guruh: 
1.Ayrim kasb egalarining mehnati. 
2.Mehnat jarayonidagi mehnat harakatlari. 
3.Mehnat jarayonini amalga oshirish uchun kerakli material. 
4.Ma'lum bir mehnat jarayonini bajarish uchun jihozlar. 
5.Mehnat natijasi. 
6.Kishi mehnatining ijtimoiy ahamiyati. 
O’rta guruhda mehnat to’g’risida qo’shimcha tasavvur va bilimlar beriladi: 
1.Harakat sifati haqida. 
2.Kishining mehnatini yengillashtiruvchi moslamalar. 
3.Kishilarning mehnatga muhabbati. 
Katta va tayyorlov guruhida yana yangi tasavvur va bilimlar beriladi: 
1.Kishilar mehnatini yengillatadigan mashina va mexanizmlar to’g’risida. 
2.Kishilar mehnati jamoa xarakterida ekanligi to’qrisida. 
3.Jamoa mehnati jarayonida kishilarning o’zaro munosabatlari to’g’risida. 
4.Mehnat qahramonlari, xalqimizning mehnat an'analari to’g’risida. (P.Yusupova) 
Kattalar mehnati bilan tanishtirishning mazmuni quyidagicha: 
- bolalarda mehnatning muayyan natijalarga qaratilganligi haqida bilimlarni shakllantirish. 
Bunda bolalar mehnat jarayonining tarkibini, maqsadini, material va asboblarni tanlash 
qoidalarini, mehnat harakatlari, rejalashtirilgan natija, shuningdek, mehnat jarayonini tashkil 
etish qoidalarini bilib oladilar. Katta kishilar mehnatining ijtimoiy mohiyati va uning tarkibiy 
qismlarga ajratilganligi haqidagi bilimlarni o’zlashtirish maktabgacha yoshdagi bola uchun 
murakkab vazifadir. Bolalarning aksariyati mehnat natijalarini, mehnat harakatlarini qismlarga 
ajratmaydi, maqsadni qo’yish va materialni tanlash kabi tarkibiy qismlarni anglab yetmaydilar. 
Sababi, birinchidan, kattalar mehnat faoliyati uzluksiz davom etadigan xususiyatga ega, uning 
barcha tarkibiy qismlari bir-biriga qo’shilib ketgan va bola ularni alohida-alohida idrok eta 
olmaydi, natijalarini anglab yetmaydi. 
Ikkinchidan, kattalar mehnati sof holda taqdim etiladi:mehnat faoliyati bolalar uchun o’zining 
jarayon tomoni bilan namoyon bo’ladi, ayrim harakatlar natija va maqsad bilan bog’lanmaydi, 
qayd etilmaydi, anglab yetilmaydi. Olingan mehnat natijasi ko’pincha mehnat jarayoni bilan 


bog’lanmaydi. Shuningdek, mehnat natijalarini bolalar ko’pincha anglab etmaydilar, chunchi 
ularga erishish asoslab berilmaydi, ularning kishilarga zarurligi ochib berilmaydi. 
Uchinchidan, mehnat faoliyatini o’rganishda, bilish vazifalariga, bilinaetgan xodisaning 
xususiyatlariga mos kelmaydigan metodlar qo’llaniladi. Mehnat jarayonini oddiy kuzatish 
bolalarga uni qismlarga ajratish va har bir tarkibiy qismni anglab yetish, uning aloqalarini, 
mehnatning umumiy yo’nalishini aniqlash imkonini bermaydi. Kattalar mehnati bilan bolalarni 
tanishtirish uchun quyidagilar talab etiladi: 
-Mehnatning maqsad va vazifalarini ochib berish. Maqsad va vazifalar kishilarning amaliy 
ehtiyojlari bilan bog’lash(qo’g’irchoqni sayrga olib chiqish uchun unga shapkacha tikish, 
hammani to’ydirish uchun ovqat pishirish va h.k). 
-mehnat maqsadlari buyum obrazlari(rasm, applikasiya) tarzida yaqqol tavsiya etilgan bo’lishi 
lozim. 
-muayyan xossalarga ega bo’lgan materialni tanlash mehnatning muhim tarkibiy qismi sifatida 
anglanadi (bayramda kiyiladigan ko’ylak uchun yupqa, yengil material olinadi, shapka tikish 
uchun qalin, issiq gazlama olinadi). 
-asboblar, jihozlar oldindan tayyorlab qo’yish kerak. 
-mehnat jarayonini bosqichma-bosqich namoyish qilish. Tarbiyachi mehnat jarayonini 
bajargandan keyingi erishilgan oraliq natijani qayd qiladi, uni pirovard natijadan farq qilishini, 
undan vazifasiga ko’ra foydalanib bo’lmasligi qayd qiladi. 
-olingan mehnat natijasini vazifasiga ko’ra ishlatish va natija, maqsad, ishlovchi kishining 
mehnat harakatlari o’rtasidagi bog’lanishni aniqlash: oldiniga qo’qirchoq sovuq qotmasligi 
uchun shapkacha tikishni mo’ljallandi, keyin qalin gazlama, qaychi, ip, igna olindi, so’ngra 
bichib, tikildi va orzu qilingan shapkacha tayyor bo’ldi. Endi qo’g’irchoqqa kiydirib,uni sayrga 
olib chiqish mumkin, qo’g’irchoq sovqotmaydi. 
Kattalar buyum tayyorlashini va maishiy xo’jalik faoliyatini kuzatish mehnat jarayonining 
rejalashtirilgan natijalarga yo’naltirilgani haqida, natijaga qo’yilgan talablar, uning maqsadga 
muvofiqligi haqida, tegishli material, asboblar tanlash zarurligi, natijaga erishishga qaratilagan 
mehnat harakatlari tarkibi va tartibi haqida bolalarda yaqqol tasavvurlari hosil bo’ladi. Mehnat 
jarayonining tuzilishi, uning tarkibiy qismlari o’rtasidagi bog’lanish haqidagi bu bilimlar 
birinchidan, bolalarning kattalar mehnat faoliyatini mustaqil bilib olishlari, yangi mehnat 
jarayonlarini aniqlab, qismlarga ajarata bilishlari, ularning natijalarini aniqlay olishlari uchun, 
ikkinchidan bolalarning mehnat faoliyalarini o’zlashtirishlari, mehnat jarayonlarini mustaqil 
rejalashtirib, amalga oshirish malakalarini shakllantirish uchun muhimdir. Kattalar mehnati bilan 
tanishtirishning vositalari:
1. Ekskursiya, mashg’ulot, maqsadli sayrlar. Bunda kuzatish. Kino va diafilm, diapozitiv, 
teleshitirish, badiiy adabiyot, ko’rgan va eshitgani to’g’risida suhbat, tarbiyachi va bolalarning 
hikoyalari, tarbiyachining hikoya va tushuntirishi, didaktik o’yinlar kabi turli-tuman metodlardan
foydalaniladi. 
2. Mashg’ulot va mashg’ulotlardan tashqari vaqtlarda kattalar mehnatini yaqinlashtirish. Turli 
yumushlarni bolalar oldida bajarish va ularga ko’rsatib tushuntirish, suhbat o’tkazish. 
Kuzatishdan keyin bolalar shunga o’xshash mehnat turlarini tashkil etish maqsadga muvofiq 
bo’ladi. 
3. Bolalarning kattalar bilan birgalikdagi mehnati: a) Asosiy ishni kattalar bajarishadi, bolalar 
qo’llaridan kelganicha yordam beradilar. b) tarbiyachi ishni boshlab beradi, qolganini bolalar 
o’zlari mustaqil davom ettirishadi. v) kattalar boshlab beradi, bolalar davom ettiradi, keyin esa 
bolalar va kattalar birgalikda bajarishadi. 
4-§ Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning mehnat tarbiyasi. 
Maktabgacha 
yoshdagi kar bolalarning rivojlanishi sohasidagi ko’plab kuzatishlar 
(N.A.Rau,A.A.Venger, L.P.Noskova, G.V.Trofimova), eshitishning keskin pasayishiga olib 
keluvchi kasalliklar natijasida eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar ko’pincha jismoniy 


rivojlanishida eshitadigan tengdoshlaridan orqada qolishini ko’rsatadi. Ularda somatlik jihatdan 
zaiflik, harakatlar muvofiqligining buzilishi kuzatiladi. Eshita olmaslik va pirovard o’z 
harakatlarini yetarlicha sezmaslik harakat ko’nikmalarini tarkib topishini qiyinlashtiradi. 
Bularning barchasi mehnat malakalarini shakllantirishni qiyinlashtiradi. Tadqiqotlar
ta'kidlanishicha, kar o’quvchilarning bilish va amaliy faoliyat jarayonlarining kechikib 
rivojlanishi ularning umumiy va harakatlar rivojlanishining orqada qolishi bilan belgilanadi.
Mazkur hulosa, nuksonni tuzatishga hamda eshitishda nuqsoni bo’lgan bolaning ta'lim olish va 
har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan korreksiya tarbiyalash ishlarini ertaroq olib borish 
zarurligini tasdiqlaydi. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar maxsus maktabgacha muassasalarida 
mehnat tarbiyasi quyidagi vazifalarni hal etishga qaratiladi: 
1. O’z -o’ziga xizmat ko’rsatish va mustaqillik kunikmalarini tarbiyalash; 
2.Mehnat ko’nikma va malakalarini shakllantirish; 
3. Kattalarning mehnati bilan tanishtirish va mehnat aqliga hurmat xissini tarbiyalash; 
4. Mehnat tarbiyasi bilan bog’liq holda nutqni rivojlantirish. 
Maxsus bolalar bog’chasida tashkil etilgan hayot davomida bolalarda mehnat qilish ehtiyoji, 
jamoada ishlash istagi tarkib toptiradi. Mehnat tarbiyasining mazmuni eshitishda nuqsoni 
bo’lgan bolalar bog’chasi dasturida aks ettirilgan. Unda ta'limning birinchi yilidan boshlab 
bolalarda shakllanishi zarur bo’lgan mehnat ko’nikmalari va malakalari, bolalar muloqotida 
qullaniladigan zarur lug’at hajmi ko’rsatilgan. Maxsus bog’chada tarbiyalanuvchilar yoshiga [os
holda o’z-o’ziga xizmat qilish, xo’jalik - maishiy mehnat, tabiatdagi mexnat, kul 
mehnatiga jalb etiladi. 
5-§ O’ziga o’zi xizmat qilish va mustaqillik ko’nikmalarini shakllantirish. 
O’ziga o’zi xizmat ko’rsatish mehnat faoliyatining turi sifatida ta'limning barcha yillarida
bolalarga o’rgatiladi. Ilk davrda, ikki yoshli kichkintoylarni gigiena qoidalariga rioya qilishga, 
mustaqil yeb -ichish, kiyinish va yechinishga o’rgatishdan boshlanadi. Yil sayin bolalarning 
malaka va ko’nikmalari takomillashib boradi. Surdopedagog bolalarning xususiyatlarini, 
maktabgacha yoshdagi kar bolalarning o’ziga xosliklarini, ularning bog’chaga kelgunga qadar 
oilaviy sharoitlarini bilishi zarur. Kar va zaif eshituvchi bolalarda mehnat ko’nikma va 
malakalari kattalarga taqlid qilish asosida shakllanadi. Tarbiyachilar, ota-onalar bolalarni eng 
oddiy ishlarga sabr toqat bilan o’rgatishlari, xamda mehnat faoliyati jarayonida , buyumlarni, 
materialar, jihoz va uskunalar, harakatalar va xossalarnini ifodalovchi so’zlar yozilgan 
jadvalchalarni ko’rsatib ularning nomlari bilan tanishtirishi kerak bo’ladi. Bunda ayni paytda 
ma'lum mehnat ko’nikmalari bilan birga bolalarning nutqi ham shakllantiriladi. Uch yoshli 
bolalar o’z-o’ziga xizmat kursatishda ancha mustaqillika erishadilar: ular dasturxon atrofida 
o’zni tutishni, kiyinish va yechinishni, yuz -qo’lini yuvishni va artinishni bilishadi. Maxsus 
maktabgacha muassasalarda o’z o’ziga xizmat ko’rsatish ko’nikmalarini shakllantirishda mayda 
motorikani rivojlantirish uchun quyidagi mashqlarni bajarish tavsiya etiladi: xalqachalarni ipga 
tizish, sharchalarni tayoqchalarga tizish, qo’g’irchoq matryoshkalarni qismlarga ajratish va 
yiqish ip, tasmalarni haltaklarga o’rash, mozaikadan naqshlarni tuzish, lentalarni bog’lash 
yechish, teshikchalardan ip o’tkazib naqshlar yasash va hokazolar. Bu davrda surdopedagog
bolalar bilan alohida - alohida ish olib boradi hamda bola tomonidan mehnat malakalarning 
shakllanganligi 
va 
bajariladigan 
harakatlar 
va 
narsalarning 
nomlari 
qanday 
mustaqkamlanganligini tekshiradi. So’zlarni mustahkamlash uchun yozuvli jadvalcha, va 
suratlardan foydalaniladi, ularda kundalik muomalada ishlatiladigan ayrim so’zlar va iboralar 
yoziladi, bolalarga tanish bo’lgan nutqiy material esa mustaqil ravishda og’zaki-daktil
ifodalanadi. O’rta maktabgacha yoshdagi bolalar o’z-o’ziga xizmat ko’rsatishda mustaqilroq 
buladilar va bir -birlariga yordam berishni o’rganadilar. Ular o’z o’rtog’iga savol bilan murojaat 
etishni va tanish iboralardan foydalanib, minnatdorchilik bildrishni bilimog’i kerak. Katta
gurux bolalarning o’z-o’ziga xizmat ko’rsatishdagi mustaqilligi yana ortadi: ular
tanasini toza tutish va kiyim kechaklarini ozoda saqlash, sochlarini tartibga


keltirish, o’rinlarini yig’ishtirish, guruh xonalarida tartibni saqlash kabi ishlarga odatlanishlari 
kerak. Kar bolalarni o’z-o’ziga xizmat ko’rsatishga o’rgatish kattalardan ma'lum 
sharoitlarni talab qiluvchi murakkab jarayondir. Bolalar bog’chasida belgilangan kun 
tartibiga qat'iy rioya qilish muhim shartlaridan biridir. Chunki aniq tartib bolaning asab tizimiga
ijobiy ta'sir qiladi, uni intozomlilikka, ishni xamisha bir vaqtda, ma'lum uzviylik va 
ketma ketlikda bajarishga o’rgatadi. Ikkinchi shart: barcha kattalar, shu jumladan,oila a'zolari
tomonidan bolalarning mehnat harakatlariga nisbatan har doim bir xil talab qo’yilishi kerak. 
Kattalar va bolalar o’rtasidagi o’zaro og’zaki muloqot o’ziga -uzi xizmat ko’rsatish
ko’nikmalarini shakllantirishida majburiy shartidir.Bolalar xarakatlarni og’zaki ko’rsatma 
bo’yicha bajarishlari va o’z harakatlari haqida hikoya qilib berishlari kerak.
6-§ Mehnat malaka va ko’nikmalarini shakllantirish. 
Bolalarning faoliyat qilish extiyoji tarbiyachi tomonidan mehnat malaka va ko’nikmalarini 
egallashiga yunaltiriladi. Bunda eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning individual xususiyatlari 
va jismoniy imkoniyatlari hisobga olinadi. Bolalar bog’chasida tarbiyalanuvchilar zarur mehnat
malaka va ko’nikmalarini egallabgina qolmasdan, o’rtoqlari bilan o’zaro ijobiy munosabatlarni 
o’rnatishni va jamoa bo’lib ishlashni o’rganadi zarur so’zlarni o’zlashtiradi. Ya'ni so’zlarni 
o’zlashtirish, ishlash jarayonida og’zaki nutq vositasida atrofdagi kishilar bilan muloqotda 
bo’lish imkonini beradi. Bolalar bog’chasi guruh xonalari va maydonchani yiqishtirish kabi 
xo’jalik maishiy mehnat ta'limning ikkinchi yilidan boshlab joriy etiladi. Bundan tashqari bolalar 
mashg’ulotlarda surdopedagog va tarbiyachiga didaktik materiallarni tarqatishda va 
mashg’ulotlardan so’ng yig’ib olishda, doskani artishda, o’yindan keyin o’yinchoqlarni 
yig’ishtirib qo’yishda, dasturxon yozishda va tuzatishda, ovqatdan keyin dasturxonni 
yig’ishtirshda yordam beradilar, polni supuradilar, qo’g’irchoqlarning kiyim-kechagini yuvadilar 
va dazmolaydilar. Tabiat qo’ynida mehnat qilish maktabgacha yoshdagi kar va zaif eshituvchi 
bolalarning rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Mehnat jarayonida bolalarning atrof muhit 
hakidagi tasavvurlari kengayadi, ular tabiatni sevishga, barcha jonzotlarni asrab avaylashga
o’rganadilar. Maxsus bolalar bog’chasi dasturida quyidagi mehnat turlarini tashkil etish nazarda 
tutiladi: avval suvni tayyorlab o’simliklarni to’g’ri sug’orish, yerni yumshatish, barglar changini 
artish, suv purkash, idish -tovoqlarni yuvishga yordam berish, uchastkadagi yerni chopiq qilish, 
qushlar, baliqlarni boqish, qafaslarni, ovqat, donlarni tozalash, akvariumlarni yuvish va 
hokazolar. Bolalar hayvonlar va o’simliklarni parvarishlash bo’yicha mehnat 
ko’nikmalariga ega bo’lish bilan bir vaqtda o’simliklar va hayvonot dunyosining hayoti
haqida dastlabki ma'lumotlarga ega bo’ladilar. Ta'limning ikkinchi yilidan boshlab qo’l 
mehnati joriy qilinadi. Tarbiyachining raxbarligida turli buyum va o’yinchoqlarni, o’yin uchun 
jihozlarni, tabiiy materialdan buyumlarni, yumshoq o’yinchoqlarni yasashni o’rganadilar. 
Mashg’ulotlarda ba'zi jihoz va asboblar (qaychi, nina, mo’yqalam), turli materiallar 
(qog’oz,karton, mato) bilan ishlash malakalarini egallaydilar. Qo’l mehnati bolalar
ijodkorligini, hayolini rivojlantirishda tarbiyachining mahorati katta ahamiyatga egadir. 
Mehnat jarayonida bolalarning mayda qo’l harakatlari takomillashadi, harakatlari aniq , 
maqsadga yo’naltirilgan bo’lib boradi. Bolalar bog’chasida shakllangan mehnat ko’nikmalari 
maktabda predmet-amaliy ta'lim darslarida keng qo’llaniladi. Mehnat malakalarini
tarbiyalashda quyidagi asosiy metodlardan foydalaniladi: mehnat harakati usullarni alohida
ko’rsatib berish ,harakatlar ketma-ketligini ko’rsatish, bola va pedagogning 
birgalikdagi harakatlari, berilgan namuna bo’yicha faoliyat, og’zaki ko’rsatma bo’yicha 
harakatlar (ta'limning birinchi va ikkinchi yili),amalga oshiriladigan ishlarni tushuntirib berish va
rejalashtirish, mehnatga bo’lgan munosabatini baholash va bolaning mehnat natijalarini 
baholash (ta'limning uchinchi , to’rtinchi va beshinchi yili). Mehnat malaka va 
ko’nimalarini egallash bilan bir vaqtda zarur nutq ham o’zlashtiriladi: bu buyumlar 
va harakatlarning nomlari, nasalarning xususiyatlari, kattaligini, rangini, shaklini ifodalovchi 
so’zlar va hokazolar. Mehnat faoliyati jarayonida tarbiyalanuvchilar tarbiyachining "Sen nima 
qilasan", "Sen nima qilyapsan", "Sen nima qilding" kabi savollarga javob beradi. Turli 


narsalarni yasayotib bolalar o’z ishining maqsadini ko’ra bilishi, o’z ishidan quvonch va 
qonikishni his etishi darkor. Shuning uchun tarbiyachi guruxda bolalarning mehnat
faoliyatini baholaydi, yasalgan narsalar ko’rgazmasini uyushtiradi, o’rtoqlarining
tug’ilgan kuniga, bayramlarda ota - onalariga bolalar bilan birgalikda sovg’a tayyorlaydilar.
Bolalar bog’chasida mehnat tarbiyasi quyidagi shaklda amalga oshiriladi: topshiriq berish, 
navbatchilik, mashg’ulot. Topshiriqlar bir yoki bir necha bolaga, ularning imkoniyatiga va 
dastur talablariga muvofiq beriladi. Bolalarning mehnat topshiriqlari jadvalchalarga yozilib 
barcha gurux xonalariga, yotoqxona, yechinish xonasi, xojatxonasiga ilib quyiladi. Mehnat
topshiriqlarini mustahkamlash uchun individual topshiriq kartochkalardan foydalaniladi 
Tarbiyachi individul topshiriqlarni bajarilishini tekshirib, bajarilgan ishning sifatini va nimalarni 
qilinganligi haqida hikoya qilish malakasini baqolaydi. Tarbiyachi har bir bolaning mehnat 
ko’nikmalari va nutqni qay darajada egallanganini bilishi va alohida xususiyatlarini topshiriqni 
bajarayotganda hisobga olishi kerak. Tarbiyachi nafakat eng faol, bilag’on, balki sustroq 
bolalarga ham topshiriq berishi hamda zarurat bo’lganda ularga yordam kursatishi kerak. Kichik 
guruh tarbiyalanuvchilari alohida-alohida topshiriq olishadi, katta guruhda esa topshiriqni ko’p 
bolalar birgalikda bajarishi mumkin (juft-juft bo’lib, birgalikda uyushib ishlash). Shunday qilib, 
ular jamoa bo’lib mehnat qilishga, ya'ni umumiy maqsadga erishish uchun harakatlarini 
birgalikda bajarishga va bir-biri bilan og’zaki muloqot qilishga o’rganadilar. Navbatchilik 
ta'limning uchinchi yilidan joriy qilinadi. Navbatchilikni tashkil qilish jarayonida har bir 
bolaning mehnat ko’nikmalarini mustahkamlanishi, jamoa oldidagi mas'uliyatini his qilishi, 
tashkilotchilik iste'dodini namoyon qilishi, kattalar va bolalar bilan nutqiy muloqotda bo’lishi 
uchun imkoniyat yaratiladi. Surdopedagog va tarbiyachi mashqg’lotlarda (ertalab va kechkurun),
yotoqxonada, oshxonada, hojatxonada, jonli tabiat burchagida bolalarning navbatchiligini tashkil
qiladilar. Tarbiyachi bolalarni qunt bilan ishlashga, topshirilgan ishni tez va ozoda bajarishga, 
muloqotda 
tanish 
so’zlardan 
foydalanishga 
o’rgatadi. 
Masalan, 
navbatchi 
ertalab 
mashg’ulotgacha ho’l latta bilan doskani artadi, surdopedagogga zarur qullanmalarni tayyorlash 
va tarqatishda, bolalarni safga tizib guruhga olib kirishda, ularni joy-joyiga o’tkazishda yordam 
beradi. Surdopedagog navbatchiga bolalarga savollar berishni topshiradi ("Bugun qanaka kunq", 
"Buqun havo qanday"), ovozni kuchaytiruvchi apparatdan foydalanib navbatchi bolalar bilan 
qisqa suqbat o’tkazadi, ularning nomini aytib javoblarini baholaydi. Bunday navbatchiliklar 
bolalarni faollashtiradi, nutqiy muloqot qilishga undaydi, o’rtoqlarining mehnatiga nisbatan 
hurmatda bo’lish hissini tarbiyalaydi. Tarbiyachi mehnat mashg’ulotlarini ta'limning barcha 
yillarida kechki soatlarda haftasiga ikki martadan tashkil etadi. Ta'limning uchinchi yilidan 
boshlab mashg’ulotlarga bolalar mehnat faoliyatining barcha turlari kiritiladi. Mashg’ulotlar 
guruh xonasida, jonli burchakda, maydonchada mashg’ulot mavzusiga va tarbiyachi qo’ygan 
vazifalariga bog’lik ravishda o’tkaziladi. Qo’g’irchoqning kiyimlarini yuvish, xonaki 
o’simliklarni yuvish, changlarni artish, tugma qadash ishlari mashg’ulotlarning mazmunini 
tashkil etishi mumkin. Mehnat mashg’uloti namunasini keltiramiz: (ta'limning uchinchi yili). 
Mavzu: "Piyoz ekish"
Maqsad:
1. Bolalarning piyoz va uni ekish hakidagi tasavvurlarini aniqlash. 
2.Bolalarga piyozni to’g’ri ekish usullarini urgatish. 
3.Lug’atni "piyoz", "niqol", "ildiz" so’zlar bilan boyitish. 
4.Ishga qizig’ish uygotish. 
Mashg’ulot guruh xonasida yoki hovlida o’tkaziladi va ovozni kuchaytiruvchi apparatlaridan 
foydalaniladi. Tarbiyachi apparatni ishga tushiradi va xamma bolalar eshitayotganini tekshiradi. 
Eshitishni tekshirish maqsadida yuqlama o’tkaziladi. Shundan so’ng tarbiyachi qisqa suhbatda 
bolalarning piyoz haqidagi tasavvurlarini, ularning piyoz ekish va undan ovqat tayyorlash 
haqidagi bilimlarini aniqlaydi hamda barcha ma'lumotlarni umumlashtiradi. Shundan so’ng u 
bolalar bilan birgalikda "Niqol", "Ildiz" tushunchalarini aniqlaydi va piyozni qanday ekishni 
ko’rsatadi, o’z harakatlarini so’z bilan ifodalab tushuntiradi. Doskada reja ko’rinishida piyoz 
ekish harakatlarining ketma-ketligi ko’rsatiladi. Ish rejasi o’qib, bolalar piyozni tuvakchalarga 


ekishga kirishadilar. Piyoz ekishni tugatgach bolalar hisobot beradilar, tarbiyachi mashg’ulotni 
yakunlaydi. O’ylab tayyorlangan, aniq o’tkazilgan mashg’ulot tarbiyachiga belgilangan 
maqsadlarga erishish imkonini beradi. Bolalar mashg’ulot paytida mehnat ko’nikmalarini 
egallaydilar, topshiriqlarni bajarish jarayonida tarbiyachi va guruhdagi o’rtoqlari bilan 
muloqotda bo’ladilar. Tarbiyachi raxbarligidagi jamoa bo’lib mehnat qilish jarayonida bolalar 
o’z ishini rejalashtirishni, vazifalarni o’zaro taqsimlashni, o’rtog’iga yordam berishni 
o’rganadilar. Umumiy maqsadga erishishga qaratilgan umumiy mehnat bolalarni uyushtiradi, 
bolalar jamoasini shakllantiradi. 
7-§ Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish. 
Mehnatga ijodiy munosabatni shakllantirish, insonlarni mehnatsevarlik ruxida va ahloqiy 
jihatdan tarbiyalashning muhim vazifasi hisoblanadi. Ma'lumki kundalik hayotda bolalar har 
doim ham kattalarning mehnatiga e'tibor beravermaydilar va mehnatning ijtimoiy ahamiyatini 
mustaqil baholay olmaydilar. Kattalarning mehnatiga nisbatan xurmatda bo’lish qissini 
tarbiyalash uchun turli vositalardan foydalaniladi; bular ekskursiyalar, suhbatlar, diafilmlar 
ko’rish, kitoblar o’qib berish, uyinlar o’tkazish va hokazo. Tarbiyachi bolalarning e'tiborini 
enaga, oshpaz, hamshira, surdopedagoglarning, ya'ni bolalar bog’chasida ishlovchi barcha 
kishilarning mehnatiga qaratadi, ularning faoliyatiga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantiradi. 
Masalan, tarbiyachi oshpazning mehnati hakida deydi: "Saodat opa bolalar uchun shirin ovqat 
pishiribdi, opajonga raxmat" Tarbiyachi bolalarga kasblar hakida so’zlab beradi. Ta'limning 
uchinchi va turtinchi yilida dasturga muvofiq kasblar va ayrim mehnat turlari haqida 
tassavurlarni kengaytirilishi nazarda tutiladi. Bolalar haydovchi, binokor, tikuvchi, enaga, 
oshpaz, muallim, vrach, kir yuvuvchi, sotuvchi, milisioner va hokazo kasblar nomini ayta 
olishlari kerak. Bolalar tarbiyachi va ota-onalar bilan birgalikda yaqinidagi muassasalarga 
(do’konga, pochtaga, bolalar bog’chasining yonidagi binolarga) ekskursiyaga boradilar. 
Ekskursiyalar, ko’rilgan diafilmlar, suhbatlar asosida tarbiyachi yordamida mehnat mavzularida 
kichik hikoyalar tuziladi. O’yinlar-mehnat tarbiyasining muhim vositasi hisoblanadi. Tarbiyachi 
didaktik, qurilish, harakatli, syujetli-rolli o’yinalarni bolalarga o’rgatadi. Syujetli - rolli uyinlarni 
urgatish ta'limning birinchi yilidan boshlanadi. Dastlab tarbiyachi bolalarni o’yinchoqlardan 
foydalanishga o’rgatadi, alohida o’yin harakatlarini ular bilan birgalikda bajaradi("qo’g’irchoqni 
kiyintir", "qo’g’irchoqni ovqatlantir" va asta-sekin uyinlar syujetli kengayadi. Syujetli - rolli 
o’yinlar ta'limning barcha yillarida har hafta o’tkaziladi. har bir o’yinga puxta tayyorgarlik 
ko’rish talab etiladi: avval tarbiyachi ekskursiya, didaktik o’yini utkazadi, zarur lug’at 
mustahkamlanadi, o’yin jihozlarini tayyorlanadi. Kar va zaif eshituvchi bolalar uchun 
bog’chalarda quyidagi syujetli o’yinlarni o’tkazish tavsiya etiladi: "Magazin", "Avtobus", 
"Teatr", "Kemada", "Uchuvchilar", "hayvonot bog’i", "Shifoxona", "Sartaroshxona", "Maktab", 
"Iurilish", "Pochta", "Atele", "Kutubxona". Syujetli - rolli o’yinlarni tayyorlash va o’tkazish 
metodikasi adabiyotlarda batafsil yeritilgan. Surdopedagog va tarbiyachi bola qanday ishlashini 
doimo kuzatib boradilar, ularda barcha ishni ozoda, mas'uliyatli bajarishni o’rgatadilar. Bolada 
yoshlikdanoq mehnat qilish ishtiyoqini shakllantirish juda muhimdir. Agar maktabgacha davrda 
bolalar mehnatning zarurligini va ijtimoiy mohiyatini anglasalar, tez,vijdonan,ozoda va puxta 
ishlashga, ishni nihoyasiga yetkizishga o’rgansa, bajarilgan ishdan zavq olsa, egallagan 
ko’nikma va malakalari maktabda ham rivojlanib boradi va mehnat faoliyatining yangi 
bosqichlari muvaffaqiyatli egallanadi. 
8-§ Mehnat tarbiyasi bilan bog’liq holda nutqni rivojlantirish. 
Bolalarning mehnat faoliyati ularning nutqini shakllantirish bilan uyg’unlikda tashkil etiladi. 
Bola unga qaratilgan og’zaki nutqni global idrok qilish asosida nutqiy muhitga olib kiriladi. 
Mehnat faoliyati jarayonida muloqot qilish zarurati paydo bo’lib,bolani narsalar, harakat va 
sifatlarning nomini eslab qolishga va kattalarga murojat qilishda og’zaki nutqdan foydalanishga 


undaydi. Barcha mehnat malakalarini mustahkamlash jarayonida zarur so’zlar va topshiriqlar 
yozuvli jadvalchalarda ko’rsatiladi. O’z-o’ziga xizmat ko’rsatish malakalarini va nutqiy 
materialni mustahkamlashda o’yin usullaridan keng foydalaniladi. Bunda bolalarga topshiriqni 
qo’g’irchoqlar beradilar hamda didaktik o’yinlar o’tkaziladi. Masalan, "qo’g’irchoq uyg’ondi" 
o’yinida bolalar tarbiyachi bilan birgalikda qo’g’irchok harakatlarini ifodalovchi so’zlarini 
og’zaki qaytaradilar. Mehnat mashg’ulotlaria tarbiyachi to’liq, grammatik jihatdan to’g’ri 
nutqdan foydalanadi, bolalarning o’zaro bo’ladigan muloqotini rag’batlantiradi. Tushunchalarni 
mustaxkamlash uchun tarbiyachi o’qish kitobidan foydalanadi. Unda mexnatning turli xillari 
hakidagi hikoyalar jamlangan : "Navbatchi qiz", "Onam bilan birgalikda", "Tozalash", "O’zimiz 
gul ekdik". Masalan "Navbatchi qiz" hikoyasidan Dono navbatchi bo’lganida, tushlikka
dasturxon tuzatganini, likopchalar, kosalar, non va salfetkalarni qo’ygani, lekin qoshik 
qo’yishni esdan chiqarganini bilib olishadi. Bolalar ovqatga o’tirishadi, ammo qoshiqlar yo’q.
Tarbiyachi bilan birgalikda Dono e'tiborsiz qiz ekanligi haqida xulosa chiqariladi. 
hikoyalar syujeti sodda bo’lib bolalarning hayotidan olinadi va maktabgacha yoshdagi
bolalarning mehnat tarbiyasiga xizmat qiladi. 
SAVOLLAR VA TOPShIRIQLAR. 
1. Mehnat tarbiyasining asosiy vazifalari nimalardan iborat. 
2. Maktabgacha tarbiya muassasasida mehnat tarbiya berish dasturida qanday talablar 
belgilangan. 
3. Bolalar mehnatining turlari va uni tashkil etish shakllarini yoritib bering. 
4. Maktabgacha yoshdagi eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar mehnat tarbiyasining vazifalarini 
sanab o’ting. 
5. Mehnat tarbiyasi maqsadida maxsus bolalar bog’chalarida qanday mehnat turlaridan 
foydalaniladi. 
6. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarda o’ziga-o’zi xizmat ko’rsatish ko’nikmalarini 
tarbiyalashning o’ziga xosliklari nimada. 
7. Maktabgacha yoshdagi kar va zaif eshituvchi bolalarda mehnat ko’nikmalarini va
malakalarini xosil qilish yo’llari hakida bayon eting. 
8. Bolalarni kattalarning mehnati bilan tanishtirish va ularning mehnatiga hurmat hissini 
tarbiyalash qanday amalga oshiriladi. 
9. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning mehnat tarbiyasi bilan bog’liq holda og’zaki nutqi
qanday rivojlantiriladi. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.N.I.Belova Spesialnaya doshkolnaya surdopedagogika M.1985 
2.L.A.Golovchis Doshkolnaya surdopedagogika M. 2001 
3.P.Yusupova Maktabgacha tarbiya pedagogikasi T.1992 
4.V.I.Loginova, P.G.Samorukova Maktabgacha tarbiya pedagogikasi T. 1991. 
5.Vigodskaya G.L. Obuchenie gluxix doshkolnikov syujetno-rolevo’m igram M. 1975 
6.Gozova A.P. Psixologiya trudovogo obucheniya gluxix M. 1979 
7. Korsunskaya B.D. Obuchenie rechi gluxix doshkolnikov. M. 1960 Korsunskaya B.D. 
"Chitayu sam" kniga dlya chteniya gluxix doshkolnikov 


12- BOB 
Bolalar bog’chasi, maktab va oila hamkorligi. 
1-§ Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar bog’chasi va maktabning bola tarbiyasidagi hamkorligi. 
Bolalarni maktabga tayyorlash maktabgacha tarbiya muassasining muhim vazifalaridan biridir. 
Agar bolalar maktabgacha tarbiyasi to’g’ri yo’lga qo’yilgan bo’lsa, maktab ta'limi ham 
yuqoriroq darajaga ko’tariladi, maktab ta'limining samaraliroq bo’lishi ta'minlanadi. Bolalar 
bog’chasi va maktab hamkorligi muammolarini o’rganishga qaratilgan psixologik va pedagogik 
tadqiqotlar, maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy, aqliy, ahloqiy, mehnat va estetik 
tarbiyalari maktabda muvaffakiyatli ta'lim olishida katta ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi. 
Maxsus pedagogika va psixologiya sohasida bolalar bog’chasi va maktab faoliyatining 
hamkorlik muammolari mavzusiga A.G. Basova, N.I.Belova, N.G. Butkevich, A.M. Goldberg, 
B.D. Korsunskaya, N.G. Morozova, L.P. Noskova, O.M. Potapovalarning ilmiy izlanishlari 
baqishlanadi. Ko’pgina tadqiqotchilar eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni ertaroq nutqqa 
o’rgatish zarurligi haqida fikr bildiradilar. Mualliflarning to’g’ri ta'kidlashicha, tilga o’rgatib
eshitishda nuqsoni bo’lgan maktabgacha yoshdagi bolalarning tafakkur rivojlanishidagi qator 
qiyinchiliklar yengiladi. Maktabgacha tarbiya muassasalar va maktab ishidagi uzviylik ikki 
tomonlama jarayon bo’lib, unda har ikki tomon vakillari faol qatnashadilar: bir tomon bolalarni 
hozirgi boshlanqich ta'lim talablarini hisobga olib ta'limga tayyorlaydi, ikkinchi tomon bolalar 
bog’chasida egallagan bilim, malaka va ko’nikmalarini ta'limning keyingi bosqichlarida 
takomillashtiradi. Ta'lim-tarbiya mazmuni, vazifalari, shakl va usullarining uzviyligini o’rnatish 
bolalar bog’chasi va maktab hamkorligining zarur sharti hisoblanadi. Dasturlar tahlilining 
ko’rsatishicha, bog’chalarda bolalarga borliq haqidagi eng oddiy ma'lumotlar beriladi, 
tabiatshunoslik, jamiatshunoslik hamda oddiy matematik tasavvurlari shakllantirilib, maktabda 
chuqurroq bilimlar olishi uchun zamin bo’ladi. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni tilga 
o’rgatish tizimida kommunikasiya (muloqot) tamoyili yetakchi hisoblanadi. Maxsus bog’chalar 
va maktablarda og’zaki nutqni shakllantrishga faol yondashuv, ya'ni nutqning eshitish, idrok 
qilish, gapirish kabi jarayonlari turli faoliyatlarda rivojlantirish amalga oshiriladi. Ta'lim tarbiya 
jarayonida bolalarning eshitish qobiliyatini rivojlantirish va eshitish qoldiqlaridan foydalanish 
talabi doimiydir. Maxsus bolalar bog’chalari va maktablarda bolalar talaffuzi kattalarga tahlid 
qilish asosida hamda maxsus mashg’ulotlarda o’rgatiladi. 
2-§ Bolalarning maktab ta'limiga tayyorligini tekshirish. 
Bolalarga maktabda ta'lim berishning samaradorligi ularning jismoniy, aqliy va ahloqiy va 
psixik jihatdan tayyorligiga bog’likdir. Jismoniy tarbiya bo’yicha amalga oshirilgan ishlar 
bolaning maktab ta'limiga jismoniy tayyorligini ta'minlaydi. Maktabda o’quvchilarning kun 
tartibi o’zgarib, ertalabki mashg’ulotlar soni va vaqti ko’payadi, uy vazifasi joriy etiladi. 
Bularning hammasi maktabgacha yoshdagi bolalar xulq atvorida mavjud stereotiplarni qayta 
qurish, qo’shimcha jismoniy kuch quvvatni sarflash talab qilinadi. Etti yoshga to’lgan bolalarda 
maktab-internat sharoitlarida o’ziga-o’zi xizmat ko’rsatishi uchun zarur bo’lgan madaniy-
gigienik malakalari shakllangan bo’lishi kerak. Bolalar bog’chasida bolada yozish, daktillash, 
predmet-amaliy ta'lim mashg’ulotlarida mehnat malaka va ko’nikmalarini egallash uchun zarur 
bo’lgan qo’l va barmoq harakatlari rivojlantirilishi zarur. Maktabga tayyorlov guruhining 
tarbiyachisi va surdopedagogi jismoniy mashqlarni takomillashtirish, harakatlar faolligini 
rivojlantirish va korreksion-tarbiyaviy ishlar vositasida bolalarni maktabga jismoniy jihatdan 
tayyorligini ta'minlaydilar. Bolaning maktabga aqliy jiqatdan tayyorligi boqchada o’zlashtirgan 
bilim, malaka va ko’nikmalariga, fikrlash qobiliyatining darajasiga bog’liqdir. Maktabgacha 
tarbiya muassasi dasturiga bolalar uchun muhim bo’lgan 25 ta asosiy mavzu kiritiladi. Mavzular 
bolalarni qiziqtiradigan barcha so
р
alarni qamrab oladi (o’yinchoqlar, o’simliklar, kiyim-kechak, 


idish-tovoq, mebel, transport va h.k.). Aqliy tarbiya berish jarayonida surdopedagog va 
tarbiyachi bolalarga narsalar va hodisalar haqida oligan bilimlarni taqlil qilishni, taqqoslashni va 
umulashtirishni, amaliy faoliyatni rejalashtirishni o’rgatadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda 
so’zli nutqni shakllantirish maxsus bog’chaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. 
Predmetlar, hodisalarni nomlash, hikoya tuzish, o’qish, rasmlar asosida bayon etish, o’qish
jarayonida nutqiy material mustahkamlanadi. Pedagoglar rahbarligida bog’cha ta'limining 
ohiriga kelib bolaning maktab ta'limiga ahloqiy va irodaviy tayyorligi ta'minlanadi. Maxsus 
bolalar bog’chasidagi tashkil etilgan korreksion ta'lim - tarbiya jarayoni bolalarda jamoada 
yashash va o’qishga tayyorlashga qaratiladi. Bolalarda mustaqillik, uyushqoqlik, intizomlilik, 
kattalar va tengdoshlari bilan o’zaro munosabatlarni o’rnata bilish kabi ahloqiy tushunchalar va
sifatlar tarkib topadi. Bolalar o’quvchi burchlarini, madaniy xulq qoidalarini bilishi va ularga 
amal qilishlari kerak. Bolani maktab ta'limiga tayyorlashda oila ham muhim rol o’yinadi. "Ta'lim 
to’g’risida"gi qonunning 30-moddasida ota-onalar va ularning o’rnini bosuvchi shaxslar bolani 
tarbiyalashda davlat oldida mas'ulligi ko’rsatiladi. Bolalar bog’chasi va maktab hamkorligi 
shaklllari. Maxsus maktablar qabul qilish ishlari psixolog- tibbiy-pedagogik komissiyalari 
tomonidan amalga oshiriladi.O’quv yilining ohirida mazkur komissiya a'zolari bolalar bog’chasi 
va maktab xodimlari bilan birgalikda bog’cha bitiruvchilarini maktab ta'limiga tayyorligini 
tekshiradi. Har bir bola alohida-alohida tekshirilib, oldindan bolalar psixonevrolog, 
otolaringolog, audiolog tekshiruvidan o’tkaziladi, eshitish, nutqiy va umumiy rivojlanishining 
holati hakida hulosa chiqariladi, muassasaning turi (kar yoki zaif eshituvchi bolalar maktabi) 
tavsiya qilinadi.(tayyorlov yoki birinchi sinfi).Bolalar bog’chasi pedagogik jamoasi har bir 
bolaga psixologik-pedagogik tavsifnomani tayyorlaydi, shundan so’ng bola komissiya a'zolari 
o’tirgan xonaga taklif etiladi. Surdopedagog bola bilan suhbatlashadi,dasturga muvofiq 
topshiriqlar beradi, eshituv va nutqining holatini tekshiradi. Psixolog- tibbiy pedagogik 
komissiya muhokamadan so’ng bolaning kelajakda ta'lim olish imkoniyatlari va qaysi turdagi 
maktabda o’qishi haqida ota-onalariga tavsiyalar beradi. Komissiya faoliyatining yakunida
barcha bog’cha bitiruvchilarining maktab ta'limiga tayyorlik darajasi hakida hulosalar 
chiqaradi. Maktab va bolalar bog’chasi o’rtasida yaqin, uzviy aloqa o’rnatilishi uchun yil 
davomida hamkorlik qilinishi kerak. Bunday hamkorlik bolani maktabga psixologik jihatdan 
tayyorlash, bolaning yosh xususiyatlarini o’rganish , metodik masalalar bo’yicha ma'ruzalar, 
bahs va munozaralar, birgalikdagi tadbirlar tarzida bo’lishi mumkin. O’zaro darslarga 
qatnashish ham hamkorlikning bir turidir. Birinchi sinf o’qituvchisi bolalar bog’chasiga kelib, 
bo’lg’usi o’quvchilari va ularning ota -onalari bilan tanishadi, mashg’ulotlarda qatnashadi va 
bolalar bilan ishlash usul va yo’llarini o’rganadi. Bitiruvchi guruh surdopedagogi va tarbiyachisi 
maktabdagi darslarni kuzatadilar, o’qituvchining dars berish shakl va usullari bilan tanishadilar, 
bolalarning maktab sharoitiga moslashish xususiyatlarini o’rganadilar. Pedagogik kengashlarini 
birgalikda o’tkazish, ilqor pedagoglar ish tajribalarini o’rganish va ommmalashtirishga 
bag’ishlangan seminarlar ham bog’cha va maktab hamkorligini mustahkamlashga yordam 
beradi. Maxsus bolalar bog’chalari tayyorlov guruh bolalarning nutqiy malakalarini tekshirish. 
Eshitishda nuksoni bo’lgan bolalar maktabgacha muassasalar xodimlari oldida mas'uliyatli 
vazifa, ya'ni mashg’ulotlarda va turmushda faol muloqotda bo’lishi uchun zarur bo’lgan so’zli 
nutqini shakllantirish vazifasi turadi. Maktabgacha ta'lim bosqinchini o’tgan bolalar shakllangan 
og’zaki nutq bilan maktabga borishi kerak. O’quv yilining ohirida bolalar bog’chasining 
ma'muriyati 
surdopedagog 
va 
tabiyachilar 
bilan 
birgalikda 
tayyorlov 
gurux 
tarbiyalanuvchilarning dasturning barcha bo’limlar bo’yicha dastur talablarini o’zlashtirish 
darajasini tekshirib ko’radi. "Nutq o’stirish" bo’limini tekshirish eng murakkab hisoblanadi, 
chunki nutq dasturidagi barcha bo’limlarga tarkibiy qism sifatida kiradi. Tajribaning 
ko’rstishicha, kar va zaif eshituvchi bolalar yetti yoshga borib, bog’langan nutqni to’liq egallab 
olmaydilar. Nutqiy malakalar yaxshi rivojlanmaganligi sabablari og’zaki nutqni o’stirish kech 
boshlaganligi, bola kassaligi tufayli bog’chaga kam qatnaganligi, oilada nutqiy muloqotning 
etishmasligi, bola rivojlanishidagi alohida xususiyatlaridadir. Shu bois surdopedagog ayrim 
bolalar nutqining rivojlanish darajasini avvalgi yillardagi ta'lim dasturi bo’yicha tekshiradi. 


O’qituvchi dastur talablarini yozib oladi va keyin tekshirishda bola tomonidan topshiriqning 
bajarish xususiyatlarini belgilaydi. Nutq o’stirish bo’limi bo’yicha dastur talablari Ta'limning 
birinchi yili. O’rtoqlarining ismini biladi (o’qiydi va yozadi). Mavzular bo’yicha so’z va 
iboralarni tushunadi hamda ulardan o’z nutqida foydalanadi (150-200 so’z atrofida). Dastur 
topshiriqlarini bajaradi. qisqa hikoyalarning mazmunini tushunadi. Ta'limning ikkinchi yili. 
Dastur topshiriqlarini bajaradi. Eshitish-ko’rish orqali hikoyalarni idrok qiladi. Qisqa hikoyalarni 
o’qiydi va matn mazmuni bo’yicha topshiriqlarni bajaradi. Suratlar bo’yicha va hayotiy voqealar 
haqida qisqa hikoyalar tuzadi. Nutqida "Kim", "Nima", "Nima qilish kerak", "Qaerda", 
"Qanday" kabi savollarni ishlatadi. 350 ta so’z atrofidagi lug’atdan foydalanadi. Ta'limning 
uchinchi yili. Kitobdan hikoyalar o’qiydi va berilgan topshiriqlarni bajaradi. Syujetli rasm 
bo’yicha og’zaki hikoyalar tuzadi (5-7 gapdan iborat). Berilgan mavzu bo’yicha og’zaki hikoya 
tuzadi. Sochilgan matndan hikoyalar tuzadi. Faol lug’at boyligi 1200 so’zdan tashkil topadi.
Ta'limning to’rtinchi va beshinchi yili. Yozma ko’rsatma bo’iicha topshiriqni bajaradi. Qirqilgan 
va sochilgan matndan hikoyalar tuzadi. Syujetli suratlar bo’yicha og’zaki hikoyalar tuzadi. 
hikoya bo’yicha savolga javob beradi. hikoya, ertak, she'r, topishmoq kabi adabiy janrlarni 
farqlaydi. She'rni yod oladi. Nutqida dasturda ko’zda tutilgan turdagi gaplarni ishlatadi. 2000 
so’zdan iborat lug’atdan foydalanadi. Bolaning nutqiy rivojlanish darajasini tekshirish uchun 
oddiy savollar beriladi: "Isming nima" "Yoshing nechada" "Bugun qanday kun" "Bugun qaysi 
sana" "Bugun ob-qavo qanday", "hozir qaysi oy" "hozir qanday fasl", "Yaqinda qanday bayram 
bo’ladi", "Sen qaerda yashaysan", "O’qituvchingni ismi nima" va h.k. 
Turmushda va mashg’ulotlarda qo’llanadigan so’zlashuv nutqining rivojlanganligini 
tekshirish uchun quyidagi fe'llardan iborat topshiriqlar tuziladi: ol, so’ra, chiz, ilib qo’y, 
yiqishtir, yech, ko’rsat va boshqalar.Har bir bola 10 ta topshiriq bajaradi. "Qog’oz va qalamni ol" 
"Mendan rangli qalamlarni so’rab ol" "qizil tomli kichik uyni va chap tomonda katta daraxt 
rasmni chiz". "qalamlarni qutiga sol." "Farida opadan sen nima qilishingni so’ra". "Rasmni 
Noibaga ko’rsat." "qo’qirchoqdan ko’ylakni yech va veshalkaga ilib qo’y"."Rasmni rangli 
qalamlar bilan bo’ya". "Ko’k va qizil kubiklarni ol". "qizil kubikni ko’k kubikni ustiga qo’y". 
Bola topshiriqlarni bajaradi va bajargani haqida og’zaki hisobot beradi. Bog’langan nutqni 
tekshirish uchun suratlar bo’yicha gap va hikoyalar tuzish topshiriqi beriladi. Nutqiy
umumlashtirishlar mavjudligini tekshirish uchun quyidagi turkumlarga oid so’zlar 
tanlanadi: odamlar, hayvonlar, idish-tovoq, mebel, kiyim -kechak, transport, mevalar, 
sabzavotlar va hokazo. Bola suratlarni guruhlay olishi, unda chizilgan narsalarning nomini va 
umumlashtiruvchi so’zlarni bilishi kerak. Shunday qilib bolalar tomonidan nutqni o’stirish 
bo’yicha dastur materialining o’zlashtirilganligi tekshiriladi. Olingan ma'lumotlar metodist 
tomonidan tahlil qilinadi. Tekshirish natijalari yakunlovchi pedagogik kengashida muhokama 
qilinadi. Bolalar bog’chasining bitiruvchilarining dasturning barcha bo’limlari bo’yicha malaka 
va ko’nikmalarni tekshirish, pedagogik jarayonni qay darajada amalga oshirilayotganini 
ma'muriyat tomonidan nazorat qilishning samarali shakli hisoblanadi hamda maktabga 
tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilarining maxsus maktabda ta'lim olishga tayyorlik darajasini 
aniqlashga yordam beradi. 
SAVOLLAR VA TOPShIRIQLAR. 
1. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolala maktabi va bolalar bog’chasi hamkorliga qanday 
amalga oshiriladi. 
2. Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta'limiga tayyorligi qanday aniqlanadi. 
3. Maktab va maktabgacha muassasalar hamkorligining qanday shaklari mavjud. 
4. Kar va zaif eshituvchi bolalar bog’chalari bitiruvchilarining nutqiy malakalari qanday 
tekshiriladi. 


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 
1. Basova A.G. Obuchenie russkomu yaziku gluxix detey s podgotovkoy detskogo sada v 1 
klasse shkolo’ dlya slaboslishashiq detey . V sb. Voprosi surdopedagogiki M.1972. 
2. Belova N.I. Spesialnaya doshkolnaya surdopedagogika M.1985. 
3. Belova N.I. Ovladenie rechevimi umeniyami detmi v spesialnix detskix sadax. V sb. 
osobennosti ovladeniya znaniyami i umeniyami detmi s nedostatkami sluxa. L. 1982. 
4. Golovchis L.A. Doshkolnaya surdopedagogika M. 2001. 
5. Golovchis L.A. Izuchenie slovarnogo sostava rechi gluxix detey doshkolnogo vozrasta. V sb.
Osobennosti razvitiya i vospitaniya detey doshkolnogo vozrasta s nedostatkami sluxa i intellekta.
M. 1984. 
6.Noskova L.P. Preemstvennost v rabote doshkolnogo otdeleniya i spesialnoy shkolo’ po 
formirovaniyu rechi gluxix detey. V sb. osobennosti razvitiya i vospitaniya detey doshkolnogo
vozrasta s nedostatkami sluxa i intellekta. M. 1984. 
7. Programmi dlya spesialnix doshkolnix uchrejdeniy. Vospitanie i obuchenie gluxix 
doshkolnikov. M. 2000. 
8.Maktabgacha tarbiya yoshidagi kar bolalarga ta'lim tarbiya berish dasturi. T.2000 y. 
9. P.Yusupova maktabgacha tarbiya pedagogikasi T. 1992 y. 
10. O’.Otavalieva bola tarbiyasida boqcha va oila qamkorligi T.1994.
Xulosa. 
Maktabgacha bo’lgan davr eshitishda nuqsoni bo’lgan bola qayotining eng mas'uliyatli, muhim 
bir pallasidir. Hayotning dastlabki yillarida bolalarning jismoniy, aqliy, ahloqiy va estetik 
kamoloti asoslari tarkib topadi, nutq shakllanadi. Eshitishda mavjud bo’lgan nuqsoni bolaning 
umumiy ulg’ayishini sekinlashtiradi va uning nutqining normal rivojlanishiga yo’l qo’ymaydi. 
Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni erta korreksiya qilish zarurligi to’g’risidagi g’oya 
defektologiyada keng e'tirof etildi va hayotga tatbiq qilindi. Kar va zaif eshituvchi bolalar 
rivojlanishidagi nuqsonlarni o’z vaqtida aniqlab bartaraf etilishi va o’rnini to’ldirilishi, ularning 
maktabda o’qishga tayyorlik darajasini oshirishga yordam beradi. Maxsus maktabgacha tarbiya 
tizimini yanada takomillashtirilishi va maxsus maktabgacha pedagogika fanining rivojlanishi 
maktabgacha muassasalardagi ta'lim - tarbiya jarayonini yaxshilashga, kar va zaif eshituvchi 
bolalarning rivojlanish xususiyatlarini va har bir bolaning salohiyatini puxta bilish asosida, 
ularga ta'lim-tarbiya berishda individual yondashuvni amalga oshirishning yanada samarali 
yo’llarini va usullarini izlab topishga yordam beradi.
Atamalar lug’ati. 
Adaptasiya 
Inson organizmining atrofdagi sharoitga moslashish qobiliyati. Ijtimoiy 
adaptasiya- insonning, shaxs sifatida jamiyatdagi mavjud insoniy qadriyatlar, axloq me'yorlarini 
o’zlashtirish vositasida jamiyat qayotiga moslashishi. Shaxsning rivojlanishi jarayonida 
ijtimoiy adaptasiya maxsus yo’naltirilgan tarbiya ta'sirida, shuningdek kuzatuvlar, tahlid qilish 
orqali amalga oshiriladi. Aamnez 
Bolani 
tekshirish 
jarayonida 
uning 
o’zidan 
va 
yaqinlaridan,bolaning o’sishi, kasallikning paydo bo’lishi va qanday kechishi haqidagi 
ma'lumotlar majmuasi. Maxkur ma'lumotlar tashxisni qo’yish va aniqlashtirish, orreksion-
tarbiyaviy tadbirlarni belgilash maqsadida to’planadi. Artikulyasiya Nutq tovushlari va 
suzlarning talaffuzi bilan bog’liq bo’lgan nutq a'zolari (til, lab, yumshoq tanglay, ovoz 
paylari)ning faoliyati. Audiologiya Eshitish va uning buzilishlari haqidagi fan. Audiometriya 
har hil chastotadagi tovushlarni idrok etish chegarasini aniqlash orqali eshituv holatini 
tekshirish. Audiogramma 
Audiometr 
yordamida 
eshituvni 
tekshirilishi 
haqidagi 
ma'lumotlarni maxsus blankda grafik tasvirlanishi. Bilingvizm ( ikki tillilik) Ikki tilni bir hil 
mukammal egallanishi. Kar bolalar va kattalarda, so’zli nutq, so’zlashuv imo ishorali nutq va 


kalkalangan ishorali nutqni qo’llash jarayonida so’zli-ishorali ikki tillilik, yoki bilingvizm
yuzaga keladi. Binaural eshituv Ikki quloq va eshituv tizimining simmetrik bo’laklari yordamida 
nutqni idrok etish. Binaural eshituv tovush manbaasini aniqlashga yordam beradi. Verbal So’zli, 
so’zlar vositasida bayon etilgan Vibrasion sezgi Teriga ta'sir etayotgan qo’zg’atuvchilarni sezish 
holati Global o’qish Eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni o’qishga o’rgatish jarayonidagi 
dastlabki bosqichi. Global o’qish deganda so’z va gaplarning grafik obrazlarini yaxlit holda 
idrok etilishi va ularni tegishli predmet va hodisalar bilan bog’lanishi tushuniladi. Daktilologiya 
Karlarning o’zaro va eshituvchi insonlar bilan qo’l alifbosi vositasida muloqot qilish vositasi. 
Imo-ishorali nutq qo’llar harakati bilan (kinetik asosida) muloqot qilish tizimi. Ishora-asosiy
mazmunli birlik bo’lib, ishorali nutq karlarning asosiy muloqot vositasi hisoblanadi. Kar 
shaxslarning o’zaro muloqotida ikki qil ishorali nutq, ya'ni, so’zlashuv va kalkali ishorali nutq
farqlanadi. Kinesteziyalar (nutq) Nutqni hosil qilishda ishtirok etayotgan nutq a'zolarining his 
etish holati. Kinesteziya sezgisi Tana a'zolarining holati va harakatining sezish qobiliyati. 
Kommunikasiya Muloqot, ma'lumotlar almashuvi va h.k.- insonlarning bilish va mehnat faoliyati
jarayonida o’zaro bog’lanish shakli. Kar bolalar 
Eshitish qobiliyati tug’ma, yoki ilk davrda
chuqur va turg’un pasaygan va oqibatda maxsus pedagogik yordamsiz nutqni egallay 
ololmaydigan bolalar. Karlik Bolalarning nutqiy muloqoti va nutqni mustaqil egallanishiga 
to’sqinlik qiladigan eshitish qobiliyatining oqir darajada pasayishi Kompensasiya Saqlanib 
qolgan funksiyalardan foydalanish, yoki qisman buzilgan funksiyalarni qayta qurish orqali 
buzilgan yoki yaxshi rivojlanmagan funksiyalarni o’rnini to’ldirish Kompleks ( murakkab) 
buzilishlar ikki va undan ko’p birlamchi (eshitish, intellekt,ko’rish, tayanch-harakat 
a'zolarininng) buzilishlarning birga kelishi. Bunday buzilishlar bolaning psixik rivojlanishiga
o’ziga hos ravishda ta'sir etib, maxsus korreksion ta'sirni talab etadi. Kompleks buzilishlari 
bo’lgan bolalarning o’sishi, mavjud kamchiliklarga qarab, o’ziga hos ravishda kechadi. 
Korreksiya: Rivojlanishdagi kamchiliklarni tuzatish. 
Mimika: Turli his- tuyg’u va emosiyalarni yuz muskulatura harakatlari bilan ifodalanishi. 
Muloqot: Ikki va undan ko’p bo’lgan kishilarning o’zaro birgalikdagi amaliy faoliyatida yuzaga 
keluvchi, bilishga doir yoki emosional xarakterdagi ma'lumotlarning almashuvi. 
Ontogenez:Individning tug’ilganidan boshlab, hayotining ohirigacha rivojlanishi. 
Takroriy nutq So’zlar va gaplarni biror bir kishi ketidan takrorlash. 
Otolaringologiya: Quloq, tomoq,burun kasalliklarining etiologiyasi, patologiyasi, tashhis 
qilinishi, davolash va profilaktika qilish masalalarini o’rganuvchi tibbiyot tarmoqi. 
Taqlid qilish: Birorta shaxsning hatti-harakatiga ihtiyoriy va ihtiyorsiz ravishda tahlid qilish 
Kech kar bo’lib qolgan bolalar 
3-4 yoshda , yoki undan ham kechroq davrda eshitish 
qobiliyati yo’qolgan, nutqi saqlanib qolgan bolalar. Nutqning saqlanishi karlikning yuzaga kelish 
vaqti hamda bolaning o’sish sharoiti bilan bog’liqdir. Bolani izchillik bilan maxsus o’qitilishi 
uning nutqining saqlanishini ta'minlaydi. Erta kar bo’lib qolgan bolalar Kar bo’lib tug’ilgan, 
yoki nutqqacha bo’lgan davrda, ya'ni, hayotining 1-2 yillarida kar bo’lib qolgan bolalar.
Maxsus o’qitishsiz bunday bolalarning nutqi rivojlanmaydi. Reabilitasiya Kasal yoki nogironlar 
organizmning buzilgan funksiyalari va mehnatga bo’lgan layoqatini tiklanishi yoki 
kompensasiyalanishi. Reabilitasiya tibbiy, psixologik, pedagogik, ijtimoiy tadbirlar majmuasi 
yordamida ta'minlanadi. Reabilitasiya bolaning psixik va jismoniy imkoniyatlaridan kelib chiqib, 
ijtimoiy sharoitga moslashuvi, ijtimoiy qayot va mehnatga layoqatini nazarda tutadi. Nutq
Tarixiy shakllangan , til vositasida yuzaga keladigan, insonlarning muloqot qilish shakli. 
Senzitiv davrlar: Organizmning ontogenetik rivojlanish davlarida, borliqdagi muayyan 
ta'sirlarga bo’lgan yuksak sezgirligi. Ya'ni organizmning fiziologik jarayonlarning taraqqiy 
etishdagi eng maqbul davrlari.
Sensor deprivasiya: Atrof muhit bilan bog’lanishning cheklanishi, yoki sezgi organlar 
funksiyalarining buzilishi oqibatidagi axborotlarning yetishmovchiligi. 
Sensor etalonlar: Insoniyat tomonidan ijtimoiy-tarixiy amaliyot jarayonida o’zlashtirilgan atrof 
muxitdagi predmet va hodisalarning sifatlari. Sensor etalonlar bolalar tomonidan o’zlashtirilib, 
ob'ektlarni o’rganish jarayonida namuna sifatida qo’llaniladi. 


Zaif eshituvchi bolalar: Nutqni egallashga va nutqiy muloqotga to’sqinlik qiladigan eshitishi 
pasaygan bolalar.. Zaif eshituvchi bolalarda eshituvning pasayishi turlicha bo’lishi, ya'ni 
shivirlash nutqni idrok etishdan boshlab, so’zlashuv balandligidagi nutqni idrok etishdagi 
qiyinchiliklar bilan ifodalanishi mumkin. Zaif eshituvchi bolaning nutqiy holati eshituvning 
pasayish darajasi va vaqti, tarbiyalash sharoiti, uning o’ziga hos xususiyatlariga bog’liq bo’ladi.
Kar va ko’r bolalar: Tug’ma yoki ilk yoshda yuzaga kelgan ko’rish va eshituv qobiliyatning
yo’qolishi. Ko’rlik va karlik eshituv va ko’ruvning ilk davrida qisman yo’qolishi oqibatida 
ham vujudga kelishi mumkin. Maxsus o’qitishsiz kar va ko’r bolalarda nutq shakllanmaydi, 
o’qitish natijasida ularda so’xli nutqning daktil, yozma, og’zaki shakllari rivojlanadi. Eshituv 
analizatori 
Ovoz signallarini idrok etilishi va qayta ishlanishini ta'minlovchi analizator. Ovoz 
signallarini idrok etish va qayta ishlash asosida eshituv sezgilar va obrazlar shakllanadi. Eshituv 
apparatlar ovozni kuchaytituvchi murakkab elektron moslamalar. Individual eshituv apparatlar 
tovush signallarini, shu jumladan nutqni kuchaytirib, nutqning dinamik va chastotali belgilarini, 
eshituv buzilishining darajasiga qarab o’zgartiradi. Eshituv protezlari Shifkor surdolog 
tomonidan alohida eshituv apparatlarni bemorlarga tanlab ularga protezlarni moslashtirish. 
Eshitib ko’rib idrok etish ko’ruv va eshituv analizatorlar yordamida og’zaki nutqni idrok etish. 
Birgalikdagi nutq: So’z va gaplarni baravariga ikki va undan ko’p shaxslar tomonidan talaffuz 
etilishi.
Surdopsixologiya: Eshitish qobiliyati 
buzilgan shaxslarninng psixik rivojlanishidagi 
xususiyatlarini, kamchiliklarni korreksiyalash yo’llarini o’rganuvchi maxsus psixologiyaning 
tarmog’i.
Surdologik kabinet: Eshitish qobiliyati buzilgan bolalar va kattalar uchun shifoxonalar qoshida 
tashkil etilgan maxsus xonalar. Mazkur kabinetlarda diagnostika, davolash, profilaktika ishlari, 
shuningdek kar va zaif eshituvchi shaxslarning dispanser xisoboti yuritilib, bolalar bilan 
korreksion mashg’ulotlar, ota-onalarga maslahat yordami tashkil etiladi.
Zaif eshituvchilik: Nutqni idrok etishga to’sqinlik o’qituchi etishning turqun pasayishi. Zaif 
eshituvchilik konduktiv, sensonevral(neyrosensor) qamda aralash bo’lishi mumkin. Zaif 
eshituvchilik turili ko’rinishda bo’lishi mumkin: shivirlash nutqni idrok etishdagi kamchilikdan, 
so’zlashuv balandlikdagi nutqni qabul qilishdagi to’sqinliklargacha. Zaif eshituvchi bolalarning 
nutqi turli omillarga , ya'ni eshituvning buzilish darajasi, vaqti, bola o’sayotgan pedagogik 
sharoitlarga bog’liqdir. 
Og’zaki nutq: Talaffuz etiladigan va eshituv orqali qabul qilinadigan tashqi nutq. Og’zaki nutq 
dialogik va monologik bo’lishi mumkin. 
Fonematik eshituv: Tilning fonemalarini qabul qilinishi va tahlilini ta'minlovchi eshituv holati. 
Fonematik ritmika: Talaffuzni shakllantirish va korreksiyalashga qaratilgan ish turi. Fonetik 
ritmikada nutq materialining talaffuz etilishi bilan birga turli harakatlar bajariladi.
Labdan o’qish: Nutq organlarining ko’rinadigan harakatlarini qabul qilish orqali og’zaki nutqni
idrok etish; Nutqni eshituv orqali idrok etilishdagi kamchiliklarni qisman to’ldiradi. 


MUNDARIJA. 
1-BOB Maktabgacha surdopedagogikasining nazariy asoslari 
1-§ Ilk va maktabgacha yosh davrlarining inson qayotida tutgan o’rni . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
2-BOB Maktabgacha surdopedagogika fanining predmeti, maqsadi va metodlari. 
1-§ Maktabgacha surdopedagogika fanining predmet va vazifalari .. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
2-§ Maktabgacha surdopedagogikasining boshqa fanlar bilan bog’liqligi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
3-§ Maktabgacha surdopedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
3-BOB Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning maktabgacha tarbiyasi tarixidan. 
1-§ Surdopedagogika fani rivojlanishining asosiy rivojlanish bosqichlari . . . . . . .. . . . . . . . . . . .
2-§ O’zbekistonda maktabgacha tarbiya muassasalar tizimining rivojlanishi . . . . . . . . . . . . . . . .
4-BOB Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalar tizimi. 
1-§ Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalar tizimi . ……………………………………………. 
2-§ Maktabgacha tarbiya muassasalarning pedagogik kadrlari . .. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
3-§ Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalari va maktablarni komplektlash ishlari . . . . . . . . . . . 
4-§ Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni psixologik-pedagogik tekshiruvi . .. . . .. .. . . . . . .. .
5-Bob Eshitishda nuqsoni bo’lgan ilk va maktabgacha yoshidagi bolalar psixik rivojlanishining
Xususiyatlari. 
1-§ Ta'lim olmagan kar bolalar ………………………………………………………………….. 
2-§ Ta'lim olmagan zaif eshituvchi bolalar ………………………………………………………. 
6-BOB Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarga maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida ta'lim 
berish. 
1-§ Eshitishda nuqsoni bo’lgan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta'lim berish vazifalari.
2-§ Eshitishda nuqsoni bo’lgan maktabgacha tarbiya yeshidagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish
tamoyillari . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . …………………………………………………….. 
3 -§ Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish metodlari ………………….
7-BOB Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning jismoniy tarbiyasi. 
1-§ Jismoniy tarbiya nazariyasi va asosiy tushunchalari . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ……. 
2-§ Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari . . . . . . . . ……………………………………………... 
3-§ Eshitishda nuqsoni bo’lgan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash 
vazifalari …………………………………………………………………………………………... 
4-§ Jismoniy tarbiya jaraenida korreksion ishlarni tashkil etish .. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
8 -BOB Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning aqliy tarbiyasi. 
1-§ Aqliy tarbiya vazifalari . . . . . . . . . . . . . . . 
2-§ Borliq to’g’risidagi tasavvur va tushunchalarni shakllantirish . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
3-§ Bolalarning psixik bilish jaraenlarini rivojlantirish . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ……… 
4-§ Aqliy faoliyatning oddiy usullarini shakllantirish…………………………………………….. 
5-§ So’zlashuv nutqni muloqot vositasi sifatida shakllantirish . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .. . . .
9-BOB Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning ahloqiy tarbiyasi. 
1-§ Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni ahloqiy jihatdan tarbiyalash maqsad va vazifalari…
2-§ Eshitishda nuqsoni bulgan bolalarni ahloqiy tarbiyalash vazifalari. . . . . . . . . . . . . . . . . . . ..


3-§ Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarda ahloqiy his-tuyg’ularni shakllantirish . . . . . . . . . . . .
4-§ Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning madaniy xulq malakalarini tarbiyalash . . . . . . . . . . .
5-§ Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning aqloqiy tasavvurlarini shakllantirish . . . . . . . . . . . . .
10-BOB Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni estetik tarbiyalash 
1-§ Estetik tarbiya vazifalari ………………………………. . . . . . . . . . ……………………….. 
2-§ Estetik his-tuyg’ular va tushunchalarni rivojlantirish .. . . . . . . . . .. . . . . . . . . . . . . . . .. . …… 
3-§ Badiiy didni tarbiyalash . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ……………………………………………. 
4-§ Bolalarning badiiy-ijodiy qobiliyatlarini tarbiyalash . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 
5-§ Estetik tarbiya bilan bog’liq holda nutqni rivojlantirish . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . …. 
11-BOB Eshitishda nuqsoni bo’lgan maktabgacha yoshdagi bolalarning mehnat tarbiyasi. 
1-§ Yosh avlodning mehnat tarbiyasi maqsadi, vazifalari va vositalari . .. . . . . . . . . . . . . . . .. … 
2-§ Bolalar mehnatining turlari va uni tashkil etish shakllari . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
3-§ Bolalarni kattalar meqnati bilan tanishtirish . . . …………………………………………….. 
4-§ Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning mehnat tarbiyasi……………………………………. 
5-§ O’ziga o’zi xizmat qilish va mustaqillik ko’nikmalarini shakllantirish. . . . . . . . . . . . . . . . . .
6-§ Mehnat malaka va ko’nikmalarini shakllantirish . . ………………………………………. 
7-§ Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni kattalar meqnati bilan tanishtirish . . . . . . . . . . . . . . . . .
8-§ Mehnat tarbiyasi bilan bog’liq holda nutqni rivojlantirish . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 
12- BOB Bolalar bog’chasi, maktab va oila hamkorligi 
1-§ Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar bog’chasi va maktabning bola tarbiyasidagi hamkorligi . .
2-§ Bolalarning maktab ta'limiga tayyorligini tekshirish . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . …. 
hulosa . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .. . . . . . . . . . . . . . …………………………………………….. 
Izohli lug’at . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ………………………………………….. 

Download 0,7 Mb.




Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Мактабгача сурдопедагогика” номли дарслик

Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish