Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarning rivojlantiruvchi markazlardagi o’yin faoliyatlarini tashkil etish Sultonova Nurxon – Qo`qon dpi annotatsiya




Download 56.5 Kb.
bet2/4
Sana13.04.2023
Hajmi56.5 Kb.
#50999
1   2   3   4
Bog'liq
Sultonova makola markaz
i-snova-v-shkolu, Ismoilov Asadbek Das, 9YBwF93odhhZGVMA0Rqs888W6ilP1Ay7, МИ ОН 610-611-612-613 гуруҳлари учун, -EWRziQyp5ni2xngQsH4H-8wa6P-dPfZ, al version Coke Studio Fest\' 23 Promo Rules 12 07 23 ru, TURDIBOYEV JAVLONBEK 7 MUSTAQIL ISH, Yer kadastri asoslarining mazmuni va kelib chiqish tarixi, An English, 1-mustaqil ish, Trigonometrik funksiyalarning xossalari, photo 2024-04-29 12-56-02, IMG 01411121333333333, pdfd
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Rus olimi A.V.Zaporojestning tadqiqotlari ko’rsatishicha, o’yin bolaning harakatlari rivojlanishi va takomillashishi uchun qulay sharoit yaratadi, o’yinlar davomida uning motor rivojlanishi yaxshilanadi.
D.B.Elkonin o‘z tadqiqotida rolli o‘yinning syujeti bilan bir qatorda, uning mazmuni ham mavjud ekanini yozadi, Uning fikrichsa, o‘yinda bola kattalar faoliyatining asosiy jixatani aniqroq aks ettirishi o‘yinning mazmunini tashkil qiladi.
O‘yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay, balki bolaning xulq-atvoriga ham ijobiy ta’sir qo‘rsatadi. Bogcha yoshidagi bolalarda uz xulqini boshqarish ko‘nikmalarini tarkib toptirishga bog‘liq psixologik muammoni o‘rgangan Z.V.Manuylekoning fikricha, biror maqsadga yo‘naltirilgan mashg‘ulotga nisbatan o‘yinda xulq ko‘knikmalarini oldinroq va osonroq egallash mumkin, Ayniqsa, bu omil bogcha yoshi davrining xususiyati sifatida o‘zining yorqin ifodasini topadi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘z xo‘lqini uzi boshqarish ko‘nikmasi o‘yin faoliyatida ham, boshqa sharoitlarda ham qariyb baravarlashadi. Ba’zida ular ayrim vaziyatlarda, masalan, musobaqa paytida o‘yindagiga qaraganda yuqoriroq ko‘rsatkichga ham erishishlari mumkin. Yuqoridagi mulohazalar asosida umuman aytganda, o‘yin va o‘yin faoliyati bolada o‘z xulqini boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
O’yinda bola o’zi boshqa sharoitlarda haligacha qila olmaydigan narsaga egadir. Masalan, tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, o’z xulqini boshqarish qobiliyati o’yinda to’g’ridan-to’g’ri topshiriq berishdan oldin paydo bo’ladi; o’yinda bolalar boshqa holatlarga qaraganda ko’proq so’zlarni eslashadi; o’yin motivatsiyasi bo’lganda bolalar tomonidan oddiy mehnat operatsiyalarini bajarish boshqa motivatsiya turlarida o’sha operatsiyalarni bajarishdan ko’ra samaraliroq bo’ladi
Syujetli va rolli o’yinlar jarayonida bolalar turli xil narsalardan foydalanadilar, ular bilan harakat qiladilar, ularni taqqoslaydilar, qiyoslaydilar, ularning ba’zi xislatlaridan chalg’iydilar va fikrlaydilar, boshqalarini xayol bilan qurib bitkazadilar, ba’zi predmetlarni boshqalar sifatida ishlatadilar.
Bularning barchasi bolalarning sezgisini va his etishini yaxshilaydi, ularning tafakkuri rivojlanishiga yordam beradi, tasavvurlarini rivojlantiradi va chiniqtiradi.
O’yin, albatta, birgalikdagi faoliyatdir. Bu shuni anglatadiki, muvofiqlashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun bolalar o’yin davomida bir-biri bilan aloqa qilishlari kerak. Maktabgacha yoshdagi davrda, ehtimol, bir-biri bilan aloqa qilish zarurati yanada yorqinroq ifoda etiladigan boshqa faoliyat mavjud emas. Shuning uchun o’yin davomida nutq vositalarini mahorat bilan egallash maxsus motivatsiyaga ega bo’ladi. O’yinlar davomida bolalarning muloqot qilishi ularning nutqini rivojlantirishga (so’zlarning ma’nosini kengaytirish, tabiiy sharoitda nutqda mashq qilishga) yordam beradi. aytish mumkinki, milliy xalq o’yinlaridan foydalanishda, ularni qo’llashda shuni hisobga olish kerakki, bu yoshdagi bolalar aniqlikni talab etadigan mayda harakatlarga qaraganda keng, kuchli harakatlarga ancha moyil bo’ladilar. Buni bolalar yosh davrlarini ishlab chiqqan buyuk pedagog YA.N.Komenskiy ham o’z vaqtida ta’kidlagan edi.

Download 56.5 Kb.
1   2   3   4




Download 56.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarning rivojlantiruvchi markazlardagi o’yin faoliyatlarini tashkil etish Sultonova Nurxon – Qo`qon dpi annotatsiya

Download 56.5 Kb.