Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarning rivojlantiruvchi markazlardagi o’yin faoliyatlarini tashkil etish Sultonova Nurxon – Qo`qon dpi annotatsiya




Download 56.5 Kb.
bet3/4
Sana13.04.2023
Hajmi56.5 Kb.
#50999
1   2   3   4
Bog'liq
Sultonova makola markaz
i-snova-v-shkolu, Ismoilov Asadbek Das, 9YBwF93odhhZGVMA0Rqs888W6ilP1Ay7, МИ ОН 610-611-612-613 гуруҳлари учун, -EWRziQyp5ni2xngQsH4H-8wa6P-dPfZ, al version Coke Studio Fest\' 23 Promo Rules 12 07 23 ru, TURDIBOYEV JAVLONBEK 7 MUSTAQIL ISH, Yer kadastri asoslarining mazmuni va kelib chiqish tarixi, An English, 1-mustaqil ish, Trigonometrik funksiyalarning xossalari, photo 2024-04-29 12-56-02, IMG 01411121333333333, pdfd
NATIJALAR VA MUHOKAMA
O’yinlar davomida bolalar rollarni o’z zimmalariga oladilar (ya’ni, ular o’zlarini boshqa odam sifatida namoyon qiladilar), rolning mantig’iga binoan har xil harakatlarni bajaradilar va olingan rolning tabiatiga zid bo’lgan boshqa harakatlarni to’xtatadilar. Bu bolalarning xayolotini rivojlantirishga yordam beradi, ularning irodasini chiniqtiradi; natijada bolalar ixtiyoriy xulq va birgalikdagi faoliyat ko’nikmalariga ega bo’ladilar.
Syujetli va rolli o’yinlar bolalarning atrof-muhit haqidagi tasavvurlarini aniqlashtiradi va chuqurlashtiradi, bilimlarini kengaytiradi. O’yinda bolalarning amaliy kundalik hayotida yuzaga kelmaydigan va ularning bilimlarini, nutqiy zaxirasini va so’zlarning ma’nosini kengaytirishing mumkin bo’lgan holatlar yaratiladi. Ushbu o’yinlar davomida bola dunyoni o’rganadi.
Syujetli va rolli o’yinlar hayvonlarga, kitobga bo’lgan qiziqishni va ishtiyoqni, o’rganishga, ishning har xil turlariga qiziqishni, mehnat odamlariga hurmatni, mehnat qilish qobiliyatini va istagini rivojlantiradi. Ushbu o’yinlar davomida bolalar ijtimoiy xulq-atvor qoidalarini o’rganadilar, kundalik hayotda o’zini tutish normalarini o’zlashtiradilar.
Syujetli va rolli o’yinlari jarayonidagi qo’shma faoliyat bolalar o’rtasida do’stona, o’rtoqlik munosabatlarini shakllantirishga yordam beradi. Bolaga o’yinda o’rtoqlar zarur - unga kimnidir davolashi, yuvintirishi, o’qitishi, dalahovliga olib borishi, kimdir uchun kechki ovqatni tayyorlashi, mahsulotlarni sotishi kerak. O’yin davomida bolalar birgalikda, kelishgan holda harakat qilishni, o’yindagi boshqa ishtirokchilarning manfaatlarini hisobga olishni, o’z manfaatlarini umumiy manfaatga bo’ysundirishni, yon berishni, umumiy maqsad uchun harakat qilishni o’rganadilar, ya’ni jamoaviy faoliyat, jamoada o’zini tutish ko’nikmalarini egallaydilar.
O’yin paytida bolalar axloqiy xatti-harakatlar normalarini oson va ongli ravishda o’zlashtiradilar. Kattalarning hayotini aks ettirgan holda bolalar ularning o’zaro munosabatlarni ham namoyish etadilar, o’rganadilar, o’zlashtiradilar. O’yin bu bolaning axloqiy rivojlanishidir. O’yinlar bolalarning yaqinlashishi, bolalar jamoasining shakllanishiga yordam beradi.
XULOSA.
O’yinda mustaqil ravishda harakat qilish, u yoki bu harakatlarni amalga oshirish bilan birga bola o’zining qiziqishlari, shaxsiy fazilatlari, his-tuyg’ularini ham namoyish etadi. Shuning uchun, o’yinda, boshqa hech qanday mashg’ulotda kuzatilmagan holda, bolaning samarali tarbiyasi uchun zarur bo’lgan uning xususiyatlari va imkoniyatlarini bilib olish mumkin. O’yinda va o’yin orqali bolaning o’zini, o’ziga bo’lgan munosabatini, jamoadagi mavqeini, boshqa bolalarning unga bo’lgan munosabatini o’zgartirgan holda yanayam muvaffaqiyatli ta’sir ko’rsatish mumkin.

Download 56.5 Kb.
1   2   3   4




Download 56.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarning rivojlantiruvchi markazlardagi o’yin faoliyatlarini tashkil etish Sultonova Nurxon – Qo`qon dpi annotatsiya

Download 56.5 Kb.