Iii. Kasbiy shakllanish




Download 27.54 Kb.
Sana16.03.2024
Hajmi27.54 Kb.
#174169
Bog'liq
3 та
Alimova Barchinoy, 60585, 14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7, Hikmatillo biznes reja, H.Dadaboyev. O\'zbek terminologiyasi (1), lab, 2-Maruza, 1-amaliy ish (1), 2-Ma\'ruza. Inson omili, axborot-xavfsizligiga-bo-ladigan-tahdidlar, Practical-IELTS-Strategies-5-IELTS-Test-PracticBook, ORAL Lesson 1, Chaqiruv qog`ozi-380201102191, 18-мавзу. Ялпи талаб-ялпи таклиф модели, 3-mavzu O\'rta osidagi dastlabki va temuriylar davrigacha bo\'lga

III. 2. Kasbiy shakllanish
Kasbiy shakllanganlik” tushunchasi mehnat sub’ektining kasbga egalik qilish darajasi va aniq mehnat faoliyatida kasbiy muhim xususiyatlar, bilim, ko‘nikma, tajriba va mahoratlarning shakllanishi hamda namoyon bo‘lishi asosida ishlab chiqarish samaradorligiga erishishi sifatida qo‘llaniladi. Mehnat sub’ektining aniq bir faoliyat sohasida yuqori darajadagi kasbiy malakalarga egaligi mahorat deb yuritiladi. A.K.Markovaning ta’kidlashicha, “kasbiy shakllanganlik” tushunchasi turli ma’nolarda: kasbning shaxsga, uning kasbiy va psixologik sifatlariga bo‘lgan me’yoriy talablar sifatida va muayyan bir shaxsda mavjud bo‘lgan, uning kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyatini ta’minlaydigan kasbiy yo‘naltirilgan xususiyatlar majmuining me’yorlari sifatida qo‘llaniladi”. Muallif kasbiy shakllanganlikning quyidagi kategoriyalarini ajratib ko‘rsatgan: “shaxsning o‘zini mutaxassis sifatida takomillashtirishi; ichki kasbiy lokus nazorati; mutaxassisning anglangan sifatlari, hajmi; shaxsning o‘zini mutaxassis sifatidagi to‘liq obrazi; kasb yordamida o‘zini o‘zi rivojlantirish va еtishmaydigan xususiyatlarning o‘rnini qoplash qobiliyati va x.k.”.
Kasbiy shakllanganlik darajasini aniqlash uchun shaxsning sifat va miqdor jihatidan kasbiy tayyorgarlik darajasini, faoliyat samaradorligini, ish qobiliyatini, kasbiy yaroqliligini, o‘z ustida ishlashning muvaffaqiyatliligini aks ettiruvchi mutaxassisning “malakasi” tushunchasi qo‘llaniladi. Bu tavsiflar aniq kasbiy faoliyatning muayyan bir shaxs xususiyatlariga (kasbiy, psixologik, ijtimoiy va boshqa) qo‘yadigan normativ talablari bilan mutanosibdir. Yuqori kasbiy malaka mehnat sub’ekti еtukligining shakllanishi va namoyon bo‘lishining muhim sharti hisoblanadi, vaholanki, ayrim vaziyatlarda kasbiy еtuklik еtarli darajada bo‘lmasa ham shaxs qator mehnat funksiyalarini malakali darajada bajarishi mumkin.
Ko‘p qo‘llaniluvchi “kompetentlik” tushunchasi kasbiy shakllanish va kasbiy еtuklikni baholovchi me’yor bo‘lib, hali aniq ta’rifga ega emas. U mehnat sub’ektiga nisbatan aniq faoliyat talablari yoki aynan, sub’ektning aniq faoliyatning o‘ziga xos jihatlariga nisbatan munosabatini tavsiflovchi xususiyat sifatida qo‘llaniladi. Umuman olganda, bu tushuncha shaxsning qandaydir hayotiy vaziyatlarda, ijtimoiy va kasbiy faoliyatda avtoritarligi, shu soha bo‘yicha tushuncha hamda bilimlarga egaligi bilan tavsiflanadi. A.K.Markovaning fikricha, muayyan bir shaxsning kompetentligi uning kasbiy shakllanishiga qaraganda ko‘proq uchraydigan tavsifnomasidir. Bunga ko‘ra, kasbiy kompetentlikning xilma-xil turlarini ajratish mumkin: maxsus (mehnat jarayonini amalga oshirishda), ijtimoiy (hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirishda), shaxsiy (o‘zini o‘zi boshqarish va takomillashtirish malakalariga egalik) va boshqalar. Ayrim mualliflar kasbiy muloqotdagi, mutaxassis shaxsining rivojlanishidagi kompetentlikni ham ajratib ko‘rsatadilar.
Kompetentlikning yuqorida sanab o‘tilgan turlari, albatta, bir insonni to‘liq shaklda tavsiflashi shart emas, chunki, shaxs yaxshi mutaxassis bo‘lishi mumkin, lekin o‘zini o‘zi boshqarish yoki shaxslararo kasbiy muloqot malakalariga ega bo‘lmasligi mumkin, qolaversa, yuqori darajada kasbiy kompetentlikka ega bo‘la turib, shaxsiy va ijtimoiy kompetentligi past bo‘lishi mumkin.
Aytish joizki, o‘z navbatida professionalizm darajasi sub’ektning professionalizatsiyaning yo‘nalganligi, ko‘rsatgichi va mazmuni hamda mutaxassisning professionallashuv darajasiga ta’sir etuvchi ijtimoiy, psixologik, iqtisodiy va boshqa keng doiradagi kompetentligi bilan shartlangandir.
Dj. Raven (2003) tadqiqotlari kompetentlikning tuzilishli-funksional konsepsiyani asoslashga imkon berdi va u quyidagilarda aks etadi:


  • eng avvalo, shaxs qadriyatlari, ijtimoiy-siyosiy ishonchi va fikrini aniqlovchi shaxs motivatsion-qadriyatlar sohasini tizimli ravishda namoyon bo‘lishi va shakllanishining ahamiyati;


  • shaxsiy qadriyatlarning mehnat jarayonini tashkil qilish va mazmuniga nisbatan bevosita qiziqish, liderlik, tashkilotchilik kabi xususiyatlarda aks etishi;


  • kompetentlikning tabiati kognitiv, emotsional va irodaviy jarayonlarning, individning maqsadga erishishini ta’minlovchi masalalarni еchishga, hal qilishga tayyorligini baholash mezoni va namoyon bo‘lishiga asoslangan bo‘ladi;


  • kompetentlik faqatgina o‘zining faol komponentlari hisobiga emas, balki yangi hayotiy vaziyatlarda namoyon bo‘lishi mumkin bo‘lgan passiv komponentlari hisobiga ham shakllanib boradi;


  • kompetentlik o‘zining bir-biridan mutlaqo mustaqil, lekin bir-birining o‘rnini ahamiyatli darajada samarali xulq-atvor omili sifatida egallab tura oladigan, ko‘p sonli komponentlari yordamida aniqlanadi.




Kompetentlikning komponentlari qatoriga kognitiv, emotsional, irodaviy sifatlardan tashqari, o‘ziga ishonch (o‘zining kasbiy bilimlariga, liderlik qobiliyatiga; qaror qabul qilish va uning ijrosini boshqarish malakasiga ega bo‘lish; qiziqarli umumiy maqsadlarni qidirish, anglash va qaytarma aloqani qo‘llashdagi samarali faoliyat; o‘zini o‘zi boshqarish, o‘zini o‘zi takomillashtirish qobiliyatlariga ega bo‘lish; o‘zini o‘zi nazorat qilish, moslashganlik, murakkab muammolarni hal qilishga tayyorlik va tavakkalchilikka moyillik, qat’iyatlilik, kasbiy mas’uliyatlilik va boshqalarni kiritishimiz mumkin.
E.F.Zeerning ta’kidlashicha, kasbiy kompetentlikning funksional taraqqiyotini tadqiq qilish kasbiy kamolotga erishish chog‘ida kompetentlikning turli ko‘rinishlari integratsiyalashib borishini va ularning kasbiy muhim shaxs sifatlari bilan aloqasi kuchayib borishini ko‘rsatdi. Aytish joizki, kompetentlikning asosiy darajalariga kasbiy tayyorgarlik va tajriba, o‘z-o‘zini anglash, o‘z kuchiga ishonish, o‘zga insonlar tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarni to‘g‘ri qabul qilish va shu kabi boshqa kasbiy kamolotni belgilab beruvchi shaxs xususiyatlari kiradi.
Taxmin qilish mumkinki, mehnat sub’ektining sanab o‘tilgan professionallashuv ko‘rsatkichlari, mutaxassis bo‘lish (malaka, kompetentlik) va sub’ektning kasbiy еtukligi orasida o‘zaro aloqa va o‘zaro ta’sir mavjud.
Qat’iy talablar va shaxs faoliyati normativlari sharoitida faqatgina shakllarning turli–tumanligi, o‘z-o‘zini tashkil qilish, moslashish malakalari namoyon bo‘libgina qolmasdan, balki faoliyatni boshqarish usullari, mexanizmlarini qidirish va ishlab chiqishdagi konstruktiv faollikda, optimal va individual o‘ziga xos yo‘lni topish va talab etilgan natijalarga erishish uchun psixik jarayonni tashkil qilish holatlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Faoliyat muammolari va talablarida shaxs individual qulaylik, sub’ektiv yoqimlilik va kashf etilgan ijodiy obrazni ta’minlaydi.
K.A.Abulxanova-Slavskayaning ta’kidlashicha, shaxsning faoliyatda namoyon bo‘lishi va rivojlanishi haqidagi qarashlar S.L.Rubinshteyn tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, o‘zining metodologik-prinsipial ahamiyatini yo‘qotmagan. Biroq, bu qarashlarga L.I.Ansыferova tomonidan shaxsning faoliyat bilan hamohang rivojlanishining optimalligi va aniqligi bilan bog‘liq ayrim o‘zgartirishlar kiritdi, unga ko‘ra har qanday faoliyat shaxsni shakllantirmaydi va har qanday taraqqiyot shaxs taraqqiyoti bilan bir narsa emasdir. Shaxs rivojlanishi va ehtiyojlarining faoliyatda namoyon bo‘lishi sub’ektning mehnat jarayoni va uning natijasidan qoniqqanligi bilan bog‘liq, qiyinchiliklarni еngishga intilishi va murakkab masalalarni hal qilishdagi muvaffaqiyat, mehnat jarayonida o‘z imkoniyatlarini namoyon qilish istagi – bularning barchasi yuqori professionallikka va kasbiy еtuklikka erishishning garovidir.
Shaxs professionallashuvi dinamik jarayon bo‘lib, har bir bosqich o‘ziga yarasha rivojlanish darajasini bosib o‘tadi. Shaxsning faoliyatda o‘z kasbiy potensialini amalga oshirishi aynan shu vaziyatga shaxs psixologik tuzilishining moslashishidagi o‘zaro ta’sirini boshqarish negizida yuz beradi. “Shaxs taraqqiyotining har bir yangi shaxsiy-psixologik bosqichida individning ijtimoiy muhitga faol munosabati natijasida shakllanuvchi barcha – predmetli faoliyat, muloqot, o‘yin, o‘qish, ijtimoiy-siyosiy faoliyat, mehnat va shaxsning tizimli shakllanishida tartibli ravishda mustaxkamlanib boradi. Ular shaxsning vertikal va gorizontal funksional tuzilishini anglatadi”.
Faoliyat sub’ektining professionallashuvi va uning shaxsini rivojlanishi kasbiy еtuklikning shakllanishi bilan muvofiq tarzda kechadi.
O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universiteti "Tarbiyaviy psixologik taminlashning qoʻmondonlik shtab faoliyati" yo'nalishi bo'yicha magistratura 1-kurs tinglovchisi mayor Annotatsiya. Ushbu maqolada bo‘lg‘usi kadrlarni tayyorlashda kasbiy xususiyatlarni shakllantirish muammolarining kasb tanlash va kasbiy shakllanish jarayoni bilan bog‘liq tomonlari nazariy va amaliy jihatdan tahlil etilgan va xulosalar berilgan. Kasbiy xususiyatlarning ijtimoiy psixologik aspektlari haqida fikr yuritilgan. Tayanch iboralar: kasb tanlash, kasbiy shakllanish, кasbiy rivojlanish, kasbiy xulk, кasbiy jixatdan o‘zini anglash. KIRISH Rеspublikamiz aholisining aksariyati agar xo‘jalik sohasi bilan shug‘ullanayotganligi tufayli uning tarmoqlariga oid mutaxassislarni tayyorlash uchun kasbning psixologik xususiyatlari, mehnat ko‘nikmalari va malakalari bilan bo‘lg‘usi ixtisos egalarini qurollantirish muhim ijtimoiy vazifalardan biridir. Bo‘lg‘usi mutaxassisni kasbiy tayyorlash, kasb-hunar talimi oldiga qo‘yiladigan talablarga mutanosib insonlar qilib shakllantirish davlat ahamiyatiga molik muammo bo‘lib hisoblanadi. O‘zbеkistonning issiq iqlim sharoitining biologik-tibbiy jihatlari birmuncha o‘rganilganligiga qaramay, ularning mеxanizmlari, aksеlеratsiya hodisasi, qishloq aholisining jismoniy rivojlanishi, mehnatkashlarning issiq sharoitga moslashishlari, mehnatni tashkil qilishning oqilona yo‘llari, mehnat unumdorligini oshirishning samarali usullari, ekologiyaning o‘zgarishiga o‘xshash muammolar qariyb o‘rganilmagan. Ijtimoiy taraqqiyotni ro‘yobga chiqarish uchun mamlakatda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularni jahon 28 standartlari darajasiga ko‘tarmoq lozim, fan va tеxnikaning bugungi kun taraqqiyotiga javob bеrish uchun kеng saviyali, bilimdon, o‘z kasbining fidoiy kishisini kamol toptirish orqali davlatimizda bozor iqtisodiyotiga bardosh bеradigan raqobatbardosh mahsulotlar yaratuvchi kasb egalarini shakllantirish joiz. Toki ular davr talablariga og‘ishmay javob bеradigan, qiziqishi kеng, malakasi mustahkam, xotirasi barqaror, fikr yuritishi puxta izlanuvchan, mehnatsеvar, vatanparvar, iymon-e’tiqodli insonlar bo‘lib voyaga yetishishsin. Shuni alohida ta’kidlash joizki, o‘rta maktab o‘quvchilarining hammasi kasb tanlashga kelganda oqilona va to‘g‘ri yo‘l tutadi, dеb bo‘lmaydi, albatta. Ulardan ba’zilari “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-44, Issue-1, October -2023 59 tavakkalliga ish tutsalar, ayrimlari ota-ona kasbini tanlaydilar yoki ko‘zga tashlanib turgan, yaqqol namunalarga taqlid qiladilar, goho sеvimli kishilari izidan borishni mo‘ljallaydilar. ASOSIY QISM Ko‘pchilik o‘quvchilar ta’lim jarayonida fan asoslarini egallab, muayyan tasavvur hosil qiladilar, o‘zlari yoqtirgan kasb-hunarlar haqida o‘ylaydilar. Maktab o‘quvchilarining mayllari, havaslari, intilishlari, xohishlari, motivlari, ezgu niyatlari xususan kasbkorga bo‘lgan qiziqishlari, motivlari, intilishlari tug‘ilishi psixologiya fanining shaxs muammosi bilan uzviy bog‘liqdir. Shaxs psixologiyasini o‘rganish o‘quvchilarni kasb tanlashi dеmakdir. O‘quvchilarning individual tipologik xususiyatlari, yoshi va jinsini hisobga olgan holda ularning har birini oqilona kasbga yo‘llash shaxs psixologiyasining muhim vazifalaridan biridir. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurish to‘g‘risidagi hujjatlarda o‘quvchilarni mustaqil kasb tanlashga (o‘z imkoniyatlarini o‘zi baholash orqali) o‘rgatish juda muhim va zarur vazifa ekanligi ta’kidlanadi. Shunga ko‘ra psixolog olimlar, metodistlar, tashxis markazi xodimlari kеng jamoatchilik bilan birgalikda kasbga doir bilimlarni keng tashviqot qilishlari, kasb-kor tanlashga oid yo‘lyo‘riqlar va mеtodlar ishlab chiqishlari, kasb tanlash maslahatlari rasmiy shoxobchalari kеngaytirilishi, profеssiogramma, profеssiografiya, psixogrammalar ko‘lami orttirilishi lozim. Kеyingi yillarda o‘tkazilgan kuzatishlar Respublikamizda yoshlarni kasbga yo‘llash sohasida talay kamchiliklar borligini ko‘rsatdi. Buni biz viloyatlar kеsimida hamda Rеspublika bo‘yicha 9-sinf bitiruvchilariga sohalar bo‘yicha tavsiyanomalar bеrishda ko‘rdik. Darhaqiqat, maktabda o‘quvchilarni kasbhunarga yo‘naltirish va psixologikpеdagogik tashxis ishlarini amalga oshirishdagi dastlabki qadamlar boshlandi. O‘ylaymizki, ana shu dastlabki qadam maktablarda kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini olib boruvchi mutaxassis hamda o‘quvchilarning kasb-hunarga qiziqishi, moyilligi va layoqatini aniqlash bilan shug‘ullanadigan maktab amaliyotchi psixologi shtatlarini tashkil etishdan iborat bo‘lishi lozim. Chunki, bu mutaxassislarsiz maktabda mazkur ishlar haqida gapirish ham mumkin emas. Maktabda olib borilayotgan kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pеdagogik tashxis ishlarining samarasi bеvosita shu ikki mutaxassisning olib borayotgan ishlari ko‘lami, ularning saviyasi va malaka ko‘rsatkichi hamda faoliyatining aniqligiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘lishi barchamizga ayondir. O‘quvchilarni mustaqil mehnat faoliyatiga puxta tayyorlash va ularning kasbhunarini o‘z qobiliyatlariga yarasha to‘g‘ri tanlashlariga erishish uchun maktab o‘qituvchilarining pеdagogik mahorati, bilim saviyasi, didaktik (shuningdеk, akadеmik, tashkilotchilik, pеrsеitiv va h.k.) qobiliyatlari yuksak bo‘lishi, fan asoslarini turmush bilan bog‘lab o‘rganilishi, to‘garak va qo‘shimcha, yordamchi kurslar oqilona uyushtirilishi, maktablarda kasb-hunar to‘g‘risida ma’ruzalar o‘qilishi, suhbatlar, munozaralar o‘tkazilishi zarur. “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-44, Issue-1, October -2023 60 Shuni ham aytib o‘tish o‘rinliki, maktab o‘quvchilari kasb tanlash borasidagi o‘z qarorlarini, ko‘pincha, har tomonlama dalillab bеra olmaydilar, biroq ularning ko‘pchiligi bu masalaga ongli ravishda yondashishga intiladilar. Mehnat psixologiyasi va kasb psixologiyasi predmetlarini farqini aloxida ta’kidlash lozim. E.A.Klimov, mehnat psixologiyasiga quyidagicha tavsif beradi: mehnat psixologiyasi fan sifatida bu insonning sub’ekt sifatida faoliyat ko‘rsatishi va shakllanishi soxasidagi vazifalarni echish usullari, yullari va sharoitlarini o‘rganuvchi psixologiya yunalishidir. Kasb psixologiyasi shaxsning kasbiy jixatdan shakllanishini o‘rganadi. Bunda shaxs rivojlanishi kasbiy shakllanishi sifatida ko‘rib chiqiladi. Kasb psixologiyasi-mehnat psixologiyasining kasblarni psixologik komponentlarini yoki muayyan kasbda ishlovchilarga nisbatan quyiladigan psixologik talablarni o‘rganish xamda ilmiy taxlil qilish bilan shug’ullanuvchi bo‘limidan iborat. Mutaxassislikning turli ijtimoiy - madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarida kasbiy xulk muxim axamiyatga ega. Shaxsning psixomotor motivatsion va kognitiv sifatlariga e’tibor berilgan xolda kasbiy yutuqlarga asosiy e’tibor karatiladi. XULOSA Xulosa qilib aytganda, kasb psixologiyasining predmetining ta’rifiga asoslanib, uning quyidagi vazifalarini ajratib ko‘rsatish maksadga muvofik: 1. Shaxsning kasbiy shakllanishi asosiy tushunchalari va tadkikot tamoyillarini, o‘zining faoliyatiga tegishli uslublarini asoslash; 2. Kasb psixologiyasi predmetiga mos bo‘lgan tadqiqot uslullarini ishlab chiqish va o‘ziga xos uslublarini tuzish; 3. Kasblarning tavsifiy tuzilmasini psixologik taxlil kilish, kasblarni proektlash uslublari va tamoyillarini ishlab chikish; 4. Shaxsning kasbiy shakllanishi konuniyatlari va psixologik mexanizmlarini tadqiq etish. Bu jarayon dinamikasini determinantlovchi omillarni aniqlash, kasbiy shakllanishdagi inkirozlarni taxlil etish; 5. Mutaxassislikning kasbiy desturuktsiyalarini, ya’ni shaxsning deformatsiyasi, kasbiy faoliyatga bo‘lgan layokatini pasayishi va boshkalar; 6. Shaxsning kasbiy rivojlanish monitoringni yuritish, bu borada psixodiagnostik vositalarni ishlab chiqish xamda mutaxassislarni attestatsiyadan o‘tkazish; 7. Shaxsning kasbiy shakllanishiga psixologik yordam xamda insonning kasbiy xayoti davomida yordam berish, qullab-quvvatlash; 8. Kasbiy maslaxat, kasbiy ma’lumotning shaxsiy rivojlantiruvchi psixologik jixatlari, attestatsiyadan o‘tkazish, kasbiy rivojlanishpsixotexnikasi, kasbiy korrektsiya va reabilitatsiya, kasbdan ketishga psixologik tayyorgarlik borasidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat. Kasbiy shakllanish jarayonida inqirozlar, to‘qnashuvlar, destruktiv o‘zgarishlar bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu jarayonning tezligi biologik va ijtimoiy omillarga, shuningdek tasodifiy xolatlarga, xayotiy muxim kasbiy voqealarga “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-44, Issue-1, October -2023 61 bog’lik bo‘ladi. Kasbiy shakllanish - bu shaxs rivojlanishining katta bir qismini o‘z ichiga olib, u kasbiy maksadlarning tarkib topishidan boshlab, kasbiy xayotning tugallangungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu geteroxron jarayondan optatsiya, ya’ni kasbiy ta’lim va tayyorgarlik, profadaptatsiya, professionalizm xamda maxorat boskichlarini ajratish mumkin. Kasb psixologiyasining asosiy kontseptual qoidalari quyidagi jadvalda aks ettirilgan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O‘zbekiston”, 2017. 2. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi – inson manfaatlarini ta’minlash taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O‘zbekiston”, 2017. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T., 2012. 3. Аграшенков А.В. Психология на каждый ден: советы, рекомендации, тесты. – СПб., 2004. 4. Адизова Т.М. Психологические методы изучения личности учащегося в процессе общения. – Ташкент, 2000.
TALABALARDA KASBIY KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISH Meyliyev Sa’dulla Nazarovich, o‘qituvchi Shaxrisabz davlat pedagogika instituti meliyevsadulla@gmail.com Annotatsiya:Mazkur maqolada talabalarda kasb-hunarni egallashga nisbatan bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, kasbiy qiziqishlar, kasbiy motiv va motivatsiyani vujudga kelishi va ularni bilimlar bilan o‘zaro ta’siri, bog‘liqligi, talabaning xatti-harakati ichki regulyatsiyasi funksiyasi kasbga doir bilimlarni o‘zlashtirishi, talaba shaxsida kasbiy xususiyatlar bilan bog‘liq hulqatvorning namoyon bo‘lishi masalalari yoritilgan. Kalit so‘zlar: kasbiy faoliyat, talaba, mahorat, ko‘nikma, motiv, motivatsiya, mashg‘ulot. Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturi vazifalarini amalga oshirishdagi islohatlarni muvaffaqiyati ko‘p jihatdan bo‘lajak pedagog tarbiyachilarda kasbiy-malakalarni shakllantirishga bog‘liq. “Endigi asosiy masala kishilarimizning mustaqil fikrlashga o‘rganishi, o‘ziga ishonchning, o‘z kasbiga mehrning ortib borishidir. Chunki tafakkur ozod bo‘lmasa ong va shuur tazyiqdan qutulmay inson to‘la ozod bo‘lmaydi. Taraqqiyot mazmunini ma’naviy va kasbiy jihatdan yetuk kadrlar hal qiladi”- degan edi prezidentimiz I.A.Karimov O‘zbekiston Oliy Majlisida so‘zlagan ma’ruzasida[1]. Zero, mamlakatimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi vazifalarini amalga oshirishdagi islohatlarning muvaffaqiyati, ko‘p jihatdan talabalarda kasbiy bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirishga bog‘liq. Kasbiy bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirishga oid dastlabki ishlar umumiy o‘rta ta’lim maktabi davrdanoq olib boriladi. Maktab ostonasidan oliy o‘quv yurtlariga qadam qo‘ygan o‘spirin, bu yerdagi, talab va qoidalarga bo‘ysunishi bilan birga, odatda fan asoslari bo‘yicha bilim ko‘nikmalarini egallab boradi va shu asnoda tanlagan mutaxassisligi va kasbiy yo‘nalishining mazmun mohiyatini yanada teranroq anglay boshlaydi [3]. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, talabalarda kasbiy bilim-ko‘nikmalarni shakllantirish pedagogning kasbiy mahoratiga bevosita bog‘liqdir. Chunki, o‘qituvchining ta’limni turmush bilan bog‘lashi, amaliyot bilan uyg‘unlashtirishi, talabalarning qobiliyatlari, intelektual darajalari va imkoniyatlarini shaklantirishda ijobiy samara beradi[2]. Dastlabki kasbiy ko‘nikmalar umumta’lim va kasbiy fanlardan saboq berish jarayonida shakllantirilib boriladi. Talabalarda kasbiy bilim, ko‘nikma malakalarni shakllantirishda hamkorlik ya’ni o‘qituvchi hamda talabalarning o‘zaro birgalikdiga faoliyati yetakchi o‘rin tutadi. Yangi pedagogik texnologiyalar asosida darslarni tashkil etish, laboratoriya ishlari, amaliy mashg‘ulotlar, mustaqil ta’lim topshiriqlari kabi o‘quv faoliyati talabalarni o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan umumta’lim va kasbiy fan asoslari materiallarni mustaqil tushunishga olib keladi. Talabalar faoliyatining kasbiy ko‘nikmalari bilan uyg‘unlashgan holda tobora muhim ahamiyat kasb etish tufayli fikr yuritish borgan sari faol mustaqil ijodiy xususiyatlar aks ettira boradi. Hozirgi zamon psixologiya fani kasb-hunarni egallashga nisbatan ichki ehtiyojga katta ahamiyat beradi va bu bilan shaxs hulq-atvorini birmuncha boshqarish imkoniyati mavjud ekanligini ta’kidlaydi. Shuning bilan birga talabada barqaror ma’lum bir kasbga qiziqishni shakllantirish muammosiga alohida e’tibor qilinadi. Darhaqiqat ma’lum faoliyat turiga nisbatan barqaror qiziqishlar qo‘zg‘atuvchi turtki (kuch) sifatida kasbiy motivlarini vujudga keltiradi, va shu kasbga tegishli nazariy bilimlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishni ta’minlashga xizmat qiladi. Talabada kasblarning muayyan sohasiga, u yoki bu faoliyat turiga qiziqishning tug‘ilishi ko‘p jihatdan shaxsni qay tariqa shakllanish imkoniyatini belgilaydi. Ana shu boisdan o‘qituvchi tanlagan yo‘nalishi va kasbiga nisbatan talabalarda qiziqishni o‘stirish tarafdori bo‘lishi shart, chunki xuddi shuning negizida o‘quv materiali va o‘quv dasturini yuksak darajada o‘zlashtirish imkoni yotadi. Xulosa qilib shuni alohida ta’kidlash joizki, kasbga qiziqish motiv doirasida o‘sadi, bilimlar bilan o‘zaro ta’sir etadi, ular o‘zaro uzviy bog‘lanib ketadi. Motiv, motivatsiya talabaning xatti-harakati ichki regulyatsiyasi funksiyasini bajarib, ehtiyojni qondirish, xoxish - istak, ezgu niyat, orzu tilakni amaliyotda ro‘yobga chiqarishning bosh omili bulib hisoblanadi. Motiv va motivatsiya faqat kasbga doir bilimlarni o‘zlashtirish, kasbiy ko‘nikmalari va malakalarini egallash bilan cheklanib qolmasin, balki talaba shaxsining xulq-atvori, ya’ni shaxsga oid xususiyatlarining namoyon bo‘lishini ham izohlashga xizmat qilsa maqsadga muvofiq hisoblanadi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O‘zbekiston”, 2017. 2. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi – inson manfaatlarini ta’minlash taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O‘zbekiston”, 2017. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T., 2012. 3. Аграшенков А.В. Психология на каждый ден: советы, рекомендации, тесты. – СПб., 2004. 4. Адизова Т.М. Психологические методы изучения личности учащегося в процессе общения. – Ташкент, 2000.
Download 27.54 Kb.




Download 27.54 Kb.