• Maktabgacha ta’limda STEAM ta’lim texnologiyasining ahamiyati
  • Maktabgacha ta’limda STEAM ta’lim texnologiyasidan foydalanish zaruriyati




    Download 30,12 Kb.
    bet3/3
    Sana20.01.2024
    Hajmi30,12 Kb.
    #141912
    1   2   3
    Bog'liq
    STEAM Seminar

    Maktabgacha ta’limda STEAM ta’lim texnologiyasidan foydalanish
    zaruriyati


    Ko‘pgina mamlakatlarda
    ahamiyatga ega:

    STEAM-ta’lim ba’zi sabablarga ko‘ra ustuvor

    Yaqin kelajakda dunyoda va shuning uchun O‘zbekistonda muhandislar,
    yuqori texnologiyali ishlab chiqarish mutaxassislariga talab juda yuqori
    bo‘ladi.
    Uzoq kelajakda biz tabiiy fanlar bilan birgalikda texnologiya va yuqori
    texnologiyali ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan kasblarga ega bo‘lamiz,
    ayniqsa bio va nanotexnologiya mutaxassislariga katta talab bo‘ladi.
    Mutaxassislar texnologiya, tabiiy fanlar va muhandislikning turli sohalaridan
    keng qamrovli ta’lim va tajribaga muhtoj bo‘ladi.
    STEAM ta’limining afzalliklari
    Ta’lim berishni o‘quv fanlari bo‘yicha emas, balki “mavzular”
    bo‘yicha integratsiyalab olib borish
    lmiy-texnik bilimlarni real hayotda qo‘llash
    Tanqidiy tafakkur ko‘nikmalarini rivojlantirish va muammolarni yechish
    Faol kommunikatsiya va jamoada ishlash
    O‘z kuchiga ishonish hissini ortishi
    STEAM taʼlimining afzalliklari
    Texnik fanlarga bo‘lgan qiziqishlarni rivojlantirish
    Loyihalarga kreativ va innovatsion yondashuv
    Taʼlim va karyera orasidagi ko‘prik
    O‘quvchilarni texnologik innovatsion hayotga tayyorlash
    Maktabgacha ta’limda STEAM ta’lim texnologiyasining ahamiyati
    O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini isloh qilish borasida islohotlar
    amalga oshirilmoqda. “Zamonaviy maktablarni tashkil etish to‘g‘risida”gi
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori, “2017-2021- yillarda maktabgacha
    ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident
    Qarori, “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident
    Qarori va boshqa ko‘plab respublikamizdagi ta’lim tizimini dunyodagi yetuk ta’lim
    tizimlariga tenglashtirish borasidagi islohotlarni ta’kidlab o‘tish mumkin. Ushbu
    maqsadlarni bajarish uchun 2016-yildan boshlab milliy ta’lim tizimida STEM paydo
    bo‘lishi haqida so‘z yuritilmoqda. Hozirgi kunda STEM ta’lim tizimi dunyo
    miqyosida keng tan olinmoqda. Ba’zi mamlakatlarda ushbu ta’lim tizimi milliy
    ta’lim tizimi etib tayinlangan. 2016-yil natijasiga ko‘ra STEM ta’lim tizimi bo‘yicha
    maktabni tamomlaganlar taqsimotiga ko‘ra yuqori texnologiyalar bo‘yicha jadal
    tarzda rivojlanib borayotgan Xitoy birinchi o‘rinni, AQSH va Rossiya munosib
    ravishda 3 va 4 o‘rinni egalladi.
    STEM ta’limi nima degani?
    STEM so‘zi ingliz 4 so‘zning bosh harflaridan tashkil topgan abreviatura bo‘lib,
    unda: S – Science –Fan T – Technology – Texnologiya E – Engineering –Injinerlik
    M – Mathematics – Matematika. Yaqin kunlarda ushbu apreviaturaga A - Art –
    San’at bo‘limi ham qo‘shilgan.
    Ya’ni STEM tizimida ta’lim ushbu 4 yo‘nalishga urg‘u bergan holda, undan
    tashqari ularning bir-biri bilan bog‘liqligini ko‘rsatgan holda olib boriladi.
    Globallashuv davridagi texnologik o‘zgarishlarni ortidan qolib ketmaslik
    maqsadida, yangi texnologiyalar, bazalar shakllanishi, sun’iy aql kabi trend
    texnologiyalarni bilish, ularga muvofiq ta’lim berish hozirgi zamon pedagoglarning,
    pedagogik texnologiyal arning asosiy vazifalaridan biri hisoblanmoqda. STEM
    bizning kundalik hayotimizdagi innovatsiyalarni ta’lim tizimiga kiritib beradi.
    Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, STEM ta’lim tizimi orqali bolada kreativlik, qunt,
    qiziquvchalik va hozirgi kunda eng muhim bo‘lgan xususiyat - muammoni hal qilish
    (problem-solving skills) qobiliyati shakllanadi. O‘zbekiston Respupblikasida STEM
    ta’lim tizimini davlat ta’lim tizimiga kiritish bo‘yicha o‘tgan 2 yil mobaynida ishlar
    amalga oshirilmoqda. Lekin xususiy maktablarda buning imkoni osonroq bo‘lsa,
    umumiy ta’lim tizimiga STEM ta’lim tizimini kiritishda bir qator muammolar
    borligi ta’kidlanmoqda. 2019-yilning dekabr oyida Xalq ta’limi vazirligi Xitoyda
    bo‘lib o‘tgan Shanghai International STEM Education Expo (STEAMEX)
    ko‘rgazmasida ishtirok etdi. O‘zbekistonda STEM ta’lim tizimini umumiy xalq
    ta’limiga tadbiq etish borasida AQSH mutaxassisi jalb qilindi.
    Undan tashqari Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbuslari bilan yurtizmida
    tashkil etilgan prezident maktablarida STEM ta’lim tizimi orqali ta’lim beriladi.
    Zamonaviy tadqiqotlar STEM tizimi maktab ta’lim tizimiga oid bo‘lgani bilan, uni
    eng kichik yoshdan, maktabgacha davrdan boshlab tadbiq etish muhim ekanligini
    ta’kidlamoqda. Bolaning eng kichik yoshidan boshlab STEM tizimiga olib
    kirishning ahamiyati, muvaffaqiyat ildizidir. Aslida STEM fikrlash bolalikdan
    boshlanadi. Bola yurishni bilmagan paytida ham jarayonlarning bog‘liqligi, ketmaketligi va ehtimollikni tushuna oladi. Ushbu xususiyatlar har tomonlama
    rag‘batlantirilishi lozim. Maktabgacha ta’lim tizimida STEM tizimi bo‘yicha
    faoliyat kundalik ish rejasi asosida olib borilishi mumkin. STEM ta’lim tamoyillarga
    asoslanadigan faoliyatlarni ishlab chiqish va amalga tadbiq etish muhim hisoblanadi.
    Misol. STEM ta’lim tizimini kitoblar orqali kichik yoshdagi bolaning hayotiga olib
    kirish samarali mexanizmlardan biri hisoblanadi. Kitob bolani STEM tizimiga olib
    kirishda kuchli tramplin bo‘la oladi. Kitob bola uchun faoliyat va jarayon orasidagi
    bog‘lovchi vosita bo‘ladi. Misol uchun kitobdagi baliqcha haqida bolalar bilan
    suhbat qurib, bog‘chadagi akvariumda yashovchi baliqlarni o‘rgansa bo‘ladi. Kitob
    bolani yoshligidan ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi, kitob orqali bolada
    fanga oid so‘z boyligi ortadi. Bu yerda muhim jihat STEM tamoyillariga asoslangan
    kitobni ensiklopediya kitoblari bilan adashtirmaslik. Kichik yoshdagi bolalar uchun
    tayyorlanadigan kitoblarni STEM ta’lim tizimi doirasida qanday strukturalashtirish
    mumkin:
    S-Science Kichik yoshdagi bolalarni fan olamiga olib kirishda hayvonot olami,
    dengiz hayvonlari, o‘simlik va hashoratlar haqidagi kitoblardan foydalansa bo‘ladi.
    T-Technology Atrofimizda, bolalar xonasida, kundalik faoliyatimizda
    uchraydigan texnologiya buyumlari aks etgan qiziqarli kitoblar bolani texnologiya
    olamiga olib kiradi. Qaychi, g‘ildirak, mashina, oyisining kir yuvish mashinasi,
    telefon va hokazolarni kitobda ichini ko‘rsatgan holda namoyon qilish, buyumlar
    haqida hikoyalar o‘qish mumkin. Qiziqarli hikoya bilan namoyon bo‘lgan
    texnologik buyumlar illyutsrasiyasi bolani miyasida savollar paydo bo‘lishiga,
    tahliliy o‘ylashiga turtki bo‘lishi mumkin.
    E-Engineering Injinerlik sohasiga bolalarni olib kirishni shakllarni o‘rganishdan
    boshlasa bo‘ladi. Shakllar, ularning atrofimizdagi buyumlarda aksi, shakllarning birbiri bilan munosabatini haqidagi biron shaklga ega bo‘lgan kitob foydali vosita
    bo‘ladi.
    A – Art Bolani san’at olamiga olib kirishni bolaligidan boshlash zarur. Milliy
    va dunyo miqyosida buyuk san’at arboblari asarlari, san’at namunalaridan tashkil
    topgan kitoblar, bolalar ko‘ziga yosh psixologiyasini inobatga olgan illyustrasiyalar
    STEM ta’limi tamoyiliga munosib bo‘ladi. Malevichning “Qora kvadrat” rasmi
    orqali shaklni ko‘rsatish, Monkning “Qo‘rquv” asari orqali hissiyotlarni namoyon
    qilish kabi faoliyatlar bolalarni qiziqtira oladi.
    M – Math Kichik yoshdagi o‘qishni bilmaydigan bolalarga ham sanash
    asoslarini o‘rgatish mumkin. Faqat bu 1+1 kabi zerikarli, bolaning neyrofiziologik
    rivojlanishiga to‘g‘ri kelmaydigan ta’lim bo‘lmay, balki interaktiv innovatsion
    yondashuvga ega ta’limini qo‘llashdir. Kitob illyustrasiyadagi hayvonlar soni,
    barmoqlar soni, yuzagi a’zolarning yonida “1” (og‘zi bitta) yoki “2” (ko‘zi ikkita)
    sonlarining namoyon bo‘lishi bolada matematika asoslarinishakllanishida va
    sonlarga qiziqishi uyg‘onishiga yordam beradi. Eng muhimi, bolaga STEM
    tizimiga oid kitob tanlayotganda u zerikarli bo‘lmasligi va bolaning yosh
    psixologiyasiga munosib bo‘lishini ta’minlaydi. Ushbu kitoblar bolaning e’tiborini
    jalb qila oladigan, kichik yoshdagi bolalar psixologiyasiga mos keladigan, ularning
    yoshiga yarasha ma’lumotni taqdim eta oladigan va shu bilan bir qatorda STEM
    ta’limiga asoslangan illyustrasiyalardan iborat.
    Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni Prezidentimiz oldimizga qo‘ygan
    vazifalaridan kelib chiqqan holda har tomonlama yetuk va hozirgi zamon
    talablariga mos ravishda rivojlanishida STEM tizimini asoslarini shakllantirishda
    quyidagi vazifalarni bajarish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
    MTT ni kitob bilan ta’minoti jarayonida kitoblarni STEM tamoyillariga
    asoslanganligiga qarab tanlash;
    MTT tizimining ish rejasiga STEM tamoyillariga asoslangan kitoblar bilan
    ish faoliyatni yurgazish mexanizmlarini kiritish;
    Kichik yoshdagi bolalar so‘z boyligini STEM kitoblari yordamida
    ko‘paytirish; Kichik yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan, innovatsion
    texnologiyalardan tashkil topgan STEM kitoblarini ishlab chiqarilishini
    rag‘batlantirish;
    MTT pedagoglarini STEM ta’lim tizimi bilan tanishtirish mexanizmlarini
    ishlab chiqish
    Download 30,12 Kb.
    1   2   3




    Download 30,12 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maktabgacha ta’limda STEAM ta’lim texnologiyasidan foydalanish zaruriyati

    Download 30,12 Kb.