|
Maktabgacha ta’limda steam ta’lim texnologiyasi nima? Reja
|
bet | 1/3 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 30,12 Kb. | | #141912 |
Bog'liq STEAM Seminar 1232s1s, 9, wepik-unraveling-the-complexities-exploring-the-motives-of-addictive-behavior-202311051051441vF3, Тех-маш Қулланма, тмз, E. V. Shpolskiy Oppoq rangli-365-416
Maktabgacha ta’limda STEAM ta’lim texnologiyasi nima?
Reja:
1. Maktabgacha ta’limda steam texnologiyasi fanining predmeti, maqsadi va
vazifalari
2. STEAM ta’lim texnologiyasining mazmun va mohiyati
3. Maktabgacha ta’limda STEAM ta’lim texnologiyasidan foydalanishning
zaruriyati
4. Maktabgacha ta’limda STEAM ta’lim texnologiyasining ahamiyati
Tayanch so‘z va iboralar: STEAM, STEM, science, technology, engineering, art,
math, tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at, matematika, robototexnika.
Maktabgacha ta’limda steam texnologiyasi maqsadi
va vazifalari
Maktabgacha ta’limda steam texnologiyasi fanini o‘qitishdan maqsad:
talabalarga maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual
jihatdan tarbiyalashda turli faoliyatlari mazmunini integratsiya qilishga
o‘rgatish;
STEAM ta’lim texnologiyasini maktabgacha ta’limda qo‘llashning
me’yoriy - uslubiy asoslarini o‘rgatish;
STEAM ta’lim texnologiyasini maktabgacha ta’limda qo‘llash bo‘yicha
xorijiy tajribalarni o‘rgatish;
integratsion mashg‘ulotlarni tashkil etish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida STEAM ta’lim texnologiyasini amaliy
qo‘llash usullari haqida bilim va ma’lumotlar berish.
Maktabgacha ta’limda steam texnologiyasi fanining vazifasi - talabalarga
STEAM ta’lim texnologiyasidan foydalanish usullarini o‘rgatish, STEAM ta’lim
texnologiyasini ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llashda turli xil faoliyatlarni
integratsiyalash, maktabgacha yoshdagi bolalarni ilk tadqiqotchilik faoliyatiga
tayyorlash vazifalarini bajaradi.
STEAM ta’lim texnologiyasining mazmun va mohiyati
STEAM - hozirgi kunda dunyo ta’lim tizimining eng asosiy urf bo‘lgan
innovatsion metodlaridan biri hisoblanadi. Bir qaraganda STEAM abbreviaturasi
juda murakkab ko‘rinadi, lekin uni alohida ko‘radigan bo‘lsak sodda va aniq
ekanini kovrishimiz mumkin, ya’ni: S – science, T – technology, E – engineering,
A – art, M – mathematics, yoki tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik san’ati, ijod,
matematika. Oddiy so‘z bilan aytganda, zamonaviy dunyoda eng ko‘p talab
etilayotgan fanlardir. Hech kimga sir emaski, ko‘plab fan tarmoqlarida katta
yutuqlarga erishish uchun o‘zlashtiriladigan turli sohalardagi bilimlarning
integratsiyasi talab etiladi. Aynan shunday muammolarni hal qilishda STEAM
texnologiyasi yordam beradi. Bu metodika ta’limni aralash turda olib borish va
egallangan nazariy bilimlarni kundalik hayotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini
shakllantirishga imkon beradi. STEAM bu maktabda va maktabdan tashqarida
loyiha va o‘quv-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi
innovatsion texnologiyadir. Ushbu metod yordamida fanlar alohida tarmoqlarda
emas, balki integratsiyalashgan holda, umumiy bog‘liqligini ko‘rsatib o‘rgatiladi.
Fanlarni kundalik hayot bilan bog‘liqligini ko‘rsatishdan tashqari, texnologiya
o‘quvchilarning ijodkorligini ham ko‘rsatib berishi mumkin. Ushbu yondashuv
o‘quvchilarning faoliyatiga bir qancha vazifalarni taqdim etadi, o‘quvchi ularni hal
qilishida ijodkorligini namoyon qilishni o‘rganadi. Bunday vazifalar yordamida
o‘quvchi g‘oyalarni nafaqat o‘ylab topadi, balki ularni kundalik hayotida amalga
oshirishni ham o‘rganadi. Shu tariqa, o‘quvchi o‘z faoliyatini oldiga qo‘yilgan
vazifalari va mavjud imkoniyatlari doirasida hal qilishga o‘rganadi. STEAM (Sfan, T-texnologiya, E-muhandislik, A- san’at, M - matematika) - ilm-fan,
texnologiya, muhandislik, san’at va matematikani birlashtiruvchi zamonaviy
yondashuv. STEAM bolalarda quyidagi muhim xususiyatlar va ko‘nikmalarni
rivojlantirishga yordam beradi:
Muammolarni keng qamrovli tushunish
Ijodiy fikrlash
Muhandislik yondashuv
Tanqidiy fikrlash
Ilmiy metodlarni tushunish va qo‘llash
Dizayn asoslarini tushunish.
Bu yondashuv kelajakda bolalarda hayotiy muammolarni hal etishda yordam
beradi. Bugungi kunda STEAM - ta’lim dunyodagi asosiy tendentsiyalardan biri
sifatida rivojlanmoqda va amaliyot yondashuvni qo‘llashda beshta sohani yagona
o‘quv sxemasiga integratsiyalashga asoslangan. Bunday ta’limning shartlari uning
uzluksizligi va bolalarning guruhlarda o‘zaro muloqot qilish qobiliyatini
rivojlantirish bo‘lib, buna ular fikrlarni to‘plashi va fikrlar almashishi mumkin.
Shuning uchun, asosiy ta’lim dasturiga quyidagilar: lego-texnologiyalar, bolalar
tadqiqotlari kabi mantiqiy fikrlashni rivojlantirish modullari kiradi. STEAM
yondashuvi tufayli bolalar tabiatni tushunib, dunyoni muntazam o‘rganishadi va
shu bilan qiziqishlarini, muhandislik fikrlash uslubini, tanqidiy vaziyatlardan
chiqish qobiliyatini, jamoaviy ish qobiliyatini rivojlantirish va liderlik, o‘z-o‘zini
namoyon qilish asoslarini o‘rganishadi, o‘z navbatida, bolalar rivojlanishining
tubdan yangi darajasini ta’minlaydi. O‘z-o‘ziga ishonchni shakllantirish. Bu
yondashuvda bolalar o‘z qo‘llari bilan yaratgan ko‘prik va yo‘llar, samolyotlar va
avtomobillarni “ishga tushirib”, suv osti va havo tuzilmalarini “rivojlantirib”,
sinovdan o‘tkazib, har safar ular maqsadga yaqinlashib borishadi. Yaxshi natija
bermagan “mahsulot”ni qayta-qayta sinovdan o‘tkazib, takomillashtirib borishadi.
Natijada barcha muammolarni o‘zi hal qilish, maqsadga erishish bolalar uchun
ilhom, g‘alaba, adrenalin va quvonch olib keladi. Har bir g‘alaba, o‘zlarining
qobiliyatlariga ko‘proq ishonch uyg‘otadi. Faol muloqot va jamoaviy ishni tashkil
etishni o‘rgatadi. STEAM dasturlari ham faol muloqot va guruh bo‘lib ishlashni
o‘rgatishi bilan ajralib turadi. Muhokama bosqichida bolalar fikr bildirishga
qo‘rqmaslikka o‘rganadilar. Faoliyatlar jarayonida bolalar frontal usulda stol
atrofida o‘tirmaydi, o‘zlarining dizaynlari asosidagi “mahsulot”larni sinovdan
o‘tkazadi va rivojlantiradi. Faoliyat jarayonida bolalar hamma vaqt hamkorlikni
ta’minlaydigan jamoada tarbiyachilar va ularning do‘stlari bilan muloqot qilish
bilan band bo‘lishadi.
Texnik fanlar bo‘yicha qiziqishlarni rivojlantirish. Maktabgacha va
boshlang‘ich maktab yoshidagi STEAM ta’limi vazifasi qiziqishning rivojlanishi
uchun dastlabki shart-sharoitlarni yaratishdir. Bolalar uchun tabiat fanlari va texnik
fanlar bo‘yicha, qilgan ishni yaxshi ko‘rish, qiziqishni rivojlantirish uchun asosdir.
STEAM – bolalar uchun juda qiziqarli va dinamik bo‘lib, bolalarning zerikishlariga
to‘sqinlik qiladi. Ular vaqt o‘tayotganini sezmaydilar, lekin ham charchamadilar
|
| |