“Ilk qadam” dasturining yaratilishi va uning




Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana25.01.2024
Hajmi0,73 Mb.
#145687
1   2   3   4   5   6
 2. “Ilk qadam” dasturining yaratilishi va uning 
ahamiyati. 
1932-yil - Bolalar bog'chasi programmasini dastlabki loyihasi ishlab chiqildi. Bu 
bolalar bog'chasi ishini tartibga solishga, tarbiyachi faoliyatiga yo'nalish va
mazmun berishga yordam beradi. 
1934-yil - Tarbiyalash programmasi va bolalar bog'chasi ichki tartib qoidalari
nashr ettirildi, unda bolalar muassasa-sidagi bolalar hayotini mazmunli va 
qiziqarli tashkil etish ma- salalariga e'tibor qaratilgan edi. Programmada
ijtimoiy, jismoniy, rasm, loy, mehnat, nutq o'stirish, kitob va rasmlar bi-lan 
mashg'ulotlar, dastlabki matematik tasawurlarni rivojlan-tirish, savod chiqarish 
bo'limlari mavjud edi, biroq unda mu-rakkab bilish materiallarining
kiritilmaganligi, bolalarning yosh xususiyatlari hisobga olinmaganligi, pedagogik 
jarayonni tashkil etishda tarbiyachining rahbarlik roli yoritib berilmagan edi. 
1938-yil - Bolalar bog'chasining tarbiyachisi uchun qo'llanma nashr etildi.
Ushbu qo'llanmada bolalarni tarbi-yalash vazifalari, bolalarning yosh 
xususiyatlariga mos ravishda, tarbiyaning ayrim bo'limlari - jismoniy, aqliy,
axloqiy tarbiyalash masalalari yetarli o'z vazifasini topdi. Maktabgacha 
yoshdagi bolalarga ta'lim berish vazifalariga ilmiy asosda yon- dashildi. Shuning
uchun ota-onalar bilan ishlash masalalari ham qo'llanmada o'z aksini topdi. 
1953-yil - Bolalar bog'chasida ta'limga ilmiy yondashuv munosabat bilan 
qo'llanma qayta ishlab chiqildi. Ushbu bolalar egallashi lozim bo'lgan bilim 
mundarijasi aniq yoritib berildi. 
1959-yiI - Maktabgacha tarbiya muassasalarini yanada rivojlantirish, maktabgacha 
yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ularga tibbiy xizmatni ko'rsatishni yaxshilash 
choralari 
to'g'risidagiqarori 
qabul 
qilinadi. 
Unda 
mahalliy 
sharoit 
va 
imkoniyatlarini nazarda tutib, bolalar muassasalari ishini ikki "yasli" va "bolalar" 
bog'chasini yagona Maktabgacha ta'lim bolalar muassasasi qilib birlashtirish va 
maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashning yagona programmasini tuzish 
belgilandi. 
1964-yil - Bolalar bog'chasida tarbiya programmasi nashr etildi. Unda ilk
yoshdan to maktabga tayyorlov yoshgacha bo'lgan davrlarda olib boriladigan 
ta'lim - tarbiya ishlari yoritib berildi. 


1972-yil - Maktabgacha ta'lim muassasalarining yangi "Bolalar bog'chasida tarbiya 
programmasi bilan ishlashga o'tkazish to'g'risidagi 1972-yil may qaroriga binoan
yangi programma qabul qilindi. Programmada - bolalar bog'chasining vazifalari-
aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, mehnat, o'yin mashg'ulotlar ro'yxati va 
haftalik taqsimoti, guruhlar bo'yicha bolalarni tarbiyalash vazifalari, ularning 
rivojlanish xususiyatlari, o'quv faoliyatining boshlang'ich formalarini egallash,
tarbiyachi va ota-onalar hamkorligi masalalari aks ettirilgan edi. 
1978-1980-yilIar 

Bolalar 
bog'chasida 
ta'lim-tarbiya 
prog-rammasi 
takomillashtirildi va qayta nashr etildi. 
1980-1999-yillar - Bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiya pro- grammasining bir
necha bor takomillashtirish jarayonlari bo'lib o'tdi. Mustaqilligimizning ilk
mevasi bo'lgan "Uchinchi ming yillikning bolasi" dasturi qabul qilindi. Unda
bolalarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash va ularga ta’lim berishning uch 
asosiy: ma'naviy, jismoniy va nutq rivojlanishi yo'nalishlari belgilab berildi. 
2010-yil - O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim Vazirligi tomonidan 
"Bolajon" tayanch dasturi nashrga tavsiya etildi. 
2018-yiI - O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan 
"Ilk qadam" o'quv dasturi qabul qilindi 
“ILK QADAM" DAVLAT O'QUV DASTURI 
Maktabgacha ta'lim muassasasining davlat o'quv dasturi "O'zbekiston
Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish 
borasidagi Davlat talablari"ga muvofiq ishlab chiqilgan me'yoriy-huquqiy hujjat 
bo'lib, unda maktabgacha ta'lim muassasasining maqsad va vazifalari, o'quv-
tarbiyaviy faoliyatning asosiy g'oyalari, maktabgacha yoshdagi bolalarni ta'limning 
keyingi bosqichiga o'tishidagi asosiy kompe- tensiyalari belgilab berilgan3, 
O'zbekiston Respublikasida faoliyat ko'rsatayotgan bar-cha maktabgacha ta'lim 
muassasalari uchun (davlat, nodavlat, maxsus va boshqalar) ushbu dastur asosiy 
manba bo'lib xizmat qiladi 
O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta'lim muassasalarida: 
davlat maktabgacha ta'lim muassasalari;maktabgacha ta'lim sohasida xizmat 
ko'rsatuvchi 
nodavlat 
muassasalari;maktabgacha 
guruhlarga 
ega 
bo'lgan 
«Mehribonlik» bolalar uylari;maktabgacha va boshlang'ich ta'limni nazorat
qiluvchi boshqaruv organlarida - ushbu davlat o'quv dasturini qo'llash majburiydur. 


Davlat o'quv dasturi VII bobdan iborat bo'lib, 1 bobda MTM davlat o'quv
dasturini qo'llash va MTMning maqsad va vazifalari aks ettirilgan. 
Davlat o'quv dasturi variativ o'quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat 
hisoblanadi. 
Ta'lim muassasalari Maktabgacha ta'lim vazirligi tomoni-dan tasdiqlangan
variativ o'quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega. 
Ta'lim muassasasi Davlat o'quv dasturi asosida o'zining MTM ishchi o'quv 
dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta'limmuassasasining ishchi o'quv dasturi 
muassasa pedagoglari to-monidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va 
amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi. 
Davlat o'quv dasturida MTMning quyidagi maqsad va vazi-falari belgilab berilgan: 
bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi
bolalarni rivojlanishiga oid Davlat ta-lablari asosida hamda Davlat o'quv
dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay
shart- sharoitlar yaratish; 
maktabgacha yoshdagi bolalarning o'quv-tarbiyaviy faoli-yatini tashkil qilish va 
amalga oshirish; 
bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar
berishni tashkil etish va amalga oshirish; 
bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o'zaro hamkorlikni 
tashkil qilish va amalga oshirish. 
II bob - MTM ta'lim jarayonining maqsad va tamoyillari deb nomlanib, u 
quyidagilarni: 
- MTM ta'lim jarayonining maqsadlari 
- MTMda ta'lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari 
- Qo'shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil qilish 
- Alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan ta'lim faoliyati 
- Ota-onalar bilan hamkorlikni o'z ichiga oladi. 
Davlat dasturida MTM ta'lim jarayonining maqsad va ta-moyillari aks 
ettirilgan bo'lib: 


- O'quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy kompetensiyalar va
rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar 
yaratishdan iboratdir. 
MTMda ta'lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari:
bola huquqlari, o'ziga xos rivojlanish xususiyat va salohiyat- larini hisobga olish; 
ta'lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o'zaro bog'liqligi; 
bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning 
harakatlanish ehtiyojlarini qondirish;
bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo'llab-quvvatlash;
o'yin orqali ta'lim berish va rivojiantirish;
bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish; 
bola uchun xavfsiz muhitni ta'minlash; 
MTMning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi;
milliy madaniy an'analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga 
hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish; 
Alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan ta'lim faoliyati. 
Maktabgacha ta'lim muassasasida alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalarni 
qo'llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun 
maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari javobgar bo'ladi. 
Zarurat tug'ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta'lim muassasasi
rahbariyati, tor ixtisosdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola (uning 
rivojlanishi) uchun o'quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi. 
Ota-onalar bilan hamkorlik 
Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlash uchun maktabgacha ta'lim
muassasasi ota-onalar bilan o'zaro ham-korlikning quyidagi shakllarini tashkil 
qilishi mumkin:ota-onalarning maktabgacha ta'lim muassasasi borasidagi 
fikrlarini hisobga olish; 
ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish; ota-onalarni o'quv-
tarbiyaviy jarayonda faol qatnashisbga jalb etish; 


ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo'llab-
quvvatlash. 
Ill bob - Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishda kompetensiyaviy 
yondashuv deb nomlanib, dastur majburiy 5 ta ta'lim sohasini o'z ichiga oladi. 
«Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzini shakllantirish» sohasi 
kompetensiyalari«Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari «Nutq, 
muloqot, o'qish va yozish malakalari» sohasi kompe-tensiyalari 
«Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi kompetensiyalari«Ijodiy rivojlanish» 
sohasi kompetensiyalariMaktabgacha yoshdagi (6-7 yosh] bolaning umumiy 
muhim kompetensiyalari 
- Kompetensiya bolaning bilim, ko'nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir.
Boshlang'ich kompetensiyalar, rivojlan-ish sohasidan qat'iy nazar, bola shaxsi 
shakllanishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi. 
- Kommunikativ kompetensiya - muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda 
foydalana bilish ko'nikmasi. 
- O'yin kompetensiyasi - bolaning o'yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba,
bilim va ko'nikmalardan ijodiy foydalanishi. O'quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos 
hisoblanadi. 
- Ijtimoiy kompetensiya - hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan
muloqotda axloq qoidalari va me'yorlariga rioya qilgan holda o'zini tutish 
mahorati. 
- Bilish kompetensiyasi - atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va 
olingan bilim, ko'nikma, malaka va qadriyatlardan o'quv va amaliy vazifalarni hal 
qilish uchun foydalanish. 
VI - O'quv-tarbiyaviy faoliyat bobida O'zbekiston Respublikasidagi barcha 
MTMlarda tashkil etiladigan o'quv va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish masalalarini 
o'z ichiga oladi. 
Bunda MTMlarda o'quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish turlari yillik 
mavzuviy va haftalik ish rejalari va tarbiyachi tomonidan rejalashtirishni amalga 
oshirish yoritib beriladi. 
O'quv-tarbiyaviy faoliyat «O'zbekiston Respublikasining ilk va maktab yoshidagi
bolalarni rivojlantirishga oid davlat talablari» asosida amalga oshiriladi. 


V bob Bolaning rivojlanish sohalari bo'yicha yutuqlari MTM pedagoglari 
tomonidan bolaning rivojlanishini kuzatib borishxaritasi yiliga uch marta 
to'ldiriladi (3 dan 7 yoshgacha bo'lgan davrni o'z ichiga olgan) shuningdek, 6-7
yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaritasi ham to'ldiriladi. Bu xarita Davlat
dasturiga muvofiq bolar rivojlanishning beshta sohasi kompetensiyalari bo'yicha 
kutilayotgan natijalar ifodalanadi. 
VI - Rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish bobida Maktab-gacha ta'lim 
muassasasida quyidagi mazmunda: 
- ko'rgazmali-rivojlantiruvchi/ 
- madaniy-tarixiy qadriyatlar: 
- milliy va mintaqaviy an'analar; 
- tabiat, iqlimdan kelib chiquvchi xususiyatlarga mos bo'lishi yoritiladi; 
VII bob Ilovalarni o'z ichiga olib ushbu dasturni amaliyotda qo'llashning mazmun 
va mohiyati yoritib beriladi. 
Dastur - muhim vosita bo'lib, uning yordamida tarbiyachi-lar (mutaxassislar) 
O'zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojiga oid
Davlat talablariga muvofiq muayyan yosh guruhidagi bolalar uchun eng
maqbul va samarali shakllar, metodlar va ta'lim jarayonini tashkil qilish yo'llarini 
belgilaydi. 
Dastur uchta asosiy bo'limni qamrab oladi:maqsadli - bu tushuntirish xati
hamda dastur o'zlashtirilishining rejalashtirilayotgan natijalarini o'z ichiga 
oladigan bo'lim; 
mazmunli - bu Dasturning umumiy mazmunini ifodalov- chi va bolalar 
shaxsining to'laqonli rivojlanishini ta'minlovchi bo'lim; 
tashkiliy - bu Dasturning moddiy-texnik ta'minoti ta'rifini, ta'lim va tarbiyaning
metodik materiallar va vositalar bilan ta’minlanganligini, kun tartibini,
shuningdek, tadbirlar,
bayramlar, rivojlantiruvchi muhitni o'z ichiga oluvchi bo'lim.«Ilk qadam» dastur 
nomining falsafiy mazmuni - bilimlar dunyosiga birinchi qadam, birinchi
muvaffaqiyat, go'zallik,yaxshilik, samimiylik - milliy va umuminsoniy
qadriyatlarni tarbiyalashning ilk asoslari. 


Dasturning mazmuni - ijtimoiy hodisalar, inson va uning faoliyati, xulq-atvor 
me’yorlari, san'atning janr va turlari, jonli va jonsiz tabiat, kattalar va tengdoshlar 
bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qilish kabilardan tashkil topgan. 
"Ilkqadam” dasturiga binoan maktabgacha ta'lim muassasasining turli yosh 
guruhlaridagi: «Til va nutq», «Ilm-fan va tabiat», «Qurish-yasash, 
konstruksiyalash+matematika», «San’at» «Syujet-rolli o'yinlar va
sahnalashtirish» faollik markazlari, bolalarni dialogik va monologik nutqini 
rivojlantirishga, jamoa bo'lib birgalikda hamda mustaqil ishlashga, raqamlar, shakl 
va vaqtni, elementar matematik hisoblashlarni bilishga, san'at va madaniyatga 
qiziqish, ijodiy yondoshish kabilarga qaratilgan.Bu boradagi kuzatishlar va 
ularning tahlili, katta yutuqlar bilan bir qatorda mavjud qiyinchiliklarni aniqlashga 
va asosli ba'zi taklif lar kiritishga bizga imkon berdi. 



Download 0,73 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Ilk qadam” dasturining yaratilishi va uning

Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish