“Ilk qadam” dasturi orqali Ta`lim- tarbiya




Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana25.01.2024
Hajmi0,73 Mb.
#145687
1   2   3   4   5   6
4. “Ilk qadam” dasturi orqali Ta`lim- tarbiya 
ishlarini rejalashtirish mazmuni. 
Ta'lim-tarbiyaviy ishning mazmuni, metodi va usullari hamda uni tashkil etish
turlari, bolalar xulq-atvorini tarbiyalash mazmuni, ularda madaniy-gigiyenik
malakalarni shakllantirish, bolalar mehnati va o'yinlariga rahbarlik usullari, 
bolaning bo'sh vaqti, ko'ngilochar daqiqalarni tashkil etish, shuningdek, ota-
onalar bilan ishlash turlari rejalashtirilishi lozim. 
O'qitishning har bir bolimiga doir mashg'ulotlarni rejalashtirishda bilimlarni
egallashning asosiy bosqichlari hisobga olinadi. Rejada bilimlar mazmunining
takrorlanishi, ularni sekin-asta murakkablashtirish nazarda tutiladi.
Istalgan bo'limga doir mashg'ulotlarni rejalashtirishda mazkur bo'lim bilan 
bog'langan asosiy ta'lim-tarbiyaviy masalalardan tashqari dasturning boshqa
boTimlaridan ayrim masalalarni kiritish kerak. Mashg'ulotlarni bunday
yaxlitlash ularni rivojlantiruvchi samarasini oshiradi. 
Ta’lim-tarbiyaviy ishlar mashg'ulotlardan tashqarida: kundalik turmush, o'yin,
mehnatda ham davom ettiriladi. Rejada bolaning xulq-atvorini: bir-birlariga 
xayrixohlik munosabatini, bir-birining o'yiniga qiziqishlari bilan hisoblashishni,
yuzaga kelgan nizolarni haqgo'ylikbilan hal qilish kabilarni tarbiyalash vazifalari 
nazarda tutiladi. 
Rejada o'yinda bolalarni o'zaro munosabatlari va xulq- atvorlarini tarbiyalash
vazifasini kiritib, tarbiyachi bolalar o'yinlarining mazmunini, ularning o'ynash
ko'nikmalarini hisobga oladi. Kun davomida tarbiyachi xilma-xil harakatli va 
didaktik o'yinlarni uyushtiradi, ularga rahbarlik rejalashtiradi.Bolalarning mehnat
faoliyatlarini tashkil etish shakllariga doir rejalashtirish muhimdir. Mehnatni
tashkil etish shakli sifatida barcha guruhlarda topshiriqlardan foydalaniladi.
O'z mazmuniga ko'ra topshiriqlar turlicha bo'lishi mumkin. Tarbiyachining ish
rejasida yangi topshiriq mazmuniniqayd etish, so'ngra uni bajarishga jalb
etiladigan bolalar ismlarini ko'rsatish maqsadga muvofiqdir. Tarbiyachi bolalar 
navbatchiligiga rahbarlikni rejalashtirar ekan, tarbiyachi mehnat hajmi va
mazmunini, bolalarga navbatchilik vazifalarini tanishtirishda foydalanadigan
jihoz, metod va usullarni ko'rsatadi. 


Rejada bolalarning jamoa shaklidagi mehnatlarini tashkil qilish mazmuni va
tarkibi, o'tkazish vaqti ko'rsatiladi. Zarur jihozlar belgilanadi va joylashtiriladi, 
Mustaqillik bayramlari, mustaqil yurtimizdagi muhim sanalar va hodisalar
bilan bog’liq bayramlar, maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarga Vatanga 
muhabbat, baynalminal hislarni tarbiyalash, ularni xalqimizning boy milliy va 
umumbashariy qadriyatlari asosida tarbiyalash maqsadida bayram ertaliklari
o'tkaziladi. Bayramlarni tarbiyaning muhim vositasi sifatida puxta rejalashtirish
lozim. Rejada muassasaning butun jamoasi, bolalarning tayyorlarligi aks 
ettiriladi. Pedagogik kengashda bayram ssenariysi ishlab chiqiladi va 
tasdiqlanadi.Maktabgacha ta'lim muassasasi ota-onalar o'rtasida pedagogik
targ'ibotni amalga oshiradi. Ularni oila va maktabgacha ta'lim muassasasining
bolalarga ta’sir ko'rsatishda hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadlarida ta'lim- 
tarbiyaviy ish mazmuni bilan tanishtiradi. Bolalarni oilada tarbiyalashning 
ilg'or usullarini o'rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi. Bu ish izchil tarzda amalga 
oshiriladi va maktabgacha ta'lim muassasasi mudirasi tomonidan yillik rejada, 
tarbiyachi tomonidan ham rejalashtiriladi. Ishni tashkil etish usullari 
quyidagilarni: ota-onalar majlisi, bola oilasiga borishni, ochiq eshiklar kunini,
mashg'ulotlar o'tkazishni, bolalar ishlari bo'yicha ko'rgazmalar tashkil etishni 
nazarda tutadi.Ta'lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish shakllarini ilova etamiz. 
Ilova
Yilik reja 
1. Hisobot. 
2. MTMning__ yildagi asosiy o'quv vazifalari. 
3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining tadbirlari (tarbiyachilarning ilg'or ish
tajribalarini ommalashtirish, tarbiyachilarni metod birlashmalarga olib borish). 
4. Nazariy-amaliy seminarda qatnashish. 
5. MTM pedagogik jamoasi ro'yxati. 
6. Pedagoglarning siyosiy ongini oshirish (Prezident farmonlari, gazeta, 
Konstitutsiya). 
7. Malakka oshirish rejasi (Tarbiyachining F.I.Sh., yili). 
8. Pedagogik kengash (yillik rejani muhokamasi, yangi o'quv yiliga 
tayyorgarlik haqida tarbiyachi hisoboti, pedagogik kadrlarni guruhlarga taqsimlash, 
ochiq mashg'ulotlar tahlili). 


9. Amaliy, nazariy seminar (bolalarda uchraydigan kasalliklar, aqliy 
rivojlanish). 
10. Tarbiyachilar uchun maslahatlar. 
11. Yosh mutaxassislar bilan ishlash (F.I.Sh.). 
12. Tashkiliy ishlar (ko'rik tanlovlarda qatnashish: «Yil tarbiyachisi», 
«Chaqqon ona», «Sog'lomjon, polvonjon»). 
13 . yilda o'tgan tadbirlar. 
14. Pedagogik jarayonni jamoa bilan kuzatish (katta guruhlarda ekologik 
tarbiya). 
15. MTM va maktab hamkorligi (maktabning yangi o'quv yilining
boshlanishidagi marosimida qatnashish, tayyorlov guruhlari boialarini maktab
binosi bilan tanishtirish, o'qituvchisi bilan bolalarni o'zlashtirishi haqida
suhbat; «Alifbe» bayramida qatnashish, «Xayrbog'cha, salom maktab»). 
16. Kam ta’minlangan oila bolalari bilan ishlash. 
17. Umumiy ota-onalar yig'ini (ota-onalar komitetini saylash, yillik ish reja 
bilan tanishtirish, to'garaklar haqida). 
18. Har bir yosh guruhda ota-onalar yig'ilishi. 
19. Yozgi sog'lomlashtirish va tibbiy ishlar rejasi. 
20. Ilg'or tajribalarni o'rganish (tarbiyachi F.I.Sh.ni 
469ommalashtirish, masalan, ota-onalar bilan ishlash uslublarini o'rganish). 
21. To'garaklar ish rejasi. 
22.Xo'jalik-maishiy ishlar (idishlar, o'yinchoqlar, jihozlar bilan 
ta'minlanganligi). 
23. Sog'lom avlod dasturini amalga oshirish. 
24. Ochiq eshiklar kuni: sentyabr, dekabr, aprel, iyun. 
Kundalik rejaning tuzilishi 
1. Ertalabki soat 
1. Suhbat (mavzu). 


2. O'yinlar (mavzu). 
3. Mustaqil faoliyat. 
4. Mehnat. 
5. Bolalar bilan yakka tartibda ishlash. 
2. Mashg'ulotlar 
1. Mashg'ulot yo'nalishi, mavzu va maqsadi. 
2. Zaruriy jihoz va ko'rgazmali qurollar. 
3. Mashg'ulotningborishi (tarkibiy qismlari). 
3, Sayr 
1. Kuzatish. 
2. Harakatli o'yin. 
3. Ixtiyoriy o'yinlar. 
4. Mehnat. 
5. Tinch o'yin.(Sayr qismlarining ketma-ketligi olingan mavzuga qarab o'zgarishi 
mumkin) 
4.Kunning2-yarmi 
1. Yakka tartibda ishlash. 
2. Ifodali o'qish va suhbat. 
3. O'yinlar (ta'limiy, stol ustida, voqeaband, ixtiyoriy, sahnalashtirilgan). 
4. Ko'ngilochar soatlar (har oyda 1-2 m arta). 
5. Kechki sayr 
1. Ixtiyoriy kuzatish. 
2. Ixtiyoriy o'yinlar. 
3. Ota-onalar bilan ishlash. 
Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim-tarbiya jarayonini


rejalashtirish tarbiyachidan tegishli tayyorgarlikni talab etadigan ancha
murakkab ishdir. Tarbiyachi bolaning psixik- fiziologik rivojlanish darajasini,
«Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari»ni
hamda u asosida yaratilgan ta'lim-tarbiya dasturini yaxshi bilishi kerak. Reja 
tarbiyachiga dastur talablarini bir yilga bir tekisda taqsimlashga yordam beradi
hamda taTim-tarbiya berish va tarbiyalashning usullarini oldindan o'ylab olish,
maqsadni aniqroq ko'rish imkonini beradi. Reja bo'lsa, tarbiyachi bugun nima ish
qilishi va qanday qilishini, qaysi qo'llanmalardan foydalanishni biladi.Ta'lim-
tarbiyaviy ish rejasi tarbiyachi tomonidan tuziladi. Reja oy boshlanishidan besh 
kun avval metodistga tasdiqlash uchun beriladi, oylik ish reja daftarida, avvalo,
haftalik mashg'ulotlar jadvali, bir oylik rejaning taqsimoti beriladi. Har o'n besh
kunga mo'ljallangan badantarbiya mashqlari, ota- onalar bilan ishlash rejasi va 
kundalik faoliyatining yuritilishi ochib beriladi. Kundalik faoliyatda ertalabki soat,
mashg'ulot, sayr, kunning 2-yarmida belgilangan vazifalar to'liq yoritiladi. 
Davomat daftari. 
Davomat daftari tikilgan, sahifalangan, muhrlangan, rahbar tomonidan imzolangan
bo'lishi kerak. Kundalik davomat tarbiyachi tomonidan bolalarning soni
yozilgandan so'ng tasdiqlanadi, imzolanadi. Davomat har oyda yopiladi. 
Filtr daftari. 
Ta'lim-tarbiyaviy ish rejasi Filtr daftari tikilgan, sahifalangan, muhrlangan, 
imzolangan bo'lishi kerak. 
Ota-onalar haqida ma'lumot daftari. 
Patronaj daftar. 
Patronaj daftari tikilgan, sahifalangan, muhrlangan,
imzolangan bo'lishi kerak. 
O'z ustida ishlash daftari. 
O'z ustida ishlash daftari uch yo'nalishda olib boriladi: 
A] Siyosiy o'qish. 
B) Yangi metodik qo'llanmlar bilan tanishib borish. 
V) Ilg'or ish tajribani o'rganish. 


Kichik guruh bolalarida mashg`ulotga qiziqish uyg`otish uchun bolalarni 
qiziqtiradigan mazmundagi, kutilmagan, topishmoqli usullardan foydalanadi. 
«Quloq solinglar-chi, kimdir eshik qoqyapti! Bu qo`g`irchoq biznikiga mehmonga 
kelibda», - deb mashg`ulotni boshlash mumkun. Bolalarning narsalar va ularning 
nimaga ishlatilishi to`g`risidagi tasavvurini tartibga solivchi mashg`ulot manna 
shunday boshlanadi. 
Katta guruhlarda qanday mashg`ulot bo`lishini tarbiyachi bolalarga oldindan aytib 
quydi. Bu bolalarning bo`lajak mashg`ulotga qiziqishini orttiradi. Masalan, 
mustaqillik maydoniga ekskursiyaga borishni bolalarga bir hafta oldin aytib o`tadi 
va ularga rasimlarni ko`ribshni, ota-onasi bilan sayr qilganda nimalarni ko`rganini 
eslashni taklif etadi. Bolalar bu kunni zo`r qiziqish bilan kutishadi. 
Katta va tayyorlov guruhlaridagi bolalar mashg`ulotning zarurligi va 
majburiyligini tushinishlari, unga ongli ravishda tayyorlanishlari zarur. 
Asosiy qism. Mashg`ulotda bolalarga Yangi bilim beriladi, topshiriqni bajarish 
yuzasidan yo`l-yo`riq ko`rsatiladi, qiynalgan bolalarga yordam berilajdi. Bolalar 
bilan bo`ladigan jamochilik munosa`atlarini alohida munosabat bilan qo`shib olib 
boriladi. Topshiriqni bajarishni hamma bolalar uddalay olishlari uchun tarbiyachi 
har xil metod va usullarni qo`llaydi. 
Mashg`ulotning boshlanishidanoq bolalarning diqqatini tashkileta bilishi kerak. Bu 
bolalar lodiga qo`yilgan aqliy vazifaga bog`liq. Bolalarga qanday ishlar olib borish 
zarurligi ko`rsatiladi va tushuntiriladi, ularni ayrim bolalarga alohida takrorlash 
shart emas, balki hamma bolalarni e`tibor bilan eshitib o`tirishga o`rgatish kerak. 
Zarurat tug`ilsagina takrorlash mumkin. 
Bog`chadagi bolalr o`qish, yozishni bilmaganligi uchun o`tilgan materialni 
qaytarib mustahkamlay olmaydilar, shuning uchun bolalarga berilgan bilimni 
mustahkamlash uchun tarbiyachi takrorlash va mashq qildirish usullaridan 
foydalanadi. Mexanik qaytarish, yodlatishdan qochish kerak, chunki anglab 
olinmagan material tezda esdan chiqadi. 
Qaytarish, mashq qildirishda tarbiyachi fikrlarni to`ldirib, tartibga solib boradi, bu 
bolalrda bilimga qiziqish uyg`otadi vash u narsa to`g`risidagi tasavvur va 
tushunchalarini chuqirlashtiradi. Mashg`ulotni dastur maqsad va bolalar yoshiga 
qarab mustahkamlashning har xil usullari qo`llaniladi. 
Bolalar o`zlashtirib olishi va javob qilishi kerak bo`lgan materil so`z orqali amalga 
oshiriladi. Shuning uchun u yoki bu ishni bajarishda bolalrdan uni qanday amalga 


oshirmoqchi ekanini so`z bilan tushuntirib berish talab etiladi (masalan, son- 
saanoqqa o`rgatishda, qurish-yasashda, rasm chizganda qanday tartib bilan 
bajarishi, buning uchun qanday materialdan foydalanishini tushuntirib berishi talab 
etiladi). 
Mutahkamlash jarayonida didaktik material bilan bajariladigan mashq aqliy 
vazifani o`z ichiga olsa, bolalrda mustaqillikni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega 
bo`ladi. 
Masalan, son-sanoq mashg`ulotilda bolalr sanash materiali bilan o`zlari mashqlarni 
mustaqil 
bajarishadi: 
tarbiyachining 
topshiriqiga 
qarab 
narsalar 
sonini 
kamaytirishadi yoki ko`paytirishadi. Buning uchun o`yinchoqlardan ham 
foydalanish mumkun. 
Mashg`ulot davomida pedagog hamma bolalar faol qatnashishini va ishni o`z 
vaqtida puxta amalga oshirishlarini nazorat qilib boradi. Agar mashg`ulot yakka 
tartibda olib boriladigan bo`lsa (rasm, loy va plastilindan narsalar yasash, qurish- 
yasash, konstruktsiyalash), bolalar ishni har xil vaqitda bajarganliklari uchun 
tarbiyachi mashg`ulot tugashga bir necha daqiqa qolganda mashg`ulotni tugatish 
kerakligi to`g`risida ularni ogohlantiradi. 
Mashg`ulotni tugatayotib, tarbiyachi o`tkaziladi mashg`ulotga yakun yasaydi: 
bajarilgan ishni bolalar bilan birgalikda baholaydi, bolalarning mashg`ulotda 
qatnashganini gapiradi, ba`zan kegusi mashg`ulotda nimalar o`tishlarini aytadi. 
Bolalarning o`qiv faoliyatini yaxshi egallab olishlari ular bilimini to`g`ri 
baholashga bog`liq. 
Qo`yilgan vazifaning bajarilshiga qarab baho berilishi kerak. Bolaning ishini 
to`g`ri baholab, «to`g`ri» yoki «noto`g`ri» deyshi bola uchun oddiy maxtovdan 
ancha qimmatlidir. 
Ish qanchalik yaxshi tahlil qilsa, u bolaning kelgusida ishini tuzatib olishiga 
yaxshiroq imkoniyat yaratadi. 
Mashg`ulotlardan keyin tarbiyachi bolalarni o`yinga taklif etadi, boshqa 
mashg`ulot bo`lmasa, sayirga tayorlanishada. 
Mashg`ulotda tarbiyachining bolalarga qo`yadigan talabi ularning yoshi va 
imkonyatlarga mos bo`lishi kerak. Birinchi kichik guruh bolalarini enaga qarab 
turadi. Tarbiyachi mashg`ulot paytida hamma bolalarning faol qatishishlariga 
haraka qiladi: savolga to`g`ri javob berishlarini ko`rsatilgan narsaning nomini 
aytishlarini, rasm chizishlarini, narsa yasashlari va hokazolarni kuzatadi. 


Agar bolalar ikkinchi kichik guruhga yangi kelgan bo`lishsa, dastlabki 1-2 haftada 
tarbiyachi faqat xohlagan bolalar bilangina mashg`ulot o`tkazadi: bolalar yangi 
sharoitni yaxshi o`zlashtirib olganlaridan keyingina hamma bolalar bilan 
mashg`ulot o`tkaziladi. 
Dastlabki mashg`ulotlarda tarbiyachi bolalarni guruh xonasi, qo`g`irchoq va 
o`yinchoqlar bilan tanishtiradi. Qo`g`irchoqar yardamida mashg`ulot o`tkazadi. 
Tarbiyachi avval bolalarda mashg`ulotka qiziqish uyg`otadi, keyin esa 
mashg`ulotning hamma uchun majburiy ekanligini sekin-asta bolalar ongiga 
singdirib boradi. 
Sekin-asts mashg`ulot bolalar xulqiga moslab murakkablashtirib boriladi. Ular 
mashg`ulot paytida axloq qoidalarini egallab oladilar to`g`ri o`tirish,
chalg`imaslik, tarbiyachi va o`rtoqlarini diqqat Bilan eshitish, tarbiyachi 
so`ragandagina jovob berganda o`rnidan turish,kerak bo`lsa stolning oldiga
borish va qokazolarni o`rganadilar. 
Katta bolalar o`zlarini tez tashkil eta bilishlari lozim: bir faoliyatdan ikkinchi 
faoliyatga osonlik bilan o`tishlari, mashg`ulot vaqtida ish joylarini ozoda 
saqlashlari, rasmga qarab so`zlaganda ko`rsatkichdan foydalanishlari, jovab 
berganda gavdalarini to`g`ri tutib turishlari, nutqlari tushunarli bo`lishi, etarli
darajada baland ovozda gapirishlari, to`la javob berishilari, mashg`ulotdan 
keyin o`z ish joylarini yig`ishtirib qo`yishlari kerak. 
Mashg`ulot paytida talabani bajarish axloq normasiga aylanib qolishi kerek. Bu 
ikki narsa asosida shakllanadi, birinchisi tarbiyachining obro`siga asoslanilsa, 
ikkinchisi ma`lum talabning rivojlanishi bilan (uqib olish va bajarish uchun 
eshitish kerek, qiziqarli bajarish zarur) amalga oshiriladi. Tashqaridan qaraganda 
bolalar xulqida hech qanday farq ko`rinmaydi – bu odatdagi intizomgi 
bo`ysunishning natijasi, ikkinchidan, bu o`quv faoliyati rivojlanganligining belgisi, 
ta`limning ta`siridir. 
Mashg`ulotda axloq qoidalariga rioya qilish bolalarni maktabga tayyorlashda katta 
ahamiyatga ega bo`lib, maktab ta`limiga madaniy tayyorgarlikning hissiy- axloqiy 
qisim hisoblanadi. 
Mashg`ulotning sifativa uning natijasi tarbiyachining unga qanday tayyorgarlik 
ko`rganiga bog`liq. Mashg`ulotga tayyorlanish mazmuniga quydagilar kiradi: 
mashg`ulotni rejalashtirish, kerakli jihozlarni tayyorlab qo`yish, bolalarni 
mashg`ulotga tayyorlash. 


Tarbiyachi bir bo`limdan bitta emas, balki butun bir mashg`ulotlar sistemasini 
rejalashtirgandagina ma`lum natijaga erishishi mumkin. Masalan: «Kiyim qanday 
tikiladi?» mavzusini rejalashtirishda bir qancha mashg`ulotlarni belgilab chiqadi: 
kiyimni qanday tikish to`g`risida gapiradi va tikish uchun kerakli narsajlarni 
ko`rsatadi; yaqinroqdagi atel`ega ekuskursiyaga boriladi, gazlamalar to`g`risida 
suhbat o`tkaziladi. Birinchi mashg`ulotda bolalarning tikish va kiyish to`g`risidagi 
bilimlari aniqlanadi; bolalar tikuv mashinasi va tikish uchun kerak bo`ladigan 
boshqa asboblar bilan tanishishadi; tarbiyachi bolalarga ularni ko`rsatib, gapirib 
beradi, qisman tikish jarayonini ko`rsatadi. 
Ikkinchi mashg`ulotda bolalar atel`edagi asbob-anjomlarni, tikuvchilarning ish 
jarayonini 
kuzatishadi, 
texnik 
moslamalar 
(elektr 
tikuo` 
mashinalari, 
dazmollaydigan mexanik presslar, elektr qaychilar) bilan tanishishiadi va qanday 
kiyimlar tikilishini bilib olishadi. Uchinichi mashg`ulotda bolalar har xil matodan 
tikilgan kiyimlar bilan tanishib, ularni bir-biridan farqlashga o`rgatiladi. 
Shunday qilib, tarbiyachi har bir mashg`ulot mazmunini konkretlashtiradi, bajarish 
usullarini tanlaydi, bunday albatta bolalarning yoshi vaimkoniyatlari e`tiborga 
olinadi. 
Ba`zi bir mashg`ulotlarga oldindan tayyorgarlik ko`riladi va urejada ham aks 
ettiriladi. Masalan, «Bizning bayram» degan mavzudagi rasm mashg`ulotlardan 
oldin bolalar bilan bayramona bezatilgan ko`chalarga sayr uyushtirish, rasmlarni 
ko`rish, oynai jahon orqali ko`rsatilgan bayram eshittirishlari bo`yicha suhbat 
o`tkazish mumkin. Tayyorgarlik ishlari bolalarning mashg`ulotga hissiyot 
tayyorgarligini ta`minlaydi. Tarbiyachi mashg`ulotning borishini balafsil o`ylab 
ko`radi. Unga ajratilgan vaqtdan samarali foydalanishga intiladi. 
Masalan, yuqorida aytib o`tilgan «Kiyim qanday tikiladi?» mavzusiga oid birinchi 
mashg`uotnig borishi quyidagicha bo`lishi mumkin; pedagog bolalarga bir-
birlarining kiyim-boshlarini ko`zdan kechirish va bu haqda gapirib berishni taklif 
etadi. Agar 3 - 4 boladan so`ralsa, bunga 3 - 4 daqiqa kerak bo`ladi. Keyin 
tarbiyachi: Kiyimlaringizni kim tikib bergan? Keyin
tarbiyachi: 
«Kiyimlariningzni kim tikib bergan?», «Magazindan tayyor holda sotip olinadigan 
kiyimlar qaaerda tikilishini kim biladi?», «Tikish uchun qanday buyumlar kerak?» 
degan savollarni beradi. Bu savollarga javob berish ham 3 – 4 daqiqa vaqtni oladi. 
Shundan keyin bolalarga gazlama, andaza, qayshi, santimert, igna, angishvona, 
tikuv mashinasini ko`zdan kechirish va har bir buyumning vazifasini so`zlab berish 


taklif etiladi. Bunga 8 – 10 daqiqa vaqt ketadi. Shu mashg`ulotning o`zida 
tarbiyachi 
qo`yirchog` kiyimt tikishning ayrim jarayonlarini, andaza bo`yicha fartukni bichib 
olish, tikuv mashinasida cho`ntakni tikish, qo`lda tugmalarni qada shva tikishdagi 
ketma-ketlik haqida gapirib berishi kerak. Bo`nday mashqulotga 20 – 25 daqiqa 
davom etadi. 
Mashg`ulotga tayyorgarlik ko`rishda tarbiyachi tegishli metodik adabiyotlardan 
foydalanadi. 
Murakkab mashg`ulotlarga tayyorgarlanish konspekt tuzishni taqozo etadi. Unda 
mashg`ulotlarga mazmuni (ta`lim va tarbiyaviy vazifalar), tayyorlanishi kerak 
bo`lgan jiqozlar, bolalar bilan olib boriladigan dastlabki ishlar bilan olib 
boriladigan dastlabki ishlar (agar bunga zarurat bo`lsa), mashg`ulotning borishi va 
tarbiyachi foydalanadigan metodik usullar ko`rsatiladi. Mashg`ulot japayonini 
bayon etib yozishda mashg`ulotning boshi va oxirida (yakun chiqadirish va keyingi 
faoliya turiga o`tishadi) bolalarni uyushtirishni alohida ajra`tib ko`rsatish kerak. 
Mashg`ulot muvaffaqiyatli o`tishi uchun jiqozlari o`z vaqtida tayyorlash zarur. 
Ularni tanlash mashg`ulotning mazmuniga va tarbiyachi belgilangan metodik 
usullarga bog`liq. 
Odatda metodika kabineida «Bolalar bog`chasida ta`lim-tarbiya dasturi» ning 
hamma bo`limlari bo`yicha metodik qo`llanmalar bo`ladi. etishmaganini tarbiyachi 
o`zi tayyorlaydi, ba`zan bu ishga katta va tayyorlov guruhlari bolalarni jalb etadi. 
Mashg`ulot uchun kerakli materiallarni bir kun ilgari tayyorlaydi, uning buzuq 
emasligini, didaktik materiallar hamma bolalar uchun etarli ekanligini tekshiradi. 
Agar tarbiyachi ekskursiya o`tkazadigan bo`lsa, u oldindan ekskursiya 
o`tkaziladigan joyga borib kelishi, uchun ob`ekt tanlashi, bolalarni qanday 
joydloshtirishni o`ylab qo`yishga, eng yaqin va havfsiz marshrutni tanlash kerak. 
Mayda sanoq materiali, rasm mashg`uloti, applikatsiya, qurish-yasash uchun 
matnriallar, she`r, ertak matnlari oldindan tayyorlab qo`yiladi. Masalan, kichik
guruh bolalarga ekish yoki ko`chat o`tqazishga qiziqsh uyg`otish uchun ko`karib 
turgan o`simlikni ko`rsatish kerak. Buning uchun avval etishtirish zarur. 
Navbatchilar mashg`ulotga kerakli jihozlarni tayyorlaydilar, stol, stullarni qulay 
g`ilib joylashtiradilar, qo`llania va materiallarni qo`yib chiqadilar. Jismoniy tarbiya 
va musiqa mashg`ulotlaridan oldin bolalar poyabzalni almashtiradilar, sport 
formasini kiyadilar. 


Mashg`ulotlarda tarbiyachining etakchilik roli va uni o`tkazishga tayyorgarligi. 
Tarbiyachi bolalar bog`chasida asosiy shaxs hisoblanadi. Butun g`oyaviy-
tarbiyaviy ishlarning sifati va qolaversa, kelajak avlodni tarbiyalanganlik va bilish 
darajasi tarbiyachining g`oyaviy-siyosiy va ilim-pedagogik tayyorgariga, 
jayaobgarlik hissiga, pedagogik mahoratiga va ishga bo`lgan ijodiy munosabatiga 
bog`liq. 
Bolaning o`qiv faoliyatiga bo`lgan munosabati ko`proq uning tarbiyachi shaxsiga 
munosabati bilan belgilanadi. 
Tarbiyachining o`ziga xos xususiyatlarini - uning yuksak kasb mahoratidir. Eng 
muhimi–bolaning ruhiyatini, yoshva o`ziga xos ruhiy-fiziologik xususiyatlarini 
bilishdir. 
Bolalar bog`chasi dasturi bolalarning yoshini, jismoniy va ruhiy xususiyatlarini 
hisobga olib tuzilgan bilan har bar boladagim alohida ruhiy xususiyatning qay 
vaqtda qanday na moyon bo`lishini oldindan ko`ra olmaydi, bu ish dasturda yaxshi 
tayyorlangan tarbiyachining zimmasiga yuklanadi. 
Tarbiyachi o`z guruhidagi har bir bolaning jismoniy tomondan yaxshi 
rivojlanishi,uning oliy nerv faoliyati yaxshi ishlashi, shuningdek aqliy, ahloqiy, 
mehnat, estetik tomonidan normal tarbiyalanishi uchin yaxshi shart-sharoit
yaratadi. Tarbiyachi har bir boladagi o`ziga xos xusuiyatlarni yaxshi bilgan
holda undagi o`ziga xos xususiyatlarni (zararli bo`lsa) yo`qota borib, bolaga 
nisbatan qulay talab qo`yadi. 
Tarbiyachi har bir bolaning kelajalda haqiqiy inson bo`lishiga erdam beradigan 
sifatlarini va imkoniyatini rivojlantirishi lozim. Maktabgacha tarbiya eshi davrida
tarbiyachining bolaga shaxsiy ta`siri juda katta bo`ladi. Chunki bu davrdagi 
har taassurot bolaning xotrasida bir umirga saqlanib qoladi. 
Bolani tushuna bilish va uning ma`naviy dunesiga Kira olish tarbyachidan 
zo`r kasb tayerligini talab etadi. Bola bilan jonli munosabatda bo`lish – fikrlar 
manbai, pedagogik yangiliklar, quvonch va tashvishlardirki, busiz 
tarbiyachining ijodiy meg`natini tasavvur etib bo`lmaydi. 
Mashg`ulotda tarbiyachi o`z ovozidan qural sifatida foydalanishi mumkin. Sekin,
tinch ovoz bolaga yaxshiroq tas`ir etishini pedagog bilishi zarur. Bolaga
qattiraqroq va qat`iy gapirish mumkin, ammo bunda so`z ohangi bolaga 
tinichlantiruvchi ta`sir etishi lozim. 
Tarbiyachi asosan bolaning normal ruhiy taraqqieti asosi bo`lgan jismoniy 
rivojlanishiga aolhida e`tibor berishi lozim. 


Bolaning ko`p vaqt harakatsiz o`tirishi uning sog`lig`i uchun juda zararli, u 
bolaning har tomonlama rivojlanishini sekinlashtiradi. 
Bolaning ko`p harakatlarni o`tirib bajarishi ham gavda tuzilishining noto`g`ri 
o`sishiga olib keladi. Shuning uchun faoliyat turlarini almashtirb borish 
muvofiqdir. 
Yana bolaning normal rivojlanishi uchun har doim tinch,qunoq muhitni tashkil 
elish lozim. Bolani: «Tezroq yuvininglar-nonushtaga kech qolyapmiz», 
«O`yinchoqni tezraq yig`ishtiringlar,sayrga yoki mashg`ulotga kech 
qolyapmiz» va hokazo deb shoshiltirish kerak emas. 
Ta`lim berganda uni shuday tashkil etishi kerakki, har bir faol ishlasin va hai 
biri ijobiy natijaga erishsin. 
Bolalarning mashg`ulotda olgan bilim va malakalari boshqa faoliyat turlarida 
qo`llanilishi mumkin. Bolalar olgan bilimlarini qo`llay olishlari ularning yaxish 
o`zlashtirib olganligidan dalolat beradi, ya`ni ular hesh qanday kiyinchiliksiz bu 
bilimlardan foydalanishlari mumkin. Ta`limning amaliy ahamiyati ham ana 
shundan iboratdir. 
Agar bolalar etarlicha bilim va malakalarga era bo`lsa, ular bilan xilma-xil 
mashg`ulotlar o`tkazish mumkin, bu mashg`ulotlarda bolalar mavjud bilimlardan 
ijodiy foydalanishlari: bemalol rasm chizishlari, biror narsani qurish yoki
yasashlari, hikoya qilib berishlari mumkin. Bu mashg`ulotlar odatdagi 
mashg`uoltlardan boshqacharoq qilib tashkil etiladi: bolalar ixtiyoriga har xil 
materiallar beriladi va ularga rasm mavzusini o`zi belgilash, qurilishni o`zi
o`ylab topish, hikoya tuzish imkoniyati yaratiladi. Bunday mashg`ulotlar 
dastuning ayrim bo`limlari bo`yicha tal`limning yakunlovchi bosqichlarida 
o`tkaziladi. 
Ekskursiya bolalarga ta`lim berishning maxsus shaklidir. Mashg`ulotdagi kabi 
ekskusiyada ham dastur mazmuni bilan bog`liq ta`lim-tarbiya vazifalari qo`yiladi 
va hal etiladi. Mashg`ulotda bo`lgani kabi ekursiyada ham hamma bolalar 
qatnashadi. Ammo bolalar faoliyatining mazmuni, tashkil etilish shakli va 
ta`lim berish sistemasiga ko`ra, ekskursiya bolalar bog`chasida ta`limni tashkil 
etishning maxsus yalpi shaklidir. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda
ekskusiyadan keng foydalaniladi. Bunday ekskursiyalar yilning har xil fasllarila 
dalaga, o`rmonga, shahar bog`lariga, o`tloqqa, suv manbalariga uyushtirilishi 
mumkin. Bolalarni kattalarning turli xil mehnati, mehnat naijalari,, har xil


ijtimoiy voqea va hodisalar bilan tanishtirish uchin ham ekskursiyalar 
o`tkaziladi 
Ekskursiyadan ko`zlangan asosiy maqsad-bolalarning tevarak-atrofdagi hayot 
to`g`risidagi tasavvur va taassurotlarini shakllantirishdir. 
Shunga ko`ra ekskursiyada asosan kuzatish metodidan foydalaniladi. Ekskursiya 
jarayonida tarbiyachi kuzatilayotgan ob`ekt to`g`risida bolalarga so`zlab beradi, 
tushintiradi. 
Ekskursiya vaqtida ba`zan rejalashtirilmagan voqea, g`odisalarni kuzatishga to`g`ri 
kelib qoladi. Shuning uchun tarbiyachi ekskursiyaga oldindan puxta tayyorgarlik 
ko`rishi lozim (bolalarning diqqatini kerakli ob`ektga qarata olishi, uyushqoqlik, 
intizomlilikni saqlashga o`rgatishi kerak). Ekskursiya uchun mashg`ulotga nisbatan 
kengroq mazmunni o`z ichiga oladigan ta`limiy vazifa belgilanadi. Ekskursiyaning 
joyi, tuzilishi, metodi, undan ko`zlangan ta`lim vazifasi mazmunga qarab 
belgilanadi. Ekskursiyaga tayyorlanishda uning yaqin-uzoqligi, ekskursiyada 
bolalar yig`adigan narsalar, uning uchun kerakli asboblar, ularni qanday 
joylashtirib olib borish oldindan puxta o`ylab rejalashtirib chiqiladi. 
Bolalarda ekskursiyaga qiziqish uyg`otish uchun ularga qaerga ekskursiyaga 
borishlari, undan ko`zlangan maqsad to`g`risida tarbiyachi qisqacha so`zlab beradi. 
Ekskursiyaga tarbiyachi bolalar bilan birgalikda tayyorg`arlik ko`radi, olib 
boriladigan jihozlar bolalar bilan birgalikda tanlanadi, joylashtiriladi va kimlar 
nimani olib borishi belgilanadi, tarbiyachi bolalarga ekskursiyada o`zlarini qanday 
tutishlari kerakligini eslatadi. Bunday ekskursiyalarni mazmunli tashkil etish va 
uyushqoqlik bilan o`tkazishda tarbiyachining rahbarlik roli muhim ahamiyat kasb 
etadi. 


XULOSA 
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytadigan bo’lsak maktabgacha ta’lim sohasida
Quyidagilarni bajarish muhim: 
- MTMda ta'lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari 
- Qo'shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil qilish 
- Alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan ta'lim faoliyati 
- Ota-onalar bilan hamkorlikni o'z ichiga oladi. 
Davlat dasturida MTM ta'lim jarayonining maqsad va tamoyillari aks ettirilgan 
bo'lib: 
- O'quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy kompetensiyalar va
rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar 
yaratishdan iboratdir. 
MTMda ta'lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari: bola huquqlari, o'ziga xos 
rivojlanish xususiyat va salohiyatlarini hisobga olish; 
ta'lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o'zaro bog'liqligi;bola 
salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning 
harakatlanish ehtiyojlarini qondirish;
bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo'llab-quvvatlash;
o'yin orqali ta'lim berish va rivojiantirish;
bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish; 
bola uchun xavfsiz muhitni ta'minlash; 
MTMning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi;
milliy madaniy an'analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga 
hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish; 
Alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan ta'lim faoliyati. 
Maktabgacha ta'lim muassasasida alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalarni 
qo'llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun 
maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari javobgar bo'ladi. 


Zarurat tug'ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta'lim muassasasi
rahbariyati, tor ixtisosdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola (uning 
rivojlanishi) uchun o'quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi. 
Ota-onalar bilan hamkorlik 
Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlash uchun
maktabgacha ta'lim muassasasi ota-onalar bilan o'zaro hamkorlikning quyidagi 
shakllarini tashkil qilishi mumkin: 
ota-onalarning maktabgacha ta'lim muassasasi borasidagi fikrlarini hisobga olish; 
ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish;
ota-onalarni o'quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashisbga jalb etish; 
ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo'llab-
quvvatlash kabilarni maktabgacha ta’limda rivojlantirish kerak. Ushbu dastur 
maktabgacha ta’lim rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega bo’di. Ushbu dastur 
asosida qilingan ishlar natijasida maktabgacha ta’lim sohasi rivojlanib, yetuk 
barkamol avlodning poydevori qo’yilishining asosi bo’ldi.



Download 0,73 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Ilk qadam” dasturi orqali Ta`lim- tarbiya

Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish