O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY VA O`RTA MAХSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVЕRSITЕTI
MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETI
“MAKTABGACHA TA’LIM METODIKASI” KAFEDRASI
“Maktabgacha ta’limni tashkil etish va
rahbarning tashkilotchilik madaniyati”
fanidan
Himoyaga tavsiya etaman
Fakultet dekani
___________ Ikromov N.M.
“____” ________
KURS ISHI
MAVZU: ” Ilk qadam” o’quv dasturida ta'lim-tarbiya
jarayoni rejalashtirilishi“
Talaba: 4-kurs “401” guruh talabasi
Boysariyeva Zebiniso
Ilmiy rahbar:
Shayzakova Nigora
Himoyaga tavsiya etildi
“Maktabgacha ta’lim metodikasi ” kafedrasi
mudiri Norbosheva M.O. __________
“______” ___________
ТЕРМИЗ-2020
MUNDARIJA
I.Kirish
II.Asosiy qism
1.
Bilimlar, ko’nikma, malakalar dasturining
yaratilish tarixi.
2. “Ilk qadam” dasturining yaratilishi va uning
ahamiyati.
3. “Ilk qadam” dasturi asosida Pedagogik jarayonni
rejalashtirish vazifalari
4. “Ilk qadam” dasturi orqali Ta`lim- tarbiya
ishlarini rejalashtirish mazmuni.
III.Xulosa va tavsiyalar
IV.Adabiyotlar ro’yxati
V. Ilovalar
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Maktabgacha ta'lim muassasasining davlat o'quv
dasturi "O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni
rivojlantirish borasidagi Davlat talablari"ga muvofiq ishlab chiqilgan me'yoriy-
huquqiy hujjat bo'lib, unda maktabgacha ta'lim muassasasining maqsad va
vazifalari, o'quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g'oyalari, maktabgacha yoshdagi
bolalarni ta'limning keyingi bosqichiga o'tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilab
berilgan3, O'zbekiston Respublikasida faoliyat ko'rsatayotgan barcha
maktabgacha ta'lim muassasalari uchun (davlat, nodavlat, maxsus va boshqalar)
ushbu dastur asosiy manba bo'lib xizmat qiladi
O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta'lim muassasalarida:
davlat maktabgacha ta'lim muassasalari;maktabgacha ta'lim sohasida xizmat
ko'rsatuvchi
nodavlat
muassasalari;maktabgacha
guruhlarga
ega
bo'lgan
«Mehribonlik» bolalar uylari;maktabgacha va boshlang'ich ta'limni nazorat
qiluvchi boshqaruv organlarida - ushbu davlat o'quv dasturini qo'llash majburiydur.
Davlat o'quv dasturi VII bobdan iborat bo'lib, 1 bobda MTM davlat o'quv
dasturini qo'llash va MTMning maqsad va vazifalari aks ettirilgan.
Davlat o'quv dasturi variativ o'quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat
hisoblanadi.
Ta'lim muassasalari Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan
variativ o'quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega.
Ta'lim muassasasi Davlat o'quv dasturi asosida o'zining MTM ishchi o'quv
dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta'lim muassasasining ishchi o'quv dasturi
muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi
qonunchilik tartibida tasdiqlanadi.
Haqiqatan ham, ta’lim islohotlari insonning muayyan darajada intellektual
salohiyatining yuzaga chiqishiga, uning jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga katta
yordam berdi.
Buni biz birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning «Tafakkur» jurnali bosh
muharririning savollariga bergan javobidan ham anglashimiz mumkin:
«Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi, erkin shaxsning
shakllanishiga olib keladi. O‘zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat,
iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo‘lgan insonlarni tarbiyalash
imkoniga ega bo‘lamiz. Ana shundan keyin ongli turmush kechirish jamiyat
hayotining bosh mezoniga aylanadi. SHunda odam... - o‘z aqli, o‘z tafakkuri, o‘z
mehnati, o‘z mas’uliyati bilan ongli tarzda, ozod va hur fikrli inson bo‘lib
yashaydi»
1
.
|